Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillah robin a'lamin. Ol aqibatu lil muttaqin. Vassalatu vassalamu ala sayyidina muhammad as sodiqul va'dil amin. Va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabaryod, assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh. Tobeinlar hayotidagi, navbatdagi darsimiz bugun allohni fazli marhamati bilan xulofoyi roshiddinlarning beshinchisi hisoblangan umar ibn al abdulazizning o'g'li abdulmalik haqida suhbat qilgan bo'lamiz. Abdulmalik ibn umar ibn al abduul aziz rahmatullohi alayhi majmai.
Ummaviylarning ulug' xalifasi sulaymon ibn abdulmalik vafot etdi. Uning o'rnini egallagan kishi, mana avvalgi darslarimizda aytdik, umar ibn al addulaziz rahmatulloh alih bo'ldi. Ulug'tobiyeyn umar ibn abdulaziz uni dafn marosimida edi. Uni qabriga tuporini tortib bo'lishi bilan bir shovqinni ovozini eshitdi. Bu nima shovqin? Deb so'radi. Yangi xalifa. Odamlar bu xilofatning markabi, xilofatning barkabi, uni minishingiz uchun sizni oldingizga olib kelishdi dedi. Xalifa ko'zini bir chekkasi bilan qaradi da, parvo qilmasdan uyqusizlikdan qiynalgan charchoq ovozi bilan sekingina qilib, meni nima ishim bor u bilan dedi. Menga kerak emas u narsa dedi. Dabdaba asasani keragi yo'q.
Bu xalifani olib ketishlik uchun kelgan boyagi markab uni zohiri, ko'rinishi edi. Albatta podshoh kirishigidan o'g'limni ikki yuzta odam yuradi, e'lon qiladi, taq taq taq urib turib, falonchi falonchi kelyapti deydi. Xullas, bari dabdaba. Insonlar, birodarlar, mana shu zohiri bilan ko'proq ovora bo'lib qolgan. O'zini botini bilan, qalbi bilan ovora bo'lmay qolgan. Ichini tuzatishlikka e'tibor kam bo'lib qolgandi. Faqat tashqi ko'rinishini chiroyli qilsa bo'ldi. Nononni yasangiz, figurangiz tekkizib oladi, nononni yasagiz, qonningiz kiradi, nononni yesangiz, betingizda purish bo'lmaydi. Nononni yasa, sochlaringiz shilkovistiy bo'ladi. To'g'rimi? Faqat qaranglarda, reklama qilinayotgan televizorda hamma narsa bizni tashqi ko'rinishimizni chiroyli qilishligi uchungina xolos.
To'g'rimi? Ma'noni yesangiz, ma'no shampunda boshingizni usangiz, qalbingiz pokiza bo'ladi. Hayotdan xotirjam yasaysiz, hayotda g'am andiqlardan uzoqda bo'lasiz degan shampun bormi? Yo'q. Faqat zohirga, zohirga, zohirga e'tibor beradigan bo'lib qolganmiz. Qalbimiz bilan ishimiz ko'p bo'lmay qo'ygan.
Insonni qalbi bo'ladi, jasadi bo'ladi. Ichki dunyosi bor, tashqi ko'rinishi bor. Shariat islomiya bo'yicha uni insonning haqiqiy qadr qiymati uni ichki dunyosi bilan, qalbi bilan bo'ladi. Tashqi dunyosi bilan emas. Insonni qadri islomda birodarlar robbisiga bo'lgan harakati bilan, robbisidan rozi qilishga bo'lgan harakatasi bilan belgilanadi. Tashqi ko'rinishi bilan emas.
Chunki zohirimizni talabini nihoyasi yo'q. To'g'rimi? Soch to'kilishini to'xtatuvdik, qorin chiqishni boshladi. Vest ozaytiruvdik, yana bir joyimizdan bir narsa chiqdi. Xullas, tashqi ko'rinishimizni talablari o'lganimizda tugaydi. Shuning uchun faqatgina tashqi ko'rilishi bilan, zohira bilan ovora bo'lib yurganlar haqiqiy ziyonkorlar. Chunki bularni hammasini o'lim yo'qqa chiqarib yuboradi.
Hamma, hamma seni maqtasin, birodar. Ammo robbing yaxshi ko'rmagan bo'lsin. Ularni maqtaganini senga zarracha qadr yo'q. Hamma seni yomon ko'rsin. Ammo robbing yaxshi korgan bo'lsin. Qalbing, botining islohi bo'lganligi uchun mana shu narsani foydasi bor. Shuning uchun birodarlar, oliylikni, yuksalikni Allohnin huzuridan istashlik kerak bo'ladi.
Masalan, uyga kirsangiz, xotin nimani talab qiladi sizdan? Zohirni to'g'rilab deydi. Uyimi qilib ber deydi. Pardel ber deydi, to'g'rimi? Faqat tashqarisiniyla to'g'rilay ber deydi. Ko'z ko'rinadigan narsani. Yo qalbingizni tuzating, dadasi deb urishadimi siz bilan? Yo'q, urishmaydi.
Qilib berasiz, tugaydimi? Tugamaydi. Xalifa nima dedi? Siz minishingiz uchun kelgan barkab deyishdi. Zohir. Menga keragi yo'q. Olib ketaveringlar dedi. Alloh baraka bersin sizlarga. Inson xohlaydimi, xohlamaydimi, birodarlar, saodatga muhtoj. Baxtli bo'lishligi kerak, baxtli bo'lishingni xohlaydi. U baxt. Yo o'zini qalbidan otilib chiqadi. Yo tashqaridan olib kelib boshiga keladi u baxt. Agar bandani qalbi Alloh bilan bo'lsa, uni saodati qalbidan otlib chiqadi. Ammo saodatni Allohni roziligidan istamasdan boshqa joydan istasa, dunyoni latalutasini ko'paytirishingga o'tadi. Ovqatlanishingni zo'r qilishni xohlaydi, zo'r kiyinishni xohlayda, zo'r markab minishni xohlay da, imorat soladi. Shuning uchun muxlisman da, birodarlar. Dunyoda saodatli yashashlikni yo'li faqat qalbini isloh qilishlikda deb biladi. Rozi bo'ling da hayotingizdan. Hayotingiz zo'r.
Norozi bo'ling, bilasiz qanday bo'lishligini. Kishi, demak, zohiri bilan, tashqarisi bilan haqiqati, qalbini o'rtasiday bo'ladi. Kimni qalbiga rabboni yurib kelgan nur kelgan bo'lsa, tashqari bilan e'tibori bo'lmaydi. Shunday xonadonlar bor, soddagina, oddiygina. Lekin bu xonadonda iymon, e'tiqod, taqvo birinchi o'rinda turadi.
Jihozlari ham soddagina, tirikchiligi ham, dasturxoni ham oddiygina, lekin zo'r bo'ladi hayot. Ammo shunday xonadonlar bor, hashamatli, qarasang, jihoziga qarasang, imoratga qarasang, ko'zing qamashadi. Lekin bu xonadonida iymon, taqvo birinchisi o'rinda emas. Demak, muhimi tashqi ko'rinishmas, muhimi qalblar.
Qaranglar. Bizni hayotda nima qiynayapti? Kerak emas urf odatlar qiynayapt. To'y to'rkun mavrid marakalar qiynayapt, to'g'rimi? Masalan bitta qo'y so'yib turib, o'nta odam chaqirib qo'yishlik lyuboy odamni qo'lidan keladi. Bitta qo'y olib keladi, bir o'n ming so'mga so'yadi, besh ming so'mlik menda shunaqa qiladi, bo'ldi. O'g'lini uyladi, qizini chiqadi. Zo'r bo'lamidi shunaaca bo'lsa?
Sochlar to'kilmas edi. Sochlar oqarmas edi. Otalarni pochkalari, jigarlari, musofir yurtlarda to'kilib ketmas edi. Bitta qizimni chiqaraman deb. Qaranglarda, bizni nima sindiryapti? Mana shu tashqi ko'rinishga oshishga e'tibor berishimiz. Shom yillarida oqsoqollar bir narsaga kelishib olishgan ekan, katta bir qishloq.
Kuyov kelinga faqatgina bitta uzuk, bitta soat hadya qilar ekan. Bo'ldi. Albatta kelinga hadya kerak, mahr kerak, sovg'a kerak, estalik qiladi. Faqat kelinni o'ziga qiladi, bo'ldi. Qolgan narsaga tupurishgan. U ham uyda mehmondorchilik qilib qo'yadi, bu ham mehmondorchilik qilib qo'ydi, bo'ldi, umar umar abdulaziz yangi bo'lgan xalifa bu aravani tortinglar dedi. Menga kerak yo'q. Men o'zimni hachirimni olib kelinglar. O'sha ham meni olib borib qo'yaveradi kerak joyga dedi. Yangi xalifa hali urug'ini minmasdan turib, shuhrataning boshlig'i yoniga keldi. Politsiyani kattasi. Uni atrofida yaltiragan qurollarni ushlab, ikki saf odam turdi. Xalifani oldida ketishi kerak. Xalifa ularga qarab, nimaga keldinglar? A sizni kuzatib ketamiz.
Sizlarga meni hojatim yo'q. Men musulmonlar qatori bitta odamman. O'zim ketib olaveraman, ketaveringlar dedi. Ibn Mojadan bu hadis. Bir kishi Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni oldiga kelib, gapirdi da, Payg'ambarimizdan haybatlanib, sir bosib, titrashni boshladi. Qaltiradi, titradi. Sir bosdi. Shunda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar, havin alayk, fa inniy lasqi bima lekin. O'zingni bos, o'zingni tut. Men podshoh emasman, dedi.
Innama ana ibn murodiy ta'qulul qodiyda. Men o'sha quritilgan go'shtni yeydigan ayolni bolasiman, dedi. Arablarda birodarlar go'shtni quritib qo'yishgan. Mana hajga borganda ko'rgan bo'lsanglar, qurbonli go'shtlarni olib turib, o'sha negrlar obdoy qo'yib quritadi. Xolodilnik bo'lmagan. O'shanaqa go'shtni yeb yurgan ayolda bolasiman deyapti. Payg'ambarimiz men unaqa, meni oldimda ja sir bo'lsa, vahima bo'lsa men, men hamma qator odamman deyapti. Mana Umar ibn Abdulaziz xuddi shu ishni qilyapti. Men oddiy odamman, menga unaqa dabdabani keragi yo'q.
Savolda, agar bir kishi betakalluf bo'lsa, sodda bo'lsa, kamtar bo'lsa, dabdabasiz bo'lsa, bizni tilda prostoy bo'lsa, shuni, shu sifatlari, prostoyligi odamlarni ko'zida hurmatini pasaytirib qo'yadimi? Yo'q. Aksincha, hurmatini ziyoda qiladi.
Umar ibn Abdulaziz Sulaymon ibn Abdullohligidan keyin xalifa bo'ldi. Mana endi xalifa bo'lgan paytida qilgan xutbasini. So'ngra yurib masjidga keldi. Assolatu jomiya, assolatu jomiya. Odamlarni masjidga, jamoatga chaqirildi. Har tarafdan odamlar masjidga oqib kelishdi. Hamma jamlangandan keyin xalifa turib, Allohga ham, Payg'ambar alayhissalomga salovat aytdi. So'ngra aytdiki, ey odamlar, men mana shu ish bilan balolandim dedi.
Xabaringlar bor. Umarimni hatto boziyalloh ani hu xalifa bo'lganidan keyin, biron hokimni joriy qilsa, falon narsani qilmanglar yoki falon narsani quringlar deb hokim qilgan bo'lsa, uyiga kelar edi. O'zini farzandlarini, ahllarini yig'ib, yaqin bo'lgan odamlarni yig'ib aytar edi. Xabaringlar bor. Men falon narsani odamlarda qilishlikdan man qildim. Agar kiminglar shu ishni qilsanglar, jazoni ikki barobar qilib beraman. Menga yaqin bo'ganliginglar uchun. Chunki odamlar o'qishga o'xshaydi. Sizlar gunohga kirsanglar, orqanglardan erchib kelaveradi ular ham. Demak umarun xattobga qarindosh bo'lishlik, bu yutuqmas, nima bo'lib qolibdi?
Jazo bo'lib qolbdi. Avvalgilar shunaqa bo'lgan ekan. E, shunday jazolaymanki, deydi umarun xattop. Agar gunohni qilishsang, ikki barobar jazolayminki, e, qaniydi dadamiz xalifa bo'lmasa, deyishib yuborasizlar. Umar ibn Abdulaziz xutbasini davom etkazdi. Ey odamlar, albatta men bu amal bilan balolandim.
Men bilan maslahat qilinmadi. Meni o'zim talab qilganim yo'q. Odamlarga maslahat solinmadi. Ya'ni men talabim bilan xalifa bo'lmadim. Mendan hech kim maslahat so'ramadi. Sizlarga ham hech kim bu narsaga maslahat qo'yib, maslahatga tashlamadi ishni. Shuning uchun men sizlarni menga bergan bay'atlaringizdan ozod qilaman dedi. Otstavkaga beryapti. Birinchi kuni demoq.
Men sizlarni menga bergan bay'atlaringizdan ozod qilaman. O'zlaringiz xohlagan kishini xalifa qilib saylab olinglar. Albatta bu ish Sulaymon ibn Abdulmalikni vasiyati bilan bo'lgani dedi. Qutubasini tugatib qo'ydi. Lekin odamlar bir ovozdan baqirishdi. Sizni tanladik, Amirul mo'minin. Sizga rozi bo'ldik. Bizni ishimizni bir barakot bilan boshqaroring dedi.
Ovozlar pasaydi, qalblar tinch edi, taskin topdi. Xalifa Allohga hamd, Payg'ambar alayhissalonga salovat aytib, so'zida odamlarni taqvoga chaqirdi. Ularni dunyodan zohid bo'lishga, oxiratga rag'bat qilishga chaqirdi. Qalblarni yumshatadigan, ko'zlaridan yosh oqizadigan, qalblarni titratadigan shevada ularga o'limni eslatdi. Qaranglarda, odamlar darrov rozimiz, qolavering deyishyapti. Nima uchun?
Alloh Taolo bir bandasini yaxshi ko'rsa, odamlarni ham mana shu kishini yaxshi ko'taradigan qilib qo'yadi. Odamlarni qalblari iqbol qiladi bu kishiga. Xalq yaxshi ko'radi shu odamni. Agar Alloh yaxshi ko'radigan bo'lsa, haligi insonda beshta his qilish tuyg'usi bormi? Oltinchi tuyg'usi bor ekan. Inson o'zini tabiati bilan rozgo'yni kazzobdan ajrata olar ekan. Ha deb turib oladi, lekin biladi ichida bu yolg'onchi baribir deydi. Va yo'q bo'lib qoladi keyin deydi. Muxlis bandani tamagir bandani ham ajratar ekan. Insonni tabiatida bor. Taqvodorni taqvosidan ajratadi. Artist deb qo'yasiz u? Yig'lab gapiradi, hamma xohlaydi, chiqqandan keyin yomon yomon o'xshatdi deydi. Biladi, insonlar o'zlari ajratar ekan, tabiatida bor ekan shu narsa.
Shuning uchun odamlarda o'ziga ixtiyor berilganda, ular Umariddin Abdulazizni xalifa bo'lib qolishiga rozi ekanligini aytishdi. So'ngra hammaga eshittirib aytdi. Umar Umidul Abdulaziz. Kim Allohga itoat qilsa, unga ham itoat qilishlik vojib bo'ladi. Kim Allohga osiy bo'lsa, bas unga hech kim itoat qilmaydi. Dedi odamlar. Siddiq aytganidek, Allohga itoat qilgan ishimda menga itoat qilinglar, agar osilik qilsam, menga itoat olmanglar dedi. So'ngra minbardan tushib, hujrasiga kirib ketdi. Chunki xalifani Sulaymonni dafnida qatnashib, uxlamasdan qattiq charchagan edi. Biroz dam olmoqchi bo'ldi, hujrasiga kelib ketdi.
Yangi xalifaning o'g'li Abdulmalik ibn Umar nima ish qildi? Mana endi xalifaning o'g'li haqida so'z gapiramiz. Chunki darsimiz Abdulmalik ibn Umar, ibn Abdulaziz haqida edi. Agar birodarlar, bir kishi dini chiroyli bo'lsa, taqvosi, ilmi go'zal bo'lsa, yana shuni ustiga farzandi ham shunaqa bo'lsa, nur ustiga nur. Bu ota haqiqiy baxtli ota. O'zingiz zo'r taqvodor dindonsiz, bolangiz rasvo bo'lsa, sizni baxtli deb bo'lmaydi. Chunki ko'p otalar o'zlari garchi saodatli bo'lsa ham, farzandlarini baxt baxtligi tufayli shaqovatga uchraydi.
Agar farzandingiz siz xohlaganday bolaga qo'ygan bo'lsa, albatta siz baxtli otasiz. Xalifa uyga kirdi, hali yonboshlamasdan turib oldiga o'g'li Abdulmalik kirdi. Yoshi o'n yettilarga borib qolgan edi. Otasiga, ey Amirul mu'min in, nima qilmoqchisiz? Dedi. Nozik bir nuqta bor shu yerda. Aytiladiki, olimdan behojat kishilar ikkita. Uni oilasi va qo'shnilari. Olimdan behojat kishilar ikkita. Oilasi, qo'shnilar. Hammaga olim u. Hammaga domla u. Ammo oila a'zolariga ota. Qo'shnilariga falonchi voy.
Ammo bu xalifa bolasini eng oliy tarbiya bilan tarbiya qilgan edi. Ya amiral mu'mining deb uyda bo'lsa ham martabasi bilan, hurmat bilan aytyapti. Bu albatta odobdan. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bir yosh yigit, bir yosh kattaroq odamni oldiga tushib olib ketayotganini ko'rib turib, kim bu dedi? Otam dedi. Otasini oldiga tushib yuborib ketayotuvdi. Payg'ambarimiz nima dedi? Falay tamshiy ya mamahuu. Otingni oldiga tushyab yurma. Valay tas tasib balahuu. Beadabiy qilmaginki, so'kinishiga sabab bo'lib qolma. Seni qilgan ishingdan norozi bo'lib, so'ymasin seni. So'kinishiga sabab bo'lma. Vala tajribangiz qoldi ku. Undan oldin o'tirma. Vala tado'bi ismihi. Ismini aytib chaqirma.
Abdulmalik otasiga, ey amirul mu'miniy, nima qilmoqchisiz? Dedi. Xalifa, ozgina dam oling o'g'lim. Quvvatim qolmadi. O'g'li, odamlarni maslamalarini egalariga qaytarmasdan avval dam olmoqchimisiz? Dedi. O'g'lim, kecha amakingni dafni bilan bo'lib uxlamasdan charchab qoldim. Peshin kirsin. Peshinni odamlar bilan o'qiyman da, inshaalloh mazlamalarni ko'rib chiqaman dedi.
Shunda o'g'il aytdi, peshingacha. Peshingacha sizni yashaydi deb, kim kafillik berdi dedi. Ya'ni xarifa bo'lganingizdan keyin yelkangizda mazlamalar turibdi, ummat taqib turibdi. Kim aytdi sizni peshingacha yashaydi deb? O'g'lini bu so'zi xalifani hushiga keltirdi. Charchog'ni ketkazdi. Charchagan jasadiga quvvat berdi. O'g'liga berkeng o'g'lim dedi.
Keluvdi, bolasini bag'riga bosib peshonasidan o'pdi. So'ngra dinimda menga yordam beradigan insonni o'zimni zurriyotimdan chiqargan Allohga hamdlar bo'lsin dedi. Agar birodarlar ayolingiz namozga o'g'otib tursa doim, namozingizni eslatib tursa doim, farzandingiz gunoh ma'siyatdan qochib tursa doimo, savobli ishlarga intilib tursa doimo. Demak baxtli ot ekansiz. Boshqalardan ko'ra ko'proq shukur qiling. Chunki buni aksi bo'lib qolishi ham mumkin edi.
Lekin shunaqa tarbiyani bergan kim edi? Umariddin Abdulaziz rahmatullo alayhidi. Aqlu qovli ha'da. Va astag'firullohu alayhi va alakum, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.