Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilen a'lamin. Vassalatu vassalamu ala shirofil mursalin. Va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabodo assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatu. Tazkiyatun nafs. Nafsni poklash. Darslarimizdan birodarlar, hayo manzillatini o'qiyotganidek davom etamiz.
To'rtinchi hadis. Allohdan chinakamiga hayo qilish. An abdullayevna mas'ud rodiyallohu anhu qola, qoli rasulullohi sollallohu alayhi vasallam, istahyu minallohi haqqal hay'a. Payg'ambarimiz aytdilar, allohdan chinakamiga hayo qilinglar. Sahobalar aytishdi, yo Rasululloh, innna nastahiy val hamdu li la. Alhamdulillah, biz hayo qilamiz dedik. Shunda Payg'ambarim aytdilar, lay sadak. Valakinna stixya minallohi haqqol hay'a, antahfaza rosa va mava'a. Valbatna va ma'hava. Val tadkuril mavta va bila. Va man arodal axirota, taraka ziynata dunya. Ha man fa'aladalika, faqat istahya minallohi harqqol hay'ay. Allohdan chinakamiga hayo qilinglar deyaptilar Rasululloh. Sahobalar ha biz hayo qilamiz Allohdan. Endi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hayo emas, chinakam, haqiqiy hayo qanaqa bo'lishini tushuntirdilar. Birodarlar hayo faqat yaxshilik olib keladi. Qarang da, hayotda qarasangiz ham, siz bilan bizni qabih ishlarni, xunuk ishlarni, ayb ishlarni qilishdan nima to'sadi odamlarni oldidan?
Hayo. Qo'y bolam, uyat bo'ladi deydi. Ya'ni bu ishni qilsang, hayoga to'g'ri kelmaydi, uyat bo'ladi, ayb bo'ladi deydi. Payg'ambarimiz aytyaptilar, hayo faqat yaxshilik olib keladi. Endi bizni odamlar hayo deganda tushunadigan narsasi, hayoning eng past ko'rinishi. Ya'ni hozir aytyapmiz ku, odamlardan uyaladi. Demak, odamlar ko'rib qolsa, bilib qolsa, uyat bo'ladida, to'xtaydi. Endi agar odamlar ko'rmaydigan, bilmaydigan o'rin bo'lsa, qilaveradi bu ishini. Demak chinakam hayo emas da bu. Yana qaytarib aytaman. Juda ko'p tabiiy xunuk ishlarni qilishdan bizni odamlardan bo'lgan hayoyimiz to'sadi. Lekin bu hayoning eng past ko'rinishi. Qaytarib aylanamiz, agar odamlar ko'rmaydigan bo'lsa, o'sha ishni nima qilamiz? Qilaveramiz. Lekin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nima dedilar? Haqiqiy hayo qanaqa bo'ladi dedilar? Sahobalar, biz alhamdulillah Allohdan hayo qilamiz dedik. Rasululloh aytdilar. Undoq emas. Allohdan haqiqiy hayo qilish boshni va u o'z ichiga olgan narsalarni, qorinni va u o'zi ichiga olgan narsa narni saqlamog'ingdir.
O'limni va chirishni eslamog'ingdir . Kim oxiratni xohlasa, dunyo ziynatini tark qilur. Kim o'shalarni qilsa, Allohdan haqiqiy hayo qilgan bo'ladi. Kallaga kelgan narsani, qoringa tushadigan narsani eslashlik, bu narsani saqlashlik, o'limni chirishni eslashlik, dunyo hayotiga berilmaslik, chinakam hayo bo'lar ekan.
Alloh taolo boshqa oyatda aytadi, ya yu halladina aminut taqullohi haqqatu qotihiy vala ta'mutunna illa vantum muslimun. Ey mo'minlar, Allohda haqqa rost qo'rqish bilan qo'rqinglar. Taqvo qilinglar xolosmas, chinakam taqvo qilingilar. Demak, taqvo bor, chinakam taquvo bor. Xuddi shunga o'xshagandek hayo bor, chinakam hayo bo'lar ekan.
Alloh azza va jalla siz bilan bizdan oddiy hayoni emas, haqiqiy chinakam hayoni talab qiladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytgan haqiqiy hayo mana shunday bo'ladi. Odamlarni ko'pchiligi hayo deb tushunadigan narsa, hozir aytdik, hayoni eng past turi. Ko'zing bor, hayo qiladimi u? Qulog'ing bor, hayo qoladimi u? Ko'zing bilan yoningdagi odamni yozadigan xatiga qaraysanmi? Seniki bo'lmagan kitobni yoki daftarni ochib qaraysanmi? Birorta telefonni qo'lingga tushib qolsa, unutqizgilaysanmi? Daftar ham, telefon ham seniki emas edi. Shuning uchun ko'zni hayosi mana shu narsalar bilan bo'ladi. Qulog'ing bor, hayo qiladimi? Bachkana hazillatib eshiting. Narx past, behayo, kindik osti hazillar. Huzurlanasanmi? Yo g'ashing keladimi? Yo bundan turib ketasanmi bunaqa majlisdan?
Agar Alloh qalbingizni isloh qilsa chi, unaqa narsani eshitganingizda yuragi siqiladi. Bu bachkanalikni ko'rib turib nima? Endi u hazil ham chi, bir hayotdan olingan realniy satira bo'lsa mayli edi. Hayotda bo'layotgan muammolarda bir hali hazil qilib, kulgiga olib chiqib turib, muolaja qilsa mayli edi. E zerikmaydimi odamlar deyman, unaqa bir odnotonniy hazildan da.
Kelishdik a, quloqda hayosi qanaqa bo'lishi. Demak, mana shunga o'xshagan baskana narsani eshitgan paytda, g'ashing kelib, o'chirib qo'yasanmi yo turib ketasanmi majlisdan yo o'tirib yuborasanmi? Agar eshitib o'tirgan bo'lsang, demak, quloq bilan hayo qilmading sen. Demak, birodar, ko'zing bor, qulog'ing bor, tiling bor, boshing bor, qorning bor, ular bilan Allohda hayo qilasanmi, yo'qmi?
Qur'onda ajib ishoralar bor. Alloh Taolo hayoliy zot. Hayoliy zot! Mana Qur'onda shunday oyat bor. Astaydubilla, ya ayyuha alladina amanu la taqorobu s solata va antum suka aro. Hatta ta'lamu ma taqulun, va la junuban illa abiru savil, hatta tag'tasilu, va in quntum mardo av ala safarin, av ja'a ahaduminku minal g'oyib, avla mastumun nisa, falam tajidu man, fatayamman bu. Fatayamman bu soydan toyyibman, fomsahu bevujuhikum va adikum, innalloh akani g'ofuru rohima. Bu oyatda bizga tegishli joyi. Agar betob bo'lsa, yo safarda bo'lsa, yoki sizlardan biron kishi hojatxonadan chiqqan bo'lsa, yoxud xotinlaringiz bilan yaqinlashgan bo'lsangiz, mana shu holatlarda suv topa olmasanglar, tayyamun qilinglar deydi.
Ayollariga yaqinlashgankan bo'lsanglar. Latif ishorani tushunyapsizmi? Hayoni ko'ryapsizmi? Yosh bola o'qir ekan, tushunmaydi uni. Ayollariga yaqinlashganingizda degan so'zga kelganda yosh bola tushunmaydi balog'at yetmagan. Ko'ryapsizmi ishorani? Ko'ryapsiz mi hayoni? Alloh taolo qanaqa kalimani nozil qilsa, allohni hech kim malomat qilmaydi, fa aluliman yurib, xohlaganini qiladi. Mana hayotni o'rganaylik birodarlar. Kimdan? Alloh subhanahu va taolodan.
Qur'oni karimda birodarlar mana shu latif ishoralar bor. Mana shu oyat hayoga ishora. Hayonimiz allohdan o'rganamiz. Hayoni payg'ambarimizdan o'rgana. Payg'ambarimni sollallohu alayhi vasallamning qizlaridan biri bo'yiga yetib qolgan qizi ustida bir nafas kiyimi bilan payg'ambarumni sollallohu aleyhi vasallamni oldiga kirib qoldi. Payg'ambar alayhissalomni qizlaridan biri ustida nafas kiyim bilan rasulullohning huzuriga kirib keldi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam ko'rib nima dedilar?
Ey qizim, albatta bu kiyim suyaklaringizni hajmini bildirib qo'yapti, dedilar. Suyaklaringizi hajmini bildirtirib qo'yyapti. Nima demoqchilar bu gapi bilan? Nima demoqchilark? Mana shu so'zdan boshqa, har qanday so'zni ishlating, badan, hajm, ko'krak yoki bo'lmasa figura deb. Hammasida jinsiy maylni o'g'itadigan ma'no bor.
Ko'ryapsizmi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hayosini? Bizda ham shunaqa bir farosat, fahm, shunaqa bir narsa bormi, yo'qmi? A? Mana Qur'onda aytyapti. Agar ayollarga yaqinlashsanglar, Rasululloh aytyaptilar, suvegingizni hajmini bildirib qo'yibdi. Suve desa, kishini jinsiy mayli uyg'onmaydi. Suvek desa, bu shahvatni uyg'otadigan so'z emas.
Shuning uchun Payg'ambarimiz nima dedilar? Ey qizim, innaha dihi tiya va tasifu hajmi aydomiki. Bu kiyimingiz suvelaringizni hajminiy ko'rsatib qo'yapti dedilar. Ana birodarlar. Tilni mana shunday narsaga o'rgatish kerak, tarbiyalash kerak. Nutqda va ifodada farzandlarni odobga o'rgatishi kerak. Hayo bilan gapirishga odatda tanishish kerak. Payg'ambarimiz aytdilar ku, haqiqiy hayo boshni va undagi narsalarni saqlash dedilar. Kallangizga keladigan narsa, fikrlaydigan narsada ham hayo qilishlik kerak bo'ladi. Albatta Alloh hayoliydir. Buni qanaqa tushunamiz? Alloh hayoliy zon. Alloh hayoliy va karimzod. Allohni hayosi qaysi ishda ko'rinadi?
Agar banda ikki qo'lini ko'tarib, yo Rob deb hojatini so'rasa, qo'lini quruq qaytargani hayo qiladi deydi Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam. Banda qo'lini ko'tarib Allohga yarob deb hojatini so'rasa, quruq qaytargani hayo qiladi deydi. Mana Alloh Taoloning hayosi. Yana birodarlar aytiladiki, hayo hayotdan, ya'ni tiriklikdan. Qalbida hayosi bor odam, demak, tirik odam. Endi qalbida hayoshi bo'lmagan odam, o'lik odam. Hayo tirik qalb, behayolik o'lik qalb.
Insonni qalbi qanchalar tirik bo'lsa, demak uni hayosi ham shunchalar komil bo'lib boradi. Imom Junayidning hayoga bergan ta'rifi aytadiki, bu ulug' inson. Fazilatlar bilan birga kamchiliklarni ham ko'rish hayo bo'ladi. Fazilatlar baland kamchiliklarniy ham birga ko'rishlik hayo bo'lardi.
Masalan, bir odam sizga qimmat bir sovg'ani hadya qildi. Qabul qildingiz u, ammo evaziga bir narsani bera olmadingiz hadya qilib. Shunda nima bo'lasiz? Uyalasizmi? Mana shu hayo bo'ladi. Uni fazilatini ko'rdingiz, o'zingizni kamchiligingizni ko'rdingiz. Birozni uch to'rt marta mehmonga chaqirdi. Osh qilib berdi, choy qo'yib berdi, uyush bir tushlik uyushtirib berdi. Lekin siz qaytara olmadingiz. Qaytarib beray desangiz imkoniyatingiz yo'q. Shunda noqulay ahvolga kirib qolasizmi?
Hayo haqidagi nozik tavsiyam. Fazilatni kamchilik bilan birga ko'rish. Boshqalarning fazilatini ko'rasiz, o'zingizni kamchiligingizni ko'rasiz. Demak bir odam sizga yaxshilik qildi, sizga fazilab ko'rsatdi, fazil ko'rsatdi. Siz javob qaytara olmadingiz. Agar javob qay tarsangiz, undan xijolat bo'lmas edingiz. U sizga yuz so'mlik narsani hadya qilsa, siz uni evaziga yana yuz so'mlik nasani qaytarib hadya qilsangiz, hisob kitob tekkizuvildi. Undan xijolati bo'lmaysiz. Ammo, undan bir necha marta hadya olib, qaytara olmasangiz, uni ko'rganda xijolat olasiz. Endi qarab turing. Alloh taoloning fazli bandani ustida behisob.
Banda, alloh unga bergan ne'matlarni birontasini allohga qaytara olmaydi. To'g'rimi? Boyagi hadya berganimda o'rniga bir narsa bersangiz qaytgan bo'ladi uni, fazli. Ammo Alloh bergan fazlni birontasini qaytara olmaydimi? Bandani shu o'rinda qilish kerak bo'lgan ishi Allohdan hayo qilish. Bugungi suhbatimizning asosiy mavzusi shu. Sizga birov yaxshilik qildi, fazilat ko'rsatdi, hadya qildi, qaytardingiz, undan xijolat bo'lmaysiz, hayo qilmaysiz. Ammo Alloh Taoloning bergan fazli marhamati in'omi son sanoqsiz va ularni birontasini banda qaytara olmaydi. Shuning uchun bu ne'matlarni muqobilida bandani qilish kerak bo'lgan ishi Allohdan hayo qilish.
Allohdan hayo qilish degani nima degani? Allohdan hayo qish degani, gunohlardan tiyilish degani. Uyalmaysanmi Allohdan? Shuncha ne'matni berib qo'ysa, namoz o'qimaysanmi? Shuncha in'omlarini behisob qilib, ustingga to'kib qo'ygan, sochib qo'yib bo'lsa, Allohga itoat qilmaysanmi? Allohdan uyalmaysan mi?
Vakana fathullohi alayka al dhiyman. Allohning sizga qilgan fazli marhamati ulug' bo'ldi. Qaytaramiz. Inson har qancha urinmasin, Alloh bergan ne'matlardan birontasini Allohga qaytara olmaydi. Ha endi kimdir aytishi mumkin. Vo ibrohim alladiy vafaa degan u Qur'onda Alloh.
Ahdi vafodor bo'lgan Ibrohim. Vafo qilgan Ibrohim deyapti Alloh. Vafo qilgan ekan u. Birodarlar, vafo qildi deganini biz Allohni bergan ne'matlarni shukrini ado qilib qo'ydi deb tushunmasligimiz kerak. Nima degani Ibrohim vafo qildi? Degani. Bu degani, Alloh Ibrohim alayhissalomni sinadi, yelkasiga taklifotlarni zimmasiga yukladi, bu ulug' payg'ambar zimmasidagi hamma narsani ado qildi. O'zini itoat qilaman degan ahdiga vafo qildi. Buyruqlarni bajardi. Vafo qilgan Ibrohim deganda, zimmasiga olgan mas'uliyatiga vafo qilgan Ibrohim deb tushunamiz. Lekin hargiz Alloh unga bergan ne'matlarga shukrni qoyim qilib qo'ydi. Alloh taoloning ehsonlariga javob qaytarib qo'ydi degani emas.
Banda qodir emas. Aql xushish joyida insofli, aql xushli, tarbiyali insonga boshqa bir inson hadya qilsa, qaytarishga harakat qiladi. Agar qaytara olsa, tekkiz bo'ldi muomala, undan hayo qilmaydi. Agar qaytra olmasa, hayo qiladi, uni ko'rganda uyaladi. Endi Alloh taoloning bandasiga bo'lgan fazli marhamatini son sanog'i yo'q. Ulardan birontasini Alloh taologa qaytara olmaydi. Endi bu ne'matlarning muqobilida banda Allohdan hayo qilishligi kerak. Allohdan hayoqilish degani, gunohlardan o'zini ehtiyot qilishlik degani.
Aquli qovli ha'da va astag'firulloh li va lakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakati.