Maviza
—Qoralama26 daq

Firqalar

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
25:56
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil alamin. Vassalotu vassalomu ala ashrafil mursalin va ala alixiy va ashabiy hijmain. Allohumma allinama yonfa una, va unfa nabiy ma'lam tanavuzi idna ilman. Allohumma arina al haqqa haqqon orzuqina tibai va arina al ba'tila ba'tilan orzuqina chetina va vo ja'anna min mayyasida me'un al qovli fa yetti bi me'uni axsana. Va adhixinna bi rahmatika fii ibodika solihai. Ammavad, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh. Bismillahir rohmanir rohim. Qur'oninglarning da'volardan yana bittasi, sunnatni inkor qilishadi. Ularning ikkinchi xatosi, birinchi xatosi qur'onni o'zi bilan ketaveramiz deyishligi, ikkinchi xatosi sunnatni inkor qilishi. Bu g'irt fahmsizlikni, ahvolingni o'zi.

Dinimizni birinchi asli qur'on, ikkinchi asli sunnat. Endi sunnat kerak emas degan paytda dinni ikkinchi aslini inkor qilyapti. Bularni gapi nimaga o'xshaydi, aytaymi? La ilaha illalloh muhammad rasululloh deymizmi? Bularni gapi allohga iymon keltirishlik kifoya. Muhammad alayhissalomni payg'ambarligini tan olishlik kerak yo'q deganga o'xshaydi.

La ilaha illalloh muhammad rasululloh deymiz, bular o'sha muhammad rasululosi kerak emas deganga o'xshiyni. Sunnatni inkor qilish, bu payg'ambarni inkor qilish. Alloh taolo aytadi, astadibilla, payg'ambarimiz haqida, voma yantiqu an ilhava in huvo illa vahyun, yuhu ha. Va muhammad alayhissalom sizga keltirayotgan qur'onni o'z havoyi xohishi bilan so'zlamaydi. U qur'on faqat alloh tomonidan payg'ambarga vahiy qilinayotgan bir vahiydir.

Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam omonatdorlar. Alloh taoloni bironta so'zini buzmaydilar, bironta so'ziga xiyonat qilmaydilar, qoldirib qo'ymaydilar. Va bu narsa qo'shmaydilar. Dalil keyingi g'oya. Astadibillah. Valau taqovvala alayna ba'dul aqovil la axodna minhu biliyamin, sun ma'lo qatonna minhul vatin.

Agar Payg'ambar bizning sha'nimizga, biz aytmagan ayrim so'zlarni to'qib olganida edi, albatta biz uning o'ng qo'lidan ushlagan, so'ngra albatta uning shoh tomirini uzib tashlagan bo'lar edik. Demak, mana shu oyatlardan tushunyapmizki, Muhammad alayhissalom Allohdaan qanday kelgan bo'lsa, shunday yetkazganlar.

Olib tashlamagan, qo'shmagan, xiyonat qilmagan, unutmagan. Biz aytgan so'zni o'zgartirganida, qo'shib qo'yganida, shoh tomirni uzib tashlardik deyapti. Agar bu Qur'oninglar o'zlarini gapiga ergashishsa, faqat Qur'on bilan yashaymiz desa ham, Muhammad alays salomga ergashish kerak ular. Qaytaramiz. Qur'onni o'zi yetadi, faqat Qur'on bilan yashaymiz degan gapiga amal qilishsa, baribir Muhammad alayhissalomga ergashishligi kerak. Chunki Qur'onda juda ko'p oyatlarda Muhammad alayhi assalomga ergashishlik haqida Alloh Taolo buyruqlarni bergan. Sizlar deb beringlar, qul in quntum tohibuna alloha fattaba uniy. Ayting, ey Muhammad alayhissalom. Agar Allohni sevsangiz, menga ergashinglar. Shunda Alloh sizlarni sevadi, gunohlaringizni mag'firat qiladi. Mana. Qur'onni o'zi yetadi deyapsanmi? Shu Qur'onda Alloh Muhammad alayhi salomga ergash deyapti. Keyingi oyat. Astag'firulloh. Qul atiulloh avar rasul. Fain tavallav, fainna Allaha yuhibbul kafirin. Yuqoridagi oyatning davomi. Ayting, Alloh va Payg'ambarga itoat qilingiz, agar yuz o'girsalar, bas, albatta Alloh bunday kofirlarni sevmas.

Allohga va Payg'ambarga itoat qiling. Tushunarlimi? Payg'ambariga itoat qilmayman degan odamni Alloh Taolo kofir deb aytyapti. Ikkala oyatda ham Payg'ambarimiz Sallallohu alayhi vasallamga ergashlikka buyurilyapti. Muhammad alayhi salomga ergashmagan odamni dinsiz deyapti bu oyat. Muhammad alayhissalomga ergashlik itoat qilishlik iymonni sharti. Bunga o'xshagan oyatlar bilan keltirsak bo'ladi.

Payg'ambarimiz aytadilar, ala inniy u titul kitaba va mifflah u manh u. Mana endi Muhammad alayhissalomg ergashligimiz kerakligiga hadisdan dalillar. Rasululloh aytadilar, ogoh bo'linglar, menga kitob va unga o'xshash ham birga berildi. Menda Qur'on bor va yana Qur'onchi ilm bor. Yana bir rivoyatda, ala inniy u titul qur'ana va nith la hu ma'hu dedilar. Ogoh bo'linglar, menga Qur'on va unga o'xsha yana bir narsa berildi.

Qur'oninglarning eng ko'zga ko'ringan birinchi xatosi payg'ambarga ergashlik kerak emas, sunnat kerak emas, Qur'on o'zi yetadi deydi. Mana shunday toifalarni chiqishligini Payg'ambarimiz bizga xabarini bir ming to'rt yuz yil burun aytib berib qo'ygan ekanlar. Mana hadisda o'qib beraman, xuddi Payg'ambarimiz ularni ko'rib turgandek aytib berganlar bu hadislarini.

Bu hadis imomahmaddan, ibn mojadan, rasululloh aytadilar. Yu shiku an yaquda rojul, muttahki an ala arekatixi. Yuhaddathu bi hadisi min hadifiy fayoqul, baynana va baynakum ketabulloh. Rasululloh aytyaptilar, yaqin orada bir kishi o'zining o'rindig'ida yonboshlab o'tirib olib, mening hadisim haqida gap kelsa aytadiki, oramizda Allohning kitobi bor. Fama vajadna fiihi min halalan istahlna nahu va ma vajadna fiyihi min haromin harron nahu. Payg'ambarimiz aytyaptilar, yaqinda shunaqa odamlar chiqadi, o'rindig'iga yonboshlab olib, Muhammad alayhissalomning hadis haqida gap kelsa, aytadiki, oramizda Allohni kitobi bor. Shuni yetadi. Unda nimani halol deb topsak, halol deb qabul qilamiz. Nimani harom deb topsak, harom deb hisoblaymiz, deydi deb Payg'ambarimiz bir ming to'rt yuz ulug'ni aytib qo'ydilar.

Yonboshlab olib, hadis haqida gap ketsa, hadisni nima qilasizlar? Qur'on turuti yetadi. Qur'on nimani halol degan bo'lsa, halol deymiz, nimani harom degan bo'lmasa, harom deymiz deb aytadi deyaptilar Rasululloh. Hadisni davomini o'qiymiz. Ala. Va innama harroma rasulullohi mislama harromalloh. Ogoh bo'linglar deyapti Payg'ambarimiz. Mana shu odamlarni chiqishligini aytib turib aytyaptilarki, ogoh bo'lingilar. Rasulullohning harom qilgani ham xuddi Allohning harom qilinganidek.

Alloh nimani harom qilgan bo'lsa, harom. Muhammad alayhissalom nimani harom qildigan bo'lsa, shunday harom u ham. Ba'zi bir narsalar oyat bilan harom bo'lgan, ba'zi bir narsalar payg'ambarimizning hadisi bilan harom bo'lgan. Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamga itoat qilishdan bosh tortgan odam jannatga kirmaydi. Rasululloh aytadilar: kulllu ummatiy yad xulu nal jannata illa man aba.

Ummatimning bosh tortganlaridan tashqari hammasi jannatga kiradi. Qol u ya rasululloh, man ya'ba. Yo rasululloh, kim bosh tortadi? Qola, man ato ani daholal janna va man asoniy faqat ada. Yo rasulullohni, bosh tortganlar kimlar? Rasululloh aytdilar: kim menga itoat qilsa, jannatga kiradi. Kim menga itoatsizlik qilsa, bosh tortgan bo'ladi dedilar. Imom buxoriydan. Mana birodarlar, Qur'oningizning asosiy da'vosi bo'lgan sunnatni inkor qilishlik, hadisni inkor qilishilikni nima ekanligini ko'rib chiqdik. Bir qancha oyatlar keltirdik, bir qancha hadislar o'qidik. Bular mana shu oyat va hadislarning hukmiga ko'ra dindan chiqib ketgan kofir muddatlar bo'ladi.

Qur'oningizlar sahoba ikromlarning fazlini inkor qilishadi. Sahobalarni fazilatini tan olishmaydi. Ular aytishadiki, sahobalar musulmonlar o'zlari to'qib olgan shaxslar. Musulmonlar sahobalarni iloh qilib olishgan deb tuhmat qilishadi. Bu ahli sunnaval jamoaga qilingan ochiq bo'xton va tuhmat. Hech qachon ahli sunnaval jamoa sahobalarni o'zlariga bur yoki sanam qilib olgan emas.

O'zi aslida sahobalarga ergashlikni ularni yo'lini mahkam ushlashligimizni zarur ekanligini Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bir qancha hadislarida bizga bayon qilib o'tganlar. Sahoba kim? Nabiy sollallohu alayhi vasallamning zamonida yashagan, u zotni ko'rgan, u zotga iymon keltirgan va iymonda ketgan kishi sahoba deyiladi. Payg'ambar biz bilan zamondosh. U zotni ko'rgan, u zotga iymon keltirgan va iymonda o'lgan odam sahoba deyiladi. Chunki zamondosh bo'lib, ko'rib, iymon keltirib turib, murtad bo'lib ketganlari ham bor. Ular sahoba deyilmaydi.

Sahobalar. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan keyin bizga ibrat bo'ladigan eng ulug' insonlar. Rasululloh aytadilar, inna alloh axtaroning vaxtaroli asxaban. Albatta Alloh Taolo meni tanlab oldi, meni tanlab oldu va menga sahobalarimni ham tanlab berdi. Muhammad alayhissalotu vassallamga yuboradigan risolatni u zotdan keyin insoniyatga yetkazishlik vazifasi, muborak sharafli burchi sahobalarda yelkasida qoldi.

Sahobalar Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning tarbiyasini olgan, islomni u zotdan to'g'ridan to'g'ri o'rgangan hurmatli kishilar. Ular haqida yomon gap gapirish mumkin emas. Ularda haqorat qilish mumkin emas! Bunday qilish Payg'ambarimning ta'limotiga, so'zlariga zid. Mana juda ko'p kitoblar yozilgan sahobalarning fazilati haqida, juda ko'p ma'ruzalar bo'lgan. Havas qilamiz ularni.

Bu Qur'oniylar sahobalarni tan olishmaydi. Bular musulmonlar o'zlari to'qib olgan but va sanamlar deyishadi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar la tasubbu ashabi mening sahobalarimni so'kmanglar. Faolladi nafsi biyadiyhi, la muvaffaqa ahadukum, mitla uhidin dahaban, ma balag'o mudda ahadihim va la nasifahuh. Meni sahobalarimni so'hmanglar. Jonim uni qo'lida bo'lgan zotga qasamki, agar sizlardan bittanglar Uhud tog'idek oltinni inqil qilsanglar, ularning bir mudda yoki uning yarmiga ham yeta olmaysizlar.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sahobalari erishgan ajr savobni ozgina qismiga ham yeta olmaymiz, Uhud tog'iday oltinni ehson qilsak ham. Boshqa hadisda aytadilar, alaykum bi sunnatiy va sunnatil xulofoy rohiy din al mahdiyeen abadiy abdu alayha bin navajiz. Mening sunnatimni ushlanglar va mendan keyingi hidoyat topgan xalifay rojidlarning sunnatini mahkam ushlanglar. Unga og'iz tishlaringiz bilan mahkam yopishinglar. Rasululloh sahobalariga ergashishligini va xossatan o'zidan keyingi xalifalarga ergashishligini, to'rtta xalifaga ergashishligini Payg'ambarimiz buyuryaptilar.

Tushunarlimi? O'zi bu Qur'oniylar o'zi asli hadisni tan olmaydi. O'shaning uchun bu ma'nolarda ham ular tan olishmaydi da. O'sha sunnat kerak emas, hadis kerak emas, Qur'on o'zi yetadi degan gapi ularni kofirlar qatoriga olib kirib qo'yadi. Boshqa hadislarda Rasululloh aytadilar, sollallohu alayhi vasallam.

Innalloha azza va jalla ixtaroney. Albatta Alloh azza va jalla meni tanlab oldi. Vaxtaroli ashaban menga sahobalarni tanlab berdi. Faja alali minhum vo'zaro av ansorum va asharim. Ular orasida menga vazirlar, yordamchilar va qudandalarimni qildi. Kim ularni so'ksa, u ana shu so'kkan odam Allohning, farishtalarning va butun insonlarning la'natiga duchor bo'lur. Sahobani haqorat qilgan odam Allohning, farishtalarning, hamma insonlarning la'matiga qoladi.

Sahobalarni inkor qilayotganlar, ularni musulmonlar o'zlari o'ylab topgan shaxslar, o'zlarisi sig'inadigan butlarda ekan. Qur'oninglar la'nat ekanligi, kofir ekanligi mana shu hadislardan ma'lum bo'ladi. Ishonmanglar. Qur'onni o'zi bilan ketaveramiz, Qur'on yetadi. Biz Qur'onda hamma narsani bayonini, tafsillik qilib qo'yganmiz desa, o'sha gapga oldan beringlar. Birodarlar, Qur'onni tushunishlik sunnatsiz bo'lmaydi.

Demak, bular Qur'onni uzaytadi deydi. Sunnatni inkor qiladi, sahobalarni fazlini ham tan olishmaydi. Bularning to'rtinchi xatosi, ular ijmoni inkor qilishadi. Ijmo nima? Ijmo Muhammad alayhissalomning vafotidan keyin, u zotning ummatidan bo'lgan mushtohidlarning bir sharih hukmga ittifoqidir.

Bizni hujjat oladigan manbayimizni birinchisi Qur'on. Qur'ondan hujjat olamiz. Ikkinchisi, sunnat. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning hadislari, sunnatlari. Endi mana shu ikkalasida yo'q narsani ijmodan olamiz. Ijmo nima? Hozir aytdik. Rasululloh vafot etgandan keyin, Muhammad alayhissalomning ummatidan bo'lgan musulmon olimlarning mushtohidlari bitta masalada, bitta fikrga kelishdimi? Shu ijmo bo'ladi. Ijmo ummat deyiladi.

Ahli sunnaval jamoa ulamolarining jumhur ittifoq qilgan dalillar Qur'on, hadis, ijmo, qiyos. Va bundan tashqari yana manbalar bor, bularda ittifoq qilmagan ulamolar. Ammo mana to'rttasida to'rtalamas qilib tan oladi. Qur'ondan istaymiz, bir masalaga javobni. Agar unda bo'lmasa hadisdan istaymiz. Agar unda bo'lmoqda ijmodan istaymiz. Va agar undan bo'lmasa qiyosdan olamiz.

Ijmoga ergashlik vojib. Ulamolarning jumhur ittifoq qilgan dalillariga ergashlik vojub. Bu nima degani? Agar kimdir qaysidir bir zamonda ummat ijmo qilgan narsaga xilof fikrni ko'tarib chiqsa, xilof e'tiqodni ko'tarib chiqsa, uni bu so'zi, bu amali qabul qilinmaydi. Demak, ijmo qur'on va hadisdan keyingi uchinchi nima bo'ladi? Dalil hisoblanadi.

Ijmoga xilof gaplar qabul qilinmaydi. Mana sahobalarning fazilatini to'rtala masxab tan oladi, ikkala aqidam maktab tan oladi. Demak, ijmoo. Bular sahobalar kerak emas. Bular yo'q odamlar. Odamlar o'zlari to'qib olgan kishilar dedimi, ijmoga teskari gapirdimi, bu odamni gapi chekkaga suriladi.

Alloh taolo aytadi Qur'onda, istadvilla, fasal u ahli zikri in kun tum la ta'lamun. Bilmasanglar, ahli zikrlardan so'ranglar. Demak, bu oyatdan ma'lum bo'lyaptiki, hamma ham bilishi mumkin bo'lmagan narsalar bor ekan. Hamma ham ahli yeta olmaydigan narsalar bor ekan. Endi ana shu ahli yetmayotgan narsa haqida ilm egalarida nima qilish kerak? So'rash kerak ekan. Agar Qur'onni har kim o'zichasiga tushunib, tarjimasiga qarab turib, o'zichasida xulosa oladigan bo'lsa, hamma yoq favzo bo'lib ketadi, birodalar. Bardak bo'lib ketadi. Aytdik ku, anavi haqida. Uchta oyat bor.

Ikkitasi mansux, bittasi nosix. Sizdan ey Muhammad alayhissalom, aroq haqida so'rashadi. Ayting, aroqda odamlarga foyda ham bor, zarar ham bor, zarari ko'proq. Bu Madinani avvalida, hijratni avvali davrida. O'g'it g'azotiga kelganda ikki yil, uch yil o'tgandan keyin, ey mo'minlar, namozga mast holatda yaqinlashmanglar.

Bu Uxud g'azotidan oldin yoki keyin uchinchi, to'rtinchi yilda. Mana shu ikkala oyatni o'qib turib, Qur'onni o'zidan xulosa qilaman degan odam nima deydi? E to'xta. Namoz o'qib turib araz qilsa ham bo'ladi degan gap chiqyapti yu bu yerda. Deydi da, ha demak xuftondan keyin ishsa bo'laverar ekan. Ey mo'minlar, namozga mast holatda yaqinlashmanglar, toki nima deyotganinglarni bilib turinglar namozda. Desa, ha, demak, ichsam ham, namozda turib, nima deyotganimni tushunsam, demak bo'laverar ekan degan xulosa chiqadimi? Chiqadi da.

Lekin aroq haqidagi uch oloyatni bilgan, mushtohid olim aytadiki, uchinchi oyat, mana bu birinchi ikkita oyatni hukmini bekor qildi deydi. Qur'onni o'zi yetadi va hadisni o'zi yetadida deyotganlarda xatosi ham xuddi shu edi. Oyatni hadis sharhlaydi, hadisni mazhab sharhlaydi. Tushuninglar. Bu mazhab haqida ham aytib o'tib ketishimiz kerak. Qur'on bilan hadis yetadi deyotganlarni gapi ham chiroyli gap, lekin xato gap. Chunki hadisda ham, Qur'onda ham samolyot haqida gap yo'q. Konditsioner haqida gap yo't. Yo'l harakat qoidasi haqida, pravila dorojnogo dvijeniya. Gap yo't. Qur'on bilan hadis yetadi degan gap chiroyli gap, lekin xato gap bu. Qanaqa qilib tushuntirasiz mashinani? Hadis bilan Qur'on bilan? Axir yo'q u. Shuning uchun aytyapmiz, mazhab kerak deb. Uchinchi oyatda Alloh Taolo, bu ana shu Makka fathiga yaqin bo'lgan davrda, Alloh u'lam, albatta aroq, qimor, cho'plar bilan fol otishlik shaytonning amallaridan bo'lgan najosat. Bas, undan uzoq bo'linglar dedi.

Shu uchinchi oyat avvalgi ikkita oyatni bekor qilib tashlaydi hukmini. Ha, bu ikkala oyat o'qisak, har bitta harfiga o'ntadan savob olaveramiz. Qur'onning oyatlari, ammo hukmi ishlamaydi. Uchinchi oyat bekor qildi. Shuni bilmagan odam, bu Qur'oninglar aytgandaqa Qur'onni o'zi o'qib, xohlagandaqa tushunsa, arog'i chiqadigan ham ko'payib ketadi oramizda.

Islomni Islom bilan yo'q qilishlik uslubini qo'llayapti da dinimizni dushmanlari. Musulmonni, musulmonni qo'li bilan yanchiyapti. Dinni noto'g'ri targ'ib qilish bilan, oyat hadisni noto'g'da talqin qilish bilan. Tushuninglar. Qur'onni o'zi bilan ketaman deyishlik ochiq zalolat. Qur'on va hadisni o'zi aytadi, boshqa narsa kerak emas deyishlik ham aniq adashishlik. Hozir aytdik ku, zamonimizda chiqayotgan yangi masalalarga Qur'on bilan hadisda javob yo'q. Pryamoy tekstilda javob yo'l. Lekin ana shu Qur'on va hadisni ilmidan ulamolar ishlab chiqqan qoidalar majmuasi bor. Shu qoidalarga solamiz, yana necha ming yil bor insoniyat, yangi chiqayotgan masalalarga shu qoidalar asosida javob berilaveradi.

Bizni birinchi dalilimiz Qur'on. Ikkinchisi sunnat, uchinchisi ijmo, to'rtinchisi qiyos. Mana shu to'rtta dalil to'rala mazhabda bir ittifoq qabul qilingan. Undan tashqari yana saddu zaroyi, urf, masolihul mursala degan qoidalar bor, mana shu dalil olinadigan manbalar. Bular to'rala mazzab o'rtasida ittifoq qilinmagan, shuning uchun to'rttasilar aytilinadi.

Mana shu ijmoning hujjat ekanligiga Qur'onning ushbu oyati dalil bo'ladi. Asta aytib beringlar. Voman yusha aqiqir rasula min badima tabaygana ala hul huda, voyatda bi g'oyro sabili il muminin, nuvalli hima tavallaa va muslihi jahannam va sa'atmas iro. Niso so'rasin. Kim haq yo'lni aniq bilganidan keyin payg'ambarga xilof ish qilsa, va mo'minlarning yo'llaridan boshqa yo'lga ergashib ketsa, biz uni ketganicha qo'yib beramiz, so'ngra jahannamga doxil qilamiz. Naqadar yomon joydir u.

Ya'ni haq ma'lum bo'lgandan keyin, haq ayon bo'lganidan keyin, Payg'ambarga teskarish qilsa kim? Va musulmonlarning yo'llarida boshqa yo'llga ergashib kessa. Mana shu ijmoiy ummat. To'rali mazhab ming yildan ortiq, bir ming ikki yuz yildan orti q, mana shu musulmonlarning ijmosi bo'ladi, musulmonlarning yo'li bo'ladi. Kim mana shu ahli sunna va jamoaning yo'liga xilof ish qiladigan bo'lsa, bu haqdan chiqib ketgan odamlar bo'ladi.

Qaranglar. Mana shu oyatda mo'minlarning yo'llaridan boshqa yo'l ergashib ketsa, ummat bir ming ikki yuz yildan beri ikkala aqida maktabini to'g'ri, to'rala fiqhiy mazhabni to'g'ri deb kelyapti mana shu ummatning yo'li. Mana shundan kim chiqib kelsa, Alloh Taolo uni ketgan joyigacha qo'yib qo'yamiz, keyin jahannamga kiritamiz deyapti.

Bu ummat zalolat ustida jamlanmaydi. Ummat bir masalada bir fikrga keldi, ijmoga keldimi, demak shu narsa to'g'ri. Dalil, Payg'ambarimiz aytadilar, sa'ltu robbiy alla tajetamiya ummatiy ala dolalatin fa atoniha. Imomahammad rivoyatida. Robbimdan ummatim zalolatda jamlanmasligini so'radim, uni menga ato qildi.

Xato ishni usti ummatim birlashmasin deb so'rovdim, Alloh berdi. Demak bir masalada ummat ijmo qilgan bo'lsa, xoramligiga, shu narsa to'g'ri bo'ladi. Chunki mana hadisda dalolat shunga ishora qilyapti. Boshqa hadisda la tajitami u ummatiy ala dalolatin dedilar Rasululloh. Meni ummatim zalolatni ustida jamlanmaydi.

Boshqa bir hadisda Payg'ambarimiz aytadilar, innalloh ala yajmu va hadihil ummataa ala dalolatiyin abadann. Albatta Alloh Taolo dedilar Rasululloh. Bu ummatni hech qachon zalolatda jamlamaydi. Ahli sunna va jamoaga hujum qilgan, aqidasiga hujum qilagan mutazalalar chiqdi. Jabariyalar chiqdi, karromiyalar chiqdi. Payg'ambarimiz aytgan yetmish ikkita firqa chiqdi.

Lekin ularni usti ummat jamlanmadi. Demak, noto'g'ri edi ekan u. Mutazilinglar yigirma yil davomida xalifaning qilichi bilan ummatni o'zini aqlidasiga majbur qildi. Lekin zalolat bo'lgani uchun ummat shunda jamlanmadi. Yigirma yildan o'tgandan keyin yo'q bo'lib ketaverdi. Yana qaytarib aytamiz, bu ummat hech qachon zalolatni ustida jamlanmaydi.

Allohning qo'li jamoat bilan birgadir. Kim ajralsa, jahannamga ajraluvdilar dedilar rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Demak, qur'oninglar inkor qilayotgan ijmo, ummatni adashib ketishdan to'sib turadigan bir to'siq ekan. Modomiki, ummatu muhammadiyaning ulamolari, mushtohidlari ijmoni dalil ekaniga ittifoq qilishibdimi? Demak, yuqoridagi hadislarning dalolatiga ko'ra shu narsa haq bo'ladi. Yuqoridigi dalillardan shariatimizda ijmo qat'iy dalil ekanligini bilib oldik.

Qat'iy dalilni inkor qilgan kimsa esa, dindan chiqib kofir bo'ladi. Bu degani, kim ijmoni inkor qilsa, dindan chi qib ketadi degani. Alloh azza va jalla, haqda bardavom bo'lishimizga o'zi tavfiq bergan bo'lsin. Aquli qovli ha da va astag'firullohu alayhi valakum. Innallohu va malayka tug'ush sollavun ala nabi. Ya yuhalladina amanu, sollallohu alayhi va sallimu taslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Keyingi darsni tinglashFirqalar