MMaviza
Ar-RozzoqTekserilgen22 daq

13-Dars Ar-Razzoq / Asma-ul-Husna

Abdulloh Domla · Asmoul husno

Būl til üşin audarma äli joq. Tömende tüpnūsqa (özbekşe) mätin körsetilgen.
0:00
22:09
Özgerister tarihı

Bismillahir rohmanir rohim. Bismillahir rohmani rohim. Alhamdulillahi robbilen amin. Vassolatu vassalomu ala saidina muhammad as sodiqul va adil amin. Allohum ala ilmalana. Illama allam tana innakantala alimul hakim. Allohumma allimnama yonfauna vam fa'na bi ma'lam tana va zidna ilma. Allohumma arina al haqqa haqqon vorzuqunat tiba'a va arina al botila botilan vorzuqun ajdi naba. Hoji allamin man yestami unal qovli fayadtabi una husana. Vodixin nabi rahmatika fii aybadika solihin. Mavot, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'rvi va barakati. Bismillahir rohmanir rohim.

Alloh subhanah va taoloning asmoli husno, go'zal ismlaridan arrozzaq, rizqlarni ulashuvchi ismiga kelgan edik. Odam bolasi borki, birodarlar, tirikchiligi bor. Rizqini g'amini qiladi. Mana shu rizqini topib yeyishlikda insonlar o'zlaricha turli bir hiylalarni, turli bir sxemalarni, turlik bir yo'llarini izlaydi. Rizq o'zi nima?

U rizqni beradigan razzoq qanday zot? Nima qilsak mana shu rizqimiz keng bo'ladi, barakotli bo'ladi, mo'l bo'ladi? Nima qilsang, buni aksi bo'ladi. Hozirgi odamlarni deyarli hammasini birinchi g'ami tashvishi rizq topishlik bo'lib qolgan desak, adashgan bo'lmaymiz. Lekin rizq nima edi?

Odam bolasi onasini qornida yuz yigirma bir kunga tug'ilgan kuni farishta kelib to'rtta narsasini yozib qo'yardi peshonasiga. Rizqini, ajalini, amalini baxtli baxtsiz bo'lishi. Mana ikkita narsa, rizq bilan ajal. Bunga insonni hech qanaqa aloqasi yo'q. Bu ko'p yemaydi ham, oz yemaydi ham. Faqat barakotli bo'ladi yoki bebaraka bo'ladi. Millionta odam sizni haqingizga ming yil yashagin deb duo qildi. Ming yil yashaverasizmi? Yashamaysiz. Yashamaysiz. Ikki ming yasharib turib yer ahli duo qildi. Yashamaysiz. Chunki sizga yozib qo'yilgan yetmish yil, sakson yil bor, o'tmaydi. Faqat bu duolar shu rizqimizga barakot olib keladi yoki barakotni yo'q qiladi ayrim qilgan ishlarimiz. Keling, mana nima ish qilsak, rizqimizga bag'ga kiradi? Razzoq Subhanahu va Taolo bilan qanaqa muomala qilsak, biz xohlagandek rizq bo'ladi bizda?

Asta aytib beringlar. Va man yettaqill la hayaj allohu maxroja, voy yarazuquhu min hayful la yaxtasib. Mana shu oyatni ta'sirini diqqat bilan, shoshmasdan o'rganib chiqishimiz kerak. Masalan, nima deymiz, mana bu rom yasash deydi, texnologiyasi bor. Bunday bunday qilsak, bunday bo'ladi, bunday aniq da. Qirq besh gradus kelsang, lekin to'g'ri to'qson bo'ladi, ikkitani olib kelib qo'ysang. Aniq, aniq shablon formulasi bor. Shu shablon formulani bir ustadan ko'rib o'rgangan shagit darrov usta bo'ladi. Agar shu qoidalardan, shu instrumentlarni ishlatishdan, mana shu materialni tabiatidan bexabar odam xoqilaveradi, so'qilaveradi, ehtimol umrini oxirigacha topadi u formulani. Yo topmaydi. Hozirgi kunda odamlarni rizq topishlikda, qilayotgan harakatlarni ham shunga o'xshatsa bo'ladi, Xudo xohlasa. Birodalar, dinimizda hamma narsa aniq, aniq, aniq chizib qo'yilingan. Xuddi karrani singari aniq hamma yo'q. Rizq topishlik masalasi ham shuni ichida. Kelinglar, dinimizda nima deyilgan? Razzoq Subhanahvot Alloh beradimi bizni rizqimizni? Nodomiki shunday ekan. Kelinglar, qanday muomala qilish kerakligini o'rganib olaylik.

Alloh Taolo aytadi kim Allohdan qo'rqsa, u Zot uning uchun barcha g'am kulfatlardan chiqar yo'lni paydo qilur va uni o'zi o'ylamagan tomondan rizqlantirur. Demak, bugungi mavzuyimiz nima ekan? Razzoq, Subhanallohu ato Alloh. Bugungi mavzuymiz, birodarlar, rizq mavzusi ekan. Gohida bir bandani oldida hamma eshiklar berkilib qoladi. Tijorat eshigi ham, hunar eshigi ham, hamma eshik qulf. Bosh qotib qoladi. Qayoqqa qo'lini cho'zmasin, qo'li yetmaydi. Qayoqqa boshini urmasin, eshigi ochilmaydi. Shunda nima qilish kerak?

Xonamga qo'l urish kerakmi? Mana falonchi deydi. Mana bu narsani savdosiga kirishuvdi, zo'r bo'lib ketdi deydi. Nima qilish kere shunda? Shunda inson lekin o'zi kallasidan kelib chiqib turib, agar dinidan bexabar olsa, o'zichasiga yechim istab ko'radi. Kelmoni ham qilib ko'raychi? Bo'lmadi, bo'lmadi. Kelmoni qilib ko'ray chi? Bu ham bo'lmadi da. Aniq turuvdi yo'l. Nima qilish kerak shunda?

Mana shunday holatda Allohdan taqvo qilish kerak, birodarlar. Allohni manhajini mahkam tutishlik kerak. Shundan keyin eshiklarni ochilishini kutib turing. Chunki Robbimiz aytyapti, kim Allohdan taqvo qilsa, har qanday mushkuladan chiqib ketadigan yo'lni ko'rsatadi va kutmagan joyidan nimasini beradi? Rizqini. Demak, nima qilish kerak ekan? Taqvo qilish kerak ekkan.

Alloh taoloni bu mo'min bandalarga bergan va'dasini amalga oshmay qolishidan ko'ra, dunyoni ostin ustun bo'lib ketishi osonroq. Qaytaraman. Alloh taoloning mo'min bandalariga bergan va'dasini ro'yobga chiqmay qolishidan ko'ra, bu osmon yerni ostin ustun bo'lib ketishi yengiroq. Chunki kimni va'dasi bu? Innaka tuxli formiyat. Albatta sen hech qachon va'dangga nima qilmaysan? Xilof qilmaysan.

Demak, bu oyat birinchi navbatda birodarlar yoshlarga qaratilgan. Bo'ydoqlar. Maktabni bitirdingiz, bir o'qishni bitirdingiz. O'shanaqa etap bo'ladi. Kim shu etapda bo'lsa eshitib tursin. Ishingiz yurishmaydi. Shijoatingiz bor, g'ayratingiz bor. Pul topishim kerak, ota onamni, bola chaqamni boqishim kerak degan g'amingiz bor, zo'r o'g'il bolasiz. U yoqqa urasiz, bo'lmaydi. Bu yoqqa uirasiz, bo'l maydi. Hunar qilib ko'rasiz, boshqa qilib ko'rasiz, bo'lmaydimi? Akalar shu etapdan o'tishi kerak.

Shu yerda o'tirgan yoshi katta, ishini yo'lga qo'ygan, hayoti yo'lga tushib qolgan odamlarni qarasangiz, shular ham shu etapdan o'tgan. U kam u. Tug'iliblar otasini katta pulini ustida yashaganlar. Asosan odamlar shu yo'ldan bosaveradi. To'g'ri aytyapman ku kattalar. O'sha etap bo'ladi da hammada. Yosh yigit, juft kerak, uylanishlik kerak, uy kerak, ish kerak. Hamma eshiklar yopilib ketdi, ochilmaganday bo'ladi. Shunda nima qilish kerak? Shunda birodar tushkunlikka tushma. Allohdan taqvo qil. Sababini qil. Allohdan farajni yengillik kelishini kut. Sabr qil. Aniq ishon. Robbining va'dasi haq. Shoshilma. Shoshilma!

O'sha hayotda o'rnini topib ham yo'g'ini dunyo sohasida yo'lga qo'yib olgan akalarni qarasangiz, bir paytlar shular ham qiynalgan. Bir paytlar ham shu jid, sharoit og'ir bo'lgan. De eshitib tursangiz tarixini aytib bersa, hammasida bor shu etap. Endi o'sha narsalar ketib, Alloh Taolo hamyonini zo'r qilib qo'ygandan keyin, esdan chiqarib qo'ygani shatag'da.

Agar o'sha qiynalgan kunlaringlarda, birodarlar, esdan chiqarmasanglar, har uylarga kirganinglarda yuraginglarda tak tagidan Alhamdulillah degan narsa kelishi kerak. Chunki yo'q edi da birodar chiqarishisi. Bu kimni va'dasi birodarlar? Hamma qudrat, hamma xohish, hamma iroda o'zini qo'lida bo'lgan zot, Alloh Subhanahu va Taoloning va'dasi. Ha, ehtimol sharoit og'irdir, yechim ko'rinmay ekandir. Aqlingiz yetmayapti qayerdan yechim kelishligiga. Lekin bularda bari quruq gap. Alloh uchun qiyin narsani o'zi yo'q.

Oramizda bu narsaga guvoh bo'lgan odamlar bor, bu rodalar, so'ranglar, shunaqa ukalar bo'lsa, so'ranglar. Qanaqa bo'lgan? Oson bo'lganmi? Yo birdaniga shunaqa bo'lib qolganmisiz? Kim Allohda taqvo qilsa, mushkulalardan chiqib ketadigan Alloh Taolo yo'lni ko'rsatadi va uni kutmagan joydan rizqini beradi.

Endi mana taqvo qilish. Kim ayol tanlashda Allohda taqvo qilgan bo'lsa, Alloh azza va jalla turmushida bu odamni baxtsiz qilmaydi. Kim farzandlarining tarbiyasida Allohda taqva qilgan bo'lsak, farzandlari bu otaga oq bo'lmaydi. Alloh yo'l ko'rsatadi. Kim mol dunyo topishlikda Allohda taquvo qilsa, Alloh bu bandani nima bo'lishidan saqlaydi?

Muflis bo'lishdan saqlaydi. Bizni tilda bankrot bo'lishlikdan. Chunki halol topgan, holat sarflagan, sadaqa zakotini bergan, bu odam bankrot bo'lmaydi. Demak, Alloh Taolodan taqvo qilar ekanmiz, hamma narsani o'rgatadi. Fataqullohu alayyu alaykumukkumulloh. Taqvo qilinglar debdi Alloh Taolo. Alloh o'zi o'rgatad. Alloh o'z o'rgatdi. Bu oyat haqida birodarlar soatlab gapirishimiz mumkin.

Hamma ish Alloh Taoloni qo'lida. Bandalar ko'p narsani o'rgangan hayoti davomida. Odam Alayhissalomdan boshlab shu kungacha juda ko'p narsalarni o'rgangan. Lekin mana shu o'rgangan narsalarni ichidagi eng afzali tavhid. Alloh Taoloni yakka ekanligini bilishlik. Eng zo'r o'rgangan nasamiz mana shu. Birodarlar, bilamizmi Robbimizni yagonaligini? Demak, Alloh Taolo juda ham katta ne'matini beribdi bizga. Allohning amrida mustaqil bo'lgan banda, uni rizqi keng bo'ladi, mo'l bo'ladi. Bu, bu qoida. Qiyomatgacha keladigan har bitta mo'minni ustidagi haq va'dadir. Sharoit qanaqa bo'lmasin, zamon qanaqa bo'masin, har qanaqa to'siq bo'masin, Alloh Taoloni aytgani bo'ladi, birodarlar. Chunki bu ilohiy va'da. Va kutmagan joydan nima qiladi? Rizqini beradi.

Demak, Alloh Subhanahu va Taolo bilan qilinadigan muomala mana shu qoidaga asosan bo'lsa, ishlarimiz hammasi yaxshi bo'ladi. Hadis quddusiy. Hadis quddusi Alloh Taoloning aytgan so'zlari, bu Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga ilhom suratida kelgan so'zlar. Agar Alloh Taoloning so'zlari Jabr oila alayhissalom orqali jo'natgan bo'lsa, bu Qur'on oyati bo'ladi.

Agar Alloh Taolo o'zini mana shu so'zlarni Payg'ambarimizni bir ilhom suratida yuborgan bo'lsa, Jabr alayhissalomni vositasisiz. Bu hadisi qudusiy deyiladi. Alloh Taolo aytadi: bandam, sen men uchun, men xohlaganday bo'lgin, men ham sen uchun, sen xohlaganday bolaman. Senga nima foydali ekanini menga gapirma. Sen ham xohlaysan, men ham xohlayman. Agar sen men xohlagan ishda menga taslim bo'lsang, sen istagan ishingda men senga kifoya qilaman. Men aytganday bo'l deyapti. Qolgan ishingni meni zimmamga yuklab qo'y deyapti. Tushunarlimi?

Tavakkal qildik, bo'lmadi yu desa, sen Alloh xohlagandaqa bo'lmading shu ishda. Tavakkalni ol, sababini ham qilish kerak edi. Ha ana. Sababni qilib turib tavakkal qiladi, Alloh aytganday qilib bo'lding shunda. Endi o'sha Alloh nima qiladi shunda senga? Mushkuligini hal qilib berar edi. Davomini o'qiymiz. Agar men xohlagan ishda, menga taslim bo'lmasang, sen xohlayotgan ishda, seni mashaqqatga solib qo'yaman. So'ngra faqatgina men istagan narsa bo'ladi. Go'zalligini qarang, bu hadis qudusi edi. Sen men aytgan ishda men xohlaganday bo'l, sen xohlagan ishda men senga kifoya qilaman. Agar sen men xohlayotgan ishda men aytganayotgan bo'lmasang, sen xohlayotgan eshigingda seni mashaqqatga tiqib qo'yaman. Keyin kim aytgani bo'ladi baribir? Men aytganim bo'ladi deyapti. Demak, Allohga itoat qilish, undan taqvo qilishga banda astoydil bel bog'lashligi kerak bo'ladi. Qo'lidan kelganicha sababini mehnatini qilib qo'yadi, u yog'ini ham qilmaydi. Alloh Razzoq. Kutmagan joydan rizqini beraman deb va'da bergan. Buni isboti hayotda birodarlar to'liq yotibdi.

Birodarlar, mana shu variant bir musulmonga ishlab, ikkinchisiga ishlamay qolmaydi. Mana shu variant, bir musulmonga ishlab, ikkinchisiga ishlamay qolmaydi, shunaqa. Qarangda bu yerda olimga ishlaydi, ommaga ishlamaydi, arabga ishlaydi ajamga ishlamaydi demayapti. Musulmonmi la ilaha illalloh muhammadur rasululloh degan? Hammasiga bir xil ishlaydi. Endi biri zo'r, biri xira olyaptimi, bilingki bittasi Allohda taqvo qilyapti. Endi agar taqvo qilmasang ish tekis ketayotgan bo'lsa, bundan aytyotib olish kerak. Bitta ishni qiladigan ikkita usta. Ikkovi bir xil ishla edi, birini topganida baraka bor, ikkinchisida baraka yo'q. Demak mana bu Allohda taqvo qilyapti. Endi umuman Allohda taqva qilmasa ham ish tekis ketyapti yu desa, buni ati nima edi? Isti darojida. Falon ma'nosi ma'duki rubihi. Allohni eslatmasi kelganida, ularga eslatma qilingan narsani unutganlaridan keyin, hamma eshiklarni ochib tashladi, shunday ko'tarib turib chopdi yerga deydi. Qaranglarda, bir yil shunaqa gul kurab ketgan o'sha odam. Bir yilda muncha imorat solgan. Muncha mashina olgan. Vo deydi, qaraysiz, ikki yildan keyin yo'q da.

Ikkita misol. Taqvo qilish, Allohni o'ziga suyanish sababini qilish insonga nimalarni olib keladi? Kitni qornidagi Yunus alayhissalom. Yunus alayhi salomni Alloh azza va jalla buyurdi, kit yutib yubordi. Dengizga tashlashdi qavm, kemadagilar. Shunda kit yutib olib tushib ketdi. Yuz ellik tonnalik kit.

Ellik tonna yog', ellik tonna go'sht, ellik tonna suyak. Bu kit shunaqa kattaki, odam bolasi tikka tursa og'ziga kirib, bemalol tikka turadi. Yutdi, suv tagiga kirib ketdi. Bu kit bir ovqat yeganda to'rt tonna ovqat yer ekan bir odamlar. Uni rizqini yetkazayotgan Allohni qudratiga qoyil qolaylik. Unaqa kitda nechta?

A? Unaqa kitdan nechta. Siz bilan bizga o'sha odamlar nechta? Shularni rizqini yetkazgan Alloh mo'min bandasini yolib yuborib duo qilsa, Alloh Taolo Payg'ambarimiz aytganlar, albatta Alloh Taolo xayoliy zot. Bandasi qo'lini ko'tarib yolib yuborsa, quruq qaytargani xayo qiladi deydi. Faqat bu banda qo'lini keltirayotganda taqvo qilib qo'ygan bo'lsin. Alloh aytganqa yashab qo'ygani bo'lsin.

Asta ila billa fanada fizulumati alla ilaha illa anta subhanaka inniy kun tumanu abdolimiy. Fastajabina ala hu ana jayna hu min alihom. Qorong'u zulmatlarda turib, hech iloh yo'q. Magar o'zing bordirsan, ey pokiparvardigor, darhaqiqat men o'z jonimga jabr qilguvchilardan bo'lib qoldim degan paytini eslang. Bas, biz uning duosini mustajob qildik va uni g'am g'ussadan qutqardik. Bu qissa birodalar hayotdagi qonun. Mana shu Qur'ondagi qissani Alloh Taolo hayotda ishlaydigan qonunga aylantirdi. Bu qonun qaysi zamon bo'lmasin, qaysi yer bo'lmasin. Qaysi sharoit bo'lmasin albatta ishlaydi.

O'zi kitni qorniga kirib ketishiga sabab nima edi? O'zini qilgan xatosi. Qavmini Yunus alayhissalom Allohning iznisiz tashlab chiqib ketganida. O'zini qilgan xatosi tufayli shu mushkulaga kirdi. Endi mushkuladan chiqib ketishlikmi bilan bo'ldi. Allohni o'ziga duo qilishlik bilan. Yunus alayhi salomning qissasi hayotda ishlaydigan qonun birodarlar.

Va kadalega num jil muminin bas mo'minlarga mana shunday najot beravermiz. Mana shu yerda do'ppini men yerga qo'yib qo'yib turib o'ylanib ko'ringlar da birodarlar. Yunus alayhissalom baliqni qonida. Nima yechim bor u kishi zotda? Masalan bir problema bo'lib qolsa, darrov nima qilamiz? Bir problemaga kirib qolsak, pul kerak bo'lib qolib, mushkul, Alloh saqlasin. Nima qilamimiz darrov?

Kallamizga nima keladi? Kimga telefon qilsamikin? Telefon bor. Mashina borib yugurib borasiz. Ana akaga uchirasiz, mana akaga uchirasiz. Xullas, variant bor a? Ketma qornida turgan Yunus alayhissalomni nima varianti bor shu yerda, aytaylar? Hech qanday variant yo'q. Yana qirq kun yotib boradi qornida. Nimaga hazm bo'lib ketmadi? Alloh Taolo ilohiy ta'limni beryapti. Alloh halok qilishini xohlaganida darrov o'lar edi, lekin Alloh Taolo halok qilishni xohlamadi, ta'lim berishni xohladi. Yunus alayhissalomga va siz bilan bizga. Siz bilan biz ham qilayotgan shunday bir ishlarimiz bo'lishi mumkin. Davno yo'q bo'lib ketishimiz kerak o'sha ishni kasofatiga. Lekin Alloh Taolo nima deydi? Agar odamlarni qilayotgan gunohlarini o'rnida jazosini bersak, yer yuzida biror narsani qoldirmagan bo'lar edik. E odam bolasi, o'nta gunoh qilsang, bittasiga jazo beryapti senga robbining.

Qolgani nima qilyapti? Voya aflon kafir. Nima man asobaku ming musiboyati. Nima musibat yetsa, qo'ling tufayli yetadi, o'zing qilgansan shu ishga. Shu baloni o'zing chaqirib olding. Yana Alloh nima qilyaptilar? Ko'p gunohlaring kechirib turadi deyapti. Yechim nima bo'ldi? Alloh tomonidan kelgan yechim yechim bo'ldi. Yechim qanaqa bo'ldi? Baliq olib chiqib chiqarib oldi. Qornidan chiqarib tashladi. Kim aytgani bo'ldi? Alloh aytgani bo'mdi. Ikkinchi qissa. Sayyidimiz Muso alayhissalom va Fir'avn. Payg'ambarlar hissasida o'tganmiz birodarlar. Olti yuz mingga yaqin yahudini Misrdan Baytul Mahdis tarafga qarab olib chiqib ketyapti Muso alayhissa salom tunda.

Fir'avn ruxsat berdi. Tong otgandan keyin qarasa, Banu Isroil chiqib ketdi. Kim bizni xizmatimizni qiladi? O'sha davrdagi eng qudratli qo'shinini yig'di da, Banu Isroilda orqasidan quvib bordi. Banu Isroilni avvali dengizga borgan edi bu karvonni avvali. Bu karvonni oxiridagilar Fir'avnning qo'shinini ko'rdi. Shunda innala mudrakun qolas ha bu Musa, innala mudrakun shunda Mosoning hamrohlari aytishdi, albatta bizga endi yetib olishadi. Biz aniq tutildik, chunki boshqa yo'l qolmadi. Oldida dengiz, orqada qo'shin turibdi. Qola kalla, innna nag'iya robbi sayyih din. Aniq ishonch bilan. Robbizga suyanib turib, Moso alayhissalom aytdi, yo'q. Albatta Robbim men bilan, albatta menga yo'l ko'rsatadi. Aytaylarchi, bularda nima yechimi bor edi oldida? Hech qanaqa yechimi yo'q. O'sha zamondagi eng qudratlik qo'shin orqasidan kelib turibdi, qirib tashlashlik yoki qaytarib olib ketishlikka. Kim saqladi?

Alloh taolo aytdi, asooyini dengizga ur, hissani davomini bilasizlar. Ular o'tib ketdi vanosiloyil, fir'avnni suv tagida qoldi. Yechimni kim berdi? Yechimni alloh subhanahat, alloh berdi. G'alabaga erishlikka imkoniyati nol akalar. Najot kelishiga hech qanday bir ishonch yo'q. Lekin nima bo'ldi? Yo'q, robbim men bilan birga albatta yo'l ko'rsatadi dedi. Aytdik ku oyat darsimizni boshidan. Va man yataqillaha ya'zi alloh umuman xarajat. Kim taqvo qilsa, alloh nima qilib beradi? Albatta yechimni beradi.

Rostgo'y bo'l, ishonchli bo'l. Odamlarga yaxshilikni ravo ko'r, harom yo'l bilan rizq topishni o'ylama. Chunki Allohning huzuridagi narsaga ma'siyat bilan yetilmaydi. Allohning xayriyati, barakotiga inson gunoh bilan yeta olmaydi. O'sha harom tijorat bilan katta pul topgan, boyigan odamlar, haromni tijoratiga kirishganligi uchun boyigani yo'q. Alloh uni rizqiga yozgani uchun boyidi.

Agar halol narsani savdosi bilan shug'ullanganda ham boyir edi u. Bu bizni iymonimiz. Chunki o'sha harom ishga kirishganligi uchun boy edi desangiz, xuddi shu harom ishni qilarkan, boshqalari boyimayapti yu. Agar halol ishni qilganligi uchungi ish yurishmayapti desangiz, huddi shu halol ishni tiqib turib ish yurishayotganlar ham bor u. Shuni tushunib olaylik. Shuni tushunib olaylik. Rizq Alloh Taoloning qo'lida.

Va man yattaqill la hayyaji allohu maxroja, va yarzu quhum min hayf u la yaxtasib. Kim Allohdan qo'rqsa, u Zot uning uchun barcha g'amkulfatlardan chiqar yo'lni paydo qilur va uni o'zi kutmagan joydan rizqlantirur. Kim Allohga tavakkal qilsa, bas, Allohning o'zi unga yetarlidir. Alloh Taoloning o'zi xohlagan ishi yetkuchidir.

Aqlu qovli, ha davos tafkulullohu.

Bilimdi tekseru

5 sūraq. Är dūrıs jauap — 10 ūpay.

Kelesi däriske ötu üşin testti tapsırıñız

Testsiz jalğastıru