MMaviza
XushuʼTekserilgen17 daq

48-QISM / ROSTGOʻYLIK (1/7) / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

Būl til üşin audarma äli joq. Tömende tüpnūsqa (özbekşe) mätin körsetilgen.
0:00
17:11
Özgerister tarihı

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir robilen a'limin. Vassalat, vassalomu ala sharaful mursaliy. Va ala alixi va ashabixi ajma'in. Ammabot, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'libu barakatuh. Nafs tarbiyasi, tazkiyatun nafs silsila darslaridan navbatdagi darsimiz rostgo'ylik, as sidiq.

Bu darsni boshlashlikdan avval shu oldiga bir o'tib ketgan ma'noda aytadigan gapimiz shuki, inson bu dunyoda nima yaxshilikka erishgan bo'lsa, qanaqa bir yaxshi natijaga yetgan bo'lsa. Uni aslida rostgo'ylik yotadi, sodirlik. Va inson qaysi narsaga intilib, harakat qilib, niyat qilib, orzu qilib, kirishi yeta olmagan bo'lsa, yeta olmasligini asli tagida mana shu sodiq emasligi turadi.

Agar shu so'zni, shu ma'noni yaxshilab o'ylab ko'rsangiz, qarang, hayotda nimaga erishdingiz? Qanaqa bir yaxshi bir natija bor qo'lingizda? Hunar bormi, ilm bormi, uch to'rt chaqa bormi, jamiyatda bir hurmat obro' bormi, ki sizda bor narsa, u sizga yoqadi. Yaxshilab surishtirib qarasangiz, mana shuni orqasida siz sodiq bo'lgansiz.

Darsning xulosasi shu. Biron bir yaxshilikka erishmoqchimisiz, sodiq bo'ling. Rozgo'y bo'ling. Tashkiyatun nafs silsila darslarimiz davom ettirar ekanmiz, birodarlar, bugungi suhbatimiz rozgo'ylik haqida bo'ladi. Asti sidiq. Rozgo'ylik nima? Bu savolga avom xalq yolg'on gapirmaslik deb javob beradi. Ya'ni yolg'on gapirmaydigan odam rostgo'y deyiladi. Falonchi rostgo'y odam. Nimaga? Doim rost gapiradi, yolg'on gapirmiydi. Ha, ko'pchilikni tasavvurida rostgo'y shunaqa narsa. Aslida chi? Faqat yolg'on gapurmasanglar shu odam sodiq odam, rostgo'yodan deyiladimi? Yo'q, birodarlar. Rozgo'ylikni ma'nosi bundan kengroq. Rozgo'ylikk hamma narsa. Rozgo'ylikka haqida birodarlar Qur'oni Karimda oyatlar nozil bo'lgan.

Rozgo'ylak so'zi Qur'onda juda ko'p marta takrorlanadi. Agar so'zdagi rozgo'ylik haqida gapirsak, so'zdagi rozgovlik. So'zingizni voqelikka muhtoq kelishligi so'zdagi rostgo'ylik deyiladi. Takrorlayman. Gapirayotgan gapingiz bilan voqelik bir xil bo'lsa, demak siz so'zda rostgo'ysiz. Qor yog'yapti deb kirdi bitta odam tashqaridan. Ikkinchisi kirdi, yo'q, qor yog'mayapti deb kirdi. Ikkalasiniki ham xabar. Ikkalasini ham rozgo'y yoki yolg'onchi deya olmaymiz. To tashqariga chiqib, shu holatni ko'rmagunimizcha. Agar qor yog'ayotgan bo'lsa, birinchi odamni gapi to'g'ri bo'ladi, u rozgo'y bo'ladi. Agar yog'mayotgan bo'lsak, ikkinchi odam. Mana rozgo'ylik haqida kelgan oyatlarni birma bir o'qib o'rganamiz.

Rozgo'ylik hakidagi oyatlar. Agar biz mo'min banda o'zini hayotida qanaqa daraja, martabaga ega bo'lmasin, buni sababi albatta, albatta rostgo'ylik bo'ladi, desak, mubolag'a bo'lmaydi. Darsni boshida aytdimi? Nimaga erishgan bo'lsangiz, orqasida rostgo'y edingiz. Nimaga erisha olmagan bo'lsangiz intilib, demak rostgo'y emas edingiz. Qaytaramiz. Mo'min banda o'zini hayotidan qanaqa martabaga, qanaqa darajaga ega bo'lmasin, buni sababi albatta, albatta rozgo'ylik bo'ladi. Rozgo'ylik sababli mo'min banda juda ham ulkan maqom martabalariga erishadi.

Bu degani faqat so'zida rozgo'y bo'lsa bo'ldi emas. Yolg'on gapirmasa bo'ldi emass. Rozgo'y deganini ma'nosi juda ham keng. Birinchi oyat. As saidubillar, ya ayyuha alladina ananu ittaqulloha va kunu ma's sodiqin. Ma's sodiqiyin.

Ey mo'minlar, Allohdan qo'rqinglar va iymonlarida sodiq bo'lgan, rostgo'y bo'lgan zotlar bilan birga bo'lingiz. Ya'ni rostgo'ylar bilan, sodiqlar bilan birga o'lingiz. Allohga itoat qil, taqvo qil va rostgo'ylar bilan birga bo'l. Biz inson sifatida jamiyatda yasharkanmiz, atrofimizda albatta odamlar bor bo'ladi. Va bu odamlarni bizga ta'siri borligida shubha yo'q. Do'stlarimiz bor, qarindoshlarimiz bor, ulfatlar bor, hamkasblar bor, qo'ni qo'shnilar bor. Ularni albatta ta'siri senga bo'lmay iloji yo'q.

Ulfating aloqanat bo'lsa, agar atrofimizdagilar baqirib gapiradigan, shu bir ovozini baland ko'tarib gapiradiganlar bo'lsa, xoling xohlamang, siz ham baqaroq bo'lib qolasiz. To'g'rimi? Alloh taolo aytyapti, allohdan taqvo qilinglar va iymonida sodiq bo'lgan odamlar bilan birga bo'linglar. Alloh bizga kimlarni do'st tushishimizni o'rgatyapti? Sodiqlar bilan birga bo'linglar. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, al mar'u ala diniy xoliy lihiy, fal yandur ahadukum man yuha lilu. Rasululloh aytyaptilar, kishi do'stining dinida bo'ladi. Bas sizlardan beringiz, kimni do'sti ekaniga qarasin.

Agar sizni do'stingiz sodiqlardan bo'lsa, uning sodiqligidan sizga ham yuqadi. Agar kazzoblardan bo'lsa chi? Undan ham yuqadi, deyilarkan. Hikmatda as sohibu sahibun deyilarkan. Do'st ergashtiruvchi bo'ladi. Do'st, do'st erchituvchi bo'ladi! Ha to'g'rida, masalan, sigaret chexmaysiz. Sigaret chekayotganlar bilan yursangiz, u ham yuqadi da. Eng kamida hidi uradi sizga.

Sigaret chekadiganlar bilan yuradigan, sigaret chekmaydigan jo'ra rak kasalligi uchrashligini shansi ko'proq bo'lar ekan, sigaret chekkanlardan ko'ra. To'g'ri aytyapmanmi, doktorlar? Ha, ha. Ovqatni ko'p yeydiganlar bilan ulfat bo'lsangiz, u ham ta'sir qiladi. Ko'p yeydigon bo'lib qolasiz. Yana nimani aytay? Nabi sallallohu alayhi vasallam aytyaptilar, kishi do'stining dinida bo'ladi. Kishi sizlardan bittanglar kimni do'st ekaniga qarasin. Alloh taolo nima dedi? Sodiqlar bilan birga bo'linglar. Iymonida sodiq bo'lgan, rostgo'y bo'lganlar bilan birga boringlar. Agar sen Allohdan, Allohga taqvo qilishni xohlasang, Allohga itoatda bo'lishni xohlasang, iymonida sodiq bo'lgan odamlar bilan birga bo'l. Ulfatlaringni qara kimligini.

Bu rosgulik haqidagi birinchi oyat edi. Kun u ma's sodiqiy. Rosgullar bilan birga boling. Rosgo'y inson bilan birga bo'sang, uni holidan senga yuqadi. So'zidan yuqadi, axloqidan, fe'li atvoridan. Dinni ana shu sodiq insonni shaxsiyatida mujassam bo'layotganini ko'rasan.

Qarang da. Din haqida ma'lumotimiz juda ham ko'p. Go'zal axloq haqida, saxovat haqida, rozgo'ylik haqida, halimlik haqida juda ko'p narsani eshitganmiz, o'qiganmiz, bilamiz. Shuni o'zi bizni o'zgarib qolishimizga kifoya qildimi? Agar birodarlar din fikr qatori tursa, din faqat xabar yoki ma'lumot qatorida turadigan bo'lsa, insonlarga ta'siri juda ham kam bo'ladi.

Fikr, xabar, ma'lumotlarni quruq o'zi odamlarni suluviyatini tuzatishlikka yetmaydi. Mana shu o'rinda siz bilan bizga sodiq do'stlar kerak bo'ladiki, ularni holini ko'rganimizda, ularni hayotida sodiqlikni, saxovatni, halimlikni, bag'rikenglikni ko'rganimizdan yuqtiramiz o'zimizga. Demak, ana shu aytilgan go'zal xulqlarni hayotida ko'rsatib bergan odamni ko'rganingizda, ha, qilsa bo'lar ekan u, deysiz da, shunda nima qilasiz? Ta'sirlanasiz.

Omonatdor bo'lishi kerakligini eshitdingiz, bildingiz, o'qidingiz, o'rgandingiz. Bo'ldimi? Omonatdor bo'lib qolasizmi? Yo'q. Ana shu omonatdorlikni hayotda ko'rsatib bergan odamni ko'rsatib bera oladigan odamni ko'rasiz, keyin sizga uni holidan yuqadi. Masalan, omonatdor lik. Umarul muxtor roziyallohu anhu amirul mu'minin sahroda ketib borar ekan. Bir odam qo'y boqib yurganligini ko'rdi. Haligini sinamoqchi bo'lib, qo'ylardan bittasini menga sotmaysanmi dedi. Cho'pon, bu qo'ylar meniki emas, sayyidimniki, omonat dedi. Xalifa, bo'ri yeb ketdi deb qo'yasan dedi. Boyagi cho'pon, menga hozir pul juda ham zarur.

Sayyidim meni rozgunligimni biladi. Agar bo'r yeb ketdi desam ishonadi. Lekin Allohchi, dedi. Ana omonatdorlik. Uni ko'rgandan keyin yig'laysiz. Uni ko'rganidan keyin nima qilasiz? Ta'sirlanasiz. Chunki tirik misoli turibdi. Yana qaytarib aytamiz, din haqida faqat ma'lumot, faqat fikr, faqat xabar bo'lsa bizda, buni o'zi bizni tuzalishimizga yetmaydi.

Bizga mana shu narsani hayotida ko'rsatib beradigan tirik misollar kerak. Sodiqlar bilan bo'lasiz, sodiqlikdan sizga yuqadi. Masalan, masjidni mutavallisi Ahmad. Bir oy kelib qo'liga katta mablag'ni berdi da, matichka, deb berdi. Uni faqat siz ko'rdingiz.

Pulni bergan odam ketdi. Ahmad, pulni oldi, birov uni biladi deb bilmaydi, ya'ni hech kim bilmaydi degan e'tiqodda turibdi. Ana shu pulni hech kim bilmagan bo'lsa ham, kelib masjidni yosh sondig'iga sosa yoki qavmni oldiga tashlaydigan bo'lsa, siz uni ko'rasiz da, bor ekan a shunaqa odamlar, deysiz, omonatdorlikni o'rganasiz undan.

Ana shu omonat borligi uchun, omonatdorlik, halollik borligi uchunga, sodiqlik borligi uchuncha masjidlar obod bo'ladi da. Agar xiyonat bo'lsa, o'g'irlik bo'lsa, qo'l egrilik bo'lsa, Alloh Taolo qo'llamaydi u jamoatni, bu jamiyatni. Tushunarlimi? Demak, faqat gapirib qo'yilsa, ma'ruzalar aytib qo'yilsa, kitoblar chiqarilib qo'ysa, agar shular yetarli bo'lganida, unda hammamiz sodir bo'lardik, xulqlarimiz komil bo'lar edi. Ammo buni o'zi kifoya qilmaydi. Shu xabarlarni, shu ma'lumotlarni, shu ilmni hayotda ko'rsatib beradigan odamlar kerak bo'ladi.

Sen birodar aytasan, men mo'minman. Xo'p, yaxshi, go'zal. Ammo atrofingdagi odamlarchi? Ulfatlaring din diyonatdan uzoq. Qo'shnilari yomon odamlar. Islom bilan, taqvo bilan umuman ishi yo'q. Doim shularni ichidasan. Ulardan ajramaysan. Ularni orasidasan. Yana mo'minlikni da'vo qilyapsan. Sen kimsan? Sen shularni bittasisiz. Chunki Payg'ambarimiz aytganlar, kishi do'stining dinida bo'ladi. Kishi kimni do'sti tekkaniga qarab qo'yiladi. Haligi yomonlarning yaxshisi bo'lguncha, yaxshilarning yomoni bo'l degan gap bor a? Yomonlarning ichida yaxshisiz. Hammasini ichganda ichiga o'tirasiz. Hammani mashinaga o'tkazib olib borib qo'yasiz. Trezviy sizdan.

Hammasi shu. Tabletga ichib mast bo'layotganda siz taqvo qilib o'tirasiz. Yo'q, siz o'shalarni bittasisiz. Allohning dini masxara qilinsa, Allohning Payg'ambari, Allohning shariatini haqorat qilinsa, masxara qilinsa, indamay eshida o'tiribsizmi? Siz shularni bittasi bo'lasiz. Alloh Taolo Qur'onda aytdi va kun u mas sodiqin. Rostgo'ylar bilan birga bo'linglar. Mo'min kishida hamiyat bo'lishi kerak. Bunaqa jamiyatdan ajralish kerak, bunaqa aloqalarni nima qilish kerak? Uzish kerak.

Payg'ambarimiz boshqa hadislardan marhamat qiladilar. La tusohib illa mo'minan. Faqatgina mo'minni do'stut. Va la yakulta amaka illa taqiy. Ovqatingni, taomingni faqatgina taqvodor yesin. Uyingga chaqiradigan mehmoning taqvodor bo'lsin deganida. Ma'qulmi? Endi insonmiz, atrofimizda har xil odam bor. Tijoratimiz, kasbimiz, ishimiz yuzasidan har xil odamlar bilan muomala qilamiz, bu mumkin. Chunki do'koningizga kirgan odamni siz namoz o'qiysizmi, o'qimaysizmi deb so'ramaysiz da, sizning ishingiz emas bu.

Savdo qilyapsiz, ro'parangizga kim kelishidan qat'iy nazar, chiroyli muomala qilasiz. Bu matlub narsa. Ammo. Allohdan uzoq bo'lgan odamlar bilan qalin muomalada bo'lishlik to'g'ri bo'lmaydi. Chunki bunaqa ulfatlar sen uchun birodar katta xatar bo'ladi. Astaydubillah, ya yuhalladina amanu la tatavallav qoman g'odiballohu alayhim. Qodiy ya isuf minal aqirati kamayya isal kuffaru min ashabil qubur. Keyingi oyat.

Ey mo'minlar, Allohning g'azabiga duchor bo'lgan qavm bilan do'st bo'lmanglar. Xuddi barcha kofirlar qabr egalaridan noumid bo'lganlaridek, ularning ham oxiratdan umidlari uzilgandir. Ya'ni kofir bo'lganlarni do'st nima deb aytyapti Alloh Taolo? Takror aytamiz, tijoratda, biznesda har xil odam bilan muomala qilasiz, bu joiz. Mishiri bilan ham, kofir bilan ham tijorat qilish mumkin, ammo ular bilan qalin bo'lib ketmaslik kerak.

Boshqa oyatda Alloh Taolo aytadi, stadi billa, ya ayyu halladina amanu la tataqidul yahuda va nasoro avliya ba'duhum avliya obav. Voman yata vallohu ming kun, fa innahum minhum innalloha la yahdil qimmat zolimin. Ey mo'minlar, yahudiylar va nasroniylarni do'st tutmangiz. Ularning ba'zilari ba'zilarga do'stdirlar. Sizlardan kim ularga do'st bo'lsa, bas, u o'shalardandir. Albatta Alloh zolim qavmni hidoyat qilmas.

Birinchi oyat, ey mo'minlar, iymonlarda sodir bo'lgan insonlar bilan birga bo'linglar. Rostgo'y deganda, faqat yolg'on gapirmaydigan odamni tushunmaymiz. Rostgo'ys odam bizda uchta narsa bo'ladi, sifati. Roz gapiradi. Gapirayotgan gapi qilayotgan amaliga to'g'ri keladi. Va gapirayotgan gapi qilayotganamali qalbida ham bo'ladi.

Shu uchta sifati bor odam haqiqiy sodiq inson deyiladi. Gapi yolg'on emas, gapi qilayotgan ishiga to'g'ri keladi, qilayotgan, gapirayotgan gapi hada bor, qalbida ham bor bo'ladi. Alloh azza va jalla sodiq bo'lgan bandalar bilan birga bo'lishlikka tavfiq bergan bo'lsin.

Aqulu qavli hada va astag'firulloh livalakum. Vassalomu alaykum va rahmatullohi ta'ala va barakatu.

Bilimdi tekseru

5 sūraq. Är dūrıs jauap — 10 ūpay.

Kelesi däriske ötu üşin testti tapsırıñız

Testsiz jalğastıru