Bismillahir rohmanir rohiym. Bismillahir rohmani rohiym. Alhamdulillahi robbina amin. Va ala oqibatu ila muttaqin. Vassolatu vassalomu ala sayyidina Muhammad. As sodiq ul van dil amin. Va alal alihi va as habihiy ajma'in. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh.
Alloh subhanah va taolo ushbu saidur ayyom kunini barchamizga barakotli qilgan bo'lsin. Duolarimizni ijobat qilsin, hidotini yashamasin. Islomda farzand tarbiyasi deb nomlanadigan darslarimizda davom etkazamiz. O'tgan darslarimizda birodarlar farzandlarini aqliy tarbiyasi haqida so'z yuritgan edik. Bugun inshaalloh davom etkazgan bo'lamiz. Alloh subhanah va tasalli Qur'onda shunday marhamat qildi. Yarfaillahl la dina a manu minkum va la dina u tula ilma darajat. Bosh oyatda, hal yasta villa dina ya'lamuni va la dina la ya'lamun.
Insonlar bir birlarini ro'parasida turib, biri ikkinchisiga baho berayotgan paytda, bir odamni ikkinchi odamdan pastligi yoki balandligini o'lchaydigan o'lchovlari bor. Mana sizlar bilan qilingan suhbatni oxirisida aytilingan. Ro'paramizda turgan odamdan pulimiz ko'p bo'lsa, o'zimizni baland deb bilamiz. Mansabimiz balandroq bo'lsa, undan balandroq deb bilamiz. Xullas, insonlar birini ikkinchisidan afzal ekanligini ajratadigan, o'zlari qo'yib olgan o'lchovlar bor.
Kim kuchli, kim kuchsiz. Kim falonchini bolasi, kim po'kinchini bolasi. Kimni puli bor, kimni puli yo'q. Kimni mahallasi po'kinchi, falon mahallada yashaydi. Ammo Alloh Taolo bir bandani ikkinchi bandadan afzalligini belgilaganda, siz bilan biz odamlar o'zimiz qo'yib bo'lgan o'lchovlarni birontasini zikr qilmadi. Nimani zikr qildi? Ilmni. Yarfail la hulladina a manu minkum, va la dinah u tul aynima darajat. Alloh Taolo sizlardan iymon berilgan va ilm berilgan ishlarni darajasini ko'taradi dedi. Alloh Taolo mana shu o'rinda bir kishini ikkinchi kishidan balandligini ilm orqali bo'lishligini aytdi. Boshqa oyatda, hal yaslavi alladina ya'lamuna va alladina la ya'lamun innama ya tazakkaru ulul albar, bilgan zotlar bilan bilmagan kimsalar barobar bo'lurmi dedi. Demak, siz bilan biz musulmon ota, musulmon ona sifatida farzandlarimizni ilmli bo'lishligiga xaris bo'lishligimiz kerak. Biz farzand dunyoga kelgandan keyin uni jismonan sog'lom bo'lishligi uchun hamma sharoitni qoyim qilamiz. Issig'idan, sovuqdan ehtiyot qilamiz, vaqtida bir dorisini beramiz, uxlatamiz, boshqa boshqa.
Siz bilan bizni qilayotgan hamma ishimiz faqat jismoniy tarbiyasi xolos. Ammo uni ilmiy tarbiyasiga keladigan bo'lsak, bunga beparvo tashlab qo'yganmiz. Qod aflahal mo'minun alladina hum fiy salati hind hoshiun va alladina hum anillag'vi muridun. Siz bilan bizni ilmdan nima to'sadi yoshlar?
Hozir nima to'syapti birinchi o'rinda? Haligi doktorlarni nimasi bor, diagnozni to'g'ri qo'ysang, ellik foiz ga davolading deydi. Sizni bezovta qilib turgan shu kasalni sababini bilsa, sababni yo'q qilib qo'ysa, odam yaxshi bo'lib qoladi. Hozir odamlarni, xususan yoshlarni ilmga bo'lgan rag'bati talabi og'zayib ketgan. Chunki ota onalar o'zlari bu narsaga unday aytgani yo'q. Siz bilan bizni ilmdan birodalar lag'u to'sadi. Lag'u nima?
Behuda so'z, behuda o'yin kulgi, behuda na dinimizga, na oxiratimizga, dunyoyimizga foydasi bo'lmagan narsalar. Alloh taolo aytadi, taqiq mo'minlar najot topdilar. Qaysi mo'minlar? Ular namozlarida xushuv bilan turadi. Ular kimlar? Ular lag'udan yuz o'giradi.
Qilayotgan ishingiz, gapirayotgan gapingiz, shug'ullanayotgan mashg'ulotingizni agar yo diningizga, yo oxiratingizga foydasi bo'lmaydigan bo'lsa, bu lag'u deyiladi. Yigirma birinchi asrni vabosi. Bizni tilda chiroyli chiqargan, ijtimoiy tarmoqlar. Ukalar, mana shu telefonga mukkasidan ketgan, kompyuterga mukkasidan ketgan. Odamlarni ilmsiz johil bo'lib qotib qoladigan bo'lsa, bu faqat o'zlarini ayblashligi kerak. Ota onalar, biz hozir farzandlarni ilmli qilishing haqida dars qilyapmiz. Kompyuterda o'tiribdimi xohlaganicha? Aytgan telefonda berdingizmi? Internet to'lab qo'ydingizmi? Bo'ldi. Bu bolangizni ilmli bo'lishini kutmang. Chunki bu tajribadan o'tgan narsa.
Ilmli bo'lishingiz. Bu. Ilm o'rganishdek birodarlar siz bilan bizni ixtiyorimizdagi ish emas. Demak, farzandlarimizga ilm bermaslik ham bizni ixtiyorimdagi ish emass. Xohlasam ilmli qilaman bolammi, xohlamasam ilmli qiymayman degan gap ketmaydi. Chunki payg'ambarimiz sahihani sizlarda aytganlar talo bulo ilmiy faridatu ala kulli muslimin va muslimating. Har bir erkak, ayol musulmonga ilm o'rganoshlik farz. Namoz o'qishlik farzmidi? Farz edi. Ilm ham birodarlar farz namozdaqa.
Payg'ambarimiz aytadilar, fazlul a'limi alali abiydiy kafadli ala adinakum. Qarang, ilmli odamni islomda qanchalik qadri baland bo'ladi? Olimning, dedi rasululloh, obitdan afzalligi, obid, oddiy namozxon, ilmsiz odam. Faqat ibodat qiladi. Olimning obiddan afzalligi xuddi mening deydi rasululloh. Sizning eng kichkinangizni oldida afzalligimga o'xshaydi. Rasulullohni martabasi qanchalik u, rasulullohni eng kichkina sahobasini martabasi qanchilik? Olim bilan obidni o'rtasidagi farq ham shuncha bo'ladi. Hazil jihatidan. Bu yerda boy kambag'al, oq qora, boy kambag'ali demayapti. Ilm bilan belgilayapti. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam.
Alloh taolo, maloyikalar, samo ahli, odamlarga yaxshilik o'rgatuvchi insonga salovat aytadi. Hatto o'zini kovagida turgan chumoli ham, hatto suvdagi baliqlar ham odamlarga ya xishilikni ta'lim beradigan insonga salovati aytadi, istig'for aytadi. Qurtqun nusxalar, parrandayu, darandalar, suvdagi baliqlar ham ilmli odamni, odamlarga ilm ro'yobga tekkan odamga istig'for aytadi, unga salovat aytadi. Endi Alloh taolo va malolikalarni farq o'zini mana shu mo'min bandaga, mo'min bandaga salovat aytishi tushunarli. Lekin chumoli nima ishi bor deng odam bilan?
Chumoli nimaga istig'for aitadi ilmli bo'lgan odamga? Suvdagi baliqda nima ishi bor? Masalan, ilmsiz bo'lsa, johil bo'lsa, bexabar bo'lsa, inson shariatda man qilingan narsalardan bexabar bo'lladi. Tabiiyki, gunoh massiyatni ko'p qiladi. Masalan, baliq tutib kelindi, ilmli odam yaxshi biladi. Baliq hali o'lib olmasidan turib, joni chiqmasdan turib, qornini yorib, uni yoqqa solib bo'lmaydi. Lekin johil, mana ko'rasizlar, tirik baliqni shunday solib qovuray ekanini ko'rasizlar. Nimani alomati bu? G'irt johillikni alomatimi? Yoki chumolini yozib qo'ymaydi musulmon odam o'tib ketyapti, ilmli odam. Chunki buni ezishlik zulmligi, buni ezishlik gunohligini bilgandan keyin ehtiyot bo'ladi.
Alloh taolo aytadi, haj surasida, vala budun ajannna hala kun min sha'irillat. Laku fi ha xoyrun, faziqul usmon allohu alayha, savaffa, faiza wajabat junubi ha, fakulu minha va ta'imul qoniyevun muxtor, kazalika saxhar na halakum la'allakum tashkurun.
Baytullohda qurbon qilinadigan tuya mollarni biz sizlar uchun alloh qonunlaridan qildik. Sizlar uchun ularni qurbon qilishda yaxshilik bordir. Va ular so'yish uchun tizib qo'yilgan hollarida allohni nomini zikr qilingiz. Endi qachon yonboshlari bilan tushganlarida, ya'ni so'yilgandan keyin, jon taslim qilinganidan keyin, ulardan o'zlaringiz ham yeyaveringlar, birovdan bir narsa so'ramaydigan qanoatli kishiga va muhtoj tilanchiga ham yediringlar.
Joni chiqmasdan turib yemasligimizni Alloh Taolo Qur'onda aytyapti. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam oldida bir odam qo'y so'ydi, boshqa qo'ylar ko'rib turgan edi. Endi boshqa qoidaga ko'rsatib so'ydi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam achchig'i kelib, buni ikki marta o'ldirmoqchimisan dedi narigi turganini. Chunki sherigini so'yilgani ko'rdi, bitta azoblansa, o'zini so'yishiga bir mashaqqat bo'ladi. Ilmli odam, bu narsalardan xabardor bo'lgan odam hatto hayvonga ham zulm qilmaydi.
Shu ma'lamlar. Hatta ito ato ala vodin namil, holatina milaton ya ayyuhan namil, udhul umasaakinakun. La yaxtiman nakum sulaymonu va jumu duhu va hum la yashuru. Payg'ambarlar hissasidan Sulaymon alayhissalomni hissasiga murojaat qilsak, Sulaymon alayhi assalomni askarlari yig'ildi. Hayvonlaru, insonlaru, jinlar hammasi. Shunda chumolilar yashaydigan bir vodiydan o'tib ketayotganida bir chumoli aytdi. To ular Chumolilar vodiysiga yetgan vaqtlarida, bir chumoli, ey chumolilar, uyalaringizga kiringlar. Yana Sulaymon va uning lashkarlari o'zlari sezmagan hollarida sizlarni bosh eganishib ketmasinlar. Demak, Sulaymon alayhissalom ezib qo'yishi mumkin, bilmasdan. Qasddan qilmaydi. Chunki bu kishi ilm egasi. Bu narsani mumkinmasligini biladi. Bilmasdan ezib qo'yishi mumkin, lekin qasddan hech qachon qilmaydi.
Birodarlar, farzandlarimizni ilmli bo'lishiga xaris bo'lishligimiz kerak, xuddi ko'zi, qulog'i, oyog'i sog' bo'lishiga xars bo'lganimizdek. Bu yerda har bitta o'tirgan odam, adashmayman, mubolag'a bo'lmaydi, har bitta odam ilmiy darajasi qanchalik bo'lishidan qat'iy nazar, norozi o'zini holatidan.
To'g'rimi? Masalan bu Qur'on yodlanmagan bo'lsa, aytadi men Qur'on o'qimagan ekanman deydi da, norozi. Bu besh bora yodlagan bo'lsa? O'ttiz bora emasdi, bu norozi bo'ladi. Bu o'nta hadis yodlagan bo'lsa? Men qirqta hadis yodlamadim, deydi. Ilmiy holatidan, ilm darajasidan hech kim rozi emas. Shunday emasmi? Endi, ilm darajangiz qaysi martabaga yetgan bo'lsa ham, undan norozi ekansiz. Chunki bundan zo'rroq bo'lishingiz mumkin edi. Endi umuman ilmdan bexabar qolib ketgan bo'lsangizchi?
Bu o'tdi ketdi, bu foiz ketdi. Bu xatoni tuzatish mumkinmi? Mumkin. Mana shu avvalgi suhbatlarimizda aytdik, sen ota sifatida o'zing yoshligingda qo'ygan xatolarni farzandingni takrorlamasligiga yetaklasang, farzandning shu xatolarini takrorlamasa, demak sen xatoni tuzatding. Demak birodarlar, Qur'on yodlamaganimiz bor, diniy bilim o'rganmaganlarimiz bor, din ishlarida savodsiz bo'lganlarimiz bor. Endi harakat qilaylik, farzandimiz, agar katta bo'lib qolgan bo'lsa, nabiramiz. Chunki farzand sizni emas, davomchisiz. Siz borib joyingizga yotgan paytingizda, mana shu o'rgatgan, siz ta'lim bergan yoki siz sharoit qilib berib o'rgangan ilmdan odamlarga o'rgatar ekan, sizga savob boradi. Ishlatib qo'yib keting bolangizni, nevarangizni o'zingizga. Chunki umr bo'yi shu bolani deb, shu nabiram deb ishladingiz. Endi siz uchun ham ishlasin.
Farzand otaning davomchisi. Otasidan keyin bu farzand agar ilm o'rgatgan, o'rgatilgan bo'lsa, otasiga ham foyda keltiradi, o'ziga ham foyda keladi, jamiyatga ham foyda keldiradi. Payg'ambarimiz aytganlar: ida mata ibn adam inqota amalhu illa min talaf. Odam vafot qilgandan keyin, hamma amallari uziladi, faqat uchtasi uzilmaydi. Uchta amalladan savob borib turadi.
Foydali ilm qoldirgan bo'lsa, sadaqa joniya qoldirgan bo'lsa, va uni ortidan haqqiga duo qilib turadigan solih farzand qoldirgan bo'lsa. Qarang da, agar siz bolangizga ilm o'rgatib, ilmiy qiliqib ketadigan bo'lsangiz, u solih farzand birinchidan. Yana ilm o'rgatadigan farzand bo'lsa, mana shu aytilgan narsadan ikkitasi bo'ladi sizniki. Chunki sadaqa joriya qoldirishlik, hadisda aytilgan uchinchi narsa, bu inson boy badavlat bo'lishligi kerak. Boylik hammaga berilmagan. Nodomiki shunday bo'lgandan keyin, farzandni sog'liq qilaylik, ilm o'rgataylik.
Hamma abadiy yashashni xohlaydi. Bu insonni tabiatida bor narsa. Farzandingizni siz xohlagandek qilib tarbiyalab qoldirib ketayotgan bo'lsangiz, siz o'lganingiz yo'q. Avvalgi darslarimizda aytib o'tdik, shomdagi masjidlarda, katta jome masjidlardan birini imomi vafot etdi. Uni mana shu ta'ziyasida o'g'li chiqib turib, nutq qildi odamlarga.
Ya'ni otasini o'rniga egalladi bu bola. Demak, bu ota o'lgani yo'q. Otani ishini davom ettiradigan, ilmli bo'lgan solih farzand qoldi, bu ota o'lgani yo'q! O'lding, o'shding, bo'lib ketishlikni xohlamasak, farzandlarimizni tarbiyalaylik, ularga ilm o'rgataylik. Islom dini birodarlar bu ilmga ta'g'ib qiladigan din. Hammanglarga ma'lum, Qur'onda minglagan oyatlar nozil bo'lgan bo'lsa, Alloh Taoloning juda ko'p buyruq qaytarg'alari nozil bo'lkan bo'lsa, mana shu Alloh Taolo buyrgan buyruqlarning eng birinchisi iqror. O'qil. O'qil! Ilmga ta'qib qilishlik bilan boshlandi dinimiz.
Mana endi Islom dini musulmonlar bu dunyoga nimani taqdim qilishdi? Musulmonlarni olamga ko'rsatgan fazli haqida g'ayridin, ajnabiy olimlarni bir qanchalarni so'zini o'qiymiz. Islom nimani berdi insoniyatga? Musulmonlar Alloh Taolo buyurgan birinchi buyruq, ilm nima qilgan tutishdi. Shuning uchun dunyoning eng peshqadam ummatiga aylanishdi. Bashariyat hali yetmagan cho'qqilarga ko'tarilishdi. Biz hali hali maqtanib, faxrlanib yuramiz ku. Beruniy, Ibn Sino, Forobiy deb. E, bular kim bo'lgan, bilasizlarmi? Birinchi o'rinda musulmon bo'lgan. Qur'on yodlagan bular. Besh mahal namozini o'qigan.
Ularni Islom olib chiqdi shu martabaga. Islom olibchiqdi. Mana ana shu g'ayridin bo'lgan yevropalik kishilarning ayrim so'zlari, olimlarning ayrim so'izlari. Ulardan biri shunday deydi. Ming yil Yevropa islomiy ilmlarga xuddi bir mo'jizaga qaragandek qarab turishardi. Tushunisha olmas edi musulmonlarni ilmini.
Gollandiyalik, gollandiyaligi olimlardan biri aytadi, Andalusda bironta ham savodsiz kishi yo'q edi. Andalos birodarlar. Mana tariximizni o'rganishlikka kirishyapmiz, alhamdulillah, juda ko'pchilik kitob o'qiyapti, izlanyapti, yaxshi. Hozirgi Ispaniyani bir qismini egallagan musulmon mamlakati bo'lgan. Andalus. Andalusiya deb qo'yadi, mana hozir borsangiz o'sha musulmonlar qurgan masjidlar hali ham bor. Yoqasiz o'sha chiroyliligini ko'rib.
Andalusda bironta ham savodsiz kishi yo'q edi. Bu vaqtda Yevropada o'qishni va yozishni yoki boshlang'ich ta'limni faqatgina qissiz rohiblar, qissislardan iborat oliy tabaqa kishilargina bilar edi, Andalusda savodsiz odam yo'q edi. Yana bir olim aytadi, Yevropa savodsiz edi. U johillik bilan to'lgan edi.andalus esa bu vaqtda ilm va saxovat bayrog'ini baland tutgan edi. Yana bir olim aytadi. Arablarning hazorati, madaniyatining zavolga uchrashi Ispaniya va Yevropa uchun shumlik bo'ldi. Andalus arablar davrida saodat topgan edi. Arablar ketganidan keyin esa, boylik, go'zallik va unumdonlikni o'rnini vayronagarchilik egalladi.
Musulmonlarni yetkazib qo'ygan joyidan g'arb davom etkazib ketdi. Musulmonlar qolib ketdi. Andalustda musulmon me'morlari qoldirgan imoratlar hali hanuzgacha bor bo'ladilar. Ularni ko'rib insonni aqli u davrdagi odamlar qilganligini ko'rib turib aqlingiz lol qoladi. Bu musulmonlardan Alloh Taolo bu narsani qachon olib qo'ydi? Diniga beparvo bo'lgandan keyin olib qo'yadi. Uzoqqa bormanglar. Mana Turkiyaga, Istanbulga borsanglar, bundan to'rt yuz yil, besh yuz yil burun qurilgan masjidlarni ko'rib turib, yoqangizni ushlaysiz.
Bilmoqchi bo'lsa borib ko'raylik da. Mana Samarqand, Bahoroga borib qaranglar. Ilm ma'rifatni ushlaganda qanaqa bo'lgan odamlar. E, hozirgi musulmonlar o'sha musulmonlarnichi, zurriyotlari. Ularni qonida oqqan narsa bizni qonimizda ham bor. Bolalar, kitob ushlash to'rniga sizlar telefonga etika olib qoladigan bo'lib qoldinglar. Kitob o'qib, ilm o'rganishni, unga televizor, internet ko'radigan bo'lib qoldinglar.
Yana bir olim aytadi, Yevropaning zodagonlari ham ismlarini yozishlikka qiynalayotgan paytda Qurtubadagi yosh bolalar madrasaga borar edilar. Yevropa rohiblari o'zlarining kanisa yozuvlarini noto'g'ri o'qiyotganlarida, Qurti va muallimlari Iskandariyadagi ulkan maktabaga teng keladigan maktabani ta'sis qilishdi. Mana shunday bo'lgan edi musulmonlar. Ilmni hamma narsadan burun qo'yishgan edi. Bilasizlar, ilmsiz hech qaysi ish to'g'ri olmaydi.
Islom bu harakat barpo qilishlik dini. Birodarlar, shariatimizda ilmga targ'ib qilinganligidan xabarimiz bor. Qur'ondagi oyatlar bilan, Payg'ambarimizning so'zlari bilan ilmga targ'ib qilinganmiz. Mana shu narsaga amal qilinganda musulmonlar peshqadam bo'lishdi. Germaniyalik muallifni arablarning quyoshi yevropani yoritmoqda nomli kitobida musulmonlarni g'arb olamiga ko'rsatgan ta'siri haqida so'z ketadi. Musulmonlarni taraqqiyoti hozirgi g'arbning taraqqiyotiga sabab bo'lgan.
Musulmonlarni shunday yutuqqa erishishiga sabab bo'gan narsa, iymon. Islom, din. Aytdik a? Ilm o'rgatishingiz farzandingizga, sizni xohishingizdagi ish emas. Birodarlar, Islom bu faqat mashqqa kirib namoz o'qishlik emas. Islom modda va ruh, din va dunyo. Dunyo va oxiri. Islom bu jamiyatdan ajrab olish, burchakka kirib olish, yalqovli, yakkalab olishlik emas. Islom birodarolar harakat, g'ayrat, shijoat ko'rsatishlik. Islom birodalar insoniyatga saodatni keltiradigan mukammal manhach.
Dengizni nimaligini bilmagan arablar, birodarlar ummaviylarning xalifaligi davrida, dengizda flot tuzib, dengizda jang qilishdi. Dengizda ham egallashdi. Sahroyilar, kema nimaligini bilgan. Nima bilan erishdi? Yana ilm bilan erishdi. Astay deb billah. Faiza qudu yot is sola, to'fonta she'r u fil arzu. Va butag'u ming fozli la, vozkuru alloha kafirun la allakum tuflixun. Juma surasi. Endi qachon namoz ado qilingach, yerga tarqalib, Allohning fazli marhamatidan rizq, ro'z istayveringlar. Qarang, namoz tugagandan keyin rizqingni ista. Ibodatni qilib qo'yib turib, dunyoda ishini qil deyapti. O'zi dunyo ishi, din ishi deyilmaydi musulmonga. O'sha bola chaqani boqaman deb chiqishni ham dinini ishi. Imoratimni bir mustahkam qilib solaman degani ham dinini ishi!
Avval namozni o'qib boringlar. Namozni o'qib bo'lgandan keyin Allohni fazli bilan rizq talab qilib chiqinglar. Allohni ko'p zikr qilinglar, shoyat najot topursizlar. Dunyoga berilib ketgani bir yo'li bizda dunyoga berilib kelgan ibodatga ishi yo'q. Ibodatga berilganini qarasang, bir yo'li ibodatga berilib keladi. Dunyo bilan ishi yo'q u. Musulmon odam unaqa ham bo'lmaydi, bunaqa ham. Ikkalasini teng ushaydi. Ikkalasini teng ushaydi.
Islomiy shariat olamga eng sobit, mustahkam qonunlarni beradi. Hozirgi kunda yer yuzida ishlayotgan qonunlar hammasi odamlarni qo'li bilan yozilgan. Va bu qonunlar odamlarni quli bilan yozilgannligi uchun, albatta nuqson kamchiligi to'lib yotibdi. Bir yil to'g'ri kelgan qonuniga keyingi yil popravka kirgizishlik kerak.
Qur'on, islom qonunlari birodarolar sobit, o'zgarmaydi. Bir yurtga to'g'ri kelib, ikkinchi yurtga to'rt kelmay qolmaydi. Bir zamonga to'g'ri kelib, ikkinchi zamonda eskib qolmaydi. Musulmonlar faqat mana shu Qur'onga amal qilib, ikki dunyoda saodatga erishishilar qoldi o'zlarini. Mana qarang, o'zlarini qo'llari bilan qonun yozib, o'zi xohlagancha yashayotgan xalqlar nima bo'lyapti? Yemirilyapti tagidan.
Erkak erkak yuramayapti. E nima bu? Nima uchun mana shu bir holatga tushib qoldi ular? Chunki Allohni unutishgan edi. Allohni unutishishgan edi. Yer yuzidagi hamma qonunlardan, birodarlar, islomiy shariat, islomiy qonunlar mukammal, komil. Bu o'zgarmaydi. Qarang da, bundan bir yarim ming yil burun yashagan odam Qur'on bilan yashasa, saodatli hayot kechirgan, puli bo'lsa ham bo'lmasa ham. Hozirgi kunda ham, bir yarim ming yildan keyin yashayotgan odamga ham Qur'on sunnat bilan yashasa, saodatli yashaveradi. Puli bo'lmasa yam bo'lmasa ya.
Bir yarim minginchi yil burun boy badavlat bo'lib turib, Allohni dinidan yuz o'girgan odam badbaxt bo'lgan. Hozir ham xuddi shunaqa bo'ladi. Biz istashimizni hojati yo'q formulani. Qanaqa qilsak zo'r hayot bo'larkin deb. Bizni qo'limizda turibdi. Kitob va sunnat. Islom dini birodarlar voqeiy din. Bu hayot mana bu vodiyda, din mana bu vodiydamas. Bugungi muammoingizni hal qilib beradi. Ertaga chiqishi mumkin bo'lgan muammoingiz ham hal qilib beradi!
Musulmonlarda, yurtlarda albatta ilm bor, lekin talab, ilmga bo'lgan talab, talab darajasida emas. Ilmni yetarli darajada talab qilmayapmiz. Birodalar. G'arblik olimlardan biri shunday deydi. Bashariyat, insoniyat. Muhammad alayhissalomdek kishi insoniyatga nisbatlanishidan faxrlanadi. O'zining savodsiz bo'lishiga qaramasdan o'n to'rt asr avval shunday qonunlarni olib keldiki, agar biz yevropaliklar ming yildan keyin u yetgan cho'qqiga yeta olsak, insonlarning eng baxtlisi bo'lgan bo'lar edik.
Bu so'zni kim aytyapti? Vena universitetidagi huquqshunoslik fakultetining dekani aytyapti. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam olib qoldirib ketgan qonun birodarlar turibdi qo'limizda. O'qib o'rganib amal qilishlik kerak xolos. Islom voqeai din. Inson allohni tanisa, iymoni mustahkam bo'lsa, alloh buyurgan ishlarni tadbiq qilishlikka shoshiladi. Ilm nima ekan o'rganish? Farz ekan. Bolalarimizga ilm o'rgataylik, birodarlar.
Mo'min odam yalqov bo'lmaydi. Burchakka kirib olgan bo'lmaydi, yoki faqat o'zi uchun yashamaydi. Hozirgi davrda odamlarga singdirilgan tushuncha o'zing yashasang bo'ldi. O'zing uchun yasha. Birovlar bilan ishing nima? O'zing uchun so'ra. O'zing uchun g'am qil. Qo'shning bilan ishing bo'lmasin. Musulmon odam unaqa bo'lmaydi. La yu umino hadukum xatta yuhibbali ahihi ma yuhibbuli nafsihi. Musulmon komil musulmon bo'lmaydi, toki o'ziga yaxshi ko'rgan narsani birodarga rovoh ko'rmagunicha. Siz farzandingizga berishingiz mumkin bo'lgan eng katta narsa birodarlar, iymon. Tarbiya, ilm. Agar siz zo'r qilib qoldirib ketsangiz, bolangiz, uni bolasi ham o'ziday bo'ladi. Natijada kim yutadi? Siz bilan biz yutamiz. Ummat yutadi.
Inshaalloh, keyingi darslarimizda farzandlarni ilmiy tarbiyasi haqidagi mavzuni davom etkazgan bo'lamiz. Aquli qovli hada va astag'firulloh alayhi valakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.