MMaviza
Yaqiyn manzilatiTekserilgen16 daq

67-QISM / YAQIYN MANZILATI (3/4) / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

Būl til üşin audarma äli joq. Tömende tüpnūsqa (özbekşe) mätin körsetilgen.
0:00
16:08
Özgerister tarihı

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir robbilen alamin. Vassalatu vassalamu ala ashrafil mursali va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatu. Tazkiyatun nafs, nafsni poklash, silsila darslaridan birodarlar, ishonch manzilatini o'qiyotgan edik, davom etamiz.

Ochiq, aniq haqiqat. Astaidu billah. Fatavakkal alalloh innaka alal haqqin mubin. Bas, siz Allohga tavakkal qiling. Albatta siz ravshan, haqiqat ustidadirsiz. Haqqul mubin. Haq bu yaqindir, ishonchdir. Xatta ataynal yaqin, to bizlarga aniq narsa kelgunicha, ya'ni o'lim kelgunicha deydi. O'lim yaqin, aniq narsa. Buni hech kim inkor qila olmaydi. Haq yaqin narsa, ya'ni aniq narsa. Inson nima uchun Allohga tavakkal qilmaydi? Chunki ishonmaydi. Bir odam qattiq kasalga duchor bo'ldi. Umidsizlikka tushadi. Chunki doktorlar bu dardni davosi yo'q, bu darddan tuzalgan odam yo'q, deb uni tushkunlikka sabab bo'ladigan so'zni aytsa, tushkunlikka tushib ketadi. Nima uchun tushkunlikka tuyadi u?

Chunki unda ishonch nochor. Alloh Taolo har qanday dardga, shifo berishlikka qodir ekanligiga ishonchi zaif. Agar mana shu ishonchi kuchli bo'lganida, kasali har qancha qattiq bo'lsa ham, katta bo'lsa ham umidsizlikka tushib qolmas edi. Inshaalloh yaxshi bo'lib ketaman. Inshaalloh shifo beradi.

Faqir odam, kambag'al odam. U yoqqa uradi o'zini, bu yoqqa urad o'zini, hech bir natija bo'lavermaydi. Qo'lida bir uch to'rt chaqa to'planmaydi. Doim kamxarjlik, doim yetishmovchilik. Nima uchun bu tushkunlikka tushadi? Buni ham ishonchi zaif da. Alloh uni boy qilib qo'yishligiga bo'lgan ishonchi zaif. Agar ishonchi Allohga bo'lgan yaqini kuchli bo'lganida, bu tushkunlikka tushmagan bo'lar edi. Demak, birodarlar, qalbning og'ir kasalliklaridan, nafsning og'ir kasaliklaridan tushkunlik, umidsizlik. Tushunarlimi? Kim tushkunlikka turar ekan? Allohga bo'lgan ishonchi zaif inson. Ammo robbisiga bo'lgan iymoni, ishonchi, yaqini kuchli bo'lgan odam hech qachon qayg'uga tushkunlikka tushmaydi. Chunki u inson ulug' Robbning bandasi. Robbning eshiklari esa, rahmat eshiklari, bandalarni oldida hech qachon yopiq bo'lmaydi. Doim ochiq bo'ladi. Tavba eshigi doim ochiq. Ato qilish eshigi doim ochiq. Beradi menga Alloh deydi. Demak, fatavakkal alalloh innaka alal haqqin mudin.

Va siz Allohga tavakkal qiling. Albatta siz ravshan haqiqat ustidadirsiz. Ulamolar aytishadi, agar ishonch, yaqin qalbni egallasa, insonni qalbida ishonch, yaqum mustahkam ulashadigan bo'lsa, bu qalb nurga, yorug'likka to'ladi. Bunaqa qalbda tushkunlik, g'azab, norozilik degan narsa turmaydi. Chunki boyagi ishonch chiqarib tashlaydi. Hamma tushkunlikka tushib, umidsizlikka tushib qaltirab dovdirab qo'yganda nima deydi? Allohga tavakkal deydi. Alloh bir yil ko'rsatadi deydi. Qohma baland deydi. Allohni aytgani bo'ladi. Boshidan aytish kerak da buni.

Va ana shu ishonch yaqin. Qalbni allohga bo'lgan muhabbat bilan to'ldirib qo'yadi. Kuniga rozi qilib qo'yadi, shukurga to'ldirib quradi, tavakkulga to'ldirilib qo'yad va Allohga suyanishlikka to'ldirib quyadi. Shuning uchun ishonch, birodarlar, hamma yaxshi maqomatlarning asli va unga boshlovchisidir.

Ishonchni zaifligi. Nimaga odam riboga pul oladi? Islomda aytib qo'yibdi shariatda, riboga pul olgan odam Allohga qarshi qilich ko'targan odam, riboga pul oladigan odamni xor bo'lishligida shubha yo'q. Ikki dunyoda Alloh bu bandani xor qiladi dedi. Ikkita odam turibdi bu xabarni oldida. Bittasi ishondi bunga. Shart to'xtatdi, yoki bo'lmasam bu rivojga umuman kirmadi. Ikkinchisi.

Bu ikkinchi rivojga kirayotgan odam, undan burun mana shu rivojga pul olgan odamni nima bo'lganligini ko'rgan. Xonavayron bo'lib ketgan odamni ko'rgan. Bir nechtasini ko'rgan, endi nimaga yana olaveryapti? Nima deydi, olyatov? Men deydi, o'sha singucha deydi, chiqib ketib qolaman deydi. Bir reys borib kelsam, shart deydi, kreditni protsentni yopib qo'yaman, qutulib ketaman deydi. Ishonmayapti da boyagi oyatga, hadisga.

Domlalarda aytganiga ishonmayapti dar. O'sha ishonchi zaiflik uchun kiradi. Nimaga ko'rib turib ibrat olmayapti desa, uni ko'zi ko'rmas, uni qalbi ko'r. Uni qalbi ko'r. Aytilinyapti. Nazardan qolma, yomon bo'ladi deyapti. Nima endi nazardan qolmadi? Dalilingiz bormi bunga oyatdan, hadisdan? Voy xo'p, ishonib qo'yavergin. Shu domlang aytyapti, nazardan qolma. Kattalarni nazardan qolma, ilmli odamlarni nazaridan temboli qolma.

Ilmli odamlarda g'iybat qilma. Ilmli olimlar g'iybat qilingan majlisda o'tirma. Buni oqibatida chatoq bo'ladi desa, nima bo'libdi deydi. Nimasi zaif? Ishonch zaif da. Eskilar ma'noni qima degan. Nima bo'ladi desa, yomon bo'ladi degan.

Desa shu otasini, onasini gapiga ishonib, o'sha ishga kirishmay qo'yavergan. Ishongan otasini shu gapiga. Qaysi gapiga? Yomon bo'lardi. Ha, bizni davrimizdagilar ko'p aytib, bu siyqasi chiqib ketdi bu mavzuda. Esli bo'lib ketgan hozirgi yosh avlod, ilmli bo'lib ketkan oshiqcha, dalilingiz bormi deydi. O'sha dadangni gapi dalil, agar tushunsang.

Tushunarlimi ukalar? Nazardan qolmanglar. Ilmlimi, ilmsizmi, yoshi kattami, hurmat qilib qo'yaveringlar. Imom Junayd aytadi. Al yaqin u huva istiqror ula aylanmaydi. Yaqin ishonch. Ilmning qalbga mustahkam o'rnashishidir.

Riboh harom, riboga kirgan odam ikki dunyoda xor bo'ladi. Mana ilm. Eshitdi. Mustahkam o'rnashdi. O'rnatishdimi qalbiga? Demak, ishonchga aylandi. Ishonch yuksalgani sari, bandani amali kuchayadi. Sobitligi, sabri toqati quvvatli bo'ladi. Bunaqa ishonch egasi qiyinchilik, mashaqqatlarga chidamli bo'ladi. Bosimlarga bardoshli bo'ladi? Ha bunisi ham o'tib ketadi deydi.

Shuning uchun ishonchi mustahkam bo'lgan odamni ancha muncha narsa yangitib qo'ymaydi. Tushkunlikka tushirib qo'ymaydi. Chunki mana shu ishonchi bo'lmagan odam, Allohga bo'lgan ishonchi zaif bo'lgan odam ozgina qiyinchilikka, ozgina mashaqqatga chidamaydi da, o'zini qatl qilishlik o'yiga ham boradi. Mana shu g'arbni qaranglar, balki imenno Koreyani qaranglar. Kreditga o'tirgan hammasi, kartaga, shu karta bilan yashaydi.

O'sha kreditni yopadigan ishi yo'q bo'lib, yoki bo'lmasam firmasi bankrot bo'lsa, shart o'sha o'n uchinchi etajda ochib turib, yerdan yerdan urib yuborar ekan. O'lsa qutular ekan. Ha o'n ming dollardir, ha yuz ming dollardir. Joningga qasd qilasanmi? Nimaga tushkunlikka tushding? O'zi shu xonamga kirgani uchun tushkunlikka, shu problemaga kirdi. Allohga qaytganida, Alloh muammoni yechimini berar edi da. Ishonch yo'q da. Ishonch.

Hozir o'zi yangi ish yuzayotgan ukalarimizga nasos qilib chiqdim da. Ey, yangi ish boshlaganlar. Musulmonsan. Tavhiddasan. Haromdan uzoqsan. Qo'lingdan kelgancha taqvo qilyapsan. Besh mahal namoz o'qiysan, ro'za tutyapsan, sadaqa ehson qilyapsan. Bunaqa bandani Alloh tashlab qo'ymaydi. Ishonover.

Seni muammoying nimada? Hamma amaling zo'r u. E'tiqoding ham zo'r u. Muammoying nimada? Shoshib ketyapsan. Sen bu yil do'kon bossang u srazu pul unaqa bo'lmaydi. O'sha katta katta savdogar, ancha ishini yo'lga qo'yib qo'ygan biznesmenlarni qaragin da, necha yilda yetib keldi shu ekan?

Sen ishonching komil bo'lsin birodar. Sen mo'minsan, taqvodasan, halolsan, xayriya ehsoning bor. Ota enangni duosini olyapsan, xalqqa xizmat qilib duo olyapsan. Sening ishing yaxshi bo'ladi, ishon. Faqat mehnat qil, sabr qil, kut. Shoshilma. Ho, hozirgi avlodda ayni shu narsa yo'q. Nima yo'q? Sabr yo'q, kutish yo'q.

Hamma narsa bo'lishi kerak va birdaniga bo'lishi keraksiz. Unaqa bo'lmaydi. Unaqa bo'l maydi. O'sha biznesing cho'kib ketmayaptimi? Orqaga ketmayaptimi? Bir xil turibdimi? Ha, ko'p yemayapti. Lekin oz yemayapti ham. Tirikchiliging, ha, o'tib turibdi. Kamiketing bo'lib turibdimi? Sabr qil. Alloh qo'llayman degan. Vaman yata vakkal alallohi fahva hasmuhu degan. Kim Allohga tavakkal qilib suyansa, Alloh uni ishini qo'lida, o'zini qo'liga oladi degan. Ishonasanmi shu oyatga? Vaman yataqillaha yaja allohu max rajam. Alloh Taolo aytyapti, kim taqvo qilsa, Alloh unga chiqib ketadigan joyni ko'rsatadi. Muammodan chiqib ketadigani yechimni ko'rsatad.

Orqasidan boyarzuqumina hayis to'ra yaxtasid. Kutmagan joydan rizqini beradi. Va man yata vakkal alallohi fahva hasbuhu. Kim Allohga tavakkal qilsa, bu odamning ishi Alloh qo'lida. Alloh aytgani bo'ladi. Va har bitta narsaga Alloh Taolo o'lchovini qo'ygan. Har bitta narsiga yetishni nimasi bor, vaqti bor.

Birodar, ishonching komil bo'lsin. Sen mo'minsan. Allohga tavakkal qilgansan, taqvo qilyapsan. Qo'lingdan kelgan Alloh Taoloni buyruqlarni bajaryapsan. Seni qo'llaydi, ishon. Ikkilanma, shubhaga tushma. Shoshilma. Shoshilmang. O'sha zo'r biznesmenda, katta puldor bo'lib ketgan savdogarni oldiga borib so'raginda.

Hayotini, tarixini, shu biznesini boshlanishini, nimadan boshlagan? Agar siz bilan bizni ham shunga o'xshagan ozgina qiyinchiliklar, mashaqqatlar, vasvasaga solayotgan bo'lsa, bir o'zimizni tekshirib qo'yishimiz kerak. Agar bizni ham ozgina kurs ko'tarilishi, ozgina bozorda narxlar o'ynab ketishi, ozgino ko'cha buzilar ekan, do'konlar ketar ekan degan xabar vasvasaga solib qo'rqitib, vahimaga solib qo'tayotgan bo'lsa, bizdan bir ishonchimizni, yaqinimizni tekshirib qo'yaylik. Qanday endi bu do'kon yopilsa, Alloh Taolo boshqa yerdan do'kondoshni beradi. Chunki rizqni bitta eshigini yopsa Alloh, albatta, rizqingiz bormi? Yashaysiz. Yashashingiz taqdir qilinganmi? Nimangiz bor?

An abiy hurrat roziyallohu anhun an nabiya sollallohu alayhi vasallam aqol, qola robbukum aziz va jalloh. Alloh Taolo hadis quddusida shunday deydi. Diqqat qilinglar da. La anna ibadi atouniy la asqoy tuxumul motora billayin va atla atu alayhum shamsa bin nahar va la ma'asma tuxum sovtarroq.

Alloh taolo aytyapti. Agar bandalarim menga itoat qilishganida edi, albatta men ularni tunda yomg'ir bilan sug'organ bo'lar edim, kunduzlar esa ularga quyoshni chiqarib qo'ygan bo'lar edim va hargiz ularga chaqmoqni ovozini eshittirmagan bo'lar edim. Nima degani? Uxlab ekkaningizda yomg'ir yog'adi, barakot. Uyg'onganingizda kun chiqadi, xayriyat, keyinchilik, yorug'lik va hech qachon ularga chaqmog'ini, momog'i yulduzini ovozini eshittirmasdim. Qalbiga qo'rquvni solmas edim. Chaqmoqni eshitganda qo'rqamiz ku.

Agar menga itoat qilishganida, mana shunday yaxshi yillarni berardim deyapti Alloh taolo. Payg'ambarimiz aytadilar inna husna donni billahi azza va jalloh, min husna ibodatilla. Albatta, deydilar Rasululloh, Alloh haqida yaxshi gumonda bo'lishlik Allohga qilingan ibodatning yaxshiligidandir.

Alloh haqida, yaxshi gumonda olishlik eng yaxshi ibodat bo'lyapti. Alloh sizni qo'llashi, sizni tashlab qo'ymasligiga aniq ishonishingiz. Ishonch, yaqin. Nima? Ishonch yaqin. Sobit bo'lgan, o'zgarmaydigan ilmning qalbga mustahkam o'rnashib qolishidir.

Ishonch nima ekan? O'zgarmaydigan, sobit bo'lgan ilmni qalbga mustahkam o'rnashib qolishligi ishonch deyilar ekan. Mustahkam o'rin o'rnashgan bo'lsa bu ilm, boyagi o'zgarmaydigan ilm, inson hech qachon ikkilanmaydi. Qalbni to'liq egallab olgan, sobit, mustahkam, o'zgarmas ilm.

Nima deymiz? O'zini yurtida turganda aroda harom ekanligiga iymoni komil, ishonchi komil, kofir mamlakatga borsa ham, o'sha ishonchida turadi. Zino harom ekanligi haqidagi ilm qalbiga mustahkam o'rnashgan, ishonchga aylangan, o'sha faxsh to'lib ketgan mamlakatlarga borsa ham, uje e'tiqodi bilan turadi.

Riboga qo'l uradi inson. Nima uchun? Ishonmagani uchun. Savdoga, harom savdoga kiradi. Nima uchun? Ishonmagani shuning uchun. Abu Bakr Varroq aytadi, ishonch qalbning mulkidir. U bilan iymon komil bo'ladi. Yaqin bilan Alloh taniladi. Allohdan kelgan narsa aql bilan o'rganiladi.

Alloh azza va jallaga ishonchi mustahkam bo'lgan banda, hech qachon Alloh uni o'zini holiga tashlab qo'ymaydi. Albatta Alloh qo'llaydi, faqat nima qilmay tursin banda? Shoshilmay tursin, mehnat qilsin, taqvoda bo'lsin, duo olsin va kutsin. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'limi barakatuh.

Bilimdi tekseru

5 sūraq. Är dūrıs jauap — 10 ūpay.

Kelesi däriske ötu üşin testti tapsırıñız

Testsiz jalğastıru