MMaviza
Faqirlik manzilatiТексерілген20 daq

70-QISM / FAQIRLIK MANZILATI (2/4) / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

Бұл тіл үшін аударма әлі жоқ. Төменде түпнұсқа (өзбекше) мәтін көрсетілген.
0:00
19:52
Өзгерістер тарихы

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir robbilen a'lamin. Vassalatu vassalomu ala shuhrofil mursalin va ala alihi vos hadixiy ajma'in. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh. Tazkiyati nafs. Nafsni poklash darslaridan birodarlar, faqirlik manzilatini boshlaganidek davom etamiz.

Alloh subhanahu va taolo Qur'oni Karimdan marhamat qilib aytadi. Asta aytibdilar, ya yuhannasu an tumul fuqaro ila alloh, va allohu huwalag'oniy yul hamiydi. Ey insonlar, sizlar Allohga muhtojdirsizlar. Alloh Taoloni o'zigina behojjattir va maqtovga loyiq zotdir. Alloh azza va jalla mana oyatda insonlarni hammasini o'ziga muhtoj ekanligini aytyapti. Ey insonlar deyapti. Bu yerda musulmoni ham, kofri ham, ateist ham hammasi kelib ketadi. Mana shu oyatning nassi bilan, birodarlar, bandaki bor Allohga muhtoj.

Mana shu muhtojligi, Allohga faqirligi, bandani foydasi uchunmi, zarari uchunmi? Demak, inson zaif, inson muhtoj, inson Allohga faqir. Uni faqir bo'lishligi, Allohga muhtoj bo'lishligi. Uni foydasimi, zararimi? Birodarlar, foydasi. Agar banda o'zini faqirligini, Allohga muxtojligini tan olsa, albatta baxtli bo'ladi.

Bizni dunyoda saodat topishimizni asosiy sabablardan bittasi, o'zimizni Allohga muhtoj ekanligimizni tan olishimizda, Allohga faqirligimizda. Ya'ni agar siz o'zingizni zaifligingizni tan olib, Allohga faxr ekanligingizni tan olsaiz, robbingizga intilasiz. Robbingizga yaqin bo'lishga harakat qilasiz. Robbyingizni rozi qilishga harakat qil asiz. Endi ibodatni qilib, Allohni rozi qiladigan ishlarni qilib, Allohga yaqin bo'larkansiz, bu narsa sizni saodatli qiladi. Bandani dunyoda, oxiratda saodat topishi Allohga yaqim bo'lishligiga bog'liq. Endi yaqin bo'lishligiga biz aytayotgan faqirligi sabab bo'ladi. Inson Allohdan qancha uzoqlashsa, shuncha shaqovatga botib boradi. Shunchalar baxtsiz bo'ladi. Dalil.

Alloh taolo Toha surasida marhamat qiladi astayidibillah. Voman a'roda an zikriy, fa innalahuu na'ishatam donka. Kim mening eslatmamdan yuz o'girsa, bas uning uchun tanglik hayoti bo'lur. Eslatma nima? Eslatma Qur'on. Eslatma din. Eslatma shariat.

Inson Allohga yuz o'girsa, o'zini olib qochsa, Allohga uzoq bo'ladigan bo'lsa, mana oyatda aytyapti, uni hayoti tang bo'ladi. Demak, biz o'zimizni Allohga faqir ekanligimizni, muhtoj ekanligimizni tan olsak, intilamiz Allohga yaqin bo'lishlikka. Allohga yaqini bo'lar ekanmiz, saodat topamiz. Endi inson o'zini Allohga behojjat bo'lsa chi? Meni muhtojligim yo'q Allohga. Men behojabman desa chi, Allohga uzoqlashadi, bu uzoqlashishi uni baxtsiz qiladi. Astabi billa yuriydullohu an yuxofi fa ankum va xuliqal inson u doifa. Alloh sizlardan yukingizni yengillatishni istaydi. Zotan inson ojiz qilib yaratilgandir.

Mana. Siz bilan bizni yo'g'dan bor qilgan Parvardigorimiz bizni tabiatimizni qanaqaligini aytyapti. Sizlar ojizsizlar, sizlar nimasizlar? Zaifsizlar. Inson zaif, inson ojiz. Alloh Taolo aytyapti da, ey bandalar, men sizlarni zaif qilib yaratdim. Nima uchun? Menga iqbol qilishinglar uchun. Menga e'tibor qilishinglar uchu. Menga iltijo qilishinglar uchin. Mendan madad so'rashinglar uchun. Agar Alloh Taolo insonni zaif emas, quvvatli qilib yaratib qo'yganida, Allohga mana shu mo'jizligi, faqirligi bo'lmas edi. Allohga uni yaqin qiladigan sabab bo'lmas eda. Endi o'zini behojat bilgandan keyin ikki dunyoda baxtsiz bo'lar edi.

Agar sizlarni behojat qilib, kuchli quvvat qilib yaratib ko'rganimda, sizlar mana shu kuch quvvatinglarga ishonib turib, suyanib turib, mendan uzoq bo'lardinglar, shu bilan baxtsiz bo'llardinglar. O'shaning uchun puliga ishongan, mansabiga ishongan odamlarni qarasangiz, albatta baxtsiz ular. O'sha puliga, mansabiga ishondi, Allohga ishonmadi, Allohga suyanmadi.

Mana bizni zaif qilib Alloh yaratibdi. Bu bizni foydamiz. Buni tushunishimiz uchun bir misol keltiramiz. Ellik ming dollarlik bir stanoga oldingiz. Ellik ming dollarga katta stanoga olib keldingiz, sekhingizga o'rnatdingiz. Ana shu stanogingiz kuchli ishlangan yoki lekin bitta qismi, bitta joyi zaif qilingan atayin.

Nima deyiladi u joyi? U yerda nima turadi? Predaxlonitel turadi. Ellik ming dollarga olgan stanogingiz kuyib qolmasligi uchun. Tokni kuchi ko'tarilib tushganda o'ynaganda tokni kuchi, ana shu predaxranitelga kuch keladi da, shu yerda uzib qo'yadi. Shu predaxranitel kuyib qoladi, shu bilan ellik ming dollar stanok omon qoladi.

Qarang, o'sha stanokni yasagan aqlli odam, shu ellik ming dollarlik stanokka kuymasin deb, bitta joyini atayin zaif qilib qo'yapti. Va mana shu zaif bo'lgani shu stanok uchun yaxshi. Bizni mana shunday oji zaif qilib qo'yganligi, bu bizni foydamiz. Ana shu zaifligimizni, ojizligimizni tan olsak, Allohga muhtojligimizni bilamiz. Allohga muhtozligimizni bilib tan olsak, baxtli bo'lamiz. Ma'qulmi?

O'ylang, masalan, umuman charchamasangiz, yigirma to'rt soat yetti kun ishlasa charchamasangiz. Hech yetti yuz og'rimasa, umuman muammoyingiz bo'lmasa, Alloh deyishlikka sabab bo'lmaydi da. Shuning uchun Allohni tanimagan, qo'lida puli bor yoki mansabi bor bo'lgan odamlar Alloh demaydi da. Chunki Alloh deyishlikka unga povod bo'lmadi. Shuning uchun birodar, ishingiz yurishmayotgani sizga Allohni eslatyapti. Kasal bo'lganingiz Allohni eslatiyapti. Boshingizni bir muammoga kirib qolganligi Alloh deyishingizga sabab bo'lyapti. Demak, mana shu narsalar sizni nimangiz ekan? Foydangiz ekanmi?

Demak birodarlar, birinchi fikr, qarshingda haqiqat turibdi. Uni tushungin, qabul qil. Ikkinchi fikr, sen Allohga faqirsan, muxtozsan. Qabul qilasanmi, qilmaysanmi, tan olasanmi, tan olmaysanmi? Bu fakt. Uchinchisi, faqirlik, sening faqirliging, Allohga muhtojliging seni saodatli qilish uchun qilindi. Allohga faqirliging, muhtojliging sening saodating uchun, dining uchun, dunyo uchun va oxirating uchun kerak.

Demak kerak ekana zaiflik. Faqirlik, muhtojlik, uni ma'nosi. Har bitta odam faqir, muhtoj. U kim bo'lishidan qat'iy nazar. Bizni odamlarni kallasidagi tasavvur faqirlik deganda. Faqatgina shu qo'li kalta, puli yo'q, tirikchilikka og'ir bo'lgan odam. Topshos, doim yetishmovchilikda, zo'rg'a kun kechirayotgan odam. Bu odamlarni tasavvuri.

Mana ko'rdinglar u, rozgo'ylik deganda odamlarning ko'pchiligi yolg'on gapirmaydigan odam deb tushunadi. Lekin mana darslarimizda aytdik, rozgo'ylilikni ma'nosi juda keng ekan. Yoki hayo dedik mana. Hayo desa odamlar faqatgina shu yerga qarab turadigan, bet qizaradigan, odamlarga tikka gapira olmaydigan odam deb tushunadi. Bu eng past ko'rinishi hayoni. Hayoni ham ma'nosi judayam keng ekan. Endi xuddi shunga o'xshagandek birodarlar, faqirlikni ham ma'nosi katta. Odamlar o'ylayotgan faqat puli yo'q odam faqir emas. Hamma faqir Allohga.

Nafs ulamolar aytyapti, sen har qancha katta boy bo'l, har qancha katto mansabdor bo'l, baribir Allohga faqirsan, muhtojsansan. Masalan, Alloh Taolo senga shunday bir kasalni berib qo'yadi, dardni. Dunyoni hamma pulini sarflasang ham, uni nima qila olmaysan? Ketkaza olmaysan. Bir olim aytadi, tabibni huzurida o'tirgandim.

Tabib unga qo'ng'iroq qilib chalinib qoldi. Telefonni ko'tardi. Narigi tomondagi odamga tabib aytyapti. Natijalar keldi qo'limga, ko'rdim. Bolangizni kasali bu o'sha kasalni oxirgi bosqichida ekan. Hech qanaqa umid yo'q. Narigi tomondagi odam, qayerga desangiz olib boraman. Necha pul desangiz beraman. Har qanaqa narsangizga rozi men muhayyo qilaman, yo'lini qiling.

Tabib aytyapti, uzr birodar. Bu yerda tabobat meditsina ojiz, umid yo'q dedi. Endi buni eshitib turgan boyagi olim aytyaptiki, titrab ketdim deydi. Qo'lida shuncha katta dunyosi bo'lib turib, bitta bolasini tuzatib olishlikka imkon topadi. Birodarlar, shunaqa bir musibatlar bor. Agar Alloh shuni ustiga solib qo'yadigan bo'lsa bir bandani, hech kim, yer yuzidagi hamma odamlar ham yig'ilib tuzatib qo'ya olmaydi.

Mana Steve Jobs ko'p aytdik. O'sha Apple kompaniyasini asoschisi. Yetti milliard dollar pulni topib, qoldirib ketaverdi. Oshqozon, osti bezini, raki sababidan ketaverdi. Saraton. Yetti milliard dollar, birodarlar o'ylab ko'ringlar. U butun butun balnitsani yu, doktorini yu, hamma yog'ini sotib olishiga kuchayetadi. Ancha muncha davlatni sotib olishga kuchayetadi? Shuncha pulni topib, hech narsa qila olmasdan ketaverdi.

Demak birodarlar, pul hamma yoqda hal qilib beradi degan tushuncha noto'g'ri ekan. Hamma muammoni Alloh hal qilib beradi. O'zi nima muammo kelayotgan bo'lsa, Allohda uzoq bo'lganligimiz uchun keladi. Ko'p qaytaramiz. Oyatda ko'p aytamiz. Nima musibat kelsa, o'zinglar qilgan ish sababli keladi deyapti Alloh. Ha siz Allohga muhtojligingizni, faqirligingizni tan oling, Allohga intiling, Allohga yaqin bo'ling, shu muammo bo'lmaydi.

Shuning uchun inson yuksalishini xohlaydigan bo'lsa, ko'zi ochilishini xohlayadigan bo'lsa. Haqiqatni topishni xohlaydigan olsa, o'zini Allohga muhtojligini tan olsin. Pulim bilan hamma yoqda hal qilib yuboraman, tanishlarim bilan har qanday mushkulani hal qilib qo'yaman deyotgan odam, g'irt johil ekan. Bu odamni tasavvuri, tushunchalari noto'g'ri ekan. Muhtoj emasman. Quvvatliman deyapsanmi? Ha xo'p.

Yegan oshingdan bitta guruch o'tib ketib qoladi. Na pas yo'liga. Kimga telefon qilib ulgaysan? Klapan ochildi, yopilmay qo'ydi. Klapan ochiladi, bilasiz, yutinganda oshqozonga, qizilo'ngachga ketadi ovqat. Yutunib bo'lganingizdan keyin klapan oshqozonni yo'lini yopadi, havo o'pkaga ketadi. Mana klapan deylik, o'pkani yo'lini to'sdi, oshqozonni ochdi. Keyin yopilmay qoldi.

O'pkaga havo otmay qoladi. Kimga zvonok qilib ulgaysiz? Qaysi pulingizni borib ushlashga ulgaysiz? Aytingchi, bir dona guruch a? Agar yolg'iz bo'lsa, ketdi hali odam. Biz mo'minlar, birodarlar Allohga muhtojligimizni, Allohga faqirligimizni tan olamiz.

Ana Steve Jobsni ko'ring, yetti milliard dollarda qo'yib ketaverdi. Yoki ana yigirmanchi asrning eng kuchli sportchisi degan unvonni olgan. Kim edi? Muhammad Ali. Men hammadan buyukman degan edi. Men eng buyukman degan ekan. Nima bo'ldi? Haqiqiy kuch qudrat egasi birodarov Alloh Taoloning o'zi. Sen bandasan. Ana shu zotga muhtojligingni, faqirligingni tan ol.

Alloh xohlasa, bir lahzada bir odamni gadoyga aylantirib tashlaydi, milliarderni. Alloh xohlamasa, milliarderni bir sekundda gadoyga aylantirib tashlaydi, xohlasa ana shu gadoy odamni milliarderga aylantirilib qo'yadi. Voqea qizsam, arab o'lkalaridan birida bir katta bir zavod fabrikalari bor boy odam, katta boy odam g'arbda yashamoqchi bo'ldi. Bu voqea hissa. Hamma zavodlarini, fabrikalarini sotdi, hamma ko'chmas mulkini sotdi, pulni qo'liga yig'di. Rejani tuzdi, falon mamlakatga boradi g'arbga. Shu pulni tijoratga ishlab chiqarishga tikadi. Ishlatay lekin, nima qiladi? Mazza qilib yashaydi. Pulni olib bordi, bankka joyladi, o'tkazdi. Keyin o'shaqa ko'chib borgandan keyin haligi raqamini ochib qarasa, bir tiyin ham puli yo'q.

Qani pul desa, shu bankda odamlari, bankda turganlar raqamini terayotgan paytda shot raqamini, shotini raqamlarini terayotganda bitta raqamga adashib ketgan. Hamma yog'i ketdi. Kim qildi bu ishni? U bankda ishsi atay qilgan emas, Alloh shunday qildirib qo'ydi.

Oltinoni yettini bosib qo'ydi da. Yoki yetti noniga sakkizni bosib qo'yadi, bo'ldi. Bo'ldi, pul yo'q. Endi qayoqqa boradi? A men to'ra o'g'limga yuxib qo'yganman. Zo'r qilib tekis qilib qo'yganmen hamma yog'ini. Yana mancha manchadan pulni ham nima qilib qo'yganman, tayyorlab qo'yganma vasiyat qilib. Meni bolalarim mendan keyin qanaqa yashaydi? Qayoqdan bilasan? Qayoqdanbilasan?

Allohning irodasi hamma narsadan ustun. Pulini bankka qo'yishda bitta xatoga yo'l qo'ydi, tamom, hamma narsasidan mahrum bo'ldi. Agar Alloh xohlasa, shunaqa qilib qo'ydi. E, birdaniga boyib ketganini aytmaysizmi domla, demaysizlarmi? Ha. Hizr alayhissalom, Muso alayhissalom qissasida ikkita yetim bolani tillasini Alloh saqlab berdimi? Otang o'lib ketgan. Devolni tagida oltin bor. Ikkita yetim bola yashaydi shu uyda. Devol nurayapti, nurayapti. Ertaga ochilib qolsa himoya qila olmaydi. Lekin Alloh xohladi, mana shu ikkita yetim bola shu xazinani o'ziniki qilib olishliklarni. Shu ikkita etim bolaga borishini xohladi. Nima qildi? Ikkita payg'ambor borib devorini uryapti.

Va ka ana abu huma soliha. Nimaga bunaqa qildik deganida, bu ikkita bolani yetimni ota onasi solih odamlar edi deydi. Ana, bola chaqangizni kelajagini xohlaysizmi? Zo'r bo'lishini? Bola chaqangiz o'ylaysizmi? Solih odam bo'ling. U yog'i kimni qo'lida? Sizni bugun mansabga qo'yganlar ertaga olib ham qo'ya oladi. O'shaning uchun mansabda o'tirgan bo'lsangiz nima qilmang. Katta ketmang. Bu mansabni berganlar olib ham qo'ya oladi. Bu boylikni bergan Alloh olib ham qo'sha oladi. Bu zehnni, bu quvvatni, bu chiroyni bergan Alloh, olib ham qo'ta oladi. O'shaning uchuncha nima qilib turing doim Allohga? Faqirligingizni tan olib eslatib turing.

Boy bo'lsang ham faqirsan. Olim bo'lsang ham faqirsan, omi bo'lsang ham, shoh bo'lsang ham gado bo'lsang ham Allohga faqirsan. Ajib da. Oshqozon ichi kasalliklari bo'yicha professor bo'lgan odam Allohni taqdiri. Ayni shu kasal bilan, oshqozonni ichi kasali bilan ketadi. Agar faqat insonni o'zini qo'lida bo'lganida bu ishlar boshqa kasal bilan chalin, boshqa kaslga chalinsa chalinardi, bu kasaldan ehtiyot bo'lish yo'lini bilar edi yu.

Shuning uchun qoida, agar inson o'zini Allohga faqir deb bilmasa, Alloh uni adabini berib qo'yadi. Hikmatda aytilinadi min manihi yu'tal hadiru. Insonga, unga. U o'zi xotirjam bo'lgan tomondan mushkula keladi.

Pulim bor, men umuman qiylanmayman o'lgunimcha deb, pul tomondan xotirjam bo'lib qoluvdi, ayni pul tomondan Alloh musibatni berdi. Raqamda bittaga adashdi, bo'ldi pulidan mahrum bo'ldi. Yana Aksambir ibn soyfiy ta'minlari oyat qilinadi la yamfau hadarun min qadarun.

Ehtiyotkorlik qadardan foyda bermaydi. Ya'ni ehtiyotkor bo'lib, sabablarni qilib, ehtiyot choralarini qildingmi? Taqdirni to'xtatmaydi bu sababingiz. Seni ishing bor yo'g'i sabab. Agar Alloh shunday bo'lishi bir narsani xohlagan bo'lsa, seni qilgan sabablaring hech narsa bo'lmay qoladi.

Taqdirni o'zgartirish esa Alloh Taoloning qo'lida. Shuning uchun eng kuchli inson bo'lishni xohlasang, Allohga tavakkal qil. Eng boy odam bo'lishni xohlasang, o'zingni qo'lingdagi narsaga ishonganingdan ko'ra, naqd narsangga ishonganingdan ko'ta, Allohni senga beradigan narsasiga ko'proq ishongin.

Seyfdagi pulingga ishonma. Alloh beradi, Alloh qo'laydi deb turib, Allohni huzuridagi narsaga ko'proq ishongin. Mana ko'rmaysizmi? Bankka pulini qo'yayotib, bitta xatoga yo'l qo'ydi, hamma puli ketdi. Demak, birodarlar, Allohga faqirlik. Faqirlik manziladi. Rostgo'ylik deganda odamlar faqatgina yolg'on gapirmaydigan odamni tushunishadi. Vaholanki rostgo'ylini ma'nosi juda ham keng. Hayo deganda odamlar qisqagina ozgina narsani tushunishadi, vaholanki hayoni ham ma'nosi judayam keng. Xuddi shunga o'xshagandek birodarlar. Faqirli deyilganda odamlar faqatgina rizqi tang bo'lgan, qo'lida dunyosi bo'lmagan odamni tushunishadi. Boringki, faqirlik degani odamlar o'ylayotgandan ko'ra ma'nosi keng.

Vassalomu alaykum va rahmatullohi ta'ala va barakatuh.

Білімді тексеру

5 сұрақ. Әр дұрыс жауап — 10 ұпай.

Келесі дәріске өту үшін тестті тапсырыңыз

Тестсіз жалғастыру