Bismillahir rohmanir rohim, alhamdulillahi robbil a'lamin vala aqibatu lil muttaqin. Vassalomu alayhi vassalomu ala sayyidina Muhammad va ala aliyhi va ashabiyhi ajma'in. Ummabod, assalomu alaykum va rahmatullohi varakatuh. Atoyibn abirobohni dunyo bilan muomalasi qanday edi? U kishi dunyoga kelib yuz yilga yaqin umr ko'rdi. Yuz yil yashadi.
Ustidagi ko'y kiygan kiyimi besh dirhamdan oshmas edi qiymati. Xalifalar u kishini o'ziga hamsuhbat bo'lishligini xohlab chaqirishar edi. Ya'ni yonida maslahatchi bo'lsin, vazir bo'lsin, yo'l ko'rsatadigan odam bo'lsin, hamsuhbat bo'mas edi eng kamida. Lekin o'zining dinidan xavotir olib, bu xalifalarning majlisini o'ziga lozim tutmadi. Ularni eshiklarini qoqib bormadi. Ammo, biron bir ishda musulmonlarni foydasi, islomga bir xayriyatni ko'rsa, xalifalarni oldiga albatta bordi. Endi agar bir ilmli kishi, olim kishi, bir mansab martaba egasi bo'lgan kishiga murojaat qilsa va mana shu murojaatida xalqqa foyda bo'ladigan bo'lsa, bu borishlik ma'qul ko'riladi. Chunki niyatlarni Alloh azza va jalloh yolg'iz o'zi biladi.
Atoyibdin Abiroboh Xalifa Hishom ibn Abdulmalikni majlisiga nima uchun kelgan edi? Mana, o'tgan darsimizda aytdik, Sulaymon ibn Abdulmalikk ana shu davrdagi eng qudratli podshoh, Xalifa mana shu qora habash kishini kutib o'tirdi. Hishom ibn Abdulmalik, ana shu umnoviylarni yana bitta xalifalaridan. Usmon ibn Ato al Xurasoniy aytadi, Xalifa Hishon ibn Abdulmalikni qasd qilib otam bilan yo'lga chiqdik. Damashqqa yaqinlashganimizda qora eshikni mingan bir kishiga ko'zim tushdi. Uni ustida qalin ko'ylak, jubba, boshiga yopishib turgan salla, uni odamni ko'rib kuldim. Ey ota, bu kim desam, jim bo'l o'g'lim. Bu Hijozni faqihlarining saidi, Ato ibn Abirabog' dedi. U bizga yaqin kelganida otam o'zini xachiridan, u kishi o'zini eshakidan tushdi. Bir birini quchoqlab, hol ahvol so'rashdi. So'ngra yana ulovlarga minib, yurib, xalifaning qasri eshigi oldiga to'xtadik.
Izn berildi. Bu qisini rivoyat qilayotgan Usmonovning ato tashqarida qoldi. Otasi bilan, Ato ibn Abirobohga kirib ketdi. Alloh xohlaganicha o'tirishdi, so'ngra xalifaning huzuridan chiqishdi. Otam chiqqandan keyin, nima bo'ldi u yerda? Aytib bering deb so'radim. Otam, unga kirishga izn berildi. Vallohi men u bilan birga bo'lganim uchun unda kirdim.
Ya'ni Ato bilan birga kirganim uchun kirib qoldim. Bo'lmasam kirgizishmas edi men. Xishom xalifa Atoyini ibn Abirabohni ko'rib, marhabo, marhabo deb o'zini yoniga chaqirib, to so'risiga o'tkazgunicha, bu yoqqa keling, bu yoqqqa keling deyishdan to'xtamadi. Shunday yaqin o'tirdiki, Atoid ibn Abirabohni tizzasini xalifaning tizzasiga tegizib o'tirdi. Bu majlisda kibor kishilar, ashraflar gaplashib o'tirishgan edi, bu ulug' tobenki deganda hammasi jim bo'lishdi. Xalifa, Hishom, unga qarab, ey Abu Muhammad, nima hojatingiz bor, ayting dedi. Atoid nabiraboh, ey amirul al mo'miniyning ikki haram ahllari, makka va madina ahli. Allohning ahllari, Rasulullohning qo'shnilaridir. Ularni maoshlarini va atoiyatlarini taqsim qilib bering dedi. Xalifa, ha, ey g'ulom, yoz. Makka va Madina axllarining maoshlarini bir yilligini avvaldan berishlik deyapsiz.
Hishom so'radi. Ey Abu Muhammad, bundan boshqa hojatingiz bormi? Ha, bor. Ey Amirul mo'miniy. Hijoz ahli, Najd ahli, ular arablarning asli va Islom boshliqlaridir. Sadaqadan ortiq narsalarni ularni o'zlarini yeridan qoldiring. Ya'ni ulardan oladigan bizni tilda naludi berish kerak bo'lgani oling da, oshchasini o'zlari yerga qoldiring deb. Hishom aytdi, ha, ey g'ulom, yoz. Ularning sadaqalaridan ortig'i o'zlariga qodir o'zi.
Hishon yana aytdi, ey Abu Muhammad, bundan boshqa hojatingiz bormi? Atoyib Nabiraboh, ha, ya'ni ummening. Chegarada turgan musulmonlar, chegarachilar. Ular musulmonlarning dushmanlarini ro'parasida turadi. Musulmonlarga yomonlik qilmoqchi bo'lganlar bilan jang qilishadi. Ularni nafaqalarini bering. Ular yordamga muhtoj. Agar ular halok bo'lishsa, chegara zoye bo'ladi, dedi.
O'ziga bir narsa so'rayaptimi? Aytyapmiz ku, bu kishilar, xalifalar o'zlari chaqirsa majlisiga, ulardan ta'ma qilmay, ularni oldiga borsam dunyo fitnasiga kirib qolmaydi, bu ulug' insonlar o'zlarini olib qochgan ekan. Hishom aytdi. Ha, ey g'ulom, yoz, ularning maoshlari berilsin, dedi. Hishom yana so'radi. Ey Abu Muhammad, bundan boshqa yana hojatingiz bormi? Ya'ni o'zingizni hojatingiz borman.
Ha, dedi. Ahli zimmalar, dedi. Zimmiylar, ya'ni musulmonlarning yurtida yashayotgan g'ayridin kishilar. Musulmonlarda himoyasida, musulmonlarda hukmi ostida yashayotkan g'ayridinlar. Ahli zimma. Ularni toqati ko'tarmaydigan narsaga buyurmang, dedi. Xishom aytdi. Ey g'ulom, yoz. Ahli zimmalarni toqatlari ko'tarmaydigan nasiga buyurilmasin, dedi.
Xishom yana so'radi. Ey Abu Muhammad, bundan boshqa yana hojatingiz bormi? Ha, dedi, atoyi ibn Abirod bor. Ey Amirul mo'miniy, Allohda qo'rqing, dedi. Bilingki, yolg'iz holda yaraldiz. Yolg'iz holda vafot etasiz. Yolg'uz holda tirilasiz va allohni oldida yolg'iz hisob kitob qilinasiz. Va allohi vafot etayotganingizda, qayta tirilayotganingizida, hisobga tortilgan kuningizda, mana bu siz ko'rib turgan odamlarni birontasi yoningizda turmaydi dedi.
Xalifa yig'ladi. Xalifa yiqiladi. Atoyi ibn abiroboh esa. Turib majlisdan chiqib ketdi. Qarang qanaqa odamlar bo'lgan. O'ziga biron bir dunyoni matohini, dunyoni bir, e, muallif dunyosini so'rayotgani yo'q. Men unga ergashdim. Eshik oldiga kelganimizda, ortimizdan bir kishi yetib keldi da, qo'lida bir xolta bor edi. Nimaligini bilmayman.
Atoyim nabirovohga uzatuvdi, nima bu dedi? Xalifasiga shu narsani hadya qildi dedi. Ato hayhot, men sizlardan ajr so'ramayman, mening ajrim robbil va alaminning zimmasida dedi. Dedi chiqib ketdi. Xalifani huzuriga kirdi, ammo o'zini hojati, o'zini kamchiligini gapirishlik uchun emas. Nima uchun kirdi?
Musulmonlarni ehtiyojini gapirishlik shu uchun. Atoydin abiraboh necha yil umr ko'rdi? Hayotini nima bilan to'ldirdi? Bu ulug' inson yuz yil umr ko'di. Abdulloh ibn busur aytadiki, bir a'robiy payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan so'radi.
Yo rasululloh, dedi a'robiy, men xoyrunnas. Odamlarni yaxshisi qaysi odam? Qaysi odam odamlarni yaxshisi? Qoli rasulullohi sollallohu alayhi vasallam, men paolo umruh va haso una amaluhu. Umri uzoq va amali chiroyli bo'lgan kishi edi.
Umr uzoq bo'lsa, naqadar yaxshi. Yana bu uzoq umr yaxshi amallar bilan o'tkazilgan bo'lsa, nachadar go'zal. Nima yomon? Uzoq umr bo'lib turib, gunoh ma'siyatlar bilan tug'ilgan bo'lsa, mana shu umr yomon. Ko'rib qolasan, bir oyog'i go'rga osilib qolgan bo'lsa ham, yoshi bir joyga borgan odamlar qarilikni tan olishlikni xohlamasdan, yigitlardek kiyinib, lekin yigitlarday mashkaga kelmaydi.
Ozod akada o'tiradi, har xil bir o'yinlarda o'ynab. Somoralarda o'tiradi. Alloh taoloning toatida bo'lgan uzog'i mudir, naqadar go'zal. Aksincha ma'siyat ustida bo'lgan yomon uzun umr, naqadar yomon. Bu umr ham ajoyib narsada. Kimdir yetmish sakson to'qson yuz yosh yetadi. Kimdir yoshligida o'tib ketadi. Alloh taolo Qur'onda shunday deydi: astayidu billa va ming kun men yurot du ila ardalil umri likayla ya'lamamin ba'di ilmiy shay'a innallohu alayhi mun qodir. Sizlarni ichinglarda ayrimlar ertaroq o'tib ketadi.
Sizlarning orangizda yoshlikdagi go'zal, totli hayotdan keksalik paytidagi eng tuban kunni ko'rishga, ya'ni o'zini o'zini boshqara merosha qiladigan holatga qaytarilib, ilgari bilgan narsalarning barchasini unutib yuboradigan kishilar ham bordir. Ovoz zo'r bo'lgan, yerni ushlab kindigi bo'lsa uzib oladigan bo'lgan, mana shuni kuch quvvatli, chiroyli, totli shirin hayotdan keksalik, qarilik umriga boradiki, o'zini ham boshqara olmay qoladi odam. Tishlari yo'q, oshqozon hazm qilavermaydi, oyoq qo'l ovolgidaq emas. Ammo mana shu qarilik hayoti ibodat bilan o'tayotgan bo'lsa, naqadar chiroyli bo'ladi bu qarilik.
Shuning uchun yigitlar, biz yoshligimizni Allohga bo'lgan toat bilan o'tkazishga xaris bo'laylik. Agar shunday qila olsak, qariligimizgacha juda katta bir zaxira to'plab qo'ygan bo'lamiz. Ana sog'liq kishilardan biri qari, o yoshi yetmish sakson ga borganda ham, jismonan sog'lom ekanligini ko'rib hayron bo'lgan yoshlar. So'rashgan. Ko'zlari tiniq, tishlari joyida, tili, ko'zi quloq, hamma a'zolari joyida. Qanday qilib erishdingiz bu narsaga?
Javob berdi u sonli kishi. Bu a'zolarda hammasi omonat edi. Til, ko'z, quloq, oyoq, qorin. Bu omonatni Alloh Taolo bizga qo'yganida, yoshligimizda u omonatga xiyonat qilmadik, saqladik. Alloh qariganimizda bizga bu a'zolarni saqlab berdi. Shuning uchun yoshligimizni Allohni tog'atiga sarflaylik, birodarlar.
Kim Qur'onni yoshligida ta'lim olsa, birodarlar, bu Qur'onni ta'lim olgan ham umrini oxirigacha bu Qur'ondan foydalanadi. Atoyim Nabirovoh yuz yil umr ko'rdi. Yuz yil umur ko'rdi. Hayotini ilm, amal, taqvo, poklik bilan to'ldirdi. Hayotini odamlarni qo'lida zohid bo'shlik bilan o'tkazdi. Allohni huzuridagi narsaga umid bilan o'tkizdi.
Xullas. Bu ulug' tavbiyin o'zi qora havashi edi. Uni oldiga borgan xalifaga nimani vasiyat qildi? Sulaymon ibn Abdulmalik bu Atay ibn Abirabohni oldidan o'tib, o'g'liga javob berib, nasihat qilib, ey o'g'lim, ilm o'rganing. Ilm tufayli kishilar sharafli bo'ladi. Hech kim tanimagan kishilar ilm tufayali mashhur bo'ladi. Ilm tufayli qullar podshohlar martabasiga ko'tariladi.
Ilm o'qiy ekanlar. Ilmga hamma yog'imizni bersak, ilm bizga ozgina narsasini beradi. Ilmga ham yog'imizni bersangiz, ilm ozgina narsaini beradi. Agar ilmga ozgina vaqtimizni bersak, bilm bizga hech narsasini bermaydi. Mana ilm o'qib ketgan ukalarimiz. Qur'on o'qiyapsizlar, hadis o'qiysizlar, tavsiyada ustozlardan biri ilm, ma'rifat, axloq, huquqni o'rganasizlar. Mana shu ilm majlislaridan uzoq bo'lgan o'zingizni tengiz bilan o'tirib bir soat gaplashinglar.
So'zga quloq tuting da. Gapida ma'no bormi? Fikrlari to'g'rimi? So'zlari joyidami? O'lchovlari to'g'dimi? Nima g'am bilan yashayapti? Albatta ilm o'qiyotgan yigitlar bu so'zni farqiga boradi. Chunki shu ilm majlisidan uzoq yurgan bolalarni na qilayotgan ishida, na gapirayotgan gapida, na orzu umidlarda bir mantiq ma'ni bor.
Buni yana qaytarib aytaman, ilm o'qiyotganlarga biladi. Hattoki mana shu hozir men aytgan narsani ham hamma tushunavermaydi. Alloh Taolo aytadi, bilgan zotlar bilan bilmagan kimsalar barobar bo'lurmi? Albatta aql egalari bu narsadan ibrat xulosa oladi. Alloh Subhanah va Taolo mana shu ulug' kishilarni hayotini o'qib o'rganib, ularga iqtidor qilib yashashlikni barchamizga nasib qilgan bo'lsin. Aqulu qovli haada va astag'firulloh alayh va alaykum assalom.