MMaviza
Hayo manzilatiТексерілген16 daq

61-QISM / HAYO MANZILATI (2/5) / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

Бұл тіл үшін аударма әлі жоқ. Төменде түпнұсқа (өзбекше) мәтін көрсетілген.
0:00
15:59
Өзгерістер тарихы

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilen a'lamin. Vassalatu vassalam ala shirofil mursalin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh. Tazkiyatun nafs darslaridan birodarlar hayo manzillatini o'qiyotgan edik. Davom etkazamiz. Iymonning eng oliy darajasi la ilaha illalloh. Allohni yakkalash, tavhid. Bu borliqda birodarlar, faqatgina Alloh Taoloning xohishi voqiy bo'ladi, sodir bo'ladi. Allohdan o'ziga iloh yo'q. Allohdan o'sha iloh yo'qning ma'nosi shu. Ma shaallohu kana, va ma lam yasha lam yakun. Alloh nimani xohlagan bo'lsa, bas u narsa voqiy bo'ldi. Va nimani xohlamagan bo'lsa, voqea bo'lmadi. Mana shu narsaga e'tiqod qilishlik iymonning eng oliy darajasi. Inson bolasi yetishi mumkin bo'lgan ilmning cho'qqisi, nihoyasi, bu tavhid. La ilaha illalloh. Agar birodar, senda mana shu ilm bo'lsa, tavhid bo'lsa, haqiqiy ma'noda tushunib yetsang, la ilaha illallohni ma'nosini, la ilaha illallohning ma'nosini tushunib anglab yetsang, mushkulalaringni hammasi hal bo'ladi.

Qanday qilib? Chunki aytdik, la ilaha illalloh degani Allohdan o'ziga iloh yo'q, Alloh xohlagan narsa bo'ldi, xohlamagan narsa bo'lmadi. Buni buyog'iga ham Alloh xohlagan rosa bo'ladi, xohlamagan rosa bo'lolmaydi. Demak, seni ustingda bo'ladigan har qanday yaxshi yomon ish Alloh Taoloning qo'lida.

Senga nima musibat kelsa ustingga, bu qilgan gunohing sababli keladi. Agar sen la ilah ila allohni tushunib, allohga osiy bo'lishidan qo'rqsang va allohga osiybo'lmasang, demak mushkulalaringni hammasi hal bo'ldi. Chunki ustingda qanaqa muammo, qanaqa mushkula, qanaqa bir problema bo'lmasin, bularni hammasini aslida gunoh yotadi. Chunki Alloh Taolo aytyapti, istaydi billa, ma asoba kun min musibating, fabima kasabat aydikum va yaf on kafir.

Nima musibat kelmasin deyapti Alloh Taolo. U molingga kelgan musibatmi, sog'lig'ingga kelgan musilibatmi, hurmatingga kelgan musibabmi, oilaviymi, iqtisodiymi, ijtimoiymi, qanaqa muammo bor bo'lmasin, deyapti Alloh Taolo, bima kasabat aydikum. O'zinglar qilgan gunoh tufayli keladi deyapti. Shuning uchun aytyapmiz da, la ilaha illallohni tushunsang haqiqiy ma'noda, faqat Allohni xohishi bo'lishini bilsang, gunoh qilgani uyalasan, hayo qilasan. Gunoh qilmayapsanmi? Gunohdan o'zingni e'tiyot qilyapsanmi? Demak, muammo qolmaydi ustingda. Haqiqiy hayoli odam kim? Allohdan hayo qilgan odam. Allohdan kim hayo qilayotgan bo'ladi? Gunohlardan o'zini tegayotgan odam. Kechagi darsimizda aytdik. Yuzingizga qara olmaydi uyatchang, yerga qarab turadi xayoliy, yuzlari qizarib ketadi, sal bir nojoy gapni eshitsa bir xijolat bo'lib ketadi yu.

Katta katta gunohni bir chekkada qilib qo'yaveradi. U odamlar o'ylayotgan hayo emas biz aytayotgan hayo. Haqiqiy hayo Alloh'dan qilingan hayo. Haqiqiy hayoli odam, hech kim ko'rmayotgan joyda ham Alloh'dan hayo qilib, gunohdan o'zini tiyadi. Mana shu hayoni gapiryapmiz biz. Mana, g'arbni qarang. Eslik hammasi, odoblik, zo'r, kulishadi, bir chiroyli muomala qilishadi. Ha, ana shu katta shaharlarni bittasida juda bir katta rayonda svet o'chib qolgan edi.

Kamerani oblyudeniyalari o'chuvdi, ko'ring bularni asl basharasini. Ularni odobliligi, birovni haqqidan qo'rqishi, o'g'irlik qilmasligi bari kameradan qo'rqib edi. Mana kamera o'chgandan keyinmi, qo'liga kirgan narsani o'sha supermarketdan talon taroj qilishdir. Endi Allohda haqiqiy hayot qilgan odam nima qiladi? Svet o'chib qoladimi? O'chmaydimi? U xayoliy odam. Tushunarli ga biz xas xayolda gapiryapmiz.

Demak, Allohni agar yakkalasang, haqiqiy muvohid bo'ladigan bo'lsang, mushkulalaring qolmaydi. Chunki seni aloqing, muomiling faqatgina bir tomon bilan bo'ladi. Kim bilan bo'lardi? Alloh bilan. Allohni nima deyishi, Alloh sen haqingda qanday fikrda, qanday rayda bo'lishligi senga qiziq. Odamlarni rayi qiziq emas. Sen haqingda Alloh Taolo nima deyish qiziq bo'lib qoladi. Demak, mushkulang hal bo'ldi. Hamma yuzlarni bir chekkaga surib, bitta yuz uchun ishlagin, u yuzning egasi qolgan yuzlarni rozi qilib qo'yadi.

Hamma mushkula muammolarni bir chekkiga surib turib, bitta g'am, bitta mushkulani bo'yningga olgin. Hamma g'amni chekkaga surib, bitta g'amni zimmangga olgin, Allohni rozi qilishing g'amini. Qolgan g'amlaringga Alloh o'zi kifoya qiladi. Agar hamma ishingni Allohni o'zi bilan bitirishni o'rganib oladigan bo'lsang, sen haqiqiy rohatni topasan, birodar. Chunki mana shu gaplarimizni xulosasi, xulosa tul kalom la ilah illalloh degin. Allohni yakkalagin. Muvohid bo'l.

Odamlarni ko'pchiligi, mana musulmonlarni ko'pligi kalimani aytadi. Musulmonlarning orasida mana shu kalimani aytib turib ham, o'zi bilgan bilmagan holda yashirin, maxfiy shirkka kirib qoladi. O'zi la ilaha illalloh degan, namoz o'qiydi, o'zini muvohida biladi, ammo o'zi bilmasdan yashirin, mahfiy shirkka kelib qoladi. Nima bu? Astaydubillah, voma yu uminu aksaruhim billahi illa vahum mushrikun. Ularning ko'plari Allohga faqat mushrik bo'lgan hollaridagina iymon keltirurlar.

Ya'ni o'zi bilmagan holda shirk keltirib qo'yadi. Bu yerdagi ochiq shirk emas, bu maxfiy shirk deyilyapti. Demak, birodarlar, iymon bu e'tiqod, aqida. Iymon bu sulukiyat, axloq, odob, muomala. Iymon bu go'zal xulq. Hatto mana shu yerda odamlarga aziyat yetkazadigan toshmidi, tikonmidi, shishamidi? Shuni bir chekkaga surib qo'yishlik ham iymonni ko'rinishlaridan bittasi. Chunki aytdik ku, iymon bu sulukiyats. Yurish turish xatti harakat. Mashina minayotganimizda ham iymonimiz esimizda tursin. Mashinani parkovat qilayotganimiz paytimizda ham iymonimiz esimizda tursin. Hech kim ko'rmayotgan bo'lsa ham qo'yib ketavermaylik, odamlarga xalaqit qiladigan joyga mashinani. Kimdan uyalaylik?

Kimdan uyalay lik? Yangisini aytib beraymi kechagi bo'lganini? Filarmoniyadan kelyapmiz, probka bo'lib ketyapmiz endi. Bilasizlar filarmoni yo'lini. Bitta matiz qisilib yurib chekkadan changitib kelyapti. Hech kimdan allohdan uyalmayapti. Qisib qisib kelyapti. Men sal chiqibroq bo'ldim, atay. To'sib qo'ydim. O'tib o'tib turib, shunday yonboshiga o'tib chiqib turib, menga do'qimoqchi bo'lgandim, bunday qarab turib tanib qoldi domla ekanman. Assalomu alaykum dedi. Bo'ldi, hech kim nabgun qilmadi. Mendan uyaldi.

Mendan uyaldim. Men qo'limda hech narsa yo'q bo'lmasa. O'ziga o'xshagan go'shtdan, suyakdan iborat odamdan uyaldi, ungacha Allohdan uyalmay yotuvdi. Endi shoshilayotgan bo'lishi mumkin, nomini o'tkazolmadingizmi desangiz, keyin shayt e'loni buyog'iga o'tgandan keyin indamay orqamda ketdi. Agar shoshilish bo'lsa, o'tib ketsa bo'ladi, ikkita palasa edi bu yerda yangi asbob. Har bittamizni ustimizda bor shu narsa.

Hurmatli, obro'li odamni ko'rgan paytda hijolat bo'lib ketamiz deydi, rovno yuramiz. Ollohdan hayo qilishliging to'g'riroq emasmi de undan burun? Tanish manzarami? Tanish manzarmi? Ollohdan uyalishlikka haqliroq emasmidi shu ukamiz? Bu hayotga bog'layapmiz, e'tibor beryapsizlarmi? Agar siz muvohid bo'lib, Ollohni yakkalab, Ollohdan hayo qilsangiz, gunoh qilmay qo'yasiz. Gunoh qilmay quvdingizmi? Ishlaringiz tekkis bo'ladi, hammasi. Iqtisodingiz ham zo'r bo'ladi, siyosatingiz ham zo'r boladi, oiladagi munosabatlaringiz ham to'g'ri bo'ladi. Hamma muammolarimizning ildizi Ollohdan hayo qilmaganligimiz.

Tekshirib ko'ringlar. Tekshirib ko'ringlar. O'sha bolamiz betarbiya bo'lib anqatyaptimi? To'yg'izdimi? Demak, qayerdadir biz o'zimiz xato ketganmiz. Yo ota onamizni biz ham anqatganmiz. Yo unga olib kelib berayotgan luqmamizda gumon shubha bo'lgan. Ishonaveringlar, besabab mashina to'xtab qolmaydi da. Shap o'chib qolmaydi mashina. Demak, ichida bir muammo bor. O'shaning uchun bolalar bilan urishavermanglar. Qandoq balog' kunda tug'ilib qolgansan? Nimaga falonchini bolasiga o'xshamaysan demanglar.

Yana qaytarib aytamiz. Hayotimizda qanaqa muammo bo'lsa, biz Allohdan hayo qilmaganimiz uchun, gunohdan o'zimizni tiymaganimiz uchunga bo'layotgan bo'ladi. Tushunyapsizlarmi mavzuni? Allohdan uyaling. Allohdan uyaling. Yana hayo haqida. An abiy said al hudriy roziyallohu anhu qola, ka'na rasulullohi sollallohu alayhi vasallam ashadda hay'an minal adro i fi qidriha, fai dara ro' ash shay yannakirahuhu a rofnauhu fi vajihih. Buxoriy va muslimdan. Bu sahoba aytadiki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hayosi. Mana, hayo haqida gapirganda, hayoli insonlarning ustozi Muhammad Mustofo sollallohu alalayhi vasallam bo'ladilar. Har bittamizda qaysidir darajada hayo bor.

Hatto ko'chada so'kinib, baqir chaqir qilib, behayolik qilib yurgan erkak bo'lsin, ayol bo'lsin, ota enasini, oila a'zolarini orasiga kirganda, hayo bilan turadi. Hayo bor da insonda tabiatida qaysidir darajada. Mana, eng hayoli zot Muhammad Mustafoni sollallohu alayhi vasallammi? U kishining hayosi qaysi darajada edi? Qaysi darajda bo'lgan?

Sahoba aytadi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hayosi nikoh kechasi to'shagida yotgan qizning hayosidan ko'ra qattiqroq edi. Agar u zot deydi bu sahoba, bir narsani yoqtirmasalar, yoqtirmagan narsani ko'rsalar, biz buni u zotning yuzidan bilib borar edik.

Shu darajada hayoliy bo'lgan Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam. Ana bizga ibrat kim? Hozirgi davrda aksincha, ana shu behayo bo'lishlik ilgari suriladi. Behayo inson so'zi xunuk bo'ladi, qo'pol bo'ladi, dag'al bo'ladi. Sulukiyati yomon bo'ladi. Bunaqa behayo odamlar odamlarni xijolatga qo'yishlikni yaxshi ko'radi. Bor a, har bir ulfatlarni ichida, jo'ralarni ichida bitta yarimta odam bo'ladi, imkon boricha biror ustidan kulib oladi. Bir pastda masxara qilib qo'yadi. Xijolat qilishlikdan o'zi huzur oladi. Bor a, bor. O'sha ono o'sha falonchi. Lekin o'sha falonchisi ham o'zini shunaqa deb bilmaydi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar la toham mirul vujuh yuzlarni qizartirmanglar. Ya'ni odamlarni yuzlarini xijolatga qo'yib qizartirmangilar.

Mo'min odam bunaqa bo'lmaydi. Mo'min odamm birovni xijolatga quymaydi. Agar biz mo'min bo'ladigan bo'lsak, payg'ambarimizning sallalloh, payg'ambimiz sallallohu alayhi vasallamning hadisini eshitdik. Odamlarni yuzlarini qizartirmanglar deyaptilar, xijolatga qo'ymanglar deyapti. Mana Payg'ambarim sallallohu aleyhi vasallam o'zi qanday yo'l tutganlar shunday holatda. Bir top sahobalari bilan Rasululloh o'tirib tuya go'sht yedilar. Shu o'tirganlardan bittasidan yel chiqib ketdi. Ovozi chiqdi. Endi boyagi yel chiqqan odamni xijolatdan endi holi tayin.

Odamlar bilmayapti kimdan chiqqanini. Hammasi turib namoz o'qishligi kerak, asr o'qishlig kerak. Hozir shu yel chiqargan odam turib tahorat qilsa, bilinib qoladi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam ko'ryapsizmi? Odamlarni xijolatdan chiqarishligi bo'lgan xarishligini. Aytdilarki, kulluman akalar lahm al jazur, lahm al jazkur, faoliyatavodho. Tuya yeyish, tuya go'shtini yeganlar turib tahorat qilsin dedilar. Sahobalar hammamiz yedik yo rasululloh degan edi. Kullukun faoliyatavadho. Hammanglar tahorat qilinglar dedilar. Hammalari turib tahorat qurishdi.

Bu zot muhammad sollallohu alayhi vasallamda indamasalar ham bo'laveradi. Xijolatdan chiqarib qo'yaptilar. O'zi xijolat qilishlik emas. O'zi odamlarni noqulay holatga qo'yish emas. Noqulay holatiga kirib qolgan odamni chiqarib qolyaptilar. Hamma turib tahorat qildi, demak hech kim bilmay qoldi kimdan yel chiqqanini.

Aytyapmiz ku, payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hayosi nikoh kechasi o'zini to'shagida yotgan qizdan ko'ra qattaroq edi hayosi. Agar bir narsa yoqmasa u zotga, nima qilardilar? Yuzlaridagi holatdan sahobalar bilish olar edi. Payg'ambarimizga yoqmadi bu narsa deb. Payg'ambimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar, innamin min ma'adrokan na sumin kalamin nubua, ida lam tasdahi fav almashayta.

Avvalgi payg'ambarlardan, deydilar rasululloh, avvalgi payg'ambarlardan odamlarga yetib keladigan gap shuki, agar hayo qilmasang, bilganingni qil. Demak, hamma payg'ambar shu gapni bir xil aytib kelgan. Uyalmasang, bilganini qil. Bu hadisni bir qancha tavillari bor. Bittasi. Birinchisi, agar qilayotgan ishing, odamlar ularniki uni ko'rsa, xijolat bo'lmaysanmi? Demak qilaver, muboh ish ekan. Masalan, katta bir mansabdor odamsan yoki bu katta olimsan. Ko'chaga chiqib, o'sha magazindan mayda chuyda qilib ketyapsan. Shu ishingdan uyalmaysanmi? Yo'q, muboh ishi. Demak qilaver. Odamlarni ko'zida bu ish bilan xijolatga qolmaysanmi, qilaver. Lekin bu ta'virlarning zaifi.

Lekin ulamolarni orasida mashhur bo'lgan, quvvatliroq bo'lgan ta'vil shuki, agar sen hayo degan narsani unutib qo'ygan bo'lsang, bilgan ishingni qil. Behayo bo'lib qoldingmi? Demak sen odob va axloq maqomlaridan mahrum bo'lib qapsan. Endi bilganingni qilaver. Bu tahdid. Bu tahdid.

Aql u qovli ha da, va astag'firullohu alayhi va alakum, va assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va barakatuh.

Білімді тексеру

5 сұрақ. Әр дұрыс жауап — 10 ұпай.

Келесі дәріске өту үшін тестті тапсырыңыз

Тестсіз жалғастыру