Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil alamin. Assalomu alayhi vas salamu ala ashrafil mursalin va ala alixiy vas xabihiy ajma'in. Allohumma allimnoma yonfauna bomfa'na bima'allam tana va zidna ilman. Allohumma alinal haqqa haqqon vorzuqunat tibaa va alinal ba'tila ba'tilan vorzuqunat chet inaba. Va ja'alna min mayyasida me'una al qovlu fayadda be'una ahsana va adhihillina bi rahmat aka fii ibadikas solihai.
Ammavot, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lu va barakatuh. Bismillahir rohmanir rohing. Qur'oniyinglar haqida dars qilyapmiz. Qur'oniyslar kim? Qur'oniyingilar ahli sunnaga e'tiqodi zid bo'lgan, payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatini inkor qilgan kofir firqa. Garchi namoz o'qisa ham, garchi qur'ondan gapirsa ham. Biz Qur'oniylar ahli sunnaga zid bo'lgan, dindan chiqqan muddatlar desak, ayrim birodarlar qanoatlanmaydi, dalil isbot so'raydi. Biz mana shu darslarimiz orqali imkon boricha yengil qilib, sodda qilib, bularning xatolarini, ahli sunnaga zich bo'lgan o'rinlarini ko'rsatyapmiz. Oxirgi darsimizda Qur'ondagi oyatlarning turlari haqida, usulul fiqh ilmi haqida gaplashgan edik. Qur'oni Karim bu oddiy bir odamni yozgan kitobi emas. Allohni kalomi. Uni har kim o'qib, tarjimasidan o'zi bilganicha, o'zi xohlaganicha xulosa qilib ketishlikka haqqi yo'q. Qur'on oyatlarini tushunishlikni siz bilan bizga usulul fiq' ulamolari yo'lini ko'rsatishadi. Tafsiriy ulamolar ko'rsatadi.
Agar biz Qur'onni bir o'qib, ustidagi ma'nosi bilan ketaveramiz desak, o'zimizni oyog'imizga o'zimiz bolt urgandek bo'lib qolamiz. Qur'on oyatiga amal qilyapman deb dindan chiqib ketib qolamiz. Ahli sunna ulamolari usuli fiqh ilmida oyatlarning turlari va ularni qanday tushunish kerak ekanligini bayon qilib berishgan.
Metallda degan. Metalga nimalar keladi? Temir, alyumin, mis, latun, volfram, oltin, kumush, nikol va hokazo. Shuni hammasi metal deyiladi. Birini tonnasi yetmish ming so'm. Bittasini grammi besh ming so'm. Lekin hammasi metal deyiladi. Metalning turlari bor bo'lganidek, lillahi ilmatalul a'lo Qur'oni Karim oyatlarining ham turlari bor.
Ba'zi oyatlar bor, shunday o'qiysiz, ustidagi ma'noni olib ketaverasiz. Shunday oyatlar bor, o'qiysiz. Buni bir qancha ma'nolari bo'ladi. Uni ulamolar tushuntirib berishi kerak. Muhkam oyatlar, mutashobih oyatlar deb aytdik. Muhkam oyatlar. Bitta ma'nosi bor. Qul hu allohu ahad. Bo'ldi. Alloh taolo yakka ekan. Bo'ldi, tushundik. Ikkinchi oyat. Va ja a robbuka val malaku soffan soffan. Qiyomat kunida robbing va malokalar saf saf bo'lib keladi. Bitta ma'no emas bu yerda. Bir qancha ma'no bor. Qur'onda birodalar, majoz bor, haqiqat bor. Om bo'lgan oyatlar bor, xos bo'lgan oyatlar bor. Nosiq oyatlar bor, mansuh oyatlar bor. Mutloq bo'lgan oyatlar bor, muqoyyat bo'lgan oyatlar bor. Sababi nusul bor.
Ana shu Qur'oni har bir oyatini qanday tushunishimiz kerakligini usulul fiqh ulamolar bayon qilib berishgan. Ming yildan beri ummat mana shu usulul fiqh ramkasi bilan, shabloni bilan, andozasi bilan Qur'oni o'qib o'rganib kelyapti, adashmayapti. Agar biz hozir aytgan mutashabbeh oyatlarini, bir qancha ma'nolar bor bo'lgan oyatlarni muhkam, bitta ma'nosi bor oyatdaqa tushunadigan bo'lsak, birodarlar, yana qaytarib aytaman, dinga amal qilyapman deb dindan chiqib ketib qolishimiz mumkin.
Qur'onda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga itoat qilishlik va u zotning sunnatini ushlashlik zarurligini bildirgan o'nlab oyatlar bor. Endi bu Qur'oninglar sunnat kerak emas, hadis kerak emas degan paytda dindan chiqib kofir bo'ladi. Chunki Qur'oni Karimning juda katta qismini Rasulullohning hayoti, Rasulullohning sunnati, Rasulullohining hadislari bayon qilib beradi. Mana oyatlardan majoz va haqiqatga misol.
Astadibillar? Voma akani robbuka nasiya. Maryam so'rasin. Parvardigoringiz unutguvchi emasdir. Ya'ni Alloh Taolo hech narsani unutmaydi. Bu mukammal oyat. Bu oyatni zohiridagi ma'nosi. Parvardigoringiz unutguvchi mas. Bo'ldi, boshqa ma'nosi yo'q. Unutmaydi. Keyingi oyat. Nasulloh afanas yahum. Innal munofiqiy nahumul fasihuh. Ular Allohni unutishgach, Alloh ham ularni unutdi. Albatta munofiqlar haqiqiy fosiq itoatsizdirlar. Ana, birinchi oyatda zohir ma'nosini oldik, ustidagi ma'noni. Alloh hech narsani unutmaydi. Tushunarli. Ikkinchi oyatda Alloh unutdi deyapti. Bitta oyatda unutmaydi desa, ikkinchi oyatdan unutdi desa, bir biriga qarama qarshi bo'lib qolmayaptimi? Bo'lyapti. Agar zohirni olsangiz ikkinchi oyatni ham. Lekin ikkinchi oyatning zohiri olinmaydi. Majozi olinadi. Ya'ni munofiqlar Allohni unutib, shariatidan voz kechib, dinga beparvo bo'lishni unutishuvdi Allohni. Alloh ham ularni unutdi. Ya'ni o'zini holiga tashlab qo'ydi ularga.
Agar Qur'oniylar aytayotgandek hamma oyatni ustidagi ma'nosini ola oladigan bo'lsak, Qur'onning ikkita oyati mana shu misolimizda nima bo'lib qoldi bir biriga? Qarama qarshi bo'lib qoldik. Majoz nima edi? Siz bizni quyoshimizsiz, xo'jayin deydi. Ustidagi ma'noni olasizmi yoki tagidagi majoziy ma'nosini olasizmi?
Xo'jayin, orqangizdan kun ko'rib yuribmiz da biz, deydi. Nima degani bu? Kun chiqib qolibdi mi orqasidan? Agar ustidagi ma'noni olsangiz shunaqa bo'ladi. Yo'q. Sizni orqangizdan siz sabablik, xotirjam yuribmiz degan ma'no. Ha birinchi oyatda Alloh unutmaydi desa, ikkinchi oyatda unutadi deyapti. Qarama qarshi yo'q. Shunda aytamiz, ma'no oyatning haqiqati olinadi ustidagi ma'nosi, ikkinchi oyating majozi olinadi orqasidagi ma'nos.
O'ylab gapir deydi. Atrofingda quloqlar bor deydi. Devorni ham qulog'i bor deydi. Hech ko'rmadimda shunaqa qulog'i bor devorni, menchi. Demak sizda. Chunki bu gapni ustidagi emas, tagidagi ma'no olinadi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan Adibni xotam ad toyin. Arab. Toy qabilasining podshohi, adib, oqil, shoir bo'lgan odam. Sahoba. Qur'onda Alloh Taolo mana shu sahobalik haqida oyat tushirgan. Astaydubillah. Va kuluv va shurabu hatta yata bayyan ala ko'mul haydul abiyadu minal haytil asvadi minal fajr. Sahobalikni vaqtini aytyapti oyatda. Va to tongdan oq ip, qora ipdan ajraladigan paytgacha yeb ichaveringlar. Desa, bu sahoba ustidagi ma'noda oldida yostig'ini tagiga bitta oq ip bilan qora ipni qo'yib qo'ydi.
Shunday ipni olib qarasa, oq ip bilan, qora ip ajramayaptimi? Yeb yubordi. Kun yorishib ketsa ham ajramayapti, yeb yubordiy. Keyin Nabiy sollallohu alayhi vasallamga kelib aytganida, yo'q, bu yerdagi ustidagi haqiqiy ma'nosini emas, majozini olasan. Oq ip bilan qora ip degani kun bilan tunni vaqti aytilingan dedi. Arab bo'lgan sahoba oyatni ustidagi haqiqi zohir ma'nosini oluvdi, adashdi. Tushunarlimi?
Nosiq va mansuhga misol. Mana aro haqidagi oyatlar. Hijratning avvalida aroq harom emas edi. Hijratning avvolida oyat nozil bo'ldi. Astaydubulla. Yas alunaki an il xamir. Sizdan ey Muhammad alayhissalom, xamir haqida, aroq va qimor haqida so'raydilar. Ayting, bularda katta gunoh va odamlar uchun foyda bor. Bularning gunohi foydasidan kattaroq. Bixjratni avvalida. Keyin uxd g'azotidan keyin, uchinchi yoki to'rtinchi yilda keyingi oyat nozil bo'ldi. Mana shu aroqqa tegishli.
Ya yo'qal la dinah amanu la taqorobus solata vantum sukaro, qatta ta'lamu ma taqulu. Ey mo'minlar, toki gapirayotgan gapinglarda bilib turishinglar uchun mast holda namozga yaqinlashmanglar. Bu oyatni sababini uzuni bir sahoba mast holda namozga kelib olib, quli ya ayyuha l kafirun la abu duma ta'budun deyishdi o'rniga, la abudun la la ni tashlab, abu du deb yuboradi. Ayting, ey kofirlar, men sizlar ibodat qilgan narsaga ibodat qilmayman degan o'rniga qilaman bo'lib qoldi. La kalimasi tushib qolib. Shunda shu oyat tushdi.
Keyin beshinchi yoki sakkizinchi yilda aroqning mutloq harom bo'lganligi haqida oyat nozil bo'ldi. Astay debillar. Ya ayyuha alladina amanu innomal xomruval maysuruval ansobuval azla murizu min amali shayton fajitani bu la allakum tuflixun. Ey mo'minlar, aroq, qimor, butlar va cho'plar bilan folbinlik qilishlik shayton amalidan bo'lgan harom ishtir. Bas, najot topishingiz uchun ularni har biridan uzoq bo'ling.
Mana birinchi oyatda foyda bor, zarar bor deyildi. Ikkinchi oyatda aloqa yaqinlashma dedi, uchinchi oyatda harom dedi. Mana shu uchinchi oyat nosix, o'chiruvchi. Birinchi ikkita oyat mansux, o'chiriluvchi. Birinichi ikkita oyatning hukmi uchinchi oyat hukmi bilan bekor bo'ldi.
Ha, bu ikkita oyatni o'qiymiz, Qur'on o'qiganimda hisobini olamiz, har bitta harfiga o'n tadan ajr bor. Lekin hukm uchinchi oyat bilan bekor bo'ldik, birinchi ikkita oyatning hukmi. Nosix mansuhi bor. Aytdim ku boshida, Qur'onga amal qilyapman, Qur'onda shunaqa oyat bor deb turib, o'shanga amal qilib, dindan chiqib ketasiz, uni bilmaysiz siz faqat.
Muhkam mutassohbek oyatga misol. Qur'onda oyatlar muhkam, mutashobih bo'ladi. Muhkam bitta aniq ravshan ma'nosi bor. Mutashobih bir qancha ma'nolari bor. Astaydu billa, vo qodoro bu kalla ta'budu illa i yahu va bir validayni ihsani.
Parvardigoringiz yolg'iz uning o'ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota onaga yaxshilik qilishlaringingizni amr qildi. Bo'ldi. Bo'ldi, shu ma'nodan boshqa ma'nosi yo'q. Allohni o'zi ibodat qilamiz, shirkeltirmaymiz va ota onamizga yaxshilik qilamiz. Bu muhkam oyat. Endi mutasobihga. Vo ja robbuka val malaku soffan soffan. Parvardigoringiz va maloikalar qiyomat kunida saf saf bo'lib keladi.
Biror narsa aniq bo'ldimi kallangizda? Alloh taolo qanaqa qilib keladi? Alloh taolo jism bo'lmasa, javhar bo'lmasa , araz bo'lmasa. Alloh taolo zamon bilan makonga muhtoj bo'lmasa bizni e'tiqodimizdagi daxab. Zamon bilan makonda yaratmay turib ham Alloh bor edi. Alloh zamonga makonga muhtoz emas ekan. Endi qiyomat maydoniga kelishi qanaqa bo'larkin? Mana o'ylantirdimi? Demak, mutashobiy g'oyat. Buni ulamo aloqaga qo'yamiz.
Biz aytmoqchi bo'lganimiz Qur'oning ichidagi oyatlarni turli tumani bor. Muhkamma bor, mutashobixi bor. Zohiri bor, majozi bor. Mutlog'i bor, muqoyati bor. Sababi, muzuli bor. Shular orqali Qur'onni tushunsak adashmaymiz. Ana shu oyatlarning turlarini o'rganyapmiz. Ana shunday oyatlardan sababi muzulga misol. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumo. Bu ulug' sahobani oldiga ana shu ummaviy xalifalardan bo'lgan Marvonimni hakam keldi. Marvonimni hakam akalar, arab, xurashdan, adib odam, arab tilini yaxshi tushungan odam Qur'onni bir oyatini o'qidi da, haligina o'qib turib, hammamiz do'zaxga boramiz ekan degan xulosaga kelib oldi. Va bu haqida Abdullohimni Abbos roziyallohu anihon oldiga keldi. Aytdiki, ey Ibn Abbos, biz hammamiz do'zaxga tushamiz ekan dedi. Ibn Abbos ummatning donishmanda. Nimaga bunaqa deyapsiz? Mana Qur'onda oyat bor ekan. Agar har bitta qilgan ishidan shodlanadigan va qilmagan ishi uchun maqtalishni yaxshi ko'radigan odamlarga azob bor bo'lsa, hammamiz azobga kiramiz ekan. Oyatni qarang endi.
Qaysi oyatni o'qib qanaqa tushunibdi bu odam? Ya'ni aytyaptiki, qilmagan ishi uchun maqtalishni yaxshi ko'radigan va qilgan ishidan xursand bo'ladigan odamlarda hammasi do'zaxda deyapti Alloh deydi. Ya'ni hammamizda qilgan ishimiz uchun xursand bo'lamiz, hammamizda bor va qilmagan ishimiz uchuni maqtasa yoqadi bizga. Bu ham bor.
Marorimni hakam bu ma'noni qayerdan oldi? Mana bu oyatdan oldi. Astaydibillah. La taqsabanna la dinaya frahuna bima atov, va yuhaybuna an yuhmadu bima lam yaf'alu, fa la taqsabanna hun bima fazati minal adab, va lahun adabun alim. Ey Muhammad alayhissalom, deydi Alloh Taolo oliy imronda.
Siz hargiz, qilgan ishlari bilan xursand bo'ladigan, va qilmagan ishlari bilan maqtovlar eshitishni yaxshi ko'radigan kimsalar azobdan yiroq makondalar deb o'ylamang, ular uchun alamli azob bordir. Ana, qilgan ishimizdan xursand bo'lamiz. Qilmagan ishimiz uchun bizni maqtashsa yaxshi ko'ramiz. Demak biz azobda ekanmiz deganida, Abdulloy ibn Abbos aytdiki, bu oyat ahli kitoblar, yahudlar haqida nozil bo'lgan dedilar. Va keyingi oyatni o'qib berdilar. Astadibillar. Voy, izahohu me'taqalladina u tul kitaba la tubayyununna huli nas.
Marvoniddin Hakam bitta oyatni o' qib to'xtadi. Endi mana shu Qur'onning bilimdoni bo'lgan Abdulloy ibn Abbos keyingi oyatlarni o'qisang, bu oyatni tushuntirib beradi senga deyapti. Abdulloh ibn Abbos tayidagi oyat o'qibdi, tushuntirib berdi. Ular yahudiylar haqida nozil bo'lgan edi bu oyatlar. Eslang, ey Muhammad, sollallohu alayhi vasallam, Alloh kitob berilgan kimsalardan, albatta u kitobni odamlarga ochiq bayon qilasizlar va yashirmaysizlar deb ahdi paymon olgan edi. So'ng ular bu ahdi paymonni ortlariga tashladilar. Va uni ozgina qiymatga sotdilar. Ularning bu oldi sotdilari naqadar yomon ish bo'ldi. Demak, Abdulloyev navbat tushuntirib berishi bo'yicha, ana shu oliy muron surasida kelgan oyatning, maronimni hakam keltirgan oyatning davomi keyingi oyatda hayot haqiqatni bayon qildi. Ya'ni, Tavrotda dalil hujjatlarni Alloh tomonidan kelgan oyatlarni bekitmasdan odamlarga yetkazasizlar deb ahd olgan edi, ular vaqtlaridan qaytishdi. Demak, mana shu Marvoniddin hakam bilan Abdulloh ibn Abbosni o'rtasida bo'lgan suhbat Qur'on oyatlarining sababi nuzurini nima sababdan nozil bo'lganligini bilishlik qanchalar muhim ekanligini ko'rsatadi.
Siz bu oyatni sababi nuzulini bilmasangiz, u oyatga amal qilyapman deysiz, o'zi aslida u oyatga teskari ish qilgan bo'lasiz. Qur'onda Alloh Taolo aytgan, faqutulul mushrikiyni haysu vajad tu muhim. Mushiringlarni qayerda topsanglar ham o'ldiringlar degan. Mana, biz aytayotganday qilib oyatni o'zi bilan ishimni bitirib ketaman desangiz, aniq adashasiz.
Bu oyat nima sababdan nozil bo'lgan? Qaysi holatda nozil bo'lgan? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam nima ish qilganlar, mana shu oyat nozil bo'lganga? Shu narsani to'liq o'rganganingizdan keyin bu oyatni mazmunini tushunasiz. Agar zohirni olib kelsangiz, mushriklarni qayerda ko'rsak ham o'ldirishimiz kerak ekan. Qur'onda oyat bor ekan deb turib, nohaqdan qon to'kib, qiyomatda qattiq gunohkor bo'lasiz.
Hijri to'qqizinchi yilda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam haj qilgani bormadilar. Umrida bir marta haj qilganlar Rasululloh. To'qqizinichi yil hajga abubakir siddiqni amir, boshliq qilib yubordilar. Abubakir sidduq hojilar bilan madinada jilganidan keyin, madinadan ketganidan keyin tavba surasidan oyatlar nozil bo'ldi. Mana shu suratning avvalgi oyatlari.
Ana shu oyatlarda Alloh Taolo keyingi yil, o'ninchi yilni haj mavsumida mushriklardan birontasi Ka'bani oldiga kelishi mumkin emasligi tushgan edi. Ana shu oyatda Arab jazirasida yashayotgan mushriklarga e'lon bor edi. To'rt oy muddat sizlarga. To'rt oy ichida islomni qabul qilinglar yoki jazirani tashlab chiqib ketinglar.
Mana adolat. Islomda haq ekanligini ko'rdinglar, islom g'olib bo'ldi, arab jazirasini shirkdan tozalash kerak. Mishriylarga e'lon. To'rt oy ichida ishinglarni o'ylab qilinglar. To'rt oy beshida islomni qabul qilsanglar, musulmon bo'lib qoldinglar, aks holda chiqib ketinglar. Adolatmi? Adolat. Endi Alloh Taolo aytyapti. Fai dan saloh al ashhuru l hurm, soqutulul moshiniki inahayusu vajatda muhim. Bas, qachon urush harom qilingan oylar chiqsa, mushriklarni topgan joyingizda qatl qilingiz, asr olingiz, qamal qilingiz va barcha yo'llarda ularni kuzatib turingiz. Endi tavba qilsalar va namozni to'kis ado qilib, zakyotni bersalar, ularni yo'llarini to'smang.
Qarang. Mana shu oyatning sababi nuzulini bilsangiz, ine, hozirgi kunda bironta mushrikka qo'lingiz tegizishlik haromligini tushunasiz. Musulmonlarni yurtlarida musulmon bobollarga mushriklar yuribdi. Bu mamlakatlar ularga omonlikni va'da qilgan. Bularga birov tegmaydi deb davlat kafolat bergan. Siz ularga urushingiz, molini tortib olib, qatl qilishingiz mumkin emas. Harom.
Bunaqa ekanligini qachon bilasiz? Sababi nuzulini bilsangiz. Demak, bu oyat ana shu zamonga, ana shu voqelikka muqoyyat, bog'langan oyat bo'ldi. Bu ana shu muqoyyat oyatlardan. Ammo bu Qur'oningiz aytayotgandek, ha, Qur'onni o'qib, o'zimiz bilganimizcha amal qilib ketaveramiz. Tarjimasini ko'rib amal qilib k etaveramiz degan falsafa bilan yondashadigan bo'lsa, mushriyni ushlab o'ldirish kerak bo'ladi qayerda bo'lsa. Vaholanki bu narsa shariatimizda man qilingan. Ibn Kasir aytadi, bu u oyat, bu oyat umumiy mushriylarga emas, ahdini buzgan va Islomga qarshi fitna qilgan mushriklarga tegishlidir. U to'rt oydan keyin ularni Islomni qabul qilish yoki himoyasiz qolishi yoki jangga tayyorgarlik kabi tanlovlar ichida qoldirildi. Imom oxirgi aytayotgan tavsiyada, bu oyat faqat musulmon, faqatgina musulmonlar bilan urushga kirgan mushriklarga nisbatan nozil bo'ldi. Boshqa dinga ega, lekin Islom davlatining qonuniga bo'yun suruvchi ahli zimmadan emas.
Endi tushundingizmi? Sizga o'sha oyatni o'zini beradi, mana ko'rdingmi? Mushriknini qayerda ko'rsang o'ldir deyapti. O'ldirish kerak degan xulosani qiladi. Vaholanki bu narsa ma'lum bir zamonga va ma'lum bir sharoitga bog'langan muqoyyat oyat edi. Demak, mana shu ikkita oyat siz bilan bizga Qur'oning oyatlarini tarjimasiga, ustidagi ma'nosiga qarab amal qilib ketishlik xato ekanligini tushuntiradi. Qur'on oyatlarini to'g'ri tushunishimiz uchun usulul fiqh ulamolari biz oldimizga qo'ygan ilmdan foydalanishimiz kerak. Ular siz bilan bizga qo'ygan andoza, ana shu shablonga ko'rganimiz kerak. Shundagina Qur'onga amal qilishligimiz to'g'ri bo'ladi.
Aquli qovli ha'da va astag'firullohu alayhi va alakum, innallohu va malakati huysa lun la nabi, ya yuhalladiyna amanu, sollallohu alayhi vasallimu taslima. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh.