Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbina a'lamin vala aqibatu li muttaqin. Vassolatu vassalomu ala sayyidina muhammadin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammavar. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vas salom aytadilar, may yuverdillahi behi hayron, yufaqih hufiddin. Muttafakkul alik bo'lgan hadis. Alloh qaysi bir bandaga yaxshilikni iroda qilsa, uni dinda faqih qilib qo'yadi. Ya'ni dinni tushunadigan kishilar qatoriga qo'shib qo'yadi, fiqh ilmini egasi qilib qo'ygadi. Biz tarixini o'qib o'rganayotgan Abu Hanifa rahmatulloh alayh haqiqatdan Alloh Taolo u kishiga yaxshilikni ravo ko'rgan kishilardan biri. Bu kishi haqida har qancha gapirsak oz. Bu inson ulug' imom, mushtohidlar sultoni, zohid, orif, imoma a'zam, Abu Hanifa, no'monu sobir hazratlari.
Barcha faqihlar, barcha mushtohid olimlar, bu kishini ismini hurmat bilan tilga olishgan. Shofiy mazhabining asosiysi imomi shofiyning Abu Hanifa haqida aytgan ushbu so'zi yetarli baho bo'ladi. U kishi aytadilar, an naso realun fil fiqh ala abiy hanifadan.
Fiqh ilmida barcha odamlar Abu Hanifaning boqimandalaridir. Ya'ni insonlar fiqhni o'rganmoqchi bo'ladigan bo'lsa, kim fiqhdan bahra olmoqchi bo'layotgan bo'lsa, albatta Abu Hanifadan foydalanadi. Chunki bu kishi fiqh ilmidan eng yuksak cho'qqiga ko'tarilgan ulug' insonlardan hisoblanadi. Qolgan uch mazhab sohiblari ham, uch mazhab egalari ham bu kishini o'zlariga ustoz deb biladi. Hozirgi kunda zamonimizda o'zlarini Qur'on va sunnatdan gapiryapman deb, shunday bir toifalar paydo bo'lib qolganki, mana shunday bir buyuk imomimiz haqida noma'qul so'zlarni gapirayotganligi qulog'imizga chalinib qoladi.
Ya'ni bu odamlar haqida gapirishlikdan avval, bu odamlarni qilgan mehnati, bosib o'tgan yo'li, o'qib o'rgangan ilmini, agar yuzdan birini qila olganida shular, gapirishlikka og'iz juftlashsa to'g'ri bo'ladi. O'tirib olgan odam, yurib ketayotgan odam qoqilsa, oyog'i chang bo'lsa, kiyimi qandaydir g'ijim bo'lsa, o'tirib olib baho bersa, aytilinadi, sen o'zing tur, yurib ko'r. O'rningdan turib ko'r, sen turmasdan turib qanday yurgan odam haqida sen muhokama qilasan? Deyilganidek, mana shu buyuk imomimiz haqida noma'qul so'zni aytayotgan odamlar ham paydo bo'lib qoldi zamonimizda.
U kishining hayotini o'qib o'rganishlik bilan, inshaalloh, ana shu kishilarga ham bir javob chiqsa, yoki siz bilan bizda ham bir qandaydir savollar bo'lsa, shularni bir javobini o'rgansak, foydalan holi bo'lmaydi. U zotning ismi No'mon ibn Sobot ibn ul Marzuba. Kuniyalari Abu Hanifa, laqablari Imomo A'zam. Ya'ni eng ulug' imom.
U zotning bobolari Marzuban Umariddin Xattob roziyallohu anhu xalifa bo'lib turgan davrlarda islomga kirib, Kufaga ko'chib keladi. Abu Hanifa rahmatullohu alayhi hijratning sakson yili xalifa Abdulmaligimning marlon davrida Kufa shahrida dunyoga keladi. U kishining sifatlari. Imom A'zam Abdulhanifa, chiroyli yuzli, o'rta bo'ynli, kelishgan qomatli, katta boshli, peshonalari keng, bug'doy rang, ochiq chehrali, muloyim bir zot edilar. U zot nutqi go'zal. O'tkir zehnli, saxovatli, qo'li ochiq, uzoq fikrli, ko'p sukutli, zohid va obid inson edilar.
U zot yer yuzida mana mashhur bo'lgan to'rt mazhabning birini sohibi. Imom A'zam mazhabi yoki Hanafiya mazhabi deyiladi. U kishi o'zini tirishchiligi, kundalik turmushi tijorat bilan bo'lgan. U kishi savdogarlik bilan shug'ullangan. Odamlarni urf odatlaridan, odamlarni muomalalaridan, oldi sotdilarida ko'p tajribaga ega bo'lgan edi.
Abu Hanifaning ustozlari ko'p bo'lgan. Ulardan bittasini aytib o'tamiz, inshaalloh kifoya qiladi. Ustozi Hammoddin Abiy Sulaymon. Ustozini o'n sakkiz yil xizmatida turib ilm o'rgandi. To ustoz rohmatli aytgunga qadar u kishidan ta'lim oldida ilm o'rgan. Hattoki ustozi Hammoddin Nabi Sulaymon aytadi, ey Abu Hanifa deydi, meni quritib yubordingiz u deydi. Ya'ni mendagi aksariyat ilmni oldingiz degan so'zga berdi bir ishonch.
Abu Hanifani shogirdlari ko'p edi. Ulardan ko'zga ko'ringan ayrimlarini aytamiz. Abu Yusuf, qozilquzod darajasiga ko'tarilgan kishi. Muhammad ibn hasan ash shayboniy, zufar ibn husayn, hasadiddin ziyod, abdulloh ibn muborakal marvaziy. Bu kishilar Imom A'zam rahmatulloh alayhning ishini davom ettirishdi. U kishining mazhabini o'qib, o'rganib, yozib, to'ldirib, mazhabini insonlarga saqlab, yetkazib berishdi. Odatda inson bir ish boshlasa, shu boshlagan ishini yetkiza olmay qolishi mumkin. Imkoniyati bo'lmay qoladi, vaqt bo'lmay qoldi, umri yetmay qoladi. Ammo agar mana shu boshlayotgan ishida xolis boshlagan bo'lsa, sidqidildan ixlos bilan boshlagan bo'lsa, Alloh Taolo shu kishini ishini nihoyasiga yetkazadi. Mana Imomali Azamning shogirdlari u kishining ishlarini nihoyasiga yetqazdi, davom etdi.
Din ilmi diniy bilimlar juda bir keng narsa. Bir inson hamma sohada, hamma javhada bir komil bola, bir yutuqqa yetishligi qiyin. Bir tomonini o'rgansa, ikkinchi tomon albatta chola qolib ketadi, tabiiy bu. Bir inson fiqhdan, bir inson tavsiyadan peshqadam bo'lsa, hadis bilan aqidadan yetkaza olmaydi. Bu insondagi tabiiy holat. Kamdan kam odamlargina bu diniy bilimlarni to'laligicha o'zlashtiradi, bu narsani o'ziga singdiradi. Imom A'zam rahmatulloh alik mana shunday bir nodir insonlardan. Ulamolarni qarasangiz, biri tafsirda peshqadam, biri aqidada peshqadam. Biri siyratda peshqadammi, biri yana biri boshqa bir arab tilida yoki lug'atda peshqadami. Bular biri ikkinchisini to'ldirib komil bo'ladi. Shuning uchun aytilinadi. An nabiy alayhissalatu vassala ma'sumun bi mufradiyhi baynaman ummatu hu ma'sumatun bi majmuiha.
Payg'ambar sallallohu alayhi vasallam yolg'iz o'zi boshqalarni yordamisiz ma'sum. Ammo ummati hammalari bir birlarini yo'lab, bir birlariga bir ko'mak bo'lib, keyin ma'sum bo'ladi. Rasulullohni bu ilmlarni hammasi bir vaqtda jam bo'lgan. Alloh saqlagan payg'ambarimizni. Lekin bu ummat, ulamolar bir ikkinchisini yo'larkan, bir ikkinchisi kamchiligini to'ldiradi.
Imom A'zam rahmatulloh alayhning zamondoshlaridan bo'lgan kishi shunday deydi: ro aytu abadannas, va ro aytu avraannas, va ro eytu a'lamannas, va ro oytu avqohnas. Odamlarning eng ibodatlisini ko'rdim. Odamlarning eng xudo joyini ko'rdim. Otamlarning eng bilimlisini ko'rdim, odamlarning eng faqihini ko'rdim. Bu kishi gapiryapti, bu qaysi davr haqida ketyapti so'z? Tobeinlar davri haqida. Mana shu hadisni bir necha marta takrorlaymiz, eslab qolasizlar. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar: hoy ro'li quruvning, qorning.
Asrlarning, ya'ni inson bolalari yashaydigan asrlarning eng afzali meni asrim deganlar. Sunma la dini yalunaxun. So'ngra ana shu asrdan keyingi keladiganlar. Sunna la dimi yalunaxon. So'ngra undan keyin keladiganlar uch asrni eng yaxshi asr ekanligiga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam guvohli bergan. Birinchi asr Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam va sahobalar yashagan asr. Eng yaxshi asr. Undan keyingi yaxshi asr tobeinlarni yashagan asr. Undan keyingisi taba tobeinlarnasr. Biz mana shu ikkinchi asr, ikkinchi muborak asr haqida suhbat qilyapmiz. Odamlarning eng ibodatlisi Abdulaziz Dilmurodvon deydi. Eng xudo joyi Fuzaylov Niyoz. Eng bilimdoni Sufiyon Salim. Eng faqih Abu Hanifa deydi.
Shu o'rinda ilm talabida yurgan aka ukalarimizga, birodarlarimizga aytilinadigan bir so'z borki, diniy bilimni kengladik. Hammasini teng o'rganishlik, oxiriga yetkazishlik bu mahol ish. Ammo ana shu ilm talabida yurgan ukalarimiz, birodarlarimiz o'zi uchun ma'lum bir sohani tanlasin da, shunda peshqadam bo'lishlikka ko'proq hadis bo'lsin. Albatta boshqalarni ham o'rganamiz. Masalan bir inson aqida ilmiga kirishadigan bo'lsa, hadisni ham, tafsilni ham, fiqhni ham bilish kerak. Ammo ko'proq diqqat e'tibori mana shu aqidaga bo'lsin. Tollagan sohasiga bo'lsin. Toki shu sohada mutaxassis bo'lib yetishsinki, odamlar shu masalada, shu odamga keladigan marja darajasiga yetib ketsin. Shuning uchun u yoqdan ozgina cho'qib, bu yoqdan cho'qib, cho'li qolib ketgandan ko'ra bitta sohani komil ustasi bo'lib yetishlikka xalos bo'lishligimiz kerak. Ilm shariatimizda eng bir oliy martaba.
Shariatimizda ilmning martabasi oliy. Ilmga hech narsa teng kelmaydi. Ilm sohasida kim biror bir yutuqqa natijaga yetishgan bo'lsa, bilingki, kimgadir shogird bo'lgan, kimidir tajribasidan foydalangan. Ya'ni o'zidan bugungi olimlarni tajribasidan afzallangan. Hozirgi kunda, hozirgi kundan, mazhab kerak emas, hadisni o'zi bizga kifoya qiladi deyotgan odamlar, ming yildan ortiq, minglagan mustahit olimlarning ish xodimi, qilgan mehnatlarini bekorga chiqarib qo'yayotgan odamga o'xshaydi. Faraz qiling. Samolyot yasamoqchi bo'lsak, nima qilamiz?
Nimadan boshlaymiz? Hozirgi kunga samolyotsizlik sohasi qayerga yetib kelgan bo'lsa, o'sha yerdan davom etkazamiz. Zavod quramiz, ana shu texnologiyalarni olib kelamiz, stanogini qo'yamiz. Hay'at yetkazib qo'yishgan joyidan davom etkazib ketamiz. Yo boshidan boshlaymizmi, uchishlikka harakatda? Yelkamizga shu hayishdanmi, qog'ozdanmi, qonotni baylab turib, avval bo'lgan uchishga harakatlar. Birimizni tog'dan tashlaymiz, birimizni tomdan tashlaymiz. Bo'ynimiz uziladi. Aytingchi, samolyot yasamoqchi bo'lgan odam, yana boshidan boshlaganidan ko'ra, shu davrgacha yetkazib qo'yishgan joyidan davom etkazib ketgani ma'qul emasmi?
Abu Hanifaning ilmi. Makiy ibn Ibrohim aytadi, ka'na a'lam ahli zamaniy. O'zining zamonasini eng bilimdon kishisi edi. O'zining zamonasini eng bilimdon qishisi edi. Qaysi zamona bu? Tobeinlarni zamonasi. Tov biyinlarning ichidagi eng bilimdoni. Har bir yurtda o'zini qavmini ichidan ajralib turayotgan, yulduzni ichidan charalab turayotgan insonlar bo'ladi. Imom a'zam mana shunday tov biyinlarning zamonida o'zini yurtida ajralib turgan bir yulduz edi quyoshida.
Ukaladi. Nimaga bizda shunaqa bir maqsad bo'lishi kerak emas? Nimaga biz ham o'zimizni mahallamizda, shahrimizda, yurtimizda mana shu ilmimiz bilan, taqvoyimiz bilan, amalimiz bilan shunday ajralib turmasligimiz kerak. Nimaga shunday bir oliy maqsadni oldimizga qo'ymaymiz? Savol beraylik o'zimizga. Nima, imkoniyatimiz yo'qmi? Bor imkoniyatimiz. Xohlashimiz kerak. Allohdan so'rashimiz kerak va qattiq harakat qilishligimiz kerak. Yo'q, yoshlar, bu yoshlik ilmni o'rganadigan, hunar o'rganadigani davri. O'yin kulginichi, qirq ga kirganda ham eplasa bo'ladi.
Qirq ga kirganida yugursa ham bo'ladi. Boshqa o'yin kulgini qilsa ham bo'lardi. Lekin kalla yoshlikda unaqa bo'lmaydi. Ukalar, men falonchini o'g'liman deb, otangizni atini aytib faxrlanishni o'rniga, shunday yashang, shunday bir mehnat qilingki, otangiz sizni atingiz aytib turib faxrlanadigan bo'lsin.
Men falonchiman, otasiman deb turib, otangiz sizni nomingiz bilan farqini oladigan bo'lsin. Nimaga otangizga shunday sharafni berishni xohlamaysiz? Yo'l olsin. Ollohdan so'rash kerak, qattiq xohlash kerak, sababini qilish kerak. Soya bo'lib qolmaylik. Biz o'zimiz bir daraxt bo'ladikki, bizni soyamizdan odamlar baqira olsin.
Endi bu ilm o'rganishlik xususida Abu Hanifani bir nasihatlari bor ekan. U kishi aytadi. Dunyo uchun ilm o'rganuvchi kishining qalbiga ilm o'rnashmaydi va undan foyda ololmaydi. U ilmning barakatini ham ko'rmaydi. Ilm o'rgansa, ilm o'rlanilsa, xolis Alloh uchun bo'lsa, Alloh ro'yobga chiqaradi. Agar dunyo tamasi uchun bo'lsin, hurmat e'tibor uchun bo'lsa, mansab uchun bo'ladigan bo'lsa yoki qandaydir boshqa bir dunyoviy maqsadlar uchun ilm o'rganilsa, Alloh Taolo barakasini ham bermaydi, rioya ham chiqarmaydi, o'zi ham foyda ko'rmaydi, boshqalardan foyda ko'lmaydi. U kishi aytadi, musibatlarning eng kattasi vaqtni behuda o'tkazishlik. Ukalar, vaqtni behudada o'tkazishilik, imom a'zamni nazarida musibatlarningeng kattasi. Chunki oltin berib ham, brilliant berib ham bu vaqtlar qaytarilmaydi.
E, qaniydi yoshligim qaysida deydi qarilar. Qaytmaydi da. Agar o'sha o'n besh yasharga zehni bo'lgandami deydi. Bo'lmaydi da endi. Endi nimaga qadriga yetyapti bu qarilarda desangiz, yo'qotdi da uni. Siz bilan bizda yoshlarda mana shu imkoniyat bor, qadriga yetaylik. Muhim nuqta. Ilm uslubida. Hammamiz ojizmiz. Hammamiz nochormiz. Hammamiz zaifmiz. Ilm o'rganishlikda. Chunki Alloh Taolo bergan iqtidor, qobiliyat har xil. Talant. Birimizni zehnimiz zo'rroq, bizniki pastroq. Bitamiz zo'rmi? Muhimi bo'lmas ekan lekin.
Muhimi bo'lolmas ekan. Muhim nima ekan? Muhimi. Sit qidirdan Allohda so'rasak, Alloh berar ekan. Sit qidirdan xohlab so'rab, shu ilmga olib boradigan sabablarni sabr qilib qilsak, Alloh ilm berar ekan bizga. Imom Abu Yusuf, mana Abu Hanifaning eng ulug' shogirdlaridan, zehni juda ham zo'r bo'lmagan ekan. Oilasi ham nochor bo'lgan ekan. Lekin Sid qidirdan so'rab, mehnatni qilgan ekan Alloh u kishini qozil quzoq darajasida yutkazibdi.
Bir odam meni zehnim past deb bahona qilmasin. Bitta odam meni imkoniyatimni o'qishga deb bahona qil masin. Yurakdan so'rasin, sababni qilsin, mehnatni qilsin, Alloh Taolo beradi. Ko'rmaysizmi, kasal odam kasal bo'lganda kechasi bilan yig'laydi. Sababini qilib doktorga boradi, shifo beradi Alloh. Qarzdor odam. Qarzdor otam. Uxlamasdan kechasi bilan Allohga yig'lab Parvardigor, qazimni najot ber deydi. Donalardan maxsus duolab so'rab o'qiydi. Yuguradi, yeguradi, qarzidan qutuladi. Nimaga qutildi? Nimaga shifo topdi? O'zi xohladi, so'radi va nima qildi?
Harakat qildi. Demak, ilm o'rganishlikda hech kimni imkoniyati cheklangan emas. Bu faqat insonni o'zini yalqovligi tanbal degan. Imom A'zam savdogar bo'lgan, boy odam bo'lgan. Badavlat odam bo'lga. Va o'ta saxovatli kishilardan bo'lgan.
Imom a'zamni uyi kofada ikki tabaqaligi. Muhtasham. Bir odam kelib, ey Imom, ha Imom bo'lsangiz, bunaqa qilib ikki qavat uyni solib dunyoga berib ketishingiz qanaqa bo'larkan? Hozirda ham bo'ladi yu. Imom A'zam javobi, binoyimni ikki qavat bo'lishi, ko'rkam bo'lishi, avvalambor bunga meni ehtiyojim bor. Uyimga ko'p odam keladi. Undan tashqari, Kofaga tushgan har bitta kishi, agar faqir bo'lsa, birinchi bo'lib meni uyimni ko'rsin. Agar yordam kerak bo'lsa, mana shu odam boy ekanda meni uyimga kelsin deb qilganman deb javob bergan. Mahallada bitta uy bo'lib tursin deb qurmagan ekan.
Bir yilda ikki martadan kapitanni remont qilmagan ekan. Bizni ayrim akalarimizni binoni baland solgan bo'lsa, dunyosini kattaligi bilan nima uchun sarflayotganligi, nima maqsadda qilayotganligini o'zlari biladi. Lekin Imom A'zam boy bo'lgan ekan. Uyda ikkita solishinglar maqsadi shu bo'lgan ekin.
Imom azam rahmatullohi majlislarini birida, ilm majlislarini birda bir odamni qarasa, kiyimlari jildirvoqa bo'lib ketgan. Eski yuzlab ketgan kiyimimiz. Shuni kuzatibdilar, ertasi kungi majlis tugagandan keyin, haligi eski kiyimli kishini siz taqsir qoling debdi. Hamma chiqib ketganda haligi jildirvoqal kiyimli odam qoldi. Imom azam bilan. Ikkalasi yolg'iz qolgandan keyin, mana jahlimizni ko'taring da deydi. Haligi odam jahlimizni yo'tarsa, tagida ming dirham pul qo'yib qo'yibdi. Ana shu pulni olib, usti vashini to'lab oling.
Berishni yo'lini qarang. Hammaga ko'rsatib, ko'z ko'z qilib, hammani oldida men emas. Haligi odam pulni ko'rib, xijolatib tortib, taqsir. Bunga meni ehtiyojim yo'q. Men badavlat odamman. Deydi. Shunda Imom A'zam, iye, siz axir Payg'ambarimizni hadisini eshitmaganmisiz? Imnalloha yuhaybo an yaroh asari ni'matihi ala abduhi. Bu Alloh bir bandaga bergan ne'matining asarini bandasida ko'rishingni xohlaydi, yaxshi ko'radi degan hadisni eshitmaganmis siz dedi. Qo'lingizda davlatingiz bo'lib turib, jildirvoqol kelib yurishligingiz ma'qul emas, Allohga xush kelmaydi, ustingizni chiroyli qilib oling degan ekan.
Diqqat qilinglar. Alloh bir bandaga davlat bergan bo'lsa, shu davlatini, shu ne'matini bandasida asarini, izini ko'rishni xohlar ekan. Bu degani ahli davlat bo'lgan odam, boy badavlat bo'lgan inson, farzandini bajarayotgan bo'lsa. Horondan tiyilayotgan bo'lsak, zakot sadaqani berayotgan bo'lasan. Chiroyli kiyinishniki haqqi bor degani. Borlig'i kiyisin degani. Bir mashina mingan bo'lsa, bor deb minsin degani. Bu qaysi dunyo? Yo ma'qul emas. Shu dunyoga berilib ketishlik, ibodatni qo'yib qo'yishlik, qorong'i qorong'icha olib ketib qolishligi, dunyoga mukkasidan ketib qolishi mumkin emas. Imom azamni chakmoni to'rt ming dirham bo'lgan.
Ustidagi chakmoni to'ttiz ming dirham bo'mgan. Domlalar mashina olib minayotgan bo'lsa, birodarlar. Domlalar imorat solayotgan bo'lsak, ular ham sizlarga o'xshagan odam. Domla bo'lishdan tashqari tijorati bor, oldi sotdisi bor, muomalasi bor. Xoramdan topmayapti, birovga zulm qilmayapti, biroqni haqqini tortib olmayapti, biroqi nastasini o'zlashtirib olmayapti, halol topgan puliga olib minishi mumkin mashinani. Uy solishi ham mumkin, chiroyli kiyinishi ham mumkin. Alloh taolo yaxshi ko'radi bergan bo'lsa, banda ko'rsatib yursa shuni.
Uni kelganda aytib qo'yay. Sudxo'rlikni xoramligini domlalar o'rgatyaptimi sizlarga? Mumkin emas deyaptimi? Riboga kirsang oxiri halok bo'lasan deb turib, chuqurni ko'zingiz ochiq ko'rsatib qo'yadigan domlalarmi? O'zi eng yaxshi odamlar shu domlalar o'zi. Nimaga shu odamlar mashina minsa, chiroyliroq kiyinsa, bir imorat sosa muhokama qilinishligi kerak? Imom azam bor bo'lgan ekan. Ikki qavat uy solgan ekan. To'rt ming ilhomlik yaxtaga kelgan ekan. Tushunarli a, birodarlar? Domlalar qayerdan olyapti? Nima qilyapti? Siznikini olmayapti u aniq.
Sizni mulkingizni tortib olmayapti. Mehnat qilib, tijorati bilan, hunari bilan, sotsi bilan olyapti. U ham sizga o'xshagan odam. Domlalarni go'shti zaharli bir odamlar. G'iybat qilmaylik. Tilimizni tiyaylik. Agar mumkin bo'lmaganida, mana imomlarimiz birortasi qilmagan. Albatta, dunyoga berilmaslik kerak. Ibodatni qoldirmaslik kerak. Lekin shariat doirasidan chiqmagan bo'lsa, domlalar ham odam sizlarga o'xshaydi.
Abu Hanifani sifatlashadi. U kishining zamondoshlaridan biriga Abu Hanifani bizga sifatlab bering deyishdi. U kishi aytdi, vallohi, haromdan juda qattiq o'zini ehtiyot qiladi. Har so'mdan Abdurahmon Abu Hanifaga tijoratda sherigida. Abu Hanifa unga molni beradi katta miqdorda, u olib borib Iroq shaharlarida aylanib yurib sotib kelardi. Bir kuni Imom A'zam havfsini Abdurahmonga katta miqdordagi tijorat molini berdi da, berib turib, mana bu kiyimni mana bunday aybi bor. Sotayotganingni shuni olayotgan odamga bildirib qo'yib sotdi.
Havfs katta. Katta tijorat. Oldi sotdini ichida haligi kiyimni yoki boyagi molni aybini aytish esdan chiqib sotib yubordi. Keyin esiga keldi. Haligi sotib olgan odamni istadi, istadi topa olmadi. Noiloj qaytib keldi. Qaytib kelib, imomga bo'lgan ishda. Imom A'zam rahmatullohu alay taqvodor kishi edi. Shuhratdan, haromdan o'zini ehtiyot qilar edi. Bu ishdan norozi bo'ldi da, ana shu molni pulini ham, foydasini ham Alloh yo'lida sadaqa qilib oldi. Mana shunday imom haqida odamlar bo'mag'ur gaplarni gapirayotgani, bizni zamonimizdan quloqqa chalinib qoladi.
Imoningning hajmi dinga bo'lgan, musulmonlarga bo'lgan g'ayratingga bor. Iymoningning hajmi islom va musulmonlarga bog'liq, g'ayurligingning hajmiga bog'liq. Ko'rib qolamiz, ayollar behayo ko'rinishda ko'chada yursa, kimdir ko'radi, ichidan g'ayurligi keladi. Muslima bunday yurish kerak emas deydi, norozi bo'ladi.
Aroq ichishlik, boshqa gunohlar bilan musulmonlar shug'ullanib yurgani ko'rgan paytda, shundan norozi bo'lib ichidan g'ayrligi keladi kimnidir. Nohaq Allohga noma'qul bo'lgan ishlar sodir bo'layotganda, odamni g'ayrligiga keladi. Bu odamni iymonini borligidan. Endi shunday insonlar ham borki, ularga baribir.
Ularga baribiri. E bu xoland desang ham qilaveradi. Xonamda ish bo'layotgan bo'lsa, hech narsa bo'lmayotgandek o'tib ketaveradi. G'ayruvliga kelmaydi. Bu odamni iymoni bormikin degisi keladi. Ko'fi ahlidan bo'lgan bir kishi, hurmatli kishilardan bo'ladi, badavlat kishilardan, gapni o'tadigan kishilardan, Usmoni Nafron roziyallohu anhoh haqida noma'qul so'zlarni gapirib yurgan bo'ladi. Aytadiki, Usmoni Nafon bilasizlarmi? Xulofoyi rojlarning uchinchisi. Tirikligida, Rasulullohning tilidan jannatiy ekanligini eshitgan ulug kishi, Rasulullohining ikkita qizlariga nikohlangan Usmoni Naffonni bu yahudiy bo'lgan deb gap tarqatib yurgan bo'ladi.
Islomga kirgandan keyin ham yahudiy bo'gan degan gapni tarqatib yurmagan bo'ladi. Mana endi ulug' insonlardan biri, Usmon haqida noma'qul gapni tarqatayotganligini eshitib, Abu Hanifani g'ayrligi qo'zaydi. Haligi odamni topib boradi. Kirganida u kishi xush kelibsiz deydi. Xush kelibsaz deydi. Aboxonif unga aytadi men sizni qizingizga bir birodarim uchun sovchi bo'lib keldim dedi.
Xush kelib sizga aboxonifa, sizdek kishini so'zi qaytarilmaydi. Kim uchun so'rab keldingiz dedi? Kim u odam dedi? Imom azam aytdi, sharafli, nasadli, mol u davlatli bir kishi. Qo'li ochiq, saxovatli, hofizi Qur'on, tunlari namoz bilan qoyim, kunduzlari Allohdaan qo'rqib yig'laydigan. Bo'ldi, bo'ldi, bol, bo'ldi dedi. Yetadi dedi. Ey imom, yetadi dedi. Siz aytgan sifatlarda ayrimlarini o'zi kifoya qiladi. Bunda sifatlarga ega bo'lsa, bu odam Xalifani qiziga loyiq ekan dedi.
Bu sifatlarni o'zida jamlagan odam Xalifani qiziga uylanishiga loyiq ekan. Abu Hanifa, ammo bitta hislatni bir aytib qo'yishim kerak dedi. Qanday hislat? U kishi yahudiy dedi. Boyagi kishi cho'chib ketdi. Ey imom, nima deyapsiz dedi. Qizimni yahudiga berishimni xohlaysizmi dedi. Ey Allohga qasam. Agar yer yuzidagi hamma odamlarni yaxshi sifatlarini o'zida jamlagan bo'lsa ham, u yahudiyga qizini bermayman dedi.
Degan edi Imom A'zam. Ey Allohni quli, sen qizingni yahudiyga berishingni xohlamaysan u. Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallam bir emas, ikki qizini yahudiyga bergan deb o'ylaysanmi? Haligi kishi tavba qildi, bu so'zidan qaytdi. Ko'ring, bir musulmonni nohaq ayblayotganda, nohaq unga tuhmat qilayotganda, Imom A'zamni g'ayyurligi kelyapti da, haligi odamni isloh qilib tuzatib qo'yapti. Bizni oldimizda ham kim kimdir haqida, bir unaqa aybga ega bo'lmagan odam haqida, tuhmat ayb g'iybat qilinayotganda, biror marta og'zimizni juflab, ey, to'xtang, siz o'zingiz ko'rdingizmi? Qo'lingiz bilan ushlab ko'rdingiz mi?
Yo eshitdingizmi o'zidan? Yo eshitgan gapingizni ko'taring yuristini, deganmizmi biror marta? Mana shu siz bilan bizni iymonimizni hajmini bildiradi. Islom va musulmonlar haqida g'ayurligimiz bo'lmasa, bir o'zimizni bir mulohaza qilib tekshirib qo'yaylik. Imom A'zam musulmonlarga va Islomga g'ayur bo'lgan kishilardan.
Abu Hanifa odamlarni faqat yaxshilik bilan zikr qilardi. Hatto dushmanini haqini g'iybat qilmasin. Agar so'ralmasa, gapirmasin. Shunday odamlar bor. Odamlarni faqat aybini qidiradi. Istaydi, qoyilaydi, eshitib bilgandan keyin tarqatadi, yoyadi, fosh qiladi. Imom A'zam odamlarni farqi yaxshiligini gapiradi. Inson alayhissalom o'zining havolilari bilan ko'chada ketib borarkan, yo'lda o'lib yotgan bir jussaga ko'zi tushdi. Qo'ymidi, itmidi, xullas bir hayvon sassib ketgan edi. Havoninglar yonbag' bu ekanmi, yon sassiq ekanmi deb sassig'ini zikr qilishdi. Inson alayhissalom esa, tishlari nihoyatda oppoq ekanmi dedi.
Qidiraman desangiz har bitta odamdan ayb yetarli. O'nta fazilatli bo'lib turib, ikkita aybi bo'lsa, odamlar bor, shu ikkita ayblilar ko'radi. Imom azam rahmatullo alik o'zini zamonasini ulug' insonlaridan biri. Abu Hanifa birovni g'iybat qilmaydi. Ibn Muborak rahmatullohi alik aytadilar, Abu Hanifa g'iybatdan uzoq inson edi. Hattoki dushmanini ham g'iybat qilib qolmas edi. Hammamizga ma'lum, g'iybat bu og'ir gunohlardan, inson g'iybat qildiligi bilan o'zini musulmon birodarini go'shtini yegan bilan barobar bo'ladi. Musulmon g'iybat qilishligi bilan o'zining savoblarini g'iybat qilingan kishiga o'tib ketishiga sababni ishlatib qilgan bo'ladi. Imom a'zam hatto dushmanini ham agar biroz so'ramasa, g'iybat qimas edi.
Bir odam ikkinchi odam bilan bir quda andachilik qilmoqchi bo'lsa, o'g'li yoki qizi haqida ma'lumot so'rab kelsa, shu so'rab kelgan odamga, shu so'rab kelagan odamni o'zigagina agar biror aybi bo'ladigan bo'lsa, bildirishligi mumkin. Yoki biror bir zolimni zulmidan qutqarib qolishlik uchun uni zolimligini aytishni g'iybat bo'lmaydi. Biror inson birov bilan bir sherik tijorat qilmoqchi bo'lsa, xiyonatkor bo'lsa, yoki qandaydir boshqa bir aybi bo'ladigan bo'lsa, shu narsani so'rab kelgan odamni o'zigagina aytishlik mumkin. Endi buni fosh qilishlik, odamlarni o'rtasida yoyib yurishlik, bu man qilingan g'iybat. Imom A'zam hatto dushmanini ham agar kelib biroz so'ramasa, g'iybat qilmasin. Sufiyonuz savriy rahmatullohu alayhi haydatilar, abu hanifa o'zining hasanotlarini boshqalarga o'tkazib yuradigan amallarni qilishdan uzoq edi deydi. Mana shu g'iybat haqida hadislarni o'qiymizda, yo beparvoligimizdan, yo iymonimizni zaifligidan e'tibor bermaymizki, shu aytilinayotgan hadis siz bilan bizni ustimizga yuz foiz tushib qoladi. Lekin parvo qilmaymiz.
Shuning uchun salaflardan biri aytadi, salafi solihiylardan biri aytadi. Agar men g'iybat qilmoqchi bo'lsam, ota enamni g'iybat qilib yuborgan bo'lardim deydi. Nodoniki g'iybat qilingan odamga, g'iybat qituvchini savobi o'tib ketar ekanmi, savobim ota enamga o'tishligi to'g'riroq bo'ladi. G'iybat qildirish kerak bo'lsa, ota onamni g'iyvat qilgan bo'lardim, deydi. Mana hammamizga ma'lum hadis, mashhur hadis. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar, at tadru na man il muflis. Muflis. Kim ekanligini bilasizlarmi? Sahobalar aytishdi, dinori, dirhami, dunyo bir chaqasi bo'lmagan odam bizda muflis deyiladi dedi. Payg'ambarimiz aytdilar, meni ummatimdan bo'lgan muflis, qiyomat kunida namozi bilan keladi, ro'zasi bilan keladi, savob amallari ko'p keladi. Ammo hayotda dunyodalik davrida kimnidir so'kkan, kimnidir haqorat qilgan, kimni molini tortib olgan, mana shu haqdorlar dunyoda haqqini ololmagan bo'lsa, qiyomatda shu kishining savoblarini olib ketadi. Savoblari qolmaydigan bo'lsa, o'zini gunohlarini yuklatishadi. Imom a'zam rahmatullohu alayhi g'iybatdan uzoq bo'lgan kishilardan edi.
Abu Hanifaga odamlarning bergan baholari. Bir chiroyli arabiy bir hikmat bor. Al sinatul xalq aqlamul haq. Xaloyiqlarning tillari haq qalamlari. Qaytaramiz. Xaloyiqiqlarning tillari, haqning qalamlari. Odamlarni ko'pchiligi bir odamni yaxshi deyotgan bo'lsa, demak shu odamning yaxshi inson ekanligiga dalil bo'ladi. Va juda ko'p odamlar bir odamni yomon deyotgan bo'lsa, xalq yomon deyotgandek bo'lsa, demak, mana shu odamning haqiqatdan yomon ekanligiga dalil bo'ladi.
Musulmon odam xayriyat mastari. Musulmon odam atrofiga faqat yaxshilik urug'ini sochadi. Odamlar uni fe'l atvoridan, xulqidan, odamlar foydalanadi, manfaatlanadi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam zamonlarida bir janozani ko'tarib o'tib qolishdi.
Kim ekan bu? Kim ekan bu? Deb so'rashdi. Falonchi, falonchi qanaqa odam edi bu? Deb so'raganlarida odamlar yaxshi odam edi deyishdi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar, vojibat. Vojib bo'ldi. Yana bir odamni janozasini o'rgatishdi bir qancha vaqtdan keyin. A bu kim ekan? A bu falonchi. Qanaqa odammidi bu? A bu yomon odam edi deishdi. Nabi sollallohu alayhi vasallam vojib bo'ldi dedilar.
Shunda sahobalar nima vojib bo'ladi yo rasululloh? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar ayyuma muslimin shahid alahuu ar ba'athun bi xoyrin adixalohullohul jannati. Qaysi bir kishiga, bu hadis imom buxoriydan. Buxoriyning sahihlarida keltirilgan. Qaysi bir mo'minga, musulmonga to'rt kishi yaxshi inson ekanligiga guvohlik bersa, alloh bu kishini jannatga kirgizadi. Qaysi bir mo'minga to'rtta odam yaxshi inson ekanliga guvohlik bers a, alloh bu kushini jannatga kelgizadi. Shunda sahobalar uchta bo'lsa chi, yo Rasululloh deyishdi.
Yaxshi deb uchta odam guvohlikka o'tsa chi, uchta bo'lsayam dedi. Ikkita odam guvohlikka o'tsa chi dedi. Ikkita adam ham dedi. Sohibalar aytadilar, bitta bo'lsa chi deb so'ramadik deydi. Imom A'zamni zamondoshlarini aksariyati hammasi maqtagan. Ming yildan ortiq yashab kelayotgan mana shu muddatdagi musulmonlar ham Imom A'zamning maqtagan.
Necha millionlagan musulmon bo'ladi bu? Endi shunday bir davrga keldikki, bu ulug' imomlar haqida nojoya gaplarni gapiradigan odamlar ham oramizda topilib qolyapti. Afsus. Afsus. E'tibor beradigan bo'lsak, bu maqtalgan odamlar kimlar desangiz, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam maqtagan uchta asrning odamlari. Eng yaxshi asr, mening asrim, dedi Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam. O'zi yashagan va sahobalar yashagan asr. Sun milla dina yalunahum. So'ngra mendan keyingi asr. Tobeinlarni asri. Sum malla dini alunaxun. So'ngra ulardan keyingi asr. Rasululloh zo'r degan uchta asrning odamlari bu kishining yaxshiligiga guvohlik bergan. Bu odamlar haqida nojo'ya gapni gapirishingizdan juda bir ehtiyot bo'laylik.
Abu Hanifaning omonatdorligi. Ibn Uyayna rahmatulloh ali aytadi: Abu Hanifadek omonatdor kishini ko'rmadim. U kishi vafot etganida uyidan ellik ming dinorga yaqin omonat mollar chiqdi. Ulardan bir dinorni ham zoyi qilmagan edi. Bir insonni omonatdorligi uning iymoniga, islomiga dalolat qiladi.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, Imom Ahmadning musnadlarida keltirilgan. Qoli Nabiy sollallohu alayhi vasallam la iman aliman la amanat ala. Va la din aliman la ahdala. Omonatdorligi. Omonatdordagi yo'q kimsaning iymoni yo'q. Ahdi yo'q kimsani dini yo'q. Musulmon odamda omonatdorlik sifati bo'lishligi kerak. Omonat deyildimi? Xiyonatdan ehtiyot bo'lsin. Ahdida turishligi kerak musulmon. Birovga va'da berdimi? Ma'no bir narsaga kelishildimi? Keyin ra'yi o'zgarib qolmasligi kerak. Uyga borib kelgandan keyin.
Baraka qiladi, kelishdi deydi. Bir borib keladi uyga, fikr o'zgarib keladi. Omonatdorlik bu musulmondagi bir eng ko'zga ko'ringan va zarur bo'lgan sifatlardan. Agar bir savdolangan odamga aytilinsa, mana bu odamni ishga oling, ishga oling. Faqat aybi shu uxlab qoladi. Kech qolib keladi, ancha muncha ko'p gapirib qo'yadi. Lekin omonatdor desa, haligi omonatdorlik degan sifati bergan ayblari nima qiladi? Yopib tashlaydi. Endi aksincha, mana odamni oling deydi. Hisob kitobga zo'r, kuchli, vaqtida keladi, faqat bitta aybi bor. Omonatdor emas, desa, mana shu omonatdan emas degan sifati narigi sifatlarni yuvib ketadi. Imom A'zam rahmatullohu alayhi omonatdor kishi edi. Kunlarni birida Abu Hanifa rahmatulloh alayhning birodarlaridan bittasi menga falon sifatdagi bir ton yoki chakmon olib bering deydi.
Kutib turing, bo'lganda aytaman deydi. Bir qancha vaqt o'tdi, ana shu kishi talab qilgan kiyim keldi. Birodarini chaqirdi, mana bu sizni talabingiz dedi. Ko'rdi, sifati yoqdi, kiyib ko'rdi, ma'qul bo'ldi, narxi qancha dedi. Bir dirham dedi. Judayam oz pulda aytdi. Bir dirham dedi. Bundan bir qancha bar qimmat edi u. Bir necha barobar. E, imom dedi, hazillashyapsizmi dedi. Yo'q, hazillashmayapman dedi. Masxara qilyapsizmi yo'q dedi. Masxara ham qilmayapman dedi. Nimaga bir dirham deyapsiz dedi. Yigirma dinordan kam bo'lmaydi yu bunaqa kiyim.
Kecha ikkita ton oldim deydi. Ikkita ton oldim, narxi yigirma dinori bir dirhamga oldim deydi. Bittasini sotdim yigirma dinorga. Bu ton menga bir dirhamga qoldi. Bir dirhamga oling, dedi. Ana birodarchilik. Agar omonatdorlik bo'lmasa, qo'l ochiqlik bo'lmas a, soxovat bo'lmas a shu ishni qiladimi? Yigirma diniyorlik tonni, yigirma diniyorlik tonni bir dirhamga beryapti.
Abu Hanifa rahmatulloh alayh halim insonlardan bo'lgan. Abdullohi muborak etadi. Abu Hanifadek halim kishini ko'rmadim. Hammamizga ma'lum. Zamonamizda mana shu halimlik ko'tarilib ketyapti. Fe'limiz torligidan, asablarimiz tarangligidan ana shu halimlik degan sifat ko'tarilib kiryapti. Esimizdan chiqmasin, halimlik xulqlarning saidi hisoblanadi.
Payg'ambar Sodiq Sulton aytyaptilar, sahobalardan biriga. Alloh Taolo sizda bir sifatni yaxshi ko'radi deydi. Al hil mubal'anat. Shoshqaloq bo'lmaslik va halimlik deydi. Mana shu Alloh yaxshi ko'radigan sifatlardan bittasi halimlik, Imom A'zam mana shunday kishilardan bo'lgan. Imom A'zam rahmatullohu alayhi o'zini zamondoshlari bergan guvohlarga qarasak, Abu Hanifa ulamolar orasida xuddi xalifa, amirlarning orasida turgandek edi. Xalifa, amirlarni oldida qanday bir ajralib turadi? Abu Hanifa olimlarni oldida mana shunday ajralib turadigan ishlardan.
Yana aytiladi, Abu Hanifa o'ta fahmli kishi edi. Agar u kishiga keltirilgan hadis sahih ekani ma'lum bo'lsa, boshqa xabarni qidirmas edi. Ayrim odamlar bor, oyatni aytsang, sahih bo'lgan hadisni aytsang, shart qabul qilib, bo'yin sinishniy doniga o'zini fikrini aytadi.
O'zini zamonasidagi ayrim odamlarni gapiga taqqoslaydi. Va o'zini zamonasidagi odamlarni gapini, bu hadisdan yoki oyatdan gapini, u odamni gapini to'g'riroq deb biladi. Mo'min odamni holati qanday bo'lishligi kerak? Mana ikkita oyatni o'qib beraman. Astaydubillah. Fala va robbika la yu minuna xatta yu hakimuka fiy ma shajara baynahum, simmala ya jidu fiy amfu sehim xorajon minma, xo'pita va yuz sanli mutaslima. Bizni, siz bilan bizni.
Imonimiz qaysi darajaligini mana shu oyatni o'qib bilsak bo'ladi. Yo'q. Parvardigoringizga qasamki, to ular o'z o'rtalarida chiqqan kelishmovchiliklarda sizni hakam qilmagunlaricha va keyin siz chiqargan hukmdan dillarida hech qanday tanglik topmay, to'la taslim bo'lmagunlaricha, bo'yin so'nmagunlaricha, hargiz mo'min bo'la olmaslar. Ikkita musulmonni o'rtasida muammo chiqdi. Hakam kim? Qozi kim? Kimni oldiga boramiz hal qilgani bu muammoni? Alloh va Rasulullohning so'zini oldiga. Xo'p, bordik. Alloh va Rasululloh hokimni chiqardi. Endi bizni ishimiz nima bo'ladi? Bo'yin so'nishlik, taslim bo'lishlik va qalbimizda norozilik hissi qolmasligi kerak.
Siz noto'g'ri qilibsiz, siz endi to'lab berasiz shu narsani desangiz yoqmaydi haligi odamga. Yur narigi domladan so'raymiz dedi. Yo'q, bunga yo'l yo'q, talab tushibdi sizga, yur narigi domlaga boramiz deydi. Mo'min odam oyat hadisda aytilinganda taslim bo'lishligi kerak. Taslim bo'lib ham qanaqa? Xursandchilik bilan bajarishligi kerak. G'udurashligi kerak emas.
Abu Hanifa rahmatullohu alayhi hadis. Ilmining, hadis tafsirining bilimdoni edi. Mana bilasizlar, Imom Buxoriy rahmatullo alik Abu Hanifadan keyingi davrda yashagan. Abu Hanifa rahmatullo alih o'zining zamonasidagi hadisning eng bilimdon kishisi bo'lgan. Abu Hanifadek hadis tafsirini biluvchi kishini ko'rmadim deydi.
Endi o'tgan darsda ham aytdim, bugun ham qaytaraman buni. Shunday bir odamlar bor, hadisni o'zidangina shar'iy hukmlarda chiqarib olsak bo'laveradi deydiganlar. Mazhabda bizga keragi yo'q deydiganlar bor. Bu odamlar, agar hadisni o'zini o'qiblar, shar'iy hukm chiqarib olaman deyotgan bo'lsa, demak bu odam o'zini Imom A'zam darajasidagi ilm egasi ekanligini da'vo qilyapti.
Shunaqa desam to'g'ri bo'ladi. Bizga mazhab keragi yo'q, biz hadisni o'zimiz o'qib fatvo chiqara olamiz deyotgan odam, men Imoma A'zam darajasiga yetdim, menga mazhab boshish kerak emas, men o'zim yo'l topib ketaveraman deyotgan bo'ladi. Rozimisizlar? Shunaqa bo'ladi da da'vosi. Aytaylarchi, yer yuzida mana shu to'rtta imomni birortasiga hozirgi kunda ilmi teng bo'lgan olim bormi?
Bizni oramizda, bizni oramizdan, Imom A'zamni ilmiga teng ilmini bor deydigan odam bormi? Yo'q. Ketdik. Yarmigachi? Yo'q. To'rtdan bir ilmiga teng keladigan odam bormiy ilmli ishimizda? Unda nimaga mazhabni yig'ishtirib turib biz hadisni o'zidan fatvo ola olamiz deb ayta olamiz? Samolyot yasashni misolini yana bir qaytarib qo'yamiz. Chunki bu juma o'tgan juma kelmagan akalarimiz ham bor. Samolyot yashamoqchi bo'lgan odam, uchmoqchi bo'lkan odam nima qiladi? Hozirgi kunda samolyotsozlik, qaysi darajaga yetib kelgan bo'lsa, ana shu yetkazgan joyidan boshlab samolyot qilib ketaveradi. Zavod quradi, texnologiyasini olib keladi, stanogini olib keladi. Ustasini olib kelardi. Samolyotni yasab turib, uchib ketaveradi chiqib. Endi bu osmondan uchishlik. Boshlanishi qanaqa bo'lgan?
Ko'r. Tarixiy filmlarni ko'rsanglar ko'rasizlar, pon akaga o'xshagan narsadan samolyot qilib bir g'irtta samolyot sinib ketayotgan. Qonot bali uchayotgan, qoqilib so'qilib yuz, ikki yuz yil deganda mana shu hozirgi davrga yetib keldik samolyotsizlikdan. Endi ayting, mana shuncha yillik tajriba to'plangan ilmdan foydalanmasdan, chekkaga surib qo'yib, men o'zim boshidan boshlayman deb qonot qoqayotgan odam, aqlli odam bo'ladimi? Ming yildan beri bu mazhablar odamlarda boshqarib, hayotidagi mushkulalarni hal qilib, shar'iy fatvolarni hukmlarda aytib turgan bo'lsa, endi bu narsalar kerak emas, biz hadisda o'zi bilan ketaveramiz deyishlik. Ming yillik tarixga ega bo'lgan bu mazhabni inkor qilishlik emasmi? Ming yildan beri yashab kelgan olimlarni qilgan mehnatini ikki pulga chiqarish emasmi?
Agar imom azamchalik ilmim bor degan odam bo'lsa, qo'lini ko'tarsin. Yarimicha ilmi bor odam qo'lini ko'tarsin. Yo'qmi? Masxapni ushlab ketaveraylik. Abu Hanifa shunday deb aytadi. Allohga qasam ichib aytamanki, kim bizni qiyosni hadisdan ustun qo'yadi desa, yolg'on gapiribdi. Bizga tuhmat qilibdi. Hadis sahih bo'la turib, qiyosga o'rin qolarmidi? Shuning uchun imom a'zam hadis turganda bir chekkaga surib qo'yib, o'zini rayini aytgan degan gapni gapirayotganlar, tuhmat qilayotganligini aboxonifa qasam bilan aytyapti. Ha, ba'zi bir hadislarda imom Buxoriy keyingi davrda yashab, yiqqan bo'lsa, imom a'zam mana shu hadis haqida bexabar bo'lishi mumkin. Chunki imom Buxoriyev faqat hadis jamlash bilan shug'ullangan. Bo'lishi mumkin ba'zi bir hadislarni Imom A'zam eshitmaganligi. Lekin hadis turganda, hadisni chekka qo'yib qo'yib, o'zini g'ayini bilan hokim chiqargan degan odam Imom A'zamga tuhmat qilayotgan bo'ladi.
Imom A'zam o'ta fahmli, aqlli kishi edi. Bir kuni bir odam keldi. Aytdiki, men ayolim gapirmagunicha, unga gapirmayman deb qasam eshitdim. Men ayolim gapirmagunicha, unga gapirmayman deb qasam ichdim. Ayolim ham toki o'zingiz so'zlamaguningizcha men ham gapirmayman deb kasam ichdi. Endi nima qilamiz dedi.
Shunday Imom A'zam, borib gapirib yuboring, hech narsa emas dedi. Bu yerda guvoh bo'lib turgan sufiyoni sovri nimaga asoslanib bunaqa hukm chiqardingiz dedi. Imom shunday so'zini izohladi. Avval er qasam ichgan. Uni so'zidan keyin ayol kishi qasam ichgan. Erkak kishi, sen gapirmaguncha gapirmayman deb qasam ichgandan keyin ayol gapirib qasam ichdimi?
Demak, er qasami oqlandi. Unga kafforat to'lashlikda hojati yo'q dedi. Shunday qilib kafforat shart emas dedi. Sofiyoni sauri hazratlari hali ilmda siz erishgan kashflardan biz g'aflatdamiz dedi. Alloh taolo Imom A'zamni juda ko'p bir xayriyatlar bilan aziz qilgan edi. Chunki bu kishining hayoti haqida dars boshlaganimizda aytganmiz, Alloh qaysi bir bandaga yaxshilikni ravo ko'rsa, uni dinni tushunadigan, dinda faqih qilib qo'yadi. Shuning uchun akalar, mazhab kerak emas deyotgan odamlarchi, endi o'laroq gapirsin da.
Endi mana shu domlasiga erchib gapiray ekandir. Domlasidan eshitib olgan gapi bilan bu ulug' imomlarga tani yetkazay ekandir. Senchi, birodar mana shu imomlarga bir tani yetkazishingdan avval o'zing bitta kitobni o'qib yodlab ko'r. Masalan, hunud duosini yodlashga qancha qiyinchilik bo'ladi o'zi? Dars berishlikka, dars o'rganishlikka. Shuning uchun olib olsen bu ko'chaga kirib ko'r. Bir uch to'rt qadam yurib ko'r. Yura olamikin san? Besh olti qadam yurganingdan keyin bilasan bu odamlarni qadrini. Zar qadriga zargar yetar.
Imom A'zam rahmatullohining hayotida bo'lib o'tgan, yoshlikda bo'lib o'tkan bir voqeani aytib o'tamiz. Xudo sizlar bilan bo'lgan bahsi vaqtimiz yetganicha. Imom A'lam yosh yigitcha ekan, tush ko'rdim. Tushida bir to'ng'iz katta daraxtni tomirini qirqish uchun tagiga keldi.
Daraxtni bir novdasi egildi da, to'ng'izni qattiq urdi. To'ng'iz baqirganicha qochib ketdi, keyin qaytib kelib shahodat kalimasini aytdi. Yosh imom a'zam uyg'ondi da, tushini ta'birini, ta'birini so'rash uchun ustozi hammodni oldiga bordi. Borsa ustozi mahzun, g'amga kirgan, o'ylanib o'tiribdi. Aboxoniy opa unga sizga nima bo'ldi ustoz? Hamma aytadi. Xalifani oldiga bir to'p xudosizlar kelishib, bu koinotni yaratuvchisi yo'q, koinot o'z o'zidan bor bo'lgan deb bahslashgani ketdi. Zamoningizda eng bilimdon odamini chaqiringlar deb keldi. Endi meni chaqiribdi. Shunga endi deydi, o'ylanib o'tiribman deydi.
Shunda Aboxoniy aytdi: "Men tushundim, endi tushumni ta'birini" dedi. Ular bilan bahs qilgani menga ruxsat bering dedi. Agar yengib qo'ysam, ha, bu shogirdini yenga olmadinglar, ustozi bilan qanday gaplashasizlar, deyishadi. Agar yengilib qolsam, men endi yosh bolada deb qo'yishadi, dedi. Ustozni ko'ndi. Va'dalashilgan kunda yosh Imom A'zam, yosh yigit, bu xudosizlarni ro'parasida xoin bo'ldi. Ular aytishdi: sen bizga savollarimizga javob ber, oyat hadis ishlatma. Chunki kofir bo'lgandan keyin oyatga ham, hadisga ham yomon keltirmaydi. Aqlga to'g'ri keladigan narsalar bilan javob ber, dedi. Mantiqqa to'g'ri kelsin, dedi. Savollari. Birinchisi, senarobing qaysi yilda tug'ilgan?
Senarobing qayi yilda paydo bo'lgan? Robbingdan avval hech kim bo'lmaganini isbot qilib ber. Robbingning zoti qanday? U tutun yoki bulutga o'xshagan gaz simonmi? Yoki suv kabi oqib turuvchimi? Robbingning makoni qayerda? Robbingning yuzi qaysi tarafga qaragan?
Agar ishlar hammasi avvaldan taqdir qilib qo'yilgan bo'lsa, robbing nima bilan band? Nima ozaymasdan, faqat ko'payadi. Sizlar musulmonlar aytasizlar, biz jannatga kiramiz, jannatda abadiy bo'lamiz, qanday qilib aqlga sig'adi, qanday abadiy bo'laverishi mumkin? Keyingi savol a? Agar robbing bor bo'lsa, uni menga ko'rsat.
Keyingi savol, shayton olovdan yaralgan, qanday qiliq olovdan yaralganini yana olov bilan azoblash mumkin? Do'zaxga solib. Oxirgi savoli, hamma ishlarni Alloh taqdir qilib qo'ygan bo'lsa, nima uchun bandalarni jazolaydi? Savollarga birinchi katta javoblar berila boshladi. Birinchi savol, seni robbing qaysi yili tug'ilgan? Javob Alloh tug'magan, tug'ilmagan, unga hech kim, hech narsa teng emas.
Ikkinchisi, seni robbing qaysi yili paydo bo'lgan? Javob Alloh zamonlar va vaqtlardan avval bor edi. Undan avval hech kim va hech narsa bo'lgan emas. Robbingdan avval hech kim bo'lmaganligini isbotlab ber. Robbingdan aval hech kim bo'maganligini isbob isbotlab ber. Avval nimadir bo'lishi kerak baribir.
Imom, ularga raqamlardan uch. Undan oldin nechchi keladi dedi. Ular ikki deyishdi. Ikkidan avval nechchi bo'ladi? Bir deyishdi. Birdan avval nechchi bor dedi. Ular hech narsa yo'q deyishdi. Demak, raqamlarni avvalgisi bir bo'ladigan bo'lsa, undan avval hech narsa bo'lishi mumkin bo'lmasa, demak, haqiqiy yagona bir bo'lgan Alloh'dan avval ham bir narsa bo'lish mumkin emas u.
Demak, Alloh'dan avval biror narsa bo'lishi mumkin emasligi aqlga to'g'ri keladimi? To'g'ri keladi. To'rtinchisi, Robbingning zoti qanday? Bulut tutunga o'xshagan gaz simonmi, oqib turadigan suvga o'xshagan suyuqmi yoki bir qattiqmi toshga o'xshigan? Zoti qanday ekan? Imom ularga shunday javob berdi: vafot qilayotgan odamni oldida o'tirganmisizlar? Ular ha deyishdi. Qarab turdinglar, vafot qildi. Harakatlari to'xtadi. Nafasi to'xtadi, ovozi to'xtadi. Ha. Nima o'zgardi undan dedi. Undan ruh chiqib ketdi deyishdi. Shu yerda o'tirgandinglarmi dedi. Ha deyishdi. Ruhni ko'rdinglarmi dedi. Gaz simommidi u, suyuqmidi yoki qattimi dedi.
Ko'zi ko'rmasanglar yo'q degani emas da. Demak chiqib ketgan narsa chiqib ketdi. Tana harakatsiz qoldi. Sizlar menga ruhni qanaqaligini aytib beringlar. Bu javobdan ham qanoatlanishdi. Robbining yuzi qaysi tarafga qarab turibdi hozir? Robbining yuzini qaysi tomonga qaragan? Imom bu savolni javobi ikki qism edi. Birinchisi, qop qorong'u xonani o'rtasiga sham yoqqanmisizlar dedi.
Ular ha deyishdi. Shamni yoqqaninglarda yorug'ligi qaysi tomonga qaradi dedi. Har tarafga dedi. Robbimni yuzi ham shunday dedi. Bir chiniga sutni qo'ysanglar dedi. Shu sutni ichida yog' bormi dedi. Ular ha deyishdi, qayerda dedi. Hamma yog'i dedi. Laysa aka methodehi shay in voh vasam. Alloh taoliga biror narsa o'xshamaydi, lekin bularni aqli qanoatlanadigan misolni tushuntirib berdi.
Oltinchi savol. Agar ishlarni hammasi avvaldan taqdir qilib qo'yilingan bo'lsa, robbing hozir qilayotgan ishi nima? Hamma ishlar robbimning qo'lida. O'zi boshlab, o'zi tugatadi. Xorni aziz qiladi, azizni xor qiladi. Faqirni boy qiladi, boyni faqir qiladi. Kasalni sog' qiladi, sog'ni kasal qiladi.
Keyingi savol. Nima ozay emasdan faqat ko'payadi? Kamay emasdan faxat ziyoda bo'ladigan narsa bu ilm. Sakkizinchi savoli. Sizlar biz jannatga kiramiz, u yerda abadiy bo'lamiz. Abadiylik qanday qilib aqlga sig'adi? Har qanday narsani boshlanishi bo'ldimi? Oxiri ham bo'lishligi kerak. Abadiylikni nima bilan tushuntirib berasan? Dedi.
Imom ularga aytdi, raqamlarning birinchisi qaysi? Dedi. Ular bir deyishdi. Undan keyingisi qaysi? Ikki deyishdi. Oxirgisi chi? Dedi. Oxiri yo'q deyishdi. Boshlangan narsani oxiri bo'lmasligi mumkin ekanmi dedi. Demak jannatga kirganda boshlangan hayotni ham oxirgi nihoyasi bo'lmasligim mumkin dedi. To'g'ri keladi ma'qulga? To'g'ri keladik. Yo raqamni oxirgisi bormi?
To'qqizinchi savoli robbing bor bo'lsa, uni menga ko'rsat. O'ninchi savoli, shayton olovdan yaralgan, qanday qilib olovni, olov bilan hisoblashi mumkin? O'n birinchi savoli, hamma ishlar taqdir qilingan bo'lsa, nima uchun bandalar jazolanadi? Bu uchchala savolni javobini imomazdan bitta harakati bilan tushuntirib berdi. Boyagi savol bergan xudozizlarni kattasini yerdan bir guvalaydimi, g'ishtimi oldida boshiga burrib qonatib qo'ydi.
Boshim deb og'rib qoldi boshi. Ana shu yerda turgan shurtinglar imomni ushlab jazolashmoqchi bo'lishdi. Nimaga buni boshini yorasan deb. Shunda Abu Hanifa aytdi, mana shu ishim bilan dedi, to'qqiz, o'n, o'n bir savolinglarga javobim bor dedi. Ular robbing bor bo'lsa ko'rsat degan edi.
Boshing og'riyaptimi dedi. Ha dedi, og'riqni ko'rsat menga dedi. O'ninchi savoli shayton olovdan yaralgan bo'lsa, yana qanaqa qilib olov bilan azoblash mumkin degandi, inson tuproqdan yaralgan, mana tuproq bilan azoblashi iloji bo'ldi. Demak, olovdan yaraladigan iblisni qanaqa qilib Alloh jazolashligini O'zi biladi va bunga qodir. O'n birinchi savoli, agar hamma ishlarni Alloh taqdir qilib qo'ygan bo'lsa. Nima uchun Alloh jazolaydi? Demak buni boshini yorilishini ham Alloh taqdirga yozgan bo'lsa, nimaga meni qolmayman deyapsizlar dedi.
Bugun boshi yorilishi kerak ekan, men yordim. Nima bo'ldi? Taqdirdagi ish bo'ldi. Taqdirdagi ist bo'lsa nimaga meni jazolaysizlar dedi. Bu xudosizlar berilgan javoblarda hammasidan qanoatlandi kalima keltirib musulmon bo'lishdi. Imom A'zam rahmatullohi yoshlik davrida mana shunday bir buyuk aql egasi edi.
Imom A'zam rahmatullohu alayhi, o'tgan darsimizda aytdik, badavlat kishi edi. Boy kishi edi. O'zini qirqta shogirdini tamomiy sarf xarajatini o'zini zimmasiga olgan edi. Imom A'zam rahmato'lu alayhi, tijorat bilan shug'ullanarkan, u kishining tijorat mollari Shom va Iroq orasida borib kelar edi. Allohning fazli bilan barakotlik daromad qilar edi.
Bir yil o'tishi bilan, molini hisob kitob qilib, sarmoyasiga keragini olib qo'yardi da, oshganini fuqaholarga, talabalarga, qorilarni ehtiyojlariga sarf qilgani naqd pul qilib berar edi. Berib turib aytar edi. Bu sizlarning mollaringizning foydasi. Meni qo'lim sababli Alloh bu molni sizlarga yetkazdi. Va lohi men o'zimni molimdan sizlarga berayotganim yo'q. Alloh Taoloni menga bergan fazli, Alloh Taoloning rizqida hech kim hukmron emas. O'zini pulini berib turib, o'zingni puling, meni hech qanaqa seni ustingda fazlim yo'q, Allohni pulini beryapman deb turib, kamtarlikni ko'ring.
Imom A'zam bergan va bu narsani Alloh Taoloning fazli deb bilgan. Darsimizni nihoyasida u kishining hayotiga taalluqli bo'lgan bir shogirda Abu Yusuf bilan bo'lgan bir voqeani aytib beraman, inshaalloh nihoyasiyamiz. Keyingi darsda ham Imom A'zam haqida gaplashamiz, inshaalloh. O'tgan darsimizda aytdik, hammamiz ojizmiz. Hammamiz faqirmiz. Hammamiz muhtojmiz.
Allohdan so'raydigan narsamiz ko'p. Endi kimdir yetyapti o'sha so'ragan narsasiga. Kimdir yeta olmayapti. Farq nimada yetgan bilan yetmagandi o'rtasida? Yetmayotganlar so'ragan narsaini chin yurakdan xohlab so'rab, shunga sabab bo'ladigan ishni qilsa, Alloh albatta yetkazadi. Alloh meni ham qoralardan qilgin deydi, bo'ldi, boshqa ishi yo'q. Alloh meni oilamdan ham bir olimlarni chiqargin deb duo qiladi, farzandlar tarbiyasiga e'tibor bermaydi.
Abu Yusuf rahmatullo alik, katta shogirdi. Zehni juda ham zo'r bo'lmagan. Yana uni ustiga faqir bo'lgan. Ustozidan darsni o'qib, o'zlashtirib, o'zlashilmay shu borib keladi, lekin harakati bor edi u kishini. Alloh taolo ochgan keyin u kishiga. Yoshi kattayib qolgandan keyin Abu Yusuf otasi aytadi: o'g'lim, birodarlaringni otalari bir davlatmand odamlar, ular bolalarni o'qitishlikka imkoniyati bor. Endi tirikchiligimiz qiyin bo'lib qoldi. Shu o'qishingni qo'ysang da, menga tirikchilikka yordam bersang, deb bolasiga shu gapni aytadi. Imom a'zam bu narsadan xabar topgandan keyin abuyusufning uyiga boradi. Otasi bilan kuniga ma'lum bir miqdordagi pul berishlik evaziga bolasini kunini sotib oladi. Xuddi ishchi ishlatib unga pul bergandek, Abu Yusufni o'qitib, o'qigan kuniga pul to'laydi. Va otasiga aytadi: inshaalloh sizni o'g'lingiz, inshaallohsizni o'g'lingiz xalifalarning dasturxonidan taom tanovvul qiladi.
Keyinchalik, Imom Abu Yusuf xalifa Horun ar-Rashid davrida qozilik mansabida bo'ladi. Andalusdan tansiq bir taom keladi. Shu taomni xalifani oldiga qo'yishganida xalifa horun arshid bu taomni yeyishlikka ustozimiz haqliroq bizdanmi? Deydi da, ustozga ovqatni uzatadi.
Abu Yusuf qo'lini ovqatga uzatib turib kuladi. Kuladi. Shunda Xalifa: "Nimaga kulyapsiz?" deb so'raydi. Ustozim bir paytlar aytgan edi, inshaalloh o'g'lingiz xalifalarning dasturxonidan tamom tamom ul qiladi degan edilar. Alloh Taolo ustozini so'zini yerda qo'ymasdan ro'yobga chiqardi. Mana shuning uchun kulyapman, deydi. Demak, bu kishilar sidqidildan so'ragan va harakatni qilgan, Alloh Taolo ularni mana shu niyatlariga yetkazgan. Alloh Subhanah va Taolo mana shundagi bir buyuk salaflarimizni izidan borishlikka, ularni qoldirib ketgan ilmlarni o'rganishlikka va xalqqa mana shu narsani ta'lim berib, amal qilishlikka hammamizga tavfiq bergan bo'lsin. Alloh ilm bergan kishilarni martabalarini oliy qiladi, yuksak qiladi. Imom a'zam rahmatulloh alayh ummatu muhammadiyaning eng ko'zga ko'ringan va ilmi nihoyatda bu barakotli va ummatga ko'p foydasi tekkan kishilardan.
Ahli ilmlar, ustozlar, payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar va innala alima la yastag'firu la hum man fissamavati va man fil ard. Albatta olim uchun osmondagilar va yerdagilar istig'for aytadilar. Hatto suvdagi baliqlar va o'zining kavagida turgan chumolilar ham istig'for aytadi. Kimga? Olimlarga.
Albatta ulamolar, anbiolarning vorislaridir. Albatta anbiolar dinor va dirhamni meros qoldirmagan, ular ilmni meros qoldirgan. Kim mana shu anbiolardan qolgan ilm ma'rifatni merosni qilib olgan bo'lsa, juda katta bir ulushga ega bo'lgan bo'libdi. Biz siz bilan mana ikki darsdan beri ummati muhammadiyaning eng ulug'chilardan bo'lgan, tobeinlardan bo'lgan abu hanifa rahmatullo alih haqida dars olib boryapmiz. Abu hanifa rahmato'lo alih bani umayya asrining oxirlari va bani abbos asrining avvalida umr kechirdi. Bu davrda yashagan olimlarni tirikchiligi nahotda bir keng, qulay, oson bo'lgan. Chunki u davrda yashaydigan amirlar, xalifalar va ahli davlat kishilar mana shunday bir ilm peshvolari bo'lgan. Odamlarni kami ketiklarini o'z zimmasiga olgan edi. Ularni rizqlari kengida bemalol edi. Shunday bir asr ediki, ilmga odamlar homiylik qilgan edi. Ammo imom a'zam rahmatullohu alayhi mana shu sultonlar, amirlar, dan keladigan narsadan o'zini ehtiyot qilar edi. O'zini nafsini, ilmini ulardan keladigan narsada ehtiyot qilardiki, tirikchiligini, tijoratini o'zi mustaqil qilar edi.
Chunki bergan qo'l baland, olgan qo'l past. Abu hanifa, bitta misol shunga, o'zi yashab turgan davrda xalifa bo'lgan abu ja'far al mansur o'zini huzurga chaqirtirdi. Imom azam xalifani oldida o'tirdi. Xalifa undan din, dunyo haqida savollar so'radi. Savollarga javob berdi. Suhbat nihoyasida xalifa o'ttiz ming dirham molni imomni qo'liga tutkazdi.
Shunda Abu Hanifa ya'miral mo'miniy, men Bog'dodda g'aribman, buncha molni saqlab qo'yadigan joyim yo'q. Agar rozi bo'lsangiz, baytun molga qo'yib saqlab berib turing. Kerak bo'lganimda so'rayman, berasiz dedi. Xalifa ku unda. Shu ishdan hech qancha vaqt o'tmasdan Abu Hanifaga vafot etdi. Va u kishini uyiga qaralganda, u kishini o'zida juda katta mol va odamlarning ko'p omonatlari bor edi. Bundan xabar topgan Abu Ja'far Abu Hanifani Alloh rahmat qilsin. Taqiq bizni odatda biz bergan molni olmasdan lutf bilan, hikmat bilan qaytarib turadi.
Bundan ajablanishlikda hojati yo'qki, imomah aboxonifa kishi o'zini mehnati bilan topib yegan rizqini eng to'g'ri rizq deb ishonadiganlardan biri. Ya'ni bu ilmni, bu ta'limni tirikchilik manbai qilib olmagan edi. Aboxonifa tijorat chiqishi edi. Qo'lida dunyosi katta edi. Qachon oilasiga biror bir inqilob ehson qilsa, shu inqilob ehsan qilganchalik mablag'ni kambag'al bechoralarga ham tarqatar edi. Qachondir o'zini ustiga biror bir libos olib kiysa, ana shu libosni miqdorichalik mablag'mi kambag'al bekoralarga kiyim qilib tarqatar edi? Diqqat qilinglar. Davlatman odam yana ilmlik ham bo'lsa, qayerga sarf qilishni boshqalardan yaxshirog'ini bilar ekan ko'ring.
Abu Hanifa rahmatullohu alayhi. U kishi Imomu Moliq huzurida bir suhbatda bo'ldi. Imomu Moliqni atrofida bir qancha odamlar bor edi. Abu Hanifa bu majlisga kirib keldi. Bir qancha vaqt o'tirdi, so'ngra turib chiqib ketdi. Shunda Imomu Moliq atrofidagi ham suhbatlarga qarab, bu kishi kim, bilasizlarmi dedi? Yo'q, bilmaymiz deyishdi. Bu kishi No'monimni sobitdir dedi. Agar bu kishi, dedi imomolik, mana bu ustunni oltindan desa va mana shu so'zga albatta hujjat keltiradi dedi. Va shunaqa ham bo'lib chiqadi dedi. Imomi molik, abu hanifa haqida aytgan bu so'zni mubolag'a masala. Haqiqatdan imom a'zam rahmatullohu alayhi mana shunday bir chuqur bilim egasi edi.
Zar qadriga zargar yetar. Domlani qadrlashlik uchun, ahli ilmni qadrlashligi uchun inson ozgina ilmiy bo'lishi kerak. O'zi ilm ko'chasini bossa, ilm ko'chasidagi bir changni loyda tepalasa, ilm ko'chasidagi mashaqqatlarni bir qator ko'rgandan keyin, ha deydi, qiyin ekan deydi. Keyin ustozlarni, keyin ahli ilmlarni qadriga yetadi. Keyin ularni sha'niga noma'qul gaplarni gapirmaydi.
Tushunarli ekan? Imom a'zamga baho berayotgan kishi imomu molik. Chunki bu kishi ham o'zi mana shu to'rt mazhab boshliqlaridan bittasi, zamonasining eng ulug' kishilaridan ummatul muhammadiyadagi to'rtta mazhab bo'lsa, shundan bittasini boshlig'i bo'lgan odam imom a'zamiga mana shunday baho berdi. Avvalgi darslarda aytdik, Abu Hanifa haqida qolgan uchta mazhab egalari ustozlik haqida gapirganday gapirishadi. Imom A'zamda qolgan uch mazhab boshliqlari o'zlariga ustoz deb bilardi.
Abu Hanifa bilan hujjatlashganlar, talashib tortishganlar ko'p bo'lgan. Chunki ular davrida mana havolishlar, jahmiyalar, boshqa bir qancha zalolatga ketgan firqalar paydo bo'lgan edi. Kim esa kelib Imom bilan bahs qilar ekan, hujjatlashar ekan, Imomni naqadar buyuk, chuqur ilm egasi ekanligiga amin bo'lar edi. Mana, ana shunday bahslardan bittasini hozir e'tiboringlarga havola qilamiz.
Zalolatdagi jahmiya furqasini boshliqlaridan bo'lgan jahminni Safon ismli odam Imom A'zam oldiga keldi. U Imomga qarab sen bilan bir narsa haqida gaplashgani keldim dedi. Abu Hanifa aytdi, sen bilan gaplashishlik or, nomus. Sen gapiradigan mavzuga kirishlikni o'zi kuydiradigan olov dedi. Jahmiy aytdi, hali men bilan bir marta ko'rishmasdan, hali so'zimni eshitmasdan turib qanday qilib bunday hukm chiqarasan?
Imom javob berdi. Sen haqingda ya'ni seni gapirgan gaplaring haqida menga shunday so'zlar keldiki, ahli qibla bo'lgan odam bunaqa gaplarni gapirmaydi. Jahli aytdi. G'aybdan turib men ustimdan hukm chiqarasam, imom aytdi, sen haqingda bu so'zlar, sen gapirgan so'zlar xalq orasida mashhur bo'ldi. Sen gapirgan gapni omma ham biladi, xos odamlar ham biladi. Bu xabarlarni eshitib turib, shunga tayanib, seni ustingdan hukm chiqarsam to'g'ri bo'laveradi dedi. Jahmiy aytdi, men sendan faqat iymon haqida so'ramoqchi edim xolos dedi. Imom shu kungacha iymonni nima ekanligini bilmaysanmi dedi. Endi kelib so'raysanmi dedi. Jahmiya aytdi, ha, lekin men iymonning bir turida shubha ham bor dedi. Iymonning bir turi shubha ham bor dedim. Abduhanifa imonda shak qilishlik bu kufr dedi.
Jahmiy aytdi. Insonni kofir qiladigan so'z yoki ishni mendan eshitmay turib, qanday qilib meni kofirlikka hukm qilasan? Ya'ni men insonni kofirlik qiladigan biror so'zni aytmadim, biror fe'lni hali qilganim yo'q. Qanday qilib menga kofir deysan? Imom aytdi, so'ra savolingni. Jahmiyni savoli.
Bir kishi haqida so'rayapti. Allohni qalbi bilan tanigan, uning sherigi yo'q, yolg'iz ekanini, uning tengi yo'q ekanini bilgan, uni sifatlari bilan tanigan, bunga o'xshash biror narsa yo'q ekaninini bilgan, ammo bu narsani tili bilan aytmagan odam vafot etsa, musulmon bo'lib vafot etgan bo'ladimi yoki kofir bo'libmi?
Tushunarli ekan? Allohni tanidi qalbi bilan, sifatlari bilan tanidi, qalbi qanoatlandi, ammo tili bilan shahodat kalimasini aytmadi. Imom a'zam, agar qalbi bilan tanib, uni tili bilan aytishlikka to'sqinlik qiladigan biron to'siq bo'lmay turib, tili bilan aymasa, u kofir holda o'ladi, jahannam ahlidan bo'ladi. Qalbi bilan ishonsa yu, lekin tili bilan nutq qilmasa. Tili bilan aytishniki birorta bir moniya yo'q. Xatar yo'q, to'siq yo'q. Tili bilan aytsak ixtiyorida bo'lib turib, agar aytmaydigan bo'lsa, bu odam musulmon emasdir.
Jahmiy aytdi. Nimaga kofir bo'ladi? Axir u qalbi bilan Allohni tanidi yu. Haq tanishligi bilan Allohni taniydi yu. Nimaga kofiri bo'ladi? Abu Hanifani javobi. Agar sen Qur'onga iymon keltirgan bo'lsang va Qur'onni o'zingga hujjat deb bilsang, Qur'on bilan gapiraman. Agar sen Qur'onni, Qur'onga imon keltirmasang, Qur'oni o'zingga huujjat deb bilmasang, kofirga gapiradigan gap bilan senga javob beraman dedi. Jahniyatda Qur'onni uzumga men hujjat deb bilaman, Qur'ongga iymon keltiraman dedi. Endi Imom Azam unga Qur'on oyatlari bilan gapini isbotlab beradi. Agar yo'q, Qur'onni tan olmayman deganida, kofirga gapirgandaqa muomala qilinadi.
Shuning uchun ro'parozidimizda bir bahs qiladigan odamga beriladigan savollar bo'ladiki, agar sen chiziqda buyog'ida turgan bo'lsang, boshqacha gap bor senga. Chiziqda buyoqda tursang, boshqa gap bor senga. Ya'ni aniqlab olishlik kerak ekan. Bu jahli aytdi, Qur'onni men iymon keltiraman Allohning so'zi ekanligiga va o'zimga hujjat deb bilaman dedi.
Abu Hanifa aytdi. Iymon komil bo'lishligi uchun ikkita a'zo qatnashishi kerak. Qalb va til. Inson qalbi bilan ishonish kerak va tili bilan tasdiqlab iqror bo'lishligi kerak. Faqat qalbida bo'lib turib tili bilan aytmaydigan bo'lsa, bu iymoni komil iymon bo'lmaydi.
Alloh Taoloning kitobida va Payg'ambarining hadislarida bu narsani tasdiqi to'lib yotibdi dedi. Mana endi bir qancha oyatlarni o'qib, tili bilan aynishlik kerakligini isbotlab beryapti Imom A'zam. Asta aytib beringlar. Voida samiyu ma unzila ila rasuli taro ayunahum tafidhu minad dama imin ma'rofu minal haq yaqulu na robbana amanna faktubna ma ash shahiding. Ular payg'ambarga nozil qilingan narsani, Qur'onni eshitgan paytlarida, uning haq ekanini bilganlari sababli ko'zlaridan yosh qo'yilayotganini ko'rasiz. Ular Parvardigor, iymon keltirdik. Bas bizni guvohlik beruvchilar qatoriga yozgin, deydilar. Demak Qur'onda Alloh Taolo shunday deb aytishadi, yaquli uni. Tili bilan aytishadi deyapti.
Voma ala an ala nu'minu billahi va maja'anamina al haq. Bizga nima bo'ldiki, o'zimiz Allohga va bizga kelgan haq dinga ishonmaymiz u, yana Parvardigorimiz bizni ham bu solih qavm bilan birga jannatga doxil qilishini ta'min qilamiz. Fa atabahumullohu bima qol u jannat. Bas, shu gaplari sababli, Alloh ularni ostidan daryolar oqib turadigan abadiy jannatga kirgizadi. Nima sababli?
Aytgan gaplari, aytgan so'zlari sababli. Demak, iymon iymon bo'lishi uchun deyapti Imom A'zam, tiling bilan ham nima qilishing kerak? Aytishliging kerak. Abu Hanifa davom etdi. Ilm va tanishlik bilan kifoyalanmasdan Alloh gapirishga ham, aytishga ham buyurdi.
Payg'ambarimiz aytganlar. Ya yuhannas, qulu la ilaha illalloh tuflixu. Payg'ambarimiz ham aytgan ey odamlar, la ilaha illallohni deylar, najotga yetishasizlar. Payg'ambarmiz nima deyapti? La ilaha illalluh deylar deydi. Boshqa narsada aytadilar Payg'ambarimiz. La ilaha illallohloh degan odam jahannamdan albatta chiqadi. Chunki mo'min odamni gunohlari ko'payib ketadigan bo'lsa, albatta jahannamga tushadi. Va mana shu joyda qalbida zarracha iymoni bor odam mana shu shahodat kalimasini qalbi bilan ishonib, qalbi bilan inonib, tili bilan tasdiqlagan bo'lsa, jahlimdan chiqadi. Shart nima bo'lyapti yana? Til bilan aytishlik.
Endi inson qalbi bilan shansa, tili bilan aytmasa chi? Imom azam u kishi yana bir hujjat keltiryapti. Va jahadi u biha vostayqonat ha'anufusuhun. Va o'zlari aniq bilgan hollarida zulm va kibr qilib, u mo'jizalarni inkor etdilar. Shu sababli kofir bo'lishaverdi. E'tibor bering, payg'ambarni mo'jizasini ko'rgandan keyin kofirlar payg'ambarligini bilishdi, tushunishdi, ammo tili bilan mana shu kalimani aytishmadi musulmon bo'lishni kalimasini. Qalbi bilan tanishligi musulmon qilmadi bularni, ammo tili bilani aytmasligi kofir qildi. Jahmiyni savoli qanaqa edi? Tili bilan aytmasa ham bo'laveradimi degan savolga bir qancha oyat va hadislar bilan Imom A'zam javob berdi.
Shu tariqa Imom A'zam bu jahmiyga goh oyat bilan, goh hadis bilan birin ketin hujjatni keltiraverdi, jahmiyning yuzida ojizlik, bilimsizlik, mag'lubiyat alomatlari ko'rina boshladi. Ya'ni o'zini noto'g'ri yo'lda ekanligini tushundi. So'ngra aytdiki, sen unutgan narsalarimni esga solib qo'yding dedi.
Yana bir oldinga qaytib kelaman deb ketdi, lekin qaytib kelmadi. Demak Imom A'zam rahmatullo alayh mana shunday bir firqa vakillari kelib, o'zlarini botir aqidalarini, botir tushunchalarini odamlarni orasida yoymoqchi bo'lgan paytda, bu odamlar qalqon bo'lib turib bergan bu ummat uchun. Hozirda ham atrofimizni qarasangiz, Islom va musulmonlar nomidan gapirib turib, umuman kufrga olib chiqib ketayotgan firqalar, toifalar bor.
Mana shunday toifalarni oldida hujjat dalil keltirib turadigan ustozlar, ahli ilmlar bo'lmasa, xalqni holiga voy. Qur'oni bilan kelyapti o'zini. Alohida chop qilingan Qur'onlari bor. Chiroyli bir targ'ibotlari bor. Bilmagan odam Qur'on ekan debdi, erchib ketaveryapti, kofir bo'lib ketyapti. Ummatu muhammaddan chiqib ketyapti. Muhammad payg'ambar oxirgisi degan joyga bitta vergul qo'yib turib, mana odam ham payg'ambar undan keyin kelgan, undan keyin kelgandan nabiylar el chiqib ketyapdi. Eshityapsizlar.
Demak imom a'zam mana shunday bir firqalar chiqqan paytda ummatga qalqon bo'lib turib bergan kishilardan. Ba'zida eshitib qolasan, biz Abu Hanifaga ergashamizmi, payg'ambar alayhissalomgami deydi. Kim shunaqa savolda eshitgan?
Qo'l ko'tarib qo'yinglar da. Biz Imom A'zamga ergashamizmi? Hadiskami deydi. Men sizlarga bir o'zimizni shahrimizga mos qil misol beraman. Sizga savol berdim. Qayerda yashaysan dedi. Desa, ancha ham ko'chada deysiz. I o'shda yashamaysanmi deyapti. Andijon ko'chada yashayman desangiz, i o'shda yoshamaysanmi deydi. E, o'shda joylashgan Andijon ko'cha. Desangiz, qirg'izistonda yashamaysan mi deyapti.
Birodar, Andijon ko'ja O'shda joylargan. O'sh Qirg'izistonida joylargan. Demak men Andijon ko'chasida yashayman deyotganimda, O'shda ham yashayotganligim, Qirg'iziistonda ham yashayotkanligimni javobi bo'ladi. Demak men Abuxaniyevaga ergashayotgan paytimda, Abuxaniyeva Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni sunnatlarini, oyatlarini o'rganib turib ergashgan ekan. Men Imom A'zamga ergashlik bilan Payg'ambar sollallohu alalayhi vasallamga ergashayapman.
Payg'ambar alayhi vasallomni sunnatini tushunishlikda, biz bilimdonrog'imizmi, mana yigirma birinchi asr vakillari, yoki Imom A'zammi? Kitobga, sunnatga ergashlikni eng zo'r yo'li mazhab birodarlar. Ming yildan ortiq muddat yashab o'tgan olimlar hammasi mazhab bilan kelgan. Hech qaysi mazhab kerak emas degan maz birodarlar. Mobodo ichimizda shu fikrda ikkilanayotgan ukalar bo'lsa, yaxshilab tushunib olinglar.
O'sha mazhab kerakmas degan ukalarimiz ham, birodarlarimiz ham, o'qiyotgan namozini kimdan o'rgangan desangiz, o'sha mazhab orqali namoz o'qiyotgan odamdan o'rgagan. Rozimisizlar? Namoz haqida yozilgan kitoblarda hammasini qarasangiz, bu arab tilida bo'ladimi, kiril harfida bo'ladimi? Ana shu mazhab kitoblaridan tarjima qilingan. Yo o'zi bir ishtixod qilib, namozni bir hujjat dalilini o'rganib, alohida yo'l bilan o'rganib chiqdimi? Akalar, mazhab kerak. Mazhab kerak!
Ustozlar aytgandek, bu bir cho'qqiga chiqishlikni misoli bo'lsa, ana shu to'rtta mazhab boshliqlari hayotini sarflab mana shu cho'qqigachiqishlikda eng oson yo'llarini ip osiladigan joyiga ip ilib, tekislaydigan joyini tekislab, bir necha marta o'zi chiqib tushib, o'rgatib qo'ydi. O'sha tepaga chiqib tushyapti ibodatni qilib. Ummat sog' eson omon chiqib kelyapti. Tayyor yo'l turganda yana bir toifa odamlar chiqib qolyaptiki, biz o'zimiz chiqaramiz bu yo'lni deb turib, tayyor yo'lni qo'yib, o'zi bir yangitda yo'l ochmoqchi bo'lyapti.
Demak siz bilan biz mazhabga ergashdik deganda, Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamga ergashdik deb tushunamiz. Kitobga ergashdikni tushunamiz? Rozimisizlar? Demak biz mazhabga ergashtik ekanmiz ekanmi, Payg'ambarmizga ergashtik ekansiz? Qayerda yashaymiz ekanmiz? Bir aytadi, Nurdorda yashayman dedi, o'sha u ham. Bir aytadi, Shayt tegadi, bir onadir dedi, o'sha ham. Shuning uchun tushunaylik nima deyotganimizni. Haligi navbatchi gaplarni yodlab oliblar, haligi hammaga xilof qilsak bo'ldi da, ajralib tursak bo'ldida shu gapimiz bilan. Asosiysi shu.
Ajib da. Bir ming uch yuz yildan beri odamlar shu tekkis kelyapti shu yo'lda. Yaqindan beri paydo bo'lib qoldi shu narsa. Imom a'zamning eng ulug' shogirdlaridan Abu Yusuf, rahmatulloh alayh. Imom a'zamning darsxonasida Abu Yusuf ko'rinmay qoldi. Bir qancha muddat o'qidi, ma'lum bir darajaga yetdi, ko'rinmay qolgan.
Yo'q bo'lishligini sababini so'rashganida, falon joyda o'tirib odamlarga dars o'tyapti, fatvo aytyapti deyishdi. Ya'ni ilm o'rganayotgan aka ukalar eshitib turaylik. O'zini yetarli bilim egasida bildi va ilm darajasi yetarli bo'ldi, endi xato aytadigan bo'lib qoldi. Abu Yusuf ana shu dars aytib o'tirar ekan, bir odam savol berdi. Ey imom, namoz, farz amali bilan boshlanadimi, sunnat amali bilan bashlanadimi?
Farz amali bilon boshlanadi dedi Abu Yusuf. Savol so'ragan odam, noto'g'ri aytdingiz dedi. Sunnat amali bilan boshlanadi dedi. Noto'g'rida aytdingiz dedi? Hayron bo'ldim. Ikkinchi savol. Bir homilador ayol vafot etdi. U ayol musulmonning ayoli edi. Ammo bu ayol g'ayridin edi.
Qonida bolasi bilan vafot etdi? Bu g'ayridin ayolni qonidagi bola musulmonning bolasi. Kimni qabristoniga qo'yiladi? Musulmonlarni qabristonigami? G'ayriy dinlarniki. Musulmonlarniki qabristoniga dedi. Abu Yusuf. Savol so'ragan odam, noto'g'ri dedi. G'ayri dinlarniki qabristoniga qo'yili dedi. Yana noto'g'rida dedi. Yana notog'rida dedi. Shunda Abu Yusuf tushundi bu savol qayerdan kelganini.
Ustozi Imom A'zam rahmatulloh alayhi shu savolni aytib, borib so'raylar shu narsani. Agar shuni aytishlikka qodir bo'lsa, demak fatvo aytishlikka yaraydi, bo'lmasa yo'q. Kitobini qo'ltiqlab, boyagi darsxonani yopib, ustozini oldiga borib, shayx, nimaga meni xijolat qilasiz? Dedi. Shunda Imom A'zam o'zini shogirdiga qarab, vaqti soatidan oldin ilmda bosh bo'lishni istovchi kishi umrining qolganini doimiy xato bilan o'tkazadi.
Vaqt soatidan oldin ilmda bosh bo'sh bo'lishni istovochi kishi umrlining qolganini doimi xato bilan o'zgazadi dedi. Ukalar, xo'p, bir ma'lum bir darajaga yetgan bo'lsak, ma'lum bir o'ntami, o'n beshta hadis yodlagan bo'lsak, boring yigirmata hadis yodlangan bo'lsak, birodarlar, biz hali u mushtahid degani emas da. Domlamiz ham hali mushtahid degini emas da. Imom ahmaddan bir odam ellik mingta hadis bilsa, fatvo aytsa bo'ladimi degan ekan. Desa, yo'q, yo'q, umuman bo'lmaydi degan ekan.
Yuz mingta hadis yodlashgan bo'lsa chi? Yo'q degan ekan. Ikki yuz ming, to'rt yuz ming taga olib borganda o'ylangan ekan. Endi savol. Bizni shaharda to'rt yuzta hadis yodlagan odam bor emas. Shuning uchun mazhab kerak emas degan ukalar bo'lsa, mabodo bir o'ylanib ko'ringlar. Bir o'ylanib qo'ringlar. Demak, vaqt soatidan oldin ilmda peshvo bo'laman, ilmda bosh bo'laman degan odam vaqti bo'lmasdan turib, umrini oxirigacha xato bilan o'tkazarkan hayotini. Abu Yusuf ustozini vafotigacha etagini mahkam tutdi. Tushunarlimi?
Ali ibn Abit Talib roziyallohu anhuning nabirasi. Muhammad ibn Ali ibn Husayn ibn Ali, ibn Abit Talib. Muhammad i bin ali ibn husayni ibn ali ibn abit tulib. Imom Azam haqida ham o'zini zamonida odamlar bor edi, nojoya gaplarni gapiradigan.
Muhammad ibn Ali'ga. Imom Azam haqida nojoyib gaplar kelgan edi. Imom azam makkaga borganida, mana shu imomiboqir ham deyiladi. Imomiboqir bilan uchrashdi, mana shu ali irodiy mahmudni chevarasi. Imom azam bilan yo'liqdi da, imomga qarab, bobomni dinini o'zini rayiga o'zgartirgan odam sizmisiz dedi.
Ya'ni bobomni dinini o'zini ra'yi bilan o'zgartiradigan odamsizmisiz dedi. Shunda imom a'zam adab bilan so'radi. Imom boqirdan. Islomda dedi, erkak zaifroqmi, ayol zaifroqmi dedi. Imom aytdi, imom boqir, ayol kishi zaif dedi.
Imom a'zam aytdi, agar men boboyizni dinini, agar boboyizni dininini men o'zimni ra'yim bilan o'zgartirganimda, merosni ko'prog'ini erkakka emas, ayolga bergan bo'lardim zaifligi uchun dedi. Rayga qaralsa, aqlga qaralsa, ayol kishiga ko'proq berishlik kerak. Lekin payg'ambarimiz erkakka ikki qism beriladi, ayolga bir qism beriladi dedimi? Shunday qoldirdi. Agar men ra'yim bilan uzgartirganimda ayolga ko'proq berardim dedi.
Keyingi savoli. Imomi bohirga aboxonifat savol beryapti. Najosatda, najosatlikda, bavl og'irroqmi, nutfami? Najosatda, nopoklikda, bavl og'irroqmi? Nutfami? Imom Boqir, bavl og'irroq dedi. Aboxonifat aytdi, agar men sizni boboyingizni dinini rayimga o'zgartirganimda, har bavil qilganingizdan keyin g'usl qilishga buyurardim sizni dedi.
Xalifa Abu Ja'far Mansur Imom Azam rahmatullo alayhni saroyda qozi bo'lishlikka chaqirdi. Imom ko'nmadi. Qozi bo'lasan dedi. Ollohga qasam, qozi bo'lasan dedi. Imom Azam Ollohga qasom, qozi bo'mayman dedi. Mana ikkalasi ham qasam ishda. Endi kimdir qasamini buzishligi kerak, chunki bajarilmaydi da.
Agar hozir Imom Azam qozi bo'lsa, o'zini qasami buziladi. Qozi bo'lsin, xalifani qasami buzilad. Imom Azam aytdi. Xalifa qasamini kafforatini to'lashga mendan ko'ra qodirroq dedi. Ya'ni uzib to'lab qo'yaversin, men qozi bo'libmayman dedi. Shunda xalifa chaqirib, qozi bo'lasan dedi. Imom bo'lmayman dedi. Men eplay olmayman dedi. Xalifa aytdi, sen yolg'on gapiryapsan dedi. Abu Hanifa aytdi, e, siz hali yolg'onchi odamni qoziqmoqchimisiz dedi.
Shunday qilib qozi bo'lmadi. Xalifa abu ja'far al mansur imom azamni qom olib qo'ydi shundan keyin. Va ulug' imom, mushtohidlar sultoni, zohid orif Imom Azam rahmatulloh alayh nomoli bilan sobit, yuz ellik hijriy yilda qamoqda vafot etdi.
Mansab berganda, mansabga ko'nmadi, xalifa qolmadi, mana shu qamoqda vafo topdi. U kishi vafot etgan kuni, u kishiga odamlarni ko'pligidan janoza olti bo'lib o'qildi. Ellik mingdan ortiq odam janozasida qatnashdi deyiladi. Alloh Taolo faqihlar quyoshi, olimi rabboney Abu Hanifa Nomonimni sobit rahmatulloh alikni o'z rahmatiga olsin. Hamda siz bilan bizga ham mana shunday bir buyuk ajdodlarimizni yo'lidan borishlikka, ularni qoldirgan ilmiy merosdan foydalanib, kitobi sunnatdan og'ishmasdan borishlikka Alloh o'zi tavfiq bergan bo'lsin. Mana Imom Azam haqida uch dars qildik. Bir muncha bir ma'lumotlarga ega bo'ldik. Endi bir fikr qilaylik. Bir fikr qillaylik. Imom Azam, Abu Hanifa, No'moniddin sobitiddin marzuban, rahmatulloh alayh.
Avvalgi darslarimizda aytdik, bir kishini to'rtta odam maqtasa, dedi Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam. Bir mo'minni to'rtta mo'min maqtasa, Alloh Taolo uni jannatga kirgizadi, dedi. Uchta odam maqtasa chi, yo Rasululloh? Uchta odam maqtsa ham. Ikkita muomil maqtasa chi bitta muomilni? Ikkita bo'lsa ham dedi. Bu kishini ming yildan ortiq muddat odamlar faqat yaxshilik bilan esga olishadi. Siz bilan biz ham u kishi haqida faqat yaxshi gaplarni gapirishlikka mas'ulmiz, birodarlar. Ular haqida bir nojoya gapni gapirishingdan ehtiyot bo'laylik. Chunki u kishini qoldirgan ilmiy merosi davom ettirib o'rganib kelinyapti. Va mana shu mazhabda kim o'rganib o'qiyotgan bo'lsa, shu kishiga qilayotgan ilmidan, o'rgangan ilmidan ulush bor.
Har kuni deyarli bu kishining ismi zikr qilinadi. Hanafiy mazhabida manaqa deyilgan. Men Imom A'zam mazhabidaman. Qanaqa fe'lati mandadov aytilingan, deyarli har kuni yer yuzidagi musulmonlarning katta qismi mana shu kishining qoldirgan mazhabida ibodatini qilib keladi. Shu kungacha bu ummat bu kishining ilmidan foydalanib kelyapti. Shuning uchun mana shunday bir buyuk imom, yo'lboshchimiz, Imom A'zam rahmatulloh alayhna Alloh Taolo rahmat qilsin va siz bilan bizga u kishining ilmidann foydalanib, hayotimizda yashab borishlikka tavfiq bergan bo'lsin.
Aql u qobli ha'da va astag'firullohu alayhi va alakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh.