Maviza
—Qoralama37 daq

Tobe'inlar hayoti

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
36:39
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir robbilen a'lamin. Assolatu vassalomu ala saidina muhammadi va ala alihi va ashabihi ajma'in. Amma ba'nata assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh. Islomimiz tarixidagi ulug' insonlar shaxsiyatlari haqidagi darsimizga xush kelibsiz. Biz bu darslarimizda birodarlar ummatning eng ulug' kishilari haqida, sahobalardan keyingi davrlarda yashagan ulug' insonlar haqida suhbat qilyapmiz. Biz mana shu ulug' insonlarni iqtidor qilishini xohlaymiz. Qanday yo'l tushsak, nima ish qilsak, avvallari ummatimiz boshqa ummatlarni orasida peshqadam bo'lgan bo'lsa, peshqadamlikka qanday qilsak olib chiqamiz, birodarlar? Siz bilan bizda ibdo, ulug'lik, yuksaklik, peshqadammikka qarab harakat bo'lishlik kerak. Bu narsalar nima? Bir vaqtincha kelib qoladigan ilhom, vaqtincha bo'lib qoladigan bir iqtidormi? Yo'q, birodarlar. Bu muomalada, ilhom, mehnat, e'tibor, tarbiya, jiddu jaxt va mustahkam irodalarning majmuasi, yig'indisi. Mana shu narsalar siz bilan bizda bor bo'lganda, inshaalloh, ummatlar orasida peshqadam ummatga aylanamiz. Biz bu darslarimizda ummatni orasida eng ko'zga ko'ringan kishilar haqida dars qilyapmiz.

Bularni ichida ulamolari bor, tabiblari bor, faqihlari bor. Albatta mana shu ulamolar ummatning hazoratini barpo qilishligida ularning hissasi juda ham katta. Ulardan tashqari yana biz tabobatda, ruhoniyatda musulmonlarga ibrat bo'lgan kishilar haqidayam suhbat qilamiz. Bugungi darsimiz Abdulqodir Jayloniy haqida. Abdulqodir Jayloniy.

Imoniyat va ruhoniyat ilmining cho'qqisiga yetgan ulug' imom Abdulqodir Jayloniy haqida suhbat qilamiz. Bu kishi sofiya tariqatlaridan, Jayloniya, Qodiriya tariqatining asoschisi. Bizda sofiylik deganda, tariqat deganda, ayrim odamlarni kallasiga darrov kufr, shirk, kufr, shirk degan narsa keladi. Bu kamoli diniy bilimlarda bilishimiz qanchalar sayozligi, ilmimizni sayozligidan akalar, bu so'fiylik degani ayrim odamlar o'ylagandaqa hammasi bir chekkadan kufr, shirk emas.

Bugun mana shu so'fiylik haqida, tasavvuf haqida suhbat qilamiz. Chunki bizni bugungi qahramonimiz Abdulqodir Jiloniy mana shu tasavvuf ilmida, ruhoniyat ilmida eng yuksak cho'qqiga erishgan kishi edi. Bizda so'fiy deganda shu dunyoni hamma yog'idan voz kechgan, baloqchaqa qilmaydigan, g'orda yashaydigan, irtiq choponni kiyadigan, faqat biror odatda tashlagan ehsonni yeydigan uchinchi, to'rtta odamni tushunamiz. Bizda shunaqa tasavvur bor. Lekin unaqa emas, birodarlar. Unaqa emas. Abdulqodir Jiloning. Ayrim kishilar so'fiylik haqida eshitishi bilan o'zlarini noqulay his qiladi da, kufr, shirk, kufr shirk degan so'zdan nariga o'ta olmaydi. So'fiylikda hammasi bunaqa emas. Haqiqiy so'fiylik, birodarlar. Tasavvuf ilmi dinimizning, ummatimizning bir qismi. Ahli sunna ulamolarini mana shu ulug' imom haqida, abdul abdulqodir jiloniy haqida aytgan so'zlarni eshitamiz. Shunda ehtimol so'fiylikhaqida siz bilan bizda to'g'ri tushuncha paydo bo'lar. Ibn taymiya, ibn rajab hanbali, ibn kasir va boshqa kibor ulamolarni abdulqodir jiloniy haqida aytgan so'zini eshitamiz, i lekin ha, biz o'ylaganchalik tor doira emas ekan bu sofiyrik, degan xulosaga kelamiz inshaalloh.

Abdulqodir Jiloniy haqida gapirmoqchi bo'lsak, biz nasl nasabi eng ulug' odam haqida gapirishimizga to'g'ri keladi. Bu kishi ahli baytdan. Abu Solih, Sayyid Muhiddin Abdulqodir. U kishi Ali ibn Abit Olib roziyallohu anhuning, Fotimai Zahroning o'g'li Hasan roziyallohuhu anhuning zurriyotidan. Nasl nasabni qarang birodarlar.

Biz Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sulolasidan bo'lgan inson haqida so'z gap aytmoqchimiz. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan Abdulqodir Jiloniyning o'rtasida o'n bitta avlod bor. Ya'ni o'n birinchi otasi Abdulqodir Jiloniy edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bo'ladi. Bu ota tarafidan bo'lgan nasabi. Endi ona tomonidan. Ona tarafidan kimdan nasl nasabdan? Onasi tarafidan bo'lgan nasabi ham Rasulullohning oilasiga borib taqaladi. Abdulqodir Jil'onning onasi Payg'ambarimizning nabirasi Husayn roziyallohu anhuning zurriyotiga borib taqalladi. Qarang, ota tomoni hasan ibn aliy roziyallohuhu anhu ona tomoni husayniddin ali roziyallohu anhumonidan. Eshitdinglarmi shu nasl nasabni? Bundan ortiq oliy nasl nasab bo'ladimi, birodarlar?

Tushuntira oladimi? Hasan bilan Husayn roziyallohi anhumoning zurriyotidan tug'ilgan inson bo'lyapti. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oilasidan. Ali va Fotima roziyallohu anhuning zurriyotidan. Rasulullohning ko'zini quvonchi, qalbini chechagi bo'lgan Hasan va Husayn roziyalloh anhumalarning zurriyotida. Rasulullohning ahli baytidan. Biz har namozimizda bu oilaga salovat aytamiz. Allohumma solli ala saidina muhammad va ala ala saidina muhabbat. Mana shularga salovat aytamiz. Demak, Abdulqodir Jiloniy ahli baytdan. Ahli baytdan.

Yana bir tomoni Abdulqodir Jiloniyning nasabini bir tomoni Abu Bakr Siddiqqa ham bog'lanadi. Abu Bakr Siddiqning zuriyotidan bo'lgan Muhammadunni Talhani ayoli Ummu Salama Abdulqodir Jiloniyning ona tomonidan yana bir urg'u bo'ladi. Demak, rasulullohni oilasi, abu bakr sid diq roziyallohu anhuni oilalaridan bo'ladi bu kishi.

Abdulqodir Jiloniy to'rt yuz yetmish hijri yilda Robiy Sani oyning to'qqizinchi kunida Forsning shimoli g'arbidagi Jilon deb nomlanadigan shaharda tug'ildi. Shuning uchun Abdulqodir Jiloney deyiladi. Tug'ilganidan keyin otasi vafot etdi. Abdulqodir yetimlikda ulg'aydi. Birinchi darsimda aytganmiz, yetimlik mana shu insonlarni ulug'likka olib borgan sabablardan bittasi. Shunday dedik. Chunki otasi yo'q yetim bola, ertaroq ulug' yeyishga majbur bo'ladi. Ertaroq mas'uliyatni his qilishlikka majbur bo'lada. Ertaroq katta bo'ladi. Ha endi albatta otasi otasi o'lgan bo'lishi kerak, bolasi ulug' odam bo'lish uchun degan gap yo'q. Lekin mana shu. Biz tarixini o'qib o'rgangan olimlarni juda ko'pini qarasak, shularni hayotida yetimlik degan narsa bo'ladi. Bundan xulosa qilamizki, otalar farzandlari es hushini tanib, ozgina bir mas'uliyatni ko'taradigan holatga kelganda, tizginni solib, yelkasiga o'tirib, men qilib yurasan, men qilib yurasan qilib majbur qilmasligi kerak. Ha. Adashgan, qoqilgan joyda to'g'rilab, suvorga solib turamiz. Ammo tamomiy ixtiyorni qo'limizga ololmaymiz. Mol bo'lib qolmasin. Bor go'sht olib kel desa, yo'q bo'lsa nima qilay? Yo'q bo'lsin narigi do'konga bor.

Unda ham yo'q bo'lasan nima qilay. Bilasizlarmi shunaqa bo'lib qolgan. Chunki bir marta xato qilgani pachag'ini chiqargansiz, shuning uchun qo'rqib qolgan xato qilgan. Ukam borsin deydi. Bering o'sha pulni, bir marta qattiq go'sht olib kelsin, bir marta achigan kartochkani olib kelsin. Zo'r kartochka olib kelsin o'g'lim, malades, o'tkazib turib, keyin tushuntiring. Endi manaqasini olsangiz yana ham yaxshiroq bo'ladi. Bizda unaqa emas. Odamlarga charcha olmagan zaharimizni, ko'chadan topib kelgan negativimizni, salbiyatimizni bolalarimizga charchab nima qilamiz?

Tushunarli ekan. O'g'il bolalarni xususan. Shu esini tanib, oqni qoradan ajrata olgan bo'lib qolgan paytda ozgina erkinlikni berish kerak o'ziga. Gapini olmasangiz ham maslahat solib quloq solib yuborish kerak. Islomda farzand tarbiyasi degan darslarimizda aytganmiz. O'g'lim, qanaqasini olaylik? Manaqa olaylik, manaqa. Baribir o'zingiz aytganingizni qilasiz. Lekin meni fikrimga quloq solyapti deydi. O'zini nima his qiladi? Agar siz uni ko'nglini ko'tarib turmasangiz, kim uni ko'nglini ko'taradi?

Demak, Abdulqodir Jilonning yoshligida otasi vafot etgan, yetimlikda ustida. Yoshlikdanoq dunyodan zohid bo'lib ulg'aydi. Oxiratga iqboli, shariat ilmlariga bo'lgan xarisligi shunday ko'zga ko'rinib turar edi. Yoshligidan, yoshligidan Allohning valiylaridan ekanligini bir alomatlari, ishoralari bor edi. Abdulqodirjilonning yoshligini jilon shahrida o'tkazdi. Lekin bu Jilon shahri u kishini rag'batini qanoatlantira olmas edi. Sababi, ilm markazlardan emas. Shuning uchun, ana shu davrdagi madaniyat, taraqqiyot, sivilizatsiyani eng ko'zga ko'ringan nuqtalaridan Bag'dodga borishlikni qasd qildi. Birodarlar, Bag'dod ana shu davrda o'zini ayni rivojida edi. Iqtisodiy tomondan ham, ilmiy ma'rifiy tomondan ham ham, askariy tomondan ham rasa rivojlangan davr edi. Safar qilmoqchi ekanligini onasiga aytdi. Va o'zini talabida qattiq turib oldi. Onasi bunga qarshilik qilmadi. Chunki shaxsiyatidagi zakovatni, fahmni, ilmga bo'lgan xalislikni ko'rdi. Bu vaqtga kelib onasi yoshi yetmish ga yaqinlashib qolgan edi. Endi ketadigan bo'lsa, uchrashmay qolishligi ko'proq edi. Shuning uchun yig'ladi, lekin ko'z yoshlarini yashirdi, berkitdi.

O'g'lini safarga tayyorlay boshladi. Ketadi, endi ko'rishmasligi mumkin. Lekin o'g'li bilan o'zining Bobosi Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallamning bayrog'ini ostida bir kun jamlanishlikdan umidi bor edi. Qiyomat kunida. Qirq dinor oltinni kiyimini bir alohida bir joyga tikka bekitib berdi.

Bu nima degani? O'qishga pul sarflash kerak degani. O'qishga pul sarflashni kerak degani, maktabga pul berish kerak degani akalar, remontga pul so'rab kelgan paytda tutamaslik kerak degani? Sizlardan taqamasa ham o'zinglar olib borib maktabga, o'qituvchilarga, xullas shu maktabda yo'lashinglar kerak degani maktab anaqa bo'lib ketdi, maktab o'qitmay qo'ydi, a siz o'chog'iga ikki ro'paraga ko'mir tashladingizmi olib borib?

Qaysi yurtda maktab, o'qituvchilar qadrlanar ekan, ko'tarilar ekan, shu yurt o'sadi. Qaysi yurtdan maktab beparvo tashlab qolinarkan, bu yurt o'smaydi. Germaniyasi yo fransiyasi yoki bo'lmasa amerikasi nimasi bilan o'tib ketyapti boshqalardan, mana shu texnologiyasi bilan. To'g'rimi? Mana bunaqa qilib qo'yibdi, programmani qilyapti, pulni to'layapsizlar shikrat. Terlamayapti ham. Yoqasi keram bo'lmayapti. Besh kiloyni ko'tarmayapti ham. Mana bunaqa qibdi, bitta prilojeniya ishlab qo'yapti.

Qirq dinar oltinni kiyimini bir joyga berkitdi da, tikib qo'ydi. Aytdi, hech qachon yolg'on gapirma bolam. Chunki mo'min kishi yolg'on gapirmaydi deb vasiyat qildi. Abdulqodir Jiloniy jasadi nozik edi, bo'yi baland ham emas, pasand emas edi. Xulqi. Bu kishi imkon boricha yosh bolalar bilan birga turishlikka, faqirlar bilan birga o'tirishlikka xaris edi. Onasini vasiyatiga haqiqatan amal qilganda hech qachon yolg'on gapirmadi. Bag'dodga bir karvonga sherik bo'lib yo'lga tushdi. Yo'lda karvonga hujum qilishdi qaroqchilar, karvondagi hamma odamlarni borini tortib qo'yishdi.

Bu bolani ham o'n sakkiz ga kirgan bolani titkilashuvdi, hech narsa topishmadi. Keyin nimang bor deyishuvdi? Qirq dinor oltinim bor dedi. Yana titkilovdi, yo'q. Masxara qilyapsanmi bizni, dedi. Yo'q, dedi. Nimang bor deb so'rashdi yana. Ha, qirq dinor otlim bor, dedi. Chiqar, deyishdi. Chiqarib berdi. Qirq dinor olting. Shunda boyagi qaroqchilar bu ishdan hayron bo'lib o'zini boshlig'ini, raisini chaqirib kelishdi. Bu bola sog'mi, jinnimi? Topa olmay turgan joyida o'zi qirq dinar oltinim bor deb chiqarib berdi. Boyagi qaroqchilarni boshlig'i kelib, nimaga unaqa qilib chiqarib berding deb so'radi.

O'n sakkiz yashar Abdulqodir men Allohga va onamga hech qachon yolg'on gapirmaslikka va'da berganman deb javob berdi. Ular molingni, joningni totib olasanmi? Dedi. Ha, hech qachon yolg'on gapirmayman dedi. Alloh azza va jalla mana shu qaroqchini qalbiga, birodarlar, shu yerda bir yorug'lik tushirdi. Bu yosh bolani so'zini eshitib turib, titrab ketdi. Kel, meni kechirib qo'y dedi. Meni kechirab qo'y. Uzrimni qabul qil. Tavba qilaman dedi. Kel, seni qo'lingda tavba qilay dedi. Va qaroqchilarni boshlig'i va qaroqchilar shu yerda tavba qilishdi.

Birodalar, mana, sodiqlik, rostgo'ylik Abdulqodir Jiloniyni axloqi edi. Agar yolg'on gapirishi mumkin bo'lsa, shu yerda gapirish kerak edi. Agar yolg'on gapirishga majbur bo'lgan holat bo'lsa, mana shu holat edi. Ammo shu yerda ham rost gapirdi. Astidqumanjat, rostgo'ylik najot ketaylik degan narsa. Abdulqodirjiloniy faqirlar bilan ko'p hamsuhbat bo'lar edi. Izzat nafsi baland edi. Yosh bolalarni erkalatardi, ularga kichik fe'li qilar edi, ammo hech qachon mansabdorlarga, puldorlarga, kiborlarga unidan turmas edi.

Ko'ryapsizlarmi? Tavozunni. Hech qachon hojatini so'rab, sultonni eshigiga, badavlat kishilarni eshigiga yoki sultonning noiblarini eshigiga borib so'ramas edi hojatini. O'zining hamma sirlarini hammasi uning go'zal xulqini, oliy himmatini, Alloh uchun bo'lgan kamtarlik taozusini saxovatli ekanligini tan olishar edi.

U kishi haqida ulamolar aytgan so'zlari, u kishini o'zini so'zlarini o'qib beraman, haqiqatdan ruhoniyat ilmini ustozi ekanligiga guvoh bo'lasizlar. Abdulqodir Jiloni aytar edi. Hamma amallarni tekshirib ko'rdim. Qorni ochlarga taom ulashlikdan ko'ra yaxshiroq amalni topmadim. Chiroyli xulqdan ko'ra sharafliroq amalni topmadim. Eng zo'r amal ochiladi qonunni boqish ekan, eng sharafli amal go'zal xulq ekan.

Aytar edi, agar dunyoni hammasi meni qo'limda bo'lsa, hamma qorni ochlarini taomlantirgan bo'lardim. Mana shu meni orzuyim dedim. Uni talabalardan biri ustozini malomat qilib, itob qilib, qo'lingizga dunyo kelib tursa ham doim faqirsiz a? Dedi. Yo'q bo'lsa ham mayli edi. Endi qo'lingizda dunyo kelib turib ham faqirsiz deganida, nima qilay? Kaftim, teshik bo'lsa nima qilay derdi. Ya'ni qo'limda dunyo turmaydi. Unda biror narsa sopi turmaydi. Agar ming binoy qo'limga bugun kelsa, bugun uyimda tunamaydi bu pul dedi. Endi aytaman, yashirma qilib yuboraman. Tarqatib yuboraman. Demak, u iymoniyat, ruhoniyat bilan, ulug' axloq bilan boshqalardan ajralib turar edi.

Abdulqodir Jiloniyning nazdida ilm ulug' amal edi. Ilm abdulqodirjiloniyning nazdiga ulug' amaliy edi, ammo go'zal xulqdan keyingi o'rinda turadigan ikkinchi amal deb bilar edi. Xulq, keyin ilm. Ana shu salaflar aytishdi yu. Ey ahli Qur'on. Qur'on sizlarni qalbingizga nimani ekdi? Zero Qur'on qalblarning bahoridir. Qur'on yodlagan, qalbida Qur'oni bor odam boshqa odamlardan farqi bo'ladi. Qalbida bahor oladi uni. Xulqi yaxshi bo'ladi. Agar biz o'qiyotgan ilmimiz ukalar, eshitgan ma'ruzalarimiz, yodlagan Qur'onimiz, yodlangan hadisimiz, o'rgangan ilmimiz axloqimizni go'zal qilmagan bo'lsa, bu ilm bizga foyda qilmabdi.

Kelinglar bir qatar beraman yana. Agar biz o'rganayotgan ilmimiz, eshitayotgan ma'ruzamiz, yodlagan Qur'onimiz, yodligan hadislarimiz xulqimizni chiroyli qilmagan bo'sa, bu ilm bizaga foyda qilmayapti. Agar kibr bo'lsa, kattalarni savodsiz desa, kichkinalarni yosh bola deb turib, o'zimizni boshqacha his qilayotgan bo'lsa, bu ilm bizga ilm sindiradi. Ilm insonni kibrini sindiradi, xulqini isloh qiladi. Ilm birlashtiradi. Ilm bo'lmaydi.

Yana qaytarib aytaman, ilm, o'rganayotgan ilmimiz, bizni boshqa musulmonlarda yaxshi ko'rib, ularni o'zimizni aka ukamizdek ko'rishlikka olib bormayotgan bo'lsak, bizga o'qitilayotgan ilm ilm emas ekan. Tasavvufiy ilmi haqida nima bilamiz? Mashhur hadis, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sahobalar bilan o'tirganlarida, Umar ibn Xattobning rivoyati, bayna man ahmad yunusinda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadisi. Soch soqoli qolib qora, kiyimlari oppoq, lekin biz hech qaysimiz tanimaydigan odam Rasulullohni oldiga kelib o'tirdi. Tizzasini Rasulullohga, tizzasiga tegizdi deyapti Umar ibn Xatto. Qo'lini o'zini tizzasiga qo'yib, Payg'ambarimizdan uchta savol so'radi.

Iymon nima? Islom nima? Ehson nima? Iymon. Iymon nimaligini o'rgatadigan ilmni ati aqiyda. Islom nima ekanligini o'rgatashtiradigan ilmni atti fiqh. Ehsonda o'rgatiladigan ilmniati nima? Mana shu tasavvuf bo'ladi. Tushunarlimi? Aqida siz bilan bizni iymonimizni nimaligini o'rgatadi.

Fiqh ilmi islom amallarini o'rgatsadi. Endi iymon nima deydi? Omon yettita narsaga iymon keltirish. Islom nima? Beshta narsa. Ehson nima deydi? Anta abudalloha kannaka tarohu. Allohni ko'rib turganingdek ibodat qilishing ehson. Garchi sen Allohni ko'ra olmayotgan bo'lsang ham, Alloh seni ko'rib turibdi. Bizni mana shu uchinchi punktimiz juda ham xira. Ilm o'qiyotganlarimizni qiladi, boshqalarni qo'ying. Ruhoniyatimiz qurib ketgan. Mana shu qalbimizni yumshatadigan, ruhoniyatimizni ko'taradigan, qalbimizni musaffo qiladigan, Allohga yaqin qiladigan ilm akalar tasavvuf ilmi.

So'pi desanglar srazu shirkda kufrni tushunmanglar akalar. Tasavvufda ham akalar o'zini so'fiyligini ham toza bo'lgan, sog'lom aqida ustida, shar'iy ilmlardan chiqmagan ko'rinishi ham bor va undan chiqib ketgan ko'rinishi ham borda. Lekin taassur bizga so'fiylar degani faqatgina shu ramkadan chiqib ketgan so'fiylarni videosini qo'yib, mana so'fiylar, mana kafillar, mana mushriylar deb turib, bizga noto'g'ri tushuncha berib qo'yadi. Ana shu birodarlar. Abdulqodir Jiloniy so'fiylik tariqatlarining birini asoschisi edi. Hamma odamlar o'ylagandek, botir so'fiylik emas, sunnatga muvofiq, sog'lom manhash ustida bo'lgan so'fiylik. Ana shunday sahih so'fiylik yo'lini boshliqlaridan biri Abdulqodir Jiloney bo'ladi, birodarlar.

Aqulu qovli ha, da'vo astag'firulloh ali va lakum. Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil aramin. Vassalomu alaykum, assalomu alaykum ala saidina, Muhammadina va ala alix vosxo bihaj ma'in. Va mabodo assalomu alaykom va rahmatullohi ta'li va barakatuh. Kecha Abdulqodir Jiloniy rahmatullohi alayhi haqida dars boshlagan edik. Bugun inshaalloh davom etkazgan bo'lamiz. Tasavvuf ilmini eng ulug' ustozlaridan, so'fiylikning eng yorqin ko'zga ko'ringan ulug' shaxsiyatlaridan abdulqodirjiloniy. Kechagi darsimizda sofiylik nima, tasavvuf nima, bir qator yengil bir tushuncha bergan edik. Inshaalloh davom etkazgan bo'lamiz. Abdulqodir Jeloniy sofiylik tariqatining eng ulug'lardan birini asoschisi. Odamlar o'ylagandek, sofiylikni hammasi unaqa botil, shir kufr emas. Sunnatga muvofiq, sog'lom man haj usta bo'lgan tariqatlar ham bor albatta. Ana shunday bir sahih so'fiylikni asoschilaridan biri Abdulqodir Jiloniy. To'rt yuz sakson sakkizinchi yilda Abdulqodir Jeyloniy Bag'dodga ilm talabida keldi. Bu paytda u kishini yoshi o'n sakkiz da edi. Bu vaqtda Bag'dod o'zini eng yuksalgan davrida edi.

Iqtisodiy jihatdan, siyosiy jihatdan, askariy jihatdan, Abdulqodir Jeloning o'zi bilan olib kelgan pulni sarflab tugatdi, qo'lida puli qolmadi. Mana endi sinovlarga, imtihonlarga duch keldi. Og'ir imtihonga duch keldi, yo'qchilik. Musofir yurt, bironta bir tanishi yo'q, ammo mana shunday bir qiyin holatga qolsa ham, odamlarga hojatini aytmadi, ularga borib so'ranmadi. O'zi haqida aytadi, daryoda oqib kerak ekan, yesa bo'ladigan narsalarni terib, yer edim.

Xaroba bo'lgan uylarga borib tomlarida tunar edim. Arzon nafas kiyimlarni, yamalgan kiyimlarni olib kiyar edim. Buni ko'rib odamlar meni jinni deb laqamlab qo'yishdi deydi. Ya'ni ko'ring, suvdan tutib minasalarni yeydi. Xaroba uylarning tomiga chiqib yotadi. Yirtiq yomon oladi, kiyib yuradi. Kim bu kishi? Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning zurriyotidanmidi? Hasan va Husayn roziyallohu anhumoloning zurriyotidanmidimi? Ulug' insonlar mana shunday bir holatda ham taslim bo'lmaydi. Ana shu ulug'likni bitta alomati shu. Hayotni zarbalarini ko'tara oladi.

Hozirgi kunda siz bilamiz naqadar shunday kishilardan ibrat olishga muhtojmiz. Bir ishga kirishamiz, ozgina bo'lmasa shart to'xtab olamiz. Birodarlar, taslim bo'lsak, imtihonga, mashaqqatga, qiyinchilikka, o'ylamaylik, taslim bo'lganimizdan keyin oson bo'lib ketadi deb. Taslim bo'lguningizdan keyin yana ham qiyinroq bo'ladi. Nafsi Bag'dodni tashlab chiqib ketishi haqida gapirishni boshladi. Chunki aytyapmiz, bu kishi ulug' xonadondan, nasl nasabi juda ham oliy bo'lgan inson. Nimaga endi bunday bir xorlanib yurishligi kerak? Ammo Alloh Taolo u kishini qalbini sobit qildi va maqsadiga yetish uchun ilmga bo'lgan intilishiga Alloh Taolo sabrni ham berdi. Sabr qanoat qildi. Mana shunday bir qiyin kunlarni boshidan o'tkazdi. Natijada o'n uchta ilmda Bag'doddagi kibor ulamolar bilan o'tirib, bahs munozara qiladigan martabaga yetdi.

Mana Imomah Abdulqodir Jiloniy mana shunday bir mashaqqatli kunlarni boshdan o'tkazdi, sabr qildi. O'zi dunyo sabr hovlisi birodalar. Va tavaso besobr. To'rtta sifat aytilganda, dunyodagi xusurondan qutuladigan odamlar, iymon, amal, bir birini haqqa chaqirish va sabr deyilgan. Har qanday ishda sabr kerak. Xoh tijorat bo'lsin, xoh ilm bo'lsin, hoh boshqa narsa bo'lsin.

Abdulqodir Jiloniyga qattiq ta'sir ko'rsatgan kishilardan biri bu Abu Homid G'azzoli rahmatullo ali. Abdulqodir Jiloniy mana shu ulug' imomni yo'lidan yurdi. U kishiga keyinchalik mana shu kitoblariga, ilmiga o'zgartirishlar kiritdi. Imom G'azzoliyni ayrim keltirgan hadislarini tuzatishlikka ham bu kishi muvaffaq bo'ldi.

Abdulqodir Jiloniy o'zining davrida ko'p muhadislardan hadis eshitdi. Yana fiqhni, adabni, lug'atni ta'lim oldi. Juda ko'p shayxlardan shar'iy ilmlarni deyarli hammasini oldi. Demak, umrini avvalida o'ziga ilm jamlashlik bilan mashg'ul bo'ldi. O'ttiz yoshgacha aytdik ku, bu o'lovlarni sirini qaraydigan bo'lsak, hayotini kuzatsak, bu insonlar o'ttiz yasharigacha faqat o'zlariga nima qilgan? Jamlagan, jamlagan, jamlagandi. Shunday qilib, ilmda shunday cho'qqi yetdiki, Bag'dodning muftiysi bo'lib yetishdi.

Ariqdan oqib kelayotgan mevani yoki nonni parchasini yeb, yamaq kiyimlarini kiyib, xarobay ularni tomida yashab yurgan, majnun deb laqamlangan yigit mana endi Bag'dodning muftiysi matabasiga yetdi. Keyin qalb murabbiylari va iymoniy haqiqat ahlining kiborlari bilan hamsuhbat bo'ldi. Ulardan Abdulqodir Jiloniy haq tasavvuf ilmini o'rgandi. Shunday qilib, u kishi o'zini shaxsiyatini shar'iy ilmlarni o'rganishlik bilan yuksaltirdi, endi tasavvuf ulamolarni qo'lida o'zini ruhoniyatini yuksaltirdi.

Mana shundan keyin tasavvuf ilmining ulug' kishilaridan bo'ldi, o'zgarishi bo'lmagan haq tasavvuf. Besh yuz yigirma birinchi yili shavvol oyida Mahramiy madrasasida va'z qilgan o'tirdim. Va'z nasihat qilganim. U kishining ma'ruzalari, ma'ruzalar juda ta'sirchan edi. Ruhoniyati oliy edi. Shar'iylarga asoslangan, inqirobsiz bo'lgan ruhoniya tasavvur. U kishini mana shunday bir ilmiy, ruhoniyligi oliy bo'lgan majlislarga keladigan kishilarni adadi yetmish ming taga yetti deyiladi. Qanaqa qilib eshitgan degan savol o'z o'zidan tug'iladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam haj qilganlarida, u zot bilan yuz mingdan ortiqroq odam haj qilgandi. Shunda u zot bu kishilarga va'oz qilganida, gapirganlar, nandaroda turgan bir odam eshitib, qattaroq qilib orqadagilarga qaytargan. Shunday qilib orqadagi qaytarib, shunday eshitishgan. Abdulqodirni jiloniyni majlisida ham mana shunday kishilar yetmish mingga yetar edi.

Mustahkam ilmi, qalbidagi chuqur iymoni, uni tiliga birodarlar hikmat bo'lib chiqdi. Aytdik ku, qalbdan chiqqan so'z qalbga boradi. Tilni uchidan chiqqan so's quloqdan u yog'iga o'tmaydi. Bu kishi qalbdan gapirdi, shuning uchun qalblarini egalladi. U kishini qo'lida ulamolar, fuqaholar, muhaddislardan iborat ko'p kishilar ta'lim olishdi. Ilm tomonidan Bag'dodning muftiysi bo'lishlik darajasiga yetdi. Ruhoniyat tomonidan mana shunday bir oliy martabaga erishdi. U kishiga savollar kelsa, darhol javobni yozib berar edi, mufti sifatida. Ya'ni orqaga qaytishlikka, o'ylanib ko'rishlikka hojat bo'lmas edi. Endi albatta bu shar'iy ilmlarda qanchalar uchishi mustahkam bo'lganligini dalili bo'ladi. Abdulqodir Jiloniy ikkita mazhabning faqihi edi. Hambaliy mazhabining, Shofiy mazhabining. Mashhur imom Muhiddin Navaviy aytadi. Abdulqodir Jiloniy Bag'doddagi Shofiy va Hambaliy shayxlarning sayyidi edi. O'zining zamonasida ilmdagi peshuolik uning qo'lida edi. Uning suhbatidan Iroqning ko'plagan kibor olimlari yetishib chiqdi. Ya'ni u kishining ilm majlislarida keyinchalik Iroqda ko'zga ko'ringan olimlarning aksariyati Abdulqodir Jiloniyning qo'lida ta'lim olgan edi.

Ulkan martabalar egasi bo'lgan ko'p kishilar ham Abdulqodirning shogirdlari edi. Abdulqodirjiloniy mashoyiq va ulamolarning hurmatiga sazovor bo'ldi. Ular uni so'ziga qaytishar va chiqargan hukmlarini albatta qabul qilishar edi. Har tarafdan tasavvuf, ahli suluk egalari uning suhbatiga shoshilar edi. Bu tasavvuf, bu so'fiylik birodarini yana qaytarib aytamiz, kitobu sunnatga muvofiq bo'lgan haq tasavvuf, so'fiylik edi. Har bitta qilayotgan ishi, gapirayotgan gapi kitobi sunnatga asoslangan, hujjat dalili bor. Sog'lom aqidadan chiqib ketmagan tasavvur.

Mana shu bir ulug' olimni aytgan ayrim hikmatli so'zlaridan birodarlar, namunalar o'qiymiz. U kishi aytar edi, dunyoni qalblaringizdan qo'lingizga chiqaring. Albatta bunday qilishlik sizlarga zarar qilmaydi. Dunyo yo qalbda bo'ladi, yo qo'lda bo'ladi. Yo qalbda, yo qo'lida. Qalbinglardagi dunyoda qo'linglarga chiqaringlar, buni sizlarga zarari tegmaydi der edi. Yana aytar edi. Qalblaringizni eshigini oldida turinglar. Alloh unga kirit degan narsani kiritinglar, undan chiqar degan narsani chiqaringlar. Agar qalbingizni havoyingizga tashlab qo'ysangiz, albatta halok bo'lasizlar. Yana aytardi.

Taqdirga taslim bo'lib o'tirgan kishi, haqiqiy erkak kishi emas. Bo'lgani shu ekan endi, bo'lgani bo'ldi endi, taqdirdagi bo'ladi, degan so'z bor ku. Taqdirga tamomiy taslim bo'lib turib olishlik haqiqiy erkaydi ishi emas. Balki haqiqiy erkik kim? Qadarni qadar bilan qaytara oladigan kishi. Alloh taolo ko'chaga chiqsangiz boshingizni ho'l bo'lishligini taqdir qilgan bo'lsa, zontik tutmasangiz, ho'l bo'ladi. Endi zonti tutishingizni ham taqdir qilgan. Siz zontini tutib chiqasiz, boshqa o'ylovmaydi. Shuning uchun, qarang, bu dinni qanday tushunish kerak? U kishi qazo, qadarni, taqdini qanday tushungan?

O'ziga so'fiylikni da'vo qilgan ayrim odamlar hech narsa qilmasang ham kelaveradi deydi, bu g'irt noto'g'ri. Qadarga taslim bo'lib o'tirgan kishi haqiqiy erkak kishi emas. Balki qadarni qadari bilan qaytargan kishi haqiqiiy erkak kishi deyapti. Kim? Mana shu so'fiylarni ustozi bo'lgan Abdulqodir Jiloniy. Yana aytadi, agar qalbingni mayda narsalar bilan to'ldirib oladigan bo'lsang, unda katta narsalarga o'rin qolmaydi. Qalb xuddi ekinzorga o'xshaydi. Agar uni foydali o'simliklar bilan ekib to'ldirmasang, foydasi sassiq ko'katlar bilan o'sib to'lib ketadi. Tushunarlimi? Mana kitob o'qiymiz, ma'ruza eshitamiz. Bir ruhoniyatimizni tarbiyalaydigan narsalarni o'rganib, kallamizni to'ldirmasak, bu kalla boshqa narsa bilan to'lib qolar ekan.

U kishi aytar edi, xolis ekanligingni alomati, ixlosingni alomati odamlar seni maqtashi yoki yomonlashishlariga parvo qilmasligingda. Odamlarning qo'lidan ta'ma qilmasliging da, balki rububiyatni haqqini ado qilishingda va ne'mat uchunmas, ne'matni beruvchi uchun amal qilishingda.

Bersa emas, bersang ham shukur keltirishmas, shu zotni senga imonni berganligi uchun shukur keltiring. Qo'lingda garchi dunyoying, bo'lmasa ham. Bu yerda juda ham ko'p hikmatli so'zlari bor. Vaqtni tejash maqsadida birodarlar qisqaroq qilishga majburmiz. Imomi navoiy aytadi, mana endi u kishi haqida, o'sha zamonlar va undan keyingi davrda yashagan, ummatni eng ko'zga ko'rgan kishilarini abdulqodir jiloniy haqida aytgan so'zini keltiramiz.

Imomi navoiy aitadi, abdulqodir ji jiloniy go'zal sifatlar egasi edi. Axloqi sharif, odob va murvati komil, tavozuli, doim ochiq yuzli. Aqli va ilmi serob, shariat so'ziga va hukmiga qattiq itoatlik, ilm ahllarini ulug'lovchi, din va sunnat egalarini ikrom qiluvchi, havo va bid'at egalarini yomon ko'ruvchi, haq toliblarga muhabbatli va doimiy suratda nafsini mujohadasi bilan mashg'ul edi. Allohning hududlari buzilishiga qattiq qarshi turar edi, yana saxovatli, karim inson edi. Imom Navaviyni berayotgan ta'rifi.

Imom Navaviyning so'zini xulosa qilib aytsak, o'zini zamonida unga o'xshagan boshqa bir kishi yo'q edi deb aytadi. Abulhasan Nadaviy, Rijalul fikri va da'va kitobida shunday deydi: bizda da'vat bilan, ruhoniyat bilan shug'ullanayotgan odamni qarasang, ilm bilan umuman ishi yo'q. Endi ilm bilan, arab tili bilan, aqida bilan, hadis bilan shug'ulalanayotgan odam qarasang, ruhoniyat bo'lgan ishi yo'q, qurib ketgan mat. Gapiraveradi, gapiraveradi, ko'ziga yosh kelmaydi.

Abdulhasan Nadaviyni so'ziga xulosa olamiz. Rijalul fikri va da'va kitobida aytadi: Abdulqodir Jiloniyning va'z, irshod bilan, nafslar tarbiyasi bilan mashg'ul bo'lishi ilm tarqatish va ilm o'rgatishdan, sunnatga yordam berishdan, sog'lom aqidini tarqatishdan va bid'atlarga qarshi kurashishdan to'sib qo'ymadi.

Ruhoniyat bilan shug'ullangani ilm ma'rifatdan to'smadi deb aytyapti. Mana da'vatni yurargan aka ukalarimiz bor. Ruhoniyat zo'r. Kechalari tahajjud, nafl ro'zalar, zikr, Qur'on tilovati, lekin ilm bilan ishi yo'qda ko'pchiligini. Agarda kim da'vatga qarshi bo'lsa, bu odam juda bir qattiq adashadi. Hammamiz da'vatchi bo'lishimiz kerak. Faqat biz aytadigan narsa, ilm ustiga qurilgan da'vat bo'lsin. Ilm ustiga qurilgan da'vat bo'lsin. Ilmga targ'ib qilamiz. Endi ilm bilan shug'ullanayotganlarni ruhoniati bilan ham shug'ullansin deb tavsiya qilamiz. Toki quruq bo'lib qolmaylik, kitob bo'lib qolaylik biz.

Aqida va uning furuvlarida Imom Ahmadga va avvalgi muhaddislarga tobe edi. Ibn Taymiya rahmatullohu alayhi sofiylarning ulug' imomlari Abdulqodir Jiloniy va jinoyatni maqtab, mana shu haqiqiy tasavvuf degan edi. Mana Ibn Taymiya yana bir so'zini keltiramiz, birodarlar. U kishi aytgan ekan Abdulqodir Jiloniy haqida. Abdulqodir Jiloniy shariatga itoat qilishga da'vatda, amr va nahiyda o'z zamonasining eng ulug' shayxlaridan edi. Ibn Taymiya bu kishini ilmini, martabasini nima qilyapti? Maqtayapti. Imom Zahabiy aytadi. Shayx Abdulqodir Jiloniy imom, olim, zohid, orif, shayxul islom va musulmonlar uchun ibrat edi.

Ibn Rajab Hambaliy aytadi. Abdulqodir ibn Abiy Solih Jili Simal Bag'dodiy, zohid, shayxul asr va qudratul orifin, qudvatul orifin, sultonul mashoyiq va saidu ahli tariqa. Tarjima qilamiz. U kishi zohid, o'zining asrining shayxi, oriflarning oriflarga ibrat bo'lgan kishi, mashoyiqlarning sultoni va tariqat ahlining sayyidlaridan edi. Akalar, kimlar guvohlik beryapti bu kishiga?

Ummatni eng ulug' olimlari, eng ko'zga ko'ringan kishilar. Shuning uchun tasavvuf haqida, so'fiylik haqida, agar cholachilov ma'lumotimiz kallamizda bo'lgan bo'lsa, so'fiyligi yomon deb tushunmaylik. Albatta buni aynigan ko'rinishlari ham bor, lekin asli kitob sunnatga asoslangan so'fiylik bo'lgan edi. Demak, birodarlar, faqatgina olimlar, faqihlar emas, tasavvuf egalari ham ummatga peshvo bo'lishi mumkin ekan.

Abdulqodir Jiloniy o'zini oliy nasabi bilan, chuqur ilmi va oliy ruhoniyati bilan ummatga ulkan ibrat bo'ldi. Abdulqodir Jiloniy o'zinining shaxsiyatida buzayotgan tavozimni paydo qildi. Ilm ma'rifat ham o'zini o'rnida, ruhoniyat ham o'zining o'rnida. O'z zamonasining eng peshqadam olimi hamda ruhoniyati oliy darajada bo'lgan inson edi.

Biz orzu qilamiz. Biz xohlaymiz, biz umid qilamiz. Ilm ahllaridan. O'zlarini qalblarini iymoniyat va haq tasavvuf bilan tartibga keltirishlarini. Agar shunday qilsa, naqadar go'zal bo'lar edi. Yana xohlaymiz. Tasavvuf ahllaridan esa, o'zlarining tasavvuflarini sahih dalil, mustahkam ilm ustiga va bid'atlardan uzoq bo'lish asosiga qurishlarini. Agar shunday qilsa, naqadar zo'r bo'lar edi. Abdulqodir Jiloniy birodarlar, mana shu narsalarni o'zini shaxsiyatida jamlab, ummatga ibrat bo'lgan kishilardan edi.

Alloh Subhanah va Taolo ibrat olib, ularga ixtido qilishini barchamizga nasib etgan bo'lsin. Aqulu qovli ha'da va astag'firulloh alayhi valakum, assalomu alaykum.

Keyingi darsni tinglashTobe'inlar hayoti