MMaviza
Hayo manzilatiTekserilgen17 daq

63-QISM / HAYO MANZILATI (4/5) / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

Būl til üşin audarma äli joq. Tömende tüpnūsqa (özbekşe) mätin körsetilgen.
0:00
16:32
Özgerister tarihı

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir robilalamin. Vassalat, vassalomu ala shirofil mursalin va ala alihi va asadihi ajma'in. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va barakatuh. Tazkiyatun nafs, nafsni poklash darslaridan birodarlar, xayol manzillatini o'qiyotgandek davom etamiz.

Demak, Alloh Taolo ato qilgan yaxshiliklarni bironta banda Alloh Taoliga qaytara olishi mumkin emas. Tamom. Modomiki shunday ekan, banda bu son sanoqsiz ne'matlarni muqobilida Allohda hayo qilishligi kerak. Modomiki, Alloh Taoloning inomlari ustingda son sanoqsizligini ko'rar ekansan. Qaytara olmasligingni bilarkansan, birodar, senda hayo degan narsa bo'lishligi kerak.

Ana shu holatning taqozosi tabiiy narsalarni tark qilish va haqdorlarni haqqini ado qilishlik bilan bo'ladi. Gunohdan tiyilasan, ustingda kimni haqqi bo'lsa ado qilasan. Fuzaylov Niyozning rayi. Bu ulug' inson shunday deydi. Hayoningiz kam ekanligi baxtsizlikning alomati. Bir insonning behayo bo'lishligi, hayosiz bo'lishligi uning baxtsiz ekanligiga dalolat qiladi.

Bu ulug' qozi yana aytadiki, baxtsizlikni alomati beshta. Baxtsiz odamni beshta belgisi bo'ladi. Birinchisi, qalbning qattiqligi. Ikkinchisi, ko'zning muzlashi. Ya'ni ko'z yosh oqiz olmasligi. Nasihat eshitganda, oyat eshitganda, insonda qalbi yumshab, ko'zi yoshlanadigan holatda ham ko'zini quruq turishligi. Uchinchisi, hayoning kamligi. Hayoning kamligi insonning baxtsizligiga dalolat. To'rtinchisi, dunyoga rag'bat. Beshinchisi, orzu umidni uzunligi. Ya'ni o'limni eslamasligi.

As siriyo saqafiy aytadi, albatta hayo va uns qalb eshigini ochishadi. Agar unda zu'xt va taqvoni ko'rishsa, shu joyda qolishadi, aks holda yo'q. Insonni qalbiga kirar ekan mana shu ikkita sifat. Hayo bilan uns, mehr shafqat. Agar mana shu insonni qalbi da taqvo bo'lsa, zuxt bo'ladigan bo'lsa, shu yerda mehr ham, hayo ham qoladi. Aks holda chiqib ketadi.

Yahyo ibn muozo aytadi men istahya minallohi muta'in, istahya allohi min huququhu va mutniy bud. Kim allohga itoatkor bo'lgan holda hayo qilsa, allohga itoatlik va allohdan hayo qilsa. Mana shu banda xato qilib qo'yadigan bo'lsa, alloh ham undan hayo qiladi. Alloh qanaqa qilib hayo qiladi? Bunaqa bandasini azoblagani hayo qiladi . Mana kechagi suhbatimizda aytdik, nima musibat ustimizga kelayotgan bo'lsa, nima makulxod kelayotgan bo'sa ustimizga, bu qilgan ishimiz tufayli keladi. O'zimiz so'rab olgan bo'lamiz fe'l atvorimiz bilan, ammo bir banda Allohdan hayo qilsa, itoatli bo'lgan holida va oyog'i toyilib ketadigan bo'lsa, bunaqa bandasini Alloh Taolo hayo qilarkan azoblashdan. Gunohga yo'l qo'yding, undan avval itoatni ayting, Allohdan hayo qilar eding, endi Alloh sendan hayo qiladi. Seni azoblamaydi. Alloh Taolo Habis Quddusida marhamat qiladi Abdi i Alif Mifir Raho Arifu Kafishidda. Ey bandam, yengil kunlaringda meni eslagin, mashaqqatli kunlarda men seni eslayman, taniyman.

Abdi Kabirotsinnuk va Raufabosaruk va Sha Basharuk va Nahana Doohruq, Fastaximinniy, Ana Astfa Ana Astaximinka. Ey bandam, yoshing ulg'aydi, ko'zing xiralashdi, sochlaring oqardi, beling egildi, ya'ni qadding bukilib qoldi. Bas, mendan hayo qilgin, men ham sendan hayo qilaman. Yoshi bir joyga borib qolgan odam Allohdan hayo qilib, gunohdan teglishdi o'rniga, yana gunohmasiyatga berilsa qanaqa bo'ladi?

Kuch quvvatga to'lgan payting birodar. Beshga kirgan bola endi bir shapaloq urding. Ha, joni og'riydi, alamlanadi. Endi o'n beshga kirganda ursang chi, endi alamlanishi yana ham qattiqroq bo'ladi. Bo'yi bo'yinga yetib o'ttiz ga kirganda bir shapaloq ursang chi hammani oldida. Bu urishni va bu zarbani og'rig'ida o'zi alam qilmaydi.

Bu bir shapaloq hech narsa emas o'ttiz ga kelgan odamga. Odamlarni oldida xor bo'lganligi, hurmati to'kilganligidan qattiq alamlanadi. Ko'ryapsizmi? Ustiga kelgan musibatdan besh yashar bola bir xil alamlanyapti, alamlanyaptimi? O'n besh ga kirgan bir xil, o'ttiz ga kirgan boshqa xil. Shuning uchun, kishi qanchalar martabasi yuqori bo'lsa, jamiyatda qadr martabasi oliy bo'ladigan bo'lsa, unga kelgan jazo boshqalarga kelgan jazodan ko'ra og'irroq ta'sir qiladi bunga. Agar shunga o'xshagan jazo qariganida emas, yoshligida kelgan bo'lganida bunchalik alam qilmas edi bu odamga. Endi, agar bir inson islomda, dinda, iymonda soch soqoli oqargan bo'lsa, islomda yashab qarigan bo'lsa, Alloh hayo qiladi bu bandasidan. Azoblagani.

Islomda soch soqoli olib qolgan odamni Alloh azoblagani hayo qiladi. Bu Allohning hayosi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar, fa innahuu ma'min muslimin yashiybu shaybatan fil islam, illa kanat lahu nurun yavmal qiyama. Qaysi bir musulmon islomda qarigan bo'lsa, sov sov xohlarga qarigan bo'lsak, qiyomatgurda uchun nur bo'ladi. Nuri bo'ladi.

Takrorlaymiz, birodarlar. Ulamolar Allohning hayosi qanaqa bo'lishini bizga tushuntirib berishdi. Allohning hayosi bu saxovat hayosi. Hayriyat hayosi, fazdu karam hayosi, ulug'lash hayosi. Endi bandani hayosi Allohga osiy bo'lishdan tiyilishlik. Alloh hayo qiladi bandadan, banda ham Allohda hayo qilishlik kerak bo'ladi.

Alloh Taoloning hayosini karam, saxovat hayosi dedik. Banda ikki qo'lini ko'tarib, ey Parvardigor deb hojatini so'rarkan, uning ikki qo'lining quruq qaytargani hayo qiladi. Yana aytdik, islomda umrini o'tkazgan, dinda taqvoda, ibodatda sof soqol oqargan odamni Alloh azoblagani hayo qiladi, hayo. Qaysi tomonga burmang, hayo faqat yaxshilik olib keladi. Hayo birodarlar, bu zaiflikni belgisi emas. Aksincha quvvatni belgisi.

Xayoliy insonlar o'zlarini xijolatli bo'ladigan o'rinlarga qo'yishni xohlamaydi. Masalan, oddiy odamlar yozib qo'ygan qoidani buzishlardan ham ular ehtiyot bo'ladi. Masalan, yo'l harakati qoidasini buzdingiz. Nima bo'ladi? O'sha mirshab to'xtatadi, pravani oling deydi. Nimaga bunday qildingiz deydi. Shtraf yozib beradi, sizni xijolatga qo'yadi. Endi haqiqiy hayo egasi shunaqa holatga tushirib qo'yishligidan ham o'zini ehtiyot qiladi.

Demak, hayoni yana bitta tarafi o'z o'zidan qanday bo'lyapti? O'zini xijolatli o'rinlarga kiritib qo'yilishidan ehtiyot bo'lish ham hayo ekan. Alam ya alam bi anna allohi yaroh dedi alloh huronda. Axir u bilmaydimi allohni ko'rib turganini? Unga kamerani keragi yo'q. Unga kontrollerni kerak, unga gaydi yoki boshqani keragi yo'g'. Alloh ko'rib turibdi deydi.

Demak, hayoning yana bitta ta'rifi, kishi o'zini xijolatli o'rinlarga kiritib olishdan ehtiyot bo'lish ekan. Ulamolar hayoning o'nta turi bor deyishadi. Birinchisi, jinoyat hayosi. Ikkinchisi, kamchilik hayosi. Uchinchisi, ulug'lik hayosi. To'rtinchisi, karam, saxovat hayosi. Beshinchisi, odob, hurmat hayosi. Oltinchisi, o'zini past baholash hayosi. Yettinchisi, muhabbat hayosi. Sakkizinchisi, ubudiyat, quvchilik hayosi. To'qqizinchisi, sharaf va izzat hayosi. O'ninchisi, o'zining nafsidan hayo qilish. Mana bitta bittadan ko'rib chiqamiz.

Birinchisi. Qaysi edi u? Jinoyat hayosi. Bu qanaqa bo'ladi? Bu odam Alayhissalomning hayosi shunga misol bo'ladi. Ana shu Jannatda xatoga yo'l qilganidan keyin qochib qoldi, bir tomonga qarab. Qayoqqa qochadi? Qayoqqaqochadi? Shunda Alloh Taolo, ey Odam, Mendan qochersanmi? Dedi.

Odam Alayhissalom yo'q, Parvardigor, men uyalyapman dedi. Mana shu jinoyat hayosi bo'ladi. Masalan o'g'il bola uyda bir xato ishni qilib qo'yadi da, otasini ko'ziga ko'ringani uyalib yashinib yuradi. Qani, anavi Ahmad desa, bekinib yuribdi deydi. Jinoyat qilib qo'yganda, xato qilib qo'yinganda, mana shu hayot jinoyat hayosi deyiladi.

Ikkinchisi, kamchilik hayosi, nuqsonga, taqsirga yo'l qo'yish hayosi. Bu hayo maloykalarning hayosiga o'xshaydi. Ular ertayu kech tinmasdan Alloh Taologa tasbeh aytishadi da, qiyomat bo'lganida subhanaka, parvardigor, biz ibodatda seni haqqingni ado qila olmadik deyishadi. Ya'ni o'zini qilgan ishini nuqsonliligini bilib hayo qilishlik. Kamchilik nuqson hayosi. Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallam. Habibul haq. Alloh Taoloning eng yaxshi ko'rgan bandasi. Hech kimning amali u zotning amaliga yaqin ham kelmaydi. Lekin shu zot, nima deganlar? Ya Rob innaho juh du muqil. Parvardigor. Albatta bu meni amalim ozgina narsa. Meni amalim hech narsa emas deyaptilar.

Uchinchisi. Ta'zim, ulug'lash hayosi. Bu ma'rifat hayosi. Birodarlar, Alloh Taolo Qur'onda aytadi: innama yaxshi Alloha mina ibodihi al ulama. Allohdan bandalar orasida olimlar ko'proq qo'rqadi.

Odamlarni orasida Allohdan ko'proq qochadigan odamlar olimlar. Chunki ular taniydi da Allohnı. Boshqalardan ko'ra yaxshiroq taniydi da Allohni ular. Robbisini tanigan banda Allohda hayo qilmay iloji yo'q. Qanchalar yaxshi tanisangiz, shunchalar hayo qilasiz. Mana shu ulug'lash hayosi bo'ladi.

Allohni qanchalar tanisa, banda shunchalar hayo quladi. Endi Allohni kim taniydi bandalar orasida? Ilmlilar, olimlar. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning majlisida o'tirarkan, Zaydul Xoyr. Rasululloh unga ikrom ko'rsatib, yostig'ini uzatdilar. Ya'ni yostiqqa suyaning deb. Haligi odam nima qildi? Vo allohi innila attakiufi xadratik. Albatta men sizni huzuringizda, vo allohi men sizni huzuingizda yostiqqo suyanib o'tirmayman dedi. Nima uchun? Rasulullohni taniydi da kimligini.

Tushunarlimi? Mana, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning kosasi desa, qarab ko'nglimiz yumshab, ko'zimiz yoshlanyapti. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning soch tolilar ekan desa, ko'rib turib, ko'zimizga yosh kelyapti. Nima uchun? Nima uchun taniymiz Rasululloh sollallohu alayhi vassalomni kimligini? To'rtinchisi, karam va saxovat hayosi.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Zaynab onamizning valimasiga bir necha kishilarni chaqirdilar. Oldiga topganini qo'ydilar, mehmonlar yeyishdi. Valima tugasa ham, taom tugasa ham boyagi mehmonlar turib ketishavermadi o'zlarini bilan. Nabiy sollallohu alayhi vasallam mezbonlar. Haligilarni bo'ldi turib chiqib ketinglar degani hayo qildilar.

Kim? Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallam. Mana shu karam va saxovat nimasi, hayosi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mehmonlarni turinglar deya olmadilar. Va bu narsa haqida Qur'oni Karimda oyatlar nozil bo'ldi. Alloh Taolo Qur'onda marhamat qiladi. Ey mo'minlar, Payg'ambarning uylariga faqat sizlarni biron taomga chaqirilsagina kiringlar. O'shanda ham uning pishishiga ko'z tutib turguvchi bo'lmanglar. Balki chaqirilgan paytingizda kirib, taomlangach tarqalinglar va biron gapga berilgan holdingizda u yerda qolib ketmanglar. Chunki bu ishlaringiz Payg'ambarga ozor berur. U esa sizlardan tortinar, ya'ni sizlarni chiqarib yuborishdan tortinadi. Alloh haqqini aytishdan tortinmas.

Sizlarda chiqib ketinglar degani hayo qiladi, lekin Alloh haqni aytishdan hayo qilmaydi deydi. Beshinchisi, odob hayosi. Hurmat hayosi. Bunga Ali roziyallohu anhuning hayosini misol keltirishimiz mumkin. Ali roziyallohu anhu Payg'ambarimizning kuyovi bo'lgan, Fotima zahroning kuyovi.

Ali roziyallohu anhu ko'p maziyniy kishi edilar. Maziy. Kishidan maziy bo'lganda, kishidan maziyg' kelganda, tahorat qilinadimi yoki g'uslmi? Rasulullohdan so'ragani hayo qildi, chunki qaynotasi. Xotinini otasidan bu narsani so'ragani uyaldi. Mana shunday holatdan ulamolar istiymod qilib aytishadiki, bir kishi ayollarga tegishli bo'lgan narsalarni xotinining otasi yoki aka ukalari oldida so'z o'yini qilib gapirishi ham noloyiq narsa.

Er xotin orasidagi muammolardan biroz savol paydo bo'ladigan bo'lsa, buni so'ramoqchi bo'lgan odam bu savolni bir chiroyli suratda berishi kerak. Biron bir kinoya bilanmi, misol bilanmi? Ammo ana shu majlisda shu savol berayotgan kishini qaynotasimi, xotinini aka ukalari bo'ladimi, umuman bu savolni bermaslik kerak bo'ladi. Bu o'rinda ali roziyalloh anhuqning fe'li ergashlik maqsadga muvofiq bo'ladi.bu odob hayosi edi.

Hayoning o'nta turini aytdik, shundan beshtasini gaplashgan bo'ldik. Birinchisi, jinoyat hayosi, ikkinchisi, kamchilik, nuqson hayosi, uchinchisi, ulug'lash hayosi, to'rtinchisi. Karam saxovat hayosi, beshinchisi odob hayosi. Inshaalloh darsimizni ertaga davom etkazamiz.

Vassalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Bilimdi tekseru

5 sūraq. Är dūrıs jauap — 10 ūpay.

Kelesi däriske ötu üşin testti tapsırıñız

Testsiz jalğastıru