MMaviza
Ash-ShokirTekserilgen24 daq

14-Dars Ash-Shakir / Asma-ul-Husna / Abdulloh Domla / Ash-Shakir / Asma-ul-Husna

Abdulloh Domla · Asmoul husno

Būl til üşin audarma äli joq. Tömende tüpnūsqa (özbekşe) mätin körsetilgen.
0:00
23:59
Özgerister tarihı

Bismillahir rohmanir rohiym. Bismillahir rohmani rohiym. Alhamdulillah robbilar alamin. Vassalatu vassalamu ala saidina muhammad as sodiqul va'del amin. Allohumma la ilmalana illa ma'lam tana innaka antal alimul hakim. Allohumma al imna ma'yon faruna.

Bismillahir rohmanir rohim. Alloh subhanah va taoloning go'zal ismlari. Asmo ul husno. Silsila darslarimizni navbatdagisi. Bugungi darsimiz alloh azza va jallaning ash shakir shukur qiluvchi ismi haqida bo'ladi. Bu go'zal ismi qur'onda faqat ikkita o'rinda zikr qilingan. Astayidubillah.

Innos sofa val marvata min sha irillah, fa man hajjal bayta aviy atamaro. Fala jo'na ha alayhi an yattavva fa behima, va man tatavva a xayron fa innallohi shakirun aliyin. Albatta safo va marva alloh buyurgan marosimlardandir. Mana haj qilganimizda, umra qilganimizda mas'a deyiladi, safo va marva o'rtasida say qilamiz. Shu haqida ketyapti. Bas, kim haj yoki umra qilsa, u ikki tog' orasida say qilishining gunohi yo'qdir. Va kim o'z ixtiyoriylar yaxshilikni niyat qilsa, bas, albatta alloh shukur qilguvchi, shokir va bilguvchi bo'lgan zotdir. Ikkinchi o'rinda. Astaydu billah. Ma yaf'al allohu bi adabikum in shakartum va amantum va ka'na allohu shakirona aliyman. Agar shukur qilib, iymon keltirsanglar, alloh sizlarni nega azoblasin? Demak, kishi iymoni bo'lsa va shukur keltirib turadigan bandalardan bo'lsa, Alloh azoblamas ekan uni. Axir Alloh bandalarining toat ibodatlariga savob ato etish bilan shukur qilguvchi va bilguvchi bo'lgan zot.

Mana ikkita o'rinda zikr qildi. Alloh taoloning ash shakir ismi. Kishi mahluqotlarga xayrili ishlar, savobli ishlar qilar ekan, mahluqotlarga yaxshilik qilar ekan, ikki dunyoda buning saodatini albatta oladi. Bu mavzumizga tegishli birinchi haqiqat. Bir odam bo'lasiz, yaxshilik qildi. Kimga qildi, nimaga qildi, farqi yo'q. Albatta mukofoti olinadi. Endi bu kishi mo'min bo'lsa, albatta, dunyoda olmasa, oxiratda oladi. Bilasizlarmi? Kafillar ham million degan dollarlarni blagotvoritelnostga sarflaydi.

Bilasizlar a? Shularga savob bormi yo'qmi? Bu savol edi. So'roq gap edi, bu darak gap emasmidi. Savob yo'q. Qiylanib topgan pulini, to'g'ri, qiyomat kunida savob palla faqat mo'minlarga qo'yiladi. Savob faqat musulmonga yoziladi. Endi qiynalib topib sarflagan pulini ko'ring qayerga sarfladi? Yetim yesirlarga, qariyalarga, kasallarga, muhtojlarga. Savob bo'ladimi unga? Bo'lmaydimi? Bo'lmaydi. Mukofot ishlaydi. Ammo mukofotini shu dunyoda oladi. Yana qaytarib aytamiz. Odam bolasi kimga yaxshilik qilgan bo'lmasin? Qaysi maxluqqa yaxshilik qildigan bo'lmasin, uni yaxshiligini ehsonini olgan odam aqllimi, ahmoqmi? Joni bormi, joni yo'qmi? Hatto ko'katmi? Yaxshilik qildimi? Albatta mukofot beriladi. Yo shu dunyoda, yo oxiratda. Yoki ikkalasida.

Chunki Alloh Taolo qarzdor bo'lib qolmaydi, birodarlar. Boyagi aytganimizdek, dinsiz bo'lgan, kofir bo'lgan odam yaxshilik qiladimi? Alloh shokir. Uni shu qilgan ishini foydasini, xayriyatini dunyoni o'ziga qaytarib qo'yadi. Musulmon kishiga biror yaxshilik qildi. U musulmon, unda komillik bo'lishligi kerak. Unga javob qaytarmoqchi bo'ladi. Qo'lidan hech narsa kelmasa, qaytarishlikka yaxshilik bilan, eng kamida rahmat deydi. Minnatdorchilik bildiradi. Eng kamida tabassum qilib qo'yadi, eng kamida Alloh rozi bo'lsin deb qo'yadi! Chunki sizni yaxshiligingizni olgan taraf sizga shu yaxshiligingizni qaytarmoqchi bo'ladi. Qodir bo'lsa, shu bergan narsangizga o'xshagan narsani qaytaradi. Bo'lmasa bir pera choy qo'yib beray deydi. Yoki eng kamida nima deydi? Rahmat, Alloh rozi bo'lsin deydi. Bu odam bolasi, komillikka intilishi kerak bo'lgan bandadan shunaqa bir robbatil fe'l, qayta bir javob bo'ladi. Endi komillikni egasi bo'lgan Alloh subhanahu va taolo chi, Alloh uchun yaxshilik qilib qo'ysangiz, banda qaytaraman deb turganda, Alloh, saxovat egasi, karam egasi, fazl egasi bo'lgan Alloh, bu qilgan yaxshiligingizni qaytarmaydimi sizga?

Alloh taoloning huzurida bironta hasanot, bironta savob zoyi bo'lmaydi. Umar Xattob roziyallohu anhu xalifa bo'lib turgan paytda, mana Fors saltanati bilan bo'lgan hal qiluvchi nahomat ma'rakasida musulmonlar g'alabaga erishdi. Mana shu g'alabani xabarini olib kelgan elchi xalifaga buni yetkazdi va aytdiki, juda ham ko'p musulmonlar halok bo'lishdi, dedi. Ya'ni mana shu g'araba shunday bir katta bir narx evaziga bo'ldi. Kimlar edi ular? Deb xalifa so'radi. Elchi, siz ularni bilmaysiz hammasini dedi. Shunda mana Xattop aytdiki, meni bilmasligimni ularga zarari yo'q. Axir Alloh bilib turibdi yu ularni. Shuning uchun siz pulingiz bilan, oyoq qo'lingiz bilan, xizmatingiz bilan xaloqa yaxshilik qildingizmi? Birov bilmadi. Musulmon odam xursand bo'ladi.

Birov bilmaganligidan xursand bo'ladichi, chunki bilishi kerak bo'lgan zot bildi. Alloh uchun ish qiladigan odam indamay qiladi. Vo iz ta'zidana rabbukum la in shakartum la aziydan nakum. Ya'ni Alloh Taolo aytyapti, agar bergan ne'matlarimga shukur qilsanglar, men ziyoda qilib beraman. Mana shu la aziydan nakom, ziyoda qilib boraman degan so'zni ma'nosi. Siz Alloh uchun bergan narsangiz nima bo'lishidan qat'iy nazar, o'zingizga ko'payib qaytadi. Agar berganingiz pul bo'lsa, Alloh barakot beradi, molingiz ziyoda bo'ladi. Agar vaqtingizni sarf qilgan bo'lsangiz, Alloh uchun, Alloh vaqtingizga barakot beradi. Agar mehnatingizni sarflagan bo'lsangiz xaloyi uchun Allohni roziligiga, Alloh vaqtizga barakot bermaydi va maxluqotlar, odamlar, bandalar sizni xizmatingizda qoyim bo'ladi.

Mana shu madrasamiz. Alloh rozi bo'lsin, Alloh rozi bo'lsun, Alloh rozi bosun ustalarimiz. Kechki payt to'qqiz deganda eski kiyimlarni ko'tarib kelib keladi. Kunduzi bilan o'zini tijorat uchun qilgan do'konidagi obyektidagi ishni qilib, kechki payt ikkinchisi menga keladi akalar. Sakkizda, to'qqizda mana guvohi bo'ldik. Shunday bir xayriyatli, bir qalbada bir iymona ustun bo'lgan bor ekan ustalarimiz. Alhamdulillah. Ikki yilgacha ishlashdi kelib, birodarlar. Bir tiyin olmasdan. Endi tanimaymiz ko'pchiligini biz. U nurdorlik emas, yoki bizni shogirdlarimiz emas.

Kunduzi bilan ishlagan, sakkiz soat, to'qqiz soat ishlagan. Agar shu o'zi ishlayotgan obyektni egasi dvayno pul beraman desa, aka, biz ham odammiz, damalaylik deydi. Ammo to'qqizda, o'nda kelib, ikkigacha, uchgacha ishlashganlar bo'ldi. Kim hissasi qo'shilgan bo'lsa, Alloh qabul qilgan bo'lsin. Biz bilmaymiz hozir aytdik ku umar bu xato. Meni ularda tanimaganligimni zarari yo'q. Alloh bilib turibdi yu. Haqiqatan tanimaydigan odamlarimiz keldi. Bu Alloh Taolo ularni mana shu xayriyatli ishga o'zi burdi, o'zi ishlatdi. Shuning uchun nimangizni sarf qilsangiz Allohni yo'lida, shu narsangiz nima bo'ladi? Ziyoda bo'ladi. Imom Buxoriy oltmish uch ga kelib o'tgan ekan.

Qoldirib ketgan ilmiy merosini yuz oltmish yillarni yetmayapti o'qigani. Qanaqa qilib ulgurishgan ekan bular degan savol tug'ilganda, mana shu oyatni aytamiz. Agar meni bergan ne'matimni, shukrini ado qilsang, ziyoda qilib beraman degan. Ular umrini, vaqtini, hayotini sarf qildi, Alloh Taolo umriga barakat berdi, hayotiga barakat berdi. Qo'limizda Sahih Buxoriy turibdimi? Aytmaganimizda bir haftada ikki marta Buxoriy degan so'zni aytamiz. O'ylab ko'ringlar da yigitlar.

Imom Muslim deymiz. Mana necha marta aytdik. Bular tirik. Har ismi aytilganda tirikligini belgisi bor. Ha, biz o'tib ketgandan keyin nimani eslashar ekan odamlar? Demak, bandani qilgan yaxshiligi bekorga ketishligi mumkin emas. Albatta, banda mukofotini oladi, yo shu dunyoda, yo oxiratda, yo ikkalasida ham.

Alloh taoloning yo'lida qilingan ilfoq. Alloh shokir zot. Bandalarni qilgan ishlarini taqdirlovchi shokir zot astayduvillar. Masalullah dina yun fiqhuna amu alahum fi sabili la kamatali habbating ambatat sab' sanabil fi kunli sunbulating me'atu habba. Vallohu yuzoyifuliman yasha, vallohu va sino aliy. Alloh shokird. Bandalarni qilgan ishlarini taqdirlaydi, shukur keltiradi. Shukur keltirsak degani rahmatli ish deb tushuninglar. Ya'ni Alloh rozi bo'ladi degani.

Alloh yo'lida mollarini inqil qiladigan kishilarning misoli, xuddi har bir boshoqida yuz tadan dona bo'lgan yettita boshoqni undirib chiqargan bir donga o'xshaydi. Bir dona don yerga tushdi, undan yettita boshoq chiqdi, har bitta boshoqda yuz tadan don bor. Bitta bug'doy yetti yuz taga ko'paydi. Allohni yordam pul sarflaganlarni ishi mana shunga o'xshaydi deyapti Alloh Taolo. Necha protsentniy ish?

Teppa teng bo'lsa yuz protsent bo'lsa o'zi. O'n barobar bo'lsa ming protsent bo'lmasa. Necha protsent bo'ladi? Yetmish ming protsent bo'ladi deyishyapti. Yer yuzida shunaqa tijorat bormi? Faqat bu tijorat Alloh bilan bo'ladi. Nima uchun? Chunki alloh ash shakir tushkun keltiruvchi bo'lgan zon. Alloh istagan kishilarga bir necha barobar qilib beradi, Alloh fazli karimi keng bilguvchidir. Alloh xohlasa undan ham ko'paytirib beradi bir odamlar. Mana kim bilan tijorat qilishlik kerak? Uch foiz, yetti foiz, o'n olti foiz ishlab yuribmiz, to'g'rimi? U ham bo'lganda. Bo'lmasa u ham hadis qudusida Alloh Taolo aytadi ya ibna adam, an fiqh, un fiqh alayki. Ey odam bolasi, info qil. Info qil, men ham senga info qilaman. Bizda teskarisi, biz aytamiz u gapni. Ey Alloh, menga ber, keyin beraman deysiz. Agar, agar bunaqa formulada ishlasa, hamma beradi akalar.

Alloh Taolo bermay turib, siz bering. Namoz o'qi, in'fo qil, shariatda yur, Alloh Taolo qo'lingga barakot beradi. Bir qarzlaringdan bir qutulasan desa, avval qarzlarimdan qutulay deydi. Avval Alloh bersin, keyin nima qilaman? Ey, Bilol deyaptilar Payg'ambarimiz Sallallohu alayhi vasallam. Anfiq Bilol, vala taxshan min deyil arsh i qilol. Arshni egasi tomondan ozaytirib qo'yishidan qo'rqmang, info qiling ey Bilol. Bilol Roziyallohu anhu kambag'al bo'lgan birodarlar. Rasululloh tinniy davrida kambag'al, keyin payib ketgan ular. Mana shu kishiga ham nima deyaptilar Rasululloh? Info qil deyapti aytyapti.

Alloh Aziz va Jalloh o'zining muhsin bandasini molini, albatta o'rnini to'ldirib qo'yadi. Siz bir kishiga hadya yubordingiz. Birov orqali. Shunda bu hadya kimdan ekanligini o'ylanib yurmasin, bilsin uchun, qog'ozda yozasiz da, uni shu hadyani ichiga solib qo'yasiz. Nimaga ustiga qo'yib jo'natmaysiz?

Tushib qolishi mumkin. Endi ichiga solib qo'yasiz, aniq qo'liga tushlik uchun. Endi Alloh azza va jalla, nima ichiga yozib jo'natishimiz kerakmi? Va man infaq tun min nafaqatin av nazar tun min nazrin, fa innallohi ya'ni. Nima infaq qilmanglar, nimani nazr qilmanglar? Allohni bilib turadi. Demak, mana shu oyati bilan Alloh Taolo qalbimizga xotirjamlik kirgizadi. Men bilaman deyapti Alloh Taolo. Hech kimga ko'rsatmasdan bersang ham, e'lon qilib bersang ham, yashirib bersang ham, men hammasini bilaman deyaptilar. Nimaga infoni gapiryapmiz?

Allohni shokir ismi haqida dars o'tayotgan edik ku. Birodarlar info qilsanglar, shokir, ash shakir bo'lgan robbimiz uni ko'paytirib beraman deyapti. Robbimiz bandadan sodir bo'lgan amalni ziyodasi bilan taqdirlaydi. Chunki u zot ash shakir bo'lgan zot. Astay deb beringlar. Zuina linna sehub busha hava te minan nisa, val banin, val qanoatir il muqontorati minadida habib va firdadi. Odam bolasi boylikni, moli davlatni yaxshi ko'radi. Bu insonni tabiatiga joylangan narsa. Kimdir bildirib qo'yadi boylikni yaxshi ko'tarishini. Kimdir nima qiladi? Yashirib turadi, lekin hamma yaxshi ko'radi. Chunki zuyina deyapti Alloh Taolo. Chiroyli qilindi.

Chunki uni yaratgan Robbisi, shu gapni gapirayotgan Robbisi chiroyli qilingan senga deydi. Hammaga yoqadi ekan. Odamlarga, ayollar, bolalar, tuganmas oltin kumush boyliklar, qimmat baholi otlar, chorva va ekin tikinlar kabi istak xohishlarga ko'ngil qo'yish chiroyli qilin. Insonni tabiati demak, bu narsalarni yaxshi ko'rishlik bor ekan, molni yaxshi ko'rar, hamma.

Insonni xohishlari bor, tabiati, insonga yuklatilgan taklifotlar bor. U qilish kerak bo'lgan ishlar, zimmasiga yuklatilgan ishlar taklifotlar deyiladi. Demak, insonni tabiati bor, xohish istaklari, insonni taklifoti bor zimmasida. Ko'ring. Insonni tabiati uxlashni yaxshi ko'radi. Lekin taklifot namozga tur deydi. Inson tabiati mol dunyoni yaxshi ko'rar edi. Ammo taklifoti nima deydi? Info qil deydi. Insonda nafsi tabiati nomahramlarga qarashni yaxshi koradi. Lekin takrifoti nima qiladi? Buni bu narsadan man qiladi.

Tabiati g'iybat qilishni talab qiladi. Lekin taklifot nima deydi? Buni qilma deb aytadi. Alloh taolo aytyapti, vama' anfaqtu min sha in faxvo yuxlif. Ne bir narsani in foh iqson qilsangizlar, bas alloh uni to'ldirur. Shuning uchun topgan muallif dunyosini allohni roziligi yo'lida sarf qilayotganlar uchun shu oyat kifoya qilmaydimi?

Allohni in fohihson qilishlikka, musulmonlarni undashlik uchun shu oyat kifoya qilmaydimi? Ber, to'ldirib qo'yaman deyapti. Ber, ziyoda qilib beraman deyapti! Inaychi, Allohga kerakmi biz berishimiz bu narsalarni? Allohga rostiga muhtojmi? G'oniy yuni an ila alamin, butun olamlardan behojat bo'lgan zot.

E abdiy, anfiq, unfiq, alik. Ey odam bolasi, info qil, men ham senga info qilaman. Ey Bilol, info qiling. Arshning egasi tarafidan kamaytirilib qo'yilishidan qo'rqmang. Ibn Abbosdan asokir keltiradi. Sadaqatu sirri tutfu ig'vozavor rob. Maxfiy suratda berkitib qilingan sadaqa Robbning g'azabini so'ndiradi. Qilgan xato kamchiligingiz Robbingizni g'azabiga sababdor bo'lib turgan bo'lsa, info ehson qilsangiz, Robbni g'azabini so'ndiradi. As sadaqatu taqavofi yadillahi, qobulan taqofi yadil faqir.

Sadaqa faqirning qo'liga tushishlikdan avval Allohning qo'liga turadi. Va kelubis sadaqa, fa innal bala layata xattaha. Qarang. Jomayev sahifdan. Sadaqani berishga shoshilinglar. Zero balo undan o'zib o'tib ketmaydi. Agar sadaqa qilsangiz, balo to'xtaydi degani. Sadaqa bergani shoshilinglar, zero balo undan oxiratib o'tib ketmeydi, o'zib o'zib ketmaydi degani.

O'n so'm kuniga sadaqa. Iloji bor. Yigirma so'm. Endi bu yoq endi anaqaga qarab, kirishiga qarab, topishiga qarab. Ichi kunda bir ellik so'mdan sariqa. Iloji bormi? Iloji bor. Ya'ni bersangiz yana nima o'lyapti yana? Qarang, balodan, Alloh Taolo baloda daf qilar ekan. Rozi bo'lar ekan, ko'paytirib berar ekan, g'azabini so'ndirar ekan. Nima uchun? Bandani qilgan infog'i uchun. Chunki robbimiz ash shakir bo'lgan zot. Shukur keltiruvchi, bandalarni amallarini munosib taqdirlovchi bo'lgan Zon.

Endi bu mavzuni haqiqatini siz bilan bizga ko'rsatadigan qissalar, misollar to'lib yotibdi. So'ranglar, yoshlar kattalardan. O'sha falonchi xayriya ehsonli inson, o'shaning uchun qarasang hamma yog'i tekkis. Sahobalardan Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhur. Bu kishini juda ham boy, badavlat inson bo'lganligini hammanglar bilasizlar. Shu odam aytar ekan, nima qilay? Nima qilay. Ertalab yuz dirhamni info qilsam, kechga borib Alloh menga ming dirhamni berayotgan bo'lsa, info qilmay nima qilay der ekan. Haligi aytganmiz a, yetti yuzta tuyasini shunday berib yuborganligini, qarang, shu odam zakot bermagan deyiladi.

Shu inson, shu ulug' sohiba zakot bermagan degan rivoyatlar bor. Yetti yuzta tuyaldan iborat karvon Abdurahmon ibn Avfniki, ustidagi mollari bilan, tuyalari bilan. Nimaga zakot bermagan desa, zakot beradigan vaqt kelganda qo'lida zakotga loyiq pul qolmas ekan, qarang. Lekin keyin orqasidan yana to'lib toshib kelaverar ekan. Nima qilay? Ertaman yuz deb bersam, Alloh kechki payt menga ming deb beray ekan bo'lsa, info qilmay nima qilay deyapti. Kim?

Bizga olib bersin Alloh. Shuning uchun xayr ehsonni ko'p qiladigan, qo'li saxovatli bo'lgan musulmon birodarlarimizdan borib so'ranglar da. Juda ham chiroyli bir qissalarni aytib beradi. O'zlarini hayotdan o'tkazgan. Biz pulni sanashda qanchalik e'tibor beramiz u, ammo barakani hisobga olmaymiz. Agar musulmon banda pulini Allohni yerda sarf qilar ekan, Alloh puliga baraka beradi. Eng kamida uni salbiy rizq bilan rizqlantiradi. Salbiy rizqi nima?

Kasallar, balolar, tuhmatlar, bo'xtonlar. Shu narsa sizni ustingizga kelmayaptimi? Shu salbiy rizq. Eng kamida shu narsalardan saqlayaptimi? Shu ham rizq ekan, birodarlar. Sizni ustingizni bir odam uzolom qilib qo'yib qo'ymadi. Tuhmatga qolmadingiz, bo'xtonga qolmadingz, tinch yuribsizmi? Mana shu salbiy risq deyiladi, birodarlar, deb. Demak, qilgan ehsonimizni Alloh biladi. Ikkinchisi, alloh taolo o'rnini to'ldirib qo'yadi, chunki alloh taolo ash shakir shukur keltiruvchi bo'lgan zon. Mana shu ikkita sabab musulmon kishini in'fo ehson qilishlikka undaydi.

Ne bir narsani in'fo ehson qursangiz, Alloh uni albatta o'rnini toldirib qo'ydi. Ikkinchi ma'nosi. Menda u kim bo'lishidan qat'iy nazar, musulmonmi, kofirmi? Farqi yo'q. Banda maxluqotlarga yaxshilik qilar ekan, bu yaxshilik Allohni zimmasiga qarzi hasana bo'lib yoziladi.

Qarzi hasana deganda biz odamlarni o'rtasidagi muomalada, siz qarz berasiz, so'ramaysiz undan. Qodir bo'lganda beradi, o'n yilmi, yuz yilmi. U zakot emas, u sadaqa emas, qarzi hasana. Berasiz, qodir bo'lsang berasan, bo'lmasam Allohni yo'lga o'tib ketdi. Endi, bandalarga qilingan yaxshilik, bu yaxshilikni qilayotgan odam musulmonmi, kofirmi farqi yo'q. Bu yaxshilikda olayotgan odam, musulmonmi, kafirmi farqi yo'q, hatto odammi, hayvonmi, o'simlikmi farqi yo'g'i. Yaxshilik qildingizmi? Allohni zimmasida bu qarzi hasana bo'ladi. Qarzi hasanani birodarlar turi judayam, judayam ko'p.

Bir qushlarga uydagi nonni tuyib tuyib tashlab berdingiz, qarzi hasana. Bir ko'kat qurib yotibdi. Borib turib, hovuchizga suv quyib qo'ydingiz, qarze hasana. Yoshlar, eshitib qo'yinglar shuni. Berahm, beshavqat shu bir qatib ketdi marralarimiz. Qo'lingizdan nima yaxshilik keladi haloyimga? Shu qarze hasana? Mashinasida chiqolmay turibdi da, katta ko'ka qo'shaga yo'lga qo'shilolmay. Yo'l berib qo'ying da, qarze hasano bo'ladi bu. Sizni haqqingiz, modomiki shu to'xtab turishingiz, qoidani buzish bo'lmasa, boshqalardir haqqini yeyish bo'lmas a, yo'l berib qo'yiladi, kirib olsin o'sha yo'lga. Mana avariya qilib yaqin qilib bilasizmi? Inshoalloh, o'sha qazi Hasanani Alloh uchun qilsangiz, Alloh qalbingizga shunaqa bir xursandchilik, xotirjamlikni kirgizadi, mazza qilib yuborasiz.

A? Katta mashinada keldingiz, qimmat mashinada, bitta kichkinaroq mashina chiqolmay turibdi. Sekin to'xtaysiz, qo'rqadi haligi yurgani. Chunki ishonmaydi da unaqa mashina olib berishiga. Endi bunday qildingiz. Mana bunday qilib bunday qilasiz. Aytdingiz. Deganingizda haligi chiqib turib, mana qilib kelgansizlar shuni. Avariykani yoqib qo'yadi. Bilasizmi qanaqadir huzul bo'ladi. Mana shu Alloh Taoloni qarzi hasanangiz uchun bergan birinchi mukofot bo'ladi. Davomini ham kuting endi. Davomini ham keling. Man yuqulidullohu qordon hasan a? Fayuzo ifa hulahu a'zo afinkasiro. Kim Allohga qarzni hasana beradigan bo'lsa, ixtiyoriy qarz, Alloh unga bir necha barobar qilib qaytarib beradi. Sizga ham kimdir yo'l beradi. Sizni qandaydir balodan saqlaydi. Balolingiz otilib ketganda ham yo'ldan tushib ketmaysiz. Benzingiz qizil yog'ganda ham yetib borasiz manzilingizgacha. Chunki nima berganingiz Allohga siz? Qarzi hasanab yurganmiz. Inshaalloh bugun yo'l berib yuramiz, asrgacha, shomgacha, ertagina bob bo'yigidek eski ahvolimizga tushib qolamiz. Aql oqovli haqida, va astag'firulloh.

Bilimdi tekseru

5 sūraq. Är dūrıs jauap — 10 ūpay.

Kelesi däriske ötu üşin testti tapsırıñız

Testsiz jalğastıru