Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil alamin. Vassolatu vassalomu ala shirofil mursalin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Amma ba'da assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh. Tazkiyatun nafs darslaridan birodarlar munofiqlarning sifatlarini o'qiyotgan edik. Bugun davom etamiz. Demak, uch darsda biz munofiqlarining qaysi sifatlarini qildik? Birinchidan, ular qasamxo'r bo'lishligi. Allohni hukmidan to'sishligi. Ikkinchisi, yer yuzida ular fasad tarqatadi. Uchinchisi, odamlarning aloqalarini buzadi. Qalbi maraz bo'lib turgan holida tilidan chiqayotgan so'zi asaldan shirin bo'ladi. Beshinchisi, musulmonlarga yomonlik yetishini poylab kutib turadi. Oltinchisi, bir tarafda turmaydi. La ilaha ula va la ilaha ula. O'ng tomonda ham emas, chap tomonda ham emas. Bir yo'li bo'lib yaxshilar bilan emas, bir yo'li bo'm yomonlar bilan emas. Ikki tomonga teng olib turadi. Yettinchidan, Alloh va Rasulining hukmidan to'sadi. Sakkizinchisi, ikkiyuzlamachi bo'ladi bular. To'qqizinchisi, sargardonlik, sarsonlik va hayronlikda bo'ladi.
O'ninchisi, namozga yalqovlik qilishadi. Shunga alohida to'xtadik. Idha qomu ila solati qomu kusala. Namozga yalqovlik bilan turishadi. Yuru'unannas. Odamlarga riyo qilishadi. Vala yadqurun allohi illa qolinglar. Va alloh taoloni kamdan kam zikr qilishadi. Mana shu zikr degan narsaga qattiq e'tibor berdikki, siz bilan bizni allohni zikriga tilimizni polvon bo'lmasligi, tilimiz allohni zikri bilan doimiy bo'lmayotganligi, bu yaxshilikni belgisi emas. Aytdik, mo'minning bitta zikri allohni zikr qilishi ikkita zikr o'rtasida turadi.
Siz allohni zikr qildingiz. Undan keyin alloh sizni zikr qildi. Lekin siz allohni zikr qilishingizdan avval ham alloh sizni zikr qilgan bo'ladi. Demak, alloh sizni eslaydi, shunaqa bandam bor deydi. Keyin sizni qalbingizga allohning zikrini muhabbati tushadi, keyin zikr qilasiz, undan keyin alloh yana sizni maloykalar huzurida zikr qiladi. Qo'limizda dunyo matohi bo'lmasa alam qilyapmiz. Falonchi mana mashina olibdi, ololmadik, alam qilyapbiz. Falonchi maniqa imorat quribdi, qurolmadik, alam quryapmiz. Dunyo matohidan boshqalarga berib, bizga bermagan bo'lsa, alam qiladi yu, lekin Alloh bizni eslamasa va biz Allohni zikr qilmasak, bu narsaga alam qilmayapti. Birodarlar, zikrda ko'proq bo'laylik. Chunki Allohni ko'p zikr qilgan odamning qalbi nifoqdan salomat bo'ladi. Hasan Basriy aytdi, munofiqlikdan faqat munofiq xotirjam bo'ladi. Munofiqlik dan faqat mo'mingina xavotir olib turadi. Chunki haqiqiy iymon egasi bo'lgan taqvoliy mo'min nifoxdan qo'rqib turadi. Dalil, Umar al Foruq radiyallohu anhu, ey Xuzayfa, Allohni nomini o'rtaga qo'yib so'rayman.
Rasululloh munofiqlarni senga tanishtirganida meni ismimni ham aytganmidilar? Umar Abdulxattob xavotir olgan ekan. Shuning uchun biz har qancha taqvoliy bo'lmaylik, har qancha har qancha bo'lmaylik. Nima bo'lmaydi? Biz umarun xat topdi, yaniga kela olmaymiz. Lekin shu zot nifodan qo'rqqan ekan, birodarlar. Bu juda xatarli mavzu.
To'rtinchi darsimiz, munofiqlarning sifatlari haqida. O'n uchinchi sifati, munofiqilar namozni avvalgi vaqtidan kechga surishadi. Mana shu ham nifoni belgisi. Bomdodni shu kun chiqishga yaqin taqab o'qiydi. Asr bo'pti desa, shomgacha o'qib olaman deydi. Kun bochga yaqin o'qiydi. O'qiganda ham namozni qarg'a, qon cho'qigandek o'qiydi'. Namoz mulohalar uchun, qalb ibodati emas, faqat jasad ibodati bo'ladi.
Astadibillah. Favaylul il musallin alladinahum ansorati himsa hun alladinahum muro un voyam naunal maun. Bas, namozlarini unutib qo'yadigan kimsalar bo'lgan namozxonlarga halokat bo'lgay, qo'shtirnoq ichidagi namozxonlariga. Ular rioyakorlik qiladigan kimsalardir. Demak, jamoatga intilmaydi, namozni kechga suradi, namozga yalqovlik qiladi va namoz o'qiydigan bo'lsa, xushu' bilan o'qimaydi. Munofiqlarning sifatlaridan o'n to'rtinchisi, agar musulmonlarga yaxshilik, g'alaba va haydayet yetadigan bo'lsa, munofiqlar bundan qiylanadi. Bu narsa ularga yoqmaydi. Bu narsa ularni g'amga kiritadi.
Mashina oldingiz, xursandsiz, mahallaga minib keldingiz. Ey, qo'llab quvvatlasin, qo'llab qo'vvatlasin deb turib, unisi bunisi keladi da. Shu yaqin bir odamingiz bo'lishi mumkin. Oshnam deb bilgan bo'lishingiz mumkin. Ba'zida e'tibor bersangiz turib qoladi. Bo'lganmi bir amatdan? Bo'lgan a? Haligi radiy prilichi ham qo'llab quvvat qilmaydi da, dey muzlab qoladi.
Mana shu ham nifoda bitta belgisi. Chunki musulmonga yaxshilik yetsa, musulmon xursand bo'lishligi kerak. Munofiq odam uni bir do'sti ishi yuvishib ketsa, yuragi siqiladi. Hurmati ko'tarilib ketsa, bundan alam chekadi. Uni oldidan narigi musulmonni maqtasa, o'tira olmaydi shu yerda. Nimasini topib turadi? Ha endi shunaqa bo'lib qoldi da endi. O'zi kechanglar manaqa edi. Bormi? Xursand bo'lib qo'yaver. Xursand bo'ib qo'yaver! Sha'nini, hurmatini tushirishlikka harakat qiladi bunaqa munofiq. Mana shu ham munofiqlarni birodarlar belgilaridan bo'ladi. Siqiladi, hasadini ko'rsatib turadi, noroziligini oshkor qilib turadi.
Alloh taolo aytadi, aslida dedilar imtamsas qum hasanatun tasuhun. Agar sizlarga bir yaxshilik yetsa, bu narsa ularni xafa qiladi. Va in tusibukum sayy'atun yafrahu biha. Agar yomonlik yesa, ular bu narsadan xursand bo'ladi. Agar sabr toqat qilsanglar va allohdan qo'rqsanglar, ularning nayranglari sizlarga hech qanday zarar qila olmaydi. Albatta Alloh ularning qilayotgan amallarini ihota qilguvchidir. Demak, o'n yettinchi sababi, munofiqlar musulmonlarga yetgan yaxshilikdan xursand bo'rmaydi, aksincha bundan alamlanadi. Musulmonga musibat yetsa faqat munofiq xursand bo'ladi va bu quvonchini oshkora qiladi. Ana shu musulmonga yomonlik yetganda xursand bo'lsin, munofiq, Allohni jazolaydi. Endi bu xursandchilikni oshkora qilsa, uqubat yana ham ziyodalashadi. Munofiqlar Alloh Taoloning toatini kariyx ko'radi. Chunki qalbi nopoy habis. Alloh ularni yomon ko'radi, chunki ularni niyatlari buzib.
Ular Allohni vahisidan yuz o'girishuvdi, Alloh ham ulardan yuz o'girdi. Ularni shaqovatli qilib qo'ydi. Birinchi darsimizda aytdik. Baqara surasidagi birinchi yigirmata oyatga qarasak, omillar haqida so'z ketdi. Oltinchi, yettinchi oyatida Baqara surasini kofirlar haqida gap ketdi. Undan keyingi o'n uchta oyatda qotirasiga munofiqlarni sifatlarini Alloh bayon qilib berdi. Mo'min, mo'min. Uni ishi oson. Mo'minni taniysiz, kimligi tayin, ichi ham, tashi ham bir xil. U bilan muomala qilish oson. Uni tanish ham oson.
Kofir. Uni ham ishi oson. Ichidagi tashida, tashidagi ichida. Kofirligini aniq bilib olasiz. Ammo munofiq zohir al islom va musulmonligini ko'rsatadi, ammo qalbida bu narsa bo'lmaydi. Beshta muammolar haqida oyat, ikkita kafilar haqida oyat. O'n uchta munofiqlar haqida oyat? Birodarlar, bu xatarli mavzu. Buni bilishimiz kerak.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam tabuk azobga chiqqanlarida ayrim kishilar chiqishmadi. Rasululloh kimlar yo'q? Deb so'raganlarida falonchi yo'q, fokinchi yo'q, dunyosi oldab qo'ydi, issiqda yurgisi kelmadi biz bilan deb turib musulmonlar o'pkalashdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar, unday demanglar. Agar ularda, o'sha qolib qolgan odamlarda yaxshilik bo'lsa, bizni oldimizga Alloh ularni olib keladi.
Agar unday bo'lmasa, qutulibmiz ulardan. O'zi uchun, biz uchun yaxshiligi bo'lsa, Alloh olib kelib qo'yadi bizni sapimizga. Endi bizni sapimizda emasmi? O'pkalamanglar. Demak, bunga loyiq emas. Shuning uchun, agar u munofiqlarni ichida yaxshilik bo'lsa, olib kelar edi Alloh. Lekin yo'qmi? Demak, ularni yo'qligi yaxshi.
Astadi billa. Valau orodu'l xuruja la'addulahu addatan, valakin karihallohu imbiya fathahum, fathabbatahum, voqeila qu'udu ma'l qoiding. Agar ular deydi Alloh Taolo, jihodga chiqishni istaganlarida, uning uchun tayyorgarlik ko'rib qo'ygan bo'lar edilar. Lekin Alloh chiqishlarini istamay, ularni dangasa qilib qo'ydi va ularga o'zlaridan bo'lgan kimsalar tarafidan qolganlar, ya'ni ayol, yosh bolalar, ojiz, dotovoy kishilar bilan birga o'tiraveringlar deyildi.
Demak, ular musulmonlar bilan jangga chiqqanlarida hamma munofiqlar musulmonlarga foydasi emas, zarari tegardi. Mana sira darslig'iga qaytaylik. Nabiy sollallohu alayhi vasallam uyg'ut qazodiga chiqqanlaridan Abdullohimni Ubaybni Salol ham chiqqan edi. Munofiq edi.
O'g'itga yetmasdan turib aytdiki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinada qolib jang qilishlikni xohlagandilar. Sizlar chiqaylik, chiqaylik deganinglarga xo'p deb chiqdilar. Shuning uchun biz qaytdik. Men qaytdim, qaytinglar dedi. Juda ko'pchilik qaytib yubordi orqaga. Ichingizga yaqin odam qaytib ketdi. Demak ana shu Abdulloh Nubayevning salol birla chiqmaganida, odamlarni qaytarmagan bo'lar edi. Aytyapti yu, chiqqanda sizlarga foydasi tegmas edi bularni.
Muvofiqlarning sifatlaridan, o'n beshinchisi, Qur'on oyatlari ularga og'ir bo'ladi. Muvofi'larni belgilaridan bittasi shu. Oyatdan seng ko'tara olmaydi. Karix ko'radi. Allohni so'zini orqaga tashlaydi. Sunnatga beparvo bo'ladi. Nima sababdan? Astaydu billah, dha li ka bi annahum karihuma an zalallohu fa axabato amalihum.
Bunga sabab, ularning Alloh nozil qilgan narsalarni yomon ko'rganlaridir. Bas Alloh ularning amallarini behuda ketkazdi. Birodarlar, munofiq odam musulmon odam quvonadigan narsadan siqiladi. Musulmon odamga yoqmaydigan narsalarni ko'rganda xursand bo'ladi.
Agar bizda ham mana shu Alloh va Rasulining hukmini karak ko'rishlik degan narsa bo'ladigan bo'lsa qalbimizda, buni foxta borligini bilib qo'yaylik. O'n oltinchi sifati, siz ularni so'zidan, ohangidan, uslubidan tanib olasiz. Munofiqlar o'zlarini nifoqlarini yashiradi. Aytdik, siz bir odamni munofiq deya olmaysiz. Chunki u nifoq qalb kasali. Uni qalbini ko'ra olmaysizmi? Siz ayting, unda nifoqlikni bitta belgisi bor. Va'dasiga vafo qilmaydi deng, lekin munofiqni hukm qilmang. Ukalar, tilinglarni e'tiyot qilinglar. Ammo Alloh Taolo ana shu munofiqlar qalbida yashirgan ba'zi alomatlarini yuzidan bildirib qo'yadi. Tilidan chiqayotgan so'zlaridan oshkor qilib qo'yadi . Mana aytdik ku, sizga xursandchilik yetganda yuzidan ko'rib turibsiz, yoqmayapti sizni mana shu ishingiz.
Falata tun li san tu abbiru an il jannat. Tilning yanglishib ketishligi gohida qalbdagi narsani bildirib qo'yar ekan. Tilning adashib bir gapni gapirib olishligi chiqib ketadi yu tilingizdan bir so'z. Qalb, gohida, qalbingizda bor narsani bildir qo'yar ekkan.
Falonchini molini musodara qilishibdi. Katta pul edi ekan desa, ajab bo'pti deb yuborasiz. Chiqib ketdi. Demak, qalbingizni o'sha odam yomon ko'rardingiz. O'zi indamay yurardi da, chiqib ketdi. Nimaga yomon ko'rardingiz desa, sabab bor edi da. Zulm qiladi, birovlarni pulini bermay qo'yar edi, bizni tilda aytganda tovarni oti nima qilardi?
Bermay qo'ar edi. Unga nisbatan o'zi qalbingizda bir narsa bor edi, chiqib ketdim. Ajab bo'libdi. Dedingiz da, keyin xijolat bo'lib ketdingiz. Munofiqlarni ham gapirayotgan gaplarida tillari adashib, og'zidan chiqqan so'zlarida Alloh Taolo ularni munofiq ekanligini bildirib qo'yar ekan. Demak, birodarlar, tilning yanglishishi gohida qalbdagi narsani ko'rsatib qo'yadi. Munofiqni yuzidagi alomatlaridan, gapirayotgan so'zlaridan munofiqligi bilinib qoladi.
Astag'firulloh, am hasiba ladina fii qulubi him maradun allay yug'rija allohu adhig'onahum. Balki dillarida maraz, nifoq bo'lgan kimsalar Alloh ularning dillaridagi adovatlarini oshkor qilmas deb o'ylagandirlar. Yashiramiz deyishuvdimi Alloh'dan ham? Alloh ochib qo'yadi agar xohlasa.
Va launasha ula aroinah akahum falah arofdaho besiymahum. Ey Muhammad alayhissalom, agar biz xohlasak, albatta sizga ularni, munofiqlarni ko'rsatib, tanitib qo'ygan bo'lar edik. Va la ta'rifan nahuf ilahning qovul va allohu ya'la ma'alakum. U holda siz ularni biz belgilab qo'ygan belgi alomatlardan tanib olgan bo'lardingiz. Qasam, endi, albatta siz ularni ular so'zlayotgan, zohira, iymonga dalolat qiladigan, botini esa kufr bo'lgan so'z ohang uslubidan tanib olaversiz. Alloh sizlarning barcha amallaringizni bilib turguvchidir.
Mo'minni birodarlar yuzida nuri bo'ladi. Musaffolik bo'ladi, ochiqlik bo'ladi, iqbol bo'ladi. Munofiqni yuzida, munofiqni o'zida bu narsani topmaysiz. Ularni yuzida zulmat bo'ladi, qorong'u'lik bo'ladi. O'n yettinchi sifati. Munofiqlarning qiyomat kunida topadigan oqibati. Astadibillar? Ya umayoqulul munafiquna va munafiqatu lilladina a manu undiruna naqtabismi nurikum. U kunda, deydi Alloh Taolo, munofiq va munofiqalar iymon keltirgan zotlarga bizga qarab turinglar, biz ham sizlarni nuringlardan ozgina foydalanib olaylik desalar, qiylar javu varakum, faltamisuyu nuro. Ularga ortinglarga qaytib nur istovuringlar.
Deyulur. Sing, ular bilan mo'minlar uning o'rtasiga darvozali bir devor urilurki, uning ichida rahmat, jannat, tashqarisida esa azob, do'zax bo'lur. O'rtaga devor uriladi, munofiqlar bilan mo'minlarning o'rtasiga. Ichkarisi mo'minlar tomonidan rahmat bo'ladi bu devorni, tashqarisi munofiqlar tomonidan azob bo'ladi. Yunadunahum alamnakun ma'akum. Munofiqlar mo'minlarga aytadi. Biz hayotda dunyoda sizlar bilan birga emasmidik? Qoluv bala, ular ha deydi mo'minlar. Valakim nakum fatan tum an husakum, vatarobbath tun varita butun vag'or rodkumul amaniyu hatta ja amuru'lloh, vag'or rokkum billahi ul g'urur.
Ha, ko'rinishda dunyoda sizlarni biz bilan bilaydinglar. Lekin sizlar munofiqlik bilan o'zinglarni fitnaga duchor qildinglar. Bizga bir musibat kelishidagi ko'z tutinglar. Yana islomni haq diniy ekanligida shubhalandinglar. To, Allohning amri, o'lim kelgunicha, sizlarni xomxayollar aldab qo'ydi. Ya'ni hali umr uzoq, ulgursan tavba qilgan, ibodat qilgani degan xayol sizlarni oldida. Sizlarni aldaguvchi shayton aldab qo'ydi.
Munofiqlar? Musulmonlar orasida yasharkan, musulmonlar bilan birga yuradi. Masjidda birga bo'lishi mumkin, safarda birga bo'lishim mumkin, haj umrida birga bo'lishimiz mumkin. Birga yashayveradi dunyoda. Lekin qiyomat bo'lganda birodarlar, Alloh Taolo ularni ajratib qo'yadi. Mana, munoxulani topadigan oqibati. Bizga ham qarab turinglar, nyu yuringlardan foydalanib qolaylik, sizlar bilan birga emasmidinglar desa, ha.
Jasadiylar, zohiriylar biz bilan birga edi, lekin qalbiylar biz bilan emas edi. Dunyoda qilgan amalinglar sog'liq emas edi, himmatlaringlar oliy emas edi, niyatlar xolis emas edi. Kunyo amal maydoni edi, o'sha yerga borib nur dasturinglar deydi. Endi u kunda bu dunyoga qatishlik bo'lmaydi. Shuning uchun birodarlar qancha qancha oyatlarni Alloh Taolo munofiqlarning sifatlarini zikr qildi.
Shayton kelib oldilar ekanda birodarlar bunaqa munofiqlarni. Aytar ekanki, kim Ummatu Muhammad bo'ladigan bo'lsa, u Zot Sallallohu Alayhi Vasallam, albatta shafoat qiladi. Shuni o'zi yetadilar ekan. Shu shafoat bilan kirib ketasan der ekan. Lekin hech qaysi amalni qilmasdan a? Hech qaysi buyruqqa amal qilmasdan, qaytaridan qaytmasdan Ummatu Muhammad bossanglar qutilib ketadi deb o'yladimi? Yo'q. Huzayfi Roziyallohimizdan rivoyat qilinadi. Bir kishi, Parvardigor, munofiqlarni halok qilgin deb duo qilayotgan edi.
Shunda Huzayfi roziyulloh unga qarab, ey birodar, agar munofiqlar halok bo'lishsa, haq yo'lda yuradiganlar kamayib ketganidan vahshatda bo'lib qoladi denglar dedi. Agar munofiqi o'lsa, qalbida hech qanaqa nifoqi yo'q odamlar haqda yurgan, ko'p qolmas ekan.
Ya'ni, Huzayfa roziyallohu anhuni so'ziga ko'ra, haq yo'lda yuribman deb da'vo qilayotganlarning juda katta qismida, mana shu qalbida nima bor? Nifoq bor. Shuning uchun marhamat topib aytyapti da. Ey Huzayfa, Rasululloh munofiqlarni sanaganlarida meni ismimni aytmaganmidi?
Shuning uchun Ibn Mulayka aytadi, Rasulullohning sahobalaridan o'ttiz tasini ko'rdim. Hammasi ular. Menda munofiqlik yo'qmikin degan xavotirda yashardi. Birontasi meni iymonim komil deganini bilmayman. Aquli qovli ha da, va astag'firulloh li valakum. Inna alloh va malaka tahu yu saluna ala nabiy, ya yu halladina amanu sollu alayhi va sallamu taslima. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.