Maviza
—Qoralama18 daq

Saodatning sabablari

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
17:52
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim, alhamdulillahir robbilen alamin. Vassalatu vassalamu ala ashrofil mursalin va ala alixiy va ashabihiy hij ma'iy. Ammabayt assalomu alaykum va rahmatullohi ta'l va barakatuh. Saodatning sabablari deb boshlagan silsila darslarimizdan o'n uchinchi sabab, mustor odam duo qilgan vaqtida uning duosini kim ijobat qiladi? Yakka yagona bo'lgan Alloh Taoloni o'zigina qiyinchilikka tushib qolgan insonga tayanch bo'ladi. Mustor odamga Alloh Taolo o'zi madad beradi. Musibatga uchragan odamga Alloh teologa yordam beradi. Hamma hammani hojati unga tushadi. Bandalar yolg'iz Uni o'zidan so'rashadi. Tillar Uni zikri bilan band bo'ladi. Qalblar unga intiladi. U Alloh Subhanah va Taolodir. Yengil, og'ir, xursandchilik, alamli kunlaringda birodar, unga duo qilishing, unga duo qila shimiz sen bilan bizga vojibdir. Balo yetganda, unga yuborishimiz, qiynalganimizda, unga bog'lanishimiz vojib.

Faqatgina uning o'ziga, faqatgina uni o'ziga yuzlanib, duo qilib, yig'lab, yuborish sen bilan menga birodar vojib bo'ladi. Shunda Allohni yordami keladi. Shunda uning nusratiga erishamiz. Faqat mustor bo'lib duo qilishimiz kerak. Yengillik tezlashadi, mushkulalar hal bo'ladi, fath, nusrat g'alaba keladi. Alloh Subhanahu va Taolo hadis quddusida aytadi qaysi bir banda maxluqotlarim bilan emas, men bilan himoyalansa, men buni uni niyatidan bilib olaman. Biz osmondagilar va uni ichidagi hamma hamma bu bandamga qarshi makr hiyla qilsa ham, men bu bandamga shu mushkuladan makrdan chiqib ketadigan yo'lni ochib qo'yaman. Ya'ni, bandalar bilan emas, men bilan himoyalansa, akasiga ishonmasa, tanishiga ishonmasa , puliga ishonmasa. Xullas, bir narsalarga ishonmasdan, faqat meni o'zim bilan himoyalansa, men buni niyatidan bilaman deyapti.

Shuning uchun birodar, Allohni o'ziga tavakkal qilib, o'zidan yordam so'raymiz. Orqasidan sababini ham qilamiz, unga bunga telefon qilamiz, doktorga boramiz, boshqa. Lekin avvalambor Alloh Taoloni o'zi bilan himoyalanishimiz kerak. Mustor bo'lib duo qilgan bandani duosini Alloh albatta ijobat qiladi. Istaydu billah, amman yujibul muxtorra ida da'a hu voyak shefu suv. Alloh azza va jalla mustodning duosini ijobat qiladi, agar unga duo qilinsa va mushkulalarni oson qiladi.

Shunda cho'kayotgan odam omon qoladi, yo'qolgan odam topiladi, balolangan inson qutiladi, kasal tuzaladi, tanglikdagi torlikdagi odam kenglikka chiqadi. Alloh azza va jalloh ana shu mushriylar haqida xabar berib aytadiki, astadibillah, fayda roki bu fil fulki, da'a ulloha muxlisi inalahu din. Mushriklar, Allohni bolasi bor deydigan, Allohga shirk keltiradigan insonlar kemaga chiqqanida, mushriklar, dengiz shayqalib, ko'zlariga o'lim, halokat ko'ringanda, hamma shirk keltirayotgan narsalarni unutishadi da, yolg'iz Allohga duo qiladi. Chunki bilishadi kimga duo qilish kerakligini. Mustor bo'lib duo qilishadi. Alloh aytyapti. Qachon ular kemaga minsalar, g'arq bo'lishdan qo'rqib, Allohga chin ixlos bilan duo iltijo qilurlar. Mana shular ham mustor bo'lib, Allohni o'ziga duo qilganda, Alloh Taolo ularni quruqlikka chiqarib qo'yyapti. Endi quruqlikkaga chiqib olgandan keyin yana mushiriy holatda qaytib ketyapti.

Hatto mushiriylar baloga yo'liqqanda yolg'iz Allohni o'zigaga duo qilar ekan birodarlar. Birodar, Robbiyni xitobiga quloq tutdi. Muhammad alayhissalotu vassalomning da'vatini qabul qil, amal qil, kitobi sunnatni ta'lim ol. Agar sen shundan keyin ta'limni qabul qilib, unga amal qilib, robbinga munojot qilishlik degan narsani topsang, hamma narsani topishsan. Agar robbinga iltijo qilishlik, mustor bo'lib duo qilishlik, Allohga munojot qilishi degan narsani topmagan bo'lsang, holing xarob.

Munojot deb ataladigan ibodat bor. Bilasizmi birodar, qanaqa ibodat u? Munojot degan ibodatni eshitganmisiz? Munojot bu shunday ibodatki, robbingizga xitob qilasiz. Robbingizga gapirasiz. Xuddi ro'parangizda turgan odamga gapirgandek. Ro'parangizda turgan odamni eshitayotganligingiz qanday bir iymoningiz komil? U xayoli chalg'imayapsiz, sizga qarab turibdi. Shunga gapirgandek gapirasiz. Ovozingizni chiqarib gapirasiz va hech kimdan uyalmaysiz. Bu ibodat yolg'iz qolganda bo'ladi. Mashinada ketyapsiz. Gaplashib keting. Parvardigor, shu mushkulani o'zing hal qilib bergin. Sen hammasiga qodirsan u. Mustor bo'lib turib duo qilyapman. Kimga boraman? Sen hamma mushkulalarni hal qilasan. Parvardigor, o'zing hal qib ber. Shu odamlarga zor qilmagin. Seni seni qudratingda yo'q, senga oson u. Gaplashib ketasiz. Boshida noqulay bo'ladi. U yoq bu yoqqa qarab qo'yasiz. Birov eshitmayaptimikin? Odamlar miyasi aynib qoldirmayaptimikin? Ammo shu munojotni davomiy suratda qilasiz, hech narsa sizga yoqmay qoladi keyin. Illo allohga bo'lgan munojot. Birov yolg'iz ketyapsa, sherik bo'lay desa, unamaysiz, chunki gaplashib ketyapsiz. Birodar, mustor bo'lib robbingga iltijo qil, munojot qil, buni mazasini totib ko'rgin da.

Parvardigoringga duo qilishingni o'zi birodar ibodat hisoblanadi. Alloh taologa astoydil munojot qilgan, astoydil duo qilgan mo'min musulmon ancha muncha maydan chuyda narsaga parvo qilmaydi. Bezovtalamaydi, g'am qilmaydi. Qarang da. Dardingizni ha deb odamlarga gapiraversangiz, zerikishadi. Hatto yaqinlaringiz ham eshitishni xohlamay qoladi. To'g'rimi? Ha deb yordam so'rab boraversangiz, boraversangiz hatto oila a'zolaringizni ham bezdirib yuborasiz. Ha, dardingizni o'zingizga o'xshagan odamga aytsangiz, javob shunaqa bo'ladi. Zerikishadi. Eshikni yopib qo'yishadi oldingda. Telefoningni ko'tarmay qo'yadi. Borsang chiqmanglar qo'yadi uyda.

Ammo Allohni eshiklari seni oldingda hech qachon yopilmaydi. Alloh Taolo sen so'raverganingdan zerikmaydi. Chunki so'rashingni o'zi ibodat. Chunki Alloh o'zi aytyapti, vaqol robbukumi du uni astajibla kun. Duo qilinglar, ijobat qilaman deyapti. Duo qilish o'zi Allohni buyrug'i. Bizni duo qilishniki Alloh Taolo o'zi buyuryapti. Siz so'rayotganingizda Allohni buyrung'ini bajaryapsiz. Odamlardan so'raversangiz yomon ko'rib qolsa, odamlardan qaytib qaytib so'raversang, sizni yomon ko'rib quvvasa, robbingiz buni aksi. So'ramay qo'ysangiz yomon ko'taradi. So'raganingiz sal yaxshi ko'raveradi. Shuning uchun birodar, Alloh'dan so'ra. Mustor bo'lib so'ra. Tinimsiz so'ra, doim so'ra, kecha yu kunda so'ra, tilingga siqqanicha so'ra. Bilgan eng katta raqaming nechchi?

O'sha raqamni o'shancha raqamga ko'paytirib shuni so'ra. Birodar, Allohni arqonidan boshqa hamma arqonlar uziladi. Allohni eshigidan boshqa, hamma eshiklar yopiladi. Alloh azza va jalla yaqin bo'lgan zot. Duolarni eshitadi, ularni ijobat qiladi. Robbimiz mana shunday zot. Sen banda, Allohga muhtojsansan. Alloh esa sendan behojat. Sen zaifsan. Alloh esa qudratli. U yagona, quvvatli, behojat bo'lgan zod. Robbimiz bizga duo qilishni buyuradi. Vo qolarob bukumu du'uni as tajibla kun. Menga duo qilinglar, men ijobat qilaman dedi. Endi savol. Alloh duo qil deyapti. Men ijobat qilaman deyapti. Duo qilyapmiz, duo qilyapmimiz, ijobat bo'lmayapti yu. Olib keladi a shayton shunaqa hayolda. Shuncha yildan beri so'rayapsan, bermayapti yu deydi. Tushkunlikka tushiradi. Seni duoying ijobat bo'lish uchun birovda bir qancha narsalar kerak. Seni duoying haqiqiy bo'lsin. Mustor bo'lib qil. Ixlos bo'lsin, chin imom bilan bo'lsin, ijobat bo'lishini kutover. Chunki Imom Ahmad keltirgan hadisda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: innalloha hayyun karimun.

Albatta Alloh hayoliy, karim zot. Ya'ni hayosi bor Allohni va saxovatli zot. Yastahi min abdihi bandasidan uyaladi. Ida rofa ilayhi yadayhi an yarudda huma sifron. Bandasidan uyaladi. Ikkala qo'lini ko'tarib, Parvardigorga hojatini aytib, ey Rob desa, u ikkala qo'llini quruq qaytargani hayo qiladi deyapti Alloh.

Sodiqul masluq bo'lgan Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam, ey Alloh sendan uyaladi banda deyapti, quruq qaytarkani. Faqat shoshib ketma. Sen duo qilaver, mustor bo'lib shoshilma. Rasululloh aytadilar, yuzta jabbul yahadiku ma'lam ya'jal. Sizlarni duoylar ijobat bo'ladi, shoshilmanglar faqat. Shoshilmasanglarlar duoylar ijobot bo'ladi. Qanday qilib shoshiladi yo'q, Rasululloh deganida aytdilar, da'utu falam yuzta jabli. Bir odam duo qiladi da, aytadiki, Allohga duo qildim. Allohga duo qildim, ijobat qilma deydi. Mana endi ijobat bo'lyapti. U bir yil o'tar duoyingni ijobat bo'lgani. Ikki yil o'tar, besh yil o'tar. Bu vaqt sen uchun vaqt. Alloh uchun vaq t degan tushuncha yo'q.

O'zi hozir qo'lingga kelgan, seni ko'zingni quvontirgan, sen undan rozi bo'lgan narsalar bor qo'lingda. Uying bor, mashinang bor, farzanding bor, qayerda seni xursand qilgan narsalar. Shuni qachonlardir so'ragansan. To'g'rimi? Qachonlarni so'ragansan shu narsani? Endi berganidan keyin oddiy bo'lib qoldi da. Shuning uchun bo'ydoqlar, bitta daftarni ochinglar.

Yozinglar. Yigirmata, o'ttizta. Solib, ayaylarni sondig'iga solib qo'yishga beringlar. Bir o'ttiz yillardan keyin haligina ochib turib ko'ringlar. Ijobat bo'ladi. Ijobat bo'lladi. Faqat siz shoshilib ketasiz da. Birodar, duo qil. Mustor bo'lib duo qil. Faqat qilgan duoyingda nimalar bo'lishi kerak ijobat olish uchun. Qarang, duo qildingiz. Sizga to'rtta narsadan bittasi albatta beriladi. Birodarlar, aniq ishoninglar, shu to'rovdan bittasi bor. Birinchisi, so'raganingiz ato qilinadi. Alloh biladi qachon berishini. Yoki so'raganingizdan ikki barobar ko'paytirib beradi. Uchinchisi, so'raganingizchalik musibatdan Alloh saqlab qo'yadi. So'ragan narsangizni miqdorichalik musibatda saqlab qo'yadi. To'rtinchisi, Alloh Taolo so'raganingizi ko'paytirib oxiratga olib qo'yadi?

Qaysini sizlar yutqazyapsiz? Qaysini sizda yutqazyapsz? Qiyomatga borganda bir banda tarozida turar ekan, mana bu savoblar seniki deyiladi unga. To'qomoq tog'laridek ko'payib ketgan katta savob. Haligini ko'rib turib banda xijolat oladi. Bir xato bo'ldi yu bu yerda.

Adashib birodagini bizga hisoblashib yubordi yu deydi. Biladi da, buncha savob qilmaganini. Shunda bu meniki bo'lmasa kerak deganda aytiladi. Seni dunyoda qilgan duolaring savob bo'lib oxiratga olib qo'yildi deydi. To'rtinchisi. Qaysi holatda siz yutqazyapsiz? To'ralasida ham yutyapsizmi? Eng manfaatlisi, bizni tilda eng vigidniysi, qaysinisi?

Nimaga birinchisini so'ramaymiz bo'lmasa? Nimaga birinchisini taqavoramiz, birodar sen duo qilaver. Duo qilaver robbinga eshitadi. Malokalar yozib turadi. Faqat seni duoying ijobat bo'lishi uchun ixlos bilan duo qilgin. Mustor bo'lib duo qilgin. Allohga muhtojligini izhor qilgin. Hayrondan uzoq bo'lgin va duoying ijobati bo'lishiga aniq ishongin. Albatta duoying ijoba bo'ladi.

Boshingga musibat kelsa, baxtsiz hodisa yuz bersa, doim allohni eslagin birodar. Unga nido qil, madad so'ra, yordam talab qil. Uni ismini urg'ulashlik uchun boshingni yerga, sajdaga qo'y. Shunda ozodlik, hurriyat tojikaga ega olasan. Hech kimga yalinmaysan. Hech kimga qaram, hech kimga qarzdor bo'lmaysan, faqat Alloh Taoloni o'zidan so'ra.

Quvchilik tuprog'iga yuzingni ishga. Shundan najotni qo'lga kiritasan. Qo'lingni ko'tar, kaftingni och, tilingni qimirlat, duo qil, so'ra, so'ra, judayam ko'p so'ra, juda ham uzoq turib so'ra. Chunki u Alloh mustor bo'lib qilgan odamning duosini albatta ijobat qiladi. Mustorning duosini ijobat qilgan, hozir ham ijobat qiladida, bundan keyin ham ijobat qilib. Mustor bo'ldi. Muhammad Mustofo sollallohu alayhi vasallam, Xandaq kunida. Dushmanlarni ko'pligi, musulmonlarning ozligi, chorani yo'qligi, sharoitni tangligidan duo qildi. Allohumma suravro tinam va amin ravv atinam. Allohumma muzil al ketab, sariyala hisab, ix zim il ahzab, allohumma ix zim hum va zal zil hum. Alloh duosini ijobat qildi. Shamol bo'ldi, sovuq bo'ldi. Xandaqda u yerda turgan o'n ming kishilik mushiriy qo'shini orqasiga o'girilib ketdi. Mustor bo'ldi, duo qildi. Muso alayhissalom. Yurtidan chiqib, Madiyanga kelib, o'tirib, ikkita qizni qo'ylarini sug'orib, qaytarib egasiga berib, qizlariga qaytarib berib, duo qildi: Robbiy inni lima anzalta ilayya min xayri faqir.

Yurtidan quvilgan, boradigan joyi yo'q, cho'ntagida puli yo'q, oyoqlari shirinib ketgan. Yurtidan qochib chiqqan, quvonga uchragan odam daraxt tagiga borib turib duo qildi. Parvardigor, men o'zing men uchun nima yaxshilik tushunsang, shunga muhtojman. Mustor bo'lib duo qildi, shu ayb alayhissalomga kuyov bo'ldi. Oilali bo'ldi, uyli bo'ldi, payg'ambarga kuyov bo'di. Birodar, mustor bo'ldi. Duo qildi, Alloh duosini ijobat qilib, ishini oson qildi.

Yunus alayhissalom baliqda qorniga tushib ketdi, o'zini qilgan xatosi tufayli. Dengizni tubida yotibdi baliq, qornida Yunus alayhi assalom bilan. Mustor bo'ldimi? Chorasiz bo'ldimi? Nima deb duo qildi? Panada fil zulmatiy alloh ilaha illa an ta subhanaka innikun tumirat volimin. Zunnun, Yunusning qorong'u zulmatlarda turib, hech iloh yo'q, magar O'zing bordirsan, ey pokifarvardigor, darhaqiqat men o'z jonimga jabr qiluvchilardan bo'lib qoldim, degan nidosini eslang. Alloh qutqardimi? Najot berdimi? Birodar, duoying ijobat bo'lishiga aniq ishonib duo qil. Mustor bo'lib, ilhaq bo'lib duo qil, o'zingni muhtojligini izhor qilib turib duo qil. Mustor bo'ldi. Zakariya alayhissalom. Farzand yo'qligidan.

Yoshi sakson dan o'tgandan keyin Alloh Taolo u kishiga farzand berdi. Iznada robbaho nidan xofiya, qoli robbi inniy va hanali avmu minniy, vashita ala rosu shayba, valam akum biduaika robbi shaqiya. Parvardigor. Darhaqiqat meni suyaklarim mo'rtlashdi, keksalikdan sochim oqardi. Robbim, parvardigorim, men senga duo qilib, hech qachon noumid bo'lganmasman.

Robbim,parvardigorim, men sennga duo qilib, he ch qachon noumidbo'lganmasman! Alloh aziz va jalloh yahyo alayhissalomni hadya qildi. Birodarlar, bu insonlar Alloh Taologa muhtoj bo'lib, mustor bo'lib duo qilishdi. Alloh Taolo duolarini ijobat qildi va mushkulalarni yengil qildi, oson qildi.

Yuqorida o'qigan hadisni qaytaramiz. Albatta Alloh Taolo hayy va karim bo'lgan zot. Agar bandasi unga ikki qo'lini ko'tarib duo qilsa, qo'llarini quruq qaytargani hayo qiladi. Parvardigor, mehribon bo'lgan zot. Birodar, robbinga intil, eshigini oldida turib ol, lutf ko'rsatishini kut, fath berishini so'ra, nomini zikr qilishdan tilingni to'xtatma, u haqida yaxshi gumonda bo'l, mustor bo'lib duo qil, unga o'zingni bag'ishla, unga yuz tut, shunda baxtli bo'lib najot ketasan.

Saodat sabablarining o'n uchinchisi. Mustor odam duo qilgan paytda, uning duosini Alloh ijobat qiladi. Alloh azza va jalla ana shu mustor bo'lib duo qilishlikka o'zi tavfiq bersin. Duolarimizni ijobat qilsin, biz o'zimiz Alloh'dan so'rayotgan saodatni barchalarimizga nasib qilgan bo'lsin. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatuh.

Keyingi darsni tinglashSaodatning sabablari