Bismillahir rohmanir rohim. Innahl hamdali'llahi nahmatuhu onasida, inuhu onasida g'ofiruh. Va na'udhu billahi min sururiyan husina va min say'ati amalina. Man yahdihillahi falah muvillala. Va man yug'ililgu falah hadiyala. Va nashadvalloh ilohi illallohu vahdahlash sharikala.
Va nashhadu anna muhammadani abduhu va rasuluh, ammabad, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatuh. Qur'oninglar sunnatni inkor qiladi, ijmoni inkor qiladi va qiyosni inkor qilada. Birinchi dalil oladigan o'rnimiz bu Qur'on, ikkinchisi sunnat, uchinchisi ijmo, to'rtinchisi qiyos. To'ralamasga mana shu to'rtta manbaga ittifoq qilgan. Kitob, sunnat, ijmo, qiyos.
Beshinchisi, ular qiyosni inkor qilishadi. Aytdik, qiyos ahli sunnaval jamoaning hujjat manbalaridan to'rtinchisi. Qur'on, sunnat, ijmoo, qiyos. Qiyos nima? Qiyos o'xshash holatlar asosida hukm chiqarishlik. Ya'ni bir narsani halol yoki haromligi haqida Qur'onda ham, hadisda ham dalil yo'q. Nima qilamiz desa, mana shu Qur'on va hadisda aytilingan halol yoki haromm narsalarga qiyoslaymiz. Masalan, narkotik moddalar. Geroin deydi, kokain deydi yoki hozirgi manaqa tabletkalar bilan o'zlarini mast qilishlik bo'lyapti. A Qur'on o'zi yetadi deyotgan odam shu yerda to'xtaydi. U narkotik moddani harom deya olmaydi, chunki Qur'onda yo'q. A demak issiq bo'laverar ekan da buni. Yoki tabletka bilan o'zini mast qilish, aptekadagi tabletka bilan. Hadisda yo'q. Demak Qur'on bilan hadisda yo'g'i bo'lsa, bo'laverar ekandan keyin xulosa bo'ladi. Mana shu o'rinda qiyos ishga tushadi. Bir narsani harom yoki halollikdagi o'xshashlikni inobatga olgan holda hukm chiqarishlik. Shuning uchun qiyosni inkor qilishlik bu ochiq zalolat bo'ladi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam Muozomni Jabal roziyallohu anhuni Yamanga yuborayotib, hukmni qayerdan olasan?
Allohni kitobidan dedi. Agar unda topmasang chi, unda Payg'ambarining sunnatidan dedi. Rasululloh yana so'radilarki, agar sunnatni ham topa olmasang nima qilasan? Muozimni javval, unda men ishtixod qilaman. Ya'ni ishtixod qolaman, holatga qarab turib, Qur'onda hadisda aytilgan narsalarga taqqoslab turib, qiyoslab turib ishtixod qilarman, javob aytaman dedi.
Payg'ambarimiz nima dedilar? Bu sahobasining javobini eshitib, Allohga hamd bo'lsin. U zot Rasulullohning elchisini o'zi va Rasuli rozi bo'ladigan yo'lga yo'lladi. Demak zamonga qarab turib, sharoitga qarab turib , voqeaga qarab turib ishtixod qilaman deb aytyapti. A bu Qur'oniynilar Qur'on o'zi yetadi deyapti, sunnatni ham, ijmoni ham, qiyosni ham inkor qilishyapti.
Demak, qiyosni inkor qilishligi Qur'oniylarni ochiq zalolat va adashlik hisoblanadi. Oltinchidan, ular musulmonlarning rahbarlariga, yetakchilariga, muftiylarga, ulamolarga itoat etishlikni ham rad qilishadi. Alloh Taolo nima deydi? Istadi billa, ya ayyu halladina amanu atiullohu va atiur rasuluh va ulil amri minkum.
Ey mo'minlar, Allohga, Rasuliga va o'zinglardan bo'lgan ish egalariga itoat qilinglar. Demak, mana shu oyatdan musulmon kishi o'zini rahbariga, muftiysiga, boshliqlarga itoat qilishligi vojib bo'ladi. Modomiki bu rahbarlar ochiq ma'siyat gunohga buyurmas ekanmi, ularga itoat kilishlik lozim va obid bo'ladi. Qaytarib aytamiz. Ana shu yetakchi rahbarlar ochi'q gunoh ma'siyatga buyurmayaptimi, itoat kilishligi lozim, lobud bo'ladi. Chunki oyatda Allohga, Payg'ambar va o'zingizdan bo'lgan boshliqlarga itoat qilinglar deydi.
Yettinchidan, Qur'oninglar, namozda har kim Qur'onni o'zini ona tilisida o'qishligi joiz deydi. Namozda Qur'onni ona tilida o'qishlikni joiz deyishadi. Ummatu muhammadiya namozda Qur'on faqatgina arab tilida o'qilishligi lozim ekanligiga ittifoq qilishgan. U ma'nosini tushunadimi, tushunmaydimi, farqsiz. Namozdagi qur'on fa qat arab tilida bo'lishi kerak.
Alloh Taolo Qur'onda aytadi, astaydu billah, innah anzallahl qur'an ana a'robiy yan la allakum ta'qilun. Albatta, biz bu Qur'onni arab tilida nozil qildik. Shoat aql yurgizasizlar. Bu shu kungacha ummatu muhammadiya namozda Qur'onni faqatgina arab tilida o'qishligi kerak degan so'zda ittifoq qilgan, shu bilan kelgan.
Endi, bular Qur'oninglar, Qur'onni o'zlari o'sha tarjimasini o'qib olib turib, shundan o'zimiz xulosa olib, tushunib, xulosa qilib ketaveramiz deydi. Bu albatta xato. Qur'onni tushunishlik uchun birodarlar tafsir kitoblariga murojaat qilish kerak. Ibn Kasir, Imom Suyuti, Imom Qurto'biy, Imom Tabariy. Mana shu kishilarning tafsirlari orqali Qur'on oyatlarini ma'nolini tushunishimiz mumkin. Chunki Qur'onni o'zida o'qib tarjimasidan, matnidan xulosa qilaman desangiz, avvalgi darslarda aytdik, aroqni ichishlikka ham ruxsat chiqib qoladi. Bu Qur'on oyatlarini, mufassirlarning tafsilotlarini o'qib, keyin to'g'ri tushunamiz.
Adibni Xotamud Toyidek ulug' sahoba Qur'onda oq ip, qora ipdan ajraguncha, saharlik qilaveringlar, yeb ichaveringlar desa, shunday so'zma so'z tushunib olib turib, yostig'ini ustiga ikkita ipni qo'yib oldi. Bitta oq, bitta qora. Shunday qarasa, ajramayapti, hali qolaman. Yeyaverdi. Yeyaverdi! Ha kun yorishib kelsa ham ajramayapti, yeyaverdi. Noto'g'ri tushunibdi. Bundan ma'lum bo'ladiki, Qur'oning tarjimasini o'qib turib, xulosa qilaman degan odam mana shunday adashadi.
Qur'oninglarni muammosi nimada? Ular ana shu oyatlarni tarjimasini o'qib olib, o'zi xohlagancha talqin qilishadi. Bu xato. Qur'on oyatlarining ichida muhkam oyatlar bor, mutashobih oyatlar bor. Om oyatlar bor, xos oyatlar bor. Mutloq oyatlar bor, muqoyat oyatlar bor. Nosix oyatlar bor, mansub oyatlar bor. Ularda farqiga bormagan odam aniq adashadi. Metal.
Metal desa nimani tushunasizlar? Mana armaturani tushunasilar. Shuylami metal? Yo'q. Oltin ham metal. Kumush ham metal, alyumin ham metal, po'lat ham metal, latun ham metal, mis ham metal, a? Bir xilgi metalni tonnasi yetmish ming so'm bo'lsa, bir xilgi metalda grammi besh ming so'm. Lekin hammasini nomi nima? Metal. Xuddi shunga o'xshaganidek, oyatlarni ham birini ikkinchisidan farqi bor. Bu katta ilm, birodarlar. Bu chuqur ilm. O'ylamanglar, Qur'onni tarjimasini oldi, bir qator o'qib chiqdi. Bu Qur'oni o'rganib qo'ygan odam, tiyilmaydi.
Senga ana shu Qur'on oyatini tarjimasini o'qitib, shunga amal qildirib, dindan chiqarib yuborishi mumkin seni. Ana shu Qur', Qur'on oy'atiga amal qilyapman deb seni aroqxo'r qilib yuborishi mumkan. Ularning xatolaridan keyingisi, sakkizinchisi, hammani kofir deyishadi bular. O'zi bu nuqta o'zidan boshqani kofir deyish, zalolatda deyishlik, adashgan toifa, adashgan firqalarni hammasida bor.
Biz bilan emasmi, demak adashgan. Biz bilan emasmik, demak zalolatga ketgan. Qur'oninglar ularga qo'shilmaganlarni kofir deyislikka shoshilishadi. Tezda kofir deb ayblashadi. Shialar, Qur'oniylar, murjiyalar, habashiylar, hashariylar, mana shu ahli sunnadan chiqib ketgan, zaloratga ketgan toifalarni hammasi o'zidan boshqani hammasini adashgan deydi, kofir deydi.
Zaloratga ketkan, adashgan firqalarni hammasida shu narsa bor. Bizga qo'shilmaganki odam, adashgan, zaloratiga ketgan. Ularni shiori biz bilan bo'lmaganlar yo kofir, yo adashgan. Ammo ahli sunnaval jamoa muhokama bilan, sabr bilan, ilmiy yo'li bilan tushuntirishlik yo'lini tanlaydi.
Endi ahli sunnaval jamoa bularga o'xshab bir odamni kofir deyishlikka shoshiladimi? Yo'q, shoshilmaydi. Uni kofir bo'lishiga sabab bo'ladigan hamma shartlarini, to'siqlarini hisobga oladi. Masalan, ibnaxajar haytamiy aytadiki, agar bir amal haqida, masxablardan hech bo'lmasa, bittasida uni kufr deb hisoblamasa, unda u amal uchun taklif qilish mumkin emas.
Lekin bitta dalil bor, bu ish uchun kofir bo'lmaydi degan. Ozgina ilasha oladigan joyi bor. O'sha bilan ushlab turib, bu musulmonda fatvo qilib bersin deydi. Mulla Ali Qori shunday deydi. Agar bir insonni kofir deb ayblash uchun to'qson to'qqizta sabab bo'lsa yu, uni musulmon deb hisoblash uchun faqat bitta sabab bo'lmasa, muftiy yo qozi ana shu bitta sababga tayanishlari va u insonni musulmon deb e'lon qilishlari kerak.
Demak, bu fikr Qur'on va Sunnatga, salafi solih va barcha zamonlardagi muhtaram ulamolarning fikriga mos keladi. Faqatgina zalolatdagi firqalar tarix davomida boshqalarni noto'g'ri deb kofirga chiqarishlik bilan mashg'ul bo'lgan. Biz, birodarlar, bu darslarimiz orqali Qur'oniylar degan firqaning zalolatini tushuntirib berishlikka bir harakat qilgan bo'ldik.
Qur'oniylarning xatari. Qur'oniylarning ta'limoti shariat asoslarini inkor etish sababli quyidagi xatarli oqibatlarga olib keladi. Birinchisi, hadis va sunnatni rad etish bilan islom dinining katta qismini yo'qqa chiqarishadi. Shu ularni kofir deyishlikka kifoya qiladigan dalil. Sunnat kerak emas, hadis kerak emas dedimi, tamom, kofir bu.
Ikkinchidan, har kim Qur'onni o'zicha talqin qilib, dinda parokandalik keltirib chiqaradi. Uchinchidan, mutashobih oyatlarini noto'g'ri tushunib, botil xato xulosalarga kelib qolishadi. To'rtinchidan, hadissiz namoz, ro'za, haj, zakotga o'xshagan amallarni to'g'ri tushing deydi, imkoniyati bo'lmaydi. Alloh Taolo namoz o'qinglar dedi. Tafsilotda hadisdan. Alloh taolo zakot beringlar dedi. Nimadan qancha zakot berish kerak, hadisdan. O'shaning uchun hadis kerak emas deyotgan paytda bular, bular dindan chiqqan kofirligi shubha yo'q.
Beshinchidan, ulamolarni inkor qilish natijasida diniy ilmni uzluksiz silsilasi uziladi. Bizdagi kitoblar, o'sha yozgan ustozlar, ularni ustozi falonchi. Uni ustozi faloncha. Uni ustozi paloncha bo'lib turib, Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamga boradi. Ya'ni bu shar'iy ilmlar, fiqhiy ilmlar, aqidaviy ilmlar silsilasi bor. Sizni ustozingiz ustozda o'rgandi, u ustozda o'gandi bo'lib turib Payg'ambarimizga borib ulanadi. Bu biz aytayotgan sunnat kerak emas degan Qur'oninglarni silsilasi yo'q. Bular yaqinda paydo bo'lgan. O'n to'qqizinchi asr oxirida paydo bo'lgandi bular.
Asta sekin islom nomidan nafsiga mos erkin islom yo'nalishi paydo bo'ladi. Har kim Qur'onni o'qiydi, o'zichasiga xulosa chiqaraveradi. Ulamolarning bu oqimga munosabati. Islom ummati ulamolari hadis va sunnatni inkor qiluvchi bunaqa fikrlarni mutlaqo noto'g'ri va mutlaqo bid'at deb biladi.
Avvalambor Qur'oni Karimni o'zida Payg'ambarimizga ergashlik haqida bir qancha oyatlar bor. Va Payg'ambar bizning sunnatiga ergashmaslik, u zotga ergashmaslikni xatar ekanligini ogohlantirgan oyatlar bor. Astadibillah, tal yahdar illa dinayu xolifuna an amrihi antusi bahum fitnatun av yusi bahum adabun alim. Payg'ambarning ishiga xilof ish qiladigan kimsalar o'zlariga biron fitna, kulfat yetib qolishidan yoki alamli azob yetib qolishida hazir bo'lsinlar, ehtiyot bo'lsinlar. Payg'ambarni yo'liga teskari yurgan, Payg'ambarni ishiga teskari ish qilganlar hushyor bo'lsa, nimadan? Ustiga fitna yetib qolishi mumkin, ustiga alamli azob yetib qolishi ma'qul. Shu oyatda ham o'qisharmikin ular?
Ha, o'qiydi, o'zi xohlagandaqa talqin qiladi da. Sahobalar, tobeinlar, tobeinlar qanday tushungan bo'lsa, ular ham shunday tushungan edi, bunaqa muammo bo'lmas edi. Biz akalar kitob, sunnat va salafi solihiylarning fahmi bilan ushaymiz dinimizni. Qaytaramiz. Kitob, sunnat, va salafi solihinglar qanday tushungan bo'lsa, oyat hadislarini, shunday tushunamiz. Va mana shu toifa ahli sunnaval jamoa deyiladi.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o'zi mana yashab turgan zamonlarda ogohlantirib qo'ygan ummatini. Nima deb? Shunaqa toifalar chiqadi. Ayni sunnatni inkor qiladigan toifalar chiqadida deganlar rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Rasululloh aytadilar yuvishiku an yaqu udar rojul mutta akani ala arakati. Yuxaddathu bi hadithi min hadithiy fayqul baynana va baynakum kitobulloh. Fa ma vajad na fiihi min halalin istahlal nahu va ma vajad na fiihi min haromin harron nahu. Ala va innama harroma rasululloh, mitlama harrom alloh.
Rasululloh aytyaptilar, yaqin orada bir kishi o'zini o'ring'ida yonboshlab o'tirib, mening hadisim haqida gap ketsa, aytadiki, oramizda Allohnin kitobi bor. Shuni o'zi kifoya. Unda nimani halol deb topsak, halol deb qabul qilamiz. Nimani harom deb topsak, harom deb hisoblaymiz. Ya'ni mening hadisim haqida gap kelsa, nima qilasizlar hadisni? Mana Qur'on turibdi yu. Qur'ondagi halol halol, Qur'ondagi harom harom. Deydi, shunaqa odam chiqadi, yonboshlab olib, o'tirib gapiradi. Rasululloh aytyaptilar, ogoh bo'linglar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning harom qilgani ham xuddi Allohnin harom qilganidek.
Nimani tushundik bu hadisdan? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir ming to'rt yuz yil avval bunaqa odamlarda chiqishini aytib qo'ygan ekanlar. Biz uchun yangilik emas ekan a? Imom Suyuti payg'ambarimizning hadislarini inkor qiluvchilari haqida shunday deydi. Shuni bilingki, Alloh sizga rahm qilsin, hadisning xoh qavli, xoh amaliyisini bo'lsin. Ma'lum shartlarga ko'ra dinning asosiy maqsadlarida hujjat bo'lishini inkor etgan kishi kofirdir. Islom doirasidan chiqib, yahudiy va nasroniylar yoki kofir firqalardan o'zi xohlaganiga borib qo'shilgan kimsadir.
Ibn Hazm aytadi. Agar bir kishi biz faqat Qur'onda ko'rgan narsamizga amal qilamiz desa, butun ummat ijmosi ila kofirdir. Bu Ibn Hazmning so'zi. Abu Qilob aytadi, agar bir kishiga hadisdan so'z ochgan chog'ingda u hadisni qo'y. Bizga Allohni kitobidan gapir desa, bilgingki u zalolatga ketgan kimsadir.
Ulug' muhadislardan Is Hokimni rahmatulloh aytadi, Rasulullohning sahih hadislaridan birini eshitib, xotirjamgina uni rad qilgan kishi kofirdir. Hadislarni, ayniqsa mutavotir hadislarni inkor qilish ochiq kufr. Qur'oninglar faqat Qur'on deyishadi. Sunnatni, sahobalarni, ulamolarni inkor qilib yurishadi.
Bu islomni parchalash, ummatni adashtirish va bid'atga boshlashdir. Ular Qur'onni islomdagi yagona manba deb e'lon qiladi. Shu orqali payg'ambarning sunnatini, ulamolarning yagdid ijmosini inkor qiladi. Qur'on va Payg'ambarning Sunnati islom aqidasining asosiy manbalari. Qur'on shariatda, hukmlarda birinchi o'rinni egallaydi, undan keyin Sunnat turadi. Sunnat Qur'on oyatlarini bayon va izoh qilib beruvchi manba.
Islomda mana shu asosiy qoidani inkor etish zalolat hisoblanadi. Biz ahli sunnaval jamoa qur'onga ergashamiz, sunnatga ergashamiz, ijmonga ergashamimiz va qiyosga ergashamiz. Bunday ilmsizlar bilan, hikmat bilan, muloyimlik bilan muomala qilamiz. Shu hujjat dalillar aytilgandan keyin ham, sunnat kerak emas degan bo'lsa, kofir ekanligini ochiq oydin aytamiz.
Xulosa. Qur'oninglar oqimi islom ummatining asosiy e'tiqodiy va amaliy manbalardan biri bo'lgan sunnatni rad etganligi sababli, u zalolatdagi toifa sifatida baholanadi. Bu oqimni da'volari dinni o'z asoslaridan ayirib, har kim o'zicha tushunishiga olib keladi. Bu bo'lsa, dinda parokandalik, fitna va buzilishga sabab bo'ladi. Mo'min kishi bunaqa oqimlardan ehtiyot bo'lishi kerak. Qur'on va sunnatga, ijmoiy ummatga, qiyosga amal qilishligi kerak. Quron va hadisni salafs soliqlarning fahmi bilan tushunishligi kerak bo'ladi. Mana shunda islom mukammal va xolis holda saqlangan bo'ladi.
Alloh azza va jalla mana shunday bir zalolat toifalariga, firqalarga qo'shilib qolishingizdan o'zi hammamizga panoh bergan bo'lsin. Aqulu qovli ha'da va astag'firulloh ili valakum. Innallohu va malaka tug'usul lun ala nabiy. Ya yuha alladina aminu, sollallohu alayhi vasallimu taslima, va assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.