Maviza
—Qoralama52 daq

Sahobalar hayoti

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
52:01
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilen amin. Vassalatu vassalamu ala saidina muhammad as sodiqul va'dil amin. Allohumma la ilman la la la la la la ila ma'allam tana innaka antala alimul hakim. Allohumma al im la la la la la ya'nfauna vam fa'nabiy ma'allam tani vaziridna ilma. Va alina al haqqi haqqon va zuhnat tibabi, va alina al ba'tila ba'tila va zuhnat jdi navba, va ja'annam min ma'yasida, min unal qavli hayatda bi una ixsana. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh.

Bismillahir rohmanir rohim. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sahobalarini hayotini o'qishlikda bugun abdullohimni ma'sud roziyallohu anhu haqqi bo'ladi. Birodalar, mana tarix. Sirat. Sahobalarning tarixi sirati. Buni qanday o'rganamiz va undan qanday xulosa nima olamiz? Tarix, sirat ikkita narsa. Voqealar va nususlar.

Biz faqatgina bo'lib o'tgan ishlarni, tarixiy voqealarni shunday bo'lgan ekanda bilan o'tib ketadigan bo'lsak, bu siratdan ko'zlangan maqsadga yetolmabmiz. Biz tarix kitoblarida keltirilgan voqea hodisalarni o'qib o'rganamiz va ulardan xulosa ibrat chiqarib olishligimiz kerak bo'ladi. Shunda siz bilan biz siyratdan ko'zlagan maqsadimizga yetishligimiz mumkin bo'ladi. Agar biz tarixni, agar biz siyratni mana shu yo'sinda o'rganadigan bo'lsak, kundalik hayotimizda kerak bo'ladigan yo'llanmalarni, ko'rsatmalarni albatta topamiz. Avvalgilar bunday bunday qilishuvdi, bunday bunday bo'ldi, demak bunday qilib bo'lmaydi.

Avvalgilar bunday bunday qilishganida mana oqibatga keldi, demak bunday qilib bo'lmaydi. Xulosa chiqarishlikni bilishligimiz kerak. Faqat tarix qatorini o'rganib qo'ymaymiz bir qator eshitib. Bu ulug' sahobani hayoti, ibodati, fazilati, zohidligi, birodarlar, bularni o'rganishlikdan avval biroz siyrat mavzusi haqida bir to'xtalib o'tishimiz kerak bo'ladi.

Abdulloh ibn Mas'ul. Ko'pchilik odam orasida turganida u odamni birov ajrata olmas edi. Yolg'iz turganda ham birov parvo qilmas edi. Bo'yi paka edi. Jussasi kishi kerak edi. Og'rig' edi. Badavlat insonlarga beriladigan mol u davlatdan ham bebahra. Baquvvat insonlarga berila oladigan quvvatdan ham uzoq. Obro' e'tiborli kishilarga beriladigan hurmat e'tibordan ham benasib edi. Umuman ko'rimsiz odam edi. Bo'yi kichkina, arvoq, na puli bor, na mansabi bor, na quvvati bor. Deyarli hech narsasi yo'q.

U juda kambag'al, jismi oriq va kichkina hamda obro' nufuzga ega emas edi. Ammo islom unga, faqirli va kambag'al yoniga, kesroq va qaysarning xazina bolalari ega bo'lmagan katta boylikni berdi. Jismoni zaif. Ligini o'rniga tarixni o'zgartirishlikka sabab bo'ladigan, zolimlarni chekintiradigan irodani ato etdi. Hech qanday hurmat e'tiborsiz yashayotgan hayotining o'rniga abadiylik, ilm, sharaf ilon etib, natijada u tarixda o'tgan buyuk peshvolarni ulug'iga aylandi.

Hammamiz e'tiqod qilishimiz kerak bo'lgan narsa shuki, sahobalarni robbisi, birodarlar, siz bilan biz ham robbimiz. Shundaymi? Shunday. Alloh taolo joriy qilgan qonun qoidalar, va'dalar, bashoratlar hammasi o'zini o'rnida turibdi. Sahobalar ana shu bashoratga ishonib, vaidlardan qo'rqib, payg'ambarimizni ko'rsatmasiga amal qilgandek, biz ham amal qilsak, Alloh ularni aziz qilib mukarram qilgandek bizni ham aziz mukarram qiladi. Bunga iymon keltirishimiz kerak.

Mo'min kishi qaysi zamonda, qaysi yerda yashamasin, bu qonunlarni hammasi uni ustida joriy. O'sha paytda bir bo'lgan edi, bo'ldi endi tugadi. Bu gap noto'g'ri. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sahobalarini behojat qilgan, boyu badavlat qilgan, kuchli quvvatli qilgan zot, siz bilan bizni ham kuchli quvvati qiladi. Ularning yuksaltirilgan zot azza va jalloh bizni ham yuksaltiradi. Din zohir bo'lishi kerak edi, Alloh a'lod u zohir bo'ldi, tugadi. Bu noto'g'ri fikr. Din zohir bo'lishi kerak edi, zohir bo'libdi va qiyomatgacha zohir bo'la. Agar mana shu dinni bayrog'ini ko'taradigan, sahobalardek mehnat qiladigan ummatlar bo'ladigan bo'lsa.

Qoida. Agar kishi shariat qoidalariga amal qilsa, albatta mana shu qilgan ishining mevasidan ikki dunyoda foydalanadi. Qaytaramiz. Agar kishi din, shariat qoidalariga amal qiladigan bo'lsa, albatta mana shu qugan mehnatini samarasidan ikki dunyodan foydalanadi. Dunyoda aziz mukarram bor yashaydi. Qo'lida puli bo'lsa ham, mansabi bo'lsa ham bo'lmasa ham. Oxiratda esa albatta Alloh Taoloning diydoriga erishadi. Bu darslardan birodarlar olishimiz kerak bo'lgan asosiy qoida, asosiy xulosa mana shu bo'ladi. Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhun. Nima bilamiz bu kishi haqida? Kim edi va kimga aylandi? Agar rasululloh sollallohga sahoba bo'lmaganida, bu kishini ming yildan ko'proq bo'lgan bo'lardi, odamlar atanakvaga qo'ygan bo'lar edi. Ammo bu kishi nimasi bilan tarixda qoldi? Rasulullohga bo'lgan iymoni bilan, Allohni yo'lida qilgan xizmati bilan.

Bu ulug' sahobaning kuniyasi Abu Abdurrahmon edi. Onasi Ummu Abd. Abdulloh ibn Mas'ud. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkada hali arqonning hovlisiga kirmasdan avval iymon keltirgan edi. Ibn Mas'ud o'zi haqida aytardi, islomga kirganlarning oltinchisi edim. Islomga birinchi bo'lib kirganlarning oltinchisi edi. Ya'ni oltita odam musulmon bo'lganda oltinchisi men edim deydi. Albatta bu faxrlanadigan narsa birodar. Albatta bu farqlanadigan narsa. Bu kishi Habashistonga qilingan ikkala hijratda ham qatnashdi. Badr g'azotiga guvohi bo'ldi va Rasulullohning boshqa ko'p g'azotlarida, deyarli hamma g'azotlaridan uzoqning yonida bo'ldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sirlarning sohibi edi. Qarang, Rasulullohni bir marta ko'rish ishtiyoqida yuribmiz. Rasulullohni biz bir marta ko'rinishlikka qanchalardir mushtoqmiz. Endi bu kishilar Rasulullohni doimiy yonida yurgan kishilar. Alloh ularni Rasulullohga sahoba bo'lishlikka tanladi. Alloh tanlagan bandalar bular.

Safarlarda Rasulullohning yostig'i, misvo ki obdastasining egasi edi. Rasulullohning xizmatida turar edi. Yurish turishda Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamga o'xshar edi. U kishini bo'yini kichkinaligidan, bo'yini pastligidan ayrim odamlar o'tiribdi deb o'ylar edi. Kelib tur desa o'zi tikka turgan bo'lar edi. Qaranglar da, yigitlar. Umarini xattobi gavdalik odam bo'lgan. Xolidun nivali jangchi bo'lgan. Zuberinul avval. A endi bo'yingiz kichkinaroq bo'lsa, sizga ham bitta kumir bor ekan. Kim ekan? Abdulloh ibn Mas'ud. Umariddin Xattob roziyallohu anhuni kichkinaligiga ishora qilib hazillashib, ilm bilan to'lgan xaltacha deb qo'yar edi. Ilm bilan to'lgan xaltacha.

U kishi Kofaga qozi bo'lgan. Umariddin Xattob davrida Baytulmonni raisi bo'lgan. O'ttiz ikki yili, hijriy o'ttiz ikkinchi yilda Madinada vafot etganida, mana Baqiy qabristoniga qo'yilganida, yoshi oltmish dan o'tgan edi. Johiliyat davrida ham Abdullohi nima'sudning shaxsiyatida xayriyat bor bo'lganligiga dalil.

Abdullohi na ma'sud roziyallohu anhu Qurashli bo'lmagan. Huzayl urug'idan bo'lgan. Qurashli ichidagi mavlolardan edi. Banu zu'ra urug'ini himoyasi ostida yashaydigan Banu zu'raning mavlolaridan edi. Qurashli emas, Huzayl uruqidan. Uqubatun nabi muayyibni qo'ylarini boqib yuradigan yosh cho'pon bola edi. Kunlar davrida mana Ibn Mas'ud o'zi hikoya qiladi. Yosh yigit edim. Bir o'n besh o'n to'rt yoshlar chamassan. Uhiba ibn Abimuhayyidni qo'ylarini boqib yurar edim. Ro'paramdan Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam bilan Abu Bakr Siddiq kelib qolib, ey bola, senda bizga beradigan sut bormi deyishdi.

Ya'ni sog'liqdigan sut bo'lsa, qo'yni sutini ichgan bo'ladi. Men men omonat saqlovchiman, qo'ylar meniki emas, sizlarga sut bera olmayman dedi. Rasululloh aytdilar, senda qo'chqor yaqinlamagan, qochmagan qo'y bormi? Dedi. Men ha dedim, shunday qo'yni olib keldim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni bog'lab, yelinini silab turib, rabbalarga duo qildilar, yelin to'ldi. So'ngra Abu Bakr ichi g'ovak bir toshni olib keldi. O'shanga uni sog'di. Bas Abu Bakr ishdi, so'ngra men ishdim. Keyin u zot yelinga qisqar dedilar. Yelin qisqardi.

Abdulloh ibn Mas'udni ko'zini oldida Rasulullohning bitta mo'jizasi sodir bo'ldi. Payg'ambarimizni oldiga kelib, aytdiki, menga ham hozir siz aytgan gaplarni o'rgating dedi. Payg'ambarmiz sallallohu alayhi vasallam aytdilar, sen o'rgatilgan g'ulomsan dedilar. Sen o'rgatilgan g'ulomsan dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ibn Mas'udni kelajakda ulug' inson bo'lishligini ko'rdi. Sen o'rgatilgan g'ulomsansan. Qarang. Abdulloh ibn Mas'ud johiliyat davrida hali musulmon bo'lmasdan turib, tabiatda pokiza, pokiza, fitrati bilan nima mumkin u, nima mumkin emas bildi. Men omonatdorman, sizlarga bera olmayman. Ha bo'pti, ichib yuboringlar, egasi. Yo'q unaqa narsa. Mana biz kimni o'rganishligimiz kerak? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar, tajidun nasa ma'adina xia ruhun fil jahliyati xia ruhun fil islam i da fuqihu.

Odamlarni kon ma'adan ekanini topasiz. Ularning johiliyatda yaxshi bo'lganlari, agar islomni anglasalar, islomda ham yaxshilari bo'ladi dedilar. Johiliyati yaxshi insonmidi? Agar islomda tushunsa, islomda musulmonlarni orasida ham zo'ri bo'ladi. Umarimni xato. Quvvatli, bilingli, yurakli, shijoatli odammidi? Kurashni zo'rlaridanmidi? Islomga kirganda musulmonlarni ham zo'riga aylandi. Shuning uchun dindan uzoq, dindan bexabar, din bilan ishi bo'lmasdan yurgan odamlar borki, tabiati toza, yaxshi insonlar, faqat dindan bexafa. Shular dinga kirsin da. Musulmonlarda ham yaxshi sigallanadi shular. E'tiborsiz ham o'zib ketadi u odam.

Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anh haqida aytilgan so'zlar. Abu Muso sharaf aytadi, Abdulloh ibn Ma'sudni Rasulullohga ahl ekanligini ko'rdim. Hatto ayrim tanimagan kishilar Abdulloh ibn Ma'sudni Payg'ambarimizni oldiga ko'p kirib chiqqanligidan o'zini oilasidan bo'lsa kerak deb gumon qilishar edi. Payg'ambarimni sollallohu alayhi vasallam ruxsat bergan edilar, meni oldimga ruxsatsiz kirib kelaver deb. Birodarlar, bilasizlarmi, qanday sharaf? Meni oldimga ruxsat so'ramasdan kirib kelaverdi. Hammaga ham berilmagan edi bu fazilat, bu manzilat.

Albatta, Rasulullohga bo'lgan Ibn Ma'sudning muhabbati sababli, Rasululloh shunday degandilar. Kishini imoni ziyodalashgani sari, birodarlar, o'zini musulmon birodarlariga nisbatan muhabbati, ularga bog'liligi, shafqati, yaxshilikni ravo ko'rishni ziyodalashib boradi. Chunki payg'ambarimiz aytganlar musulmonlar bir biri bilan bo'ladigan muomalada xuddi bitta jasadga o'xshashadi. Jasadni bitta a'zosi orasidan ikkinchi a'zo xotirjam bo'la olmaydi. Bedor bo'lib chiqadi.

Qosimiddin Abdurahmon aytadi: Abdulloh Ibn Mas'ud Rasulullohning oyoq kiyimini kiydirib qo'yib, u zotning oldiga tushib, aso bilan ketib borar edi. Payg'ambarimiz qachon bir majlisga yetib kelsalar, ikki kavushini yechib, ularni o'zini bilinga kirgizib olar edi. Rasulullohni kavushini qo'liga ushlab olardi. Rasulullohda asosini qo'lingizga bersa, yig'laysizmi, yig'lamaysizmi? Rasululloh suv ichgan, mana ko'z adab turib qo'lingiziga bersa, Rasulullohni ko'zasini. Yig'laysimi, yig'lamay issimi?

Bilingiga kirgizib olardi da, asosni Rasulullohni qo'liga berardi. Qachon Rasululloh majlisidan tursalar, oyoq kiyimini kiyisi qo'yib, asrini olib, Rasulullohni oldida yurardilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bo'lgan muhabbat birodarlari, Allohga bo'lgan mukhabbat. Allohga bo'gan muhabbat, Rasulullohga bo'gan mukhabbat. Rasulullohga buigan itoat, Allohga bo'tgan itoat. Allohga bo'tgandagi itoat, Rasulullohgaga bo'gan itoat. Qul in kun tun tohay buna alloha fattabi yavuni. Ey Muhammad alayhissalom, ayting musulmonlarga, agar sizlar Allohni yaxshi ko'rsanglar, menga itoat qilinglar. Shunda Alloh sizlarni yaxshi ko'taradi. Shunda gunohinglarni kechiradi Alloh Taolo.

Payg'ambarimiz aytganlaridek, kishi kimni yaxshi ko'rsa, qiyomatda shular bilan birga tiriladi. Musulmon odam kimni yaxshi ko'radi? Va la dinah amal oshad duhubbalillah. Iymonli kishilarning Allohga bo'lgan muhabbati qattiqroq ekanligini ko'rasiz. Iymonli kishilarning Allohga bo'lgan muhabbati judayam qattiq bo'ladi. Biz Allohni yaxshi ko'ramiz, Rasulini yaxshi ko'ramiz, sahobalarni yaxshi ko'ramiz, musulmonlarni yaxshi ko'ramiz. G'ayri dinlarni emas. Chunki kimni yaxshi ko'rsangiz, qiyomatda shular qatorida tillasiz. O'zingiz xohlab yaxshi ko'ring kimni xohlasangiz.

Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning sahobalari Rasulullohga bo'lgan muhabbati cheksiz edi. Cheksiz edi da. O'zlarini mollari, jonlari, Rasulullohga bo'lgan muhabbatni yonida hech narsa emas edi. Birodarlar, mana ichimizda kimdir mudarris, kimdir hunarmand, kimdir tabib, kimdir savdogar, kimdir tolib. Hammamiz ham Allohni yaxshi ko'raman deb da'vo qilamiz. Endi, ana shu Allohga bo'lgun muhabbatimiz borligini qanday bilishimiz mumkin?

Yo'li bor. Uni bilish yo'li shuki, Allohga va Payg'ambarga bo'lgan muhabbat hamma narsadan muqaddam turgan bo'lsa, muhabbatingiz haqiqiy muhabbat. Ya'ni, mana buni bilishni yana bitta yo'li, oson yo'li, Alloh Taoloni buyrug'ini hayotimizda tatbiq qilishlik bilan. Alloh taoloni qaytarg'alaridan qaytishlik bilan.alloh taolo bandasini o'ziga bo'lgan muhabbatini sinashlik uchun turli imtihonlarga solib turadi. Masalan. Bitta ish bor qilsangiz, Alloh rozi bo'ladi, lekin dunyo tijoratingizga ozgina zarar yetishi mumkin.

Dunyo foydasini o'ylaydigan bo'lsangiz, Alloh Taolo rozi bo'lmasligi mumkin. Mana shu o'rinda qaysi birini tanlaymiz? Ibn Mas'ud roziyallohu anhu umuman dunyo ishi bilan shug'ullanmagan ekan, birodarlar, qaranglar. Iymon keltirgan kunidan boshlab Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni suhbatini o'ziga lavozim tutgan, faqat Rasulullohni xizmatida turgan. E, och qolmadi shu odam.

Och qolmadi. O, nasl nasab, falon falonchi emas. Gavda falonchi emas, quvvat, obro', pul, hech narsa yo'q. Ammo Allohga bo'lgan muhabbatni mustahkamligini hayoti davomida isbotlab bordi. E, dunyo oqib keldi bularni oyog'ini tagiga. Ammo bu narsalar ularni o'zgartirgani yo'q. Bemalolchilikda, sharoit yengil bo'lganida, namoz o'qish ham oson, ro'za tushish ham oson, Allohni qo'lchilik qilishlik oson bo'ladi. G'azabni yutish, a? Ko'zni tiyish. Ammo shunday holatlar bo'ladi, juda ham qiyin bo'ladi. Safarda yuribsiz olti oydan beri. Ko'zni tiya aytay. Pul kerak bo'lib turibdi, ikki og'iz yolg'on gapirsangiz, yaxshigina pul keladi. Mana shu holatda sinalar ekan siz bilan bizni kimligimiz.

Asibannas on yutraku on yaqulu amanna va humla yuhtanun. Alloh taolo aytadi, odamlar iymon keltirdik deyishlari bilangina imtihon qilinmagan hollarida o'z holiga tashlab qo'yilishni o'yladilarmi? Sinov albatta keladi. Imtihon albatta keladi! Shunda manda yo allohni roziligini tanlaydi, yo o'zini dunyoyi manfaatini. Masalan, qarang, ona turibdi, xotin turibdi.

Bitta hovlidasiz. Ona qarib qolgan, injiq bo'lib qolgan. Talablari ham ma'qul emas. Qarib qolgandi, xullas injiq bo'lib qolgan. Ikkinchi tomonda ayoli turibdi. Tinch, totuvun, farovon, xotirjam, sekinlik hayoti xotini bilan bo'ladi. Shunda qaysi tomoni tanlaydi o'g'il bola? Qaysi tomoni tanlaydi? Muomala tomonasini tanlaydi. Bu savol emas bu. Ammo mana shunday holatga tushganda endi bilasiz kimligingizni. Safarga chiqqanda bilasiz kimligingizni. Zinoga sinov imtihon kelgan paytda bilasiz kimligingizni.

Ana shu imtihonlardan bittasiga misol. Uyimni sotaman deb e'longa qo'yib qo'ydingiz. Bir necha yil turdi sotilmasdan. Keyin bir oy keldi, ellik mingga kelishdingiz. Qo'l qoqdingiz, ertaga pulni olib keladigan bo'ldi. Alloh taolo sizni sinadi da, oltmish ming beraman degan xaridor keldi. Boyagi ahdingizdan, o'zi savdo pishdi, xohlamang endi bunday buzishlik. Baraka bo'ldi, oldim, sotdim dedi, ertaga pul olib kelaman dedi. O'tgan zamon fe'lida aytdi. Yoki mashina qurishlar.

Yaxshi pulni taklif qilyapti. Shunda mana sinov. Shunda sinov. Endi boyagi uyni qimmatroq pulga olaman degan odam kelgandan keyin, narigi birinchi odamga bahona istaysiz. Dadam unamayapti, o'g'lim qarshilik qilyapti. Nima qilasiz shunda? Mana shu ham sinov birodar. Bizni Allohga bo'lgan muhabbatimizni sinashda bitta yo'li, Alloh rozi bo'ladigan ishni qilamizmi, nafsimiz xohlayotgan ishni qilaman, shundan bilsak bo'ladi.

Mana shu bo'layotgan voqeaga qaytsalardan, bir yosh yigit tijorat boshlab, kichkinagina bir uyda turar edi. Katta bir uyda arzon pulga sotib olishiga imkon tug'ilib qoldi. Uncha puli yo'q sotib olgani. Nima qildi? O'ylandi, o'ylandi. Bankdagi bir nasroniy tanishini oldiga bordi. Bank foizsiz pul bermasligini bilsa ham boraverdi. Bora pul so'raganida haligi nasroniy kishi aytdiki, oshna, sen musulmonsan. Bank foizsiy pul bermasligini bilasan. Seni dining bu narsa harom dedi.

Haligi yigit aytadi, yuzimga shapaloq bilan urganday bo'ldi. G'ayridin odam menga dinimda ta'lim beryapti menga. Shu yerda nima dedi yigit? Nasroniy odam menga ta'lim beradimi? Tashqariga chiqib, o'ziga ta'sir qilib aytdiki, vallohi ey robbim, kerak emas bu uylarda. Eski uyimda yashayveraman, ammo senga olsak bo'lmayman dedi. Qalbi ezilgan holda do'koniga yetib keldi.

Do'koniga yetilib kelsa, qarang, bir do'st kutib turgan ekan. Og'ayni yarim soatdan beri kutyapman. Falon mamlakatga falonchi yilga ishlagani ketyapman, falonchi pulim qolyapti. Senga tashlab ketaman, kerak bo'lsa ishlatib tur. Qaytib kelganda berasan. Ollohni javobi birodarlar yarim soatga qolmadi. Nima degan edi bola? Parvardigor, kerak emas bu uy. Eski uyimda yashayveraman, ammo senga olsak bo'lmayman deganmidi?

Birodarlar, har qanday imtihon uzoq bo'lmaydi. Juda ham qisqa bo'ladi. Qisqagina muddat. Har oy yo'lda qo'yishlik kerak. Bir kun kelar mashaqqat, ikki kun kelar, lekin nima oladi? Tugaydi baribir kuni. Allohga bo'lgan muhabbatimizni, unga bo'lgan itoatni sinaylik. Abdulloh ibn Ma'sud Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning doimiy xizmatida edi. Rasulullohga eng yaqin kishilardan edi. G'usl qilsa to'sib turar edi, tahorat qilsa suv olib kelib berar edi. Ey Abdulloh, Misr vayqani, ey Abdulloh, Abdusta qani? Rasulullohning doim yonida.

Kishi imoni e'tiqodi yuksalgan sari atrofidagi kishilarni xos ishlaridan ta'sirlanmaydi. Qaytarib aytaman. Kishi imoni etiqodida yuksalgan sara atrofidagilarni xos ishlaridan ta'sirlanmaydi. Hozir nimaga buni aytdim? Tushuntirib beraman. Masalan, ustozi bor, ta'lim beradi Qur'ondan yoki boshqa narsadan. Doim minbarda o'tirganligiga ko'nikib qolgan shogird, ustozini. Doim shu doskani oldida dars etayotganiga o'rganib qolganda, domlasini shaxsiy hayotida bo'ladigan ancha muncha kamchiliklarni ko'rganda, e, domla ham shunaqa bo'ladimi deydi. U ham senga o'xshagan odam. Jahli chiqadi, uxlab qoladi, kech qoladi, g'azablanishi mumkin, esidan chiqib qolishi mumkin. Har qancha ulug' inson bo'lmasa, ustozing bor yo'g'i kim u? Bitta odam xolos.

Shuning uchun birodarlar, kishini aytyapmiz, imoni, e'tiqodi yuzalgan sari birodarlarini shaxsiyatidagi narsalarga e'tibor bermaydi. Shaxsiyatimizda bo'lgan ancha muncha narsaga nima qilib qo'yaylik? Ko'zimizni yumib qo'yaveraylik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abdullohimni, Mas'udni qanday maqtaganligini bir eshitmaymizmi? Sizni Rasululloh maqtasa.

Umariddin Xattob roziyallohu anhu xalifa paytida haj qilgani bor edi. Arofotda turganida bir kishi kelib aytdiki, amir al mo'miniyin, men kofada bitta kishini qoldirib keldim. U odam Qur'onni yoddan imlo qildiryapti dedi. Shunday o'qib beryapti dedi. Musxofga qaramasdan. Umarul Muhattofni shunday bir jahli chiqdi yu, ranglari o'zgarib ketdi. Sho'ringqurga kim ekan u dedi. Haligi odam aytdi, Abdullohimni mas'ul dedi. Umarul Muhattof qanday g'azabi tez kelgan bo'lsa, shunday sovudi. Nima dedi?

Sho'ringqursin dedi, boyagi so'z olib kelgan odam, xabar olib kelgan odammga. Allohga qasamki, odamlar ichida mana shu ishni qila oladigan undan boshqa birorta bir odamni bilmayman dedi. Shunga haqliyla oyog'idan men senga aytib beraman buni tarixini dedi. Bir kuni men rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzuriga borsam, abu bakr sirdix bilan gaplashib o'tirgan ekanlar. Men ular bilan birga o'tirdim, suhbat tugagandan keyin tashqariga chiqdik. Masjidga kirdik. Bir odam masjidda namoz o'qimoqda. Orqasidan kelishdi, tanishmayapti. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to'xtadilar da, uni o'qiyotgan qur'oniga quloq tutdilar. Keyin biz tomonga qarab turib, man sarrohavon yaqrol qur'an rodvan kamaun zilafal yaqrohu ala qiroti ibni ummi abd.

Bu namozni o'qiyotgandan keyin abdulloh ibn ma'sud edi. Kim qur'onni qanday nozil bo'lgan bo'lsa, ana shunday o'qishlikni xohlasa, ibni ummi abning qirotida o'qisin dedilar. Abdulloh ibn mas'udning qur'oni payg'ambarimizga jabro' alayhissalom olib kelgandek ekanligiga rasulullohning o'zi guvohlik beryaptilar. Falonchi qorin tajribasi zo'r. Falonchi qoriini qarorati zo'r. Faloni qorini sanadi bor. Albatta u qorini manzilatini ko'taradi darajasini. Ammo Abdulloh ibn Ma'sudni Qur'onini kim maqtayapti?

Namozini o'qib oldi abdulloh i bin ma'sud, duo qilishga turdi. Shunda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam orqasida turib, Abdulloh ibn Ma'sud buni bilmayapti. Rasululloh so'ra, so'raganing berilur, so'ra, so'shaganing berilur deb duo qilib turdilar. Shu yerda Abdulloh ibn Ma'sud nimani so'ragan bo'lsa, Alloh Taolo berdi. Bu qanaqa baxt, birodarlar? Bu kichkina. Oriq. Puli yo'q. Quvvati yo'q. Hurmati yo'q. Nasim narsa bunaqa falonchilar emas. Hech kim emas.

Nima ko'tardi bu kishini mana shunday manzilatga? Iymon Allohni yo'lidagi, rozilik yo'lidagi amal. Umar ul Xattob aytadi, men o'zimcha fikr qildim. Allohga qasam tong otsa, borib, mana shu xushxabarni unga yetkazaman dedi. Ertalab borsa, Abu Bakr Sidiq bu xabarni yetkazib bo'lgan ekan.

Qaysi ishda Abu Bakr bilan musobaqalashmay, doim mendan o'zib ketganligini topdim dedi. Rasululloh unga nisbatan muhabbati, ishonchi shu darajada ediki, Abdulloh ibn Ma'sud u zotning eng yaqinlaridan bo'lib hech kimga berilmagan ulush beriluvchiga. Bu ulush nima edi? Rasululloh aytganlar, kunu tun xohlagan vaqtingda meni huzurimga kirish uchun senga ruxsat beraman dedilar. Albatta bu rasululloh sallallohu alayhi vasallamni abdulloh ibn ma'sudga bo'lgan muhabbatidan uchishini qadrlaganidan edi. Inshaalloh, bu ulug' sahobani hayotini davomini keyingi darsda o'qigan bo'lamiz. Aqul qovli hada va astag'firulloh.

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil amin. Vassalatu vassalama ala sayyidina muhammad as saodiy qilva'dil amin. Allohimma la ilman la la la la la la ma'lam tana innaka antala alimul hakim. Allohimma al im la la la la la ya'm fav na van fay na bi ma'lam tana vazid na ilma. Va alina al haqqa haqqon va zuhnat tibaba. Va alina al ba'tila ba'tila va zuhnat jdi naba. Va ja'nna min ma'yasda me'un al qovla fayadda bi un aqsana. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh. Bismillahir rohmanir rohim. O'tgan darsimizda birodarlar Abdulloh ibn Ma'sud roziyallohu anhuni hayotini o'qib boshlagan edik. Buni inshaalloh davom etkazamiz va nihoyasiga yetkazamiz. Abdulloh i brun mas'ud roziyallohni hu. Uxd tog'idan ko'ra og'irroq bo'lgan boldirlar. Abdulloh ibn Ma'sud roziyallohu anhu Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan hech ajramasdan u zotni xizmatida doimiy bo'ldi. O'ziga sharaf deb bildi Rasulullohni xizmatini va Payg'ambarimiz ham shunga yarasha sahobalarni taqdirlar edilar. Avval aytib o'tganimizdek, Abdulloh ibn Ma'sud jussasi kichkina, bo'yi pakana, oriq kishi edi. Aytib o'tdik, odamlarga berilgan boylikdan bebahra, jismoniy quvvatdan benasib, nasl nasabda falonchiligini bilan faxrlanadigan hech narsasi yo'q.

Deyarli hech kim bo'lgan emas. Ammo bu kishi imom bilan Rasulullohni xizmatini o'ziga sharaf deb bilishlik bilan odamlardan arziz bo'ldi, afzal bo'ldi. U kishi jussasi kichkina. Endi tabiiyki, boldirlari ham shu jussasiga yarasha, ingichka bo'lgan edi. Bir kuni Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamga xurmashshohidan bir narsani olib kelishlik kerak bo'ldi, mevamidi? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam buyurganida Abdulloh ibn Mas'ud shoshilib daraxtga osilib chiqib ketayotganida, yengildi. Oyog'ini ko'tarib belgilashtirmoqchi bo'lganda, boldir ochilib ketdi. Shunda sahobalar uni boldirini ingichkaligini ko'rib kulishdi.

Endi o'ylang endi, ingichka oyoq. Shunda Payg'ambarimiz sallallohu alayh va sallam aytdilar, sizlar Ibn Mas'udning boldirlaridan kulyapsizlarmi? Albatta u ikki boldir, Allohning huzuridagi tarozida Uhud tog'idan ham og'rdir. Biz shaklga qarab baho beramiz u. Abdulloh ibn Ma'sud Rasulullohga doim bir hamroh bo'lib yurar deb aytdik. Ayrim tanimagan odamlar Abdulloh i bin Ma'sud Payg'ambarimizni oilasidan shekilli deb o'ylar edi.

Mana shu jussasi kichkina, nimjon bo'lgan, bo'yi past bo'lgan Abdullohi Nima'sud, Badr kunida Abu Jahonni qatl qildi. Mana siyrat darslarida ma'lum, Badr g'azoti kuni aka uka Ahror olib, bir o'n besh yashar, bir o'n olti yashar, Abu Jahonni qurilish bilan urib otdan yiqitishdi. Ammo u hali o'lmagan edi. Jarohatlangan, qon oqib yotibdi, ko'zi xiralashib qolgan, quvvatdan ketgan, yotibdi. Jangdan keyin Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam mana Badr g'azoti musulmonlarda g'alabasi bilan nihoyat olibdi. Abu Jahlda topib kelinglar menga dedi. Shunda Alloh Taoloning taqdiri, uni mana shu hali nafas olib turgan, hali o'lmagan jussasini ustiga Ibn Ma'sud kelib qoldi. Makkada turgan davrida Abu Jahl Ibn Ma'sudni qulog'iga shunday bir shapaloq bilan urganda qulog'ini yirtib tashlagan bo'ladi. Abu Jahl jussasi katta bo'lgan.

Moli davlatli bo'lgan, nasl nasabli bo'lgan. Ibn Mas'ud hech kim bo'lmagan uni oldida. Bir urib qulog'ini yirtib tashlaydi. Mana endi Allohning taqdirini ko'ringki, mana shunday bir ulkan gavdali odam yerda yotibdi. Ustiga kim keldi? Ibn mas'ud keldi da, abu jahl yotibdi, ko'zi xiralashib qolgan, birovni ustiga kelganligini, yoniga kelganligini sezib turib, kim yengdi? Deydi. Allohu rasululloh ilohim Allohni dushmani dedi.

Abu Jahl nima dedi? Zarari yo'q dedi. Meni o'zimni qavlimdan bo'lgan kishilar o'ldirdi. Bu men uchun sharaf dedi. Ya'ni boshqa qabila kishi o'ldirgan, qabila kishisi meni o'ldirganda menga or nomus bo'lardi. Meni o'zi qurashliklar o'ldirdi. Shunda Ibn Ma'sud roziyallohu anhu uni kallasini tanasidan ajrashligi uchun ko'hligiga chiqib o'tirdi. Aytyapmiz gavdasi ulkan edi, Ibn Mas'ud kichkina edi. Shuni engishganida Abu Jahl yaqinlashib kelgan Ibn Mas'udni ko'rib turib, ey, sen bizni qo'ylarimizni boqib yurgan. Dedi. Ibn Mas'ud ha dedi. Ha, faxrlan, laqodir taqoyto mo'rtah g'amso abaniya rivoyi yolg'onam. Tog'ni ustida o'tiribsan, ey cho'pon dedi. Ya'ni g'urur, izzat, nafs o'zini katta olishi shu darajadaki kibr. Shunda Ibn Mas'ud kelib buni kallasini tanasidan ajratdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni oldiga olib borib tashladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ko'rib, nima bu? Deb so'radilar. Ibn Mas'ud Abu Jahl dedi.

Alloh illa di ila ila iloh illa hu, yagona Allohnin nomiga qasam, bu shu Abu Jahlmi deganda Ibn Mas'ud aytdi. Va alloh illa di illa ila iloh ilohu. U Abu Jahl dedi dedi. Rasululloh sajda qilib yubordilar xursand bo'lganidan. Chunki bu Abu Jahl, bu ummatni birodarlari Fir'avni bo'lgan edi. Umariddin Xattob roziyalloh hamxoni Abdulloh ibn Ma'sudning ilmiga bergan guvohligi. Qarang, o'tgan darsda aytdik, sizni gavdangiz Umariddin Xattobdaqa bo'lmasa, quvvatda hamzachalik bo'lmasangiz, ilmlar sud bor ekan sizga.

U kishilar jang maydonida bilagini quvvoti, yuragini quvvotish, shijoati, jangdagi mahorati bilan boshqa sahobalardan ajragan bo'lsa, sizga shu jismonan kichkinaroq bo'lsa ham, lekin ilm bilan odamlarga ibrat bo'lgan kishi bor ekan. Namuna bor bizga yigitlar hammamizga. U kishining ilmiga bergan guvohligi. Mana o'tgan darsda aytdik, O'marovni Xattob, Ibn Mansurda kichkinaligiga ishora qilib, ilm bilan to'lgan xaltacha deb qo'yar ekan. O'zi kichkinayu, lekin ilmga to'lgan mana shu ilm nima su'yapti. Umariddin Xattob xalif bo'lib turgan davrda bir top odamlar kelayotganligini ko'rdi. Umariddin Xattobni o'zini sheriklari bor. Ro'paradan kelayotgan odamlarda bir top odamlar otliq. Qorong'i, hech kim hech kimni ko'rmaydi, tanimaydi. Umariddinov Xattob yonidagi odamga aytdi, onalarga aytdi. Qayerdan kelishyapti kim?

Nadoqim uchayapti. Qayerdan keryapsizlar? Fat jun amiyq chuqur vodiydan degan javob keldi narigi tomondan. Qayoqqa ketyapsizlar? Deb so'raldi. Ular aytishdi, baytul atiyq qadimiy uyga. Umar roziyallohu anhu javoblarga qarab turib, ularni ichida bir olim, odam borga o'xshaydi. Ularni ichida olim borga o'xsha edi. So'ra ulardan deb turib, keyingi savol. Qur'onni eng ulug' oyati qaysi? Umar ul xattob tomonidan so'raldi. Boyagi tomondan javob keldik. Allohu la ilaha illa huval hayyul qoyun. Yana so'raldi. Qur'onning eng hukmi oliy oyati qaysi? U tomondan javob bo'ldi. Imnalloha ya amru bil adli valihsan. Albatta alloh adolatga, ehsonga buyuradi. Yana so'raldi. Qur'onining qaysi oyati jamlovchiroq? U tomondan javob bo'ldi. Ha man ya'mal mifqola zarroting hayron yaroh, va man ya'mal mufqola zarroting sharrong'iroq. Bas kim zarra og'irligida yaxshilik qilsa ham ko'radir, va kim zarra og'irligida yomonlik qilsa ham ko'dir. Yana so'raldi. Qur'onning qaysi oyati qo'rqituvchiroq? Qaysi oyat qo'rqitadi odamni? Javob bo'ladi. La isobi amaniye yukun va la amaniye ahli al kitab.

Man ya'mal su'an yuj zabihiy. Sizlarning xom xayolingizcha ham emas, ahli kitoblarning xom xayo'richa ham emas, kim yomonlik qilsa, uning jazosini totadir. Yana so'raldi, Qur'oni qaysi oyati ko'proq insonga umid bag'ishlaydi? Narigi tomondan javob bo'ldi. Ya'iba deya'lla dinam srafu ala anfu sehim la taqunatumi rahmatilla. Ey, o'z jonlariga isrof jabr qilgan bandalarim, Allohning rahmatidan noumid bo'lmang degan javob bo'ldi.

Umariddin xattop hamma javoblarni eshitib bo'lib turib, oranglarda Abdulloh ibn Mas'ud bormi? Deb so'radi. Ha, Alloh haqqi deyishdi. Oramizda Ibn Mas'ud bor. Ya'ni ko'ringki, bu narsalarni hammasini bilishlik ancha muncha odamni qo'lidan kelmaydi. Hali Abdulloh i bin Mas'udni o'zini ilmi haqida o'zi aytgan gaplarini ham eshitamiz. Rasulullohni tilidan yetmishta surani yodladim, hech kim men bilan bu masalada bellasha olmaydi debdi ekan. Yetmishta surani Rasulullohni tilida yodlagan.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Qur'oni Karimni o'zi birinchi marta tilovat qilib berardilar sahobalarga, sahobalar yodlab olishar edi. Endi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mana shu Qur'on oyatlarini Ibn Ma'suddan eshitishni xohlar edi. Bir kuni Rasululloh aytdilar, ey Abdulloh, menga Qur'on o'qib ber. Ibn Mas'ud, sizga o'qib beraymi? Axir o'zingizga nozil qilinganki, o Rasululloh, dedi. Rasululloh aytdilar, men Qur'onni o'zimdan boshqa kishidan eshitishni suyaman, dedilar. Bas. Ibn Mas'ud Niso surasini qiroat qildi. Alloh qodir qilganicha o'qiganida, Rasululloh ko'z yoshlari tirqarab oqtidi, qo'llari bilan Ibn Mas'udni ishora qilib kifoya qiladi, kifoya qiladida. Ali ibn Abit Tolib roziyallohu anhuni Ibn Mas'udning ilmiga bergan guvohligi. Qaranglar, Ibn Mas'ud nimasi bilan, nimasi bilan ajrayapti boshqalardan?

Nimasi bilan? Ilmi bilan, chunki boshqa yo'qda. Bo' yo'q, quvvat yo'q, pul yo'q, hech narsa yo'q. Ilm bilan ko'tarilyapti. Qaranglar, hech kim bo'lmagan ilm bilan sahobalarni yulduzlariga aylanyapti birodarlar. Aql xushi, zehningiz joyida bo'lsa, mana sizga yo'l. Mana sizga musulmonlarga foyda keltiradigan bitta ko'cha. Man jaa hada fina la nahdian nahum su bulana deydi Alloh Taolo. Kim biz yo'limizda jiddiy jaht qilsa, ya'ni Allohni rozilik uchun harakat qilsa, biz uni, shu odamni, o'zimizni yo'llarimizdan bittasiga dalolat qilib qo'yamiz. Allohni rozi qiladigan yo'l ko'p, ko'p. Kimdir pul bilan rozi qiladi, puli bor.

Kimdir zehni zo'r, ilm bilan. Kimdir oyoq qo'li hunari bilan. Rasululloh ilm hovlisi bo'lsa, Ali ibn Abit olim shu hovlining eshigi bo'lgan. Endi ilmni peshvosi bo'lgan Ali ibn Abit tolib, Ibn Mas'ud haqida nima degan? Ibn Sa'd rohimahulloh Abul Muxtiriydan rivoyat qiladi. Biz Ali roziyalloh aniqxonni oldiga bordik. Undan Muhammad alayhissalomning sahobalari haqida so'radik. Ali ibn Abit alib ularni qaysi biri haqida gapiray dedi. Biz Ibn Mas'ud haqida gapirib bering dedik. Qarang. Qori saidun aliyyun, alimal quran va alima sunna, sunman ta'ha va kafabihi ilma. Ibn Mas'udni ilmiga berayotgan Ali ibn Abit olibning ta'rifi. U Ibn Mas'ud Qur'on va sunnatning ilmini bildi va imtihosiga yetdi. Hamda shu bilan kifoyalandi. Kitobu sunnatni mukammal o'rgandi deyapti.

Qur'onni to'laligicha aylagan kishi birodarlar olim bo'ladi. Qur'on ilmida mohir bo'lgan kishi qiyomat kunida nabiylar siddiqlar bilan birga bo'ladi. Mana Ibn Mas'udni fazilatiga dalolat qiladigan so'zlar, boshqa sahobalarni so'zlari. Ibn Mas'ud vafot etganida sahobalarni qolganlari tilinglari bir biridan so'rashdi. Ibn Mas'ud o'ziga o'xshagan odamni qoldirdimi? Javob yo'q. Chunki Ibn Mas'ud taqasi yo'q edi.

Abu muso ash shariat arida la tasaluni an sha'in ma, da, ma, ha, dal xabr u fikum. Modomiki ichinglarda mana shu xabr bor ekanmi? Xabr degani eng ilmli odam degani. Ibn Mansur aytyapti. Oranglarda Ibn Mansur bor ekanmi? Mendan savol so'ramanglar derdi. Bir kishidan savol so'raldi.

Shu turgan odamlarni orasida savol so'ralgan odamdan ko'ra bilimliroq odam turibdi. Shu odamni indamay turishi odobdan bo'ladi. Sizdan savol so'raldim. Shu majlisda shu savolga sizdan ko'ra yaxshiroq javob beradigan odam turibdi, indamay turishingiz odobdan bo'ladimi? Tushunarlimi? Biqinim og'riyapti da dedi. Boshim og'riyapdi da, shu manaqa kasal bo'lib, manaqa og'riyaptimi bir yetim deganda, tabib turibdi shu majlisda, indamay turing. Fikringizni bildirmang. O'rganing jim turishlikni. Shu yerda jim turishlik ibodat oladi.

Oramizda doktor turgan bo'ladi, bemalol fikrimizni bildiraveramiz da. To'g'ri, siz aytgan ham to'g'ri. No manaqa joyi ham bor. U do'xtir u! Ba'zida shunaqa bir bo'lib qoladiki, shar'iy savol beriladi, domla turibdi shu yerda. Ilmdan umuman xabari yo'q, ilm ko'chasiga kirmagan odamlar o'zini fikrini bildirishga o'tadi. Seni fikring menga, seni fikringni menga qizig'i yo'q. Fikringni gapirma. Mana domla jim tursang. Yo'q, bemalol gapiraveradi da. Yana domla turibdi deb qo'yadi yana. Mana domla turibdi. Ha domla, to'g'rimi? Deydi. Gapirib turib, gapini nima qiladi?

Gapim to'g'rimi deb so'ramaydi, to'g'ri a deydi. Qarang, sahobalar bir birini qadrini bilganda, abu muso ash shariy olim sahobalardan, rasulullohni ulug' sahobalardan, ammo ibn mas'ud turganda o'zini ilmini u kishidan baland qo'ymayapti. Mendan ilmli deb tan olyapti. Ukalar, tan olaylik. Sizga yoqmasa ham shu odam ilmliligini tan oling.

Endi buni aksi bo'lib hamma o'zini olim deb sanavadigan bo'lsa, hamma o'zining boshqalaridan balandda bilaversa, faqat meni gapimga yurganlar to'g'ri, qolgan hammasi zallot ketgan deversa, birodarlar, bu albatta musulmonlarga yarashmaydigan achinarli holat bo'ladi. Shuning uchun biz birodarlar, muayyan bir jamoat, muayyan bir toifani vakili bo'lmaylik. Biz musulmonlarni vakili bo'laylik. Musulmonlarni ichida turibmizmi, demak musulmonmiz hammamiz birmiz.

Qur'onni Makkada Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamdan keyin birinchi bo'lib oshkora o'qigan kishi Abdulloh ibn Mas'ud bo'ladi. Garchi jismonan zaif bo'lsa ham, garchi himoya qiladigan urug'lari bo'lmasa ham, yuragida quvvat bo'lgan ekanda, dovyurak bo'lgan ekan, jasur bo'lgan ekan. Ibn Isoq keltiradi. Menga Yahyo ibn Urva ibn Zubayr otasidan rivoyat qilib berdi. Makkada Rasulullohdan keyin Qur'onni oshkora ovozini chiqarib o'qigan birinchi inson Ibn Mas'ud edi. Bir kuni sahobalar to'polon ishib, Allohga qasam, Qur'ash Qur'onni baland ovozda o'qilishini hali eshitmagan. Kim o'qib eshittiradi ularga, deyishdi bir birlariga. Shunda Ibn Mas'ud men dedi. Sahobalar aytishdi, biz sizga ziyon yetkazishidan qo'rqamiz. Kattaroq urug'dan birorta odam o'qisa bo'lar edi. Himoya qilib olardi dedi. Meni Alloh himoya qiladi, dedi. Ibn Mas'ud chiqib ketdi. Boshqa payt Abdulloh ibn Mas'ud Islomdan avval, kurashni sayidlari, savdogarlari o'tirgan bo'lsa, oldidan o'tgani yuragi betlamas edi.

Sir bosib qaltirab o'tar edi. Agar o'shalarni majlisdan oldin o'tishi kerak bo'lsa, tezroq o'tib ketib qolardi. Mana endi qarang, iymon qanday quvvat berdi u kishiga. Zuho vaqtida, qurashda kiborlari o'tirgan majlisga shunday bordi da, ka'bat allohning oldida, maqomi ibrohimda turdi. A'udhu billah min ash shayton ro'jim. Bismillahir rohmanir rohiym. Ar rohman, allamal qur'an. Qur'on oyatlarini o'qishni boshladi. Qurishni kiborlari qarab, Ibn Umma nima deyapti? E bu Muhammad topgan gapni aytyapti yu, deyishdi da turib, tepkilashdi, boshlashdi.

Ibn Mas'udni yerga otkazib olib, tepishdi, urishdi. Ibn Mas'd esa Alloh qodir qilgancha, kaltak yeb turgan bo'lsa ham, so'rani o'qidi. Oyatlarni o'qiyverdi. Xohlagancha urishib oldi. Baland jarohatlangan, yuzlari qonagan holda sahobalarni oldiga kelgan edi deb, keldi, ular aytishdi, mana shu narsadan qo'rquv deydi, mana shu aziziyat yetishidan. Shunda Ibn Mas'ud ularga aytdi, Allohning dushmanlari menga hech qachon hozirgichalik xor ko'rinmagan. Xohlasanglar ertaga boraman va o'qib beraman dedi. Sohibalar yo'q bo'ldi yetadi, shuni o'zi kifoya qiladi deyishdi.

Ibn Mas'ud o'zi haqida nima der edi? Undan o'ziga iloh yo'q bo'lgan zotga qasamki, Allohning kitobidagi har bir oyatni qachon nozil bo'lganini va nima haqida nozil bo'lganni men bilaman. Qachon nozil o'lgan, nima haqidanozil bo'lgan men bilaman. Agar qayerdadir mendan ko'ra bilimliroq odam bo'lsa bu masalada, oldiga borib ta'lim olaman dedi.

Ha, Qur'on ilmida eng bilimdon odamman deb turibdi. Birov men bilan bellasha olmaydi deb turibdi. Lekin aytyapti, mendan ilmliroq odam bo'lsa, oldiga borib ilm o'rganaman undan deydi. Ilm o'qiyotgan ukalar to'xtab qolmaylik. To'xtab qola olmaylik. Mo'min kishi birodarlar shunday bo'ladi. Yo biladi, yo ta'lim oladi. Qaytarib aytamiz. Yo ilmli bo'ladi u odam, musulmon yoki nima qiladi? Ilm o'rgangan. Endi ilm o'rga olmasdan turib o'zini ma'rifatli sanayotgan bo'lsa, bu odam nima oladi? Shayton bo'ladi.

Bir kishi bor. U biladi. Bilishini biladi. Bu odam olim. Undan o'rganish kerak. Yana bir kishi bor. Biladi, lekin bilishini unutib qo'ygan. Bu odam g'ofil odam, unga eslatib qo'yishlik kerak. Bir kishi bor.bilmaydi hech narsani. O'zini hech narsani bilmasligini ham biladi. Bu odam johil, unga ta'lim berish kerak. Endi bir odam bor. U hech narsanibilmaydi. Lekin bilmasligini ham bilmaydi. Bu odam shayton, bunday odamdan uzoq bo'lishi kerak.

Ibn Mas'ud o'zi haqida aytar edi. Men Rasulullohning tillaridan yetmishta so'rani yod oldim. Bu xususda hech kim men bilan bahslasha olmaydi. Shu odam aytyapti yana, ko'proq biladigan odam bo'lsa, borib o'rganaman deyapti. Abdulloh ibn Yazid aytadi, faqihlar orasida, sahobalarni orasidagi faqihlarni orasida Abdulloh ibn Mas'uddan ko'ra kam ro'za tutadigan kishini ko'rmadim. Ibn Mas'ud nafruzani juda ham osutlar edi. So'rashdi. Nima uchun nafruzalarni ko'p tutmaysiz siz? Ibn Mas'ud qarang. Men ro'zadan ko'ra namozni tanlayman. Agar ro'za tutsam, namozga zayavf yig'ib qolaman. Ya'ni nafir ro'za tutsa bu yerdagi farz bo'lgan amallariga quvvat yetmaydi, zaiflik qilib qoladi.

Abdulloh ibn Mas'ud voqeiy kishi bo'lgan. Realniy odam bo'lgan. Qarang, o'zini jismoniy imkoniyatini yaxshi bilgan, nafir ro'za tutsa quvvat ham ozayib ketadi deyapti. Shuning uchun sahobalarni ayrimlari nafro'zalarda doimiy tutgan, ayrimlari kechasi qiyomilarda doimiy bo'lgan, ayrimlarini toqat ko'tarmasa qilmagan.

Hozir shunaqa odamlar bor. Nafro'zani tutib oladi da, revizor olib oladi. Tutdingizmi shunaqa ro'za tutdingizmi bugun? Tutmadingizmi? Bugun dushanba yu. E, payshanba ro'za tutmadingizmi. Bunaqa qilib o'zingni tutgan ro'zingni riyo qilib, a, habada qilganingdan ko'ra savobini, tutmay qo'ygani yaxshi birodar. Bor a? Hijolat olasanligini ko'rsang, dushanba kuni hijolat tug'ilaverasanligini ko'rsang.

Dushanba ro'za tutmaysizmi? Shuning uchun har kim birodarlar holini o'zi biladi. Ehtimol oshqozonda kasali bordir, ehtimol ishini tabiatiga to'g'ri kelmas, farz amalda qilmayotgan bo'lsa, malomat qilamiz. Masalan, ramazonda ro'za tutmayotgan bo'lsak, aytamiz. Ro'za tuting deb. Bu farz. Ammo nafl amallarida nima qilinglar? Har kim o'zini holiga qarab turib ish qilsin.

Umariddin xattob roziyallohu anhu ibn mas'udni kofaga, baytul molga boshliq qilib jo'natayotib aytgan edi. Albatta men allohga qasam, o'zimga kerak bo'lsa ham, sizlarni oldinglarga jo'natyapman ibn mas'udno. Uni mahkam tutinglar, undan ta'lim olinglar. Endi kofalilar o'zi injiq, qaysar, besabr, bir xotirjam o'tira olmaydigan qavmidi? Ancha muncha rahbarda sig'dirishmas edi boshlig'ini. Ammo ibn mas'udni ular yaxshi ko'rib qolishdi. Hatto ketayotganida ketma deb o'zlari bilan olib qolishnik ham xaris bo'lishgan edi.

Abdulloh ibn mas'udning orzusi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning barcha g'azolatlarida birga qatnashdi. U zotdan keyingi xulofoy rojichlari bilan birla, ularning janglarida ular bilan birga bo'ldi. Buyuk g'alabalarga guvoh bo'ldi. Katta lavozimlar berildi. Dunyo oyog'ini tagiga oqib keldi. Ammo bu narsalar uni Alloh va Rasuliga bergan ahdidan to'sa olmadi. Hayot yo'lidan, tavozulikdan, kamtarlikdan, toat ibodatdan uzoqlashtira olmadi. U kishini bitta orzusi bo'lgan edi. Qanday orzu edi? U kishini o'zidan hikoyani eshitamiz. Ibn Mas'ud aytadi: Tabuk g'azodiga Rasululloh bilan birga chiqqan edim. Kechasi tunni yarmida uyg'onib ketdim. Biz joylashgan maydonni bir chetida olovdan bo'lgan sho'ra yonib turganiga ko'zim tushdi. Borsam, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, Abu Bakr va Umar bir qabrni kavlashayotgan ekan.

Sahobalardan Abdulloh zul Bijoydan vafot etgan edi. Qabrni kavlab bo'lishgan. Rasululloh qabrda turibdilar. Birodaringlarni menga uzatinglar. Abu Bakr va Umar Abdulloh Zul Bijodani uzatishdi. Rasululloh u kishini qabrga joylab turib, duo qildilar. Duosi shunday bo'ldiki, Parvardigorim, men undan roziman. Sen ham undan rozi bo'lgin.

Ibn Mas'ud aytadi, koshkiydi mana shu go'rni egasi men bo'lsam. Chunki Rasululloh rozi ekanligini ikkita sahobasini guvoh qilib turib, Allohga duo qilyapti. Men roziman, sen ham roziman. Alloh rozi bo'ladi bu kishidan. Bu qanday baxt edi Abdulloh Zulmi Bijodanga? Kimlar ko'mayapti? Abu bakr siddiq, umariddin xattob xizmatda turibdi. Rasululloh shaxsan o'zlari muborak qo'llari bilan qabrga qo'yib duo qilyaptilar. Mana shu orzusi bo'lgan edi u kishini.

Qarang, bu orzusi boylik, mansab, obro' e'tiborga bog'liq emas. Nimaga bog'liq? Allohning roziligi, Payg'ambarning roziligiga bog'liq. Oliy maqom tavakkalchi. Bu kishi o'ttiz ikkinchi hijriy sanada vafot etgan. Usmonov nafon roziyallohu anhudu davrida. Abdulloh ibn Ma'sud o'lim to'shigida yotarkan, xalifa kirib so'radi. Nimadan shikoyatingiz bor? Ibn Mansur gunohlarimdan dedi.

Nimani xohlaysiz? Muhayyo qilaylik. Robbim rahmatini dedi. Tabib yuboraymi sizga? Dedi. Tabib o'zi kasal qildi meni dedi. Ya'ni shifoni kim berardi? Allohmi? Tabib Allohmidi? Alloh o'zi kasal quldi dedi. Bo'lmasam moddiy yordam berishga buyuraymi? Dedi. Ibn Mansur o'ladi. O'lim to'shig'ida yotibdi. Bunga hojatim yo'q dedi. Xalifatda unday bo'lsa, o'zingizdan keyingi qoladigan qizlaringizga kerak bo'ladimi moddiy yordam? Ibn Mas'udni javobini ko'ring. Meni qizlarimni kambag'al bo'lishidan qo'rqyapsizmi? Meni beshta qizim bor. Barchalariga har kechada Voqea so'rasini o'qishni buyurganman. Chunki Payg'ambar alayhissalomning kim Voqea so'risini har kechada o'qisa, kambag'allik va hojatmandlik ko'rmaydi deganlarini eshitgandim dedilar. Naq manfaat, naq moddiy yordam taklif qilinsa, naq puldan ko'ra Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamni va'dasiga ko'proq ishonyapti, Allohga tavakkal qilyapti.

Ana kambag'allikdan, qarzni ko'pligidan, yetishmovchilikdan, xonadonda bir baraka yo'qligidan siqilayotgan, qiynalayotgan odamlar bo'lsa, ana tayyor siz bilan bizga ko'rsatma. Har kecha voqea surasini kim o'qisa, u uyda kambag'allilik va hojatmandlik bo'lmaydi deb turibdi. Abdulloh Mirmosud roziyallohu anhu vafot etdi. U kishining janozasini Usmoni Nafxon roziyallohu anhu o'qidi. Baqiy qabristoniga dafn qilindi. Alloh Taolo Abdulloh Min Ma'sud roziyallohu anhudan rozi bo'lsin.

Abdullohni ko'pchilik orasida ko'z ilg'ab topishi mushkul ish edi. Nafaqat ko'pchilik oralasida, balki yakka qolganda ham ko'zga tashlanmas edi. U badavlat insonlarga beriladigan moli davlat urushidan ham, baquvvat insonlarga berilar degan jismoniy kuch quvvat urushidan ham, obro' e'tiborli kishilarga beradigan hurmat va obro' ulushidan ham benasib edi. U juda kambag'al, jismon og'riq va kichkina hamda obro' nufuzga ega emas edi. Ammo islom dini unga faqir va kambag'allik o'rniga kisroq va qaysarning xazinabonlari ega bo'lmagan katta boyligini berdi. Tana va jismining zaif va kichikligini o'rniga tarix taqdirini o'zgartirishga sabab bo'ladigan zolimlarni chekintiruvchi iroda hadya qildi. Hamda hech qanday hurmat va e'tiborsiz yashayotgan hayotning o'rniga abadiylik, ilm, sharaf ilom etib, natijada u tarixda o'tgan buyuk peshvolarning eng ulug'lardan biriga aylandi.

Ana birodarlar ibrat bizga. Ana ukalar bizga kimlar kumir? Yarfaila hulladina a'manu minkum, valladina u tul a'yima darajat. Alloh sizlardan iymon berilgan va ilm ato etilgan zotlarni darajasini baland qilib yuksab turib. Aqol qovli haqida

Keyingi darsni tinglashSahobalar hayoti