MMaviza
Faqirlik manzilatiТексерілген24 daq

71-QISM / FAQIRLIK MANZILATI (3/4) / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

Бұл тіл үшін аударма әлі жоқ. Төменде түпнұсқа (өзбекше) мәтін көрсетілген.
0:00
23:46
Өзгерістер тарихы

Bismillahir rohmanir rohim, alhamdulillahir robbil alamin. Vassalotu vassalamu ala ashrafil mursalim va ala alihi va ashabihi ajma'in. Mabadi, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'l va barakatuh. Bismillahir rohmana rohim. Nafs tarbiyasi, tazkiyati nafs, silsila darsidan birodarlar, iftiqor, alloh taologa faqirlik manzilatini o'qiyotganidek davom etamiz. Iftiqor, muhtojlik, allohga faqirlik. Faqirlik manziladi. Avvalgi darslarimizda aytdik, muhtojlik faqirlik deganda odamlarni ko'pchiligini tasavvurida o'sha topish tutishi nochor bo'lgan odam tushuniladi. Daromadi oz, tirikchiligi qiyin, yordamga muhtoj odam. Lekin bizni mavzumizdagi faqirlikka bu narsalarni umuman aloqasi yo'q. Chunki biz aytayotgan faqirlik, bu shunday faqirlikki, allohga bo'lgan faqirlik. Hamma faqir.

Alloh Taolo Qur'onda aytib qo'ydi: Astaydubbeklar, ya ayyuhan nasu an tumul fuqaro ilallohi va allohu huval g'ani yul hamidi. Ey insonlar, sizlar Allohga muhtojdirsizlar. Insonlar deb Alloh mutlaqo aytdi. Millati qanaqa? Qaysi zamonda yashagan? Olimmi, ommimi? Boymi, kambag'almi? Erkakmi, ayolmi? Inson degan nomi bormi? Tamom. Bu Allohga muhtoj bo'ladi.

Allohni yolg'iz o'zigina behojat va maqtovga loyiq bo'lgan zot. Demak, biz aytayotgan faqirlik, odamlar o'ylayotgan faqirlik emas. Biz qachon o'zimizni ojizligimizni va Allohga muhtoj ekanligimizni his qilamiz? Qachon? Ikkita holatda. O'zimizni kimligimizni tanisak va Allohni kimligini tanisak.

Man arofa nafsaxu, arofa rabbaxu. Kim o'zini tanisa, keyin robbisini taniydi. Ikki xil holatda o'zimizni Allohga muhtoz ekanligimizni bilamiz. Birinchi holat, o'zimizni kimligimizni taniganimizdan keyin, ikkinchisi, Allohni qanday zot ekanligini bilganimizdan keyin.

Allohni bilish, tanish. Birodarlar, Alloh Taoloni tanishlik, ma'rifatni uchta yo'li bor. Birinchisi, tafakkur qilish, ikkinchisi o'qish, uchinchisi nazar solish. Birinchisi, tafakkur qilish. Koinotga qarang, tafakkur qiling. Mana shunday mukammal suratda yaratilgan tabiatni yaratuvchisi bo'lgan zot zaif bo'lishi mumkinmi? Yo'q. Zaif bo'lsa bunaqa qilib yarata olmas edi. Tafakkur qila oladigan bo'lsak, bu koinot siz bilan bizga birodarlar Allohni ishlarini xabarini beradi. Allohni fe'llari, fe'llari siz bilan bizga o'zini Allohni tanitadi. Allohni ishini kuzating. Birdaniga boyni faqirga aylantirib qo'yyapti. Birdaniga boyuni faqirga ayylantirib qoyapti. Mana kechagi darsimizda aytdik. Bori burdini sotdi o'sha boy, falon mamlakatga borib yashayman degan niyatni qildi, biznes planni tuzdi, bankka pulni qo'ydi, o'sha mamlakatga borilib turib, shu pulni chiqarib, tijoratini yuzmoqchi edi. Lekin ana shu bankka qo'yishlikda, raqamlarni terishida bitta raqamga adashuvdi, bir lahzada gadoyga aylandi.

Allohni ishlarini qarang. Bir lahzada boyni gadoyga aylantirib qo'yyapti. Bir lahzada gadog'ni boyga aylantirilib qo'yyapt. Bir lahzada aziz hurmatli bo'lgan odamni bir zumda xor qilib qo'yyapdi, va aksincha, xor bo'lib turgan bandani bir zumda aziz mukarram qilib qo'yapti. Yusuf alayhissalom hissasi.

Nima aloqasi bor bugungi mavzuyimizga? Yusuf alayhissaalom akalari xorlab quduqqa tashlab ketishdi, o'lsin deb. Quduqqa toshlab ketishdi akalari. Uni yo'lovchilar quduqdan chiqarib olib, qul qilib sotib yuborishdi. Ana xor bo'ldi. Odamlar xor qilyapti. Vazir sotib oldi. Uyiga olib keldi. Balog'atga yetgandan keyin, husni chiroyi ochilib, ko'zga ko'rinib qolgandan keyin, shu vazirning ayoli zinoga taklif qildi. Yusuf alayhissalom o'z iffatini saqladi. Vazirning ayoli xor qilib qomatdi.

Qamoqda o'tirdi bir necha yil. Va Alloh Taolo o'zi xohlaganida aziz qilichlikni vazirga aylantirib qo'ydi. Aytyapmiz ku, Alloh xohlasa, bir lahzada azizni xor qilib qo'yadi, xorni aziz qilib qo'ygadi. Shuni bilsangiz, Allohni shunday qudrat egasi bo'lgan zot ekanligini bilsangiz, Allohga muhtojligingizni his qilasiz da.

Keyin, bu qissani oxirida vaqt o'tib, Yusuf alayhissalom vazirlik martabasida maqomida bo'lib, ko'chada o'z ayyolari bilan ketib borar ekan, vazirni ayoli uni ko'rib nima dedi? Toat sababli qullarni podshohlikka ko'targan va ma'siyat sababli podshohlarni qullarga aylantirgan zot har qanday ayb uni husondan pokdir dedi.

Avvalgi darslarimizda birodarlar aytib o'tdik. Inson yoshi bir joyga borganda, hayotiy tajribalar to'planganda, boshidan issiq sov o'tgandan keyin ancha mulla bo'lib qoladi. Endi yoshi bir joyga bordi, saysangga kirdi, yetmishga kirdi, ko'p narsalarni tushunib yetdi. Tajribali bo'ldi. Ammo endi foydasi yo'q u tajribalar. Chunki ketadigan payt yaqinlashib qoldi. Endi shu tajribalarni ertaroq bilganda qanaqa bo'lardi? Foyda olarmidi shu tajribadan ilmdan? Saysangga kirgandan keyin aytadiki, ey, ustozim to'g'ri aytgan ekan. Vaqt ko'rsatdi shu narsani. O'shanda, o'shanda domlami aytganini mahkam ushlamagan ekanman. Ey estigina, umrim, attang bekorga ketdi deydi.

Domlalar aytyapti, ustozlarimiz. Bu jamoatlar islom hovlisiga tikilgan kapalar degan edi, Olovuddin domlamiz. Mana shu guruhlar, oqimlar haqida so'raganimizda, islom hovlisiga tikilgan kapolar degan edi. Bu kapalarga kirishdek to'g'ri emas degan edi. Yoshi yetmish ga borgan, hayotiy tajribasi katta bo'lgan, ulkan islomiy diniy ilmlar egasi bo'lgan ustozimiz shu gapni aytganda, kim shu tajribani olgan bo'lsa yutdi, kim quloq solmasdan o'zim bilaman, aqlliman degan bo'lsa, yutkazdi. Biz ko'zimiz bilan ko'rdik.

Mana endi saysanga kirgandan keyin boyagi tajribalarga ega bo'lgan odam, ancha ilmli bo'ldi, ammo bu tajribani unga endi foydasi yo'q. Uylanib, ayolini tarbiyalaguncha, oilasini tartibga keltirguncha, ancha qiynalib, adabini yeb, qolgan odam aytgan ekan.

Mendan avval uylanganlardan ham xafaman, mendan keyin uylanadiganlardan ham xafaman. Uylanadi, ayolini, oilasini tartibga keltirguncha ancha qiynaldi, adabini yedi, tajribali bo'lib qoldi. Endi shunaqa deyapti. Ha nimaga o'zingdan burungilardan xafasan?

Shuncha qiyinchilik bor ekan, xotinni tarbiya qilish, oilani o'rniga keltirishlik. Mendan burunlar shu boshidan o'tkazgan tajribasini menga o'rgatmagan ekan. Ulardan shuning uchun xafaman. O'zingdan keyingi uylanadiganlardan nimaga xafasan desa, meni shuncha tajriba to'plaganimdan bittasi kelib so'rab foydalanolmayapti. O'shandan xafaman deydi. Ukalar, so'ranglar kelib.

O'sha domlamiz hayotini ellik yilini da'vat o'tkazib, to'plagan tajribasini berardi, shunday olardik, biz yutardik. Ammo biz nima qilamiz? O'zimiz bilamiz. Albatta yetmish yil, sakson yil yashash shartmas. Albatta boshingizni devorga urib, oyog'ingizni chuqurga tushirib, hayrishni hojati yo'q. Shu yo'lni bosib oxiriga chiqqan odamlar bor.

Prosta quloq solib qo'yinglar. Shuning uchun, birodarlar, biz agar Allohni kalomini o'rgansak, Payg'ambar alayhissalomning sunnatini o'rgansa, nimaga ega bo'lamiz? Haqiqatlarni ertaroq bilib olamiz. Endi qancha erta bilsak shu haqiqatlarni, undan foydalanishlik imkon bo'ladi.

Demak, eng asosiysi, birodarlar, haqiqatlarnini munosib vaqtda anglab yetish kerak. Munosib vaqitda anglab yetishlik kerak. Mana, Fir'avn. Ana robbukumul a'la degan edi. Men sizlarni eng katta robbilar deganim. Mendan boshqa iloh yo'q sizlar uchun degan edi. Banu Isroilni chaqaloqlarini so'yib o'g'il bolalarni, qiz bolalarni tirik qo'ygan edi.

Keyin Allohni halok qilib, cho'ktirdi. Cho'kayotganda nima dedi? Banu Isroil iymon keltirgan zotga, men ham iymon keltirdim, men ham musulmonlardanman dedi. Mana tushundi haqiqatni. Mana ilmli bo'ldi. Haqiqatni angladi. Kalima keltirdi. Faqat qachon? Qachon? Cho'kayotibmi? Boshqa chorasi qolmagandami?

Yer yuzining eng katta kofiri iymonga keldi, faqat qachondan va qaysi holatda? Unga iymon foyda bermaydigan paytda. Alloh qabul qildimi? Alloh uni nochorlikda aytgan kalimasini qabul qildimi? Yo'q. Astay deb billa. Al'an va qoda asoita, qoblu va kunta minal mufsidi. Endimi? Alloh aytyapti. Endimi? Axir sen ilgari shu paytgacha itoatsizlik qilgan va buzg'unchi kimsalardan bo'lgan eding u.

Imtihonga kirdi talaba. Bilet tushdi qo'liga, oldi o'qidi, javobni bilmadi. Imtihondan o'ta olmadi, qabuli bo'lmadi. Endi chiqdi tashqariga, o'sha savolni javobi qaysi kitobdaligini borib topib o'qidi. Endi boyagi savolga javobni biladi. Endi bu bilimini foydasi bormi? Yo'q, vaqt o'tdi. Shuning uchun yoshligida, kuch quvvati o'ziga yetarli bo'lib turganda, hayotini avvalida, iymon foyda keltiradigan paytda, inson kitobi sunnatni mahkam ushlaydi. Yoki qarib, mumkinlab, qo'lidan hech narsa kelmay, hech narsa yaramay qolgandan keyin, bir oyog'i go'rga osilib qolgandan keyina nima qiladi? Afsus nadomat chekadi. Buni foydasi yo'q.

Yana bir karra. Haqiqatlarni tanib ol, oq qorani ajratib ol, ahling, zehningda xato, xurofotlarni chiqarib tashla, johillikdan qutilgin. Johillik nima edi? Noto'g'ri ma'lumotlar, noto'g'ru fikrlar, noto'ri tushuncha tasavvurlar, johillik, noto'g'dir falsafalar edi.

Bir odamni qo'lida beshta diplomi bo'lishi mumkin. Beshta universitetni bitirgan. Lekin mana shu beshta diplomi allohni tanishlikka uni olib bormagan bo'lsa, qiyomatda borligini tushunishlikka, payg'ambarda haq ekanligini tanishga olib bormaganbo'lsa, bu odam shariatimizda johil deyiladi.

Birinchi fikr. Haqiqatlarni tanib ol, xurofotlarni, gumon shakllarini chiqarib tashlaganlikdan dalilsiz narsaga erishma. Qarang da. I arifil haqqo ta'rif ahlachu deyiladi. Haqni tanivon, keyin kim haq ega qilsa ekanligini bilasan.

Haqni tanigin, keyin haq ahllarini taniysan. Siz falonchini haq deyapsiz da, shaxsiyatiga qarab turib. Unga qarshi bo'lganda nohaq deyapsiz. Avval siz haqni ajratib oladigan ilmingiz bormi? Yo'q. Yo'q. O'shaning uchun biladigan odamlardan nima qiling? So'rab aniqlang.

Avval haqni tanib ol, endi kimni haqida turganligini tushunasan. Ikkinchi fikr. Musulmon kishi hayotga real qaraydi. Boricha qaraydi. Voricha qabul qiladi, voricha ko'radi. Xomxayollarga, orzularga aldanib qolmaydi. Ammo musulmon bo'lmaganlar ayni shunaqa bo'lishadi. O'zlari to'qib olgan xurofotlarga ergashadi. Orzu xayollarga berilib ketishadi. Nima emish? Inson hech kimga muhtoj emish. Ularni e'tiqodida. Inson mutloq erkin emish. Inson uni taqdiri o'zini qo'lida emish. Inson o'zini baxtini o'zi yaratarmish.

Men nimaga erishgan bo'lsam deydi, Xudo tarbiyadigani, mana shu mehnatim bilan, qo'lim g'urlarim bilan erishdim deydi. Alloh yo'q ularni hisob kitobidan. Inson tamomiy xur emish. Taqdiri o'zini qo'lida emish. Yo'q birodar, inson qul. Inson qul. Inon faqat savob, gunoh ishni qilishda xur, ixtiyorida.

Mono bu ishni qilamanmi, monol ishni qilmanmi? Shuni ixtiyor qilishlikda xur. Mana shu imtihon. Lekin natijasi baribir uni qo'lida emas. Bilasizmi inson nimalarga xur? Issiq sovuq, ob havo. Insonni ixtiyoridami? Yo'q. Demak inson issiq sovu'ni xuli. Shart sharoit. Uni qo'lidami hammasi? Yo'q. Shart sharoitni quli. Yo hozircha oshna borolmayman. Nimaga hozir yo'lda to'sib qo'yibdi? Yo bo'lmasam perevolga qor yog'ib qo'yipti. Ha ana. Hozir karantin, birga chiqarmayapti. Shart sharoiti quli ekanmi yo xo'rakami?

Boylik, kambag'allik. Uni ixtiyoridami? Ha yo'q, demak buni ham quli. Sog' kasal bo'lish chi? Uni ixtiyoridomi? Yo'q. Inson xur emas. Allohni tanimagan odam insonni mutloq xur. Taqdiri o'zini qo'lida, baxtini o'zi yaratadi. Bekaladi beshtasini aytibsan. Kerak bo'lsa, bitta tupurigingni yuta olmaysan.

Qaysi hunarda tanlashda xur ixtiyorida, qaysi ishda qilishlikda xur ixtyorida. Shunda ham bu ishlarning natijasi uni qo'lida emas. Ha hamma ko'chirgan ko'chatimizni ham tutib ketavermaydi yu. Ha? O'sha qiynalib yodlagan Qur'onimiz vaqtida kelmay ham qoladi yu kallaga. To'g'rimi?

Oshimiz doim bir xil damlanadimi? Yo'g'e, tushuninglar, inson qo'l. Inson qo'li, hurmas. Musulmon odam hayotga uni boricha qarab ko'radi. Allohga muhtoj deb biladi o'zini. Allohga faqir deb biladi. Mana shu hayotga real qarash bo'ladi.

Alloh saqlasin. Masalan, shunaqa bir bemorlar bor, aqli zayid. Ustida kiyim turishini xohlamas ekan. Yutib tashlar ekan, yalang'och turishni xohlar ekan. Jasadini qarasangiz, tekkis, oyoq qo'li, figurasi, hamma yo'g'onidan, lekin Alloh aqlini olib qo'ygan. Uni aqlini ishlab turishiga kim o'g'il edi ekan? Shunaqa esipas odamlar bor. Nima ekaniga qaramaydi. Yuragi uryapti, ko'zi ko'ryapti, hamma yog'i o'rnida, ammo aqli chatoq.

Shuning uchun siz bilan biz aniq bilib olaylik. Ey banda, sen Allohga faqirsan, muhtojsansan. Aqlingni ishlab turishida, a'zolaringni ishlab turishi da Allohga muhtojsans. Payg'ambarimizni duosi bor. Vala takilna ila amfusina torfata aynin vala aqallamizalik ya arhamar rohimin. Duoni qarang. Muhammad alayhissalomni duosini qarang. Parvardigor, ey rahmliylarning rahmliroq bo'lgan zot. Bizlarni ko'z ochib yumguncha yoki undan ham qisqaroq vaqtga o'zimizni holimizga tashlab qo'ymagin.

Bir sekundda uch yo to'rt marta ochib yopasiz ko'zingizni, bilasizmi? Bir sekundda to'rtdan birinchi muddat. Shunaqa qisqa muddatga ham bizni tashlab qo'yma. Biz senga shunaqa muhtojmiz. Chunki aytyapmiz ku, bitta guruchni yutayotganingizda klapani ushlab qoladi, bo'ldi ketdingiz. Ibn Umar roziyallohu anhudan. U kishi aytadiki, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam kamdan kam hollarda biror majlisdan sahobalarga mana bu duoni o'qimasdan turmasdilar. Qanaqa duo? Allohumma qismlana min hoshiyat ekan, ma yahulu baynan va baynamal siyk. Parvardigor, bizga, bizni senga ma'siyat qilishdan to'sadigan qo'rquv, bizni jannatingga yetkazadigan toatni, bizga dunyo musibatlarini yengil qiladigan qattiq ishonchni nasib qilgin. To tirik ekanmiz, bizni quloqlarimiz, qo'llarimiz va quvvatimiz bilan huzurlantirgin va buni bizdan keyingilarga ham meros qolguvchi qilgin. Bizning uchimizni bizga zulm qilganlarga xoslagin. Bizga dushmanlarimiz ustidan nusrat bergin.

Musibatimizni dinimizda qilmagin. Dunyoni bosh qayg'uyimiz, ilmimizning yetgan joyi qilmagin. Ustimizdan bizga rahm qilmaydiganni sulton qilmagin. Agar bir odamni ulug' inson deyilsa, uni ulug'ligi albatta aqliga bog'liq. Jismonan sog'lom bo'lishiga bog'liq. O'sha ulug' deyilayotgan falonchi odamni Alloh aqlini shunday o'chirib qo'ysin, hech kimga kerak emas. Tamom, bunaqa ulug' inson.

Siz bilan bizni jasadimizda mana bu qulog'imizni ichida bir suyuqlik bor. Bu o'sha muvozanat, balans asbobi deyiladi. O'sha suyuqlik o'rnida turarkan, tikka yuramiz, hozir yuramiz. Agar ana shu suyuqlikni ishi bajarilmay qoladigan bo'lsa, oyog'larimizni razmeri tikka to'g'ri yurishimiz uchun. Qirq ikki, qirq to'rt emas, sakson to'qson bo'lib ketishligi kerak. Yarim metrdan bo'lishi kerak oyog'imizni razmeri, uzunligi. Agar o'sha asbob qulog'imizni ichidagi shu balans asbobi ishdan chiqsa, velosipedda minolmaymiz. Ha ko'zingizni issiq sovuqni ko'rib bilmasligi, bu ne'matmasmi? Ollohga muhtojmasmisiz? Doktorlardan so'ranglar. Insonni jasadi turgan bitgani mo'jizaligini aytib beradi.

Saxrniy diabet. Saxr, qiziq tilda. Nima u? Adasidan to'lab qo'yasizlar doktorlar. Oshqozon osti bezi, insulin degan moddani ishlab chiqaradi. Ana shu insulin o'ttiz yetti gradusda tanadagi shakarni eritadi. Agar ana shu modda kamayib ketsa, insulin olishga to'g'ri kelinadi. A? Saxr bo'lganlar bilasiz, bir joyni kesib olsa, tikkalanish qiyin, organizm ancha bo'lib ketadi, yuvib ketadi. Biz Allohga muhtojmiz, birodarlar. Har bitta holatimizda.

Sizga yoqadimi bu, yoqmaydimi, rozimisiz, norozimisiz, tan orasimi yo'qmi, siz Allohga muhtojsiz. Behojjat zot kim? Hech kimga va hech narsaga muhtoj bo'lmaydigan Alloh Subhanah va Taoloning o'zi. Birinchi fikr. Sen birodar haqiqatlar, qonunlar, faktlar bilan muomala qilasan. Ikkinchi fikr. Sen faqirsan, muhtojsan. Kimga? Allohga buni tan ol. Uchinchi fikr. Seni mana shunday muhtoj qilib yaratilganligingda hikmat bor. Sen o'zingni Allohga faqir muhtoj ekanligini tan olsang, Allohga intilasan, Allohga iltijo qilasan, Alloh e'tibor qilasan, Allohni yaqinlashasan, mana shu zaifliging sababli va shu bilan baxtli bo'lasan. Demak, seni Allohga faqr bo'lishing, zaif bo'lishing seni baxtli qiladi. To'rtinchi fikr.

Agar sen o'zingni Allohga muhtoj deb bilsang, o'zingni Allohni faqirman deb bilsang, sen boy badavlatsan. Agar o'zingni kuch quvvatingni Alloh bilan deb bilsang, seni quvvatlisan. Sen o'zingniallohga faqir deb bilsang, e o'zingni boyligingni alloh bilan de bilsang, sen boysan. Mana shu asosiy xulosa.

Ahmad. Cho'ntagida bir so'm puli yo'q. Yonidagi o'rtog'ining cho'ntagida uch ming so'm pul turibdi. Qaysinisi boy shu holatda? Kimnisi boy shu holatsada? Uch ming so'm puli bor o'rtog'i. Xo'p, yaxshi. Demak, Ahmad kambag'al, uch ming so'm puli bor o'rtoq, boy. Ammo Ahmadni otasi juda ham katta boy.

So'rasa yuz mingni ham berib qo'yadi. Hozir Ahmadni cho'ntagida bir tiyin puli yo'q, o'rtog'ini uch ming so'm puli bor. Endi kim boy? Endi kim boy? Ahmad otasiga muhtoj da, Ahmad otasiga faqir da, otasi Ahmadni o'ziga muhtoj ekanligini biladi va yaxshi ko'radi da shu bolasini. Endi kim boy.

Demak, eng muhimi kimga suyanishni va kimga ishonishni bilish kerak. Qalblarimizni xolis Allohga topshirib, Parvardigor, Allohima arenal haqqa haqqon va rizqu natib bi ba'da deylik. Parvardigor, bizga haqni haq qilib ko'rsatgin va unga ergashlik nasib qilgin. Botinni botil ekanligini ko'rsatgin va undan chetlatishning nasib qilgin deylik. Chunki haqni topishimiz ham bizni qo'limizda emas.

Aquli hovli ha'da va astag'firullohu alayhi valakum. Innallohu va malaka tahu yu salluna alannabiy, ya yuhrillatina amaluhu sollallohu alayhi vasallimu taslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh.

Білімді тексеру

5 сұрақ. Әр дұрыс жауап — 10 ұпай.

Келесі дәріске өту үшін тестті тапсырыңыз

Тестсіз жалғастыру