Saodatning sabablari. Birinchisi, fikr qil, shukur qil. Fikr qilib ko'rgin da, birodar. Faqat jiddiy fikr qil. Jiddiy o'yla. Kallangni band qilib turgan hamma narsani bir chekkaga surib tashla. Haqqing bor, esdan chiqar, qarzing bor, uni ham uni, darding bor, xullas, hal bo'lmayotgan muammolar, kallangni band qurib turgan. Hammasini ich bir chekkaga surilib qo'yib, jiddiy fikir qil. Quloq sol, fikr qil. Shunda, agar jiddiy fikr qilsang, shukur qilishidan boshqa choring yo'qligini tushunasan. Shunda qanchalar noshukur ekanligingni ko'rasan. Ustingdagi ne'matlarga qara, birodar. Alloh taolo senga ato qilgan ne'matlarga bir qara. Astayru billa, vo in tauddu niyamatu allohi la tu suha. Agar deyapti robbimiz subhanahu va taolo, ustinglardagi ne'matlarni sanasanglar, adog'iga yeta olmaysizlar.
Ular sen bilan meni ustimda turibdi birodar. Seni ustingda ham, ostingda ham, o'ngingda ham, so'lingda ham o'rab turibdi. Va asbaha niyamah u, va asbaha alaykum niyamah u vohiratan va botina. Va sizlarga barcha zohiriy va botiniy ne'matlarni komil qilib berdi. Zohiriy vabotiniy degani moddiy ma'naviy ko'rinayotgan, ko'rinmayotgan ne'matlar.
Tanangni sog'ligi, vataningni tinchligi, yemog'ich moyg'angni borligi, ustu boshingni ustingda turganligi. Butun dunyoda xayriyati qo'lingda turibdi, ammo buni ko'rmaysan. Hayoting qo'lingda, ammo buni qadriga yetmaysan. Aytdik ku darsimizda, bu darslar siz bilan bizni mana bu o'lchov, tushunchamizni tuzatadi. Hayotga qarashimizni tuzatadi, endi hayotga qarashimiz, o'lchov tushunchamiz tuzalgandan keyin, hammamiz baxtli ekanligimizni tushunamiz. Payg'ambarimiz aytadilar, man asbaho ming qum aminan fesir bihi, muofa fi jasadihi, va inda huqu ta yo'mihi ka annama hi zadlahu dunya, bi xatoo firiha. Kim deyaptilar Rasululloh? Qaranglar, mana, Rasulullohning o'lchovida, shariatning o'lchog'ida kim eng baxtli odam? Kim eng boy odam? Rasululloh aytyaptilar kim? Qalbi xotirjam bo'lib, badani ofiyatda bo'lib, bir kunlik taomi bor bo'lib, tong ottirgan bo'lsa, go'yo u uchun dunyo keng bo'libdi. Demak, birinchisi, yurti tinch, boshida taomi bor, tani sog', bir kunlik ovqati bo'lsa, eng boy, eng xotirjam odam shu deb Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytyaptilar.
Shu o'tirganlarni ichida deyarli hammamizda mana shu narsa bor. Yurtingiz tinch, taniyiz sog', bir kuni ovqatingiz bor. Yo'qmi yo'q? Bor a? Rasululloh aytdilar, eng boy odam shu. Eng baxtli odam shu. Sezamizmi shu baxtimiz borligini? O'sha baxtli ekanmiz a, yurtimiz tinch, tanimiz sog', ustimiz but.
Ammo biz bu narsalarda qadriga yetmaymiz, birodarlar. Qalbahotirjam, o'zini uyida, qavmin orasida, taniq sog', bir kilo ovqati bor, dunyodagi eng baxtli odam mana shu deyapti payg'ambarimiz. Birodar, ikki ko'zing ko'rib turibdi, tiling gapirib turibdi, lablaring qimirlab turibdi, ikki qo'ling ushlab, ikki tog'ing bosib turibdi. Yutganing tomog'ingdan o'tyapti, qorningga tushgani hazm bo'lib, oshichasi chiqib ketyapti. Ne'matmi bu? Fabi ayi alay robbikuma tuka vibam. Bas, ey insonlar va jinlar, parvardigoringizni qaysi ne'matlarini yolg'on deya olasizlar?
Bir baxtsiz hodisa sababli shol bo'lib qolgan boladan orzular haqida so'ralyapti. Televizorda ko'rsatyapti. Yosh bo'lgan, sho'x bo'lgan, ibodatdan uzoq bo'lgan, ota onaga bir mehribon bo'lmagan, xullas baxtsiz hodisaga tushdi da, shol bo'lib qoldi. Qimirlolmaydi, o'tiradi aravada, faqat kallasi qimirlaydi, tirjag'i ishlaydi.
Orzularing haqida aytib ber. Orzusini qarang. Qo'lim bilan Qur'onni ochib o'qisam. Biror bir hayit bayramida uyimga o'zim oyog'im bilan yurib kelib, onamni quchoqlab, hayit bilan tabriklab peshonasidan o'psan. Agar Alloh qodir qilsa, bir marta sajda qilsam.
Bu uchchala niyati, orzusi baxt ekanligini bu yigit qachon bildi? Mana shu narsalardan mahrum bo'lgandan keyin. Bizda bormi shu ne'matlar? Ikkita oyog'ing bilan yurishing, hazakamishmi, birodar? Shol bo'lgan odamlarga qaramaysanmi? Ikkala qo'ling bilan xohlagan ishingni qilayotganliging, ne'matligingni his qilasanmi? Ikkala qo'li kesilgan odamni ko'rganmisan?
Ikkala qo'li kesilgan odam. Kiyim kiyishini bir o'ylab ko'rmaymizmi? Bir qo'li bor odam, oyoq kiyimini qanaqa qilib ipini boylaydi? Qanaqa qilib kiyimini kiyadi? Ikkala qo'li yo'q odam hojatga kirganda kirib, qanday qilib hojat qilib chiqadi? O'ylab ko'rganmizmi shu narsani? Ha, tishimiz og'rib kechasi bilan uxlamaganimizda, huzur halovatimizni yo'qotganimizda, ha, tunam uzoq bo'lar ekan ey, qara. Sen bir uxlab o'tkazib yuborarding shu narsani. Bir uxlab olti soat, sakkiz soat mazza qilar eding, faqat ne'matligini bilmas eding.
Birodar, ko'zing uyquga ketib, to'yib uyg'onishing, arzimagan narsada bo'lasanmi? Qancha odamlar bor uyqusi yo'q. Alloh taolo aytyapti, vo ja'alla navmakum subata. Uyqularingizni badanlaringlarga va asablaringlarga orom qilib berdik deydi. Uch kun uxlamangda nima bo'lasiz? Bir kun uxlamang da, ishga bormaysiz o'sha kuni. Ha desa men kechqurun uxlay olmadim deysiz.
Hajdamiz, hajda ekanmiz, muzdalifada bir oqsoqol yig'layapti. Muzdalifada tunadik. Tong otganda bir oqsoqol yig'layapti. Sababi so'ralganda aytyaptiki, to'yib, qotib uxlamaganimga yigirma yil bo'luvdi. Uxlaydi, besh minut uyg'onib ketaveradi. Uxlaydi da, o'n besh minut uyg'donib ketaverad. Shunaqa kasalga chalingan odam, muzdalifada, Allohning mehmoni ertalabgacha qotib uxlab, xursand bo'lganidan yig'layaptilar. Fikr qilinglar, birodarlar. Ish shukur qilinglar. Fikr qil, shunda shukur qilmay ilojing yo'q. Ko'ngling kutagan taomni istagancha yeyapsan, ko'zingni quvontirgan ichimlikni xohlagancha ichyapsan. Qancha odamlar bor, bir dard yetgan tabib ko'rsatgan ovqatdan oshchasini yeya olmaydi. Nima saqlaydi? Dieta saqlaydi. Parhez.
O'sha bir ko'rgan birodarlarimiz aytib bergan edi, juda ham badavlat odam deydi, uyda bular ustalar ishlagan. Ustalarga judayam chiroyli bir og'zi ovqatlarni qilib beradi. Ovqatlarni zo'rini tayyorlab beradi ustalarga. Ammo o'zi suvga qattiq nonni yutib, shimib, tishlab o'tiribdi deydi. Sabab, Alloh bir dard bergan, shu qattiq nondan boshqa narsa o'tmaydi tomog'idan.
Qulog'ing haqida fikr qilib ko'r, birodar. Alloh seni kalligidan saqladi. Suvni sharqarab oqishini eshitasan. Yomg'irni tomchilari daraxtni barglari gullab shitirayotganligini eshitasan. Ne'matmi, ne'mat emasmi? Birodarlar, ne'matga to'lib turibmiz. Shuning uchun saodatning birinchi sharti, fikr qil, shukur qil. Chunki rostmana fikr qiladigan bo'lsang, shukur qildingizdan boshqa chorang yo'q.
Bir inson farzandli bo'ldi. Shu farzandini ovozini eshitishlik ne'matmi? Birinchi aytayotgan so'zlarini eshitishlik, ne'matmi? Qur'on tilovatini eshitishlik nima, ne'matmi nima? Ko'zingni ko'rishi. Bu nima? Ne'mat emasmi? Er xotin, ikkalasini ko'zi ojiz. Alloh bir imkon berib, ayolini operatsiya qildirib, bitta ko'zi sal xira ko'rishni boshlaydi. Yigirma yil turmush qilgan, erini ko'rmagan. Endi ko'zi ochilganda xira ko'rishni boshlab, ana dadasi, ko'ryapman sizni, ana, ko'ryap man sizni deb xursand bo'lyapti. Uyni ko'radi, farzandini ko'radi. Xiraro bo'lsa ham ko'radigan bo'ldi. Qarang, ana shu xira ko'rayotgan bitta ko'zi bilan erini ko'rib qanchalar quvonyapti. Senchi birodar? Nimalardan shikoyat qilib yuribsan? Nimalarda aytib ming'illab yuribsan? Fikr qil. Shukur qil. Teringni tiniq, silliqligini ko'r. Alloh taolo uni pesdan, boshqa teri kasallardan saqlab qo'ydi. Birodarlar bilasizlarmi, allergiya degan kasal bor. Teri allergiyasi. Kimnidir terisi issiq allergiyasi bor. Bir narsa toshib ketadi issiqqa chiqsa. Kimnidir terisi sovuq allergiyasi bo'lgan. Sovuq unga tegsa, atir tegsa yoki allergiya bo'lib ketadi.
Yana suvga allergiyasi bor odamlar ham bor ekan, birodarlar. Terisiga suv tegsa, allergiyaga qo'zg'ab ketadi. U qanaqa qilib yuvinadi, demaysizmi? Qanaqa qilib tozalanadi, demaysizmi siz? Birodarlar, fikr qilaylik da. Bizdan boy, bizdan baxtli, bizdan saodatli odam yo'q. Faqat buni biz bilmaymiz. Chunki fikr qilmaymiz.
Alloh Taolo senga, birodar, aql degan ne'matni ato qildi. Jinni qilib qo'ymadi, es past qilmadi. Bu ham ne'matmi? Ruhiy xasta odamlar kasalxonasi. Borib ko'ring da. Qarasangiz, jasadi, shakli, tuppa tuzuk odamlar. Ko'rsang esi past demaysan. Lekin Alloh Taoloni mana shu esini past qilib qo'ygan. Nima, Alloh qodir emasmidi uni esini o'rnida qilib qo'yshlikka? Qodir edi. Lekin sinov uchun shunday qildi.
Sen bo'lsa, pul yo'q, pul yo'q deb yuribsan. Qancha pul bo'lsa yetadi deb o'ylaysan, birodar? Qancha bo'lsa yetadimi? Rasululloh aytganlar, insonga bir vodiy oltin berilsa, yana bir vodiyni orzu qiladi. Insonni ko'zini tuproq to'lg'izadi. Pul deysan, pul deysan, birodar. Endi eshitib tur. Ikki ko'zingni o'yib berasan, u xudtog'idek keladigan oltin beriladi. Rozimisan?
Ikki qulog'ingni kesib olishadi, to'xoma tog'laridek kumushlar seniki bo'ladi. Nima deysan? Tilingni berasan, soqov bo'lasan, ammo zahro qasrlari seniki bo'lardi. Ko'nasanmi? Ikkita qo'lingni uzib berasan, istagan yoqib marjonlarni olasan. Bu taklifga nima deysan. Sen eng afzal, eng go'zal va eng komil ne'matlar ichidasan, ammo uni bilmaysan, ko'rmaysan. Bir olim, bir shifoxonaga bordim. Ichki a'zolarni ko'chiradigan, jigar, buyrak, yurak, shunga o'xshagan a'zolarni ko'chiradigan shifoxona.
Kirdi, ana shu shifoxonaning xizmatlarini narxlandi qator ko'rib turib, hayron qoldi. Buyrak almashtirishlik falon muncha, yurak almashtirish paloncha, sten qo'yish paloncha, ularni ko'rib turib, tashqariga chiqib turib, aytdiki, ichki dunyoyimga qarasam, men ancha boy odam ekanman deydi. Ichki dunyoyamga qarasam, ichki a'zolarimga qarasam juda ham boy ekanman deydi deydi. Ajib. Odam bolasi bor narsasini ko'rmaydi. Yo'q narsasini ko'taradi. Vaholanki bor narsasi yo'q narsadan ko'ra ko'proq bo'ladi.
G'amga, qayg'uga, tashvishga siqilib botib yashaydi. Shuning uchun birodar, bor narsangni ham ko'rishni o'rgan. Bor narsangni ko'rishni. Yurting tinch, taning sog', qorning to'q, qalbingda xavotir yo'q. Ichi ekkan suving zilol, havoying toza, ofiyating turibdi, ammo bular ko'rinmaydi. Darsimiz avvalida aytdik, o'ylanib ko'raylik da. Faqat jiddiy o'ylanaylik. Hamma narsani bir chekkaga surib qo'yib turib o'ylanib ko'raylik da. Shunda fikr qilsak, shukur qilmasdan boshqa imkoniyatimiz yo'qligini ko'ramiz. Dunyoni saodatlari kaliti qo'limizda turibdi, ammo uch to'rt chaqamiz yo'qligidan shikoyat qilyapmiz.
Salafsiz tolihinlardan biri mana shunday ne'matlarga ko'milib turgan odamni ko'rib turib aytdiki, senda ko'p ne'matlarni ko'ryapman. Alloh ne'mat bilan seni siylagan ekan. Endi u ne'matlarni shukur bilan bog'lab qo'ygin dedi. Nima bilan bog'lab quygin? Shukur bilan. Va in tauddu niyomatullohila tuhsuha. Agar Allohni ne'matlarini sanasanglar, sanog'iga yeta olmaysizlar. Qoida.
Fikr qilsang, shukur qilishga yo'l ochiladi. Shukur qilsang, ne'matlar ziyoda bo'lishiga yo'l ochiladi. Vo it ta'zana robbukum la in shakar tum la azeydan nakum. Parvardigorimiz aytdiki, agar shukur keltirsanglar, ne'matimni ziyoda qilib beraman. Endi shukur keltirishidan biz nima to'syapmiz? Ne'matlar haqida fikr qilmasligimiz. Qoida. Fikr qilsang, shukur qilishga yo'l ochiladi. Shukur qilsang, ne'matlar ziyoda bo'lishiga yo'l ochiladi.
Va fiy amhu sikum afalat obus erun. Allohning ne'matlari vujudlaringizda har bitta a'zoylarda turibdi, axir ko'rmaysizlarmi? O'zing haqingda, oilang haqida, uying haqida, ishing, farzandlaring, ofiyating haqida fikr qil birodar. Butun dunyo seniki bo'lib turibdi. Shuni ko'rgin, shuni anglagin, rozi bo'l, shukur qil. Ya'rifuna ni'matullohi summa yunkirunaha. Ular Allohning ne'matini tanilar va keyin uni inkor qilurlar. Demak, birodarlar, saodatning birinchi sababi, fikr qil, shukur qilib. Shukur qilsak, ne'mat ko'payadi.
Nonko'rlik qilsak, neymat olib qo'yiladi. Shukur qilish uchun fikr qilish kerak. Astaydu billah. Vo daromallohu masalan qoryatan kanat amina. Mutumainna. Ya'ti ha rizqu ha rog'adan ming kun limakan. Alloh bir shaharni misol keltirur. U tinch, sokin shahar edi. Har tomondan ruzqu ro'zi bekami ko'st ketib turar edi.
Fakafarat bi anumi'lla, fa adraqu allohu libasal jo'ayyu va alixavf u yumakan u yasnaun. Va'as, ular ana shu shaharning aholisi allohning ne'matlariga noshukurlik qilishganidan keyin, alloh bu shahar aholisiga shu qilgan hunarlari, qo'shtirnoq ichidagi hunarlari sababli ocharchilik va notinchlik balosini toptirib qo'ydi. Biz ustimizda turgan ne'matlarga qaraylik, fikr qilaylik, shukur qilmay ilojimiz qolmaydi. Shukur qilsak, ne'met ziyoda bo'ladi. Vassalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va barakatuh.