Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil alamin. Vassolatu vassalamu ala saidina muhammadi va ala alixiy vosihab ihi ajma'in. Umma baxt, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'la va barakatu. Assalomu alayhu zamo. Ulug'larning sirlari deb nomlanadigan silslar darsimizni bugun Ja'fari Sodiq. Javfar ibn Muhammad, ibn Ali, ibn Husayn, ibn Ali ibn Abitoriy roziyallohu anhu. Ali roziyalloh anhuning zurriyoti. Ja'far as Sodiq. Bu darslarimiz ummatning ulug' insonlari haqida so'z yuritadi. Tarixiy shaxsiyatlar, ularning siyratlari, fe'l atvorlari, qilgan ishlari va mana shu bir yuksalikka yetishiga sabab bo'lgan ularning sirlari.
Bu darslarimiz ana shu ulug'larimizning sirlarini ummatga yetkazadiki, shariat, ummat ana shu sirlardan boxabar bo'lsin, o'zlariga shu ularda bo'lgan narsani tadbiq qilib paydo qilsin va ummatni boshqa ummatlarda yana bir peshqadam, imom ummat bo'lishiga yetaklasin. Biz Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam va sahobalar haqida darslar qilganmiz. Endi bu darslarimiz ana bu uch asrdan keyingi davrda yashagan ulug' insonlarimiz haqida bo'ladi. Musulmonlarning imomi Ja'far ibn Muhammad, ibn Ali, ibn Husayn, ibn Ali ibn Abiturof roziyallohu anhu. Ja'faru Sodiq. Bu kishi mana shu laqabi bilan tarixda qolgan. Ko'pchiligimiz Ja'faru Sodiqni Ali roziyalloh anhuning zurriyoti ekanligini bilamiz, ammo bu kishini Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuga ham nasl nasabni ulanishidan xabarimiz yo'q.
Ja'faru Sodiq Abu Bakr Siddiq roziyallohni hukuga ikki tomondan o'g'il bo'ladi. U kishi aytadi, men Abu Bakr Siddiqga ikki tarafdan o'g'il bolaman. U kishini onasi Ommu Farva bintul Qosim ibn Muhammad ibn Abu Bakr Siddiq. Ya'ni Abu Bakr Siddiqning o'g'li Muhammad tomonidan farzand bo'ladi. Ona tomonidan. Endi onasining onasi Asmo bint Abdurahmon ibn Abu Bakr Siddiq. Abu Bakr Siddiqning o'g'li Abdurahmon tomonidan ham, demak, ikki tomonlama Abu Bakr Siddiqqa o'g'il bo'ladi. Bunga yana ali ibn abit olibning zo'riyoti ekanligini ham qo'shib qo'ying. Albatta, nasl nasab birodarlar hech qanday gap so'z sig'maydi. Bir tomondan muhammad alayhissalomga, ali ibn abit olibga bog'lanyapti. Fotimai Zahro Ali ibn Abitolib, bu tomondan Abu Bakr Siddiq roziyallohni qo'ygan. Nasl nasab, ukalar, turmush qurishlikdagi iymondan keyin birinchi qaraladigan punkti, qiz tonlashda. Birinchi o'rinda diniga qaraymiz, orqasida nasl nasab ham o'ta muhim narsa. Tagi tuguni toza bo'lishligi. Tagi tugida xolomilarni bo'lmasligi, zanoani fahshni bo'lmasligini, halol luqma bilan katta qilganligi, siz xaridor bo'layotgan xonadondan xalqni ichiga nojoya bir so'z fikr chiqmaganligi, bu katta narsa.
Nasr nasab ikkinchi o'rinda turadi, birodarlar. Kelinni tanlashda dindan iymonidan keyin. Jafar Sodiq hijriy saksoninchi yilda Madinada dunyoga keldi va mana shu joyda vafot etdi. Laqabi as sodiq. Rostgo'yligi bilan mashhur bo'lgan edi. So'zida, ishida, fe'lida biron marta yolg'on zohir bo'lmagan edi. U kishi o'zining davrida imom bo'lib, faqih bo'lib tanilgan edi. Yana Ja'far Sodiq o'ta hakim, hikmatli inson edi. Kishida ilm ko'paysa, axloqi yuksak bo'lsa, shu narsa o'z egasida hikmatni paydo qiladi. Hamda dinni fahmlashligida ko'rinadi. Dinni tushunyaptimi hikmatini, demak ilmi chuqur. Dinni tushuna yaptimi hikmatni, demak ilmichuqur. Sayozmi, demak dinni hikmatini tushunmaydi bunday inson. Bu kishi o'zining saxovati bilan ham mashhur edi. Bunda ajablanishida hojati yo'q, chunki Javfari Sodiq Abu Bakr Siddiqqa bog'lanadi dedik nasl nasabi. Abu Bakr Sidiqni qanchalar saxovatli ekanligini birodarlar, mana sahobalarning tarixida o'qib o'rganganmiz.
Javfari Sodiqning shogirdi Xiyojimni Bustom Attamimi aytadi, Javfari Sodiq infoni ehson qilar edi, bola chaqasiga hech narsa qolmay qolgunicha. Uyiga hech narsa qolmay qolardi, ehsonni ko'pligidan, sadaqatini ko'pligidan. U kishidan, birodarlar, u kishini mana hakim dedik. Hakim dedik. Riboni hikmatini so'rashdi. Nima uchun ribo harom? O'zlari asli shariatimizda, birodarlar. Nima uchunga namoz o'qiladi, nima uchun ro'za tutiladi deyilmaydi. Bu savol berilmaydigan narsalar, ta'budiy masalalarda aqlimizni ishlatmaymiz. Nimaga endi xufton to'rt rakat? Nimaga shom uch rakat deyilmaydi? Endi bu kishidan riboni harom qilinishligini hikmati so'raldi. Biz odatda ribo haqida gapirganimizda, birodarlar, uni faqatgina iqtisodiy zararini gapiramiz. Lekin Ja'fari Sodiq mana shu dinni nozik joylarigacha chuqur tushirgan faqih inson bo'lganligi uchun quyidagicha javob berdi. Alloh taolo riboni harom qildi, odamlar bir birlariga ma'rufni man qilmasliklari uchun. Ya'ni bir biriga yaxshilik qilib turishligi uchun. Xayriya ehson qilsin, sadaqa qilsin, info qilsin, bir biriga nisbatan yaxshilik qilsin.
Riboda bu narsa yo'q. Riboda pulni beradi, foydani oladi. Riboda pulni oladi, foydasini beradi. Odamlarni o'rtasidagi ma'ruf degan narsa yo'q bo'lib qoladi. Ja'farov Sodiq odamlarni o'rtasida bo'ladigan xusumatlarni yo'q qilishlikka o'ta ham xaris edi. Agar ikkita odam talashib tortishib qolgani ko'rsa, sababini so'rar edi. Agar shu ikkala tortishayotgan odamni o'rtasidagi muammo pul bo'lsa, men to'layman deb qo'yardi da, mushkulani hal qilib qo'yardi. Shuning uchun doim qarzdor bo'lib yurar edi. Kambag'al bo'lganligidan emas, odamlarni qarzini bo'yniga olib qo'yganligidan. Taassur, bizni zamonimizga kelib turib, o'zini qazniyat turagacha kelmaydi odamlar. To'g'rimi?
Shuning uchun doim qarzi bo'lar edi, faqirligi uchun emas, birovlarni qarzini o'zini zimmasiga olganligi uchun. Ja'far Sodiq faqatgina ilmli olim, faqih emas edi. U kishi o'zini fe'l atvori bilan, axloqi bilan odamlarga ibrat bo'ladigan inson edi. U kishini ishlaridan, mana saxovatidan qopni ichiga nima edi, nonmi, go'shtmi, pulmi, faqirlarga kerak bo'lgan narsalarni solardi da, yelkasiga haligi qopni ko'tarib, tuni bilan Madina ko'chalarini aylanib, faqirlarni eshigini tagiga qo'yib ketar edi. Odamlar bilmas edi kim qo'yib kelishini. Faqirlar chiqsa, eshigini tagida infoq turibdi. Olardi, haqqiga duo qilib qo'yib ko'tar edi. Keyin qachon bilib qolishdi Ja'fari Sodiq qilayotganligini? Ja'fari Sodiq vafot etdi, info g'iyoslar to'xtab qoldi. Shunda bilishdi. Ungacha mana shu qilgan ehsonini hadisda aytilganidek, o'ng qo'li qilganini chap qo'lga bildirmaydigan kishilardan edi.
Ja'fari Sodiq, Alloh Taoloning kuchiga rahmat bo'lsin. Ja'fari Sodiqni hikmati, dinni fahmlash haqida alohida to'xtalib o'tishimiz kerak. Ja'fari Sodiqni siyrat haqida kitob yozgan maoriflar, uni hikmatini va qiyin savollarga bergan ajib javoblarini ko'p keltirishgan. Ana shunday mushkulali savolga bir olim zo'r javob berib qo'ydimi? Demak ilmini quvvatiga, hikmatini quvvatiga dalolat qiladi bu narsa.
Ja'far Sodiqning shogirdi Sofiyoni Savri aytadi Makkada Abu Abdullohni yonida edim. Abu Abdulloh Ja'far Sodiq. Abu Tuhga to'xtagan edi. Men dedim, ey Rasulullohning o'g'li, nima uchun mavqif Arafot? Haramning tashqarisida. Masjidul Haram bor va Haram hududi bor, kattaroq territoriya.
Arafot Haram hududidan tashqarida. Nimaga Haram hududdan tashqarida Arafot? Shunda mana nimada javob berdim. Mana Hajning tartibiga berilgan daqiq bir tafsir. U aytdi, Ka'ba Allohning uyi. Haram ana shu Ka'baning chegarasi, devori. Mavqif Arafot uni kirishi. Demak, Baytulloh Ka'ba, Haram uni hovlisi, endi Arafot tashqari.
Hojilar Baytullohni qasd qilib kelganlarida eshik oldida to'xtaydilar Arafotda. Ular Allohga tasavvur qilib yolvoradilar, ularga kirishga izn berilgach, o'zining ikkinchi eshigiga, Muzdalifaga yaqinlashtiradi. Muzdalifa Haramni ichida. Arafatda kun chiqqandan kun botgunga qadar duo iltijo qilib turadi hojilar. Kun botgandan keyin Muzdalifaga kelib tunaydi. Demak Haramni ichiga kirdi. Birinchi eshigini oldiga kirgizdi Muzdalifaga.
Ularning Alloh Taolo tasavvurlarini ko'pligi va uzoq qilgan ishtixodlarga qarab turib, ularga rahm qiladi. Hamda Qurbonlik qilishlikka buyuradi. Va hojilar, hojilar Qurbonlik qildi. Qurbonlik Alloh bilan insonlarning o'rtasida to'siq bo'lib turgan gunohlarning ketishiga sabab bo'ladi. Qurbonlik qiladi, gunohlari kechiriladi. Allohdan to'sib turgan, bandalarini to'sib turgan gunoh yuvilgandan keyin Alloh Taolo shundan keyin o'zini uyini ziyorat qilishiga izn beradi dedi. Qarang, bir ajib, bir ta'rifki, hajni tartibiga berilgan.
Sofion so'radi nima uchun tashrih kunlari ro'za tushlik mumkin emas? Tashrih kunlarni mana shu haj kunlari, uch kun. Sofionga Ja'fali Sodiq aytdi. Chunki ular hojilar, Allohning ziyofatida mehmonni mezbon uyida ro'zalar bo'lishi lozim bo'lmaydi dedi. Mana shu uch kunda ro'za tutib bo'lmaydi.
Abu naim o'zining xulyatul avliyosida keltiradi, abu ja'fir al mansur madinaga keldi. Bu Ja'far Mansur Abbosinglar mamlakatining eng qudratli xalifalaridan bo'lgan. Abbosiylarni xalifalaridan. Madinaga keldi. Yuziga pasha qo'ndi. Haydadi. Yana qo'ndi, yana haydadi. Bir necha marta deb bezor qilib yubordi. Shu paytda Javohir Sodiq kirib keldi. Xalifani majlisiga. Endi pasha xalifani zeriktirganligidan xabari yo'q.
Javohir Sodiq zamonasining eng kuchli olimi. Xalifa so'radi: ey Abu Abdulloh, Alloh nimaga yaratgan a pashani dedi. Endi bu uni boyagi holatidan xabari yo'q. Ja'far Sodiq shartta javob berdi. Alloh u bilan jabborlarni xorlash uchun deb qo'ydi. Ja'far Sodiqqa Alloh Taolo go'zal xulq berdi, chuqur ilm berdi, ajib fe'l berdi, kamtarlik berdi, yana bularga qo'shib, viqor, haybatni ham berdi. Sirli, haybatli, viqorli odam edi. Manaman degan xalifalar ham bu kishini oldida sir bosib qolardi ularni. Bilasizlar, ummonim Hattob roziyallohu anhu, shunday bir sirli, viqorli odam bo'lgan, voqo'r bo'lgan. Odamlar kelib, ey amiral mo'min in, sal muloyimroq bo'ling. Shu yuraklarimiz yorilib ketay deydi, sizni oldingizda turganimizda, deyishdi. Qarab turib xalifa amiral mo'minin, bu men sizlarga qilgan zulm tufayli shunaqami? Yo'q, sizdan faqat adolatni ko'ramiz deganida Parvardigor meni buloga bo'lgan sirimni haybatimni yana ham kattaroq qilgan va duo qilgan edi.
Shamsiddin Azzaxabiy fazlimni Robiyidan, u esi otasidan rivoyat qiladi. Abu ja'fir al mansur meni chaqirtirib, ja'firimni muhammad meni mulkimdan maromat qilibdi. Meni oldimga olib kel. Agar men uni qatl qilmasam, Alloh meni qatl qilsin dedi. Mana ja'far al mansur, xalifa ja'fari sodini qatl qilishlikni qasd qildi. Men Ja'fari Sodiqni topib, xalifani yoniga chaqirib keldim.
Mushkulani sezgandek, tahorat oldi, xuddi o'limga tayinlangandek kiyindi va yetalab kelar ekanman. Nimalardi dedi, pichiradi, so'zini tushunmadim. Kelib, amiral muomalining huzuriga kirishga zin so'radi. Xalifa uni olib kir dedi. Keyin yana, agar men uni qatl qilmasam, Alloh meni qatl qilsin dedi. Ja'fara sodiq majlisga kirdi, xalifani majlisiga. Kirishi bilan xalifa shap o'rnidan turdi da, shoshib Ja'fara sodig'ni oldiga keldi. Qo'lidan yetaklab, o'zini majlisiga ko'tardi. O'tkazib, muloyimlik bilan, yuziga tikilib turib, xush kelibsiz, xiyonatdan pok, toza inson, meni akam, meni amakimni o'g'li deb o'ziga yaqin qildi. Yuziga tikilib turib, nima hojatingiz bor ayting, bajaramiz dedi.
Qalblar, birodarlar Alloh Taoloning qo'lida. Qalblar Alloh Taoloni qo'lida, o'ldiraman deb turgan xalifa kelishiga qilayotgan munosabatini muomalasini ko'ring. Ja'farov Sodiq o'zi uchun hech narsa so'ramadi. Makka va Madina ahlini maoshlari kech qolganligini aytdi. Bajaramiz dedi. So'ngra bu yerda bir joriyaga shishada juda bir qimmat baho atirda olib keldi. Xalifa olib o'zi qo'li bilan surtib qo'ydi. Va ketishga ruxsat berdi. Javohir Sodiq chiqib ketdi. Kimni boshidan esi uchdi?
Javohir Sodiqni ertalab kelgan kishini, orqasidan yugurib chiqdi. Ey Rasulullohni o'g'li, xalifa sizni qatl qilishida shu g'am yo'q edi. Buni o'rniga sizga ikrom ko'rsatib chiqardi. Kelayotganimizda bir narsalarda pishiruvdingiz. Nima dedingiz, dedi. Ya'ni nima deb duo qilgandingizki, sizni o'ldiraman deb turgan xalifa sizga izzat ikrom ko'rsatib chiqardi.
Ja'farov Sodiq aytdi. Ey Robbim, qancha ne'matni menga ato qilding, unga shukur qilishim oz bo'ldi. Qancha balo bilan meni sinading, unga mening sabrim oz bo'ldi. Ey, ne'matlariga shukurim oz bo'lsa ham ularni men qilmagan Zot. Ey, balolarga sabrim oz bo'lmasa ham meni xor qilmagan z ot. Ey, ma'siyatlarim uchun meni sharmanda qilmagan Zot. Ey, sanoqsiz va tugalmas ne'matlarning egasi. Ey, bitmas tuganmas mag'ruflarning egasi. Dunyoyim bilan dinimga yordam ber. Taqvo bilan oxiratimga yordam er. Bilmagan narsalarimdan meni saqlagin. Mening nafsim istayotgan narsaga meni tashlab qo'ymagin. Ey, gunohlar zarar qilmaydigan, kechirishlik mulkini kamaytirib qo'ymaydigan zot. Senga zarar qilmaydigan narsada meni kechirgin. Seni mulkingni kamaytirib qolmaydigan narsani ato qilgin. Ya al vahab, sendan yaqin yengillikni va go'zal sabrni so'rayman. Jamiyki balolardan ofiyatni va ofiyat uchun shukrni so'raymen, dadam dedi.
Kimga suyandi? Hammani qalbi Allohni qo'lida. Shikoyatni kimga qildi? Robbisiga qildi. Mana shu taqvo, mana shu Allohga bo'lgan ishonchi, tazarusi uni qatl qilaman deb turgan kishini qalbini yumshatib qo'ydi. Ya'ni Alloh azza va jalloh o'zi yordam berdi. Chunki Payg'ambarimiz aytganlaridek, hamma odamlarni qalblari xuddi bitta odamni qalbidek Alloh Taoloning barmoqlaridan ikkita barmoqni o'rtasida, xohlagan tomoniga burib qo'yadi. Qalblar Alloh Taoloning qo'lida.
Javohir Sodiq ilm ma'rifatda shunday bir marta yetdiki, o'zini zamonasidagi hamma ahli ilm u kishini fazilatini tan oldi. Bironta odam yomon ko'rmasdi u kishini, ahli ilmlardan. Ibn Hajar Javohir Sodiq uni ta'riflab aytadi, rozgo'y, faqih, imom edi deb aytadi. Imom Shofiy, Ibn Ma'in, Ibn Xibbonlar ham mana shunday chiroyli so'zlarni aytib, u ahli baytning saidlaridan tabaa tobeylarning obidlaridan deyishar edi.
Ja'fara Sodiq tabaa tobey bo'lgan. Ya'ni tobey bo'lgin degan so'z ham bor. Sah'aliddin Sardor roziyallohu anhu va anasimni moligini ko'rgan deyiladi. Ikkala so'z ham bor Madinaning olimlaridan. Siz bilan bizni mazhabimizning boshlig'i Abu Hanifa No'monunni Sobi't rahmatulloh alayh aytadiki, Ja'far ibn Muhammadan ko'ra faqihroq insonni ko'rmaganman. To'ra va mazhabning eng ulug' imomi deyilgan Imomi Abu Hanifa Ja'fari Sodiqdan ko'ra faqiqroq odamni ko'rmaganman deyapti. Ko'ringlar biz kimni hayotini o'qiyapmiz? Kimlar ularni maqtayapti?
Xalifa ja'far al mansur odamlar javfari sodiqni so'ziga ko'p quloq solib, yaxshi ko'rayotganligini ko'rib turib, abu xalifani chaqirtirdi. Odamlar Ja'fari Sodiq bilan fitlanib qolibdi. O'zingizni masalangizdan qirqta qiyinini to'plab keling dedi. Men shunday qildim deydi. Xalifani huzuriga kirsam, qirqta masalani tayyorlab. Ja'fari Sodiq o'tiribdi Xalifa Mansurni oldida. Kelishgizni so'radim. Kirdim. Bu kishini taniysizmi? Deb so'radi xalifa. Ha, bu Ja'farimni Muhammad dedim. So'rang savollaringizni dedi. Va men savollarni, masalalarni o'rtaga tashlay boshladim. So'ragan har bitta savolimga Ja'fari Sodiq Abu Xalifa aytyapti. Sizlar Xanafiylar, bu masalada mana bunday deysizlar. Madina ahli mana bunday deydi, biz esa manaqa bunday deymiz deb, uchala tarafda fikrni aytib beryapti. Ba'zi masalalarda bizni fikrimizga to'g'ri keladiganini aytdi. Ba'zisida Madina ahliga to'g'ri keladigan fatvolarni aytdi, Madina ahlining gapiga to'g'ri keyin, ba'zida umuman bizga qarshi bo'lgan gaplarni aytdi dedi. Shunday qilib, qirqta masalani so'radim, bironta masalani javobsiz qoldirmadi dedi.
So'ngra aytadi aboxonipha. Axir aytmaganmanmi? Odamlarning eng bilimlisi, odamlarning o'rtasidagi ixtiloflarni biladigoni. Ya'ni faqat o'zini tarafininglar ilmini bilmaydi. Unga muxolif bo'lib turgan tomondagi ilmni ham biladi. Ja'far Sodiq mana shunday inson edi. Ja'far Sodiq juda ham hakim inson bo'lgan. U kishini hikmatlaridan ayrimlarni o'qib beraman, aytadigan gap ko'p.
Jafar Sodiqning hikmatlaridan. Diqqat qilinadi, qaysi gunoh insonni boshiga nima olib keladi? Ne'matlarni yo'q qiladigan gunoh haddidan oshishlik. Nadomatni keltiradigan gunoh qotillik. Nafrat, jazoni keltiradigan gunoh zulm. Ayblarni ochib qo'yadigan gunoh aroxo'rlik.
Rizqni to'xtatib qo'yadigan gunoh zino. Fanoni shoshiltiradigan gunoh qotilrohim. O'limni tezlashtiradigan gunoh, qarindosh urug'lar bilan aloqani uzishlik. Duoni rad qiladigan gunoh ota onaga oq bo'lishlik. Yana u kishini hikmatlaridan. Idda udifal balau ilal bala ka namunal bala i afia. Agar balo ustiga balo kelayotgan bo'lsa, bu keyingi kelayotgan balo ofiyat balosi ekan. Ya'ni tugayapti degani bu.
Uch xil odamdan hushyor bo'l. Xoindan, zolimdan va chaqimchidan. Seni foydang uchun xiyonat qilgan kishi seni zararing uchun ham xiyonat qilib qo'yaveradi. Seni foydangu uchun birovga zulm qilgan kishi, seni zararing uchuni ham birovga zulm qurib qo'yaverad. Seni foydang uchun chaqimchilik qilgan odam seni zararinga ham chaqimchilik ham qilib qo'yaveradi. Falonchini gapini ko'tarib keldimi? Chaqimchilik bildimi? Xotirjam bo'ling, siznikini ham kimgadir.
Qorni to'qilgiga shukur qiluvchi inson ro'zador kabidir. Birodarlar, doim ro'za tuta olmaymiz naf ro'zalar. Lekin shukur keltirib yashaylik da. Qorni tog'ligiga shukur keltira olayotgan odam xuddi ro'zadorga o'xshaydi. Ofiyatiga shukur qilgan kishi, baloga uchragan kishi kabidir. Ya'ni balosiga sabr qilayotgan odamga qancha ajr bo'lsa, ofiyatiga shukr qilayotkan insonga ham shuncha bo'ladi.
Mujomalato'n nasib sulul aql. Odamlar bilan go'zal muomala qila olishlik aqlning uchdan biri degan ekan. Odamlar bilan go'zal muomala qilishlik aqlning uzdan biri. Shuning uchun birodarlar, odamlar bilan qilayotgan muomalamizni qarab qo'yaylik. Ja'far as sobi haqida aytilishi kerak bo'lgan so'z ko'p. O'z zamonasidagi kibor faqihlarga ustoz bo'lganligi o'zi, u kishi uchun yetarli sharaf. Sufiyonis savriy, Abu Hanifadek insonlarga ustoz bo'lgan u kishi.
Ja'far ibn Muhammadni ulug'ligini siri nimada? U zot ilm, taqvo, saxovat, axloq egalari bo'lgan ahli baytni oilasida tug'ildi. Ya'ni qarang, ahli paytda boshqa odamlar ham bo'lgan, lekin bu kishi unaqa martabaga erishmagan. Bu ulug' inson ulug' oilada dunyoga keldi. Va shuni o'zi bilan kifoylanmadi, o'zini ustida qattiq ishladi. Ilmga qattiq harakat qildi, nafsini jilovladi, nafsiga odob berdi. Demak, bu kishini ulug'ligini siri birinchisi, oilasida, xos shart sharoitda va o'zini usti qattiq ishlaganligida. Mana shu uchta narsani so'raymiz bu kishini hayotida, ulug'likka yetalab chiqqan sabablar qatorida. Demak, oilani yaxshi bo'lishi kifoya qilmas ekan ulug' inson bo'lishga. Kimdir sizga xos tarbiya berayotganligi ham kifoya qilma ekan. Siz o'zingizga bog'liq bo'lgan mehnatni ham qilishligingiz kerak bo'ladi. Ja'fariddin Muhammad. Ja'fari Sodiqdan Alloh rozi bo'lsin. Siz bilan bizlarga ummatning ulug'laridan bo'lgan mana shunday insonlardan ibrat olishni nasib qilgan bo'lsin. Aqulu qovli haydavos dav firulloh ilay walakum.