MMaviza
Yaqiyn manzilatiTekserilgen22 daq

68-QISM / YAQIYN MANZILATI (4/4) / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

Būl til üşin audarma äli joq. Tömende tüpnūsqa (özbekşe) mätin körsetilgen.
0:00
21:44
Özgerister tarihı

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillah robbilan alamin. Vassalat va assalomu alayhi shirofil mursalin va ala aliyhi va ashabiyhi ajma'iyning. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va barakatuh. Tazkiyati nafs, silsila darslaridan birodarlar nafsni poklash darslaridan ishonch martabasini o'qiyotgan edik. Bugun to'rtinchi darsimiz.

Yaqin ishonch uch xil bo'ladi. Xabar ishonchi, dalil ishonchi va mushohada ishonchi. Bu narsani bir misol bilan tushunishimiz oson bo'ladi. Ro'parangizda bir baland devor turibdi. Siz ishongan, rozgo'y deb bilgan bir odam aytyapti. Shu devorni orqasida olov yonyapti, o't yonyapti. Ishonchli odam. Sizda xabar ishonchi bor. Ishonchli odam xabar berdi. Xabar ishonch.

Ozginadan keyin devorni orqa tomonidan tutun ko'rinib qoldi. Bu endi sizda dalil bor yonayotganligiga. Bu dalil ishonchi. Uchinchisi, devorni ortiga aylanib o'tganingizdan keyin qarasangiz, haqiqatdan fe'l ham o't yonyapti, olov yonyapti. Mana endi sizda mushohada dalili bor. Mushohada ishonchi bor.

Insonlarni mana shu shariatimizda aytilgan narsalarga bo'lgan dalillari birodarlar mana shu uchtadan bittasi bo'ladi. Ishonchli odam aytgan so'zni qabul qiladi. Ikkinchisi nima qiladi? Dalilini ko'radi. Yana bitta ishonch, uchinchisi ko'radi. Shu voqelikni o'zini. Mana endi ishonchni uchta turi. Xabar ishonchi, dalil ishonchi, mushohada ishonchi. Uchalasidan bittasi bizda.

Bizni shariatimizda aytilgan narsalarga bo'lgan ishonchimiz, e'tiqodimiz, yaqinimiz uch odam bittasi. Birinchisi, xabar, ikkinchisi dalil, uchinchisi mushohada. Xabar ishonchi. Xabar bergan odamni so'ziga ishonishing, va u bilan qalbingni sokin xotirjam bo'lishligi, bu xabar ishonchi deyiladi. Ya'ni shu xabarni senga aytgan odam ishonchli odam, uni so'ziga ishonasan, tasdiqlaysan. Endi senga shu xabarni aytayotgan Alloh Taoloni o'zi bo'lsa chi, bu xabarni aytayotgan Muhammad alayhissalomni o'zi bo'lsachi, bu xabarni aytayotgan Allohning kalomi Qur'on bo'lsa chi. Mana shu narsaga Allohning so'zi, Payg'ambarning so'zi orqali kelgan narsani qabul qilishlik, bu xabar ishonchi deyiladi. Alloh shunday debdimi? Payg'ambar shunday debdmi? Tamom. Mo'min uchun shu narsa kifoya qiladi. Mahkamushlikda amal qiladi.

Endi kim ko'rib kelibdi endi o'lim do'zaxda, jannatda? Kim o'lib tirilibdi? Bor ku shunaqa narsalar bo'lar edi. Kim ko'ribdi u jannat bo'zaxda? Bitta odam bormi? Biz Muhammad alayhissalom olib kelgan xabarmi, Muhammad alayhi salom ishonchli zotmi, tamom, qabul qilamiz. Albatta, bu xabarni olib kelgan Muhammad alayhissalomning so'zlari, buyruqlari. Bularni hikmatini bilishlikka inson urinishi mumkin. Ya'ni shariatda aytilingan buyruqlar bor, qaytarg'alar bor. Albatta, buni narsalarni hikmatini bilishi kerak edik, man qilinmagan. Hikmatini tushunsangiz, o'zingiz o'rgansangiz boshqalarga ham o'rgatasiz. Ammo hikmatini tushunmasa ham, tagiga yeta olmasa ham, Alloh va Payg'ambardan keldi mubohabar, shuni o'zi mo'min uchun kifoya qiladi. Birinchisi, xabar ishonchi.

Ikkinchisi, dalil ishonchi. Xabar keldi, endi u xabarni quvvatlaydigan dalillar ham bor. Ribod olgan, riboga sidxo'rlikka qo'l urgan odam Allohga qarshi qilich ko'targan bo'ladi, ikki dunyoda xor bo'ladi degan xabar keldi. Endi dalilini ko'rdik. Haqiqatan shu ishga kirishgan odam xor bo'ldi. Xabar keldi. Dalili bor. Astay deb billa innaniy anallohu la ilaha illa ana fa'buduniy va aqime solat ili dikri. Darhaqiqat deydi Alloh Taolo, men Allohdirman. Hech qanday iloh yo'q. Faqat men bordirman. Bas, sen menga yana ibodat qil va meni zikr qilish uchun namozni to'kis ado qil. Boshqa oyatda innani anallohu la ilaha illa ana fabudniy. Darhaqiqat men allohdirmen, hech qandayiloh yo'q, faqat men bordurman, bas mengagina ibodat qil.

Demak, bir qancha boshqa oyatlarda ham, boshqa bir necha oyatlarda ham Alloh Taolo o'zini yakka iloh ekanligi va yolg'iz o'ziga ibodat qilishimiz kerakligini xabarini berdi. Yana. Astadibillah, quling zo'r u maza fis samavati val art. Omma tug'nil ayatu va nuzur an komil la yuqminun. Xabar keldi, qabul qildik, tamom. Endi kimgadir xabar kelgandan keyin qabul qilmasa, dalili ham aytiladi.

Ey Muhammad alayhissalom, Makka mushriklariga ayting. Osmonlar va yerdagi narsalarni kuzatinglar. Ya'ni, bu borliqni kuzatsanglar, hammasini yaratgan zot bitta ekanligi, dalolat qiladigan shu narsa, shu narsaga dalolat qilayotgan oyatlar to'lib yotibdi. Iymon keltirmaydigan qavm uchun hech qanday oyat, mo'jizalar va qo'rqituvchilar foyda bermas.

Eshitdik, qabul qildik, ishonch. Eshitdik qabul qildik orqasidan dalil keldi. Bu dalil ishonchi. Alloh o'zini borligiga dalolat qiladigan oyatlarni siz bilan bizga birodarlar berib qo'ygan. O'zini komilligiga, qudratiga dalolat qoladigan oyatlar. Demak, oldimizda xabariy va daliliy ishonch paydo bo'ldi. Uchinchisi nima edi?

Uchinchisi mukoshafa dalila. Mukoshafa ishonch. Misolni takrorlaymiz. Oldingizda devor turibdi. Bir odam aytyapti, devorni ortida o't yonyapti. Bu xabar. Keyin tutunni ko'rdingiz. Bu dalil. Endi devorda aylanib o'tdingiz, endi bu mukofot shafa. Ko'zingiz bilan ko'rdingiz.

Iymonni ba'zi shartlariga ularni tasdiqlash bilan iymon keltiriladi. Biz tutunni borib ko'rdik, olovni ko'rdik, ko'zimiz bilan ko'rib ishondik. Endi iymon siz bilan bizdan talab qiladigan shunday narsalar borki, ko'ra olmaymiz ularni. Masalan, jannat, do'zax, maloyikalar, jinlar, qiyomat, sirod, tarozi. Bu narsalarni ko'rishni iloji yo'q. Endi bularni ko'rmasak ham, aqlimiz olmasa ham, aqlimimiz yetmasa ham tasdiqlashligimiz kerak. Mana shu narsa iymon bo'ladi. Ha, qabrda yotgan odamni oldiga Munkir Nakir farishtasi kiradi. O'tkazib qo'yadi, savol so'raydi, gurzi bilan uradi deyapti. Bu dunyodagi aqllarimiz bilan, bu tasavvurlarimiz bilan, bu maydonga keladigan bo'lsak, qabul qilmaydi aql. Gurzisini ko'tarsa tegib qolmaydimi? U yotadigan joy tor bo'ladi yu. Endi bu yerga aql ishlatilmaydi.

Bu yerga Payg'ambar aytdimi, Alloh aytdimi, shunday qabul qilaveradi. Mo'minni, mo'minni, mo'minmasdan farqi ham shunda da. Ko'rmasa ham, aql olmasa ham, Payg'ambar aytdimi, qabul qilaveradi. Agar mo'min kishi mana shu mukofot shafa yaqini, shu hududiy yaqin darajasiga ko'tarilsa, unga berilgan xabarni u xuddi ko'zi bilan ko'rgandek qabul qiladi.

Qaytarib aytaman. Mana shu ishonchning uchinchi turiga yetib kelgan, shu darajasiga ko'tarilgan mo'min, unga xabar berilgan, xabar qilingan narsalarni xuddi ko'zi bilan ko'rgandek tasdiqlab ishonadi. Masalan, umariddin xattob roziyalloh ham qilib aytadi. Agar meni oldimda osmon shunday yorilib, bir tomonida jannatinglarni jannatda ne'matlarin ekanligini ko'rsatilsa, ikkinchi tomonda do'zvoqilarni do'zoxda azoblanayotganligi ko'rsatilsa, meni iymonimga hech narsa ziyoda bo'lmaydi deydi.

Chunki Muhammad alayhissalom olib kelgan xabarga shu darajada ishonadiki, shunday qabul qilganki, ko'rgandek ishonadi. Ma'qulmi? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Zayd roziyallohu anhuga, ey Zayd, qanday tong otdirding? Dedilar. Zayd go'yo Robbimning arshini ko'rib turgandek, jannatinglarni ne'matlanayotganini ko'rib turgan ek, do'zaxilarini azobdan baqirayotganlarni eshitib turgandek tong otib turdim. Ya'ni shu darajaga yetdi. Payg'ambarimiz nima dedilar? Ey Zayd, bildingmi? Endi shuni o'zingga lozim tut dedilar. Demak, Zayd roziyallohu anhuni iymoni biz aytayotgan martabatu shuhut maqomiga yetdi. Rasulullohdan eshitgan xabarni ko'zi bilan ko'rgandek tasdiqlab ishonadi.

Ayrimlar aytadi, jannatni ham, do'zaxni ham ko'rdim deydi. Qanday qilib ko'rishing mumkin desa, aytadiki, jannatniham, do'zaxna ham men Rasulullohning ko'zlari bilan ko'rdim deyd. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mana meros kechasida, isrof va meros voqeasida tong otganda Makkaga qaytib keldilar da, Qurayishga Baytul Maqdisga borib kelganligini aytdilar. Hech kim ishonmadi. Bitta Abu Bakr Siddiq kelib aytdiki, yo Rasululloh, siz bugun kechasi Baytul Maqdisga borib keldingizmi? Ha, dedi. Sodda qildi dedi. Rost aytdingiz dedi. Tushundingizmi? Muhammad alayhissalomga shu darajada iymon iymon keltirgan, shunday ishonadiki, Rasululloh aytdimi tamom, demak shunday ekan. Bu biz aytayotgan ishonchning uchinchi darajasi edi. Bu Siddiq roziyallohu anhuning ishonchi edi.

Siz bilan biz Jannat va Do'zax haqidagi xabarlarni shunday qabul qildik, iymon keltirdik. Ular haqidagi bizning ishonchimiz shuhriy ishonch bo'la olmaydi, chunki ko'rmaymiz da. Ammo Muhammad alayhissalomniki shuhriy bo'lgan. Chunki u kishi meroch kechasida jannatni ham, do'zaxni ham nima qilganlar? Ko'zi bilan ko'rganlar.

Shuning uchun Rasululloh jannat va do'zaxni ko'rib kelib aytib berayotgan paytda sahobalarga bu narsani ta'siri qanaqa bo'ladi? Bir misol. Bir odam falon mamlakatga borib keldi. Borib kelib, ko'rgan narsalarini o'zini do'stlariga aytib beryapti. Do'stlari albatta bundan ta'sirlanadi. Bu birinchi variant. Ikkinchi variantchi? Kitoblardan o'qib xabar beryapti. Ko'rib kelmadi, lekin kitoblarni nima qilyapti? O'qib aytib beryapdi. Buni ta'siri boshqacharoq bo'ladi. Demak, ko'rib kelib xabar bersa, bu xabarda ta'siri bir xil bo'ladi. O'qib, o'rganib turib aytib bersa, buni ham ta'siri boshqacha bo'ladi. Shuning uchun Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga Alloh Taolo ikrom ko'rsatdi da, g'ayb narsalarini aynul yaqin qilib ko'rsatib qo'ydi.

Ilmul yaqin rukunlari. Ilmul ya'qin rukunlarni. Zohir bo'lib ko'rinib turgan haqni qabul qilish, ko'zdan g'oyib bo'lgan narsani qabul qilish, ko'zga ko'rinmaydigan narsalarni va haq bilan qoyim bo'lgan narsa ustida to'xtashlik. Bu nima degani? Alloh tomonidan siz bilan bizga shariat keldi. Buyruq va qaytarg'ilar. Bularni hammasi Muhammad alayhissalomni tilidan zohir bo'ldi. Biz mo'min sifatida bularni ishonch bilan qabul qilishimiz kerak.

Buyruq bor, qaytarig'i bor, sunnat bor, manku ruhi bor, harom bor. Bularni barni Payg'ambarimiz xabarini berdilar. Endi, Rasululloh shariatni olib keldilar, bir, va Rasululloh g'ayb haqida xabarni olib keldilar ikki. Rasululloh aytyaptilarmi? Ikkilanmasdan qabul qilishligimiz kerak.

G'aybga bo'lgani iymon. Jannat, do'zax. Sirot va mezon, hisob, noma'yomonlarni qo'limizga tegishi, qiyomat kungi dahshatlar, yulduzlarni to'kilishi, dengizlarni qaynab qurib ketishi, bu manzaralar. Buni biz xabarini eshitdik, qabul qildik. Uni dalili yoki shu hudi yo'q.

Bizni muovinlarni, kofirlardan farqimiz ham shunda. Rasululloh aytgani uchun qabul qilamiz. Mana shu ishonch, yaqinning samaralaridan. Agar siz Rasululloh olib kelgan xabarlarni ikkilanmasdan qabul qilsangiz, sizga Qur'oning unisi yetadi. Qur'oni Karimning unisi yetadi, nima u?

Qur'onni eshitganingizda qalbingiz orom oladi. Qalbingiz taskin topadi. Qur'onni eshitib turib qalbingiz taskina topayotganligi sizning ishonchingizni o'rnida ekanligini daliydi. Birodarlar, siz bilan biz Qur'onni yaxshi ko'rib eshitsak, shunaqa odamlar bor oramizda. Qur'on ni eshitishni xohlamaydi. O'chir deydi, o'chir, mana bitta muzika qo'y deydi. Demak ishonchi yo'qda buni. Nimaga ishonchi yo'g'i? Qur'on Allohni kalomi ekanligiga ishonchi yo'x.

Xulosa, birodarlar. Allohni g'azabi hisobidan odamlarni rozi qilishlik ishonchning zaifligidan bo'ladi. Allohdan kelgan yaxshilikni bandalarga nisbat qilishliging ishonchning zaifligidan bo'ladi. Alloh farzandingga shifo berib turibdi. Shifo Allohdan, alhamdulillah deyishni o'rniga, meni bolamni manavi duxti tuzatib qo'ydi deyishing, bu ham ishonchning zaifligidan bo'ladi. Ha, shu odam sabab bo'ldi. Sen nima deyishing kerak edi? Alhamdulillah, Alloh farzandimga shifo berdi. Manavi duxti nima bo'ldi? Sabab bo'ldim. Mana shu komil yo'l edi.

Endi ishonchning zaifligi. Buni ham belgilari bor. Alloh senga bir narsani bermadi. Endi o'sha narsaga yeta olmaganligi uchun odamlarni yomonlayotganliging, ulardan norozi bo'layotganliging. Ularga baqir chaqir qilayotganing ishonchingni zaifligini belgisi.

Bo'ldi a bir ish? Yeta olmadingiz a? Ayting, demak Alloh shunday bo'lishini tahdid qilgan ekan. Mana shu ishonchni zaifligiga belgi ekan. Nima? Qo'lingga kelmagan narsaga odamlarni aybdor deb, odamlarni nima qilishing, yomon ko'rishing. Birov senga o'sha narsani bermadimi? Demak, Alloh unga shunga yo'l bermadi da.

Agar sen La ilaha illallohga iymoning komil bo'lsa, birodar, bilgin ki, shu ishga Alloh Taolo u odamni muvaffaq qilmadi. Demak, meni bugun qo'limda nima ekan? Shuning uchun Alloh bir narsani bermagan bo'lsa senga, sen xohlayotgan narsani, odamlarni yomon ko'rma. Agar Alloh xohlasa chi, o'sha odamlar bermayman desa ham Alloh bir yo'l bilan nima qiladi? Yetkazib qo'yadi.

Allohni g'azablantirib, odamlarni rozi qilishing, Allohni fazli uchun boshqalarni maqtashing, Alloh senga bermagan narsa uchun odamlarni yomon ko'rishing, bularni bari ishonchning zaifligidan bo'ladi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar, Allohni g'azabi bilan birovni rozi qilma. Allohning fazli uchun birovni maqtama. Senga ato qilmagan narsa uchungi birovni yomonlama. Xarisning xarisligi senga Allohni rizqini boshlab kelmaydi. Yomon ko'ruvchining yomon ko'rishi uni sendan qaytarib ketmaydi. Albatta Alloh o'zining adolati bilan xursandchilik va rohatni rozilik va ishonchga bog'lab qo'ydi.

Albatta Allohni o'zining adollati bilan xursandshchilik va rohatn rozilik va ishonshga joylab qo'ydi rozi bo'ling. Ishonchingiz mustahkam bo'lsin, siz hayotda xursand bo'lasiz, rohatda yashaysiz. G'am qayg'uni esa norozilikka joylab qo'ydi. G'am qayerg'u kimda bo'ladi? Ishonchi zaif bo'lgan, kuniga norozi bo'lgan odamda.

G'am qayoqlarni, tashvish xavotirlarini hammasini ildizi bitta. Allohga bo'lgan ishonchni zaifligi, Allohni taqdiriga norozilik. Ana shu narsalardan qutilishning yagona yo'li esa, ishonch va rozilik. Agar Allohni va'dasiga ishonsang, taqdirga rozi bo'lsang, sen baxtli insonsan.

Endi qayoqqa borasan rozi olmay. Bo' bo'ldi da, to'g'rimi? Qayoqqa olib borasan? Bo' bo'ldim. Rozi bo'lsang baxtlisan. Norozi bo'lsang baxtsizsan. Hozir bir inson o'zini sog'ligini, tanasini, jasadini sog'ligini qaysi darajada ekanligini bilmoqchi bo'lsa, buni yo'llari ko'p. Analiz topshiradi, uzi'ga boradi, qon topshiradi, xullas bilasizlar. Xullas jasadingizdagi holatni tabiblar aniqlab berishadi. Ammo iymoningni, ishonchingni ham shunday tekshirib beradigan jihoz bormi? Yoki analiz? Yo'q. Tabiblarda yo'q. Lekin Allohnin o'yatlari bilan, Payg'ambar alayhissalomning hadislari bilan mana shu ishonchingni tekshirib olishing mumkin.

Rasululloh aytdilar, Allohnin g'azabi bilan birovni rozi qilma, Allohnin fazli uchun birovni maqtama. Alloh azza va jalla tavba so'rasa shunday deydi. Ey Muhammad alayhissalom, ayting. Agar ota onalaringiz, bolalaringiz, aka ukalaringiz, juftlaringiz, qarindosh urug'laringiz, kasb bilib topgan mol u dunyolaringiz, kasod bo'lib qolishdan qo'rqayotgan tijoratlaringiz, hamda sizlar yaxshi ko'radigan uy joylaringiz, bizni o'rab turgan narsa, biz intilayotgan narsalar, mana shularni hammasi, Allohdan, uning payg'ambaridan, uning yo'lida jihod qilishdan suyukliroq bo'lsa, u holda to Alloh o'z amrini, ya'ni azobini keltirgunicha kutib turaveringlar, Alloh itoatsiz qavmni hidoyat Qilmas.

Mana shu sanalgan narsalarda hammasi Allohdan ko'ra sizlarga sevimliroq bo'ladigan bo'lsa, Allohni balosini, jazosini kutib yuboringlar. Dunyoni boyligi, hashamatli uying, keng hovling, ekinzoring, ko'chmas mulking, agar mana shularni hammasini Allohni muhabbatidan, Allohni ibodatidan afzal bo'ladigan bo'lsang, harom aralashgan tijoratingni Allohni roziligidan ustunda bo'ladigan bo'sang, bu dunyoni tijorati, matohi sen uchun Alloh va payg'ambaridan mahbubroq bo'ladigan bo'masa, u holda to Alloh o'z amrini, ya'ni azobini keltirgunicha kutib turinglar, Alloh itoatsiz qavmni hidoyat qilmas.

Alloh subhanahu va taolo ishonchi yaqini mustahkam bo'lgan payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning so'zlariga shubhasiz iymon keltirib, kunidan rozi bo'lib, taqdiriga rozi bo'lib shukur keltiradigan bandalar bo'lishimizga tavfiya bergan bo'lsin. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'la va barakatuh.

Bilimdi tekseru

5 sūraq. Är dūrıs jauap — 10 ūpay.

Kelesi däriske ötu üşin testti tapsırıñız

Testsiz jalğastıru