Maviza
—Qoralama18 daq

Saodatning sabablari

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
17:30
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillah robbil alamin. Vassalotu vassalomu ala shirofil mursalin va ala alixiyoshibi hiyajmain. Allohumma alimla man yonfaunav va man fanafim la'lam tanafuzid na'inman. Allohumma arenal haqqa haqqon vorzuqna tiba'a va arenal ba'tina ba'tina vorzuqna jidinaba.

Hoji anna minmay yasta me'un al qovli fayad tabiun ahsana. Vodixin nabirahmat aka fiy ibodika solihiyin ammabod. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'limi va barakatuh. Saodatning sabablari deb nomlanadigan darslarimizning bugun o'n birinchi si. O'n birinqi sabab, albatta har bir mashaqqat bilan birga yengillik bordir. Fa innama al usri yuzroq. Birodar, unutma, ochlikdan keyin to'yishlik bor. Chanqoqdan keyin qonishlik bor. Bedorlikdan keyin uyqu bor. Kasallik bemonlikdan keyin tuzalishlik ofiyat bor. Astaydubillah, faa asallohu an ya'atiya bil fathiy, shoyad alloh g'alaba bersa yoki o'z huzuridan biror buyruqni berib qolsa.

G'oyiblar qaytib keladi. Adashganlar yo'lini topadi, mashaqqatga kirganlar bir kun kelib qutuladi. Zulmat, qorong'ulik ham bir kun albatta tarqaydi. G'amga botib qolgan kishi yaqinda yorug'lik tezligida keladigan farajni kutsin. Rodalar tun o'zini eng qorong'u lahzasiga yetdimi? Bas, undan keyingi lahza yorug'likka, tongga qarab yurishlik bo'ladi. Tunni eng qorong'u qismini soat necha oladi? Uch deylik. A? Uch bo'ldimi? Cho'qqisiga chiqdimi qorong'ulik? Endi uchdan bir sekund o'tdi, endi yorug'likka qarab yuradi.

Agar birodar, oldingda uzundan uzun sahroni ko'rib turgan bo'lsang, bilginki, uni ortida albatta yam yashil vodiylar, bog'lar, soya salqinlar bor. Arqon birodar, tortilib, taranglashdimi? Demak, uzilishga oz qoldi. Mashaqqatlar cho'qqisiga, bizni tilda pikiga yetdimi, endi buni buyog'i yengillikka yurishlik bor. Alloh azza va jalla bu borliqni qanday yaratdi? Bu borliqda yig'i bilan kulgu birga bo'ladi. Dard bilan shifo birga yuradi. Xavotir bilan xotirjarlik doim yonma yon turadi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar: vo annal farajam al karbiy va annama al usra yusro.

Albatta qayg'u bilan birga xursandchilik bor, qiyinchilik bilan birga yengilchilik bor. Boshing og'riyotgan bo'lsa, birodar, tishing, qulog'ing, ko'zing, boshqa a'zolaring sog' turibdimi? Boshing og'riqayotganda bitta mashaqqat bo'lsa, oldida beshta yengillik turibdi. Agar ishing yurishmayotgan bo'lsa, taning sov bo'lib turibdi, yurting tinch turibdimi? Demak bitta mashaqqat bor, oldida ikkita yengillik bor. Shuning uchun mashaqqat bilan yengillik, ya'ni mashaqqatbilan birga yengillik bo'ladi degani ma'nosi shu. Sen faqat bitta mashaqquatni ko'rasanda, oldidagi o'nta yengillikni ko'rmaysan. Mana shu yengilliklarni ko'rishni o'rgansang, ustingda turgan mashaqqat, mehnat yengil bo'ladi. Birodar, soching to'kilyaptimi?

Tishing to'kilmayapti yu, to'g'rimi? A? Tirnoqlaring to'kilib ketmayaptimi? Shuning uchun bitta mashaqqatni oldida albatta bir qancha yengilliklar bo'ladi, faqat shu narsani ko'rishni bilishligimiz kerak. Shuning uchun birodar, faqatgina yo'q narsangga qaravormasdan, bor narsangga ham qarashni o'rgan. Holing ancha yaxshi.

Ibrohim Halilullohni olov kuydirmadi. O'tga irg'itishdi. Lekin u davrda o'tga irg'ytgan paytda Ibrohim Halilullohni Alloh Taoloning rabborining inoyati o'rab turgan edi. Shuning uchun o't kuydirmadi. Qulna ya naru kuni bardam vas salamun ala ibrohim. Biz aytdik deydi Alloh Taolo. E't ibrohimga sovuq bo'l, salomat bo'l.

Alloh zirvajalla rioyasi inoyati bor, mo'minlarga. Kalimulloh Muso alayhissalom, u kishini dengiz cho'ktirmadi. Dengizga kelib qoldi yahudlar bilan. Ularni orqasidan quvib Fir'avn keldi katta qo'shini bilan. Shunda yahudlar tamom, tutildik, halok bo'ldik deyishdi. Lekin Muso alayhissa nima dedi? Kalla innamaai robbiy sayahdin. Yo'q. Men bilan birga Parvardigorim bor. Albatta u meni bir yo'lga boshlar. Alloh Taolo qanaqa yo'lga boshlab qo'ydi? Birodar, musulmon, banda, uni ustiga kelayotgan musibatlar, mashaqqatlar ham Alloh Taoloning taqdiri ekanligini bilishlik kerak. Bu mashaqqat lar ambiyolarga ham kelgan. Nimaga kelgan ularga?

Robbilari haqidagi gumonlarni sinashligi uchun. Alloh Taolo aytadi: men bandamning gumonidaman. Men haqimda qanday gumon bo'lsa, shundayman deydi. Yordam beradi deb gumon qilsa, yordam beradi. Meni tashlab qo'ydi desa, tashlab qo'yadi. Alloh duoyimni ijobat qiladi deb aniq gumon qilib, aniq ishonib, Allohga duo qilsa, duosini ijobat qiladi; meni duoyimni eshitarmikin deb ikkilanadigan bo'lsa, eshitmaydi.

Payg'ambarlarga ham sinov kelgan, birodarlar. Robbular tarafidan kelgan yangilikni kutadimi, kutmaydimi? Mana shu sinovni ular boshlaridan o'tkazishgan. Shuning uchun ustingga musibat keldi. Bitta mashaqqat, bitta musibat. Lekin yonida robbinga duo qilish imkoniyating turibdimi? Demak, bitta mashaqqat oldi, bitta yengillik turibdi.

Bitta musibat kelda, bitta mashaqqat keldi. Iymoning salobatmi? Iymoning salomat. Duoyingni ijobat bo'lishiga ishonching bormi? Bor. Shuni o'zi mashaqqatni oldida bir qancha yengilliklar bor ekanligini bildirmayaptimi? Birodarlar, musibat bor, yonida duo bor. Musibat bor, yo'nida iymon bor. Musibat kor, yonida sabr qilsang ajr olishiga umiding bor. Musibatkor, yonida sog'liging bor, oilang bor, yori birodarlaring bor. Musibatbor, atrofingda shu musibatday. Yengishlikka senga yordam beradigan birodarlaring bor. Birodarlar, innama ala usuliy usroq. Albatta, bitta mashaqqat, qiyinchilik bilan bir qancha yengilliklar yonma yon turadi deyapti. Shu yengilliklarga qarashni o'rganaylik, shunga odatlanylik.

Ma'sum zot sollallohu alayhi vasallam g'orda o'zining do'sti halili abubakr siddiq bilan o'tirarkan, mushriklar g'orda og'ziga kelishdi. Abu Bakr Siddiqi Rasululloh bilan g'orda o'tirarkanlar, ularni oyoqlarini ko'rib turardi. Shunda yig'ladi. Abu Bakr Siddiqi yig'ladi, qo'rqib ta xavotir qildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Yo'q, Abu Bakr, nimaga yig'layapsiz? Yo'q, Rasululloh, agar oyog'ini ostiga qarasa, engishib, bordi ichiga qarasa ko'rib qolardi bizni, dedi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam nima dedilar? Ma zonnuka ya abu abaker bi ifnain, allohu salihuhima. Uchinchi sherigi Alloh bo'lgan ikkita odam haqida qanday gumondasiz? Ana birodar, musibat, mashaqqat turibdi, lekin robbisiga bo'lgan iymoni bor Payg'ambarimizni. Parvardigori saqlashiga bo'lgan ishonchi bor. Ana, bitta mashaqqat oldiga qancha yengilchilik. Shunda ularga Alloh tomonidan xotirjamlik keldi, g'alaba keldi, Alloh saqladi. Astayribilla. La yukallifullohu nafsan illa ma'a ta ha, sayyaji alullohu ba'da, usuring yuzroq. Mana bu oyat ham sen bilan menga birodar bashorat. Bitta mashaqqatni oldida bir nechta yengilchilik bo'lar ekan.

Bitta qiyinchilikni oldida uchta, to'rtta, beshta yengilchilik bor ekan. Endi bitta mashaqqiqatdan keyin ham ko'p yengilliklar bo'ladi. Tushunyapsizlarmi? Problema bitta, yonida to'rtta yengillik bor. Problema bitta, problemadan keyin o'nta yengillik bor. Alloh hech bir jonni o'zi unga ato etgandan boshqa narsaga taklif qilmas, Alloh tanglik kambag'alligidan keyin yengillik, boylikni ham paydo qilur.

Besh yil, o'n yilda buyog'ida, yigirma o'ttiz yilda buyog'iida qo'lida davlat to'plangan birodarlar, eslaylarda, shu davlat kelmay turib yo'q edi. Eplab tirishchilik qilib zo'rg'a kuningizni o'tkazgansiz. Ko'tini ko'tiga ulab, uchini uchiga ulab. O'sha kunlar bor edi. O'tib ketdi da, endi esimizdan chiqib qoldi. To'g'rimi? O'n ming dollar bo'lsa yetadigan kunlaringiz bo'lgan.

Hozir o'sha o'n ming dollarlik odam aytadi, o'n ming bo'lsa yetadi deydi, xotirjam bo'laman deydi. O'n ming bog'gandan keyin yetmagan. Keyin yuz ming berdi. O'sha o'n mingta so'ragan payti esdan chiqib qoldi. Inson esdan chiqarib qo'yadi. Bitta mashaqqatni oldida bir nechta yengillik bor va bitta mashaqquqatdan keyin ham bir qancha yengilliklar bo'ladi. Faqat qaysi tomonga qarashni bilaylik birodarlar.

Bugungi kunini naqd kunini bandalari hozir naqd bo'lib turgan rohatini qullari, bunaqa odamlarni boshiga ozgina sinov mashaqqat kelib qolsa, faqat siqilishni ko'rishadi. Faqat baxtsizlikni ko'rishadida. Chunki bular mana shu o'tirgan xonasini devoriga qaraydi, hovlisini darvozasiga qaraydi. U hovlini tashqarisiga nazar sola olmaydi. Bunaqalar oyog'ini tayiniylar ko'radi, sal narroqni ko'ra olmaydi. Agar bunaqa gumrohlar ana shu to'siqni orqasiga ham qarab ko'radigan bo'lsa, mashaqqatlarni orqasida yengilliklar borligini ham tushunishar edi. Birodarlar, qiyinchilik, mashaqqat va musibatni orqasida, mashaqqatlardan keyin ham bir narsa bor. Bu mushkulalar doim bo'lmaydi. Yomg'ir abadiy yog'maydi.

Yomg'ir abadiy yog'maydi. Mana shu narsalarga bu gumrohlar e'tibor bera olmaydi. Qanday ozodatini ko'ring. Musulmonlarning ustiga Madinada turgan paytlarida kelgan mashaqqatning eng og'iri bo'ldi. Madinaga hijrat qilib kelib, musulmonlarning ustida tinimsiz mashaqqatlar, tinimsiz sinovlar, qiyinchiliklar, ana shu cho'qqisi mashaqqatlarni Xanda g'azoti kuni bo'ldi. Madinaning shimol tarafiga Quraysh mushriklari o'n ming kishilik qo'shnini yig'ib kelib joylashtirishdi. Musulmonlar xanda qazib himoyalanishiga majbur.

Orqa tomondagi Banu Qurayzaning xiyonati ma'lum bo'lgandan keyin, Rasululloh bilan xandani qazigan uch mingta odamdan faqatgina uch yuzta odam qoldi Rasulullohni oldida. Uch mingta turuvdi o'n ming tani oldida. Lekin Banu Qurayzani xiyonatidan keyin, Rasulullohning oldida uch ming tadan uch yuz talik odam qoldi. Mana endi uch yuzta otamni ustiga shunaqa mashaqqat keldi, qattiq sovuq, qo'rquv, xavotir, ochlik. Mashaqqatni cho'qqisiga yetildi.

Keyin nima bo'ldi? Bir yarim oy qamal qilib turishdi. Bir yarim oy. Ammo bu sahobalar Allohning va'dasiga, Rasulning va'dasiga ishonishdi, sabr qilishdi. Mushkulani eng cho'qqisi, muammoni eng kattasi qarshisida sobiq turishdi. Natija qanday bo'ldi? Lam yana alo xayro. Alloh Taolo ana shu mushrik bo'lgan kimsalarni noumid qaytardi. Hech qanday yaxshilikka erishmadi, qaytib ketishdi. Qanday g'azoti nihoyasiga yetganidan keyin, Rasululloh aytdilar: la yag'zu na naba adal ya'um.

Endi buni buyog'iga bizni ustimizga qo'shin tortib kelisha olmaydi ular. Ana mashaqqat cho'qqisiga chiqdi, endi qaytdi. Shuning uchun aytyapmiz da, yomg'ir abadiy yog'maydi. Bu ustingda turgan mashaqqatlar abadiy bo'lmaydi. Bir oydir, bir yildir, ikki yildir, besh yildir tugaydi. Faqat nima qil? Shu mashaqqatda turganingda yengilliklarni ko'rishni o'rgan. La yukalifullohu nafsan illa ma ataha. Alloh hech bir jonni o'zi unga ato etgandan boshqa narsaga taklif qilmas, Alloh tanglik, kambag'allikdan keyin boylikni, yengillikni ham paydo qilur.

Mana shu qiyinchilik va yengilchilik haqida sahobalarni bir qancha so'zlarini o'qiymiz. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu aytadi, bitta mashaqqat ikkita yengilligini yenga olmaydi. Aytdik ku, bitta mashaquqni oldida eng kamida ikkita yoki uchta yengillik bo'ladi. Endi bitta mashaqquq ikkita yengillasini yeya olmaydi deyapti. Ummatning donishmanti bo'lgan abdulloh i bin abbos roziyallaohu anhum. Abdulloh ibn Ma'sud roziyallohu anhu aytadi, agar bitta mashaqqat, bir kovakka kirib kelsa, yengillik quvib, uni orqasidan albatta kiradi. Yengillik ikkita oladi yo uchta oladi. Ibn Ma'sud yana aytadi. Agar bir mashaqqat kovakka kirvolsa, uni ortidan yengillik kiradi da, uni u yerdan haydab chiqaradi. Faqat musulmon odam e'tiqodi shunday bo'lishligi kerakki, mashaqqatni oldida yengilchilik bor. Mashaqqatdan keyin ham yengilchilik ham bor. Faqat uni ishi sabr qilib, iymon keltirib, duo qilib kutishi.

Shoyat, bundan keyin Alloh yengillikni ato qilsa. Mana, inna ma'l usuri yuzroq, inna ma'al usuri yuzrox. Biz albatta har bir og'irlik, mashaqqat bilan birga yengillik ham bordir. Yana takrorlanyapti shu so'z. Albatta har bir ag'irlik, mashqqat bilan biri bir yengillik ham bordir. Ikki marta takrorlayapti. Bu oyatda musulmon kishiga bashorat bor. Qiyinchilik davomiy bo'lmaydi. Doim yengillik yonida bo'ladi. Surada Alloh Subhanahu va Taolo mana shu ma'noni ikki marta takralladi. Ta'kidlab aytdi. Mashaqqat bittada zikr qilindi, ammo yengillik esa nakira qilib zikr qilinndi. Nima degani?

Bitta emas degani. Ikkita, uchta, beshta, o'nta. Ma'qulmi? Bitta mashaqqat bor, yonida son sanoqsiz yengilchiliklar bor. Qoida. Yengillikni kutib yashash eng yaxshi ibodat hisoblanadi. Yengilligini kutib yashash eng yaxshi ibodat bo'lib hisoblanadi.

Bo'ldi endi tugadi endi, tugadik. Birov uni yupatishga harakat qilsa, u tushkunlikka tushib yuboradi. Yo bo'ldi tugunadi dema, o'sha tugadim, bo'ldi, menda xodim. Nimaga yashayapsan? Umid qilyapsan, shuning uchun yashayapsan. To'g'rimi? Umiding borda. Kunlar almashib turadi birodarlar. Zamon o'zgarib turadi. Zulmatdan keyin keladigan yorug'lik bor. Tundan keyin keladigan tong bor. Hakim bo'lgan Alloh Subhanahu va Taolo har kuni bir faoliyatda. Kimnidir ko'taradi, kimnidir tushiradi. Kimni boy qiladi, yana kimni kambag'al qiladi. Shuning uchun birodar siqilma. Davomul hali minal muhal. Holatni doim bir xil bo'lishi mahol.

Ishlari yurishib turibdimi? Doim bir xil bo'lavermaydi, bir kun tushishi bor. Ishlari yurishmayaptimi? Doim birxil bo'laveraydi, bir kun yurishib ketishi bor. Bas, albatta har bir og'irlik, mashaqqat bilan birga yengillik ham bordir. Albatta har bir og'irlik, mashaqqat bilan biri bilan birga yengillik bordir. Xulosa. Biz ustimizga kelgan bitta mashaqqatni o'ziga tikilib tura olmasdan, yonida turgan bir qancha yengillarga qaraylik, bitta mashaqqat yengilishimiz oson bo'ladi.

Bitta mashaqqatga qarab tikilib, bo'g'ilib, siqilib, dars oshirmaylik. Chunki uni oldida bir qancha nima bor? Yengillik bor. O'n birinchi sabab, albatta har bir mashaqqat bilan birga yengillik ham bordir. O'tgan mavzularimizni bir qator qaytarib qo'yamiz. Saodatning sabablari degan silsila darsimizda birinchi mavzuyimiz, fikr qil, shukur qil. Ikkinchi mavzuyumiz, kechagi kun o'tdi, ketdi. Uchinchi mavzuymiz, bugungi kun, seni kuning. To'rtinchi mavzumiz, kelajakni qo'yib tur o'zi kelgulicha. Beshinchisi, nohaq tanqidga qanday munosabatda bo'lasan? Oltinchisi, boshqalardan rahmat kutma. Yettinchisi, odamlarga yaxshilik qilish insonni qalbini yorishtiradi. Sakkizinchisi, bekorchilikdan qutilgin. To'qqizinchisi, immo taqlidchi bo'lma. O'ninchisi, qazoyi va qadar, o'n birinchisi, fa innama al o'sri yuzroq. Albatta bir mashaqqat bilan birga yengilchilik ham bordir. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatuh.

Keyingi darsni tinglashSaodatning sabablari