Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir robbilen amin. Vassolatu vassolat muala saidina muhammad as sodiqul va'dil amin. Allohumma la ilmalana illa ma'allam tana innaka antala alimul hakim. Allohumma alimna ma ya'm farunaba farunabiy ma'allam tani vazniddin na ilma. Allohumma arina al haqqa haqqon va rizqu nathiba va arina al ba'tila ba'tilan va rizqu nashdina ba. Hojianna minma yesta me'un al qovli fayetta biyun aqsana, vodixinna bi rohmatika fiya ibadika solihiyin. Mabod, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sahobalarini hayotini o'qishligidagi bugun darsimiz. Bugungi biz o'qiydigan sahoba, u kishini ismi Abdulloh ibn Sallam roziyallohu anhun. Yahudiy. Yahudiy.
Abdulloh ibn Sallamning islomiy kirishlik hissasi o'ta ta'sirli. Ammo u kishini hayotini o'rganishlikka kirishdan avval ozgina bir muqaddimaga muhtoj bo'lamiz. Har qanday inson o'zi tug'ilib, o'sib, yashagan muhitni bir kishisi bo'ladi, o'zini madaniyati, saqofati, urf odatiga bo'yni ekkan bo'ladi. Musulmon ota onadan dunyoga kelgan bolani musulmon bo'lishga tayin. Endi musulmon bo'lmagan ota onadan dunyoga kelgan odam, bu albatta musulmon bo'lish uzoq bo'ladi. Musulmon bola musulmon oilada dunyoga keldi, islomiy tarbiyani oladi. Muhiti islomiy bo'ladi, uni musulmon bo'lishingizga bu narsa ko'mak beradi. Endi bunday bo'lmasa chi? G'ayridinni oilasida, g'ayridinnda muhitida, urf odatda o'sgan odamni dinini almashtirishligi, urfini almashtirilishligi oson bo'lmaydi. Bu kishi yahudiy edi. Yahudiy bo'lib ham yahudiylarni rohiblaridan edi. O'zini dinini olim kishilaridan rohiblaridan eda.
Kishi o'zi o'rganib qolgan, amal qilib yurgan, o'zi ulg'aygan, dinidan boshqanga dinga o'tishligi oson bo'lmaydi. Chunki shu dinda o'zini kimligini tanigan. Ammo iymon bu urf odatdan, muhitdan, shart sharoitdan ustun bo'ladi. Agar kishining iymoni haqiqiy bo'ladigan bo'lsa, qaysi millatdan, qaysi yurtdan, qaysi elatdanligi bu muhim emas. Agar iymon birinchi o'rinda bo'ladigan bo'sa. Abdulloh ibn sallam islomga kirishligidan avval u kishini ismi al hasin ibn sallam edi. Al hasin ibn sollam. Keyin payg'ambarimiz bu kishini ismini, sizning ismingiz abdulloh degan edilar. Ana shu kundan boshlab bu kishini ismi abdulloh ibn sallam bo'ldi. Yana bir ismi zobiton edi. Yahudiylarning rohiblaridan. Ya'ni din ilmini bilimdonlaridan. Alloh Taolo Qur'onda mana shu rohiblarni, yahudlarni, nasroniylarni rohiblarini, axborlarini haqini yashirganligi va odamlarning mollarini nohaq yo'llari bilan yegani haqida oyatlarini nozil qiladi.
Adibn Xotamuddoyi nasroniy dinidan islomga o'tgan paytida Payg'ambarimiz itta hodu axbar rahumoruhubanahum arbabamin duniylah oyatini o'qidilar namozda. Adibn Xotamiddoyi xristian dinidan kelib musulmon bo'ldi. Namoz o'qib turganida Payg'ambarmiz orqasida shu oyatni eshitdi. Yo Rasululloh biz rohiblarimizni Xudo qilib olmagan edik. Ya'ni oyatni mazmuni, ular o'zlarining rohiblarini Allohnı qo'yib Xudo qilishib olganida, rob qilishib olganda oyat edi.
Shunda Adibni Xatami Toyi, Yo Rasululloh biz ularga sig'inmas edik, Xudo qilib olmagammiz deganida, ular o'izlari xohlagan narsani sizlarga halol qilib, xohlagan narsanini harom qilib berarmidi? Ha. Mana shuni qabul qilamidinglar? Ha, mana shu sizlar ularni Xudo qilib olganliginglar dedi. Buni yaxshilab tushunib olishimiz kerak. Shariatda halol bo'lgan narsani biroz sizga xoram desa qabul qilsangiz, Xudo qilib yuboribdi shu odamni.
Shuning uchun biz kimga quloq solyapmiz, kimga erga yashayapmiz, qaysi o'lchov, qaysi tushunchalar bilan yashayapmimiz, qarab qo'yaylik. Demak, yahudlarni va nasroniylarning rohiblari odamlarni mollarini nohaqdan, xorondan yeyishar edi. Ular o'zlarini tutib olgan mana shu mavqefidan, pozitsiyasidan juda chiroyli bir foydalanishar edi. O'ylang, hech narsa qilmaydi. O'sha o'zini bir dinni vakili bo'lganligi tirikchilik manbai bo'lib qolgan. Albatta ular o'zlarni bu pozitsiyasini berishlikni xohlashmas edi.
Abdulloh ibn sallam yasribda yashar edi. Bilasizlar, Madinai Munavvara Rasululloh kelgunga qadar Yasrib deb nomlangan. Rasululloh kelganlaridan keyin Madinai Munavvaro deb nomi ataldi. Endi hozir Yasrib deyish mumkin emas. U kishi Yasribda yoshar ekan, Yasribda yasha degan yahudiylar ham, arablar ham, boshqa qanaqa bir xalqlar bo'lsa, bu kishini hurmat qilar edi, yaxshi ko'rar edi. Nima uchun? Odobi axloqi oliy bo'lgan kishilardan edi. Qaranglarda, odobi axloqi yaxshi bo'lganligi uchun Yahudiy ham hurmat qilyapti uni, Yahudiy bo'lmaganlar ham. Bu holat siz bilan bizga Payg'ambarimizni quyidagi hadisini sharhlab beradi. Payg'ambar biz aytganlar tajidun nasa ma'adin xiya ruhun fil jahiliyati, xiya ruhun fil islam i da faqihu. Odamlarni dedilar Rasululloh. Kon kabi ekanini topasiz. Johiliyatda yaxshi bo'lganlari, agar dinni tushunsalar, anglasalar, Islomda ham yaxshi bo'ladilar dedilar. Johiliyati zo'r bo'lganlar dinni tushunsa, Islomda yam zo'rlardan bo'ladi.
Odamlar konga o'xshaydi. Mana shu majlisda o'tirganlarimiz ham qarasak, xulqimiz hammamizniki har xil darajada. Har xil darajada. Shu xulqimizga qarab turib, Alloh Taoloni huzurida qadrimiz belgilanadi, birodarlar. Ilmli bo'lsak ham, xulqimiz chatoq bo'ladigan bo'lsa, bu yaxshi holat emas. Moligimni anasiga onasi Robiya Turroga borib ta'lim oling, o'g'lim, uni ilmidan avval xulqini yuqtiring o'zingizga deb vasiyat qilgan ekan. Dinimiz axloq, dinimiz xulq dini, birodarlar!
Yahudiylarni mana shu rohibi, xulqi go'zal edi. Keyinchalik shu xulqi islomga kelishiga sabab bo'ldi. Xulqidan rozi bo'lingan inson, axloqi zo'r, solih bo'lgan inson. Qarang, solihlarni ishini Alloh o'zi o'nglaydi. Xulqingiz zo'r bo'lib turib, solih bo'ling, Alloh sizni ishingizni o'nglaydi, dalilimiz bor Qur'ondan bunga. Astayduvilla. Inna valiya allohu la dina zal al kitab, vahua yata valloh solihing. Eshitinglar. Zotan mening egam shu kitobni nozil qilgan Allohdir, u solih bandalarga yor bo'lur. Alloh yor bo'lsin deb qo'yadi a? Nima degani bu?
Solihlarga Alloh Taolo o'zi yor bo'lurch degani, oilangizdagi muomalangizmi? Tijoratingizdagi barakatmi, ko'chadagi qilayotgan muomalalaringizmi? Alloh Taolo o'zi isloh qilib turadi degani. Mana abdulloh ibn sallam solih inson bo'lgan ekan, iymon kelishigidan avval, axloqli odam bo'lgan e kan, alloh yor bo'ldi. Alloh u kishini ishini isloh qildi.
Abdulloh i bin sallam islomgacha odamlarni orasida o'zini salohiyati bilan, taqvosi bilan, endi o'sha davrdagi taqvo uchun mashhur edi. Rostgo'y edi. To'g'ri yo'lda turar edi. Odamlarda bir urfiga xilof ish tutmas edi. Xotirjam va sodda hayot kechirar edi. Vaqtini ushga bo'lgan ekan. Bir qismini ibodatxonasida ibodat uchun o'tkazar ekan. Yana bir qismini bog'ida o'tkazar ekin mehnatini qilib. Yana bir qasmini dinini yaxshiroq tushunishligi uchun kitobi bilan shug'ullanar ekan, Tavrot bilan. Uni mana shunday isbotlashadi. Tavratini o'qir ekan, Abdulloh ibn Salam avvalgi payg'ambarlarni risolatini to'ldirib keladigan, yuboriladigan oxirgi nabiyni alomatlariga kelganda uzoq o'ylanib turib qolar edi. Ya'ni shu payg'ambarda zamonida men tirik bo'larmikinman? Shu payg'am bor kelib qolsa men taniy olarmikinman deb qattiq o'ylanib uzoq turib qolar edim. O'zi asli Yasritga yahudiylar ko'chib kelishgan Shomdan. Falastindan. Asli Falastinda bo'lgan ular. Keyin Yaslipga ko'chib kelgan, ayrimlari. Sababi, ularning Tavrotida, ularning kitoblarida oxir zamonning Payg'ambari mana shu Yasripga hijrat qilib kelishiga haqida xabarlar bor edi.
Xurmonlari ko'p bo'lgan shaharga ko'chib kelishing haqida bashoratlar bor edi. Shuning uchun ko'chib keldi kelishgan edi u Yahudlarni ayrimlari. Bilasizlar Madinada Payg'ambarimiz hijrat qilib kelganlarida Yahudiy qabilalaridan kattalari, mana Qaynuqo, mana Nazir, mana Qurayza boradi. Demak, nimaga ko'chib kelishgan ekan? Oxir zamon Payg'ambari keladi deb ko'chib keldi ekan. Lekin kelganidan keyin o'sha Payg'ambar tanib turib, qabul qilishmadi. Chunki Yahuddan chiqmadi da u.
Iymon nima? Iymon Qur'on oyatlarini, hukmlarini to'laligicha qabul qilish. Agar Qur'onni oyatlaridan o'zingizga yoqqan joyini olib, yoqmagan joyni chekkaga suradigan bo'lsangiz, bu iymoningiz iymon bo'lmay qoladi. Yahudlar xuddi shunday qilishdi. Tavratdan o'ziga yoqqan joyni ushlashdi, yoqmaganjoyini inkor qilishdi. Tavrotda Muhammad alayhissalomni alomatlari, belgilari, sifatlari, qiladigan ishlari belgilangan edi, bor edi. Agar Tavrotda talabini ular to'liq ushlaganida, to'liq bajarganida, Rasulullohni qabul qilishlari kerak edi. Ammo unday qilishmadi. Yahudlarni halok qilgan narsa ham shu bo'ldi. Kibr qilishdi. Bir joyini olishdi, ikkinchi joyiga ko'zini yumib qo'yishyapti.
Mana Injilda ham birodarlar, Injelo bir yuz to'rt xil variant bo'lib ketgan. Bir yuz to'rttalik versiya bo'lib ketgan. Shuni nasroniylar yig'ilib, yig'ilib, qisqartirib, qisqarturib to'rttaga tushirishgan. Bu to'rttani bir biriga kiritisha olmagan. Chunki juda ko'p o'zgarishlar kirib ketgan bunga, odamlarni qo'li bilan. Shu to'rttaga yig'ib, shu to'ralasini ham to'g'ri dori amiz degan fikrga kelib turganida, o'lik dengizni tubidan yana bir injil chiqdi. Barnava injili. Solishtirsa bu to'rtalasi ham to'g'ri kelmayapti bunga. Bu qadimiyroq nusxasi. Ana shu Barnava injilida Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning kelishi haqida ochiq ravshan oyatlar bor edi.
Robbimiz azza va jalloh aytadi, astaydu billah, mana Iso alayhissalom o'zini qavmiga da'vat qilar ekan, shu so'zlarni aytganligini Qur'onda Alloh keltiryapti. Astaydu billah va mubashshiroq ya'ni imen ba'di ismuhu ahmad. Falam majahun bil bayyinati qol u hada sehru mubin. Nimaga ta'kidlab aytyapmiz bu avvalgi kitoblarda Payg'ambarimiz bor ekanligi haqida xabarni? Abdulloh imtisod ham bularda unutmadi, bularda inkor qilmadi, Tavratni to'laligicha oldi, iymon keltirdi. Ammo Tavratni xohlagan joyini olib, xohlagan joyini tashlaganlar kofir bo'lishdi. Iso alayhissalom aytadi men o'zimdan keyin keladigan Ahmad ismli bir Payg'ambar haqida xushxabar berguvchi bo'lgan holda yuborildim. Bas qachonki Iso ularga o'zining haq payg'ambar ekanligiga aniq hujjat, mo'jizalar keltirgach, ular bu ochiq sehrdir dedi. Iso alayhissalom o'zini tili bilan Ahmad ismli payg'ambar keladi mendan keyin deyapti. Bilasizlar payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni ismlari uchta. Muhammad, Ahmad, Mahmud. Uchalasi ham bu so'zni o'ziga hamd, maqtov degan so'zdan kelib chiqadi. Ana. Ana, Tavrotda ham bor ekan, Injilda ham bor ekan, ammo qabul qilmadi, aksariyati kofir bo'ldi.
Siz bilan biz ham kitobni olishligimiz shunday bo'lishligi kerak, birodarlar. Mo'min odam Qur'onni to'laligicha oladi. Agar oyatlarni ajrata oladigan bo'lsa, u hali mo'min emas. Demak, bu kishini o'zini xos dini bor ekan, havoyi nafsi degan dini. Yahudlarning mana shu rohibi al hasinimni sallam va'da qilingan payg'ambarni kelishligini kutib yashar edi. Ollohga ibodat qilmoqchi bo'lgan odam, payg'ambar yubordi Olloh ularga, payg'ambarga itoat qilsin. Undan keyin yana bitta payg'ambar uyg'ondi, unga itoat qilsun. Ammo keyingisiga itoat qilmayman, birinchisiga itoat olaman deydigan bo'lsa, demak bu odam Ollohga itoatda bo'lmadi. Mana endi hozirgi kunda dinlarni birlashtirishlik degan tashkilot bor ana shu g'arbda.
Zo'r shi'olari bor. Hammamiz deydi, bitta Xudoga sig'inamiz deydi. Hammamiz uni roziligini intilamiz deydi. Hammamiz jannatga borishni xohlaymiz. Do'zaxdan aytyata olamiz. Faqat bu Ollohga olib boradigan yo'llar har xil deydi. Shu yerda ketdi. Masalan, islomdan boshqa dinni biz tan olmaymiz. Chunki Alloh Taolo aytgan, astay deb beringlar. Innadina indallohil islam. Alloh Taoloning nazdida maqbul bo'ladigan din faqat islom dinidir. Biz aytamiz, birinchi aytgan to'rtta jumlanglar, to'g'ri, to'rtta gapinglar. Shuning uchun kelinglar, la ilaha illalloh muhammadur rasululloh deylik, bitta bo'lamiz. Bu yerga unamaydi. Dinni birlashtirishlik. Shiori bilan chiroyli bir plakatlar bilan, chiroyli qog'ozlar bilan kufurda olib kelib keladi siz bilan bizning yurtlarimizga.
Ahli kitoblar ularga hujjat kelganidan keyin faqat o'zaro hasad adovat qilganlari sababligina talashib tortishdilar. Kim Allohning oyatlarini inkor qilsa, bas, albatta Alloh tez hisob kitob qilguvchi bo'lgan zotdir. Istadi billa. Vaman ya'bi tag'i g'oyrol islami dinam falon yo'q bola minhu. U va hu fil a xiroti minal hosiring. Endi nima endi islom, boshqasini tan olmaysizlarmi desa, robbimiz aytyapti. Allohni nazdida maqbul din faqat islom dini. Shuning uchun g'ayridin bo'lgan, boshqa dinda bo'lib turib, ming yil ro'za tutsin, milliard dollar sarflasin, bunga bir so'm savob yozilmaydi. Chunki musulmon odamdangina alloh taolo qabul qiladi amalloh. Keyingi oyatda o'qiymiz. Kimda kim islomdan o'zga dinni istasa, hargiz qabul qilinmaydi boshqa dinni. Va u oxiratda ziyon ko'rguvchilar qatorida bo'lib qoladi. Demak, islom kelganidan keyin, avvalgi shariatlar barchasi bekor bo'ladi, hammalari muhammad alayhissalomga ergashishlarga lavozim, lobot bo'ladi. Umariddin xattob roziyallohu anhu rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonlarida tavrotdan bir varaqni olibdek, o'qiyotganligini rosti alloh ko'rdilar da, ranglari qizarib ketdi, g'azablanganidan. E xatto bti bo'lasiz a, tavratli o'qiyotgan bo'ladi.
Meni nubovatimda hali ham gumoningiz bormi? Deydi. Allohga qasam, shu sahifani egasi bo'lgan Muso ibn Imron tirilib kelsa, menga ergashaydan boshqa yo'l topmaydi, deydilar. Tushunarlimi? Iso alayhissalom tushadi oxir zamonda. Biz iymon keltirganmiz bunga. Musulmonlarni namozini o'qiydi, musulmonlarni hajjini qiladi, Muhammad alayhissalomga ummat oladi.
Masalan, soddaroq misol kelib boradigan bo'lsa, katta bir kompaniyani bir viloyatda bir filiali bor. Kompaniyaning xo'jayini shu filialni mudiriga jo'natdi, mana bu, mana bu ishlarni bajardi. Mana bu chislak uni. Haligi filialni boshlig'i o'sha chislakagacha kutib turuvdi, buyruqni bajaraman deb. Xo'jayinidan boshqa buyruq keldi. Uni qilma, ma'noni qil. Agar shu filialni mudiri birinchi buyruqni bajaraman, men ikkinchisini bajarmayman desa, nima qiladi ona kompaniyani boshlig'i? Shart ishni olib tashlaydi. Men buyurgan ishni qilasan deydi. Shuning uchun payg'ambar yubordi alloh taolo yesol yesolomdan keyin, muhammadur yusuf alayhissalomni yuborish kerak bo'ladi.
Ana shu yuboriladigan payg'ambarni alomatlari haqida tavratdan o'qir ekan, alloh taologa duo qilar edi. Ana shu payg'ambarga zamonga zamondosh bo'lishlik, uni ko'rishlik, unga iymon kelishlik baxtiga muyassar qilgin deb robbizga uzoq duo qilar edi va alloh taolo u kishini duosini ijobat qildi. U kishini Islomga kelishlik qissasi. Bu qissani Abdulloh ibn Sallamni o'ziga qo'yib beramiz.
Abdulloh i bin Sallam hikoya qiladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning zohir bo'lganini xabarini eshitganimdan keyin, u zotning nasabi, sifatlari, zamoni, makoni haqida so'rab surishtirdim. Tavrotda keltirilgan xabarlari bilan taqqosladim va u kishini haqiqiy payg'ambar ekanligini bildim. Akalar, aqlni vazifasi xabarni tarqatishdan avval uni to'g'riligini aniqlash. To'g'rimi yo noto'g'rimi bu xabar? Ha, to'g'ri ekan. Undan keyingi vazifasi xabarda to'g'riligni bilganingizdan keyin xabarni tushunish. Xabarni tushunish. Rasululloh sallam Makkadan hijrat qilib chiqdilar, Madinani qasd qilib, Yasribga keldilar, Quboyga tushdilar. Abdulloh ibn Sallam aytadi, shu paytda men bir xurmo daraxtining ustida edim. Xurmosini shu ishini qilayotgan edi. Daraxt ostida ammam Xolida bintul Xolis o'tirgan edi. Quboyga payg'ambarimizni kelganligini eshitdim da, xabardan allohu akbar, allohu akbar deb yubordim. Daraxt ustida turibman. Shunda xolam, Alloh seni noumid qilsin. Agar Muso ibn Imron kelganda ham, bundan oshishga so'z aytmagan bo'lar eding, sen yahudisan. Nima deganing bu? Dedi. Bu qanaqa takbir? Dedi. Abdulloh imni sallamaydi. Ey ammajon, albatta u kishi Muso ibn Imranning birodari.
U uning dinida. U Muso nima bilan yuborilgan bo'lsa, bu kishi ham ana shu narsa bilan yuborgan, dedi. Birodarlar, risolatlar bir. Masdar bir, mishkod bir. Hamma payg'ambarlar islom dinini olib kelgan. Odamlar garchi ularni har xil nomlar bilan keyin nomlab olgan bo'lsa ham. Chunki Alloh Taolo aytgandek, astaydu billah, amana rasul, biyama un ziyla ilayhi mirobbihi va al mu'minun, kullun amani billahi va malaka tufayli oyat oxirigacha. Payg'ambar o'ziga Parvardigoridan nozil qilingan narsaga iymon keltirdi. Va mo'minlar ham iymon keltirdilar. Allohga, farishtalariga, kitoblariga, Payg'ambarlarga iymon keltirgan har bir kishi aytdi, uning Payg'ambarlardan biror kishini ajratib qo'ymaymiz. Eshitdik va itoat qildik. Hammasi bir, asli bir.
Ammam sukut qildi, kel, o'zidan avvalgi Payg'ambarlarni tasdiqlab keladigan, risolatlarni kamoliy yetkazadigan, sizlar kelishini xabarini berayotgan Nabiy shumi dedi. Men ha dedim. So'ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yoniga to'g'ri bordim. Odamlar u zotni oldida jamlanib turishgan ekan. Rasulullohga yaqinlashdim va u zotdan birinchi eshitgan so'zim ayyu hannas, afshus salom. Shu so'z bo'ldi, Rasulullohdan birinchi eshitganim. Ey odamlar, salomni fosh qilinglar. Bilasizlar, la taduhulul jannatda hatta ta'minu. Jannatga kirmaysizlar to iymon kiritmagunlarcha. Vala to'minu xalta tahabbu. Endi bir biringlarni yaxshi ko'rmaguninglarchi, iymonlik ham bo'lmaysizlar. Endi bir birilarni yaxshi korishinglarga sabab bo'ladigan bir ishni o'rgataymi dedilar rasululloh. Ya'ni shunday ishga buni qilsang bir biringni yaxshi ko'rasan, yaxshi ko'rsang iymonli bo'lasan, iymonli bo'lsang jannatga kirasan. Demak bu ish qayoq boradi? Afsus salom. Oranglardan salomni fosh qilinglar dedilar. Assalomu alaykum dekanimiz bu jannatni kaliti olyapti biz uchun.
Shu sizni u odam yaxshi ko'rishiga sabab bo'ladi. Rasululloh aytdilar. Bir birimizni yaxshi ko'rsak, iymonli bo'lamiz va jannatga kiramiz inshaalloh. Shuning uchun yoshligidan o'rgatib yuboringlar bolalarga. Tarbiya darslarida aytganmiz, to'rt yashar qizcha desovka olib ketyapti otasi, kech qolib qolibdi, uxlab qolibdi. Nonushta qilganini yumadi. Kel bolam, kech qolyapmiz, keyin nonushta qilmadimi? Qo'lingga bitta narsa olib ol, yeb ketasan.
Haligi to'rt yasharshi qizcha bog'chada eshitganda, ada u rasululloh yo'lda ovqat yeb yurishlik pastkashlik degan u, deb qo'ydi. Ana. Ana, yoshligidan singdirilgan narsa umrini oxirigacha boradi. Abdulloh ibn Salom aytadi. Madinaga Rasululloh kelganlarida, odamlar u zotni yoniga shoshilishdi. Rasululloh keldilar, Rasululloh keladilar, odamlar shoshilishar edi. Men ham odamlar orasida u zotni ko'rgani keldim. U zotni yuziga qaradim, yuzidan kazzob emasligini bildim. U zotdan birinchi eshitgan narsam, ey odamlar, salomni fosh qilinglar, taom ulashinglar, qarindoshlardan xabar olinglar, odamlar uxlayotganlarida tunda qoyim bo'linglar, jannatga salomat kelib olasizlar degan so'z bo'ldi.
So'ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yaqinlashdim. Allohdan o'ziga iloh yo'q va u zot Allohning rasuli ekanligiga guvohlik berdim. Rasululloh menga qarab, ismingiz nima dedilar? Men al hasibinni sallam dedim. Rasululloh, sizning ismingiz Abdulloh ibn Sallam dedim. Shogirdingiz, qo'lingizda ishlaydigan ishchingiz, siz boshliqsiz, sizni qo'l ostingizdagi bo'lgan odamni ismi xijolatga, odamlarni orasida kulgiga, masxaraga sabab bo'layotgan bo'lsa, o'zgartirib qo'ysangiz, sunnatga muvofiq amal qilgan bo'lasiz.
Endi har xil da endi holatlar. Oila har xil bo'lgan. Nima deymiz, diniy bir sahofati yoki bir dunyoviy ilmdan qanchalar uzoq yaqin bo'lishiga qarab turib atlar qo'yiladi. Bir xilga atlar bor, haqiqatda esing, kulaverasan. Rostdan shunaqa aytdingizmi sizni desa, shunaqa deydi. Endi u o'rganib qolgan unga. Aytaversa o'rganib qolganda qulog'i. Shunaqa holatda o'zgartirib qo'yishlik Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning sunnati. Payg'ambarlarimiz bir qancha odamlarni ismini o'zgartirganlar. Qandaq qaziyotganlarida, qandaq azotida bir kishi keladi da, isming nimasi jol deydi, ya'ni bir qo'ng'iz bo'ladi bizning tilida. Seni isming bugundan boshlab amr deydi. Bo'ldi, meni ismim amr deb ketadi. Bugundan boshlay meni ismim abduurahman. Meni ismim bugundan boshlab abdulloh. Bugundan aytasiz bo'ldi, hech narsa talab qilinmaydi sizdan. O'zi asli ota ona chiroyli ism qo'yish kerak, bolasi qiyomatda hijolat olmasligi uchun.
Abdulloh Abdusalom aytdi, bugundan boshlay menga boshqa ismni bo'lishini xohlamayman. So'ng Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni yonidan turib, uyimga qarab bordim. Ayolim va oila a'zolarimni islomga da'vat qildim. Ularning hammalari islomga keldilar. Ammam xolida ham muslima bo'ldi, yoshi ulg'ayib qolgan edi. Oila a'zolarimga aytdim, musulmon bo'lganinglarni birovga bildirmay turinglar. So'ngra Rasulullohni oldiga qaytib borib, yo Rasululloh, yahudlar, ya'ni meni qavmim, botil va bo'xton ahli, ularni ulug'larini oldingizga chaqiring. Meni hujayralaringizdan bittasiga berkitib qo'ying, yashirib qo'ying. Ularni orasida meni hurmatim qanaqa, manzilatim qanaqa so'rang ulardan. Chunki agar ular meni islomga kelganligimni bilib qolishsa, meni bor ayb bilan ayblashadi dedi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday qildilar. Hujjatlaridan biriga Abdulloh ibn Sallamga yashirib qo'yib, yahudlarni, sayyidlarni, ulug'larini chaqirdilar da, ularni islomga da'vat qildilar. Qur'on oyatlari tilovat qilindi. Payg'ambarimiz hujjat dalillarini keltirdilar, lekin ular islomni qabul qilishni xohlashmadi, talashib tortishaverdilar. Shunda Payg'ambarimiz ularni islomidan noumid bo'lganlaridan keyin so'radilar.
Oralaringlarda al hasin ibn salam, u kishini ismi al hasin ibn sallam edi. Rasululloh Abdulloh ibn Sallamsiz degan edi. Oralaringizda al hasin ibn sallamni manzillati, hurmati qanday? Ular, ha u bizni saidimizni o'g'li, bizni saidimiz, olimimizning o'g'li. Bizni olimimiz deyishdi. Rasululloh aytdilar, agar u islomda qabul qilsa, sizlar ham qabul qilasizlarmi? Alloh saqlasin. Mumkin emas bunday bo'lishi. Musulmon bo'lishdan Alloh saqlasen dedi. Shunda Abdulloh ibn Sallam aytadi, hujradan ularni oldiga chiqdim da, aytdim, ey yahudlar jamoasi, Allohda taqvo qilinglar. Muhammad alayhissalom olib kelgan narsani qabul qilinglar. Albatta bu zotni Allohning rasuli ekanligini bilasizlar. Qo'linglardagi Tavrotda uning ismi va sifatlari bilan yozilgan holda topgansizlar dedi.
Men bu zotni Allohning yiroz so'rayotganligiga guvohni berdim, men musulmonman dedi. Deyishiga yahudlar, vallohi yolg'on gapirding. Sen yomonimizni o'g'li, yomonimizsan, johilimizni o'g'.li, johilimizsan deb bor ayblar bilan ayblashni boshlashdi. Darrov o'zgarishdi. Darrov o'sha ishni. Hozir bir gapni gapirib turib, boshqa gapni gapirib, chunki ular bilan birla bo'lmay qo'ydi da. Insofsizlik bu. Payg'ambarimizga qarab, Abdulloh ibn Sallom aytdiki, yo Rasululloh, aytmaganmidim yahudlar bo'xton va botir ahillari deb dedi. O'zini qavmini tabiatini, habisligini bilganligidan mana shu narsani aytgan edi. Abdulloh ibn Sallamni islomga kelishida mana quyidagi hadis rivoyat qilinadi.
Anasun nimalikdan, abdulloh i brun sallamdan u kishi rasulullohni madinaga kelganligini eshitganidan keyin, payg'ambarimizni oldiga kelib so'ragan edi. Men sizdan bir narsalar haqida so'rayman. Bu so'ragan narsalarni javobini faqatgina Nabiy bilishi mumkin. Bu hali iymon keltirmasdan olib boradi. So'ragan savollar quyidagicha edi. Inniy sayrukan salatin la ya'la muhimna illa Nabiy. Men sizdan uchta narsani so'rayman. Men. Bu savollarni javobni faqat Nabiy bilishi mumkin. Ma avvalo ashirot issa, qiyomat, xoin bo'lishlik soatini birinchi alomati nima? Va ma avvalo ta'mi yaquluhu ahlu janna. Jannat ahllari birinchi bo'lib yeydigan taom qanday taom? Uchinchisi, va ma ba'lu lvoladiy yan ziru ila abihiy, av ila umihiy. Qaysi holatda tug'ilgan chaqaloq otasiga qaysi holatida onasiga o'xshab qoladi? Bu narsalarni faqatgina Nabiy bilishi mumkin.
Payg'ambarimiz Sallallohu alayhi vasallam aytdilar, hozirgina Jabroil kelib, menga bu narsalarni xabarini aytdi dedi. O'sha o'sha farishta yahudlarning dushmani dedi Abdulloh ibn Sallam. Payg'ambarimiz aytdilar, ammo avval ashirot is sa'a fanarun taqshuruhum minal mashriqi ila ma'ribiy.
Qiyomatning avvalgi belgisi bir olovki, odamlarni mashriqdan mag'ribga qarab to'plab keladi. Qiyomat alomatlari degan darsimizda bu hadis sharhlangan. Bir o't chiqadi, odamlarda hammasini bir yilga to'plab surib keladi. Vulkan deysizmi, yer yorilishi deysizmi, xullas mana shu narsa bor. Ikkinchi savolim nima edi?
Va hamma avvalo to amin ya akulah u ahlu il janna. Faziya dadu ka bidel hud. Jannat ahlining yeydigan birinchi taomi bu baliqning, jigarining uchi. Ya'ni baliqni jigari yeyilar ekan. Vo ammal valadu ida sabaqa ma'ru rojuli ma al mar'ati naza al valadu.
Bolani otasiga o'xshashi erkak ayolga yaqinlik qilganida, erkakning suvi ayolning suvidan o'zib ketsa, bola otaga o'xshaydi. Voyda sabaxa ma'ul mar' adiy ma'rurojili naz'at al valada. Agar ana shu suv qo'shilganda bir biriga ayolning suvi o'zib ketadigan bo'lsa, farzand onasiga o'xshaydir. Haqiqatdan qarasangiz, ayrim odamlarni onasi bilan tursa g'irt onasiga o'xiq ekan deysiz. Otasi o'zi umuman boshqa shaklda bo'ladi. Otasi bilan tursangiz g'irt otasiga o'xshaydi deysiz. Znachit ikkalasini suvini olgan, teng kelib qolgan. Ba'zida otaga o'xshab ketadi bola, ba'zida onaga o'xshayib ketadi. Buni kim hal qiladi? Buni Alloh azza va jalla hal qiladi. Alloh taoloning hikmati ilohiyasi bu.
Abdulloh ibn Sallamni iymoniga kelishi, va yahudlar bilan Payg'ambarimizni mana shu haqida suhbatlashishligi mana shundan iborat edi. Payg'ambarimizni sollallohu alayhi vasallam Abdulloh ibn Sallamga bashorat bergan edilar. Bu qanday bashorat? Abdulloh i bin sallam roziyalloh ham hu hu bitta chanqoq odam suvga tashna bo'lgandek, suvga iqbol qilganidek, islomga iqbol qildi. Qur'on o'rganishlikka kirishdi. Uni oyatlarini diqqat bilan o'qib o'rgandi. Doim Qur'on tilovati bilan tili namida. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamga xuddi soyak ham ergashib, jannatga olib boradigan amallarga o'zini bag'ishladi. Payg'ambaringiz sallallohu aleyhi vasallam bu kishiga jannatni bashoratini berdilar. Bu haqida sahobalar o'rtasida xabar tarqadi. Birodalar, bu kishini yahudiy bo'lgan dedik. Kishi bir dindan boshqa dinga o'tish oson emas. Ammo Islom hamma narsadan quvvatli. Iymon hamma narsadan kuchli. Aqlli odam o'zini atrofidagi muhitdan ta'sirlanib, atrofidagi shart sharoit, muhitni itoatida bo'lmaydi. O'zini aqlini, qanoatini, iymonini itoatida bo'lladi.
Tushunarlimi? Mumkin emas deyildimi? Hamma qilayotgan bo'lsa ham qilaversin. Men qilmayman bu narsani. Alloh Taolo aytadi, astayte billah, vo ila qiyla lahum ta'alav ila ma anzal allohu va ila rasul qoluv hasbuna ma vajadina alayhi a ba ana avvalo ukani a ba ohimla ya'lamuna shayin va la yaxtadun. Dinda mana bunday, mana bunday deyilgan desa, endi ota bobomiz qilib kelgan ekan, shuni qilaveraylik deydi. Bu narsa mumkin emas desa, endi hamma qilyapti, biz ham qilib qo'yaveraylik. Ya'ni bu odam Alloh va Rasuliga itoat qilmayapti. Kimga itoat qilyapti?
Hammaga. Alloh Taolo aytadi qachon ularga Alloh nozil qilgan narsaga va Payg'ambarga kelinglar deyilsa, Alloh va Payg'ambarni aytgani qilinglar deyilsa biz uchun ota bobolarimizni nimani ustida topgan bo'lsak, biz uchun shu narsa yetarli deyishadi. Garchi ota bobolari hech narsani bilmaydigan va haq yo'lni topa olmaydigan bo'lsalar ham a? Hech narsani bilmas edi, bu diniy bilimlardan otang yoki enang xabari yo'q edi. Endi o'shalar qilganini qilib qo'yaveraylik.
Demak, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni Abdulloh minas-Sallamga bergan bashorati quyidagicha edi. Bu qissani qaysi buni Sadirniy ibodat rivoyat qilib beradi? U aytadi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning masjidida ilm xalqlardan birida o'tirar edim.
Unda bir shayx bor edi. Juda ham yoqimli va ta'sirchan so'zlarni gapirib, odamlarning qalblarini o'ziga moyil qilar edi. Odamlar uni suhbatidan huzullanishar edi. U kishi majlisdan turib ketganidan keyin, majlisda qolganlar aytishdiki, ahli jannat bo'lgan kishini ko'rish, kimni xursand qilsa, mana shu kishiga qarasin, ya'ni shu odam jannati deyishdi.
Qaysi birini Soatim Muboda aytadi, kim bu kishi deb so'rasam, Abdulloh ibn Sallam deb javob berishdi. Men u kishiga ergashaman dedim o'zimga, ergashdim. Ortidan aytib bordim. Uyga kirdi, men kirishlikka ruxsat so'radim, menga ruxsat berildi. Kirganimdan keyin nima ishingiz bor birodar dedi. Men siz masjiddan chiqib ketayotganingizda, siz haqingizda falon, falon, falon degan yaxshi so'zni eshitdim.
Sizni xabaringizni bilish uchun ergashdim. Sizni jannati ekanligingizni odamlar qayoqdan bilishdi? Dedi. Abdullohimni sal ham hikoya qiladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning davrlarida edim. Kechalarni birida uxlarkanman. Bir kishi tushimda meni yonimga kelib, o'rningdan tur dedi. Men turdim. U meni qo'limdan tutdi. Yurdi. Chap tarafimda bir yo'lda ko'rdim. Unga yurmoqchi bo'lganimda, boyagi kishi aytdi: yo'q, bu yo'lga yurma. Uni qo'y. Bu yo'l seniki emas, dedi. Qarasam, o'ng tarafimda bir aniq yo'l turibdi. U kishi: mana shunga yur, dedi. Abdullohi nisallam tush ko'ryapti. Alloh Taolo o'zi yaxshi ko'rgan bandasini birodarlar jannat yo'liga boshlab qo'yadi. To'g'ri yo'lni ko'rsatib qo'yadi, qanday qilib? Bir tiliga solib qo'yadi, yaxshi odamlarga qo'shib qo'yadi. Bir ilhom qatorida bir narsa keladi qalbiga. Shunda o'zi bilgan yo'l bilan Alloh Taolo hidoyatlantirib qo'yadi. O'sha paytda to'g'ri qilgan ekanman. Yo sen to'g'ri qurganing yo'q. Alloh seni o'sha tomonga burdi. O'sha payti yaxshi bo'lganingni ushlading. Yo Alloh seni saqlab qo'ydi. Muhimi birodarlar, duo qilaylik. O'zing rozi bo'ladigan ishlaring bizni boshla, o'zing g'azablanadigan ishlardan bizni qaytar. Agar Alloh ko'mak bermasa, qo'limizdan hech narsa kelmaydi.
Ishonaveringlar. U menga shu yo'lga yur dedi. Yurdim. Yurib, yam yashil, keng bir rovza bog'iga keldim. Bog'ni o'rtasida, tagi yerda, yuqorisi esa osmonda bo'lgan bir temir ustun bor edi. Uning yuqori tarafida oltindan bo'lgan bir xalqi bor ekan. U kishi menga chiq dedi. Men chiqa olmayman dedim. U kelib meni ko'tardi. Men ko'tarilib, ustunni yuqorisiga keldim. Ikkala qo'lim bilan oltin halqani ushladim. To tong otdirgunimcha, uni ushlagan holda turdim. Keyin uyg'ondim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni yoniga kelib, tushimni aytib berdim. Qaranglar qanaqa zo'r odamlar, qanaqa zo'ma bo'lgan. Muhammad alayhissalot vassalom tirik. Tush ko'rsa borib payg'ambarimizdan so'rab oladi. Bir mushkulasi bo'lsa borib payg'ambarimizdan so'rab oladi. Zo'r davr a? O'zi roziyallohu anhu deyilgani o'zi yetarli mukofot. Alloh ulardan nima qildi? Rozi bo'ldi.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam u kishini tushini eshitib turib, ta'vil qilib berdilar. Solih. Salohiyatli, taqvoli muomillarda tushishlari ayrim narsalardan bir xabar belgi bo'ladi. Rasululloh aytib berdilar qola tilka rovzatu rovzatul islam. U bog' islom bog'i. Va dalikal amuda amudul islam. Ana shu ustun islom ustuni. Va tilkal urvatu urvatu ro'zxo. Siz ushlagan boyagi xalqa, eng mustahkam xalqa, fanta alal islam, xatta tamota. Siz o'lguningizga qadar islomda bo'lasiz. Ya'ni o'lguchi imonda turibdimi? Demak, jannat deydigan bitta ishora. Kimdan bashorat bu?
Rasululloh aytdilar, u bog' islom bog'i, u ustun islom ustuni, u xalqqa mustahkam xalqqa, ba'zsiz to vafot etguningizcha islomda bolasiz dedilar. Payg'ambarimiz aytganlar royal mo'miniy juz un min sitatin va arba'ina juz an minina nubovati. Rasululloh aytdilar, mo'minning tushi nubovatning qirq olti dan biri.
Endi tushlarni haqiqiy ta'vilini birodarlar yusuf alayhissalom bilgan. Endi u kishidan keyin bu ilm mukammal suratda hech kimga berilgan emas. Ammo mana Tavbeylarda Ibn Siriyyin tushlar ta'viri degan kitobni jamlab qo'ygan. U ham vahiy sifatida emas, tajriba sifatida yozib qo'yilgan narsa. Tushdi hammasiga ishonib ham bo'lavermaydi. Tushdi hammasiiga beparvo ham bo'laver bo'lavermay. Tushdi yaxshi odamga aytish kerak. I nega yaxshi tushdi aytish kerak?
Bu qissa bizga nimani beradi? Bu kishi yahudiy edi. Rohiblardan edi. Jamiyatini ilg'or peshqadam odami edi. Dinini almashtirib olishligi juda ham qiyin ish edi. Ammo birodarlar, aytganimizdek, islom, iymon hamma narsadan ustun bo'ladi. Haqiqiy iymon egasi o'zini millati, urf odati, agar iymoni talab qilayotgan ishga teskari bo'lsa, iymon yo'lini tanlay oladi. Hamma qilayotgan bo'lsa, u ishni qilmay qo'yaveradi.
Nima deydi? Haq qabul qilishlikka hech qanday to'siq bo'lmaydi. Qarindoshlarim bunday deyapti, akalarim ko'mmayapti, jo'ralarim bunday qilaylik deyapti. Bu bari nima? Bahona. Chunki siz aytsangiz ham iqtisod tomonidan ham, boshqa tomonidan ham siz vigidniy narsani aytyapsiz o'zi aslida. Siz o'zingiz xohlasangiz bo'ldi.
Mana shu Muso alayhissalomni hissasidan bir gapiradigan bo'lsak ozgina, sehrgarlarni chaqirib turib Fir'avn Musoni yengib beringlar dedi. A biz yengib bersak, bizga nima bor degandi, sizlar meni eng yaqin odamlarimdan bo'lasizlar dedi. Muso alayhissa salom bilan sehrgar o'rtasidagi bahsdan xabarimiz bor. Muso alayhi salomni ko'rsatgan mo'jizasini ular Allohni mo'jizasi oyati ekanligini tushunishdi, iymon keltirishdi. Shunda Fir'avn aytdi.
Unga men izn bermay turib iymon keltirdinglarmi? Shak shubhasiz, u sizlarga sehr yurgan kattanglar ekan, dedi. Ya'ni izn berish kerak da bu. Izn berish keraksiz, izn bermasa bular iymon ham keltirishlik kerak emas. Ammo bu sehriganlar, sehriganlar haqni ko'rgandan keyin urf odatiga ham qaramadi, shart sharoitga ham qaramadi, odamlarni nima qilayotganiga ham qaramadi. Haqni ko'rdida shart sajda qilishdi. Men senlarni falon falon falon qilib azoblayman deganida nima dedi?
Bizlar hargiz o'zimizga kelgan aniq hujjat, mo'jizani va bizlarni yaratgan Zotni qo'yib, seni tanlamaymiz. Bas qiladigan hukmingni qilaver, sen faqatgina shu dunyodagina hukm qilaversan. Biz esa xatolarimizni va sen bizlarni majbur qilgan sehrgarlikdan iborat gunohimizni mag'firat qilish uchun parvardigorimizga iymon keltirdik. Allohning savobi yaxshiroq va ulug'roq dedi. Xulosa, Abdulloh ibn Salom yahudiy bo'lgan.
Urf odati, kiyim kechagi, tushunchalari boshqacha bo'lgan. Ammo iymonni sidqidildan qabul qilganidan keyin, siz qadrdon qalbiga iymon kirganidan keyin, bu narsalardan voz kechishligi juda ham oson bo'ldi. Siz bilan biz, o'sha chekkayotgan sigaretimiz bo'lsa, o'ynayotgan nardamiz bo'lsa, uxlamasdan yotib olib futbol ko'rayotgan bo'lsak, shariatimiz man qilgan ishlarimizni tashlay olmayotgan bo'lsangiz, bilingki hali iymon yetarli darajada qalbimizga kirib joylashmabdi. Bizni qalbimizni vujudimizni egallamabdi. Mo'min odam uchun Alloh va Rasululloh hokim qilgan paytda bir ishni, qilsammi, qilmasammi degan vibir bo'lmaydi. Alloh Taolo aytadi, Alloh va Rasulul bir hokimni hokim qilgandan keyin, mo'min va mo'minalarga hech qanday ixtiyor qolmasligi kerak. A ro'za tushish kerak bo'lsa ixtiyor qilmayapmiz ku. Ro'zani, namozni qanday qabul qilgan bo'lsak, Alloh Taolo va Payg'ambarimizni boshqa hokimlarini ham shunday qabul qilishligimiz kerak bo'ladi. Alloh azza va jalla bu ulug' sahobalarni hayotini o'qib o'rganib, ulardan o'zimiz uchun ibrat, hayotda bir dasturiy amal olishlikda barchamizga nasib qilgan bo'lsin.