MMaviza
RostgoʻylikTekserilgen18 daq

49-QISM / ROSTGOʻYLIK (2/7) / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

Būl til üşin audarma äli joq. Tömende tüpnūsqa (özbekşe) mätin körsetilgen.
0:00
18:13
Özgerister tarihı

Musaliy va ala alixiy va ashabiyhi ajma'in. Ammavot, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh. Tazkiyatun nafs silsila darslarimizdan, birodarlar, rostgo'ylik manzillatini qo'yayotgan edik, davom etamiz. Demak, birinchi oyatda Alloh Taolo siz bilan bizga shunday deb marhamat qildi. Astaydubillah, ya ayyuha alladina amanut taqulloha va kunu ma's sodiqiy. Ey mo'minlar, Allohda taqvo qilinglar va sodiqlar bilan, rostgo'ylar bilan birga bo'linglar. Nima uchun? Chunki iymonida sodiq bo'lgan insonlar bilan birga boradigan bo'lsak, ulardan o'rganamiz. Ulardan ilm olamiz, odobidan o'rganamimiz, taqvosidan o'zimizga ulush nasib olamiz, xulqda ularga ergashamiz. Payg'ambarimiz aytdilar, kishi do'stini dinida bo'ladi va sizlardan biringlar kimni do'sti ekanligiga qarasizlar. Kun u mas sodiqiyin. Ya'ni sodiqlar bilan birga bo'linglar.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadisi sharifdan mahrumat qiladilar, yadullohi ma'l jamaa. Faman shadda shadda fin nar. Allohning qo'li jamoatning ustidadir. Kim? Ajralib oladigan bo'lsa jamoatdan, demak bu odam jahannamga ajralyapti. Shuning uchun kishi yolg'iz qolishi mumkin emas. Jamoat bilan birga bo'lishligi kerak. Yolg'iz odamni adashib ketishligi ko'proq bo'ladi. Agar jamoat bilan bo'ladigan bo'lsa, jamoat uni qo'lidan ushlaydi.

Endi qanaqa jamoat bilan bilgan bo'lish kerak? Sodiqlar jamoati bilan. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam boshqa hadislarda aytadilar, o'zingizga jamoatni lozim tuting. Bo'linishdan ehtiyot bo'ling. Albatta shayton yolg'iz kishi bilan birga bo'ladi. Ikki kishidan esa uzoqroq bo'ladi. Albatta bo'ri podadan ajrab qolgan qo'yni yeydi.

Jamoat bilan bo'lamiz, yolg'iz bo'lmaymiz. Endi jamoatni olayotgan paytda sodiqlar, taqvodorlar bo'lishligi lozim va lobot bo'ladi. Siddiqlik martabasi bor. Siddiqlik marabasi bu nubovat martabasidan keyingi martaba. Oddiy, siz bilan bizga o'xshagan odamlar yetishi mumkin bo'lgan martabaning eng oliy darajasi bu siddiqlik. Nubovat, payg'ambarlik, risolat Allohu azza va jalla o'zi tanlab olgan bandalarga beradi. Bu manzilat, nubovat manzilati tanlab olingan bandalarga beriladi. Endi payg'ambar yo'q birodarlar. Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallamdan keyin payg'ambar bo'lmaydi. Endi buni buyog'ida, Rasulullohdan keyin yashagan mu'minlar yetib boradigan manzilat, bu siddiqlik manzilati bo'ladi. Astaydu billah. Va man yutu'illahi vor rasulah, fa ulaika ma'alladina ana amallohu alayhi minan nabiyin va siddiqiyna va shuhada va solihiyn va hassanaulaika rofiqo.

Kimda kim, Alloh va payg'ambarga itoat etsa, ana o'shalar Alloh in'omlariga sazovor bo'lgan zotlar, payg'ambarlar, haq rost iymon egalari, shahidlar va faqat yaxshi amallar bilan o'tgan kishilar bilan birga bo'lurlar. Ular esa eng yaxshi hamrohlardir. Va haso na ulayka rafiqo. Demak, siddiqlik rostgo'ylik. Nubovot martabasidan keyingi martaba. Inson sodiq bo'lsa, so'zida, fe'lida, niyatlarida, borlig'ida, demak, yetishi mumkin yo bo'lgan martabalarning eng olisi siddiqlik martabasi yetishadi. Mana, Iso alayhissalomning onasi Madyam bint Imron haqida aytadi Alloh Taolo va ummu hu siddiqo. Ya'ni Isoning onasi siddiqolardan edi, ya'ni sodiqlik martabasida bo'lgan edi bu ayol.

Abu bakr as siddiq. Payg'ambarimiz aytganlar, Payg'ambarlardan keyin yerni bosgan odamlarning eng yaxshisi Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu. U kishi bu martabaga qachon erishdi? Qachon Rasululloh u kishini birinchi marta siddiq dedilar? Ana shu Isro va Miroj voqeasida. Rasulullohni baytil maqtisga borib keldim deb, isroni xabarini berganda, odamlarni deyarli hammasi ikkilanib turganda, bitta abubakir roziyallohu anhu, yo rasululloh, siz kecha, tunda baytil maqtisiga borib keldingizmi? Deb o'zidan so'radi ta'kidlab.

Ha deganida, sadoqda. Rost aytdingiz dedi. Shunda Payg'ambarimiz anta ya Abu Bakir as-Siddiq dedilar. Demak siz bilan bizga o'xshagan oddiy odamlar yetishi mumkin bo'lgan eng oliy maqom manzili bu siddiqlik martabasi. Birodarlar erishish mumkin. Yetsa bo'ladigan narsa, gapingiz, so'zingiz to'g'ri bo'lsin, amalingiz so'zingizga to'g'ri bosin, qalbingiz amalingiz bilan so'zingiz bo'lsin qalbingizda ham. Mana shu odam sodiq bo'ladi.

Siddiqlik martabbasi. Va hasanul a'ulak rofiqo. Ana o'shalar eng yaxshi hamrohlardir. Mana shunday do'stlar bo'ladigan bo'lsa, mana shunday jamoat bo'ladigan bo'sa, u jamoatni mahkam ushlashlik kerak. Mo'min kishini o'zingga lozim tut, birodar. Uni suhbatini o'zingga lazim deb bil, albatta bu narsani ta'siri ulkan bo'ladi. Chunki ana shu sodiq bo'lgan birodaring bo'lsa, undan hamma narsani o'rganasan. Rozgo'ylikni, zohidlikni, istiqomani taqvoni.

Agar atrofimizda bizni o'rab turgan odamlar shunday sodiqlar bo'lsa, biz ham ana shularning bittasimiz. Ikkinchi oyat. Agar ular Allohga sodiq, rostgo'y bo'lganlarida, o'zlari uchun yaxshiroq bo'lar edi. Astaydu billah, toatun va qovlun ma'ruf, fayda a'zamal amru falav sodaqulloha lakana hayronlahun. Muhammad surasi. Agar ular Allohga iymon keltirishda, Allohga itoat qilishlikda sodiq, rostgo'y bo'lganlarida, albatta o'zlari uchun yaxshiroq bo'lgan bo'lar edi. Birodarlar, hamma yaxshilik rostgo'ylikdan. Hamma yomonlik yolg'onchilikdan. As sidqu manjat deyiladi.

Sodiqlik, rostgo'ylilik najotga boshlaydi. Birodalar, agar biz iymonimizda, e'tiqodimizda sodiq bo'ladigan bo'lsak, ustimizga faqatgina yaxshilik keladi. Chunki iymonni rukunlarini ham, islomni rukunlari ham, hammasini asosi rostgo'ylik bo'ladi.

Ula ekan la dinah sodoqu va ula eka humul muttaqun. Ana o'shalar rostgo'y, chin iymonli kishilardir. Ana o'shalar taqvoliy kishilarni. Ular ekanlar dini sadoq u. Ana o'shalar rozgo'ydirlar. Rozgo'y bo'lib iymon keltirdi, rozgo'y bo'mib taslim bo'ldi, rozgo'ybo'mib islomiy xulqlar bilan xulqlandi. Mana shu oxirgi punkti nozik. Ollohga iymon keltirganimizda sodiqmiz.

Unda so'z yo'q. Sidqi dildan yomon keltirdik. Allohdan o'ziga iloh yo'q. La ilaha illalloh. Unga bo'yin sindik. Besh mahal namoz o'qiyapmiz. Harom amallardan o'zimizni tiydik. Bunda ham gap yo'q. Mana endi uchinchisi, islomiy xulqlar bilan xulqlanishda sodiqligimiz nuqsonli. G'azabingni ti deydi, halim bo'l deydi, doim qila olmayapmiz buni. Saxovatli, qo'ling ochiq, karim bo'l deyapti, baxilligimiz tutib qoladi. Xulq masalasida sodiqligimiz ancha nuqsonli birodarlar. Sodiqlik. Rostgo'ylik ma'nosi. Rostgo'y deyilganda, bizni tasavvurimizda, o'tgan safar aytganimizdek, gapirgan gapi yolg'on bo'lmasanglar, gapirgan gapi chin bo'lsanglar, shu odamni rozgo'y deymiz. Ha, bu ham to'g'ri. Lekin so'zdagi rozgo'ylik xolos bu. Rozgo'ylikda boshqa ma'nolari ham bor. So'zdagi rozgo'ylik nima bo'ldi? Aytgan so'zingizni voqelikka to'g'ri kelishligi. Ya'ni siz aytgan narsa voqeada ham shunaqa. Demak, siz bunda so'zingizni rozgo'y bo'ldingiz.

Endi, aytgan so'zingiz ishingizga ham to'g'ri kelsa, demak ishingizda ham rostgo'y bo'ldingiz. So'zda rostgo'y, ishida rostgo'y. Savol. Agar inson rostgo'ybo'lmasa, albatta yolg'onchi bo'ladi deganimi bu? Rostgo'ylar bo'lmasa, yolg'onchi bo'ladimi? Qanaqa tushunamiz buni?

Liyatzi allohu sodiqiy nabisida qihm va yo' adhibal munofiqiyina inshaa va yatuba alayhim. Imnalloh akani g'ofuro'l rahima. Alloh sodiq, rostgo'y bo'lgan kishilarni rostgo'yliklari sababli mukofotlash uchun, munofiqlarni esa, agar o'zi xohlasa, azobga geriftor etish yoki tavbalarni qabul qilib, gunohlarni mag'firat etish uchun mazkur sinovga duchor qildi. Alloh mag'firatli va mehribon bo'lgan zot.

Qarang, rozgo'ylar va munofiqlar deyilyapti oyatda. Munofiq kim? Munofiq qanaqa inson? Munofiq kazzob, yolg'onchi bo'lgan inson. Chunki qalbida yo'q narsani bor qilib ko'rsatadi. O'zi ishonmaydigan narsaga ishonaman deydi. Qalbida bo'lmagan narsani bor qilib ko'rsatadi. Munofiq bu sodiq inson emas. Rostgo'y inson emas. Chunki ikkiyuzlamachi bo'ladi. Ichida bir gap, tashida bir gap.

Aytgan so'zi muloyim, taqvoliy so'zlar, ammo qalbida gina bo'ladi, hasad bo'ladi, ma'siyat bo'ladi. Yolg'onchilik bilan nifoq bitta narsa. Yolg'onchilik va bilan nifoq bitta narsa. Iymonni asosi rostgo'ylik bo'ladi. Nifoqning asosi yolg'onchilik bo'ladi. Munofiq degani yolg'onchi degani, mo'min degani, rostgo'y degani.

O'zi shu muammolardan chiqib ketishlikda yolg'on juda ham zo'r tabletkada, bilasizmi? Juda osonlik bilan chiqadi yolg'on. Bilasizlarmi ba'zi bir holatlarda tilimizdan, hech ikkilanmasdan gapiramiz. Chunki osonda aytdik ku darsimizda, as sidqu manjat, rozgo'ylik faqat najotga boshlaydi.

Mo'min odam o'zini nafsi bilan ham rozgo'y bo'ladi, robbisi bilan ham rozgoo bo'ladi, odamlar bilan ham. Agar odamlar bilan mana shu istiqoma va taqvo bilan muomala qilayotgan bo'lsa, inson, demak bu odam rostgo'ylardan bo'ladi. Qiyomat kunida birodarlar, insonni Allohni azobidan nima saqlaydi? Allohni azobida insonlarni najotga nima yetaylik edi? Faqatgina rostgo'ylik. Alloh Taolo aytadi, bu kun haqqi rost iymon keltirganlarga rost so'zlari foyda beradigan kundir. U kunda faqatgina nima yordam beradi? Rostgo'ylik. Qol Allohu ha da yav mun yaf avs sodiqina sidquhim. Bu kunda rostgo'ylarning, sodiqlarning sidqi, rostgo'ylarning rostgo'yligi foyda qiladi.

Birodarlar bilib olaylik. Rostgo'ylilikning uchta turi bor. Rozgo'yligini uchta turi bor. So'zda rozgo'y bo'lish, so'zda rozgovoy bo'lish, amalda rozgovoy bo'sh va holda, holatda rozgovoy bo'mish. So'zida rozgovoy bo'lish, aytdik, so'zingiz voqelikka to'g'ri kelsa, demak, siz rozgo'ysiz.

Amaldagi rozgo'ylik qanaqa bo'ladi? Qilayotgan amaliy ishi aytayotgan so'zga to'g'ri kesa, so'zi bilan amali bir xil bo'lsa, bu odam amalida rozgo'y deyiladi. Holida rozgo'y kim? Ya'ni so'zi bilan qalbi bir xil, qalbi bilan so'zi bir xil. Tilida aytayotgan narsasi qalbida ham bor. Qalbidagi narsa tilida bor. Demak, bu inson holida rozgo'yy.

Komil rozgo'y odam qanday bo'ldi? Aytgan so'zi ishiga to'g'ri keladi. Aytgan so'zi, qilgan ishi qalbida ham bor. Mana shu odam komil rozgo'y deyiladi. Ikkinchi haqiqat. Rozgo'ylik seni birodar siddiqlar martabasiga olib boradi. Aytdik, eng oliy martaba bu nubovot, payg'ambarlar martabasi bo'lsa, undan keyingi martaba siddiqlar martabbasi. Inson rozgo'y bo'ladi, bir kun gapiradi, ikki kun gapiradi, rozgo'ylikni o'ziga odat qiladi. Alloh taolo uni siddiqlar, sodiqlar, rozgo'ylar qator yozib qo'yadi.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, innna sidqo yahdi ilal bir. Albatta rozgo'ylik, sidq, rozgo'ylilik yaxshilikka yetaylik deydi. Inson yolg'on gapirmasa, doim rost gapirsa, faqat yaxshilikka yuradi. Vo innal birro yahdi ilal jannat. Yaxshilik esa jannatga etaylik edi. Qarang, rozgo'ylik yaxshilikka etaylik edi, yaxshilik jannatga etaklaydi.

Albatta, kishi rozgo'y bo'larkan, siddiqlardan deb yozib qo'yiladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytyaptilar. O'zichi, masalan, yolg'on gapirmasdan yashash iloji bormi yo'qmi desa, hozir iloji yo'q deydi odamlar. Hozir iloj yo'q deydi. Yo'q akalar, iymondan chiqib qolasiz bunday desangiz. Agar siz rostgo'y bo'lishlik mumkin emas hozirgi zamonda degan e'tiqodda turgan bo'lsangiz, alloh va payg'ambarimiz buyurgan rostgo'ybo'lish mumkin emas degan bo'lasiz.

Bu odamni iymondan chiqib ketishlik xavfi bor. E, hozirgi kunda rost gapirib savdo qilib bo'lmaydi. Astag'firulloh deb birodar. Men qilolmayapman da. Qiyin bo'lib ketdi da. Rozgo'y bo'lolmayapman da. Lekin rozgo'y bo'sh mumkin emas dema. Agar banda savobli, xayrli ishlarni qilishda sodiq bo'lsa niyatida, sit qidildan yaxshi ishni qilaman deb niyat qiladigan bo'lsa, Alloh uni xayrli amallarga hidoyat qilishni o'zini zimmasiga olgan.

Sen sid qidildan savob ish qilaman, xayrli ish qilaman degan niyatda, sodiq bo'l, agar sodiq bo'lsang Alloh aytyapti, men o'zim seni muvaffaq qilib qo'yaman shu ishga. Agar odamlarni haqqa yetarash ishida, rozgo'y sodiq bo'ladigan bo'lsang, Alloh senga shunday ilhomni beradiki, shunday bir munosib uslubni, munosib so'zlarni beradiki, munosib fikrlarni beradi, odamlarni haqqa yetalaydigan qilib qo'yadi seni.

Yana qaytarib aytaman. Agar odamlarni huquqqa, Alloh tomonga yetalayman degan niyatda sodiq bo'lsang, senga nima kerak? Ilm kerak, hikmat kerak, chiroyli so'z kerakmi? Imkoniyat kerakmi? Hammasini Alloh beradi. Ishonasanmi? Balog'atga aytgan qizing bor. Iymonli, taqvoli, dinni ushlagan odamga bermoqchisan. Shu niyatingda sodiq bo'lsang, shunaqa odam yuboradi Alloh senga.

Agar ayolingni taqvoga, ibodatga yetalashda, niyatda sodiq bo'lladigan bo'lsang, Alloh senga bir ajib bir uslubni beradi. U uslubni birodan eshitmagansan, birodan ko'rmagansan, bir joyda o'qimagansan. Chunki niyating sodiq bo'lgani uchun Alloh senga shu narsani beradi. Chunki hidoyatni Alloh qiladi. Sen qilmaysan. Seni nasihating, seni olib bergan hadiyeng, qilayotgan bir hikmatli ishlaring bor yo'g'i nima? Sabab. Muhimisan? Niyatida sodiq bo'lsanglar, Alloh senga yo'l beradi.

Halol tijorat qilaman, halol kasb kor qilaman deb qat'iy niyat qilding, niyatingda sodiqsan. Alloh seni birovni qo'liga qaratib qo'ymaydi. Ishonover birodar. O'zi qo'llaydi, o'zi yo'llaydi. Endi haq yo'lda yurgan inson bilan birga bo'lishlikni xohlaydigan bo'lsang, shunaqa odamni Alloh senga ro'baro' qilib qo'yadi. Xullas, Alloh bilan bo'ladigan muomalangda, birodar, sodiq, rostgo'y bo'lsang, haqni topish niyatida sodiq bo'lsang, Alloh seni to'g'ri yo'lga boshlashni o'zini zimmasiga olgin.

Alloh aziz va jalloh haqni haq deb, botinni botil deb ko'rishligimizga tavfiq qilib bergan bo'lsin. Aquli qovli ha da, va astag'firulloh ili valakum, va assalomu alaykum va rahmatullohi ta'limi barakatuh.

Bilimdi tekseru

5 sūraq. Är dūrıs jauap — 10 ūpay.

Kelesi däriske ötu üşin testti tapsırıñız

Testsiz jalğastıru