Maviza
—Qoralama37 daq

Tobe'inlar hayoti

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
36:51
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillah robbil a'lamin. Vassalotu vassalomu ala sayyidina Muhammad va ala alixiyos habihiy ajma'in. Ammabodo assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ala va barakatuh. Abdullohimni muborak. Rahmatullohi alaykum. Ulug'larimiz haqidagi suhbatlarimizga xush kelibsiz. Islomiy tariximizni yo'lida ko'zga ko'ringan ulug'larimiz haqidagi suhbatlar. Ular faqatgina ummat islomiyaga yaxshilik emas, butun insoniyatga bir yaxshilikni qoldirib ketdi. Ular faqotgina islomiy ilmlar bilan ko'zga ko'rinmadi. Balki ular mana shu tabiiy ilmlarga ham o'zlarining hissasini qo'shishdi. Ibn Sino, Imom Roziy, Forobiy va boshqalar. Lekin biz mana shu ulug'larimizni hayotini o'qirganmiz, avval diniy bilimlar bilan ko'zga ko'ringanlarini tobin va taba tobinlar haqida gapirmoqchimiz. Biz faqatgina ularda hayotini bir ko'rib qo'yishlikni maqsad qilmadik. Qayta qayta aytyapmiz, ularni mana shu yuksaklikka olib chiqqan sabablar, sirlar va omillar haqida suhbat qilamiz. Va mana shu sirlarni o'rganishlikka harakat qilamiz. Bugungi suhbatimiz Abdulloh ibn Muborak, tavbiyenlarning eng ulug'laridan, ummatning kibor olimlaridan, shaxsiyatida ulkan tavozum bor bo'lgan ulug' inson.

U kishini zamonidagi ko'pchilik ahli ilmlar, olimlar Ibn Muborakkaga o'xshash harakat qildi, lekin bu narsaga qodir bo'lishmadi. U kishini zamonidagi manaman degan boy badavlat kishilar Abdulloh ibn Muborakdek saxovat ko'rsatay deyishdi, lekin uddasidan chiqisha olmadi. U kishi Abdulloh ibn Muborak. Ibn Muboraks saxovatli inson edi. Undan avval olim, faqih, muhaddis, mujohid, olim inson bo'lgan edi.

Abdulloh ibn Muborakni zamondoshlari u kishini Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalariga o'xshatishar edi. Ya'ni shu darajada edi. Ha. Aytishadiki, Abdullohi Muborak, Rasulullohni sahobalariga ularni qilgan amallar tenglashib qoldi. Amallarida sahobalariga tenglashib qolibdi, lekin sahobalar baribir o'zib ketishdi. Nima bilan? Rasulullohga ham suhbat bo'lganligi bilan, u zot bilan birga jihodlarga chiqqanligi bilan. Mana endi ummatimizning birodarlar, buyuk shayxlaridan, genial ustozlardan bo'lgan. Abdulloh ibn Muborak bilan birodarlar bir muddat birga bo'lamiz. U kishini fazilat haqida darsimiz bitta bo'lsa oz bo'lib qoladi.

U kishi haqida aytilinar edi. U muhaddis imom, hadis ilmida amirul al mu'miniyning edi. Yetti yuz mingdan ziyod hadisni yod bilar edi. Albatta endi bu yetti yuz mingni ichida zaifi bor, saxifi bor, lekin shularda hammasini hisoblanganda yetti yuz m deyilyapti. Yetti yuz m. Aytishga, aytib qo'yishga juda ham oson, qulay. U kishi haqida yana aytilinar edi, Ibn Muborak shayxul islom, zohid, obid va mujohid faqih edi. U kishining nasabi oddiy edi. Podshohlar zurriyotidan emas edi. Qavmining sayyidlari, amirlari, ulug' insonlarni zo'ri yotmas edi, oddiy odam edi. Otasi mavlonlardan edi. Alloh Taolo aytgan, astaytib be'la, innakroma koma indallohi at hokim. Sizlarni Allohninng huzurida hurmati balandrog'ingiz, taqvodorrog'ingiz. Kim Allohdan ko'proq qo'rqayotgan bo'lsa, shu odam millati, ilmi, rangi, puli, qanaqaligi muhim emas. Shu odam Alloha yaqinroq bo'laveradi.

Payg'ambarimiz aytganlar u, arabiyini ajamiydan afzalligi faqat taqvo bilan bo'ladi. Qaysinisi ko'proq taqvo qilyapti? Shu ulug' bo'laveradi islomda. Qarang, mavlolardan bo'lgan Abdulloh ibn Muborik, Muborikning o'g'li Abdulloh o'zini zamonasidagi eng peshqadam odamga aylanyapti. U kishini otasi Muborak islom yerlariga kelib, iymonni qabul qildi. To'g'ri aqidani ushlab, Allohning valiylari qatoriga qo'shildi. Abdulloh ibn Muborak. Bu kishining otasi Muborak.

Qorovul bo'lgan. So'ranglarda, men sababli eshitaman. Qorovulbo'lgan. Bu kishi Eronni shimoli sharqidagi Xurosondan kelgan, Xurosonga kelgan. Shu yerda iymonni qabul qilganda katta bir bog'ni qorovuli bo'lgan. Olma, anor, limon degandek, shu mevali bog'ni qoravuli bo'lgan, bog'bon ham emas. Qorovul.

Ertayu kechki bog'ida doim Allohni zikri bilan pokiza inson bo'lgan. Maoshini olardi da, uchdan birini darrov ehson qilib tarqatar edi, qolgan qismini oilasiga sarf qilar edi. Kunlarni birida mana endi Abdulloh Muborakni otasi haqida ozgina gapirib o'tishimiz kerak. Chunki ota qanchalar taqvolik bo'lsa, qanchalar Allohga yaqin bo'lsa, zurriyotlarini ham ulug' inson bo'lishlikka imkoniyati kattaroq bo'ladi. Bog'ni egasi keldi, o'zini bir do'sti bilan bog'ga Muborakka borib anorni yaxshilarini olib kel dedi. Borib olib keldi, yorishuvdi, nordonroq, taxirroq. Boshqasini olib kel. Boshqasin olib keldi. Yana taxir chiqdi. Shunda bog'ni egasi achchiq qilib, ey, sen anorni nordoni bilan shirinini farqiga bormaysanmi, bilmaysanmi dedi. Yo'q, bilmayman dedi. Ha, meni bog'imda falonchi yildan beri ishlaysan, nahotki bilmaysan dedi. Sizni bog'ingizda falonchi yilidan beri ishlagan bo'lsam, bir marta totib yurgan emasman dedi.

Siz bunga ruxsat ham bermagansiz, men so'ramaganman ham dedi. Birodarlar, bu qanaqa taqvo bo'ldi? Bu qanaqa aqida bo'ldi? Ismiga loyiq, muborak aqida, muborak taqvo, muborak ibodat. Mana shu muborak taquvo Abdullohimni muborakni dunyoga kelishiga sabab bo'ldi. Abdullohimning muborakni mana shunday bir holatga yetishiga sabablardan bittasi, u kishining taqvodor otasi. Ibn Muborakni otasi mana shunday inson edi. Abdulloh ibn Muborak aytganimizdek arab emas edi. U kishi shakli Eronni shimolidagi xalqlarga o'xshab ketar edi. Arab tilini mukammal o'rgangan, fasohatli inson edi. Arabiy she'rining bilimdonlari va o'zi ham shoir, ham adib inson edi. Mana bu kishi Rasulullohni hadislarni o'rganishlikka kirishdi, yuz minglagan hadislarni yozib ola boshladi. Mana aytib o'tdik, avvalgi darslarimizda Alloh Taolo har bitta insonga qandaydir iqtidorni beradi. Qobiliyat, talant. Bu talantni kimdir o'zida kashf qilib ko'radi buni va bundan foyda oladi yoki kimdir bu talantni o'zida koshf qilmaydi. Shunday qolib ketadi. Bu kishiga Alloh Taolo mana shunday bir iqtidornini berdiki, yodlash qobiliyati kuchligida.

Va azmi qarori qattiq edi. Erkak kishi ish qilardi bizni tilda aytganda. Usharimi? Uzar edi. Yarmiga borganda qo'yib yubormas edi. Mana uchta narsani aytdik. Otasi taqvoliy bo'lgan, Alloh Taolo yodlashlik iqtidorini bergan va shu kishi yana o'zini ustida qattiq ishlagan. Azma qarori bo'lgan. A? Rejim boshlaymiz, bolalar, ozish uchun. Ikki kun, uch kun, to'rt kun, keyin tashlab yuboramiz. Sport bilan shug'ullangani chiqamiz, uch to'rt kun. Uch to'rt kun chiqamiz, keyin nima qilamiz? Mana shu bizda azmi qarorni yo'qligi.

Qaranglarda, g'ayridinlar, kofirlar bir dunyo ishida bir katta maqsadni oldiga qo'yadi. Musulmonmiz bu, kofir bu, mushrik bu, arog' ichadi, zino qiladi. Ammo shu maqsadiga yetkazayotgan ishni mahkam ushlab qiladi. Shularga ham Alloh Taolo natijani beryapti ey. Ha biz musulmonmiz ku, iymonimiz bor, halolmiz, ibodatdamiz, duodamiz. Sababini qilayotganda oxirigacha borib ko'raylikchi, nima olar ekan?

Mana qarang, otasi ulug' inson bo'ldi, taqib oling. Alloh Taolo qobiliyat berdi va nima qildi? Azma qaror bilan nafsini mahkam tutdi. Bizda ham yuztalikda orzu qiladigan yoshlarimiz yo'q emas. Bor. O'sha iqtidori bor, talanti bor, yodlash qobiliyati zo'r bo'lgan yoshlarimiz bor, lekin bularda ko'proq nima topilmay qoladi? Ana shu azmaqaror bo'lmay qoladi. O'sha ko'zlagan narsasiga olib boradigan mehnatga, mashaqqatga sabr qilmaydi. Yarim yo'lda burib yuboraveradi. Chunki jonini qiynashni xohlamaydi. O'shaning uchun aytdik, yoshligidan otasi yo'q bo'lib, yetim o'sgan bolalar majbur da erkak bo'lishga ertaroq. Ular burib yuborishning iloji yo'q, onasi och qolib turibdi, ukalarini och qolib turilibdi, ishlash kerak, kaltak yeydimi, sovuqmi, oyligini yarmini bermaydimi, ishlashga majbur u.

Ibn Muborak o'zini shaxsiyatida ulug' bir sifatlarning fazilatlarini jamladi. Uning zamonidagi ayrim kishilar aytadi, agar menga Rasulullohni sahobalarga o'xshaydigan birorta odamni ko'rsatgin, zamoningda deb aytsa, men Abdulloh Ibn Muborakinni ko'rsatgan bo'lardim deydi. Sahobalarga tenglan deyapti bu kishi. Ibn Muborakni shogirdlari o'tirib qolishsa, kelinglar ustozimiz haqida gapiramiz deyishar edi. Va fazilatlarni sanab ketishar edi. Aytishar ediki, tunlarni qoyim qilardi, kunduzlari ro'za tutar edi, sadaqalari ko'p edi, bir yili haj qilar edi, bir yil jihodga chiqar edi. Allohga da'vat qilar edi, ma'ru amru ma'ruf nahiy munkarni ado qilar edi. Endi bunga bir necha tillarni bilishini qo'shib qo'ying. Bunga shoir adilligini qo'shib qo'ying. Bunga faqih va muhaddisligini qo'shib qo'ying. Bu kishi ham jismonan zo'r odam bo'lgan ekan. Ko'zinglarni oldiga keltiryapsizlarmi?

Sofiy ona savvi bilan bir majlisda o'tirdi. Ular bilan bir top ahli ilmlar bor. Ibn Muborak ham bor. Ibn Mubek turdi, chiqib ketdi. Shunda majlisda o'tirgan olimlardan bittasi aytdiki, bu kishi mashriq ahlining olimi dedi. Desa, sofioni savriga qarab achchig'i keldi da, e nima deyapsiz dedi. Bu kishi ham mag'rib ahlini, ham mashriq ahlining oliy dedi. Kimlar baho beryapti? Sofioni savridagi olim kishilar. Nima? Abdullohi ming muborak mana shu maqom, mana shu marta va mana shu darajani meros qilib oldimi bu birodar?

Yo'q. Alloh bergan iqtidorini qattiq mehnatga, jiddu jadga bog'ladi, natijaga erishdi. Shu maqsadiga yetishlik, bir cho'qqiga yetishlik haqidagi leksiyalarni o'qisanglar, shunda bir ajib gap kelyapti. Bir foiz Alloh tomonidan ilhom bo'ladi, to'qson to'qqiz foiz mehnat bo'ladi. Shunda muvaffaqiyat keladi ishladi debdi.

Bir foiz ilhom bo'ladi Alloh tomonidan. To'qson to'qqiz foiz nima ekan? Demak, bu kishi buncha narsani meros qilib olgani yo'q. O'zini iqtidori, qattiq irodasi, mehnatga sabrliligi bilan mana shunday bir marta maqomga erishdi. Abdullohning muborak yuz o'n sakkizinchi yil hijriyada dunyoga keldi. Juda ko'p sahobalarga u kishi hamsuhbat bo'ldi.

Ana shu davrlarda dinimizga ta'na qilish uchun, dinimizga tosh otishlik uchun har xil xurujlar bo'lib turardi. Shulardan yolg'on hadislarni to'qib, Muhammad alayhissalomning hadisi deb turib taqdim qilmoqchi bo'lishar edi. Xalifani oldiga bir kishi, men sizlarda payg'ambarliklarda to'rt mingta hadisini to'pladim deb, to'rt ming ta hadis deb taallif qilib keldi. Xalifa uni men seni qatl qilaman dedi. Qatl qilasanmi, qatl qilmaysanmi baribir men sizlarni payg'ambaringlarni hadislaridan to'rt ming tasini yozib keldim dedi. Endi tekshirishlik kerak. Xalifa Abdullohi ibn Muborakni chaqirdi va bir imom keldi bilan, uch kun o'tirib mana shu to'rt mingta hadisni tekshirib chiqishdi va hammasi yolg'on natijasi ekanligini aniqlab berdi. Mana birodarlar qaysi darajada bu kishilarni ilmi bo'lgan.

Abdullohi Imom Muborak, Eronning shimoli sharqida Xuroson yerlarida yashar edi. Agar hajga yoki jihodga chiqmoqchi bo'lsa, xalqi shunaqa hurmat qilardi bu ustozini, erkak yo ayol, katta yo kuchuk kuzatgani chiqar edi. Bir yil jihodga chiqar edi, bir yil haj qilgani borar edi. Abdullohi nur muborak odamlarni qalbini faqatgina ilm bilan kasb qilmagan edi. Juda boy badavlat odam edi, xayriya ehsonlari bilan kasb qilib yurgan edi. Tushuninglar akalar. Alloh taolo bir bandani kambag'al qilib sinadi, sinadi. Bir bandani boy qilib sinadi,sinadi. Boylik mukofot emas, kambag'allik jazo emas.

Boylik mukofoti emas, kambaganlik jazo emas. Abdullohim muborak u kishini ehsoni doimiy suratda xuroson ko'chalarini aylanib turardi. Faqir miskinlarga yetib turar edi. U kishini ulkan tijorati bor edi. Asr namozini o'qib bo'lganidan keyin uyiga kirib ketardi da, xonasini berkitib, hech kimni kirgizmasdan qur'on to'lov otini qilar edi. U tugagandan keyin hadis yozar edi. Mana shunday bir yolg'iz o'tirishligi ko'payib ketganida shogirdlari so'rashdi. Yolg'iz o'rgatib, zerikmaysizmi? Yolg'iz o'tirib, vahshatni his qilmaysizmi? Deganida aytar ediki, qanday qilib yolg'izlikni his qilay? Axir men bilan Rasululloh va o'zlovning sahobalar birga ku, deb javob berar edi.

Buni birodarlar kitob o'qigan odam biladi huzur halovatini. Xalifa Horun Rashid. Bu Abbosinglarning eng qudratli xalifalardan, dunyodagi o'sha zamondagi eng kuchli podshohlardan bo'lgan. Shu darajadagidek qudrati osmonda suzib ketayotgan bulutga gapirar edi. Ey bulut derdi. Qayerga borib ichingdagi narsani yoq desang yoqdirover. Baribir o'sha narsani foydasi meni xazinamga kelib tushadi derdi. Shunaqa katta yer egasi bo'lgan. Shu xalifa Horun Rashid ro'qqog'iga kelganida, Abdulloh ibn Muborak ham o'zini shogirdlari bilan keladi. Ikkalasini shaharga kirishga bir vaqtga to'g'ri kelib qoladi. Biri u yoqdan, biri bu yoqdan. Xalifa kelyapti ekanda bitta ruhqa ahli tayirgarlik ko'rdi. Bir payt Abdullohi Muborak Xurosondan shogirdlari bilan kelyapti ekan degan xabarni ham eshitib qoldi xalq. Xalqni juda katta qismi xalifani qo'yib, ibnu Muborakni istiqboliga chiqdi. Xalifani kutadiganlarda sanog'i ozginagina. Sababini so'rashuvdi, bir odamni kutgani ketibdi xalq. Xalifani ayollardan biri so'radi, kim ekan u? Dedi. Abdullohi Muborak deb javob berishdi. Shunda bu ayol aytdiki, vallohi mana shu haqiqiy mulk, mana shu haqiqiying sultonat dedi.

Bu mulk Abdullohi ibn Muborakni qo'lidagi mulk sultonat. Bu qilich bilan, qamchi bilan, odamlarni bo'ynini sindiradigan mulk emas edi. Ilm bilan, taqvo bilan, muhabbat bilan insonlarni qalbini bo'ynini sindira oladigan mulk sultonati edi. Abdullohning Muborak, ulkan ilm va go'zal xulq egasi edi. Ya'ni u kishi judayam saxovatli inson edi. Birodarlar, Allohga qasam, Allohni yo'lida xolis berilgan sadaqa shu sadaqa egasini ma'noni kamitib qo'ymaydi.

Qaytaraman, xolis berilgan saddaqa Allohni yo'liga qilingan infoq pulingizni kamaytirib qo'ymaydimi? Agar bu kishi mana aytdik, bir yili haj qiladi, bir yil jihod qilar edi. Hajga bormoqchi bo'lsa, Xuroson ahli o'zini ustozi bilan borishlikda holat, biz ham siz bilan birga borsak deb ruxsat so'rashar edi. Ruxsat berar edi, shart qo'yar edi. Pul idorasini men boshqaraman. Shuning uchun pulingizda hammasini menga olib kelib beringlar. Hamma olib kelib pulini beradi. Kimda yuz dinor, kimda ikki yuz dinor. Pullarni oladi da, xaltasini ustiga egasini atini yozib qo'yadi. Hammasini bitta xaltaga jamlab turib, uydagi bir xonaga tashlab qo'yadi . Endi birga ketayotganlar, hojilar, biz o'zimizni pulimizdan ketyapmiz deb xotirjam sarf xarajatni o'ylamay, oziq ovqatni o'ynamay, bemalol borib kelishadi da. Yo'lda qanaqa iqim chiqimi bo'lsa, Abdulloh ibn Muborak to'lab ketar edi. Yana yo'lda uyimga hadya olmoqchi edim desa, aytgan hadyasini olib berar edi. Haj tugab, uyiga qaytib kelgandan keyin, katta valimani qilib, Xuroson ahlini chaqirardi. Ularning orasida boyagi birga kelgan hojilar ham bor. Valima tugadi, hojilarni olib qolib turib, haligi pullarni qaytarib berardi.

E, Ibn Muborak biz o'zimizni pulimiz bilan haj qilgani bor edi ku, bizni pulimiz tugamadimi desa, axir sizlar eshitmaganmisizlar? Allohni uyini ziyorat qilgan, hojini pullariga Alloh Taolo baraka berishini. Alloh pulinglarga baraka berdi deb, pullarini qaytarib berardi. Abdulloh Ibn Muborak o'zi bilan o'nta odam boradimi, yuzta odam boradimi? Hammasini qimchi qimini zimmasiga olar ekan va hech qachon kambag'al bo'lib qolmagan ekan. Demak xolis Alloh uchun bergan ekan u kishi.

Qo'lida davlati bor akalar, bir mulohaza qilib qo'yinglar. Biz sizlarni yaxshi ko'ramiz. Biz sizlarnini yaxshi ko'lamiz, Alloh uchun, mo'minsizlar, halol topyapsizlar, zakov sadaqa beryapsizlar. Alloh Taolo kimnidir pulni yo'qligi bilan sinasa, sizlarda pulinglarni ko'pligi bilan sinayapti. Sizlarga shafqatimiz borligidan, sizlarni ya xush ko'rganligimizdan, qilib qolinglar oxiratinglarga deb aytyapmiz. Demak, ilm Muborak mana shunday saxovat egasi bo'lgan.

Aytdik, Abdulloh ilm Muborik zamonasidagi judayam bir badavlat boy insonlardan edi. Judayam katta tijorati bor edi. Mana shu katta tijorat bilan shug'ullanganligini ayrim olimlar malomat qilishgan ekan. Olim odam, faqih odam tijorat qilib nima qilasiz deganida aytgan ekan. Vallohi, agar sizlar bo'lmaganinglarda ilmli odamlar. Men tijorat bilan shug'ullanmagan bo'lar edim. Ikkita maqsadim bor hayotda. Bittasi ilm to'plash, ikkinchisi topgan pulimni ahli ilmlarga sarflash.

Bu davrda xalifalar, amirlar, savdogarlar ahli ilmlarni qo'llab quvvatlagan. Ahli ilmlar, mana shu muhaddislar, faqihlar tirishli g'amini qilmagan. O'shaning uchun ilmda ular unib o'sgan. Abdullohimni Muborak, bitta misol aytamiz. Sofioni savrini o'ziga bir yilda o'n ming dirham pulni hadya qilib berib yuborardi. O'n mingdirham pul. Ilmi bilan shug'ullansin, ilmidan xayolini bo'lmasin.

Aqol qovli, haydab astag'firullohu alayhi va alaykum. Assalomu alaykum va rahmat. Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil a'lamin. Vassolatu vassalomu ala saidina muhammad va ala alixiy va ashabixiy ajma'iyna. Ammabod. Assalomu alaikum va rahmatullohi ta'li va barakatuh. Bismillahir rahmanir rohim. Ummatni ulug'lari haqidagi olib borayotgan darsimizning navbatdagisi, kecha mana Abdullohim Muborak rahmatullohi haqida dars boshlagan edik. Bugun davom ettiramiz. Abdulloh Muborak hajga chiqqan bir safarida Kofaga to'xtadi. U kishining karvoni xuddi podshohlarning karvoniga o'xshar edi. U kishi o'zi bilan ovqat olib ketar edi yo'lga. Qovurilgan, pishirilgan tovuqlarni o'zidan o'n ikkita tuyaga yuki bo'ladiganchasini olar edi.

Undan tashqari boshqa taomlar, yana o'zini hamrohlarini falludaj degan taom bilan ham ikrom qilar edi. Ko'p ro'zador bo'lar edi. Iftor qilganda o'zi ovqatlarni ko'tarib tarqatib berardi odamlarga. Ana shu safarlarning birida Abdulloh Muborak o'zini hamrohlarini bilan Kofaga yetib keldi va Kofa ahliga ocharchilik yetganini ko'rdi. Qarasa bir qiz, kichkinagina qizcha axlatxonani tutib yuribdi. Kuzatib turuvdi. Ana shu joydan bir o'lik qarg'ana, jussasini topdi da, ko'tarib olib ketdi.

O'zini g'ulomiga borib qara chi, nimaga olib ketdi ekan? Haligi g'ulomi bordi uyiga, so'rasa, uch kundan beri hech narsa yeganimiz yo'q. Qornimiz och. Yo'lovchilar berib ketgan narsani yeymiz, yo'q bo'lsa yo'q. Shunda Abdulloh Muborak bu narsani eshitib turib, yuzini to'sib yig'ladi. Alloh yordam beruvchi. Biz tovuqni, fallu dashni yeb turganimizda, bular o'lik qarg'ani yeydimi? Keyin o'zi bilan ketayotgan hamrohlariga, ortinglarga qaytinglar. Bir yil haj yo'q ekan biz uchun. Molinglarni hammasini, taominglarni hammasin ko'f ahliga bo'lib beringlar dedi. Karvon kishilar o'zlari bilan olib ketayotgan hamma taomni shunday qilib ko'f ahliga bilib berdi. Shunday qilib haj qilmasdan orqaga qaytishdi. Albatta endi bu Abdullohi Muborak ko'p marta haj qilgan. Ana shu tatavvu hajlardan biri bo'lishligi kerak. Musulmon kishi o'zini zimmasida birinchi marta borayotgan haj farzayin bo'ladi, undan keyingilari tatavvu bo'ladi. Abdulloh Nuri Borik mana shu safardan qaytib uyiga bordi da, uxlayotganida tush ko'rdi. Tushida nido qiluvchi haj jummamrur, san ayyum mashkur va nurmavhur deb unga duo qilayotgan edi. Ya'ni amalingiz qabul bo'ldi degan ma'no bor edi. Albatta, bu holat Abdulloh ibn Muborakni dinni maqsadini qanchalar yaxshi teran tushunganligini siz bilan bizga ko'rsatib turibdi.

Hozirda ham shunaqa odamlar bor. Qo'shnisi tirikchiligini zo'rg'a o'tkazadi, biladi. Ehtimol aka ukalari uysiz ijarama ijara ko'chib yurgan bo'ladi. Shunaqa bo'lib turib, yettinchi marta hajga borishim. To'qqizinchi marta hajga borishim deb maqtanganini ko'rasan. Birodar, senga bir marta borishlik farz. Undan keyingisi tatavvu, sen uchun nafl savob bo'ladi. Endi seni qo'lingdagi shunaqa katta dunyoying bor ekan, akang, ukang uyini bitkaza olmay turgan paytda yordam berishligi ma'qulroq bo'ladi. Biz birinchi marta boriladigan farz bo'lgan hajni aytmayapmiz, e'tibor beringlar shu narsaga. Qo'lingizdagi dunyo, atrofingizdagi odamlarga siz uni sarflashligi uchun berildi.

Abdullohimning muborak, bu kishini hayotini kuzatadigan bo'lsak, nimalarga guvoh bo'lamiz? U kishi birinchidan bitta yo'nalishga qattiq e'tibor bergan. Fiqhga, ilmga. Mana shu narsaga borib fikrini burgan, lekin hayotni boshqa sohalarini ham beparvo tashlab qo'ygan emas. Axloq, muomala, tijorat, xayr ehson, jamiyatni ichida yashash, odamlarga foyda keltirish. Payg'ambarimizdan sollallohu alayhi vasallam so'rashgan. Man afzalun nas. Odamlarni eng afzali kim deb so'ralganida an favhumlin nas deb javob berganlar rasululloh. Odamlarga foydaliroq bo'lgan kishi. Ya'ni xudbin bo'lmagan, jamiyatga foyda keltira oladigan odam eng yaxshi inson bo'ladi musulmonlarni ichida. Demak, siz bilan biz ham o'zimiz uchun bir sohani tanlaymiz. Tijoratmidi, hunarmidi, ilmmidi? Shu sohada peshqadam bo'lishlikka, ilg'or bo'lishlikka harakat qilamiz. Lekin boshqa sohalarni nima qilmaymiz? Tashlab qo'ymaymiz.

Abdulloh ibn muborak badavlat, nasr nasabli oilada tug'ilmagan edi. Ammo u kishini otasi o'ta taqvoli inson edi. Mana shu narsani ibn muborakinning shaxsiyatiga ta'siri qattiq bo'ldi. Mana abdullohim muborakalloh taolo g'ayrioddiy yodlab qolishlik qobiliyatini iqtidorini bergan edi. Endi mana shunga qo'shib u kishi irodasi mustahkam bo'ldi, qattiq mehnat qildi, siz bilan biz mana ko'rib turgan holatga yetib keldi.

U kishini zamonasidagi ulamolardan biri aytadi, ko'zim mana shu to'rt kishidek boshqa bir kishilarni ko'rmagandi. Savriydek hadis yodlagan kishini ko'rmadim. Sho'badan ko'ra dunyodan behojat kishini ko'rmadim. Molikdan ko'ra aqlliroq kishini ko'lmadim. Abdullohi ibn muborakdan ko'ra ummatga nasihatgo'yrog'ini ko'rmadum.

Bu kishi ummatun muhammadiyaga o'ta bir shafqatli nasihatgo'y edi. Ummatini juda ham yaxshi ko'rar edi. U kishidan rivoyat qilinadi, aytardi ekanki, qaniydi alloh meni ummatun muhammadiyaga fido qilsa. Sofiyonis savri aytadi, sofiyonis savr, mana bu siz bilan biz bilgan, yaxshi ko'rgan, to'ralab mazhab boshilar bilan ilm darajasida teng bo'lgan kishi edi. Sofiyonis savri aytadi, umrimning hammasi abdulloh ibn muborikni umrini bir yiliga o'xshashini istar edim.

Ibn muborakning uch kunichalik bo'lishiga ham qodir bo'lmayman dedi. Qaranglar, kimlar qanaqa baho beryapti. Zamondoshlari Abdulloh ibn Muborakni sahobalarga tenglashtirishar edi. Ammo sahobalar albatta Rasulullohga ham suhbat bo'lishgan, u zot bilan birga jihodlar qilishgan. Shuning uchun abdulloh i brun muborakni ustun bo'laveradi. Sahobalar Muhammad alayhissalomga hamroh bo'lishi uchun tollangan bandalar. Keyingi davrdagilar har qancha ilmda, taqvoda, xayriya sonda ulug' bo'lmasin, sahobalarni martabasiga hargiz eta olmaydi.

U kishi o'zini nafsi bilan qattiq kurashar edi. Kun bo'yi o'tirib toatdan boshqa so'zni gapirmas edi. Albatta bu ham himmatni oliyligidan, irodani mustahkamligidan edi. Ibdod. Al muxdiy degani, bizni tilda aytganda, peshqadamlari, ilg'orlari, yetuk insonlari, yangi narsani olib chiqqan kishilar, liderlar.

Ilhom bir foiz bo'ladi Alloh tomonidan berilgan. Ulug'likni yuz foizga bo'lsak, bir foizi Alloh tomonidan ilhom bo'ladi. Qolgan to'qson to'qqiz foizi bandadan bo'lgan harakatdan bo'ladi. Endi bu ummatni ichida bir ulug' inson bo'laman degan qalbida bir oliy himmati bor bo'lgan yigitlar, yoshlarimiz aytyapmiz bu narsani. Mehnat qilish kerak, gapni qisqasi. Mehnat qish kerak.

Abdullohni Muborak o'zini so'zlarini terib, tekshirib gapirar edi. Shuning uchun shogirdlarga ham aytardiki, albatta sizlarni so'zlaringizni yozib turadigan farishtalar bor. Ya'ni o'ylab gapiringlar derdi. Ulamolardan biri aytadi, Abdulloh ibn Muborakni ishiga nazar soldim. Sahoba ikromlarning ishiga nazar soldim. Qarasam, sahobalarni abdulloh i brun muborakdan oshishi ishi bo'lmagan ekan.

Amalda bir xil bo'lib qolgan ekan. Faqat, hozir aytib o'tdik, sahobalar Rasulullohga ham suhbat bo'lishgan. Shuning uchun Abdullohi Nuh muborakdan baribir ular ustun bo'laveradi. U kishini o'zini ilmida, saxovatida, taqvosida sahobalar darajasi yetib qolgan edi. Suvaydubni Said aytadi, Abdulloh ibn Muborakni Makkada ko'rdim. Tavofni tugatdi da, Zamzamni oldiga kelib suvni oldi. Odamlar qarab turishibdi. Suvni qo'liga olib turib, qiblaga yuzlanib dedi. Parvardigorro, falonchi falonchidan, u esa falonchidan, bu esa falonchidan. U esa Rasulullohdan rivoyat qildi. Qarang, Rasulullohni hadisini aytish uchun duo qilayotgan bo'lsa ham, rovinglarni keltirib o'tyapti. Rasululloh dedilar ma u zam zam li ma shu li bala. Rasululloh aytganlar, zam zam suvi nima uchun ichilsa, bas u shu narsa uchun. Shifo deb ishsangiz shifo, suv deb ishsangiz suv, ovqat deb ishsangiz ovqat. Zamzam suvi nima deb ishsa o'shaning uchun degan Rasululloh. Men bu suvni u kunning chanqog'i uchun ichyapman dedi. Qiyomat kunining chanqog'igacha ichyapman dedi dedi. Qarang, dunyoda katta ulkan ilmga erishdi. Qo'lida dunyosi juda ham katta bo'ldi.

Dunyoda juda katta narsalarga erishdi. Endi suvni nima niyat qilib ichyapti? Qiyomat kuni chanqog'ini Alloh Taolo u kishiga bermasligi uchun. Qiyomatni chanqog'idan qutilishligi uchun! Abdullohi muhammad muborak az zuh nomli kitob yozdi. Bu insonni ruhoniyatini, qalbini tarbiya qiladigan ma'nodagi kitob edi. O'sha davrdagi ulamolar kitob yozilsa, kitoblarini shogirdlarga o'qib berardi, ular yozib o'tirishar edi. Tushunishmagan joyini bo'lsa sharhlab berar edi. Bu zu'xd rasulullohning hayotidan, sahobalarning hayotidan judayam bir ta'sirchan bo'lgan, insonni qalbiga bir ta'sir qiladigan qissalar bilan to'lgan edi. O'qib berardi da, o'zi yig'lar edi. Shunday yig'lardiki, kitobni o'qishlikka quvvat yetmay to'xtab qolar edi. Shunda qattiq yig'lab qolganda bironta shogirdni jur'at qilib savol so'ra olmas edi. Ilmni ko'ring, ehsonni ko'ring, taqvoni ko'ring, kamtarlikni ko'ring. Qimmatni oliyligini ko'ring, qalbini yumshoqligini ko'ring. Yana ko'z yoshlarini ko'ring.

Agar o'lim haqida gapirsa, xuddi o'lgan odamdek bo'lib qolar edi. Abdullohimni muborakni bir shogird aytadi. Mana endi u kishini jihodda qilgan ishlaridan. Shom yerlarida jihodda edik. Dushman go'ro'g'oro bo'ldik. Dushman tomondan bir pahlavona chiqdi da, muborazani talab qildi. Yakka makka olishgani bir odam chaqirdi. Musulmonlardan bir kishi chiqdi, runlik uni qatl qildi, shunday jangchi. Yana muboraza talab qildi. Yana bitta musulmon chiqdi, uni ham qatl qildi. Yona muboraza talaba qildi, uch yunusi chiqdi, uni yam qatl qildi . Uchta odamni qatl qilib, muborazani yana talab qilib turibdi. Shunda musulmonlarning bahodirlardan, poxolavolardan bittasi chiqdi, uniyam qatl qildirumlik. Yana muboroza deb turibdi. Musulmonlar xavotirga kirib qolishdi. Shunda yuzini niqob bilan to'sgan bir kishi chiqdi. U bilan olishdi, rumlini qatl qilishga muvaffaq bo'ldi. Shunda rumlilardan bir to'p kishilar unga hujum qiluvdi boyagi musulmonga, yuzini to'sgan musulmonga. Ulardan yettitasini qatl qildi.

Ular qaytib ketdi, so'nggida chodirga ketdi bu kishi. Qo'shinni amiri kelib, ana shu odamni kimligini menga bilib beringlar, dedi. Chodirni sinab topib borishuvdi, u kishi Abdullohi Numbobaroy ekan. Musulmon odam mana bu dunyoda ishi, mana bu dinni ishi demaydi, teng ushladi hammasini. Mana bu kitob bitta qo'lida bo'lsa, ganteli ikkinchi qo'lida boladi. Shunaqa tushunishimiz kerak, islomda bo'ladilar. Mana Abdullohi Numboriyda qarang. Qanaqa sohada bo'lsa, shunda lider bo'lavergan ekan, peshqadam. Taqvo, ilm. Ehson, qalbni bir yumshoqligi, saxovat, sport va jang maydoni. Qaranglar.

Mana qanaqa bo'lishi kerak, ukalar. Mana biz kimni o'rganishimiz kerak? Mana biz kimga ergashishimiz kerak? Abdullohim muborak, payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ahli baytiga alohida bir ehtimom qilardi, hurmat qilar edi. Bali Hoshim urug'idan bo'lgan, Payg'ambarimiz urug'idan bo'lgan bir kishi, Ibn Muborakni majlisiga keldi da, hadis eshitmoqchi bo'ldi. Aytdiki, odamlarni chiqarib yuborib, alohida o'zimga hadis aytib bersangiz dedi. Abdullohni muborak ko'mmadi. Hamma xatolik eshitasiz dedi. Shunda boyagi Banu Hoshimdan bo'lgan sharif kishi g'ulomaga tur, ketdi, yur. Bizga bu kishi hadis aytishni xohlamayapti dedi, turib chiqib ketdi. Chiqib ulovi berib, endi jilmoqchi bo'lgandi. Abdullohimni muborak yugurib bordi da, ulovinni ipidan ushlab oldi. Ya'ni xijolat bo'lgandek. Shunda nima qilyapsiz dedi?

Hadis adab ber desam, ulamadingiz. Endi ulovimni ushlab turasizmi endi, deganida aytdiki, men o'zimni nafsimni siz uchun xor qilaveraman. Rasulullohni xonadonidan ekanda bu kishi. Lekin Rasulullohni hadisini xor qilmayman hech kimga dedi. Chunki Rasulullohni hadisi din ekanlar. Din. Dinni o'rgangani kelganda, bu yerdagi boy ham, kambag'al ham, katta ham, kichik ham nima bo'ladi? Bir xil o'tirishlik kerak.

Jabrulloh alayhissalomni payg'ambarimizni oldiga kelib, ilm talab qilganligini bilamiz. Odob bilan kelib, savollarni chiroyli so'raganligi. Abdullohning muborak yashagan davr birodarlar sahobalarini davriga yaqin edi. Bilasizlar, ali ibn abitolib roziyallohu anhu, muaviyotim nabi sufiyon roziyallohuhu anhu lar o'rtasida fitnali kunlar bo'lgan.

Zubeyriddin al avon, tarhati nubaydulloh, Oysha onamiz roziyallohu anhoh. Bularni o'rtasida fitnalar bo'lgan. Odamlar har xil gaplarni gapirishgan. Abdullohi muborakni mana shu haqida aytgan so'zi, sahobalar orasida kechgan narsa fitna. Men ularni birontasini fitnachi demayman dedi. Chunki birodarlar ularni hammasi Alloh ulardan rozi bo'lgan kishilar edi. Ularni fitna xil bo'lishi mumkin emas. Lekin xatolarga yo'l qo'ygan bo'lishi mumkun inson, ma'sum emas. Lekin nima bo'lganda ham bular yaxshilikda niyat qilishgan. Sahobalar haqida faqat yaxshi gapda gapiramiz. Mana shu tushuncha, mana shu e'tiqod Abdullohimning muborakdan voridi bo'ldi va ummat orasida nima bo'ldi? Keyingi oyinda tarqaldi. Biz ham bu masalada tilimizni tiyishimiz kerak bo'ladi.

Abdullohim muborak aytadi. Taqvodor zotlar ham to'rtta narsadan omonda bo'la olmaydi. Eng taqvoliy odam ham mana shu to'rtta narsa dan xotirjam bo'la olmaydi, birinchisi. O'tgan gunohlardan xotirjam bola olmaydi. Chunki Alloh ularni kechiradimi, yo yuziga soladimi qiyomat kunida, hech kim bundan xotirjam boila olmaydi. Ularni eslab, istig'for aytib, Alloh Taoliga olib borib turishlik kerak, doimiy suratdan. Ikkinchisi. Qolgan umrida qanday halokat borligini hech kim bilmaydi. Kelajakda nima fitnalar turibdi? Taqvoliy odam ham bilmaydi. Alloh biladi, qalbi qaysi holatga ketadi bandani. Uchinchisi, unga berilgan narsani fitna emasligini ham hech kim bilmay di. Pul berdimi, ilm berdimi, quvvat berdimi, mansab berdimi, nima berdi? Shu bilan boshqalardan ko'tarilib turibsiz. Shu narsani fitna emasligini hech kim bilmaydi. Ehtimol bu istidrojdir. Ko'tarib, yerga urushdur. To'rtinchisi, qalbni bir soatda o'zgarib, aynib qolmasligini ham hech kim bilmaydi. Hadisda aytilgandek, insonlarning qalblari Allohning barmoqlaridan ikkita barmog'ini o'rtasida. Xohlagan tomoniga burib qo'yadi.

Qalblarni burib qo'y uchun bo'lgan Parvardigorim, qalbimni iymoni edi sobit qilgin deb. Bilmaysiz ertaga qanday bo'lishligingizni. Abdullohning muborakning hikmatlaridan. Bizni zamonimizga ukalar, ko'zimizni katta ochaylik, juda ham mos keladigan hikmatlar ekan. Mana shu gapni to'g'riligi hujjat bormi, domla? Oyatmi, hadismi deydigan ukalar ham yo'q emas. Hujjat so'raveradi hamma yoqqa. Akalar, ayrim narsalar hayot davomida ko'rilib, hikmat tariqasida, tajriba tariqasida haqiqatga aylanib qoladi. Masalan, ikki x ikki to'rtlik haqida Qur'onda oyat yo'q.

Samolyotga chiqishlikka ruxsat bormi? Poyezd, telefon, soat. Tushunarlimi? Hujjat so'ravermanglar hamma yoqqa. Ayrim narsalar, hayotiy tajribadan kelib chiqib, haqiqatga aylanib qoladi. Masala, nazardan qolma deydi. Hujjat bormi bunga? Abdullohimni muborak aytadi kim ulamolarga bepisand bo'lsa, oxirati ketib qoladi. Kim amirlarga bepisand bo'sa, dunyosi ketib qoladi, kim birodarlariga bepisand bo'sak, muruvvati ketib qolad.

Akalar, ulamolarni yomon ko'rishlik besabab. Aqidaviy masala. Bir olimni aniq bir aybi uchun emas, besabab yomon ko'rayotganligingiz sizni iymondan chiqib ketishingizga sabab bo'ladi. Abdullohimni muborak etyapti. Ulamolarga bepisand bo'lmanglar, ukalar. Tilimizni tiyaylik. Chunki uni yomonlamasangiz, sizga hech qanday bir zarar yo'q. Lekin besabab yomon yonib yomonlab yurgan bo'lsangiz, dindan ketib qolasiz deyapti. Keyin

Keyingi darsni tinglashTobe'inlar hayoti