Maviza
—Qoralama31 daq

Islomda farzand tarbiyasi

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
31:28
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Bismillahir rohmatir rohim. Alhamdulillah robbilari amin. Va ala haqibatu ila muttaqin. Vassalomu alaykum va ala sayyidina muhammad as sodiq al va adil amin. Va al alihi va as habih ajma'in. Ammobad. Assalomu alaykum. Rahmatullohi barakatuh.

Islomda farzand tarbiyasi deb nomlanadigan darsimizni bugun o'n oltinchisi. Bismillahir rohmanir rohim. O'tgan darsimizda birodarlar chekish haqida dars qilgan edik. Sigaret tashlash hech narsa emas ekan. Boshlab yubormaslik qiyin ekan. Tushunarli ekan? Bu o'ttiz foizlik ish bo'lsa sigaret tashlashlik, boshlab yubormasligi yetmish foizlik ish ekan. Shuning uchun buni buyog'iga Alloh sabr bersin. Tashlamaganlar qo'l ko'tarmay qo'yaveringlar. Lekin baribir bugun tashlaysizlar.

Farzandlarni aqliy tarbiyasidagi otalarning mas'uliyati. Bugun aqliy tarbiya haqida suhbat qilamiz. Shu kungacha bo'lgan darslarda biz farzandlarni iymoniy, axloqiy, jismoniy tarbiyasi haqida suhbat qildik. Bugun mana endi aqliy tarbiya xususida suhbat qilamiz inshaalloh. Alloh azza va jalla o'zini suyukli payg'ambari Muhammad Mustofo sollallohu alayhi vasallamga yigirma uch yil mobaynida Qur'oni Karimni nozil qildi. Hammamizga ma'lum. O'n uch yil Makkada, o'n yil Madinai Munavvarada. Minglab oyatlarni Alloh Taolo nozil qildi. Va juda ko'p buyruqlarni buyurdi. Ro'za tut dedi, namoz o'qit dedi, ota onangga oq bo'ma dedi. Ammo mana shu buyruqlarning ichida birinchi tushgan buyruq iqro, Bismillahir Rohbeka, La Di Haloo. Sizni yaratgan Parvardigoringiz nomi bilan o'qing. Ajib. Alloh Taolo tushirgan birinchi kalimani o'zi o'qishlikka targ'ib qildi. Iqro. O'qing dedik. Birodarlar, aqliy tarbiya farzandlarni tarbiyasida juda ham muhim o'rinni tutadi. Astaydubillah, iqro bismi robbikalladiy haloq, xolaqol insana min alaq, iqro robbukal akrom, alladhi ya'llama bil qalam, allamal insana ma'lam ya'lam.

Ey Muhammad, sollallohu alayhi vasallam. Barcha mavjudotni yaratgan Zot bo'lmish, Parvardigoringiz nomi bilan boshlab o'qing. U insonni lahda qondan yaratgan Zotdir. O'qing. Sizning Parvardigoringiz insoniyatga qalamni, ya'ni yozishni, xatni o'rgatgan o'ta karamli Zotdir. U Zot insonga uning bilmagan narsalarni o'rgatkan. Diqqat qilib turasizlar. Jamoadotlar, yer, tog' u toshlar. Ularni uzunligi bor. Eni bor, vazni bor, rangi bor, shakli bor.

Moddiy narsalardan endi o'simliklar. Ularni ham uzunligi bor, eni bor, vazni bor, rangi bor, shakli bor. Ammo jamoadotlardan farqi ular o'sadi. Endi, hayvonlar, bular ham moddiy narsa. Bularni ham eni bor, uzuni bor, vazni bor, shakli bor, rangi bor. Ammo o'simliklardan farqi, ular harakatlanadi. Birinchisini faqat o'sha narsasi bor, keyingisi o'sadi, keyingi hayvon harakatlanadi. Endi inson. Uzunligi bor insonda ham. Eni bor, vazni bor. Rangi bor. U o'sadi ham, harakatlanadi ham, yana fikr yuritadi.

Mana shu fikr yuritishlik, aql faqat insonga berilgan, yer yuzidagi mahluqotlarni orasida. Inson fikr yuritishi bilan, aql yuritishi bilan hayvonlardan ajraladi. Alloh taolo insonga bergan ulug' ne'matlardan yana bittasi, bu aql. Ilm. Agar inson mana shu aqlini ishlatmasa, robbisini tanishlikka ishlatmasa. Aqliy quvvatini qo'llamasa, o'zini insoniyligini ortga suribdi. Faraz qilinglar da. Birdaniga hozir yer yuzida ilm yo'q bo'lib qolsa, hamma bir xil savodsiz bo'lib qoladi.

Qirilib ketsa kerak hozirgi odamlar. Sababi u toshga toshga o't chiqarishni bilmaymiz. Hamma yog'imiz texnologiya, hamma yog'imiz bitta knopka bilan hal bo'ladi. Mana shu martabagi nima bilan chiqdik, birodarlar? Ilm bilanmi? Aql bilanmi? Shu aql tufayli odam bolasi boshqa ko'p maxluqotlardan afzal ustun bo'ldi. Astaydu billah, valahoti karom na bani adama, vahamallohun fil bar li val bahr, va razaqunohun minat toyibati va faddulnahun ala katini minman xolakuna tofdiyna. Alloh taolo aytadi, darhaqiqat biz odam bolalarini aziz mukarram qildik. Va ularni barru bahrda, quruqlik va dengizda ot va ulovlarga, kemalarga chiqarib qo'ydik. Hamda ularga halol pok narsalarni rizq qilib berdik. Va ularni o'zimiz yaratgan juda ko'p jonzotlardan afzal ustun qilib qo'ydik'. Bu yaratilgan maxluqotlarni ichida Alloh taolo insonni aqli bilan ustun qildi. Aql hamma odamda bor. Lekin mo'min odamdagi aql bilan kofirdagi aqlni chi, farqi bor orasida. Mo'minni aqli robbisini tanishlikka yetayladi, demak bu katta narsa bo'ldi.

Endi kofirni aqli robbasini tanishlikka yetalaylamadimi? Bu inson aqlini ishlatgani yo'q. Chunki, birodarlar, o'nta diplomi bo'lsin, har qancha uchchona stepeni bo'lsin, agar bu inson Allohni tanimagan bo'lsa, bu odam johil deyiladi. Chunki bu aqlni birinchi ishi Allohni tanitishiga egasiga. Qildimi shuni? Qilmadi. Demak bu odam johil bo'ladi.

Ilm. Bu birodarlar ulug' martaba, ulug' daraja, ulug' maqom. Mana shu odamlarni orasida eng kuchli kim hisoblanadi? Ilmli odam hisoblanadi. Yer yuzidagi eng kuchli maxluq kim? Inson. Nimasi bilan kuchli u? Bilagidagi kuchi bilan kuchlimi? Yo'q. Chunki hayvonlarda shunday turlari bor, inson hech qachon kuchi yetmaydi unga. Ammo nimasi bilan inson ulardan kuchli bo'lib turibdi? Mana shu aqli bilan, mana shu ilmi bilan.

Ilmiy kashfiyotlar qilinadi olimlar tomonidan? Mana shu kashfiyotlar insonga g'ayrioddiy kuchlarni beryapti. Birodarlar, yuzlagan tonna narsani ko'taradigan quvvatimiz bor, bilasizlarmi? Bilamiz. Bilamiz. Bilagimizni quvvati bilan ko'taryapmizmi uni? Aqlimizni quvvati bo'lgan ko'taryapmiz. Qon tomiriga shlangani kirgizib, yuragini ichiga borib turib, davolab chiqyapti hali shlanga. Bilagida quvvati bilani davolayapmizmi bir birimizni? Yo'q, aqlimizni quvvati bilan. Demak, odamlarni orasida eng kuchli odam kim ekan?

Olimlar ekan. Olimlar. Alloh taolo odam bolasiga dunyodan bir nasiba bergan, ulush bergan. Masalan, bir odamni falonchi puli bor, falonchidan falonchi boyligi kattaroq, shunga o'xshagan so'zlarni eshitib qolamiz. Boylik ham nasiba ulush. Tushquvvat ham nasiba ulush. Masalan, falon davlat faloncha maydonga hukmronlik qiladi deymiz. Yoki falon davlatni faloncha quroli bor deb aytamiz. Falonchini puli monandcha, falonchini kuchi monandcha deb aytamiz. Biz odamlar birimizni ikkinchimizdan qadrimiz balandligini yoki pastligini o'lchaydigan, o'zimizni tuzib olgan o'lchovlarimiz bor. Qaytarib aytaman. Odamlarni o'rtasida, birini ikkinchisidan qadrini past yoki balandligini o'lchaydigan, o'zlari tuzib olgan o'lchoqlari bor. Bir odamni ikkinchi odamdan past balandligi, nima bilan o'lchaymiz, sananglar.

To'g'ri, pul. Quvvat. Mansab. Nasl nasab. Bu siz bilan biz odamlar birimiz ikkinchimizga baho berayotgandagi o'lchovlar. Pul, mansab, quvvat, nasl nasab. Ammo bilasizlarmi? Alloh azza va jalla bir bandani ikkinchi bandadan, mo'minlarni, afzal sanayotganda, bir mo'minda ikkinchi mo'mindan afzalligini belgilayotganda, biz aytayotgan bu o'lchovlardan birontasini ishlatganmiz.

Ollohni nazdida, bir mo'min ikkinchi mo'mindan nimasi bilan afzal bo'ladi? Alloh taolo ilmni aytdi. O'zi taqvo ham kimda bo'ladi, birodarlar? Ilmli odamda bo'ladi. Ollohni tanigan odam ilmli deyiladi. Ollohni taniyamagan odam qayoqdan taqvolik bo'lsin.

Astaydubillah. Amman huva qonitun ana allayli sajidan va qo'iman. Yahdarul axirotavay arju rahmatarobbi qul hal yastavel la dinay ya'lamuna va la dinala ya'lamun innama ya tazakkuru ulul albab. Yoki kechalari sajda qilgan va qiyomat tik turgan holda, soat ibodat qiluvchi oxiratdan qo'rqadigan va parvardigorining rahmat marhamatidan umid qiladigan kishi bilan kufr isyonga g'arq bo'lgan kimsa barobar bo'lurmi? Ayting, biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar bo'larmi? Darhaqiqat faqat aql egalarigina pand nasihat olarlar. Iymon berilganlarning ichida Alloh Taolo kimni moqtayapti? Ilm berilganlar. Bilganlar bilan bilmaganlar teng bo'ladimi deyapti. Biz musulmonlar, musulmon sifatida, o'sha vaqtimiz iymoni, iymon deymiz biz ham, iymon. Ilmi, taqvosi. Ilmli mi ro'parangizdagi odam sizdan? Demak uni darajasi baland. Chunki Alloh Taolo bilgan zotlar bilan bilmigan kimsalar teng bo'ladimi?

Deyapti. Teng bo'lmaydi. O'qib nima olarding, vaqt undan ko'ra ma'no ishni qil deydigan gaplar bo'lar edi. O'qisin. O'qisin! Alloh xohlamadi. Nimani xohlamadi? Mol u davlat odamlarni qadr qiymatini belgilovchi o'lchov bo'lishini xohlamadi. Qaytaramiz. Mol u davlat bir odamni ikkinchi odamdan afzalligini belgilaydigan o'lchov olishini robbimiz xohlamadi.

Ammo biz xohladik. Badavlatroq, davlatmandroq odamni oldida sal boshqacharoq tutadi, qo'lida puli yo'qroq odamlar. Endi shu qo'lida puli yo'qroq, o'zidan ham puli yo'qrog'i odamni oldida yana boshqacha tutadi o'zini. Avvalgi darslarimizda aytdik, hukomalar aytadi, diqqat qilinglar. Ro'parangda turgan odamni faqat boyligi uchun hurmat qilayotgan bo'lsang, diniyning yarmi ketdi.

Boy bo'lsangiz, bu sizga sinov. Bular kambag'al bo'lsa, bu ham bularga sinov. Sizni yelkangizga og'irroq sinov qo'yildi. Bulardan ko'ra. Shu davlatini Alloh rozi bo'lgan yo'lida sarflayotgan bo'lsa, nur istagandir. Hurmat qilamiz bunaqa boyni. Dunyosi qo'lida ekan deb aytamiz. Qalbida emas ekan. La yag'urronnaka taqallu billa dinaka farofil bilad. Sizni kofirlarning shaharlarda kezishlari aldab qo'ymasin. Qarang, Alloh Taolo quvvat bilan ishi bo'lmadi, odamlarda qadrini belgilaganda. Chunki bu quvvat vaqtinchalik matoh. Yer yuzida kofir mamlakatlarni moli davlati quvvati, qurol aslahasi katta bo'lganligi siz bilan bizni aldab qo'ymasligi kerak. Chunki Alloh Taolo kofirlarning shaharlarni kezishlari sizlarni aldab qo'ymasinlar. Chunki bu quvvat, bu moli davlat vaqtinchalik matoh.

Alloh taolo molni quvvati, mansabni quvvati , sog'liqni quvvati . Savlatni quvvati. Bularni birontasini e'tirof qilmadi. Birontasini tan olmadi. Faqatgina yagona quvvatni, ilm quvvatini e'tirof quldi Alloh Taolo. Shuning uchun Imom Shofi aytadi, ida arotda dunyo fa alayka bil ilm. Agar dunyoni xohlasang, dunyo kelishini xohlasang, ilmni lozim tut o'zingga. Va ida arotda al axirota fa alayka bil al ilm. Agar oxiratni istasang, ilmni lozim tut o'zingga. Va idha aro tta huma man fa alayka bir ayn. Agar ikkalasini ham xohlasang, ilmni o'zingga lozim tut. Diqqat qilinglarda. Dunyoda xohlasangiz ham ilm kerak. Oxiratda xohlasangiz am ilm kerak. Ikkalasini teng xohlasangizam ilm kerak.

Ilmni fazilat haqida juda ko'p ma'ruzalar bo'lgan. Lekin farzand tarbiyasida qanchalik muhim narsa bu narsa? Bilib qo'yaylik shu narsani. Inson ilm deganda avvalo shar'iy ilmni nazarda tushish kerak, musulmon kishi sifatida. Chunki shar'iy bilimlarni o'rganganingizdan keyin, boshqa ilmlarni o'rganishingiz oson bo'ladi va siz uchun yo'l ochiladi.

Aytayotganimizdek, fizika, matematikaga berilib ketsangiz u, agar robbingizni tanaydigan, tanitadigan ilmdan bexabar bo'lsangiz, sizni johil deb aytdik. Avvalo shar'i ilmni o'rgatamiz bolalarga, orqasidan albatta dunyo fanlarini o'rgatammiz. Dunyoviy ilm siz o'lishingiz bilan to'xtaydi bu ilmingiz. Ammo shar'iy ilm o'lishingiz bilgan to'xtab qolmaydi.

Har qanday uchyoniy stepeniyangiz bo'lsin, har qancha diplomingiz bo'lsin o'ldingiz, yerli betida qolib ketdi bu. Qabrga kirganingizda sizga as qotmaydi. Ammo Allohnı tanigan diniy bilimingiz bo'lsa, shar'iy ilmingiz bo'lsa bu ilm siz bilan birga bo'ladi. Mana shu qoldirib ketgan shar'iy ilmingizni shogirdlaringiz ko'tarib yuribdimi, sizga ajr bo'ladi. Shuning uchun biz birodarlar ikki dunyoni obod qiladigan shar'iy ilmlarni birinchi o'ringa qo'shishligimiz kerak.

Ayting, biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar bo'lurmi? Darhaqiqat faqat aql egalarigina pand nasihat olovlar. Demak ilm o'qish kerak ekan, aqlimiz bo'lsa, Alloh Taolo bizga hisob kitob qilyapti. Bilganlar bilan bilmaganlar teng bo'lmaydi. Yana bitta oyat. Vo qu robbi zidniya ilmi. Va ayting, parvardigorim, ilmimni yanada ziyoda qilgin. Ilmimni yanadi ziyoda qilgan. Bironta o'rinni eshitganmisizlar, Alloh Taolo Qur'onda shunday oyat tushirgan. Parvardigor, molimni ziyoda qilggin degan.

Quvvatimni ziyoda qilgin degan joyni eshitganmisizlar? Biror bir oyatda. Ziyodalik so'ralyapti Allohdan. Nimani ziyodaligi so'ralyapt? Ilmni. Ikkita odam to'ymasmi? Ikkita narsani quvgan odam to'ymaydi. Moli davlat quvgan odam to'ymaydi. Ilm quvgan odam to'ymaydi. Moli davlati quvgan odam. Topgani sari, ko'paygani sari, noroziligi ziyod olib boraveradi.

Ilmni quvgan odam ilmi ko'paygan sari, roziligi ziyod olar bo'lib boraveradi. Moli davlatda siz ehtiyot qilib saqlaysiz. Har kuni nimaga qarash kerak? Nimaga? Ana kursga tekkanlarni puli bor. Olim kishi bilan johil kishini, ilmli kishi bilan ilmsiz kishini o'rtasidagi farq juda ham katta.

Ya ayyuha alladina, a manu ida, qiyla lakun, tafassaxu fil majalis i favsaxu, yafsaillohu lakun. Va ida, qiylan shuzu fan shuzu, yarfaillohu alladina, a menu ming kun, va alladina u tul ilma darajat, va allohu bimat amaluni qobil. Ilmni darajasini, ilmli odamni martabasini Alloh Taolo nimadan maqtadi?

Ey mo'minlar, qachon sizlarga majlis suhbatlarida do'st birodarlaringiz kelib, bizlarga ham shu majlisdan joy beringlar deyilsa, surilinglar deyilsa. Surilinglar deyilsa. Chunki bu yerda osh go'sht berilmaydi. Ilm beriladi. Surilinglar deylsa, darhol joy beringlar. Alloh sizlarga ham o'z jannatidan joy beraver.

Va qachon o'rningizdan turinglar deyilsa, darhol turinglar. Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni baland daraja martabalarga ko'taraver. Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordur. Qaytaramiz. Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni baland martaba darajalarga ko'tarib. Alloh ilmlilarni darajasini baland qilaman deyapti.

Farzandlarimizni mana shu darajaga ko'tarishini xohlamaymizmi? To'rtta farzandingiz bor, shundan qarasangiz bir ikkitasini zehni zo'r. Ikkitasiniki o'rtacha. Mana shu ikkitasinichi? Qattiqroq e'tibor bering ilm o'qishiga. Endi men ikkita zehni o'rtachasinikini tashlab qo'ying demayapmiz. Bu ham o'qisin, savodli bo'lsin, o'qishni yozishni bilsin, haqqini tanaydigan bo'lsin. Lekin qobiliyati borini uzoqroq qilib yo'ling.

Toki siz o'lib ketganingizda, bola sizni yo'lovingiz bilan ilmli bo'lib qolib, mana shu oyatlarda o'qib tushunganida, otamni Alloh rahmat qilsin. Mana shunday ilmli bo'lishimga, shu martabaga ko'tarilishingga otam xizmat qilgan ekan desin. Olim ulug'dir, garchi yoshi kichkina bo'lsa ham. Johil yoshdir, garchi yosh katta bo'lsa ham!

Ilm insonni martabasini ko'taradi. Ilm non bermaydi, non bermaydi, deyishi mumkin kimdir. Nima qilib tirikchilik qilasan deydi. Birinchi o'rinda nima turadi bizda g'am? Yo'q, akalar. Rizq. Qaysi sohani o'qishingizga qarab kelmaydi sizga. Nima hunar qilishingizga qarib kelmaydi sizga, sizni peshonangizga yozib qo'ygan yig'isib keladi. Siz faqat hunarda yoki ilmni tanlaysiz xolos. Ha, ilm boshida non bermasligi mumkin. Ilm o'qiyotgan talabalar. Ha, yo'lkira yanga puling yo'q orada piyola borasan domla yonimga. Yegani biror narsang bo'lmay qolgan kunlar bo'ladi.

Nodonniki o'zingiz pul topmaysizmi? Birovga qarayapsizmi otangizga, onangizga? Demak kambag'alsiz. Ammo ishonavering. Ilm boshida pul bermaydi. O'n ikki soat ishlab, kuniga o'n ming so'm oylik oladi bir odam. Oyoq qo'li bilan ishlab. Endi, bir odam kuniga ikki soatdan ishlaydi, yigirma ming so'm oyinga oladi. Birinchi odam faqat qo'l mehnatini qilar edi, ikkinchi odam aqliy mehnatni qilardi.

Aqliy mehnat doim qimmat turadi jahon bozorida. Til bilasiz, ikki xil til. Soatiga ellik dollardan deb qo'yadi. O'qib bo'lmagan ekanman o'sha ingliz tili ismi, rus tilisini ishi. Zo'r ish chiqdi da. Soatiga elli dollar. Qaranglar, aqliy mehnati narxi jismoniy mehnati narxidan baland turadi. Birodarlar, hozir pul bermas edim bolangiz o'qiyotgani uchun. Yuraverasanmi o'n sakkiz ga kirsang ham kitob o'qi, bor chiqib ishla deganlar johil odamlar bo'ladi. O'qi bolam, o'qi. Sendan non, go'sht talab qilmayapmiz. Bizni davrimizda o'qib ol bolam deb ota aytyaptimi, dunyodagi eng zo'r ota shu. Mana shu ota bolaga berishi mumkin bo'lgan eng zo'r narsani beryapti. Voy ishonaveringlar, ukalar. Hozirgi zehnlar turmaydi. Bu vintlar to'ladi. Viruslar tushadi. Disklar chiziladi.

Hozirgidek kallalar olmay qo'yadi. Ilm o'qisin bolamiz, birodarlar. Ilm o' qisin. Farzandlarni aqliy tarbiyasi haqida dars qilyapmiz. Inson bolasidagi eng ulug' narsa bu ilm. Inson bolasisidagi eng yomon narsa bu johillik. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan quyida hadis sharifda shunday deb marhamat qiladilar. Bu hadis Imom Muslimdan keltirilgan.

Man salaka toriqon yaltami so'fiyhi inman, sahavallohu lahu bihi toriqan ila jannatiy. Diqqat qiling. Kim ilm talabida bir yo'lga qadam bossa, kim ilm talabada bir qadam ko'chaga chiqsa, Alloh Taolo jannat yo'lini unga oson qilib qo'yadi.

Siz kitobingizni ko'tarib haftada bir kun, ikki kun darsingiz bor, chiqyapsizmi? Chiqyapsiz mi? Besh yil chiqdingiz, o'n yil chiqdingsiz. Shu ilm yo'lida yurgan davringizdan o'tib kelsangiz, inshaalloh olimlar zumrasida tirilasiz qiyomatda. Chunki qarang, bu hadis ko'p takrorlanadi.

Va vohi valloh ila di ila ila ila ilahi illa hu. Kitob ko'tarib yurgan ukalar, bu mubolag'a emas. Mana shu kitobingizni ko'tarib, ustozingizni uyiga qarab ketayotgan paytingizda yoki madrasaga qarab kelayotgan paytingizdan, har bitta bosgan qadamingiz sizni jannatga yaqinlashtirayotgan qadamlar. Bu mubolag'mas. Chunki ilm talabida yurgan odam Allohni taniydi. Halol haromni farqiga boradi. Haq bilan botinni ajratadi. Allohni rozi qiladigan narsalarni biladi. Nimani qilsa Alloh norozi bo'lishini biladi. Bu odam jannat yo'lida yuribdi. Shuning uchun bolangiz kitobini ko'tarib Qur'on yodlagani chiqib ketyaptimi? Ilm o'rgangani ketyaptimi? Jannatni qadamini bosib ketyapti otalar. Quvoninglar. Quvoninglar! Chunki siz o'lib ketganingizdan keyin shu bolangizdan sizga ajr borib turadi, inshaalloh.

Masalan jome'yaga kirib o'qiyotgan studentlarni qarasanglar, o'sha boyagi aytayotganimizdek, iqtisodiy qiyinchiligi bor cho'ntagida albatta. Qiyinch, mehnat. To'g'ri, besh yil, olti yil hashpashdagacha o'tib ketyapti. Lekin bitta sohani zo'r mutaxassisi bo'lib yetishgandan keyin bilasizmi? Zo'r doktor bo'ldi. Zo'r bir advokat bo'ldi. Zor bir qandaydir bir informatik, kompyuter bo'yicha mutaxassis bo'ldi. Eshigini tagida odamlar navbat kutib turadi kirishlik uchun. Soatiga pul oladi shunda.

Bu mehnat qildi da. Ilmni mashaqqatlariga sabr qildi da. Sunnat mutaxarada ilm talabada haqida nima deyilgan? Ilm talabada yurgan ukalar mashaqqatligiga qaramanglar. Uzoqligiga qaramanglar. Og'irligiga qaramanglar. Sizlar bu yo'l sizlarda jannatga olib borishligiga qaranglar. Chunki Payg'ambarimiz aytdilar, kim ilm talabida bir qadam bosib chiqsa, mana shu qadami tufayli uni Alloh Taolo jannatga qadamini burib qo'yadi.

Imom Termizga keltirgan hadisda Rasululloh aytadilar: ad dunya malavunutun, malavunun mafiyha, illa dikrullohi ta'ala va ma valahoo. Dunyo mal'undir. Dunyo la'natlangan. Dunyo la'natlangan. Undagi narsalar ham la'natlangan, faqat Allohning zikri va unga yaqin narsalar bundan mustasno.

Agar ilm o'qimasangiz, olimlarga yaqin bo'lmasangiz, ilm majlisiga intilmasangiz, faqat la'natlangan narsani orqasidan quvvatlab yuribsiz. Tushunarlimi? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan mana eshitganingizlar bu hadisni. Kun aliman. Av mutaalliman. Av mustamiyan. Av muhabban. La falatakun homi safat taxlak. Yo olim bo'l degan Payg'ambarimiz. Voy yigitlar, ko'zinglarni katta ochinglar. Yo olim bo'. Yo ilm o'rganuvchi bo'l. Yo eshituvchi bo'l.yo yaxshi ko'ruvchi bo'l, eng kamida ilmni yaxshi ko'ruvchi bo'l, beshinchisi bo'lma. Ilmga beparvo bo'lma, halok bo'lasan degan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Bolalarimiz yo olim bo'lsin, yo ilm o'rganuvchi bo'lsin, yoki eshituvchi bo'lsin. Yo yaxshi ko'ruvchi bo'lsun, ilmga beparvo olmasin.

Va hech qaysi yoshligida ilmga berilmagan, shu ilmsiz o'tgan ota, na din ilmini, na dunyo ilmini o'rganmasdan, yoshi o'tgan ota bolasini ham shunaqa bo'lishini xohlamaydi. Ilmsiz ota ham bolasini o'qishini xohlaydi. Chunki ilmlilarni martabasini ko'rgan edi hayotida. Keyingi hadis, Imom Termiziydan, Anasimni Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh marhamat qilib shunday dedilar. Men xorajafiy falobiy ilmiy. Fahvo fiy sabiyli lahi hatta yarjiya. Ajoyib hadis. Kim ilm talabida chiqsa, bas to qaytib kelgunicha Allohning yo'lida bo'ladi.

Hadisni qarang, sahih hadis, Imom Termiziydan. Kim ilm talaba ko'chaga chiqsa, to qaytib kegunicha Allohni yo'lida bo'lladi. Bu Rasululloh aytyapti, sollallohu alayhi vasallam. Endi umuman ilm yo'lida yurgan odam bo'lsa chi, demak doim Allohni yo'lida yurtdi u. Bilasizlar, masalan biror bir firmani, biror bir tashkilotni ishi bilan biror safarga chiqib yo'lda musibat chekib, bir oyog'i sinsa yoki bir nogiron bo'lib qolsa, shu firma bu odamni o'lguchi oylik bilan ta'minlashi kerak.

Xizmat burchini ado qilayotgan paytda deyiladi. Ha demak, Allohni yo'li yurgan paytingizda ilm o'rganib, ilm yo'lida yurgan paytingizga bir musibat yetadigan bo'lsa, Alloh taoloningizni mastida bo'ladi. Muhim nuqta, dunyoda boshlagan tijoriy yoki boshqa bir dunyoviy ishingizni oxirigacha yetkaza olmasangiz, sizga hech kim mukofot bermaydi. Masalan, bitta zavodni qurishni boshladingiz, yeta olmasdan o'lib qoldingiz. Yoki yetkaza olmadingiz oxirigacha. Sizga hech qanday xizmat haqqi to'lanmaydi. To'g'rimi? To'ppa to'g'ri. Ammo ilm talabida yursangiz, garchi bu ilmni oxirigacha yetkaza olmasangiz ham, garchi olim bo'la olmasangiz ham, shu ilm o'qib yurib o'lib ketsangiz, Alloh sizni ilmni maqomiga yetkazdi deganlar qatorida tiltirardi qiyomatga nima. Shuning uchun bir haftada bir marta Qur'onni ko'tarib, masjidga kelib, domladan Qur'ondan ta'lim olib qo'yishdik, qo'limizdan kelmaydimi? Ammo doim bo'lsin, bir marta emas. Ilm yo'lida yurgan bo'lasizmi siz ham? Xoriylar qatorida tirilasiz, olimlar qatorida tiralasiz, agar ilm yo'lida yurgan bo'lsangiz.

Payg'ambarimiz aytadilar, fadlul ala alimi alala abidi ka fadli ala adnaqum. Bu hadis Imom Termiziydan, Abu Umomo roziyallohu anhudan. Olimning obiddan afzalligi xuddi mening sizning eng kichigingizdan afzalligimga o'xshaydi. Qaytaraman. Olimning obiddan afzalligi, olim odamni ilmsiz odamdan afzalligi xuddi mening, deyapti Rasululloh, va sizning eng kichingingizdan afzalligingga o'xshaydi. Payg'ambarimizning eng kichkina sahobasi bilan Rasulullohni o'rtasida qancha katta bir farq bor. Olim odam bilan obid odamni o'rtasida shunday farq bor dedi. Alloh muhtiyapti ilmli odamda. Payg'ambarn muhtiyapti illmli odamda . Farzandlarimiz ilmli bo'lishi kerak undaylik birodar.

Kunlarni birida Nabiy sollallohu alayhi vasallam bir kishini namozdan tashqari vaqtda masjidda o'tirganligini ko'rdi. Nima qilyapsiz bu yerda dedi. Hali yo'qda namoz o'qiyapman dedi. Farz namozdan boshqa payt. Rasululloh, qomingiz kim boqadi sizda dedi. Akam dedi. Aka, sizdan ko'ra ibodatliroq ekan dedi.

Qorningizni kim boqadi? Desa, aka deyapti. Aka, sizdan ko'rak ibodatlirok ekan deyapti. Bu dunyoga chiqib, kasbkor, tirikchilik qilishlikka targ'ib bo'lsa, keyingi rivoyatni eshitdik. Bir kishi Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga o'zini sherigidan kelib shikoyat qildi. U bilan tijoratdanmidi, bir mehnatdan bir sherigidi. Ammo ilm talabada edi.

Payg'ambarimiz shikoyat qilganga qarab, ya'ni men do'konda turaveraman yoki men ishni qilaveraman, uni kitobini ushlab o'tiraveradi, yo darsga deb ketib qolaveradi, yo Qur'onni ushlab o'tiribveradi. Men ko'proq ishlayapman sherigimdan ko'ra deganida, Payg'ambarimiz unga siz undan ibodatliroq ekansiz demadi. Nima dedi? Ehtimol, sizga kelayotgan rizq u tufayli bo'lay ekandir dedi.

Tushunarlimi? Ehtimol sizga kerakkariz o'sha tufaylidir dedi. Ilm yo'lida yurgan odam bo'lganligi uchun. Nima uchun obitdan olim martabasi ulug'? Chunki obit faqat ibodat qilayotgan ilmsiz odam o'zi uchun ibodat qiladi. Jaynamozni teshib yuborsa ham namoz o'qib, faqat o'zi uchunga qiladi. Ammo ilm o'rganayotgan odam, birodarlar, insoniyat uchun, odamlar uchun, jamiyat uchun o'rganadi. U faqat o'zi uchun o'lganmayapti u. Odamlar uchuni o'rganyapti. Shuning uchun uni martabasi ulug' bo'ladi.

Aqlu qavli hada va astag'firulloh alayhi valakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Keyingi darsni tinglashIslomda farzand tarbiyasi