Maviza
—Qoralama16 daq

Saodatning sabablari

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
16:25
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Innahl hamdullayillahi nahmadhu huvanista inuhu vanista firu. Ona'udhu billahi min sururiyan fusinga va min sayy'at ya'malina. Man yahdihillahi falah mudhiy lala, va man yu'dililgu falah hadiyalala. Ona shuhratulloh ilohi illalloh va hidahular shar'iykala. Ona shuqada anna muhammadan abduhu rasuluh. Amma ba'd, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va barakatuh. Saodatning sabablari silsila darsimizdan bugun yigirma uchinchi sabab, yerda sayru sayohat qiling.

Qalbni kengaytiradigan, yurakni yozadigan, g'am tashvishlarni bulutini ketkazadigan amallardan bittasi bu sayohat. Sayohat degani albatta katta pulda sarflar boshqa chet o'lkalarga borishini tushunmaslik kerak. Tog'larga chiqib ketish, o'rmonlarga rexlar qilish, sahrolarga kezish, qirlarga sayr qilish, tabiatni qo'yniga chiqish.

Tog'u toshlarga nazarda solish, daryolarga bitta kelib o'tirishlik. Biz sayr sayohat deganda avvalambor shuni nazarda tutyapmiz. Uyida dimlanib o'tira olmaslik. Birodar, iching torayib, asablaring taranglashib, yuraging siqilib, dop tegin kelib ketadi ba'zida. Chidamiga ketasan.

Shart ishlaringni yig'ishtir da, do'konni ochma bugun. Mashinangga o'tir, chiqib ket shahardan. Tog'ga chiqib ket, o'rmonga chiqib ket, yalovga chiqib ket. Sahroga chiqib ket! Bo'g'ilib, dimlanib, shaharda tutunni changini yutib o'tiravermasdan, ora orada shunaqa qilib turgin. O'zingga bir kun dam olish ber. Hozir ayni shunaqa qiladigan payt. Adillarda hozir rosa bir ko'karib biz adillar, tog'lar chiroyli bo'lgan payt.

Ochiq turgan mana shu koinotning kitobiga nazar solish kerak, birodarlar. Shunda Alloh Taoloning qudratini, azamatini guvohi bo'lamiz. Ko'klamzorlar, go'zal bog'roqlar, bir biriga tutashib ketgan o'rmonlar, tog'dagi archazorlar, bularda bari sen bilan menga birodar Alloh Taoloning qudratini, azamatini ko'rsatib beradi. Buni ko'rishlik uchun uydan chiqish kerak.

Birodar, uyingdan chiq. Shahardan tashqariga chiq. Atrofingdagi narsalarga qara, tomosha qil, fikr qil. Toqqa ko'tarildi. Baland toqqa ko'tarildi, uzoqqa nazaringni tikib tur. Yozilasan. Kenglik insonni qalbini yozadi. Alloh azza va jalla jannatga siz bilan bizni da'vat qilgan paytda, jannatni maqtab, uni kengligini aytadi. Astadibillah, va sariya u ila mag'firotin min robbikum va jannating arduhas sama va tuval art u oddatlin muttaqin.

Taqvodorlar uchun tayyorlab qo'yilgan jannatga shoshilinglar. Qanaqa jannat u? Robbingizdan bo'lgan mag'firatga shoshiling, jannatga shoshiling. U qanaqa jannati? Kengligi osmonlar yerdan ko'ra keng. Jannat aytilganda uni kengligi aytilinyapti. Birodar, tashqariga chiq. Daryoda bo'yga kelginda, suvini oqishiga uzoq tikilib tur. Sharqalashiga uzoq quloq tutib tur. Zilov suvdan to'yib ich.

O'rmonga bor, daraxtlarni turli tumanligiga qara, ularni rangi, shakli, barglari haqida fikr qil, o'pkangni chuqur chuqur to'ldirib nafas ol. Shunda ruhing kuchli yengil bo'lib qolganini ko'rasan. O'zingni erkin his qilasan. Saodat osmonida suzasan. Uyingdan shartta chiq. Uyingda shartta chiq!

Telefonni tashla, ko'zingdagi qora palding uloqtir. Allohga tasbeh aytgan holingni mana shu tashqarida sayr sayohat qil. Biz sayohat deganda shu narsani nazarda tutyapmiz. Bu hammamizni qo'limizdagi bor narsa. Lekin erikamizda. Qoy desiz. Nima qilaman desiz. Zona komforta degan so'z bor. O'zbekchasi qanaqa bo'ladi? Zona komforta bo'ladi.

Siz o'sha ertaman borasiz to'kanga, telefonda o'ynaysiz, savdo bo'lsa bo'lmasa o'tirasiz, qaytib kelasiz, uxlaysiz. Somog'iga borasiz, yana o'sha ishni qilasiz. O'sha komfort zonasidan chiqa olmay qolganmiz. Chiqib ko'ring da. Haqiqatdan sayohat qilish qiyin boshida. Voy deydi, nima qilasan deydi, hozir zarurmi? Issiqda qara deydi. O'tir undan ko'ra telefon o'ynab deydi. Yangi seriyasi chiqibdi deydi. Qaysini?

Shuning uchun birodar, bitta xonaga tiqilib olib, biqinib yotib olib, o'zingni qatl qilmagin. Chunki o'zingni tugatishni eng oson yo'li shu. Telefonga qaraysiz, ko'zingiz tinib ketganidan to'xtatasiz, to'g'rimi? Yo batareyasi o'tirib qolgandan to'xtatasiz. Yo qorningiz og'rib ketgandan turib to'xtatasiz? Mana shunday qarab o'tirasizlar. Somog'iga borib telefonga qarab o'tirasizlar. Birodar, telefon o'ldiryapti bizni.

Birodar, sen o'tirgan bu xonang butun olam degani emas. Sen o'zing butun insoniyatmassan. Nimaga endi mana shunday bir siqilib o'tirishing kerak? Axir Alloh Taolo senga infiru xifafam va fiqolam demaganmidi? Nima degani bu? Yengil holinglarda ham, og'ir holinglarda ham qo'zg'alinglar, ya'ni qimirlab harakat qilinglar degani. Tashqariga chiq, tabiat qo'yniga chiq, o'sha yerda o'tirib Qur'on tilovatini qil. O'sha yerda turib tasbehayt. O'sha kenglikka chiqib turib, Subhanallohda bir o'n marta aytgin da, chuqur o'pkani havoga to'ldirib turib.

Ana shu kenglikda o'tirib, daryoda sharqar sharq ostida, qushlarda chug'ur chug'ur ostida, shamolni esishi ostida, keng osmon, toza havo ostida o'tirib, Qur'onni o'qi. Tasbeh ayt. Istig'for ayt. Muhammad alayhissalomga salovat ayt. Yengillikni tortasan. So'ranglar da, doktorlar ham xuddi shu gapni aytadi. Hoji aka, sen bir ko'chaga chiqib, bir havo poyramashtirib turing, a? Yotavermang, manaqa qilib yotaversangiz, u doktor aytsa chiqasizlar.

Qalbing yoziladi. Siqilishlar, asab torliklari ketganini ko'rasan, yengil bo'lib qolasan. Nabiy sollallohu alayhi vasallamni hayotini qaranglar. Bundan bir ming to'rt yuz yil avval yashagan, sahroda yashagan Makka ahli bo'lgan qurash tug'ilgan chaqaloqlarini jismonan ruhan tetik bo'lishligi uchun sahroga berib yuborishar ekan. Bundan bir ming to'rt yuz yil burun mashina yo'q edi Makkada.

Uyda tutun, gaz, chang yo'q edi. Sahro edi, havosi toza edi, lekin shunaqa bo'lsa ham qurash arablari bolalarni sahroga berib borar deymiz edi bolalarini. Nima uchun? Sahroni havosi toza, sahroni ulg'aygan bolalarni fe'li keng, ovqati sodda oddiy, har kuni jismoniy harakat. O'sha zamonlarda ham shuni tashvishini qilishgan ekan, birodarlar.

Bundan tashqari birodarlar, hamma payg'ambarlar qo'y boqqan. Hamma payg'amberlar qo'yboqqan. Ma minnabi in illa varo al g'am degan rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Payg'ambar borki, qo'y bo qqan. Buni hikmati katta. Qo'y haydab yuradi, jismoniy harakat. Ertaroq uni o'ngga burish kerak, chopga burish kerak. Boshqarish. Yolg'iz qoladigan tafakkur qiladi. O'lim haqida, hayot haqida, Alloh haqida, o'lgandan keyingi narsalar haqida. Ammo shahardan boshini chiqa ololmaydigan odamlarda bu narsa bo'lmaydi. Hech bo'lmasa chi, birodarlar, sayr qilib qabristonga kiraylik.

Eng yaqini. Eng yaqini, shu shaharni ichida. Kiring, qabrlarga bir qarang, ibrat olasiz. Mana avvalgi darslarimizda aytib berdik, bir yigit, iymonsiz, dindan uzoq, shu bir xudosiz bola o'tayotganda, ota bolasini iymonsiz ketayotganligini, iymonsiz qolayotganligini o'ylab siqildi va vafoti oldida bir vasiyat qildi.

Nima qildi? Bolam, men o'lganimdan keyin, meni ko'mib kelib, mana shu xonaga kirib, qirq kun mobaynida yarim soat yoki yigirma daqiqa o'tir dedi. Nima qilaman o'tirib dedi? Jim o'tirasan faqat dedi. Hali yigit otasini ko'mib keldi, aytganidek qirq kun mobaydida yigirma minutdan o'tirdi. Keyin Allohni topdi, iymonga keldi. Nima uchun?

Chunki boyagi dunyosidan uzilib, telefonidan uzilib, jim o'tirib fikr qilishga imkon bo'lgandi, hayotni g'alovuridan, hayotni chang to'zonidan qutulib, fikr qilishiga imkon bo'lgan edi, Allohni topdi. Nafas qisadigan, uyda o'tiraverib, asablarda talim bo'lib qolgan bemorlarga ham tabiblar shu narsani tavsiya qilishadi. Nimani tavsiya qilib ishlashadi? Uyda qamalib o'tira olmasdan ko'chaga chiqing, sayr sayohat qiling.

Ha, biz yuragimiz siqilib ketsa, sayr sayohat qilamiz. Qayoqqa boramiz? Ey yoshing! Bozorga boramiz. Bir yozilib kelay deydi, asabi o'lib keladi. Yana fe'li tor bo'lib keladi. Narx navolarni ko'rib turib asabi o'ladi. Yana yuragi siqiladi. Dollarni kursini ko'radigan tabiqa o'ladi. Qarabsizki, sayr sayohati teskari natijani berdi.

Alloh taologa yerlarning eng mag'lubi masjidlar, Alloh taologa yerlarni eng mabog'zi bozorlar degan. Kel birodar, ana shu saodatni topish uchun, fikr yuritish uchun, mulohaza uchun sayr qilamiz. Alloh taolo ayni shu narsaga sen bilan meni buyurgan. O'nlagan oyatlarda yer yuzida sayr sayohat qilishligimizni Alloh taolo sen bilan bizga amr qilgan.

Mana shu siz bilan bizdan avval yashab o'tgan ummatlarda holidan xabar bo'lishimiz uchun mana shu sayr sayohat qilishiga Alloh taolo buzib yurgan. Astaydu billah. Qo'l siyru fil arv. Fanduru kayfa bada al xolq. Fimmallohi yunushi u nash'at al axiru. Innallohi ala kull lishayin qodir.

Ey Muhammad ali sallalloh, ayting. Yerda aylanib, Alloh dast avval qanday qilib yaratganni ko'ringlar. So'ngra Alloh ularni ikkinchi marta paydo qilur. Albatta Alloh barcha narsaga qodirdir. Mana sir u fil ar deyapti. Yerda sayru sayohat qilinglar deyapti. Istadibillah. Innafi xolqis samavati val ardiy vaxtilar fil layli va nahari la ayati li ulil al bab. Sayohat qilsak nima bor bizga? Robbimiz aytyapti. Osmonlar va yerni yaralishida hamda kecha va kunduzning almashib turishida aql egalari uchun Alloh Taoloning borligiga dalolat qiladigan oyat alomatlar bor. Ular kimlar? Ular sayr sayohat qilganda nima deydi? Alladina yodgoruna alloha qiyama va qovudan va ala junubihim va ya tafakkuruna fihol qissama va tival art. Robbana ma xolaqta ha da ba'tilani subhanaka faqina adaba nar. Ular turganda ham, o'tirganda ham, yotganda ham Allohnı eslaydi. Hamda osmonlar va yerni yaralish haqida tafakkur qiladi. Aytishadiki, Parvardigor, bu borliqni behuda yaratganing yo'q. Sen bunaqa bekorchi ish qilishlikdan, behoda biron ish qilishdan poksan.

O'zing bizni jahannam azobidan asragin. Birodar, sayr qiling. Sayohat qiling. Oddiy misol, Bishkekka yuramiz a mashinada. Bir yayraysan da, yangilanib kelasan. Insonni tabiati bir xillikdan zerikadi. Bu uni tabiati. Doim rutinni ish, monotonni ish, bir xil da. Ertaga turadi, do'konga boradi, keladi. Do'konga ham boradi, hech qanaqa bir yangilanishlik yo'q. Inson bu narsadan mololanadi. Shuning uchun hikmatda aytilinadi, safar qalbdan g'amni aritadi, g'amni ko'taradi.

Ilm talabida safar qilish foydalari degan kitobda shunday deyiladi. Safarni foydalari. Mana endi safarni gaplashyapmiz. Odamlar safarida qanchalar rohatlanadi? O'zining yurtidan chiqqan vaqtida hayajonlanadi. Har bir manzil va joylardan o'tib borarkan, qalbi va a'zolarida lazzatni topadi. Chizilgan qishloqlar, bog'roqlar, chiroyli shaharlar, ularning tabiatlarini ko'rib, yuragiga xursandchilik to'ladi. Shaharlarni kezib yurib, avvallari ko'rmagan narsalarni ko'radi. Turli xil madaniyat va odatlar bilan tanishadi. Yo'lda, daraxtzorlarda, soya salqinlarda dam oladi. Xullas, safar qilgan inson yangilanadi. Mana endi tabiblarni, ya'ni ilm bilan isbotlab qo'ygan haqiqatlarni o'qib beraman ba'zilarini. Sayr qilgan, sayohat qilgan odamga nima bor?

Ilmiy isbotlangan haqiqat. Sayr u sayohatning foydalari. Birinchidan, immunitet mustahkamlanadi. Havo almashadi da. Havo almashishadi. Ikkinchidan, sayohat insondagi stressni yechadi. Stress nima? Tushkunlikka tushish, qo'rquv, vahima, xavotir, stress. Yigirma birinchi asrda yashayotgan odamlarning vabosi mana shu stress deyiladi. Asablarni tarinligiga. O'zingni bolangni g'alvasini ko'tara olmaydigan bo'lib qolgansan. O'zingni molangni g'alvosini, u boshqasini qo'y.

Uchinchidan, miyani kuchayishiga sabab bo'ladi. To'rtinchidan, yurak, qon tomir kasalliklarini xavfi pasayadi. Beshinchidan, jismonan sog'lom bo'lishiga sabab bo'iladi, sayohat qilgan odam. Oltinchidan, fikrlash doirasi kengayadi. Yana sayohat qiladigan odamda o'ziga bo'lgan ishonch ortadi. Sayohat qilish kerak yigitlar, yoshlar.

Sayohat insonni pishiradi. Musofir bo'lmaguncha, nima degani bu? Ha, o'sha safarga chiqasan, qiyinchilik ko'rasan, o'zingni nimaga yarashingni ko'rasan. Yangi do'stlar orttirasan, vaqtingni naq o'zingga sarflasang, kayfiyating chog' bo'ladi, internetga bog'liqlik degan kasaldan omon deb olasan.

Katta shaharlarda yashaydigan odamlarni asablari bilan kichkinaroq shahar yoki qishloq joyda yashaydigan odamlarni taqqoslasangiz, albatta farqi bor. Shaharda, tor ofislarda ishlaydigan odamlar bilan, dalabog'da ishlaydigan olimlarni asablarini o'rtasida katta farqi bor. Katta shaharlarda yashaydigan olimlarda juda ko'p qismini fe'li tor. Asabi taring. Birov ularga gapirmasa iloji bo'lsa. Teq qo'y meni deydi. Bitta gap kam, ikkita gap ko'p. Sal narsaga lopat yonib ketadi.

Bularni muqobilida tog'larda ketma chopadiganlarni olinglar. Bog'bonlarni olinglarda. Yoki tog'larda qo'y boqib yuradiganlarni qaranglarda. Ularni asabi haqida gapirmasak ham bo'ladi a? Og'ir bosib, asabi o'rnida. Xullas, birodar, iching torayib ketdimi? Asablaring tayyorlashib ketdimi? Yuraging siqilib doddaging keldimi? Shart ishlaringni bir kunga yig'ishtir da, mashinangga o'tirib shahardan tashqariga chiqib ket.

Toqqa chiq, o'rmonga chiq, yaylovga chiq, sahroga chiq, bo'g'ilib dimlanib uyda o'tirma. Agar bunday qilib o'tiradigan bo'lsang, o'zingni halol qilasan. Qalbni kengaytiradigan, yurakni yozadigan, g'am tashvish bulutlarini ketkazadigan ishlardan bittasi sayru sayohat. Saodatning sabablaridan yigirma uch yuz si, yerda sayru sayohat qiling.

Aqlu qovli ha'da va astag'firullohu alayhi valakum. Assalomu alaykum va rahmat.

Keyingi darsni tinglashSaodatning sabablari