Maviza
—Qoralama35 daq

Islomda farzand tarbiyasi

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
34:57
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Bismillahir rohmani rohim. Alhamdulillahi robbilan amin. Ala aqibatu lil muttaqin. Vassalomu alaykum ala sayyigina muhammad as sodiqul va adil amin. Va ala alihi va ashabihi ajma'in. Amma baxt, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Alloh subhanah, xato alloh, shukur saidul ayon ko'nglini barchamizga barakotli qilgan bo'lsin. Islomda farzand tarbiyasi deb nomlanadigan darsimizni bugun navbatdagisi. Mana shu silsila darslar davomida siz bilan biz farzandlarni iymoniy, axloqiy, jismoniy tarbiyasi haqida bahs qildik. Mana hozir aqliy tarbiyasi haqingizdagi darsimizni yana davomimizni yetkazamiz. Birodalar, islom dini bu voqea din.

Hayot bir tomonda, din bir tomonda emas. Har kunlik muammoingizni yechadigan, har qanday savolingizga javob beradigan, hayotda uchraydigan qanday muammo bo'lsa, uni yechishlikni va mana shu muammoni qaytadan takrorlanmasligiga sabab bo'ladigan yo'llarni o'rgatadigan din. Islom birodalar bu din va dunyo. Islom dunyo va oxirat. Islom o'lchov va ehtiyoj. Islom harakat va barpo qilish dini. Dinimiz hech qachon siz bilan bizni hayotdan ajralib, burchakka tiqilib olishlikka buyurmaydi. Aksincha bu narsadan qaytaradi. Musulmon odam faqat o'zi uchun yashamaydi. Jamiyatni, insoniyatga xayriyat olib kelishlikka buyuradi. Chunki. Man asbaha dedi payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam. Man asbaha falam yaxtamma bi amrin muslimiyni falay saminhum. Kim tong ottirsa yu, musulmonlar ish haqida g'am qilmasa, bas u ulardan emas. Tong otdi, musulmonlarga foydali bo'lgan narsa haqida fikr qilmasangiz, musulmonlarni hayotida bo'layotgan kamchiliklarni tuzatishlikka harakat qilmasangiz, mana shu haqida g'am qilmasangiz bas siz ulardanmassiz.

Demak musulmon odam faqat o'zi uchun yashamaydi. Bu dinimizning tabiati harakat, barpo qilishlik. Birodarlar, ilm. Shariatimizda ilmga, ta'limga qanday qaraladi? Dinimizda ilm o'rganishlik farz. Va mana shu ilm ikkita sifati bor. Majburiy va bepul. Islomda ilm o'ganishlik majburiy va bepol. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, ibn moja keltirgan hadisdan, ana ismni molik roziyallohu anhudan, falabula ilmiy farig'atun ala kunli muslimiy. Ilm o'rganishlik har bir musulmon uchun farz. Ya'ni ilm o'rganmagan musulmon odam farzni qoldirgan bo'ladi. Bu odam gunohkor bo'ladi. Namoz o'qish farz, ro'za tutish farz, zakot berish, haj qilish, badavlat odamlarga farz, shularni qatorida ilm o'rganishlik ham farz.

Ibomu tabaroniy kabirda, alqamada, u otasidan, u bobosidan rivoyat qiladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam kunlarni birida xutba qilib odamlarga shunday dedilar. Ma balu aqvamin la yufaqqi huna jiyronaxun, va la yuallimunaxun, va la ya'idunaxun, va lar ya'mrunaxun, va lar ganxavnahun.

Bu qovunlarga nima bo'ldiki, o'zlarining qo'shnilariga dinni o'rgatmaydilar. Ularga ta'lim bermaydilar. Va'z nasihat qilmaydilar. Ularni yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarmaydilar. A bu qovunlarga, qo'shnilarga ham nima bo'lib oldiki, o'zilarini qo'shnilardan o'rganmaydilar. Ulardan va'z nasihat olmaydilar. Qarang, bir musulmon odam bir narsani bilsa, qo'shnisi o'rgatishlik kerak. Va bir narsani bilmasa musulmon kishi qo'shnisi bilsa, shundan so'rab o'rganishligi kerak. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, qavmlar ham o'z qo'shnilaridan ta'lim oladilar, dinni o'rganadilar, lazz nasihat oladilar, yoki men tezda ularni jazolayman. G'oyatdagizuni avlu a'jilan nahum lavoajilan nahum bila quba. Yo o'rganasizlar, yo men jazo beraman sizlarga. Ilm o'rganmagan kishini, ilmdan, ma'rifatdan xabari bor, qo'shnidan o'rganmangan qo'shnini Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam xato jazolashligini aytyapti. Bu qanchalarni ilm o'rganishlik muhim ekanligi yana bir marta sizga buni dalilini ko'rsatadi. Musulmonlardan bir oyatni yoki hadisni hukmini bildimi? Uni albatta bir oy o'rgatishligi kerak. Chunki Payg'ambarim sollallohu alalayhi vasallam aytadilar, bu ta'lini ixtiyoriy emas, majburiy ekanligiga dalil mana o'qiydigan hammasi hadis.

Man katama ilman, minma yonfa allohu bihi fii amri nasi, amri din al jama hu allohu yom al qiyamati bilijamin minan nar. Bu hadis ibn mojirdan keltirilgan abu said al hudri roziyallohu anhudan. Rasululloh aytadilar, odamlarning ishlarida, din ishlarida, Alloh foydali qilgan ilmni kim yashirsa, bu kishini Alloh Taolo qiyomat kunida o'tli yuvgan bilan yuvganlaydi. Shunday bir ilmki, shunday bir hunarki ishki, odamlarga foydasi bor.

Shunday bir ilmki ishki, dinga foydasi bor. Bu biz aytayotgan odamlarning ishiga foydasi bor degan xunar bo'lishi mumkin. Eshitib olamiz, falonchining hunari zo'r u, birovga o'rgatmaydi deydi. Ha desa, konkurent bo'lib qoladi. Yana bitta shu ishni biladigan odam bo'lib qolsa deydi, men rizqing unaqa emas. Musulmon odamning e'tiqodida seni rizqinga hech kim konkurent bo'lmaydi. Yana qaytarib aytamiz. Odamlarga dunyo ishlarida foyda qiladigan biror ilmni yoki kasbni o'rgatmasdan berkitayotgan odam so'ralganda, qiyomat kunida o'tli yuvgan bilan yugallanadi.

Mayli, agar juda ham bir qizg'anchi bo'lsa, o'rgatsin, men tirilgimni qilmaysan bu hunarni deb qo'ysin. Da, agar zo'rga olib ketib qolmasin o'zi bilan shu ilmni, shu hunarni. Chunki shu ilmni biladigan boshqa odam yo'q, yo'q bo'ladi shu musulmonlar orasida shu ilmni. Shuning uchun hunar egalari, ilm egalari, sizlardan so'ralgan paytda buni berishlikdan baxtli qilmanglar. Chunki qiyomatda azobga sabab bo'ladi bu narsa.

Islomda ilmni ikkinchi sifati bu bepul. Astaydu billah, pul ma as alukumi alayhi min ajr, illa man sha'an yatta hiday ila robbihi sabina. Alloh taolo shunday deydi. Ayting, men sizlardan buning uchun hech qanday haq so'ramayman. Faqat parvardigor tomonga yo'l tutishni xohlagan kishilar o'sha yo'lni tutishlarini so'rayman. Payg'ambarlar o'zini da'vati uchun pul olmagan. Diniy bilimlar bekorga beriladi.

Astaydubilla, va ma tas aluhim alayhi min ajih, in hu va in la dik runli la alamiy yusuf so'rasin. Siz ulardan bu da'vatingiz uchun biron haq ajih so'ramaysiz. Bu Qur'on faqatgina barcha olamlar uchun bir eslatmadir xolos. Birodarlar, diniy bilimlar bekoriga beriladi. Allohni dinini odamlarga o'rgatayotgan kishilarga Alloh Taolo katta va'dalarni bergan. Shuning uchun Alloh uchun diniy bilimda ta'lim berayotgan odamlar odamlardan minnatdorchilikni kutmaydi. Odamlardan mukofotni kutmaydi! Chunki bu ilmni o'rgatib buyurgan Robbisi o'zini zimmasiga olgan mukofotini. Shuning uchungina din bilimlarni berayotgan odammlar xolis bo'lishligi kerak. Hammadan uzoq bo'lishlik kerak.

Kim Allohni diniga da'vat qilsa, ajr mukofotni faqat uning o'zidan kutadi. Aytdik, dinimizda ilm bepul. Ammo, musulmonlarni orasida faqatgina ta'lim bilan shug'ullanadigan odamlar bo'lsa, o'qituvchilar, muallimlar bo'ladigan bo'lsa, bularni pul olishligiga qilgan xizmati uchun shariat ruxsat beradi.

Qaysi diniy bilim berayotgan odamni pul olmasligini aytyapmiz. O'zini tirikchiligi boshqa yerdan bo'ladigan, tijorati yetarlik, o'ziga to'q bo'lgan odam, masalan Qur'ondan ta'lim berayotgan bo'lsa, shu qilayotgan ish uchun pul olishligi durust emas. Ammo qaytarib aytaman, masalan, muallim bo'lsa, murabbiy bo'lsa, kasbi shu bo'ladigan bo'lsa, mana shu odam pul olishligi, hamma ulamolar ittifoq qilishgan. Shunda ham chi, o'sha domlani berayotgan diniy bilimiga pul to'lolmaysiz siz. Vaqtiga pul to'laysiz.

Vaqtini ilmga sarflagani uchun siz vaqtiga pulto'laysiz. Berilayotgan diniy ma'lumot uchun emas. Imom og'azoli shunday deydi. Alal muallimiy, an yaq tadibiy sohibi sharq. Salovatulloh vas alamu alayh. Muallim inson shariat sohibi Muhammad sollallohu alayhi vasallamga iqtidor qilishi lozim. O'rgatayotgan ilmi uchun ajr mukofotni talab qilmasligi kerak. Bu amali bilan odamlardan minnatdorchilikni yoki mukofotni qasd qilmasligi kelar. Ilmni Allohning yuzi uchun va unga yaqin bo'lish maqsadida o'rgatishligi kerak.

Va ya qovme la as alukum alayhi ma'la in ajriya illa alalloh. Nuh alayhissalom o'zini qavmini Allohga da'vat qilyapti, nima dedi? Ey qavmim, men sizlardan bu da'vatim uchun mol u dunyo so'ramayman. Mening ajr mukofotim faqat Allohning zimmasidan. Faraz qiling. Bir boy odam aytdi muallimga. Bolamga ta'lim bering, ilm o'rgating, har darsingiz uchun ikki ming so'mdan beraman dedi.

Shu muallim endi shu odamni bolasiga borib turib, men senga ilm beraman, har darsim uchun ikki so'mdan to'laysan desa. Bu ayni nodonlik emasmi? Otasi ikki ming beraman deb tursa, bolasidan ikki so'm so'raydimi? Shuning uchun diniy bilimni berayotgan odamlar, Allohni o'zidan ajr mukofotni kutsin, Allohni bergani bu bandasini bergani emas. Allohdan kelishiga qarab turishlik bilan bandalarda qo'liga qarab turishligida, albatta o'rtasida farqi bor.

Qur'ondan ta'lim berayotgan, diniy bir ta'lim berayotsa birodarlar mana shu narsa esimizdan chiqmasin. Allohni berishi boshqacha bo'ladi. Odam bolasi ilmga beparvo bo'lsa, o'zini insoniylik martabasidan uzoqlashib boradi. Ibn qutayba ulumul axborada shunday qissani keltiradi.

Xalifalardan Voridimni Abdulmalik huzuriga sahqiflik bir kishi keldi. Xalifa unga qarab turib, Qur'on o'qiganmisan dedi. Boyagi arobi yo'q deb. Vaqtim bo'lmagan ishim bilan bo'lib qolganman. Fiqhdan xabaring bormi? Ha yo'q. She'r o'rganganmisan? Yo'q dedi. Shunda vali xuddi bu odam yo'g'idaqa ma'no tomonga qarab, boshqa odamga qarab turib oldi. Faro qilmay qo'ydi. Shu majlisda turgan Abdulloh ibn Muoviya aytdiki, ey amiral mo'minov, bu kishi chi edi, nimaga teskari qarab yubordingiz dedi. Degan edi, qaysi kishi dedi.

Bizni oldimizda hech kim yo'q dedi. Ya'ni bu o'rinda vali na Qur'ondan, na fiqhdan, na she'rdan, umuman ilmdan bahramand bo'lmagan, ilmdan uzoq bo'lgan odamni qo'shmayapti odam qatoriga. Ilmdan inson uzoq bo'lishligi bilan o'zini insonlik martabasidan uzoqlashib boradi. Johilligi ziyoda bo'lib boradi. Endi Alloh Taolo aqlni berdi insonga. Unga ta'lim o'rganishlik qudratini berdi. Boshqa jonivorlardan farqi ham shunda emasmi? Aqlli bo'lib turib, xushu bo'lib turib ilm o'rganishga imkoniyat bo'lib turib. Agar ilmga o'zini urmagan bo'lsa, ilmdan mutloq bexabar bo'lsa, horni, og'zi, qoni, go'shti bor boshqa mavjudotlardan farqi yo'q bu odam.

Yana? Takrorlaymiz. Inson ilmga beparvo bo'lsa, ilm bilan ishi bo'lmasa, bu odam o'zini insoniylik maqomidan uzoqlashib boradi. Farzandiga yoshlik chog'idan Qur'onni o'rgatgan ota eng to'g'ri yo'lni qilibdi. Chunki hammamizda armon bor, yoshligimda o'qib qo'ymagan ekanman. Biz yoshligimizda qanchalar ilmga beparvo bo'ldik, o'zimiz bilamiz. Qancha fursatda boy berdik, eslab alam qiladi. Xato bizdan sodir bo'ldi. Tuzatish mumkin. O'tib ketgan xatoni tuzatish mumkin. Qanday qilib? Harakat qiling, shu xatoni bolangiz ham takrorlamasin.

Bolangiz takrorlamasa shu xatoni, demak siz xatoni tuzatingiz. Chunki birodar bolangiz qori bo'lsa, qiyomatda Alloh Taolo qoriyni o'qi, ko'taril deydi. Qur'onni tilovat qilishni boshlashligi bilan jannatni darajalarida yuz talishni boshlaydi. Beshinchi etaj, o'ninchi etaj. Oxirgi bilgan oyatini o'qiganda to'xtaydi, shu jannatdagi darajasi bo'ladi. Kim? O'ninchi, kim? Beshinchi darajaga ko'tariladi. Endi agar qoriy tilovatini boshlab, o'ttiz pora Qur'on o'qir ekan, Firdavsul a'loga ko'tariladi da. Ota ona qolib ketdi pastda.

Chunki bir pora yodlagan, ellik uch pora, u yodlamagan. Shunda haligi bolani ko'yni qolib qoldi, ota onani pastida turib, albatta to'lmaydi bu yerda. Shunda Alloh aziz va jalloh shu bandasini ko'yni uchun ruxsat beradi, ota onasi ko'tariladi. Firdavsga ko'tariladi, xohlilar xatorga ko'tarilad. Chunki o'zi qoldirib qo'ygan, o'zi qilib qo'ygan xatoni bolasini qilishiga yo'l qo'ymadi, bolasini yo'ladi. Biz o'zimiz yetolmagan martabaga bolalarimizni yetkazaylik, shunda biz o'zimiz martabaga yetgan bo'lamiz. Imkoniyati bormi shu narsani?

Otalik, onalik juda ham katta mas'uliyat. Odamlar bor, uylandi, o'zini hojatini ravo qildi, bitta bola dunyoga keldi, bo'ldi. Bolani dunyoga keltirib qo'yding, bo'ldi emas. Hali hech narsa bo'lgani yo'q. Hamma yog'i endi boshlandi. Ota sifatida, ona sifatida bularga tarbiya berishlik kerak bo'ladi. Chunki aytdik, o'lding, o'shding bo'lib ketishni xohlamasang, bolangni tarbiya qil. O'lding, ochding bo'lib ketihni xohlamaseng, bolangni tarbiyani qil. Agar bolang salohiyatli bo'lsa, sen tiraysan.

Albatta bu narsa katta mehnatni, katta sabrni talab qiladi. Nimaga ha deb aytaveryapsiz? Vaqtingni zo'rini bolangga sarflab, bolangga sarfladir. Zamonni ko'rib turibsizlar birodarlar. Fasodda yoyilganini ko'rib turib sizlar. Odamlarni bir biriga mehrsiz bo'lib ketayotganligini ko'ryapsizlar. Aka ukalar bemehrligini ko'ryabsizlar. Oila a'zolari yig'ilib bitta dasturxonda o'tira olmaydigan bo'lib ketdi, ko'ryapsizilar. Mana shunaqa bir fasodga uchragan zamonda haqiqiy ota mas'uliyatini his qiladigan bo'lsa, farzandlarini tarbiyasi bilan shug'ullanadi. Agar farzandda bu yosh bolami yo bir bo'ydoq bolami, balog'atga yetib qolganmi? Uyida mehrini topmasa, lutfni, bir birini kechirishlikni, bir birini tushunishlikni topmasa, ko'chaga qochadi.

Farzandlar bor, otasi bilan o'tira olmaydi. Chunki ota bir vodiyda, farzand ikkinchi vodiyda. Nimaga shunaqa bo'lib qoldi? Ota, shu narsa bilan shug'ullanmadi. Farzandlaringlar, birodarlar, sizlarni ishlab chiqargan mahsulotinglar yomonmi? Demak siz aybdor. Yaxshimi? Yana siz aybdor? Nimaga falonchilarda bolalarga o'xshamaysan sen deb maromat qilayotgan paytingizda u falonchini bolasi da u.

Bu kimni bolasi? Sizni bolangiz. Tug'ib yedirib katta qilib qo'ysanglar bo'ldi emas, tarbiya qilishlik kerak. Inson bolasi, kim bo'lishidan qat'iy nazar, bu dunyosi bormi yo'qmi farqi yo'q. Qaysi millat vakili, bunda farqi yo'q, diniy bilimlarni o'rganishligi uchun farz.

Odamlar sizdan nima ish qilasiz deb so'raydi. Men deydi tabibman deydi. Ha yaxshi. Sizchi? Men injenerman deydi. Men advokatman deydi. Sizchi desa, men deydi diniy ilmlarni bilaman, men dindorman deydi. Nima, dindor bo'lishlik mutaxassislikmi? Ixtisosmi bu?

Nima, narigilar bu diniy bilimlarni bilishlik kerak emasmi? Tabiblar, advokatlar yoki bir ustalar. Birodarlar, diniy bilimni o'rganishlik har bitta musulmonga farz. Bir odamni tabib bo'lishligi diniy bilimlarni o'rganishlikdan ozod qilmaydi. Bir odamni injener bo'layotganligi diniy ilmlarni o'rgansa ham bo'laveradi degani emas. Kim bo'lishidan qat'iy nazar, nima hunaringiz bo'lishidan qatiq nazar, diniy bilimni o'rganishligingiz farz bo'ladi.

O'zini musulmon sanagan odam shakllanaman. Juda ko'p o'zini musullmon sanagan odamlar bor, dinidan mutlaq g'ofil. Savollar beradi, eshitib, yoqani o'sha esdan. Nimaga haj faqat zulf ijada bo'lishi kerak deydi. Boshqa oila bo'lsa bo'lmaydimi? Zulf ijada odam ko'payib ketadi, keyin haj qilsa bo'lmaydmi? Yoki nimaga ramazonda bo'lishi keraksiz endi haligi farz bo'lgan ro'za? Soratonga to'g'ri kelib qoladi. Qishda tutib qo'ysak bo'lmaydami? Bu savolni nimani bildiryapti? Diniy ma'lumotlardan umuman uzoqligini. Johilligini.

Dinimizda birodarlar, shunday bir ishlar bor. Har bitta musulmon bilishligi shart. Bilasizlar, diniy bilimlar ham ikkiga bo'linadi. Farzi ayin, farzi kifoya. Mana ilm majlisiga keldik, birodarlar. Juda ham bir yaxshi ish qildik. Hozir diniy bilimimizni, yelkamizdagi mas'uliyatni bizga uqtiradigan darslarga guvoh bo'lib turibmiz. Har bitta musulmon bilish kerak bo'lgan narsalar nima? Xalohromni bilishligi shart.

Farzni bilishligi kerak, vojibni bilishligi kech, haromni bilishligi keladi. Dunyoga nimaga kelganligini bilishligi keraksiz. Nima uchun yashayotganini bilish kerak. Chiqib ketgandan keyin uni nariyoqda nima kutayotganligini bilishlik kerak. Mana shu bilimlar uni to'g'ri, mustaqil yo'lda turishligiga sabab bo'ladi. Eng zaruriy narsalar nima. Bu islom va iymon rukunlari. Islom rukunlari kalima, namoz, ro'za, zakot, haj. Iymon rukunlarni Allohga, farishtalarga, qiyomat kuniga, kitoblarga iymon keltirishlik.

Odam bolasini dushmani deb qo'yamiz. Odam bolasining eng katta dushmani bilasizlarmi nima? Kasallikmi? Kambag'allikmi? Johilligi. O'sha nafs deyapsizlar a, insonni dushmani. O'sha ilmsiz bo'lganligi uchun shu nafs uni dushmani bo'lib turibdi. Agar ilmli bo'lganda nafsini kim ekanligini bilardi da, buni yengishlik oson bo'lardi.

Johil inson o'ziga uni dushmani ham qila olmaydigan yomonlikni qilib qo'yadi. Adovun oqilun xoyrun min sadiqin jahlun. Johil do'stdan ko'ra, aqlli dushman yaxshi. Qaytarib aytamiz. Johil do'sttan ko'ra, a qlli dushman ya xshi. Chunki dushmanni dushman deb qarab turasiz, ehtiyot bo'lasiz. A mana bu johil do'st xotirjam tursangiz, o'zi bir sizga zarar qilib qo'yadi. Demak, kishi o'zini ilmsizligi bilan, johilligi bilan, dushmani ham unga qila olmaydigan yomonlikni qilib qo'ygisi mumkin bo'ladi. Birodalar, ilmsiz bo'lishlik uyatmas.

Ilmsiz bo'lishlik uyatmas. I ilmsiz johil bo'lib qolishlikka rozi bo'lishlik uyati. To'g'rimi? Ilm o'rganmaslik uyat. Hech kim tug'iliblar olim bo'lib qolmaydi. Hammamiz bilmagan narsalarimiz ko'p. Ammo ilmga intilmayotganligimiz ayb. Xato qilishlik aybmas, birodalar. Kulubina adama xattom va hayrul xattoiyni tavobun dedi payg'ambarimiz. Odam bolasi borki xato qiladi, xato qiluvchilarni yaxshisi kim? Tavba qiluvchisi. Doimiy xatoda qolishga rozi bo'lishlik ayb.

To'g'rida. Masalan, fizika bo'yicha mutaxassis bo'lgan odam qassobchilikdan xabari bo'lmasa, aybmas. Yoki xirurg zargarlikni ikir chikillarni bilmasa ham bo'laveradi. Ammo birodarlar bu odamlarni hammalari diniy bilimlarni bilishligi farz bo'ladi. Hamma odam farzand topar ekan, shundan bir yaxshilikda umid qiladi. Shuni orqasidan bir yaxshi kunni ko'rishingni orzu qiladi. Qaysi farzanddan yaxshilik umid qilinadi?

Yaxshi yedirilganmi? Yaxshi qiydirib yoki imoratlari tekis qilib berilganmi? Tarbiya qilingan, solih farzandangani umid qilish mumkin. Qaytarib aytaman. Tarbiya qilingani, solih farzandingani umid qilasiz. Demak, siz boqayotgan uchtamidi, beshtamidi farzandingizdan, qaysini sizga ko'proq asqatadi? Qaysini sizni bir xizmatingizda qoyim bo'ladi? Qaysinisini ko'proq tarbiya qilgan bo'lsangiz?

Hech kimga sir emas a? Yoki boshqa bir begona yuklarga ketib, oylab, yillab ota onasiga telefon qilmaydigan farzandlar bor. Bormi? Bor. Nimaga shunaqa bo'lib ketdi u? Nimaga shunaqa? Opanglar xafa bo'lib qo'yadi yana, telefon ham qilmaydi deydi. Kim otasini o'ldiradi deydi, chiston puli ketadi deydi, chiqa olmaydi deydi, to'g'rimi? Safar bo'lganlar. Nimaga shunaqa u, bilasizmi?

Siz o'zingiz shunaqa qilib qo'ygansiz. Endi o'zini shahrida turib ham xabar olmaydiganlar yetarli. Ajib. Biz, bizni zimmamizda, biz qilishimiz kerak bo'lgan narsani tashlab qo'yganmizda, tarbiyani. Faqat qonini boqishimiz kerak degan g'amni bo'ynimizga olganmiz. Qonini Alloh boqardi ularni. Kulguli bizni ishimiz. Keyin chataq chiqsa farzandlar, o'zimizni o'zimiz ma'lumot qilamiz.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam adhibu avlodakum ala ta'la texhisa olaymi? Uchta hislatga farzandlaringlarni odatlantiringlar, odob beringlar, dedilar. Xuddi nabiyukun. Payg'ambaringizni yaxshi ko'rishga o'rgatinglar va xuddi alibaytixin. Payg'ambarni oli bayti, oilasini yaxshi ko'ishga o'rganinglar va tilovatil quran. Qur'on tilovatiga o'rganinglarni. Fainna hamalatil quran fiy zilili arshillahi yavmalah zilla illa zil. Albatta qur'on ko'targan lar xorilar. Hech qanday soya bo'lmaydigan kunda Allohning arshini soyasida bo'ladilar. Birodarlar, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam havodan olib gapirmaydi. Muallimlarning ustozlari, murabbiylarning imomi Muhammad alayhissalom, har bitta aytgan so'zga diqqat qilishimiz kerak. Uchta narsani o'rgatinglar. Payg'ambarini yaxshi ko'rsin, Payg'ambar oilasini yaxshi ko'rsin, Qur'on tilovatini.

Har bir zamonda inson uchun ko'mir kerak. Albatta inson kimgadir o'xshashni xohlaydi va kimgadir o'sha emaslikni xohlaydi. Agar siz kimga o'xshashlik kerakligini siz o'rgatmasangiz, ko'chadan o'rganib olyapti bolangiz, ishonavering. Nima nima deydilar? Kimlarni yaxshi ko'radi bolalarimiz? Bilamiz. Futbolkalarda kimlarning surati bor? Ko'ramiz. Yurgizaklarda qanaqa bir odamlarning suratlari bor? Bilamiz. Biz o'zimiz bermovdik kumirni. O'zlari topib oldi. Xotirjam bo'ling. Albatta topib oladi.

Bir odam aytsa, bolam, payg'ambarimizni yaxshi ko'r, bugundan boshlab, desa, aqldan bo'ladimi? Ha, tanimasa qanaqa qilib yaxshi ko'rsin? Haftada bir marta o'tiring, birodar, hech bo'lmasa. Bir marta. Bir kunda belgilab qo'ying, Payg'ambarimiz haqida ozgina gapirib bering. Gapira olmaysizmi, o'qib bering. O'qib bera olmaysizmi? O'sha Payg'ambarim haqida, sahobalar haqida bitta ma'ruzani o'tirib bilalashib eshitinglar. Dadam rahmatli aytardi, kichkinaligimizda deb turib kattalar aytardi. Otasi e'tibor qilib gapirib o'rgatgan narsani esdan chiqarmaydi bola.

Hozir o'tiradimi otalar farzandlari bilan? Hammani ham uyida internet yo'q, o'tiradiganlar ham bor. Hammani uyida ham wi fi yo'q. Bolasi iphone bilan mehmonxonada, otasi plansheti bilan katta uyda, enasi oshxonada. Televizori bilan. Bu telefonni uyidan interneti borlar yaxshi biladi bu narsani.

To'g'rimi? Addibu avlodukum ala fala hh soli. Farzandlaringizga uchta xislatni o'rgatinglar. Uchta narsani odatlantiringlar. Payg'ambaringizni yaxshi ko'rishni, uni oilasini yaxshi ko'ryishligini. Endi hozir yoshlar yomon bo'lib ketgan, kattalarni gapini olmaydi, zamon shunaqa bo'lib ketdi deyishdi turgan gap.

Bu noto'g'ri bu gap. Zamon o'sha zamon. Faqat odamlar aynib ketdi. Farzandlarimizni shunaqa bo'tib ketishiga nima sabab? Dezinformatsiya deydi. Nima bu? Ma'lumotlarni buzib ko'rsatish, xabarlarni noto'g'ri yetkazishlik. Ertayu kech televizorda berayotgan ma'lumotlardan ta'sirlanayotgan, ilmi yo'q, hayotiy tajribasi yo'q yoshlar islamskiy desa, nima hayoliga keldi, srazu orqasidagi so'z. Islamskiy terrorizm deydi. Birodarlar islomni terrorga hech qanday aloqasi yo'q. Islom terrorni qoralaydi. Terror degan narsa yo'q. Odamlarda qo'rqitish, odamlarda qalbiga vahima solishlik terror. Islom bu narsani mutlaqo qoralaydi.

Musulmonlarni terrorga hech qanday aloqasi yo'q, birodarlar. Payg'ambarning hayotidagi rahmat degan o'ttiz sakkiz juma dars qildik. Ana o'sha dislar turibdi olib eshitdinglar da. Musulmon deb ko'rsatilayotganlarni qilayotgan ishini birontasini musulmonlarga aloqasi yo'q. Islomga aloqasi yo'q. Islomdan emas bu birovdan. Lekin Islom haqida noto'g'ri ma'lumotni tinimsiz ertaga kech berganligi uchun odamlarda Islomga nisbatan bo'lgan qarashi noto'g'ri bo'lyapti. Va xususan biz farzandlar tarbiyasini gapiryapmiz. Qaranglarda.

Dinini mahkam tutgan, iffatli, hayosini yo'qotmagan, avratlarni yopib yurgan ayollarda xoloq, fikri tor, dunyoda huzur halovatidan bexabar, johil qilib ko'rsatilinyapti? Endi aksincha, hayo iffatni nima ekanligini bilmagan, yarim yalang'och yurgan, yurish turishi erkaknikidan farq qilmagan, o'ttiz besh ga o'tgandan keyin turmush qilishlik kerak degan tushuntirish ekan. Haqiqiy johiralarni madaniyatli ayollar deb ko'rsatmayaptimi?

Mana shu noto'g'ri berilgan ma'lumotlar bolalarimizni dunyoqarashini shakllantiryapti. Shuning uchun nimani ko'ryapti bolalar? Nimani eshityapti? Otalar qaranglar. Shuning uchuning uchun ota bitta vodiyda, farzand ikkinchi vodiyda. Ular bizga qahramon qilib ko'rsatayotgan odamlari ma'noli gaplar. O'zi kelishgan chiroyli, uyga borib aravachada. Shular ibrat qilib ko'rsatilinyapti. Musulmonlar dinini ushlaganlar xoloq, fahm farosati yo'q, burchakda qolib ketgan qilib ko'rsatyapti. Shunaqa bo'ladimi musulmon?

Endi oq qorani ajrata olmaydigan bola shunaqa to'g'ri ekan deb qabul qilaveradi da. Yana u kinosida qarang qanaqa. Erkak kishi do'stini kelib borib eshikni taqillatsa, xotini ochadi, yarim yalang'och. Do'stim bormidi desa, yo'q edi, yuring uyga deydi. Shunaça kinoda ko'raversa, ko'raversa demak oddiy narsa ekan deb qabul qiladimi? A buni xoromligini, unaça bir ayol kishini chiqishligi o'zi durustmasligi, yarim yalag'och bo'lishi xoromligi, ichkariga kiring deyish mumkinmasligini bilmagan bola oddiy ish ekan deydimi?

Shuning uchun farzandlarini har yoqqa jo'natayotganlar o'qishga, mulohaza qilib qo'yinglar. Bu narsani avvalam aytganman. Bolangiz balovatga yetib, o'zini kimligi, tomiri qayerdaligi, kimni bolasiligi, qaysi yurtni vakili ekanligini bilganidan keyin borsin agar bolangiz kelsa. Bunday tirnachaligida jo'natib yuboryapsizlar. Qani garantiya uni aynib ketmasligiga?

Hozir o'zingizni uyingizda turib, o'zingizni qo'lingizda turib aynib ketyapti bolalar. O'zingizni yurtingizda turib. Endi mutloq jo'natib yuborsangiz chi. Farzandlarga berilgan birodarlar ma'lumot, saxovat, uni turmush tarzini, dunyoqarasini shakllantiradi, qarashib. Farzandingiz somovarga o'xshaydi. Nimani qo'ysangiz, tevasidan, jo'mragidan xuddi shu narsa tushadi.

Tevasidan nimani qo'ysangiz, haybasi shu tushadi. Agar tevasidan bir narsa qo'ymasangiz, baribir nimadir tushadi. Chunki bu joy bo'sh qolmaydi. U to'ldirib oladi bir narsalarni. Bo'ldi, boy berdingiz bolani. Chunki to'ldi bir narsa bilan. Shuning uchun, kim o'zini bolasini haqiqiy musulmon, islomiy e'tiqod egasi bo'lishini xohlasa, fosil tushunchalardan, buzuq fikrlardan uzoq qilsin, aks holda farzandidan xayriya ko'rmaydi.

Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam payg'ambaringizni yaxshi ko'rishlikka, u zotning oila a'zolarini yaxshi ko'ishlikka, farzandlaringlarni odatlantiringlar dedi. Rasululloh havodan olib gapirmaydi birodarlar. Voma yantiqa anil havo, in huva illa vah yuyuha. Va u o'z havoyi xohishi bilan so'zlamas, u faqat vahiy qilinayotgan, tushirilayotgan bir vahiydir. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamni ko'rsatmalariga, so'zlarga quloq tushligimiz shart bo'ladi. Haftada bir marta bo'lsa ham payg'ambarimimiz haqida suhbat qilaylik. Qanday turish kerak, qanday yurish kerak. Yoshligida o'rgatilgan narsa birodarlar toshga o'yilgan naqsh bo'ladi.

Guvoh bo'lib qolasan. Yigitlar, yoshlar safarga chiqadi, dam olgani. Kimdir o't yoq ekan, kimdir karishkarcha ekan, kimdir bir ovqat tayyorlashlik bilan harakat qilarkan. Kimdir suv olib kela ekan, kimdir yonboshlab yotgan bo'ladi. Hammasi bir xil pul pul tashlagan. U ekspeditsiyani u uyushtirgani yo'q. Yonboshlab, yotadi. Qayoqdan shunaqa bo'lib qoldi?

Kunlarda birida Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam o'zining sahobalari bilan safarga chiqqanlaridan bir joyga to'xtashdi, ovqatlanishlik kerak bo'ldi. Shunda bir kishi Payg'ambarimimizni sahobalaridan alayya dabuxa. Qo'ydi, men so'yaman deydi. Ikkinchisi, alayya salxuxa. Men tersinishilaman dedi. Uchinchisi, alayya tabuxa. Men tishiraman dedi. Muhammad alayhissalom va alayya jamul xatob. Men o'tirib yig'ib kelaman dedi.

Yo Rasululloh, biz o'zimiz kifoya qilamiz bu ishga dedi. Deganda Payg'ambarimiz aytdilar, a alamu annakun takfunani bilaman, kifoya qilishinglarni. Va lekinna alloha yakkafon yaru abdu dahum mutamayyi zan ala aqroniyhi. Bilaman, mensiz ham eplashinglarni. Chunki Payg'ambarimizga xizmat qilishlik sharaf u. Rosululloh bilan birga turishlik sharaf. Rosululloh o'zi xizmatga chiqib ketsa, biz aytamiz, qo'yavering aralashmang desa, bilaman sizlar yetishinglarni. Lekin Alloh bandasini o'zining hamrohlaridan ajralib olgan holda ko'rishni yomon ko'radi dedi.

Muhammad alayhissalom aytyapti, boshqalardan ajralib olib turadigan odamni Alloh yaxshi ko'rmaydi deyapti. Mana shu Payg'ambarimiz haqidagi xabarni eshitsa, bu bola tasvirlanadi. Ajralolmagin bolam. Hamma bilan teng xizmatni qilib yurur deb o'rgatganida shunaqa bo'lmas edi. Shunaqa qilib qo'ygan kim ekan? Otasiga rahmat. Alloh subhanahu va taolo solih farzandlarini tarbiya qilishlikda hammamizga muvaffaq bo'lsin. Aqlu qovli ha'la vositohi sollallohu alayhi va alayhi va alam. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Keyingi darsni tinglashIslomda farzand tarbiyasi