Maviza
—Qoralama40 daq

Tobe'inlar hayoti

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
39:48
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir robbil alamin. Vassalatu vassalama ala shirofil mursalin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Inna ba'd. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'l va barakatuh. Bismillahir rohmana rohim. Asroru uzomo deb nomlanadigan darsimizga xush kelibsizlar. Bu darslarimizda tarixi islomiyaning ulug' shaxsiyatlari bilan tanishib chiqamiz. Hozirda yoshlarimiz mana shu ulug'larimizni hayotini bilishlikka, ularni tanishlikka juda ham muhtoj. Ana shu urug'larimizni ayrimlarini ismini eshitganmiz, ayrimlarini ismini ham eshitmaganmiz. Ismlarni eshitganlarimizni ham faqatgina ular haqida ozgina ma'lumotimiz bor. Masalan, ibt nokim bo'lganda esa tabib bo'lgan, faylasuf bo'lgan, bo'ldi. U yog'ichi? U yog'i hech narsa yo'q. Bugungi qahramonimiz, birodarlar, bugungi darsimiz Abu Ali ibn Sino haqida. Bu kishi haqida nimani bilamiz? Jahon fan taraqqiyotiga ulkan hissasini qo'shgan, O'rta Osiyolik, ana shunday bir buyuk qomus olimi, G'arbda Avitsena nomi bilan tanilgan Abu Ali ibn Sino. Biz Ibn Sino deb bilamiz. U kishini to'liq ismi. Abu Ali, Al Husayn, Ibn Abdulloh, Ibn Hasan, Ibn Ali, Ibn Sino.

Bu kishi uch yuz yetmishinchi hijriy yili Safar oyida Buxoroga yaqin bo'lgan Afshon qishlog'ida dunyoga keldi. Bu milodiyilga to'qqiz yuz saksoninchi yilga to'g'ri keladi. Avvaldan aytib qo'yaylik, bu kishi oltmish ga kirmagan ekan. Oltmish ga yetmagan, ammo tarixda nomi qoldi. Nimasi bilan? Nimasi bilan? Ibn Sino otasi va uni akasi zalovatga ketgan ismoiliya toifasiga mansub bo'lib ketgan edi. Bu islom aqidasidan, sof aqidadan chetga chiqib ketgan ismoililar.

Ammo Ibn Sino ularni bu ishiga rozi emas edi. Ismoililar islomdan adashgan toifa, bularni ishiga qarshi bo'lgan edi. Aytardiki, men ularda aytayotgan gapini eshityapman. Nima dey ekanligini tushunib turibman, lekin qalbi bunga rozi bo'lmaydi der edi. Ibn Sino o'n yoshigacha birodarlar Qur'onni yod olib bo'lgan edi. Va arab tili, nahv ilmlarni o'rgangan edi. Keyin tabobatni o'ziga tanladi va umrini mana shu tabobat ilmiga sarf qildi. Yana bir karra aytamiz.

Kishi o'zi uchun bir sohani tanlaydi. Va asosiy kuch quvvatini, mehnatini, e'tiborini mana shu bitta sohaga burishligi kerak. Ha, albatta, boshqa ilmlardan ham xabardor bo'lishi zarur, lozim. Lekin bitta sohani tanladimi, shuni oxiriga yetkazishlik kerak bo'ladi. Ibn Sino tabobatga oid kitoblarni o'qishiga kirishdi va qisqa muddat ichida odamlarni orasida mana shu tabobat ilmida ko'zga ko'rindi. Ibn Sino aytar edi, bunaqa qisqa muddatda odamlardagi ko'zi ko'rinib qolganligimga hayron bo'lmaslik kerak. Chunki tabobat qiyin ilm emas derdi.

Bu qisqa muddatchi ichida ko'zga ko'rinib qoldigimga hayron bo'manglar, chunki tabobati qiyin ilm mas derdi. Meditsina qiyin emas ekan. Ibn Sino uchun bu fan qiyin emas ekanda. Ha buni qiyin emasligini mana shu meditsinskiy fakultetda o'qiyotgan toliblardan so'rang. Ana shu tabobat fakultetida o'qiyotgan talabalarni ishi bilan boshqa fakultetda o'qiyotganda talabarni ishini taqqoslab ko'ring. Lekin Alloh Taolo bu kishiga g'ayrioddiy zakovat bergan, mana shunday bir yosh bo'lib turib, tabobatda o'zini yurtida ko'zga ko'rindi. O'zini kuchli zakovati bilan tabobatni oson o'rgandi. Shu paytda yoshi o'n olti da edi. O'n sakkiz ga kirmagan bola tabobatdagi ustozlardan biriga aylandi. Nimasi bilan? Telefon o'ynashi bilan emas bolalar. Internet tagida o'tirish bilanmas, kompyuter o'ynab serial tagida ko'rish bilanmas, kitob o'qish bilan.

Ko'p aytyapmiz, hammasi kitob o'qiganini gapiramiz. Endi domla u paytda telefon bo'lganda kitob o'qitganda, deysizlar. Hozir ham kitob bor, birodarlar. Xususan mana tolib ilmlar qaysi fakultetda o'qishdan qat'iy nazar, o'ziga bir vazifa qilib olsa boradi. Bir yilda mana shu o'zimni sohamga tegishli yigirmata kitobni o'qiyman deb. O'qimasam, non chashtiradi. Yoki o'qimasa, men uncha ko'ra o'zi tutaman. Bir nazr qilib qo'ysa bo'lmaydimi shuni? Masalan, o'qimasanglar ham o'tdi bir yil, to'g'rimi? Mana o'quv yili tugadi, studentlar. O'qisanglar ham o'tdiku, o'qimasaklar ham o'tdi. O'n olti ga kirgan bola tabobatda Buxoroda ko'zga ko'ringan kishilardan bo'lib yetishdi.

Ibn sinoning ilm sohasidagi dastlabki ustozi abu abdulloh notiliy edi. U kishi faylasof, mantiq ilmini sohibi edi. Xalq orasida u kishini laqabi mutafalsif, ya'ni falsafacha degan laqabi bor edi. Notilining qo'lida ilmni mantiq, mantiq ilmini, handasani, falakiyotni o'rgandi. Ba'zi falsafiy masalalarda qisqa muddatda ustozni o'zib ketdi. Keyin mustaqil o'zi kitob ko'rishlikni boshladi. Falsafa va mantiq bo'yicha.

Uni ustozi Abdulloh Notiliy Ibn Sinodagi iqtidorni, qobiliyatni ko'rganidan keyin otasiga aytdi. Bu bola ilmdan boshqa narsa bilan shug'ullanmasin. Haqiqatdan undagi iqtidordagi ustozi ko'rdi. Otasi o'g'li Ibn Sinoga kerak bo'lgan hamma sharoitni qilib berdi va faqat bu kishi ilm bilan shug'ulla. Bu kishi tinmasdan mutolaa qildi, tabobatdan tashqari boshqa ilmlarni ham o'zlashtirdi. Optika deyilyapti, kimyo, fiqh kabi fanlarni o'qidi. Xususan, tabobatni o'rgandi va qayta aytyapmiz, ko'proq diqqati mana shu tabobatga qaradi. Ammo tabobatni oson o'rganganigi bilan falsafani o'rganishi oson bo'lmadi. Subhanalloh, Alloh Taolo insonga har xil iqtidor bergan. Bo'lmasam o'sha kalla, o'sha zehn. Lekin bitta ilm kallasiga kirmayapti. Kunul muyassanul liman xulixalax deganlar Rasululloh, har bir kishi uchun u uchun yaratilgan narsa oson bo'ladi. Masalan, siz til o'rgana olmaysiz, ammo matematikada kuchlisiz. Bo'ladi. Yoki uni teskarisi. Bu kishi falsafani o'rganishiga qiyin bo'ladi. O'zi haqida aytadi ilm va qanoatni o'rgandim, mantiqni va falsafani hamma juz qismlarini takror o'qib chiqdim. Shu vaqtda bironta kechani to'g'riligicha uxlagan emasman.

Kunduzlari ilm bilan shug'ullanar edim, imkoni yetganicha bor kitoblarni to'plar edim. Men uchun Arastuning ma'rufot tabia kitobi, tushunishim juda qiyin bo'ldi. Metafizika kitobi. Agar endi bu tarjima qilsak, tabiatni ortidagi narsa degani. Arastuni mana shu kitobini tushunishim qiyin bo'lgan. Qirq marta o'qidim, lekin tushunmadim.

Tushunishlikdan umidim uzildi deydi. So'ngra Forobiyni mana shu Fiy ag'rozi mabodo tobiya kitobini o'qidim, metafizikaning maqsadlari haqida ekan, sharhini. Keyin tushundim deydi. Qarang, Forobiy bu falsafa uchun yaralgan odamdagida. Irinitsino qirq marta o'qib tushunmagan narsani Forobiy bir marta o'qidi, tushundi va sharh ham yozib qo'ydi. Shuning uchun bir sohada aqlingiz yetmasa bo'ldi, men kallam tupoy ekan deb turib nima qilmaslik kerak ekan? Tusha olmaslik kerak ekan. Aytganmiz ku. Maktabda o'qishi zo'r bo'lmasa bolangizni hunarga bering. Ehtimol hunarda bir tengsiz bir usta bo'lib yetishadi.

Shuning uchun bolalarimizda maktabda o'qishlik yaxshi bo'lmasanglar ko'mib qo'ymaylik ularni umidini. Maylimi? Ehtimol uyat turib qo'yarsizlar bilamiz. Forobiy falsafa uchun yaralgandagilar. Bir marta o'qib, tushundi, sharh ham yozdi, qaysi kitobga? Arastuni kitobiga, a uni qirq marta ibn sino o'qib nima qilmagan edi, tushuna olmagan edi. Demak, bunga ham bir e'tibor berishimiz kerak bo'lgan narsa, mana shuncha aql zakoti bilan tushunmadi, chunki u kishiga bu narsa berilmagan edi. Ibn sino aytadi biron tibbiy masalani hal qilishda ikkilanib qolsam, yechim topa olmay qolsam, masjidga shoshilar edim. Nimaga?

Hamma narsani xoliqi, mushkulamni hal qilib bergunicha, qiyin narsani yechib bergunicha, tinimsiz unga duo iltijo qilar edim. Qayoqqa borar ekan? Hozirchi? Ey, mana bu doktor deydi, Alloh Xudo deyapti, bolam, qara deydi, haligi eski enalarimiz. Hozir hammasi Alloh Xudo deydi, Alhamdulillah. Chunki doktor desa, medik desa, tabib desa, bu ateist bo'lishi kerak edi da.

Amma yoki amaki, shifo Alloh'dan. Biz faqat sababmiz, duo qiling, namozdan so'rang, biz ham duo qilamiz, desa haligi tabib duo qildi, g'alatida. Bu kishi ruhoniyatini oliyligini ko'ring. Nima qilsam ekan, kimga borsam ekan, masjidga kelyapti. Masjidga. Ibn Sino'ni ruhoniyati mana shunday oliy inson edi. Har qancha ilmli bo'lmasin, har qancha geniy bo'lmasin birodarlar, odam bolasi baribir banda. U ojiz, u zaif.

Bilgan narsangizni ham tilingizga kelmay qolishligi tez tez bo'lib turadimi? Tilimni juda turibdi, ayta olmayapman deysiz. Menda turibdi. Nima qila olmaysiz? Shuning uchun har bitta ishimizda birodarlar tavakkal taolo alloh deyishligimiz kerak. Allohga tavakkur. Ibn Sino aytadi, uyimga kech kirganda qaytib borib, oldimga chiroqni qo'yib, kitob mutolaasi bilan yoki yozish bilan band bo'lar edim. Agar charchab ketsam, yo uyqum kelib ketsa, o'rnimdan turib borib, biror bir ichimlikni ichardim da, o'zimga quvvatim qaytgandan keyin o'tirib yana davom etardim. Ya'ni bir tonna tovaligicha uyqu bilan o'tkazgan emasman. Ya'ni uyquga berilmaganman degan. Agar tolib ilm birodarlar qaysi sohani tolib ilm bo'lib olmasin, o'zini nafsini mana shunday bir jid bilan mahkam ushamasa, bir narsaga albatta erisha olmaydi. Ibn Sino xayr ehsonni, saxovatni yaxshi ko'radigan kishi edi. Odamlarni orasida ozgina bir nomi chiqib qolganidan keyin tabib deb.

Odamlarni bekarga davolar edi. Ham tajriba, ham xayr ehson. Ilmini nimasi? Ehsoni. Hunarini? Ehsoni. Tabiblar davololmay qolgan ayrim bir bemorlar bo'ladigan bo'lsa, muolaja qilardi olib kelib, davolardi bepul. Ana shu paytdagi amirlardan biri, mansur ibn nuh as somoniy, somoniylarning amirlaridan, buxoroni amirlaridan. Uni bir dardi bor edi, hech qaysi tabib davolay olmayotgan edi. Ibn sinoni mana shu shaharda atatilib, aytilib, nomi chiqib qolganidan keyin uni ham taklif qilishdi. Ibn Sino keldi da, mana shu abirning dardiga shifo topishlikka muvaffaq bo'ldi. Mana endi ibn sinoni oldida juda katta eshiklar ochildi. Bu yosh tabibni oldida imkoniyatlar kattasi ochildi. Mansuriddin Nuh ibn Sinoni o'ziga yaqin qildi. Somoniylarning kutubxonasi o'sha davrda butun o'rta va yaqin Sharqdagi eng katta va boy kutubxonalardan sanalardi. Ibn Sinoga ishlar ochildi, endi tinimsiz mana shu kutubxonadagi kitoblarni mutolaa qilishlikka kirishdi. Shunday qilib u kishiga mana aytyapmiz, qarang da, nimasi bilan tanildi?

Reklama bilan emas, PR bilan emas, layk bilan emas, ilmi bilan, mehnati bilan, xayriya ehsoni bilan, sabr toqati bilan. Mashhurlik quvilmaydi, ukalar. Mashhurlik sizni topib keladi. Agar shunga loyiq bo'lsangiz. O'zi musulmon odam mashhurlik quvmaydi. U oldiga intilavermaydi. Agar shungga loyiq bo'lsa, Alloh Taolo shu mashhurlikni berib qo'yadi. Mana bu kishi mashhurlikda quvmadi, yoki yigirma birinchi asrda vabosi bor mashhur bo'lish ibratlar. Buni ko'p gapirdik. Endi Mansur ibn Nuh vafot etdi. Uni o'rniga o'g'li nuh ibn mansur as somoniy o'tirdi. Bu o'g'li ham Ibn Sino'ga katta bir in'om, inoyat, muruvvat ko'rsatdi. Tirikchiligi, yashashi bekamikus bo'lib qoldi. Demak, kim ilm bilan shug'ullanishlikka katta imkoniyat ochildi? Va mana shu qornini to'g'ligi. Jonni tinchligi, tirikchilik tashvishidan uzoq bo'lganligi Abu Ali Ibn Sino'ni ilmida o'zini aksini topdi. Juda ko'p ishlarga u kishi imkoniyati bo'ldi, juda ko'p ilmiy kashfiyotlarni qildi.

Mana shu narsaga, birodarlar, savdogar aka ukalar, ahli davlatlar e'tibor qilishligi kerak. Ya'ni ilm bilan mashg'ul insonlar, tolib ilmlarga ta'lim berayotgan ustozlar, bular tirikchilik tashvishini qilmasligi kerak. Ularga bu masalada ko'mak ko'rsatishlik kerak. Maktab o'qituvchilariga ham, birodarlar.

Maktab bizdan pul so'rayotgan bo'lsa, uyataylik. Maktabda muallimlarda, ahli ilmlarda qo'llashlik kerak. Birodarlar, agar shunday qilsak, yurtni, xalqni yuksalishiga juda ham katta hissa qo'shgan bo'lamiz. Xalqni orasida ilmli bo'lishlik, ilm bilan shug'ullanishlik, bizni tilida modniy bo'lgandan keyin shu yurt o'sadi. Bitta nobliskiy premiya olgan ham chiqib qolsin shahrimizdan. Chunki zo'r zo'r iqtidorli bolalar bor, ularga bular qaramaydi.

Ibn Sino ximiya, matematika, xandasa va boshqa ilmlarda ham faoliyat olib bordi. U kishini ayrim kitoblardan aytamiz. Kitoblari biror biror to'rt yuz tadan ko'p bo'lgan. Muxtasar al avsod fil mantiq kitobi, al mabda al ma'ad kitobi, arsodul falakiyya kitobi va u kishining eng katta va eng mashhur kitobi, bu tabobat ilmida yozgan kitobi al qonun.

Qoraxoniylar to'qqiz yuz to'qson to'qqizinchi yil Buxoroni zabt etib, Somoniylar davlatini ag'dargandan keyin, Ibn Sino hayotida ham tashvishli kunlar boshlandi. Chunki taxtini oldirib qo'ygan amirga yaqin bo'lganligi uchun bu kishini ham qamashdi. Vaholanki ilm chizishdi bu kishi. Qamashdi, keyin u kishi chiqdi qamoqdan. Chiqdi da, lekin baribir orqasidan qidirilib yurilganligi uchunga o'zini do'sti Ibn G'olib Attorni uyida turdi. Birodarini uyida majburiy o'tirishlik davrida juda ko'p kitoblarni ta'lif qildi. Ko'chaga chiqa olmaydi. Qidiruvda bo'lishiga qaramasdan, mana shunday qiyin holatda bo'lishigaqaramasdan, bekor o'tirmadi. Kitob yozdi, kitob yozdi. Kitob yozadi. Chunki bu kishilar hayotini avvalida o'qigan, to'plagan, o'qigan, toplagan, endi hayotini bir muddatga kelganda to'plagan narsasini tashqariga chiqargan.

Bizgachi? Hozir sredniy statistika bitta o'rtacha odamni qo'liga ruchka bilan qog'ozni berib, diktant yozdirsangiz, tushuninglar, savodsiz bo'lib ketdik. Savodsiz bo'lib ketdik. Bu darslarimizdan aytmoqchi bo'lgan xulosamizni yig'indisi akalar, ilmga qaraylik. Bolamizni ilm bo'lsa, unga sarflaylik. Agar yonimizda odam bo'lsa, bolamizda bo'lmasa, unga sarflaydik, qaraylik, ilmga qaytaylik birodarlar, ilm bilan yuksalamiz.

Mana u kishi o'tganiga to'qqiz yuzinchi yilda tug'ilgan bo'lsa, qancha bo'libdi? Bir ming yuz yil bo'libdimi? Bir ming yu yuz yildan beri ismi nimaga aytilinyapti? Ilmi uchun. Ilmi uchun. Pul uchun, chiroy uchun, solib qo'ygan imorat uchun, qilgan to'y mingan mashinasi uchun emas. Ilmi uchunga. Ibn Sino to'siqlarni oldida to'xtab qoladigan odam emas edi. Mana shu narsa hamma ulug'li insonlarni hayotida ko'ramiz. Muammo chiqsa, mushkula chiqsa, shart qo'lini ko'tarib taslim bo'lib qo'ygan emas. Imom Navaviyda aytdik, tirikchiligi juda og'ir bo'lgan. Bir oyda birga o'sha yer edi. Ikki haftada birga o'sha er edi. Madrasani kichkinagina bir hujrasida kul tirikchilik o'tkazardi. Qirq besh ga kirib o'lgan edi bu odam. Qirq beshat ga. Abdulqodir Jiloniyda mana kecha suhbatlashdik. Suvdan oqib keladigan yegulik narsani olib yer edi. Payg'ambarimizni zo'riyotidan bo'lgan kishi. Yirtiq yamoq kiyimlarni kiyib yurar edi. Xaroba yurardi, tomlarga chiqib tunar edi. Lekin qo'lini nima qilmas edi? Taslim bo'lib tushirib olmas edi. Bizni zamonimizga qarab turib, odamlarni besabrligini ko'rasiz da. Ozgina bir qancha yil yopqosa shart o'qish tashlab yuborgan. Domlasi bir marta qattiq gapirib qo'ysa, shart orasida kelmay qo'ygan.

Ibn Sino ikkinchi darajalik narsani, ikkinchi so'p narsani yaxshi ko'rmas edi. Abu Mansur Jibaxiy bilan nahu ilmida arab tilida bahs qilib qoldi. Bahs qilib qildi, yengilib qoldi. Jibaxiy lug'at ilmida kuchli ekan. Endi Ibn Sino bunga ko'nmaydi, bunga rozi bo'lmaydi. Qanday qilib mag'lub bo'lib qolaman? Qanday qilib past kelaman bu masalada? Dedada uch yil faqat arab tili bilan shug'ullandi. Uch yil faqat lug'at ilmi bilan mashg'ul bo'ldi. Natijada arab tilini eng qadimiy bir nozik, g'arib so'zlarini o'qib o'rgandi. Va mana shu uch yilni ichida uchta qasida yozdi, uchta kitob yozdi, ichida qasida arab tilida. Qasidasi bor, uchta kitob yozdi da, shu eski, qadimiy so'zlardan ichiga yozdi. Bir varaqqa ana shu qasidalardan bittasini ko'chirib turib, qadimiy g'arib so'zlari bor. Haligini ustiga suv sepdi. Ho'l bo'lgandan keyin quritdi. Yana suv sepdi, quritdi, optoy qo'ydi. Xullas, uzoq, ya'ni qadimgi varaqlarga o'xshab qoldi. Keyin podshohni huzuriga kirgizdi maktubni. Jibaxiy shu yerda o'tirgan edi. Imom Ibn Sinoni yengib qo'ygan. Podshoh uzatib turib, bu tilshunos olim da, qani o'qib bizga sharhlab bering chi degandi, o'qib sharhlab bera olmadi.

Shunda Ibn Sino o'zi keldi da, o'zi sharhlab berdi demak. Va keyin aytdi buni o'zi yozganligini. Yana aytmoqchi bo'lganimiz, Ibn Sino doim yuqori narsalarga intilib yashagan. Himmati oliy bo'lgan. Ikkinchisi so'rt narsaga ko'nmagan. Past narsaga ko'ndaylik. Tushadigan joyimiz plyonpusga tushib qoldik uje. Dunyo bozorida, ummatlarni orasida qaraydigan bo'lsangiz, biz polda turibmiz o'zi. Endi ko'tariladigan payt keldi. Ilm bilan, ma'rifat bilan, dinimiz mahkamushli bilan bo'ladi.

Aqulu qovli ha davo astag'firulloh ili valakum. Bismillahir rohmanir rohing. Asrorul uzomo, ulug'larning sirlari deb nomlangan darsimizni navbatdagisi, kecha tabobat ilmining sultoni. Abu ali ibn sino haqida dars boshlagan edik. U kishining yoshligi, ilm olishligi, u kishining iqtidori, aqliy imkoniyatlari haqida batafsil to'xtalib o'tgan bo'ldik. Mana endi birodarlar davom etkazamiz. Demak, Abu ali ibn sinoning laqabi shayxur rais. U kishi astronomiya ilmini ham yaxshi ko'rib o'qib o'rgandi. Sakkiz yil shu ilm bilan mashg'ul bo'ldi. Mana shu ilmga oid bo'lgan kitoblarni o'qidi, xususan Ptolomeyni va boshqa olimlarni kitoblarini o'qidi. Va juda qisqa muddatda mana shu astronomiya ilmiga atab yozilgan Al Insof Il Arsot kitobini yozdi. Ya'ni astronomiyada ham ilmga ega bo'lgan va kitob yozgan. Demak, ilm ketidan ilm o'rgangan, bitta ilm bilan to'xtab qolmagan, hamma ilmlardan kerakli miqdorda u kishida bo'lgan, lekin asosiy ishi baribir tabobat edi, meditsina edi. U kishini qilgan mana tabobatga taalluqli bo'lgan kashfiyotlari, ilmiy izlanishlari juda ham ko'p, ayrimlarini o'qib o'tamiz.

Ibn Sino birinchi bo'lib kasalni bir odamdan ikkinchisiga yuqish degan haqida so'z ochgan edi. Kasalni yuqmaydi deb ishonadi u davrdagi odamlar. Diabet, saxr. Diabet kasalligini u siydikni holati, shu jumladan, undagi shirinlik moddasiga qarab tashxis qiladi. Diabet kasallikida siydikda qand moddasi bo'lishini bir ming yetti yuz yetmish beshinchi yilda ingliz olimi aniqlagan edi. Ya'ni bularni kashfiyoti bo'lib ketdi, lekin o'zi asli bu ingliz olimidan yetti yuz yil avval Abu Ali Ibn Sino bu haqiqatni kashf qilib qo'ygan edi. Tabobat tarixida birinchi bo'lib Ibn Sino vavo bilan o'latni o'rtasini farqlab bergan edi. Meningit, oshqozon yarasi, sariq kasalligi, plevirid moxol, zahm, qizamiq, suv chechak, kuydirgi kabi kasalliklarni belgilashdi va ularni kechish jarayonini puxta qilib tasvirlab bergan edi. Qutirish kasalligining ko'rinishlari, uni yuqumli xarakteri bemorning bu kasallikdagi holatini juda to'g'ri aniqlab bergan edi. Keyin bir ming sakkiz yuz to'rtinchi yilda, sakkiz yuz yildan keyin, yevropalik olim tsinka qutirgan hayvonni so'lagi yuqumli ekanligini tasdiqlagan edi.

Qaranglarda, yangi har qanday narsa yaxshilab unutib olgan eski narsa degan gap bor. Tushunarli bo'ldimi? Avval bu narsa bo'lgan, yaxshilab esdan chiqarib yubordik, buni yangilik qilib kashf qilib kelishdi. Abu Ali ibn Sino ulardan yetti yuz yil, sakkiz yil urib bu narsani kashf qildi, lekin siz bilan biz buni ko'tarib chiqmaganimiz uchun g'arblar bizni kashfiyotni ko'tarib chiqing, nima turibmiz bu yerda?

Yelka suyagini chiqishini oddiy bosish yo'li bilan davolashlik ham ibn sinoga tegishli. Hozirgacha mana shu uslub aviatsena usuli deb ataladi. Umurtqani qiyshayishini ibn Sino o'zi ixtiro qilgan yog'och moslama yordamida tuzatgan. Bu usulni o'n beshinchi asrda fransuz tabibi kalla yana qaytadan kashf qilgan. Yana qaytarib aytyapmiz, bizni bobokalonimiz kashf qilib qo'ygan narsani, biz o'rganib, olib chiqib taqdim qilmadigan xalqqa, loyiqa dunyoga, boshqalar kashf qilib, yana u kishini qilgan kashfiyotlardan bittasi, suyaklarni gipslash usuli ham ibn Sino tomonidan keng qo'llangan. Lekin keyinchalik bu uslub esdan chiqib ketgan. Yevropalik tabiblar tomonidan bir ming sakkiz yuz ellik ikkinchi yilda yangi ixtiro sifatida olamga taqdim qilingan.

Jarrohlikda anesteziya masalasiga ham alohida e'tibor bergan. Haligi og'riqni sezdirmaslik uchun ishlatilinadigan narsa. Anesteziolog deydi, anesteziologiya bo'yicha Ibn Sino katta e'tibor bergan shu masalaga. Buning uchun u afyun, ming devona, nasha va hokazo narkotik ta'siriga ega bo'lgan dorilardan foydalangan. U kishini ishlaridan yana bittasi, kasallikni davolashda Ibn Sino shaxsiy gigiyenaga alohida e'tibor berishligini ta'kidlagan. Hamda uyquni tartibga keltirish va jismoniy mashqlarni ahamiyatini katta ekanligini uqtirgan. Nimani ahamiyatini?

Sportda. Mana Ibn Sinoni hikmatlarini ham o'qib beraman, suhbatimiz oxirida. Hozir mana ayni mana shu sportga taalluqli, jismoniy mash'larga taalluqlik bo'lgan ayrim hikmatlarni o'qib berman. Bu tabiblarni tabibi, tabiblarni ustozi sport haqida nima deyapti? O'z vaqtida meyori bilan badantarbiya qilgan odamga dard yaqin yo'lamaydi. To'g'rimi doktorlar? Meyorida, o'zini o'rnida, jismoniy mashqlar bilan shug'ullangan odamga dard, yaqin yo'l ham emas. Masalan shu yugurishlik bilan, terlashlik bilan, jismoniy harakatlar bilan juda ko'p kasallarni oldi olinadi.

Yana aytar edi. Badan tarbiya bilan mashg'ul bo'linsa, hech qanday dori darmonga zarurat qolmaydi. Buning uchun muayyan bir tartibga rioya qilishlik ham shart. Endi sport ekan deb turib, bir yo'li o'lib yubormasin. Mana shu sport bilan doimiy shug'ullanayotgan bir jamoa akalarimiz bor, yosh ellik yil ustida. Shulardan bittasi yigirma ming so'm, yigirma ming sonli ukol olardi ekan. Bir yil, bir yarim yil o'sha timroqga kelib shug'ullanib yurib, shu dorilarni olmay qo'yibdi. Tushuninglar, yigirma million so'mlik ukol bilan yurar ekan, shuni qilmasa bo'lmaydi bir yilga. Tushuninglar akalar, sportga qaytish kerak. Bu haligi yoshlar qiladigan ish emas. Bu har bitta musulmon qilishi kerak bo'lgan narsa.

Bolalarni tarbiya qilaman demanglar, ular baribir sizlarga o'xshagan bo'ladi. Shuning uchun o'zinglarni tarbiya qilinglar deyapti haking. Bolangni tarbiya qilaman dema, baribir senga o'xshagan bo'ladi. Sen o'zingni tarbiya qilib. Shunda bolangni tarbiha qilgan bo'lasan. Bolam, bu sigaret yomon narsa. Chehmagin. Deb tursa. Sport bilan shug'ullanishlik kerak desa yu, chiqib o'zi bir to'rt qadam yugurib qo'ya olmasa.

Mana shu sport bilan shug'ullanishlik, birodarlar, bir qandaydir kollektivga qo'shilib olishlik kerak. Chunki uyda begovoy darajkasi bor odamlar eshitib turinglar. Olganinglarda uzog'i bir hafta yugurgansizlar. Yo ko'proqmi? Xo'p, shunaqa, bo'pti, bir hafta deylik. Begovoy darajgani falon pulga qiziqib olib olganlarni to'qson to'qqiz foizini uyida chang osib turibdi. Shu gapim to'g'ri bo'lsa qo'l ko'tarib qo'yinglar.

Uyiga turnik qilib qo'yganlar. Bir oyda necha marta osilasizlar? Agar siz o'sha bir sport bilan doimiy shug'ullanadigan bir jamoaga a'zo bo'lib olsangiz, bir kollektivga, hayrullang, nima kelmayapsan? Kelmasang besh yuz so'm shtraf deydi da, holimizda nima qiladi? Qista olib ketadi. To'g'ri aytyapmanmi? Hatto ayrim akalarimizni ko'rdik, garderobini almashtirishga to'g'ri keldi. Chunki shunaqa semirib ketgan, kiyimlari katta. Keyin haligi kostyumini kiysa, xuddi akasini kostyumini kiyganday bo'lib qolgan. Tushuninglar akalar, sport bilan shug'ullanishlik bizni xohishimiz, bizni nimamizdagi ixtiyorimizdagi narsa emas, biz vojib bu. Tushuninglar, siz o'zingizga sog'ligingiz kerak bo'lmasa xotiningizga kerak. Bolalaringizga keraksiz, jamiyatga keraksiz. Tushuninglar shu narsani. Mana Ibn Sino aytyapti. Badantarbiyani tark etgan odam aksari xarob bo'ladi. Zero harakatsiz qolgan a'zolarning quvvati zaiflashadi. Suyak unga doim nagruzka kelib ezilib tursa, quvvat olar ekan.

Suyakka yuk tushib tursa, ineg quvvatli bo'lar ekan. Bekorchilik va ayshi ishrat nafaqat nodonlik olib keladi. Ayni vaqtda kasallikning tug'ilishiga ham sabab bo'ladi. Demak, Ibn Sino mana shu jismoniy mashg'ulotlarga, sportga juda ham qattiq e'tibor bergan.

U kishini ishlaridan Ibn Sining bir kasallikni, boshqa bir kasallikni chaqirish yo'li bilan davolash uslubi ham e'tiborga molik. Bitta kasaldan qutilishlik uchun ikkinchi kasalni yuqtirish kerak. Masalan, u tutqanoqni davolashda to'rt kunlik isitma bilan og'rishni foydalida biladi. Tutqanoqda davolayotganda to'rt kun isitmaga kirsin der ekan. Chunki to'rt kun ustima bo'lganda, demak shu tutqanoqda nima qilar ekan, yengib yuborar ekan. Endi qarab turing. Mana shu uslubni qo'llab, avstraliyalik psixiatr Vagner bir ming sakkiz yuz ellik yetti, bir ming to'qqiz yuz qirqinchi yilda yashagan. Shu uslubni qo'lladida zahm kasalligini nima bilan davoladi? Bezgak kasalini yuqtirish bilan davoladi. Bir ming to'qqiz yigirma yettinchi yilda Nobel mukofotiga ega bo'ldi. Bizni bobomiz keltirib qo'ygan uslub bilan bir kasalni davolashiga uchun boshqa kasalni yuqtirdi, Nobel mukofotigaga ega bo'lding.

Mana shuncha ilmlardan xabardor bo'lgan, lekin asosiy ishi tabobat bo'lgan. U kishi o'zini asrini birinchi raqamli tabibi bo'lgan edi. Birinchi raqamni tabibi. U kishini kitoblari boshqa tillarga tarjima qilinganidan keyin to'rt yuz yilgacha yer yuzidagi birinchi tabib o'rnida turdi. Musulmon La ilaha illalloh Muhammadur rasululloh degan, Qur'onni o'n yoshigacha yodlagan, besh ma'no namoz o'qigan, ro'za tutgan, zikr aytgan, sunnatlarga amal qilgan olim, olim to'rt yuz yilgacha yer yuzining eng birinchi raqamli tabibi bo'lib turibdi, birodarlar. Din to'smaydi, din rivojlantiradi ilmni, din ilmga turtiydi odamlarda. Diniy bilimni o'qisang to'xtab qolasan, unaqa gap yo'q. Agar diniy bilimni olib turib, dunyo bilimiga intilmayotgan bo'lsangiz, diniy bilimni tushunmabsiz siz. Siz o'zingizga kerak bo'lgan farzi ayb bo'lgan ilmni o'rgandingiz. Endi qolgani farzi kifoya diniy ilmda. Bir toifa odamlar katta diniy ilmda chuqurlar bilan shug'ullansa, qolganlardan soqit, endi chiqing, dunyo ilmiga ham o'ting, agar qo'lingizdan kelsa.

Ibn sinoning eng mashhur kitobi al qonun va imom rozining, mana shu eng mashhur kitobi, al mansuriy fitib. Mana shu ikkala kitobi o'n yettinchi asrgacha Yevropaning eng katta jomiyalarida o'qitiladigan asosiy kitob bo'lgan edi. Biz hozir nima kimlarga murojaat qilyapmiz? Falonchini kitobi, pokunchini kitobi deb turib g'arbni olyapmiz da. Lekin ular birodarlar o'n yettinchi asrgacha bizni bobokalonlarimizni kitobini o'zlariga asosiy manba deb bilgan.

Ximiya sohasidan bu kishi izlanishlar olib borgan. O'zini xos laboratoriyasi bo'lgan edi. Juda ko'p ilmiy tajribalarni o'tkazar edi. Ibn Sino yana ta'lim tarbiya ilmida ham olimlardan edi. U kishini astiyasada nomlanadigan kitobi bor. Mana shu bir inson tarbiyasi, farzandlarni tarbiyasiga alohida mana shu to'xtalib o'tgan shu kitobidan. Ibn Sino fikriga ko'ra, bolani tarbiyasi uni hayotini avvalidara bo'lib, keyin to'xtab qoladigan narsa emas edi. Ibn Sino nazarida tarbiya bola tug'ilgandan boshlab, jamiyatga kirgungacha bo'lgan davrda davom etadigan ish edi.

Yana alohida aytadigan gapi tarbiyada. Bolani maktabga borishdan avvalgi davrida ruhiy va zehniy tomoniga ko'proq e'tibor berishlik kerak edi. Mana shu davrda bolani shaxsiyati shakllanadi. Birodarlar yetti yashargacha dunyoqarashi shakllanadi. Yetti yashargacha oq qorani ajratadi. Yetti yashargacha yaxshi yoki yomon odatlarni o'ziga yuqtiradi. Shuning uchun yetti yashargachacha posh shohroqqa muomala qil deganmiz ota bobolarimiz.

Endi ilm o'qitishlik, ta'lim masalasida esa, Ibn Sino fikri, hammaga bir qolibdagi shablon uslubida dars berishlikni to'g'ri deb bilmas edi. Balki har bitta bolani iqtidori, qobiliyati va nimaga moyilligiga qarab turib alohida unga ta'lim berishlik kerakdir. Ya'ni tilga qiziqadigan bo'lsa, ko'proq urg'u tilga berilsin. Matematikaga iqtidori bo'lsa, ukron qayoqqa bo'lsin? Matematikaga bo'lsin.

O'quvchiga mukofot va jazo uslubini ham u kishi qo'llashlik kerak deradi. Endi jazo deganda u bir etini sindirib yuborish, jonini achitish, hali achchig'ingizni unga chiqarib olish emas. Qilgan xatosini tushuntirib qo'yishlik. Agar xato qilgan bo'lsa, undan domla yuz o'girib olishi, gapirmay qo'yishi, o'zidan nari qilishi, ogohlantirishi, shunda ham bo'lmasa bir yengil nima qilishi? Kaltaklashligini Ibn Sino kerak degan ekan. Maqsad, maqsad jonini orttirib sindirib qiynashmas, xato qilganligini muloyimlik bilan nima qilish, tushuntirishlik.

Ibn Sino, Alloh uchun rahmat qilsin. Yashagan davri siyosiy barqaronsizlar davri edi. Inqiloblar, qo'zg'olonlar, urushlar, ammo bu narsalar Ibn Sinoni o'zini ilmiy faoliyatini yurishlikdan to'xtatib qo'ygani yo'q. To'rt yuz ellik taga yaqin kitob yozgan. Oltmish ga kirmagan odam. Shundan ikki yuz yetmish to'rt tasi bizni davrimizgacha yetib kelgan. Bulardan sakson tasi falsafaga tegishli bo'lgan, qirq tadan ko'prog'i tabobatga oid bo'lgan. Yana undan tashqari u kishi yozgan kitoblari qaysi fanlar bo'yicha edi? Mantiq, psixologiya, tibbiyot, astronomiya, matematika, musiqa, kimyo, axloq, adabiyot va tilshunoslik.

O'zi bitta universitet bo'lgan ekanmi? Mana shu ilmlarda bittasi bitta fakultet, bilasizlarmi? Filosofiya fakulteti deydi, tibbiy ot fakulteti deydi. Matematika fakulteti deydi , ximiya fakulteti deydi qarang da. Bu odam o'zi bitta universitet bo'lgan. Yana oltmish ga kirmagan bu kishi vafot etgan edi. U kishining falsafasi haqida siz aytadigan bo'lsak, bu juda ham darsimiz cho'zilib ketadi. Mana u kishining ayrim hikmatlarini o'qib beraman. Hikmatlari. Hikmat nima? Kishi o'qib o'rganib, yillar davomida to'plagan aqliy boyligi. Mana hozir eshitaylik, Ibn Sino'ni mana shu to'plagan boyligi bizga ikki qator, uch qator so'zda namoyon bo'ladi. U kishi aytar edi ilm narsalarni inson aqli yordami bilan o'rganishlikdir.

Yana aytar edi kundalik rizq haqida ko'p qayg'uraverma. Shu bilan mol orttiraman deb o'zingni qiynayverma. Chunki har kim o'zining nasibasidan ortiq bir dona ham don yeya olmaydi. Moli dunyoying seni aldamasin. Chunki asragan moli dunyoyin boshqalarniki bo'ladi. Ularni sarf eta olsang, o'sha seniki bo'ladi. Ishlatmading, to'plab qo'yib ketdingmi, boshqalarga o'tdi.

Kishi uchun eng foydali dilni yorituvchi narsa qanoatdir. Eng zararli, nafratli narsa xirs va g'azabdir. Boshqalarda ko'rganni juda qattiq istamasliging ham qanoat hisoblanadi. Ya'ni kuningga rozi bo'lish deganida, ruchiy. Ey hoyu havasga berilgan nafs, ey hoyu havasiga berilgan nafs tez bo'l. Chunki sen bir nafasning himoyasidadirsan.

Nima degani? Seni ushlab turgan narsa bitta nafas. Kirdi, chiqmay qoldi, tugading. Chiqdi, kirmay qoldi, tugadding. Sen o'zi bitta nafasni hukmida turibsan. Tezroq bo'l, ya'ni savobli ishlarni qilishlikka. U kishini bir ajib so'zlaridan. Men ko'p joylarni kezdim va olam ahvoliga qaradim. Unda hayronlik kaftini iyagiga tirovchi yoki pushaymonlik barmog'ini tishlab turishidan boshqani ko'rmadim.

Odamlar shu ikkitadan bittasi ekan. Yo hayotni ishiga hayronlov bo'lib turganlar yoki o'tkazgan kuniga pushaymon yeb barmog'ini. Tishlab turganlar. Jur'at degan narsani o'rganaylik. Jur'at. Qo'rqmaylik bir narsani qilishlikka, hisob kitobni qildik, rashshot qildik, tavakkal qilib kirishib yuboraylik. Yetti oylab bir kes deyiladi. Bizda shu yetmish yetti marta o'lchab turib, bir marta ham kesmaydigan bo'lib ketgan odamlar.

Yetti o'lcha bir kesish kerak. O'lchashda maqsad nima edi? Kesish edi. Qarang. Odamlarning botiri kelajakdagi ishlardan qo'rqmaydi. Odamlarning bo'tiri kelajakdaki ishlardan qo'shmaydi. Kamolot hosil qilishdan chetlangan kishi odamlarning eng qo'rqog'idir. Biznes qilyapmiz, sport bilan shug'ullanyapmiz, ilmga kirishyapmiz, nimadir qilyapmiz. Shunda ikkilanish paydo bo'ladi. Bo'larmikin? Qanaqa bo'lar ekan?

Qadam bosib ko'ring da. Siz sababini qilib Allohga tavakkal qadam bosing da, Alloh shunaqa iqtidoringizni ochib qo'yadi. U iqtidor qachon ochiladi, bilasizmi? Burchakka taqalganingizda. Odamlarning botiri kelajakdagi ishlardan qo'rqmaydi. Kamorot hosil qilishdan chetlangan kishi, odamlarning eng qo'rqog'i.

Falak juft soqqaga o'xshaydi. Olam uning taxtasiga. Ajal o'ynaydi, bizlar donaihom. Har kim hodisalardan ibrat ola bilsa, ya'ni boshidan o'tkazgan kunlardan tajriba chiqarishni, xulosa chiqarishni bilsa, ov olganlarda tajribasidan foydalanishni bilsa, har kim hodisalarda ibrat ola bo'lsa, boshi qattiq otga o'xshagan bu falak, unga bo'yin sinab yuradi.

Hayo insonning abadiy go'zalligi va latofatidir. Hayosiz yuz jonsiz jasadga o'xshaydi. Mana birodarlar, ayrim hikmatlarni o'qidik. Mana shuncha ilmlarda olimlik darajasi yetgan, to'rt yuz, besh yuz yil tabobat ilmini sultoni bo'lib turgan Ibn Sino hayoti kuzatishlari, u kishining tajribalari, hikmatlari.

Ibn sino yoshi oltmish ga qarab yaqinlashar ekan, g'ayrati, shijoati so'nib qolgani yo'q. Umri davomida to'plagan ilmini ummatga hal qilib kelishlikda u kishi harakatdan to'xtab qolmadi. Ammo umrini oxiriga borganda birodarlar u kishiga bir dard yetdi. Dard yetdi, dard og'ir bo'ldi. Bir hafta yaxshi bo'lib yurardi, bir hafta kasal bo'lardi, bir hafta yaxshiroq bo'lib yuradi, bir hafta kasali bo'ladi. Xullas, o'zini davolashga kirishdi. Dorilarni ko'p iste'mol qildi, ammo foyda qilmayotganligini ko'rdi da, dardini davolashdan umidini uzdi. U kishini atrofidagi tabiblar kelib, davolamoqchi bo'lishganida, ularga qarab turib, tabobatni men o'rgatganman sizlarga. Bu dardimni davoyi yo'q dedi. Kim davololmayapti o'zini?

Davolovchi o'zi dard berdi da. Endi uni davosi faqat ajal. Keyin dedi, qora tuproq qaridan tortib, to zuhal cho'qqisigacha bo'lgan dunyoning hamma mushkul masalalarni hal qildim. Men har qanday makr va hiyla tuzog'idan qutilib chiqa oldim u, ammo o'lim tugunini yecha olmadim.

Shundan keyin g'usl qildi, istig'for aytdi, molini kambag'allarga sadaqa qildi, Allohda savob umidida qo'lidagi qo'lini, xizmatkor yigitini qo'lini ozod qildi va har uch kunda Qur'onda xatm qilishga kirishdi. Hayotini boshi Qur'on bilan boshlangan edi, birodarlar. Hayotini oxiri nima bilan tugayapti? Qur'on bilan tugayapti. Shunday qilib, tabiblarning sultoni, eng ulug' tabib, Abu Ali ibn Sino o'zini dardiga da'vo topishlikka imkoni bo'lmadi va to'rt yuz yigirma sakkizinchi yilda vafot etdi. To'qqiz yuz saksoninchi yilda tug'ilib, melodiy bir ming o'ttiz yettinchi yilda vafok etdi. Shu paytda u kishini yoshi ellik yetti yoki ellik sakkiz ga yetgan edi.

Ana birodarlar, siz bilan biz atan aytib faxrlanadigan, butun yer yuziga tabobat ilmini o'rgatgan, besh yuz yillab, olti yuz yillab yer yuzidagi birinchi raqamli tabib bo'lib turgan bobomiz Abu Ali ibn Sino rahmatullohu alayhi haqida Alloh bizga bildirgani va sizlar yetkazganga imkon topganimiz mana shu bo'ldi. Alloh subhanah va taolo ibrat olishlikni va ularga iqtidor qilishlikni hammamizga nasib etgan bo'lsin. Aqlu qoldik haada va astag'firullohu alaykum.

Keyingi darsni tinglashTobe'inlar hayoti