MMaviza
NifoqПроверено18 daq

40-QISM / NIFOQ (3/5) / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

Перевод на этот язык пока недоступен. Ниже показан оригинальный (узбекский) текст.
0:00
18:22
История изменений

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir robbilen a'lamin. Vassalatu vassalama ala shirofil mursalin va ala alihi va as hadihi ajma'in. Ammabad, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatuh. Tashkiyatun nafs darslaridan birodarlar nifoq mavzusini qo'yayotgan edik. Davom etamiz. Biz Qur'onda zikr qilingan ana shu munofiqlarning alomatlari haqida yo'q qo'yay otgan edik. Yettinchi belgisi. Munofiqlarning sifatlaridan yettinchisi ikkiyuzlamachilik. Ya'ni bir qavmni oldiga borsa, bir xil yuz bilan boradi. Ikkinchi qavmni oldida borsa, boshqacha yuz bilan borardi. Taqvodorlarni orasida bo'lsa, o'zini dindor taqvodor qilib ko'rsatadi. Gunoh ma'siyatga botganlarni orasiga kirsa, shularni bittasi bo'lib qoladi. Munofiqni so'zi yoqimli mayin bo'ladi. O'zini so'ziga Allohni guvoh qilib gapiradi. Qasam ichadi. Sizni yaxshi ko'rishimni Alloh biladi deydi. Jannatiy ukam deydi. Jannati birodarim deydi. Siz unga o'zingiz to'g'ri odam bo'lganligingiz uchun to'g'ri deb ishonaverasiz. Keyin qilayotgan qilolarga qaraydigan bo'lsangiz, umuman boshqa narsani ko'rasiz. Shuning uchun yaxshilab bilib olaylik birodarlar.

Bir odamni gapirgan gapi bilan qilayotgan ishi qarama qarshi bo'lsa, u odam qaysi tomonda odam bo'ladi? Gapirgan so'zini odamimi yoki qilayotgan ishini odamimi? Shuning uchun biz qilayotgan eshigiga qaraymiz. Garchi bizga unaqa qasamichi, birodarman, do'stman, yaxshi ko'raman demasa ham, lekin qilayotgan nishlari sizga do'stona ekanligini ko'radigan bo'lsangiz, biz uni do'st deb bilaveramiz. Garchi muloyim gapirmasa ham. Alloh Taolo aytadi, istadibilla, vominannas eman yu'jibuka qovluh fil hayati dunya va yushidullohu ala mafiy qolbiyhi voh va aladdul hisom.

Ey Muhammad alayhissalom, odamlar orasida shunday kimsalar borki, uning gapirgan gapi hayotda dunyoda sizga qiziq tuyuladi. Va o'zi islomga ashaddiy xusumatchi bo'lgan holida dilidagi qo'shtirnoq ichidagi iymoniga Allohnı guvoh keltiradi. Ya'ni musulmonlarga ashaddiy dushman, qalbi shunaqa, lekin so'zi asaldan ham shirin bo'ladi. Mana shu munofiqni sifatlaridan bo'ladi.

Bu munofiq shu darajada qalbi fasodga uchraganki, o'zini yolg'oniga o'zi ham ishonadigan bo'lib ketgan. Muammo bunaqa bo'lmaydi, birodarlar. Tilidagi, qalbida bo'ladi. Qalbidagi qilayotgan ishlarida ko'rinadi. Uni oshkorasi ham bir xil, maxfisi ham bir xil bo'ladi. Shuning uchun musulmon birodarlarimizga nasihat, birodarlar, odamlar ko'rgan paytda, masjidda o'qiyotgan namozimizni uyda ham o'qiylik.

Ma'qulmi? Ko'chada ko'tarib aytib yurgan tasbehimizni uyda ham aytib yuraylik. Ko'chadagi ochiq yuzliligimiz, shirin so'zliligimiz, uyga kirganda ham bo'lsin. Uyga kirganda boshqacha bo'lib qolmaylik. Musulmonlarni orasida, odamlarni orasidan turganda qanday o'zingizni tutsangiz, taqvoling, ko'zingizni tiygan, tilingizni tiygan. Uyga kirganday ham yolg'iz qolgandan shunday bo'ling. Chunki siz Allohni kuzatuv ostida ekanligingizni unutmang. Kim uchun qilyapti dedingiz bu ishlarni? Alloh uchunmi? Uyda ham bir xil bo'ling. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar, man lam yakun lahu varavun ya sud duham ma'siyatillahi da xola lam ya'ba allohu beshaya imenna amalihi. Agar bir odam yolg'iz qolganda, dedilar Rasululloh, uni ma'siyatdan to'sadigan taqvosi bo'lmasa, yolg'iz qolganda ham gunohdan to'xtatadigan taqvosi bo'lishi kerak odamni. Agar shunday bo'lmaydigan bo'lsa, Alloh Taolo bu bandani amallariga parvo qilmaydi.

Ko'chada qilayotgan taqvoyingiz uyda ham bo'lishligi kerak. Shunda bu taqvo deyiladi. Aks holda Alloh Taolo bu amalga nazar solmaydi. Yana Payg'ambarimiz aytadilar roka atani min varain, xoyrun min alfi rokating min muxallating. Gunohlar bilan aralashgan holda o'qilgan ming rakat namozdan ko'ra, taqvo bilan o'qilgan ikki rakat namoz afzal. Sakkizinchi sifati. Yerda fasod tarqatish. Munofiqlarning sifatlaridan yana bittasi, yer yuzida fasod tarqatadi. Vaholanki o'zini musliqlardan, isloh qiluvchilardan deb biladi. Astaydubillah. Va ida tavalla sa fil arde li yub sida fiiha va yuhlikal harthava nasl, vallohu la yuhayb bul fasad. Oldingizdan ketganda esa, yerda buzg'unchilik, ekin va nasllarni halok qilish uchun yugurib yelib yuradi. Alloh esa buzg'unchilik, fasodni sevmas. Munofiq odam oilalarni buzilishiga sabab bo'ladi. Munofiqodam ulfatlarni o'rtasiga sovuqchilishiga sabab bo'ladi. Munofiq odam savdoda, tijoratda birla sherik bo'lganlarni o'rtasi buzilishiga sabab bo'lladi.

Opa keladi, singlisiniga kelgan. Ering nima sovg'a qildi? Ha, hayitga deydi. Nima olib berdi? Deydi. Manaqa olib bersin. Shuningni olib berdimi? Qarang a. Falonchiga manaqa beribdi eri deydi. Bo'ldi, qarabsizki, bu yerga xotin nima qiladi, eri kelganda ming'illaydi. Buzilishga sababmi? Buzilishga sababi. Yoki bo'lmasam, o'sha tijoratda sherik bo'lib ishlayotgan ikkita musulmonni bittasiga boradi da, o'rtacha daromad qanaqa qilib bilasizlar?

Senga nima deya olmaydi da bu yerda deylar. Senga nima foydasi bor uni bilishlikni? Biz o'zimiz ochamiz, keyin kirib keladi bunaqalar. Oradagi foydani qanaqa qilib olasizlar? Yetmish ga o'ttizmi? Siz o'ttiz foizini olasizmi? Qarang a, o'zi asosiy ishni o'zi siz qilarkansiz. Do'konda kechgacha siz turarkansiz, issiq demak, sovuq demak, odamlar har xil asablaringizni o'ldiradiganlar keladi. Qarang a, yetmish ga o'stizmi? Ha bo'libdi bu deydi. Desa narigi odam nima qiladi? Sherigi bilan yoqalashishiga o'tadi.

Shunaqa odam kelsa, garchi u sizga shirin gapirib, mana aytdik ku, so'zi asraldan shirin bo'ladi. Sizga men birodar nasihatgo'yman, sizni yaxshi ko'raman Alloh uchun, men sizni foydangizni aytyapman, deb keladi da, sekin ichingizga kirib turib fasod yoyib qo'yadi. Menga mehribonlik qilmay qo'yavering. Endi pulda hammasi sherigingizniki bo'lgandan keyin yetmish foiz oladi da.

U yerdan, u yerdan qaramaysizmi? Siz kuysangiz mehnatingizga kuydingiz, bo'ldi, u o'rtaga qo'ygan sarmoyasiga kuyadi. Bu yerini gapirmaysiz. Munofiqning ishi demak, odamlarni orasini buzib yurishlik. Sizni oldingizdan ketgandan keyin esa Muhammad alayhissalom, yer yuzida ular buzg'unchilik tarqatishadi. Munofiqlarning sifatlaridan to'qqizinchisi. Alloh va Rasulining hukmidan to'sish. Munofiq odamga shariatning so'zi og'ir bo'ladi. Qur'onni hukmi qiyin bo'ladi amal qilish. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning so'ziga qalbi moyil bo'lmaydi. O'rtada bir muammo bo'lib qolsa, shariat bo'yicha hal qilaylik desangiz, qochadi. Shariatda yechimiga rozi bo'lmaydi'. Bizda ham shu sifat bor bo'lib qolishi mumkin.

O'rtada birov bilan muammo bo'p qolganida savdoda. Bunday surishtirsangiz, shar'iy hokim bo'lsa, sizni zararingizga hokim bo'ladiganga o'xshab turibdi. Agar shariatga borsangiz, zarar bo'lishligini hidi kelib qoldi. Endi nima qilasiz? Erkakcha hal qilaylik. Keling bo'lmasa falonchi akani oldiga boramiz.

Munofiqlikni bir belgisi shu. Munofiq odamga shariatni hukmlari og'ir keladi. Lekin shunaqa o'g'il bolalarda ham, o'g'il bollarda ham eshitganmiz. Domla, shariat bo'yicha hal qilamiz. Kimni foydasi, zarari bo'lsa, muhim emas. Shariat bo'yicha hal qilaylik. Mayli, agar men zarar ko'rsam, zarar ko'rurdik. Shunaqa o'sha bolalar ham bor. Mana nifoq yo'q shu odamni qalbida. Chunki zarar ko'rsa ham Shariat aytganini qilyaptimi, o'ziga foyda ekanligini tushunyapti.

Asta edu billa. Vo ida qiyla lahum ta'alov ila ma anzalallohu va ila rasul ro aytal munofiqina yasudduna anka sududa. Qachon ularga, Alloh nozil qilgan kitobga va Payg'ambar o'gitlariga kelinglar deyilsa, Shariat bo'yicha yechaylik deyilsa, u munofiqlarning sizdan qattiq yuz o'rgaga o'girganlarini ko'rasiz. Qo'limizda Allohni kitobi turibdi, Nabi sallallohu alayhi vasallamni sunna turibdi, Shariat turibdi. Munofiq odam bu narsaga ko'nmaydi. O'zini rayiga suyanadi. Kimni gapini olsa oladi, lekin Shariatni gapini olmaydi.

Munofiqlarni sifatlaridan o'ninchisi. Munofiqning sifatlaridan yana bittasi, ko'p qasam ichadi. Qasamni ko'p ichadi. Zarurat bormi, yo'qmi? Nima uchun qasam ichadi desa, qalbidagi kasalni borligidan. Uni bir oy yolg'onga chiqarmadi. Qasab ichishini talab qilmadi, qasam ichaveradi. Nima uchun? Odamlar menga ishonmaydi deb o'ylaydi.

Astaydu billah. Itta xotu aymanahum junnatan, fosod du ansabilillah, falahum adabun muhin. Ular o'zlarining yolg'on qasamlarini qalqon qilib olishib, odamlarni Allohninng yo'lidan to'sdilar. Bas ular uchun xor qiluvchi azob bordir. Odamlarni ularni so'zlarga bo'lgan ishonchsizliklarini qasam bilan to'smoqchi bo'lishadi. Bu oyatni siz bilan bizga berayotgan xabar.

Kelinglar bir yengil takrorlab chiqamiz. Munofiqlarda qaysi alomatlarni ko'rdik? Qasamni ko'p ichadi. Allohni yo'lidan to'sadi. Yer yuzida fasod tarqatadi. Odamlarni o'rtasini buzadi. Qalbi maraz bo'lgan holida so'zlari asaldan ham shirin. Musulmonlarga bir yomonlik yetishiga ko'z tutib turadi. Bir tomonda turolmaslik, riokorlik, ikkiyuzlamachilik, namozga yalqovlik.

Munofiqlarning sifatlaridan keyingisi, o'n birinchi sifati, ortiga qaytishlik. Munofiq odam kimga o'xshaydi? Bir odamga o'xshaydiki, bu odam safarga chiqdi, bir kun, ikki kun, uch kun yurdi, ozgina qiyinchilik, mashaqqat bo'lgandan keyin, shart safarni to'xtatib, orqaga qaytib yuborgan odamga o'xiq edi. Istadvilla, dha leka bi annaxim amanu summa kafaru, fa tu bi a ala qulu bihim fahm la yafqahum. Bunga sabab, ularning tillarida iymon keltirib, so'ngra dillarida kofir bo'lganlaridir. Bas ularning dillari muhrlab qo'yildi. Endi ular iymonning haqiqatini anglay olmaslar. Iymonga keldi bir odam.

Iymonni talablarini bildi. Chegaralar, taklifotlar, farz vojiblar, haromlar, ilm majlisi, ko'zni tiyish, ono mumkin, ma'no mumkin emas. Qarasa ko'payib ketdi. Nafsiga yoqmay qoldi. Ollohga ahd berib, kalima keltirgandan keyin, iymonni o'ziga yuk deb tushundi. Dinni o'ziga uk deb tushundi, shuning uchun ortga qaytib ketdi. Mo'minlardan ajralib oldi. Asl alaykum alaykum. Astadibillah. Va aliki bi annaxim amanu summa kafaru. Bunga sabab nima bo'ldi? Tilida iymon keltirdi yu, dilida kofir bo'lganligi.

Ilm majlisiga bir yil qatnab yuradi. Ancha narsani eshitadi, o'rganadi. Lekin havoyi nafsiga, shahvatiga teskari kelib qolganligi uchun o'rgangan narsasi chiqib ketadi. Yomon ulfatlar majlisiga, fizx fuzur yig'inlariga qaytib oladi. Mana shu qaytish, munofiq qaytishi deyiladi.

Tushunarlimi? Undan tashqari chi? Xo'p, dasturlardan chiqib ketdi, kelmay qo'ydimi? Yaxshi bo'ldi. Yaxshi bo'ladi. Chunki uni sodiq iymonida, iymonida sodiq mo'min deb ishonib, unga suyanib, bir narsani topshirib, unga ishonib turgan paytingizda, shart nima qilib qo'yadi? Pand berib qo'yadi.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam Tabuk azodiga chiqqanlarida o'ttiz ming askar chiqqan. Shunda Rasululloh Madinadan chiqib ketganlarida, kim yo'q desa, falonchi falonchi yo'q, dunyosi aldab olib qoldi. Ha anaqa odam edi, manaqa odam edim deb turib, musulmonlar malomat qilishdi. Shunda Rasululloh aytdilar, unday demanglar. Agar ularda Madinada Payg'ambarimiz bilan chiqmasdan qolib qolganlarda yaxshilik bo'lsa, Alloh ularni bizni oldimizga olib keladi. Agar unday bo'lmasa, qutulibsizlar.

Chunki biz oramizda bo'lib turib, bizga pand berib qo'ygandan ko'ra, yo'q bo'lsa, ishonmaymiz u odamda borligiga. Shuning uchun boya aytganimizdek, darsxonada yurib turib kelmay qo'ydimi? Demak, shu yaxshi ekan biz uchun. Munofiqlarning sifatlaridan o'n ikkinchisi. Bu munofiqlarni tashqi ko'rinishiga qarab turib, haybatlanasan, xursand bo'lasan, ammo qalbi maraz bo'ladi. Munofiq odamni ko'rinishi chiroyli bo'lishi mumkin. Qomatga erishgan, qarasang ko'zni to'ldiradi, gapirsa shirin gapiradi, odamlarni o'ziga rom qiladi, aql xushi o'rnida. Xullas, tashqi ko'rishini ko'rib turib rozi bo'lasan. Alloh Taolo nima deydi bular haqida? Astadibillah. Va ida ro aytahum to'jibuka ajisa muhim. Qachon siz ularga qarasangiz, ularni jismlarini, ya'ni haybatini ko'rib turib, hayratga qolasiz. Voy yaqulu tasmalik qovlihim. Unaqalar so'zlaganda, so'zlari ohangdor, fasohatli bo'lganligi uchun diqqat berib quloq solasiz. Ka'nnahum xushubu musannada. Lekin ular dillarida iymon yo'q bo'lganligi sababli go'yo devorga yo'llab qo'yilgan chirik yog'ochga o'xshaydi.

Yaxshisabuna kulla sayhatan alayhim. Mana munofiqlar, Alloh ularni sifatlab beryapti. Ular qo'rqoqligi sababli har bitta baqir chaqiriqni bizni ustimizga kelyapti deb, ustiga tushayotgan balo deb gumon qilishadi. Endi Alloh aytyapti, humul adu. Mana shular dushman. Faxtdarhum. Ulardan ehtiyot bo'ling. Ularni Alloh la'natlagay, qanday adashmoqdalar a? Munofiqning surasi.

Xullas, munofiqni ko'rsangiz, qoyil qolasiz. Shakli shamoyiliga, gapirgan gapiga, yurish turishiga, so'zini ohangiga. Lol qoldiradi tashqi ko'rinishi. Soqolni uzun qilib qo'ygan bo'lishi mumkin. Do'ppini chiroyli qilib kiygan bo'lishi mumkin. Tasvir o'girib yurishi mumkin. Besh mahal namozga qatnashishi mumkin. Namozda birinchi safda turishi mumkin. Ko'chalarda odamlarga va'z nasihat qilishi ham mumkin. Ammo qalbi habis bo'ladi. Shahvoniy bo'ladi. Odamlar ko'rmaydigan joyda man qilingan ishlarni qilib qo'yaveradi.

O'ng qora deydi, xoja aka bo'lib turib deydi, soqol qo'yib turib, nima bo'libdi xoja aka bo'sa? Birodarlar, soqol Abu Jahlda ham bo'lgan. Abu Jahlda salla ham bo'lgan, uzum kiygan. Nima, shu bilan bir binosa bo'lib qoldimi? Mo'min banda bunaqa bo'lmaydi, birodarlar. Uni zohiri ham, botini ham bir xil bo'ladi. Gapirayotgan gapi qilayotgan ishiga teskari kelmaydi. Mo'min odam bunaqalarga oldanib qolmaslik kerak, farosatli bo'lishi kerak.

Birodarlar, Ali ibn Abiturotni zo'r gapi bor ekan. Naxnu na'riful rejala bil haq. Biz kishilarni haq orqali tanib olamiz. Biz erkaklarni, kishilarni, haq orqali, tanib olamiz, vala na'riful haqqa bir rejal. Haqni kishilar orqali tanimaymiz.

Tushunarlimi? Falonchi falonchi akalar qilyapti, demak bo'laverarkan, haq shu ekanmas. Haqni bilamiz, shu haq tig'a to'g'ri kelgan erkaklarni haq deymiz. Endi uning uchun eri fil haqqo, ta'rif axlahu degan so'z bor. Avval haqni tanib ol nimaligini, keyin haq egalari kimligini bilasan.

Musulmon kishini o'lchov o'ta nozik bo'ladi. Shariatga xilof ravishda yurgan odam musulmonni ko'zida qadrsiz bo'ladi. Bunaqa odamlar musulmonlarni nazardan tushib qoladi. Ammo insonlarni ma'siyati, xatosi, Alloh va Rasulidan uzoqligiga qaramasdan, faqatgina shakl shamoyilga qarab, qaddi qomatiga qarab, kiyinishi, gapirishi, so'zini yumshoqligiga qarab baho beradigan odamlar, bu sodda odamlar ekan. Go'l odamlar ekan! Musulmonlardan bunaqa bo'lmaydi.

Musulmon odam farosatli bo'ladi, hushyor bo'ladi, aldamaydi. Aqlu qovli ha'da va astag'firullohu alayhi va alakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh.

Проверка знаний

5 вопросов. За каждый верный ответ — 10 баллов.

Пройдите тест, чтобы перейти к следующей лекции

Продолжить без теста