Maviza
—Qoralama16 daq

Saodatning sabablari

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
16:21
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil a'limin. Assalotu vassalomu ala shirofil mursalin, ala alixiy va ashabixiy ajma'in. Va navbat, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'la barakatuh. Saodatning yana bir sababi, oltinchi sababi, birovdan shukrni kutma. Birovdan rahmatni kutma, qilgan yaxshiliging uchun.

O'zi. Hozirgi kunda savob qilib bo'lmaydi. Bu gap, bu gap odamlardan qilgan yaxshilik uchun minnatdorchilik kutayotgan odamdan chiqadi. Musulmon odamdan hech qachon bunaqa gap chiqmasligi kerak. Chunki u mukofotni Alloh'dan kutadi. Vama ali ahadina imdaho minni amatin tujza, illa bi teg'o avaji herob bihil a'la, va lasavfa yardor. Abu Bakr Siddiq haqida nozil bo'ldi bu oyat. Uning huzurida, taqvodor Abu Bakrning huzurida hech kimga qaytariladigan yaxshilik yo'q. Ya'ni Abu Bakr Siddiq kimga yaxshilik qilgan bo'lsa, kimga ehson qilgan bo'lsin, illa bu teg'o avajir obbeh ila ala. Oliy bo'lgan Robbini yuzini ko'zlab qildi. Odamlardan kutmaydi. Valasavva yardo va o'zi ham yaqinda rozi bo'ladi. Parvardigorini jannatga kirganda rozi bo'lardi. Birodarlar, biz bironta bir xayrli ishni qilsak, bironta bir savobli ishni qaksak, odamlardan qaytishligi uchun qilmaymiz. Ma'qulmi? Alloh azza va jalla bandalarni yaratdi. Bandalar Rob Subhanahu va Taoloni zikr qilishlari uchun, Parvardigorlariga shukur qilishlari chun.

Lekin odamlarning ko'pchiligi buni o'rniga Allohdan boshqaga ibodat qilishdi, Allohdan bosh'asiga shukur keltirishdi. Chunki odamlarning ko'pchiligining tabiatida nonko'rlik, noshukurlik, kufron ne'mat degan narsa bor. Odamlarni ko'pi nonko'r bo'ladi. Agar birodar sen shunga o'xshagan odamlarga ro'baro' bo'lsang, shunga o' xshagan odamlariga saxovat qilsang, ehson qilsang, yaxshilik qilsang, uni bilishmasa, qadrlashmasa, past sanashsa, unutishadigan bo'lsa, bu ham yetmagandek, seni shuncha yaxshiligingdan foydalanib turib, senga adovat qilayotgan bo'lsa, gina kudurat hasad qilayotganbo'lsa, adovat qurolidan senga qaratib toshlar otayotgan bo'lsang, xafa bo'lma. Sen ularga faqat yaxshilik qilding xolos. Astadibillah. Voma naqomu illa an ag'nahu mullohu va rasuluhu minfatlihi. Ular munofiqlar deydi Alloh Qur'onda. Faqatgina Alloh va uning payg'ambari ularni o'z fazli karamidan boy badavlat qilib qo'ygani uchungina Alloh va Rasulini yomon ko'rishdi. Munofiqlar nima uchun yomon ko'rishi? Yaxshilik qilib qo'yingani uchun.

Albatta, har qanday odam bilan gaplashib o'tirsangiz, hayotida shunga o'xshagan nonko'r odamga uchraganligini gapiradi. Falon falon falon ishlarni qilganman, falon bunday bir yaxshiliklarim, foydam tekkan, lekin u menday qilib ketdi. Ota o'zini o'g'lini unib o'sish uchun hamma narsani muhayyo qilib berdi. Yedirdi, ichirdi, kiyintirdi. Bolam uxlasin deb o'zi uxlamadi. Bolamni qorni to'ysin deb o'zi och qoldi. Bolasi rohatlanishi uchun o'zi mashaqqatga kirdi. Ta'lim tarbiyasiga e'tiborli bo'ldi. Bola unga edi. Bilagiga quvvat kirdi. Bo'yi cho'zildi. Mana endi kuch quvvatga to'lgandan keyin otasiga qutirgan itdek tashlanadigan bo'ldi. Otasiga bepisand bo'ldi. Ota uchun turgan bitgani mashaqqat bo'ldi. Shunday qilib, bu bola otasiga qabulog'iga oq bo'ldi. Qarang, o'zini otasiga oq bo'lgan. Otasiga nonko'r bo'ldi. Nima uchun? Chunki tabiatida mana shu nonko'rlik degan sifat bor.

Buzuq, noshukur, nonko'r tabiatli odamlarga qilgan yaxshiliklaring kuyib ketadigan bo'lsa, birodar, xotirjam bo'l. Bu qilgan ishingni mukofotini xazinalari bitmas tuganmas bo'lgan Allohni huzuridan. Umid qil. Ajru savoblarni kutgin. Biz bu gaplarimiz bilan shunaqa yomon tabiatli odamlarni bor, shuning uchun ularga hech qachon yaxshilik qilmanglar, umuman yaxshilikdan to'xtanglar demoqchi emasmiz. Aslo. Biz bu so'zlarimiz bilan ana shu yaxshiliklarni qilganingizdan keyin odamlardan minnatdorchilik, shukur, rozilik kelmaydigan bo'lsa, xafa bo'lmang. Chunki shunaqa odamlar borligini eslatib qo'ymoqchimiz xolos. Birovdan minnatdorchiligini kutma. Birovdan shukurni kutma.

Kutma birovdan yaxshilikni. Shunda ular nonko'ylik qilsa, xafa bo'lsang, chunki kutmagansan, shunga tayyorsan. Yaxshiligingni qadrlashmasa, xafa olmaysan, tayyorsan, bilasan odamlar tabiatini. Endi mabodo birontasi seni minnatdorchilik bildirib qoladigan bo'lsa, qilgan yaxshiligingga, bu narsa sen uchun syurpriz bo'lib qoladi. Tushunarlimi?

Shu yerda, shu yerda, siz yaxshilik qilib turib, o'zingizni xuddi mana bu yonib turgan lampochkaga qiyos qilib oling. Lampochkani ichidagi volframni qizib yorishadi, yonadi, tashqariga issig'i ham, yorug'i ham tegadi, lekin uni o'rab turgan shishasi unga shamollarni, boshqa narsalarni ta'sirini yetkazmaydi. Uni ishi yonish, yoriq tarqatish, isitish. O'zini ishini qiladi, ustidagi shisha unga tashqaridan boradigan ta'sirlarni to'sib turadi. Yaxshilik qilavering, yorig'ingiz chiqsin, issig'ingiz yetsin, odamlarga manfaatingiz yetsin, ulardan keladigan narsaga parvo qilmay boradi. Yaxshilikni Allohni yuzi uchun qiling. Shunda har qanaqa holatda ham siz nimada bo'lasiz? Siz yutuqda bo'lasiz.

Qilayotgan yaxshiligingiz faqat Allohni roziligi uchun bo'lsin. Yaxshilik ko'rgandan nonko'r bo'lsa xafa bo'lmang. Chunki siz kim uchun qildingiz? Alloh uchun, undan qaytish uchun emas. Astaydu billa, vama as alukum alayhi min ajir. In ajriya ila rob illa ala robbila alamin. Men degan Payg'ambarlar, bu da'vatim uchun sizlardan ajr mukofot so'ramayman. Meni ajr mukofotim faqat barcha olamlarning Parvardigori bo'lgan Allohning zimmasidadir. Musulmon odam odamlardan kutmaydi. Astaydu billah, qulma sa'l to'qu min ajr. Ayting, men sizlardan bironta bir ajr mukofot so'rayotganim yo'q. Fohu alakum. Ya'ni men sizlardan bironta ajr mukofot sormasman, shu mukofot sizlarga bo'lib qolaversin. In ajriya illa ala alloh. Meni ajrim Allohninng zimmasida. Vohu vahu ala kull sha'in shahid. Alloh barcha narsaga guvohdir. Demak, yaxshilik qiling, bandalardan kutmang. Shunda qaytmasa, tayyorsiz bunga, mabodo minnatdorchiga qaytib qolsa, bu sizga syurpriz bo'ladi.

Undan tashqari, Allohga, Allohga hamdu sano aytgin birodar sen. Chunki seni Alloh Taolo muhsinlardan qildi. Seni Alloh Taolo ato qiladiganlardan qildi. Anavularni esa ulardan qilmadi. Allohga hamdak birodar. Chunki bergan qo'l baland bo'ladi. Olgan qo'l past bo'ladi. Alloh seni oliy qo'llardan qildi. Kutma minnatdorchilikni.

Astaydubillah, innama nut' ay'muqum li wajhillah hila nuri ruminkum jazan va la shakuro. Biz sizlarni yolg'iz Allohning yuzi uchun taomlantiravermiz. Sizlardan bu ishimiz uchun biron mukofotni ham, minnatdorchiligini ham kutmasmiz. Bilasan Alloh uchun qilish kerakligini. Bilasan, odamlarda aksariyati nonko'r, noshukur bo'lishini. Bilib turib, ba'zida xafa bo'lib qolasan odamlardan. Qara, deydi.

Rossiyadan kelayotgan odamlar, o'sha Rossiyada yashayotgan odamlar uni mashinasiga o'tkazib, aeroportga olib kelib kuzatib qo'yadi. Endi haligi o'zini yurtiga kelib olgan, telefon qilib turib rahmat birodar, yetib oldim deb telefon qilib qo'ymaydi. Bo'ladi a? Qo'l ko'tarib qo'yamiz shunga duch kelganlar. Ya'ni o'zinglar ham kelib, men yetib oldim deb rahmat aytmaganlar, qo'l ko'rib qo'yamiz.

Endi narigi odam, o'sha Rossiyadan sizni kuzatib qo'ygan odam xafa bo'ladi. Bir og'iz yetib oldim deb qo'ymadi ya, deydi. Ana, agar siz o'sha narigi Rossiyadagi odam bo'lsangiz, kutmang shuni. Agar siz Alloh uchun qilgan bo'lsangiz, kutmaysiz uni. To'g'rimi? Inson tabiatida mana shu nonko'rlik, noshukurlik degan narsa bo'ladi. Shunga tayyor turinglar, birodarlar.

Voqea yig'sa, bir kambag'al kishi, bir kambag'sal kishi qarzga botib ketdi. Ishlari to'xtab qoldi. Boshi qotdi. Nima nima qilishini bilmasdan, shunday bir mushkulani ichida turgan paytda, o eski do'stlardan bittasi qo'ng'iroq chopib qoldi. Hol ahvol so'radi. Bekor ekanligini eshitib turib bu do'stini, aytdiki, menga bir ishonchli odam kerak, bir ish bor, senga ishonaman, menga ishlamaysanmi dedi. Boya kambag'al nima ish qilaman dedi. U do'st aytdiki, ofisda o'tirasan kechgacha, senga har kuni yuz ming so'm pulni olib kelib berishadi.

Seni ishing olib, sanab, tahlil qilib, tartibga keltirish va kechki payt men borganimda yarmini menga berish, yarmini o'zingga olib qolish dedi. Mana shu ish dedi. Zo'r a? Ko'ndi, ozgina vaqt o'tdi. Ishini bajaryapti. Keladi ofisga, kechki payt pulni olib kelib beradi. O'tirib tekis qilib taxlab sanaydi, qabul qilib oladi, ikkiga bo'ladi da, yarmini bu do'stiga beradi, yarmini o'ziga oladi. Qarzlar uzilishni boshladi, ozgina vaqt o'tgandan keyin. Ishlar oldiga qarab yurdi, puli tabiiy ko'paydi, mashina oldi, uylarini to'g'riladi, biror yil vaqt o'tdi. Keyin o'yga to'lib qoldi. Siqilib qoldi. Kayfiyatlari yomon bo'lib qoldi, ayoli buni sezib turib, nima bo'lyapti sizga dedi. Deganida aytyaptiki, hayotim og'ir edi. Mana endi hammasi yaxshi bo'lib ketdi. Har kuni ishga kelaman, pulni olib sanayman, ikkiga bo'laman, yarmini unga beraman, yarmini o'zim olib qolaman dedi. Xotini, yaxshi yu ishingiz, buni nimasi yomon? Nimaga qayg'uryapsiz? Desa, men bitta narsaga hayronman dedi.

Men bitta narsaga hayronman. Axir nima uchun pulni yarmini unga berishim kerak? Tabiatida nima bor? Nonko'rlik bor. O'sha ikki ming so'mga ishlashlikka rozi edi oshnaysiz. Birodar. Ikki ming so'ngga ishlayotuvdi. Keyin ish yurib, ikki ming soam ko'ziga pul bo'lib ko'rinmay qo'ydi. Chunki tabiatda nima bor edi? Nonko'rli bor edi. Ma'qulmi?

Demak, birodarlar, nonko'rlik, noshukurlik insonning zaifligini bir ko'rinishi. Bir inson noshukur, nonko'rmi, demak, tabiati zaif, tabiati nochor. Ammo oliyjanob insonlar tabiati zaif bo'lmaydi. Oliyjanob insonglar nonko'r bo'lmaydi! Demak, pastkash odam ekanmi bu? Undan xafa bo'lma. Bunaqalar haqida Alloh Taolo nima degan?

Alloh azza va jala bunaqa nonko'r odamlar haqida nima degan edi? Astaydib yubinglar. Vo ida massal insana durru da'na li jambihiy av qoidan av qoimi. Qachon inson zotiga biron ziyon musibat yetsa, yotgan holida ham, o'tirib ham, turib ham bizga duo iltijo qiladi. Ishi tushganda duo qiladi Allohga. Allohni eslaydi. Falamma kashafna anhu dur rohu. Qachonki biz uni ustidagi zararni ko'tarsak, marroki allam yedi, una ila durin massa. Go'yo hech qachon o'ziga zarar olib musibatdan bizga iltijo qilmagandek yuzaga kirib ketaver. Kataliki zuyunalil musrifinamakanu ya amalun. Isrofganlarga qilgan amallari mana shunday chiroyli qilib ko'rsatib qo'yildi. Kemaga chiqishdi. Ana shu mushlik qovun. Dengiz to'lqinlanib, kema cho'kishga yaqin bo'lganda xolis Allohga duo qilishdi, barbodgor. Esalamon bizni quruqlikka chiqarsang, Senga shukur keltiruvchilardan bo'lamiz. Alloh Taolo ularni quruqlikka esalamon chiqargandan keyin, xuddi Allohga duo qimaganda yana mushrik holda ketish yo'q edi.

Jihodda shahid bo'lgan musulmonlar haqida amir al mo'miniyning umarini xatto so'radi. Kimlar edi o'zi shahid bo'gan odamlar? Falonchi, falonchi, falonchilar, yana siz tanimagan, bilmagan kishilar, deb javob berildi. Shunda Amir al-Mo'minning ko'zlari yoshlanib turib, lekin Alloh ularni taniydi dedi. Ma'qulmi birodar? Sizni qilgan yaxshiligingizni Alloh biladi. Agar odamlardan qaytmasa xafa bo'lmang, chunki insonlarni tabiatida mana shu nonko'rlik, noshukurlik bor. Bir solih odamni uyiga ikkala ko'zi ko'r bo'lgan tilanchi kelib, hojat so'radi.

Eng qimmat taomni olib chiqib, haligi ko'rni qo'liga berdi. Eng qimmat ovqat. Qattiq non bersa ham bo'laveradi. Shunda bu soli kishini ahli, ha bu ko'r odam, unga nima berganingizni bilmaydi yu deganida, lekin Alloh biladi yu dedi. Nodonbiki qilgan yaxshilaringizni Alloh bilishiga iymoningiz komil ekan, bas, odamlardan mukofotni kutmang. Bir odamga qalam hadya qilsang, keyin shu ahmoq odam seni shu qalam bilan ustingdan yumaloq xat yozsa, xafa bo'lma.

Sen bergan shu qalam bilanseni masxara qilib bir she'r yozsa, haj yozsa, xafo bo'lma. Oqsab ketayotgan odamga tayanib yursin, qo'y po'yini haydasin deb bir tayoq bersang, bir kun kelib shu tayoq bilan boshingni urib yoradigan bo'lsa, bundan hayron bo'lmagin. Chunki innal inson ali robbixi lakanu, dedi. Va innahuala zalika la shahid. Chunki inson robbiziga nonko'r noshukur va o'zi bunga guvoh. Allohni shuncha son sanoqsiz ne'matlarni ko'rib turib ham Allohga nonko'rlik qilganidan keyin, sen qilgan yaxshiligini bilmasa, nimaga xafa bo'lasan?

Shu o'rinda bir savol tug'iladi. Biz ko'proq nimadan xafa bo'lishimiz kerak? Odamlarda nonko'r nashukurligidanmi? Yoki odamlarda tabiatini bilmaganligimizdanmi? Qaysini sizdan ko'proq xafa bo'lishimiz kerak? Ularni noshukurligidanmi yoki o'zimizni bilimsizligimizdanmi? O'zimizni bildimsizligimizdan xafa bo'laylik. Chunki buni tuzatsa bo'ladi da. Mana bilib oldik. Odamlardan qaytishi kutilmas ekan, bo'ldi, ularni tabiatini o'zgartira olmaysan, lekin sen o'zingni o'zgartira olasan. Nima qilmagin, birodar? Odamlardan rahmatni, odamlardan minnatdorchini kutmagin. Chunki nonko'rlik kafaniga o'ralib yuborgan insonlar, Alloh Taoloni son salomsiz ato qilib qo'ygan ne'matlarga keyin noshukurlik qilyaptimi? Endi sen bilan men ulardan nimani kutishimiz kerak? Ular sen bilan menga qanday muomalada bo'lishligi kerak? Shuning uchun birodar, yaxshilikni qil, Alloh'dan ajrni kut, birovdan shukrni kutma. Saodatning sabablaridan oltinchisi, birovdan shukrni kutma.

Aquli hovli hada va astag'firullohu li valakum. Innallohu va malakati huysan lun aylan nabiy. Ya ayyu halladina amanu sollu alayhi vas sallimu taslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Keyingi darsni tinglashSaodatning sabablari