Maviza
—Qoralama45 daq

Tobe'inlar hayoti

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
44:57
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir robbilen ilamin. Vassalatu vassalomu ala sayyidina muhammad va ala alixiy va ashabixiy ajma'in. Immobar. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatu. Bashariyat tarixida o'zini izini qoldirgan ulug' ajdodlarimiz haqidagi darslarga xush kelibsiz. Ulug'larning sirlari deb nomlanadigan silsilab darslarimizning navbatdagisi, bugungi darsimiz aziz ibn abdusalom, rahmatulloh alayhi haqida. Ummatning ulug' ishlaridan bo'lgan imom abdulaziz ibn abduusalom, ibn abil qosim, ibn ul hasan, ibn muhazzib. Bu kishi o'zining asrida, o'zining zamonida muloamolarning sultoni degan laqabni olgan. Bu kishi o'sining asrida mujaddiduddin, ya'ni dinni yangilovchisi degan laqabini olgan. Biz bu kishini hayotini o'qib o'rganar ekanmiz, bir umumiy ma'lumotlarni keltirib o'tishni maqsad qilmadik. Ya'ni qachon tug'ilgan, qayerda yashagan, kimlarda o'qigan, qachon vafot etgan. Bu narsani qasd qilganimiz yo'q. Biz bu ulug' insonni hayotida bo'lib o'tgan eng muhim bir hodisalarni, voqealarni ko'rib chiqamiz. Bu insonlarni mana shunday bir ulug'likka, yuksaklikka olib chiqqan omillar, sabablar qanday bo'lgan?

Shularni o'rganmoqchimiz. Tarix birodarlar takrorlanib turadi. Hozirgi kunimizda Ummat-i Muhammadni ustida sodir bo'layotgan ayrim ishlar avval ham sodir bo'lgan. Ana shu mashaqqatli kunlardan, ana shunday bir azimatli kunlardan ummat qanday chiqib ketgan? Tarixni o'g'irganmiz, mana shu narsaga o'zimizga javob olamiz. Mana shunday bir mashaqqatni kunlardan chiqib ketishlik, mashaqqatlik kunlarni yengib o'tishlik, borasida Izzat ibn Abdusalomning hayoti siz bilan bizga juda ham bir katta, ulkan darsni taqdim qiladi. Shuning uchun ummat o'zini o'tmishiga qaytib, undan dars olishligi kerak. Ana shu davrlarda ummatning ulug'lari qanday yo'l tutishgan? Haqni oshkora aytish, munkarni ochiq inkor qilish, sultonlarga jur'at bilan nasihat qilish, mana shu narsalar ulamolarning sultoni izzibn abdusalomning hayotida bor va shu narsani siz bilan bizga ta'lim beradi.

Sultonul ulama, ulamolarning s ultoni. Bu laqabni izzibn abduusalomga, uning shogirdi ibn daqiyl al aiyd tarafidan berilgan. Va nima uchun ulamolarning sultoni degan laqabni oldi? Darsni o'qish mobaynida inshaalloh bilib olamiz. Izn Abdusalom ummatning bir o'zgacha bir asrida yashadi. Shomda tug'ildi, shu yerda yashadi, keyin Misrga ko'chib ketdi. Bu kishi Salohiddin Ayyubiy barpo qilgan Ayyubiylar davlatida yashadi. Biz salbchilarning musulmonlarni ustiga qilgan urushlari davom etgan asr haqida gapiryapmiz, birodalar. Nasoralar, salbchilar, mana shu Baytil Maqtisga qarab yurib kelishdi, salbchi yurishlarni uyushtirishdi. Baytil Maqtisini egallashdi. Keyin Salohiddin Ayyubiy, siz bilan bizning mana bir aytib faxrlanadigan ulug' ajdodlarimizdan Salohiddin Ayyubiy chiqdi va bu salbchilarni yengdi, Baytil Maqtisin Quddusni ozod qildi. Ammo u kishi vafot etganidan keyin, asrini oxiriga borganda, Ayyubiylar mamlakati zaiflashdi. Sabab Salohiddin Ayyubiyning farzandlari, merosxo'rlari mulk tarashi bir biri bilan urushishdi.

Hatto o'zlarining tug'ishgan inalarga qarshi urushgani, mana shu nasroniy salbchilar bilan ittifoq tuzganlari ham bo'ldi. Mulk shu darajada o'roqqa muhim bo'ldi. Izzat Abdulsalom. U kishi o'zining zamonasida eng ko'zga ko'ringan olimlardan edi. O'sha davrning mujaddidi deb atalardi. Ammo u kishi faqat o'zini ilmi bilangina boshqalardan ajrab turmadi. Balki haq so'zni aytishda, sultonlarni yuziga nohaq qilayotgan ishini gapirishligida, amru ma'ruh nahimulkar qilishi bilan boshqalardan ajaradi. Mana biz ulug' inson layhotini o'qidik va buni buyog'iga o'qiymiz, lekin hech qaysini hayotida sultonlarnini yuziga kelib tikka nasihat qilishlik, bu kishini hayot kuchalik bo'lgan emas ekan.

Aziziddin Abdulassalom. U kishi munkarni inkor qilishlik ma'nosini yangiladi. Munkarni inkori qilishlik faqat so'z bilan emas, amal bilan bo'lishligini ko'rsatib berdi. Sultonlarni, amirlarni ishlaridan munkar ishni ko'radigan bo'lsa, ochiqchasiga ularga yuziga aytdi. Alohida surati ham aytdi, oshkori ham aytdi bu odamlar. Va bu ishda malomachilarni malomatidan yoki sultonlarning qilishidan qo'rqmadi. Ha, albatta, bir munkarni o'zgartirishlik kerak bo'lsa, shu munkarni qilayotgan odamni xos bir cheki olib o'tib turib, gapirib tuzatib qo'yishlik avliyoroq, to'g'riroq. Ammo ayrim holatlarda munkarni ochiqchasiga hammani oldida aytib, rad qilishlik ham kerak bo'ladi. Shuning uchun bilishimiz kerak bo'lgan narsa yoshlar. Munkar ishni inkor qilishlikda albatta shijoatli bo'lishimiz kerak. To'g'ri. G'ayratli bo'lishligimiz kerak, to'g'ri. Jur'atli bo'lishimiz kerak, to'g'ri. Lekin bulardan avval hikmatli bo'lishimiz keldi. Amru ma'ruv nahi munkar qilishda jur'at, shijoat zarur, lekin hikmat u ikkisidan avval zarurroq. Toki biz qaytarmoqchi bo'lgan munkar hikmatsiz sur'atda qaytarsak, bitta munkar o'nta munkarga aylanib ketmasin.

Demak, noto'g'ri ishni inkor qilishlik, ochiqchasiga ham bo'ladi. Yolg'iz o'zini bir chekkaga olib turib, o'zigagina xos gapirishlik bilan ham bo'ladi da. Shuning uchun jur'at deb turib, beadablik qilib qo'ymaylik. Da'vat deb turib, qovun tushirib qo'ymay lik. Toki matishga endi kelishni boshlayotgan odam bizni qilgan ochiq da'vatimizdan bezib, umuman matishga qadam bizni qilmay qo'ymasin. Tushunarlimi? Bilgani topib gapiradi. Bilmagan. Qopib.

Haq kalimani oshkor aytilishida birodarlar foyda ko'p. Haq kalimni oshkor aytishlikda foyda ko'plar. Ulardan ba'zilarni ko'rib chiqamiz. Birinchidan, agar olim odam haqni oshkor aya qiladigan bo'lsa, uzrni qoyim qiladi o'zi uchun. Allohning huzurida ham, odamlarning huzurida ham. Bu olim haq narsani bayon qilib qo'ydi deydi. Ikkinchidan, omma olimning atrofida jamlanadi. Haqni aytadigan va o'zi shu haqqa amal qiladigan olim bo'ladigan bo'lsa, odamlar uning atrofida jamalanadi. Uni so'ziga yuradi. Ammo ayrim holatlarda ilmli kishilar bo'ladi, odamlar ulardan uzoq bo'ladi. Ishonmaydimi ularga? Yoki ularda odamlar bilan ishi bo'lmayotganigidanmi? Ilmli odam, lekin xalqning ichida emas. Xalq nima bilan nafas olyapti? Nima bilan tirishchilik qilyapti? Qanaqa bir muammolari bor? Bu narsalar bilan ish yo'q. Faqat olim bo'ldi.

Uchinchidan, haqni oshga aratishning foydalaridan yana bittasi, boshqalarni ham munkarni imkon qilishga undashlik bor, shijoatlantirishlik bor. Masalan, ayrim kishilar shu munkarni o'zgartirib qo'yish qo'lidan keladi. Masalan, belgida quvvati bor odam, imom yoki ahli ilm, mana shu ish noto'g'ri, buni to'xtatishimiz kerak deb qo'ysa, shu bilagida quvvati bor odam borib turib, jur'at bilan aytadi. Eshitmadingmi? Domla manaqa dedi, yig'ishtir bu ishingni deydi. Yo eli boshi bo'lishi mumkin, yo bir qandaydir hokim bo'lishi mumki, rais bo'lishi mumkan, mahallani bir oqsoqoli bo'lishi mumkun. Shu munkarni o'zgartirish qo'lidan keloq degan odamki, olim odamni bir og'iz so'zini kutib turadi. Eshitdingmi domla nima deganini? Yig'ishtiring bu narsani. Demak, oshkora aytishlikning foydalaridan bittasi shu. Yana oshkor aytishlikni haq so'zini, foydalardan haqni qabul qilish bor. Agar olim haq so'zni aytsa, xalq uni yonida qo'llab tursa, munkar ishni qilayotgan odam ham shu haqni qabulqilishiga majbur bo'ladi.

Lekin taassur, menga nimada o'tib ketadigan zamonda yashayapmiz biz? Qo'y, menga nima? Kecha safar mana dedim, shapati yuzimga chopchuvdi, ta'bim xiraboldi, o'lib ketmaydimi? Deydigan zamonda yashayapmiz biz. To'g'rimi? Akalar, munkarni ko'rganda musulmon odam eng kamida qalbi bilan yomon ko'rib qo'yish kerak. Menga nima deyaptimi? Bu odamni iymonida juda ham katta halal bor.

Haq so'zni oshkora ichligida yana bitta foyda. Munkarni ochiq sur'atda inkor qilinish ummatni darajasini ko'taradi. Allohni huzuridagi darajasini ko'taradi. Payg'ambarimiz aytyaptilar ku, kim sizlardan bitta munkarni ko'rsa, qo'li bilan tiysin. Agar uddasidan chiqa olmasa, tili bilan tiysin, bo'lmasam qalbi bilan tiysin yomon ko'rsin. Munkarni korib odamlar singariytingni chekma bunaqa qilib desa, o'nta odam aytsin da. Boyagi odam hech bo'lmasa bucha ko'tib bekitib chekishni boshlaydi.

Ayzzibna abdulsalom allohni rahmati bo'lsin u kishiga mana shu manhajni ushlagan edi. Haqni oshkor aytardi. Munkarni oshkor o'zgartirar edi. U kishini hayotida bunga misollar juda ham ko'p. Ana shu voqealarni o'zida qatnashgan, shu voqeaga guvoh bo'lgan ulamolar tarix kitoblariga mana shu voqeani yozib ketgan. Izn Abdusalom o'zining asrining mujaddidi bo'ldi. Ilm borasida hammasidan o'zib ketdi. Faqatgina ilmga e'tibor qilgan kishilar haqida ham suhbat qildik, yana qilamiz. Ammo bu kishi ilmga yangi muhim ma'noni ziyoda qildi. Nima edi u desa, olimning hayotdagi o'rni. Olimning hayotda davri.

Olim kim? Olim odamlar to'g'risida qanday ish qilishlik kerak? Nimalardan band bo'lishlik kerak? Ummatni holi qachon pastga qarab ketadi? Ikki toifa ayniganda. Hokimlar va olimlar. Mana shu ikkala toifa, ayniqsa, ummat zaiflashadi, ummat orqaga ketadi.

Agar hokimlar qishlog'imizda munkar manseat bo'ladigan ishlarga yo'l ochib qo'ysa, alohida oraxona ochilsa, kazino ochilsa, nashniy klublar ochilsa, kalyan klublar ochilsi, shu narsalarga hokimlar yo'l bersa, xalqni tubanlashiga sabab bo'ladigan ishlar yo'l ochib qo'ysa, ummat orqaga ketadi. Ulamolar mana shu narsalarga indamay qo'ysa. Xalqni munkaytidan qaytarmasa, yana ummat orqaga qarab ketadi.

Izm Abdusalom o'zining zamonasida ko'p hokimlarni ayniganini, ulamolarni ularga xor bo'lganini ko'rdi. Shunda ummatni boshqarishlikka bel bog'ladi. Shuning uchun u kishi Mujaddiduddin, dinni yangilovchisi degan laqabni oldi. Bilasizlarmi Izm Abdusalom necha yoshida ilmga kirishgan? Ellik bir yoshida.

Ellik bir yoshiga ilmga kirishdi Izm Abdusalamo. Lekin mana shu qisqa muddatni ichida o'zini zamonasidagi eng yetuk olim bo'lib yetishdi. Bo'ldi endi biz katta bo'lib qoldik endi. Nechchiga kirdingiz? O'ttizga kirdingiz. Nechchiga kirdingiz? Qirqqa kirdingiz. Bo'ldi endi, bolalar o'qisin, bizni davrimiz o'tdi. Ellik bir ga kirdi, lekin oliy himmati bor, mustahkam irodasi bor, ushlaganini uzadi bizni tilda aytganda. Oxirigacha boradigan, tabiati bor, ellik bir ga kirganda kitob ushlab, jiddiy ilmga kirishgan Izzat Abdusalom o'zini zamonasida ulamolarning sultoniga aylandi.

Ha endi domla u davrda telefon bo'lmaganda. U davrda internet, televizor bo'lmaganda, u paytda televizor bo'maganda, kitob o'qi o'tirishgan, to'ppa to'g'ri. Bizni kim bo'ynimizdan boylab telefonga boylab qo'yyapti? Kim bizni televizorga yopishtirib qo'yyapt? Kim kechasi futbol ko'rishlikka bizni majbur qilyapti? Ellik bir ga kirganda o'qisa ham olim prosta ilmli odam emas, mujaddiddin, har asrda bitta bo'ladi bunaqa odam. Ulamolarning sultoni deyapti, ellik bir ga kirganda.

Ya'ni bu kishilarning hayotini o'qib turib, biz qaysi chuqurlarda qolib ketganligimizni bilib qo'yaylik. Biz ellik bir ga kirganlarimiz o'qimaydi, u tayin. Hozir o deb qo'yadi, ketaveradi. Lekin kimligimizni ko'rib qo'yayli. Bolalarimiz bizdaqa bo'lmasin mana shu masalada. Bizdan o'tsin ular. Aziz ibn Abdusalom Ban A'yub urug'idan bo'lgan podshohlardan Ismoil Ayyub davrida Damashqda yashagan edi. Podshoh Ismoil Ayyub bilan bo'lgan ajib hissasi.

Damashqdagi katta jomiyada xutba qilishlik izzi ibn Abdusalomning zimmasida edi. Salohiddin Ayyubiyning vafotidan keyin farzandlari mulkdalashib, davlatni parcha parcha qilishdi. Bular ulkan bir davlatni parchalashdiki, bir paytlar shu davlatning shaharlari bo'lgan, Xalab, Xims, Damashqni davlatlarga bo'lishib oldi. Davlat qilishib oldi. Ya'ni Xims davlati, Xalab davlati, Damashq davlati, o'zi Salohiddin Ayyubiyning davlatini bitta shahari edi ular xolos, bittadan shahrida xolos.

Bu bilan yana kifoylanishmadi da, Salohiddin Ayyubiyning farzandlari bir biri bilan urushishdi. Hatto ayrimlari o'zini tug'ishgan inalarga qarshi yordamni nasroniy salbchilardan olishdi va ular bilan ittifoqlar tuzishdi. Ana shu ittifoq tuzganlardan bittasi Damashqning sultoni Ismoil Ayyub.

Bu Ismoil Ayyub nasroniy salb chilar bilan ittifoqi tuzganini, ayrim qal'alarni unga berib yuborgani, Falastindagi ba'zi yerlarni unga berib qo'yganini eshitdi va buni xiyonat deb bildi. Alloh va Rasuliga nisbatan. Musulmonlarni yerlarini ularga berdi. Izn Abdusalom bu xiyonatni ko'rib sabr qilmadi, minbarga turib, Ismoil Ayyubni bu qilgan ishini qattiq suratda inkor qildi. Ismoil Ayyub ham shu jomiyada o'tiribdi. Xutbani ma'nosi Ismoil Ayyubning bu qilgan ishi xiyonat ekanligi edi. Odatda xutba tugaganidan keyin xatib mana shu amir yoki sultonni haqiga uzoq duoga xayr qilardi. Lekin Izziddin Abdusalom bu duoni qilmadi. Balki duo qilgani shunday bo'ldi. Parvardigorroq, bu ummatga to'g'ri yo'lni ko'rsatgin ki, unda o'zingning do'stingni aziz qilgin, dushmaningni unda xor qilgin, unda yaxshilikka buyurilsin va mumkinadan qaytarilsin. So'ngra minbardan tushdi. Shu yerda turgan sulton Ismoil Ayyub xutbani ma'nosini tushundi va g'azablandi. Izziddin Abdusalomni xutba qilishdan chetlatishlikka buyurdi va qamab qo'ydi.

Ammo Damashq ahli bunga sukut qilmadi. Odamlarni noroziligi kuchayib ketdi. Xalq qo'zg'alishga ketdi. Shunda Ismoil Ayyub qo'lidan podshohligi ketib qolishdan qo'rqdi da, qamoqdan chiqarishlikka buyurdi, ammo amru ma'ruf nahim inkor qilmaysan deb man qilib qo'ydi. Endi yaxshilik kelib yurib yomonlikdan qaytara olmagandan keyin Damashni nima qiladi? Misrga ketishlikni qasd qildi. Va Damashqni tark qildi. Avval Baytulmahdisga, keyin Misrga ketmoqchi bo'ldi. Shu vaqtni o'zida Ismoil Ayyub o'zi nasroniy salibchilar bilan uchrashib, ular bilan ittifoq qilmoqchi edi Baytul Maqdisga yaqin bo'lgan joyda.

Damashqdan sultonni chiqishi ham, Izziddin Abdusalomni chiqishi ham bir vaqtga to'g'ri keldi. Endi Ismoil Ayyub nasroniy salibchilik bilan uchrashi bir necha marta muloqotlar, uchrashuvlar bo'ldi. Ular bilan uchrasha gaplashib turgan paytida, Izziddin Abdusalomni Baytul Maqdisga yaqin kelganligini eshitdi. Shunda o'rtada paydo bo'lib qolgan jarlikni yo'qotish uchun, sovuqlikni yo'qotishi uchun, o'zini bir yaqin odamiga aytdiki, sen borib Izziddin Abdisolom bilan uchrash, yaxshi muomala qil, yumshoq so'zlarni ayt. Meni yonimga kelishiga sabab bo'l. Kelib mendan uzr so'rasin, meni uni kechirgan bola yana qaytib borib ishini qilaversin dedi. Endi sultonni elchisi izlimni Abdusalomni yo'lda topib uchrashdi. Kelib aytdiki, ey imom, sizni avvoga mansabingizga qaytishingiz va undan ham ziyodalikka erishishingiz uchun bitta ish bor. Sultonni oldiga borib, qo'lini olib qo'ying. Shu bilan eski holingizga qaytasiz dedi.

Izlimni Abdusolom uni so'zini eshitib turib, masxara qilib kuldi. Kel dedi. Ey bechora, podshoh Ismoil Ayyub kelib meni qo'limni o'pishiga rozi bo'lmayman u, men borib buni qo'lini o'pamanmi dedi. Ey qavm, men bir vodiydaman, sizlar boshqa bir vodiydasizlar. Sizlarni balolagan balo bilan meni balolamagan Allohga hamd sanoq bo'lsin dedi. Nima deyapsan? Men qo'lini olibmanmi deyapti. Shunda boyagi elchi unday bo'lsa, seni qolmaymiz dedi. Xohlaganinglarni qilinglar. Izzimni Abdusolomda ushlab, ana shu sultonni muaskariga borib, qarorgohiga olib borib, bir chodirga qamab qo'yishdi. Endi chodirda o'tiribdi. Qur'on tilovati, Allohni zikri, ibodati bilan mashg'ul. Nasoro salbchilar Ismoil Ayyub bilan uchrashgani kelishdi. Bularda o'tiradigan joyi izzimni Abduusalomda chodirga yaqin. U kishini qilayotgan ibodati, o'qiyotgan Qur'oni eshitilib turadi.

Ismoil Ayyub nasroniy salbchilar bilan o'tirar ekan, ovozi eshitilib qoldi, shayxni. Shunda boyagi nasroniylarga o'zini do'stligini isbotlashlik uchun, ularga yana ham yaxshiroq yoqishlik uchun maqtanib dedi. Anavi o'qiyotgan kishini eshityapsizlarmi dedi. Ular ha deyishdi. Podshoh aytdi, bu musulmonlarning eng katta qissisi. Qissis degani rohib degani diniy kishisi degani. Uni biz sizlar bilan ittifoqqa kelganimizga qarshi bo'lgani uchun qamab qo'ydik. Ayrim yerlarda sizlarga berganimizga qarshib bo'lgani chun norozi bo'lgani chuqur qamab qo'dik. Misrliklarga qarshi sizlar bilan birgalashib urushmoqchi bo'lganimizga norozi bo'ganiga qamab qo'shding dedi. Shu bilan faxrlandi. Ana shu nasroniy sababchilardan biri, sizlarni ishinglarga qarshi bo'shgani uchun oranglardagi eng katta olimni qamab qo'madinglarmi dedi. Podshoh ha dedi. Ular kulishdi. Ismoil ayyub podshoh nimaga kulyapsizlar dedi. O'zini xorlangandek his qildi. Ular aytishdiki, vallohi, agar mana shu qissiz bizni oramizda bo'lganida edi, ya'ni shunaqa odam biz oramizda bo'sganida, biz uni oyog'ini, ikkala oyog'ini o'zimiz yuvardik va mana shu yuvilgan suvini ko'tarib ichgan bo'lardik dedi.

Bunaqa odamni qadriga yetmadikmi degani. Shunda ismoil ayyub ularni so'zini eshitib tushkunlikka tushdi. Xor bo'lganini tushundi va mana shu mag'lub bo'lishining boshlanishi edi. Misrdan kelayotgan, o'zining inisi bo'lgan Najmiddin Ayyubning qo'shini Ismoil Ayyub bilan nasroniylarni ittifoqi chiqib bo'lgan qo'shinini mag'lub qildi va ularni yo'q qilishdi.

Mana endi Misrlik Najmiddin Ayyub bularni yenganidan keyin Izzibn Abdusalomni o'zi bilan Misrga olib ketdi. Ummatni kelajakka xatar solgan, mana shu katta munkarni ko'rgan Izzibn Abdusalom minbardan turib sultonni ishini ochishchasiga inkor qildi. Ha, albatta buni o'ziga aytsa ham bo'lar edi. Lekin bu munkar butun ummatga tegishli mushkula bo'lganligi uchun umumiy suratni aytdi.

Mana endi mana shu ittifoqi tufayli Ismoil Ayyubni ittifoqi tufelik, salibchilar Damashq ko'chalariga kirib bemalol bozorlarda, guzarlarda, do'konlarda yurgan edi. Ismoil Ayyubning mana shu ittifogi tufayli nasroniylar musulmon ichiga kirgan edi. Nasroniylarga qurol sotsak bo'ladimi? Hali Damashqdan chiqib ketmasdan turib fatvo bergan edi. Yo'q, mumkin emas. Chunki sotayotgan odam, bu sotgan qurolni ertaga musulmonlarga qarshi bo'lishingni bilib turib sotadi. Shuning uchun joiz emas degan edi.

Inshaalloh darsimizni davomini ertagada o'tkazgan bo'lamiz. Aquli qovli ha da va stavfirulloh ili valakum. Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir robbilen a'lamin. Vassalatu vassalamu ala ashrafil mursalin va ala alihi vashabihi ajma'in. Ummabayt, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh. Ulamolarning sultoni Mujaddiduddin Izziddin Abdusalomning Misrdagi hayoti. O'zini asrida bu kishi ilmda peshqadam bo'ldi. Sultonul ulamo, ulamolarning soltoni degan laqabni oldi. O'zini asrida bu kishi dinni yangilovchisi, Mujaddiddin unvoniga ega bo'ldi. Ellik bir ga kirganda ilmga astoydil kirishdi va mana shu qisqa muddatda ilmda ulkan martabalarga erishdi. Bu siz bilan bizga shu bir ishoraki, yoshim katta yeb qoldi, vaqt o'tib qoldi, endi men ilm o'qiy olmayman degan bahonalar siz bilan bizga bo'lmasligi kerak bo'ladi. Demak, kishini ulug'likka yetaklovchi sabablardan biri, kirishgan ishida jiddiy bo'lishlik va mustahkam iroda. Sabablar deganlari biri, maqsadiga yetishlikda, yo'lda uchraydigan to'siqlarni, mashaqqat, qiyinchilik, oqibatlarni yengib o'tishlikda ekan.

Har doim qo'lni tushirib olishlik oson. Qo'lni shu bo'ldi deyishlikka har doim ulgaymiz. Va hammani qo'lidan keladi bunday qilish. Ammo kamdan kam, haqiqatan Alloh Taolo ulug' qilgan insonlar ko'zlagan maqsadiga yetadi, yerdagi to'siq va oqibatlarni barchasini oqlab o'ta oladi. Qachonlardir bitta davlatning shaharlari hisoblangan Xims, Damashq, Halab, bularni Salohiddin Ayyubiy vafot etganidan keyin o'g'illari har bittasini, bitta shaharni bittadan davlat qilishib oldi. Ularning hammasi Salohiddin Ayyubiyning farzandlari edi. Ulug' insonni farzandlari. Lekin mulk, sultonlik hirsida bir biri bilan urushdi. Hatto ayrimlari nasroniylar bilan o'zini tug'ishgan akkalarga qarshi urushganini ittifoq qilishgacha bordi. Mana endi Izzatiddin Abdusalom Misrga keldi. Misrning sultoni Najmiddin Ayyub, bu kishi ham ana shu Salohiddin Ayubiyning zurriyoti. Bu ulug' insonni o'zi kutib oldi. Katta izzat ikrom ko'rsatdi va mana shu Misrdagi eng ulug' olimga berilishi kerak bo'lgan mansabni berdi. Bu kishi Misrlik emas, Shomlik. Lekin ko'ring, bu Misrlik, u bunday roqda tursin, Misrliklar baribir tepada turishi kerak degan mahalliychilik, millatchilik yo'l qo'ygani yo'q.

Birodalar, ilm masalasi millati nima, qayerdan keldi, kimligiga qaralmaydi. Ilm darajasi shu mansabga, shu maqomga loyiqmi, shu o'rinda turishlik kerak bo'ladi. Odamlar shomda bo'lgan mushkulalaridan keyin izn al abdusalom amirlar bilan bo'ladigan muomalasi boshqacharoq bo'ladi. Misr podshohiga ana shu Damashqning amiriga sultoniga qilgan muomalasini qilmaydi, o'zini ehtiyot qiladi, mansabidan ajralib qolishini xohlamaydi, degan o'yda turishgan edi. Lekin Izn al-Abdusalom o'zi uchun hayotda bir yo'lni tanlagan va mana shu yo'lda mahkam turgan insonlardan edi. Misrning sultoni Najmiddin Ayyub o'ta haybatli inson edi. Qattiq qo'l edi. Ha, u sharaf, fazilat egasi bo'lgan, lekin yana u jabbor va mustabid edi. Aytiladiki, uni huzurida bironta odam uning ruxsatsiz gapirishlikka jur'at qila olmas edi. Uni majlisida hech kim hech kimni shafoat qila olmas edi. Faqat unga savol berilsa, shungagina javob berardi, boshqa payt jim turardi. Mana shunday qattiqqo'l, haybatli inson edi. Uni majlisida doim bo'ladigan amirlar aytardiki, Najmiddin Ayyubni majlisidan qamoqxonaga o'tib ketishlik, qamoqxoniga chiqib ketishlik juda ham oson bo'lar edi.

Agar bironta odam uni majlisida bir xato yo'l qo'ysa, yoki uni norozi qilsa, shap qamab tashlar edi. Qamagandan keyin umuman unutib yuborar edi. Va bironta odam mana shu qamalgan odam haqida gapirishlikka botina olmas edi. Najmiddin Ayyube mana shunday bir haybatli, sirli odamlarni qalbini qo'rquvga to'ldirgan inson edi. O'ziga yaqin bo'lganlar ham bundan qo'rqib turar edi. Unga yaqin bo'lib bo'lgan uzoq odamlardan ham mana shunday cho'chib turishar edi. Ammo shomdan kelgan Izzibn Abdusalom, bu kishi bilan qanday muomalada bo'ladi? Oydin kunida sodir bo'lgan voqea. Qohira ko'chalari oydin kunida odamlar bilan to'lgan bayram sultonning jamoasi, sultonning mavkibi ko'chadan to'ldirib kelar edi. Ko'chadan to'tildirib kelardi, shu urtinglar ko'chalarida ya saf tortib tizilib turibdi. Uni qo'riqchilari qilichlarini yalang'ochlab yonida kelyapti. Hamma sultondan haybatlanib, undan qo'rqib, yerga tiz cho'kib, yerni o'pib qulluq qilib turibdi.

Birodarlar, albatta bu yomon odat, lekin taassuf o'sha davrlarda shu odat bor edi. O'zlarini unga itoat etganligini ko'rsatishligi uchun mana shu yerga yiqilib, yerni o'pib turishar edi. Albatta bu yomon odat. Odamlarning saidi bo'lgan Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallam bunday qildirmaganlar. Abu Bakr Siddiq, Umariddin Xattop, Xullas Farrosh ularni birontasimadek qilmagan. Chunki bular Rasulullohni madrasasida ta'lim olgan da.

Hamma mana shunday bir yerga boshini qo'yib, egilib turgan paytda, baland ovoz bilan birov baqirib qoldi. Ey Ayyub! Ey Ayyub! Odatda Najmiddin Ayyubni ismini aytib birov chaqirmoqchi bo'lsa, ismini aytishdan avval bir o'nta laqabni qo'yishlik kerak edi. Sulton, falonchi, po'kinchi, po'kinchib, lekin bu kishi darrov nima deyapti? Ismini aytyapti. Sulton ovoz kelayotgan tomonga qarovdi, saysanga kirgan, Izzimni Abdusalom Hassasini erga tayab kelayotgan edi. Ey Ayyub, ey Ayyub. Aytdik, Najmiddin Ayyub uni dilini bir marta og'ritgan, bir marta xafa qilgan odamni qamab tashladi yoki qatl qiladi. Yana bu jur'at bilan gapirishlik, faqat ismini aytib chaqirishlik xos majlisda bo'lmayapti. Hamma odam eshitib turgan joyda bo'lyapti. Podshoh to'xtadi, ayonlari ham to'xtadi, hamma jim endi nima bo'ladi?

Izzul Abdusalom ovozini baland qilib, ey Ayyub, ertaga Allohni huzuriga borganingda, u senga, senga Misrni mulkini berib qo'ygan bo'lsam, sen unda aroqni, haromni mubohqa qildingmi desa, nima hujjating bor dedi. Najmiddin Ayyub, men aroqni mubohqa qilib qo'yaman. Misrda shunday bo'lyaptimi dedi.

Izzul Abdusalom, ha, menga shunday xabar yetib keldi, aniqladim. Falon yerda aroq sotilyapti. Yana boshqa munkar ishlar ham bo'lyapti. Sen esa o'zingni mamlakatingda ne'matlar ichida huzulanib yotibsan dedi. Bu jur'at bilan aytilgan gap, jur'at bilan qilingan muomala bu sultonni muloyim gapirishga majbur qilib qo'ydi. Najbuddin Ayyub muloyimlik bilan, ey saidim, buni men qilganim yo'q. Bu narsalar meni otamni davridan qolib kelyapti, dedi. Shunda Izzuliddin Abdusalom norozi bo'lib, boshini silkitib, g'azablanib, sen inna vajadina a ba'ana ala umma va inna ala a tarixi muqtadun deydiganlardanmisan hali? Sulton bilan mana shu olimni o'g'li o'rtasida bo'lar ekan, bahsni ko'ring. Oyatni mazmuni, mushriklar aytishar edi, albatta bizlar ota bobolarimizni bir millat ustida topganmiz va ularni iziga erishib ketaveramiz, deyishgan edi. Ya'ni otangni davridan qolgan bo'lsa, shunday ketaveradi deysanmi?

Podshoh yo'q, yo'q, avu dhu billah, men ulardan emasman, dedi da shu yerda buyrudi. Ana shu aroq sotilayotgan joyiga borilsin, darhol bu ishlar yo'qotilsin. Va Misrda umuman aroq sotirilishiga chek qo'yilsin. Izzibni Abdusalom shuni o'zi bilan kifoyalandi. Maqsadi hokimni xodlashmas edi, munkarni to'xtatish edi. Maqsad yetdi, jim orqasiga qarab ketdi. Keyin borib, tor bilimlariga dars berishda davom etdi.

Mana shu qilgan ishi bilan Izzibni Abdisolom o'zining shogirdlariga shijoatni, g'ayratni, butulotni ta'lim berdi. Faqatgina halol haromni, mumkin mumkin emas narsalardagilar o'rgatib, dinga beparvo bo'lishini o'rgatmadi. Dinga g'ayru bo'lishini o'tkazdi. Birodarlar, ahli ilmlarda islomga nisbatan g'ayrli bo'lmasa, Alloh uchun g'azab qilishni bilmasa bu ahli ilmlar, munkarni ko'rganda hech bo'lmasa norozi bo'lib yuzi ham burishmaydigan bo'lsa, bunday ahli ilmlarda qanday foyda bor? Shahidlar, siddiqlar, anbiolarni martabasini orzu qilsa yu bunday ahli ilmlar bu narsalarga beparvo bo'lsa. Bunday ahli ilmlarda xayriya bo'lmaydi.

Bu shayx o'zini dastxonasiga kelib o'tirganida, shogirdlaridan misrni mana keyinda ulug' imomlaridan birga aylangan imomim Baaji keldi da, ey ustoz, ahvolingiz qalay dedi. Alhamdulillah dedi. Ya'ni ko'proq ma'lumot olmoqchi, ya'ni ahvolingiz qale dedi. Alhamdulillar dedi. Sultonga qanday qilib jur'at qildingiz bunda gapirgani dedi. Shayx aytdi. Sultonning ulug'likka berilganini ko'rdim. Uning nafsi bundan kibrga ketib, unga zarar yetkazib qo'yishdan qo'rqdim. Shuning uchun uni nafsini sindirmoqchi bo'ldim dedi. Atrofida hamma unga qulluq qilib, yerga yiqilib, yerni o'pib turgan paytda, hamma ulug'lagan paytda nafsi, havosiga berib ketishdan qo'rdim. Bu o'rinda izzimni Abdusalom ham munkarni o'zgartirmoqchi bo'ldi, ham podshohni nafsini sindirib, kibrni o'ldirmoqchi bo'di. Agar ikkalasiga baho beriladigan bo'lsa, arog'idan ko'ra sultonni kibri bu yerda kattaroq ma'siyat edi. Shogirdi, qo'rqmadingizmi? Dedi. Shayx, vallohi yo'q. Allohni ulug'ligini va azamatini fikr qildim. Shunda sulton meni ko'z o'ngimda xuddi mushuk deb bo'lib ko'rindi dedi.

Ya'ni Allohdan qo'rqdim, Alloh quvvat berdi. Misrda Ayyubiylar davlati tamom bo'lganidan keyin, Mamlukiylar davlati bino bo'ldi. Bu davlat qanday paydo bo'ldi? Ayyubiylar, Misrdagi Ayyubiylar o'zlarini quvvatida xalqqa suyanmadi. Balki qullarni sotib olib, minglagan minglagan qullarni s otib olib, tarbiyalab ulardan askar tayinladi da, quvvatni asosiysi mamluklardan bo'ldi. Xalqqa suyanmagan edi ayyubiylar, Misrda. Chunki qo'zg'olon qilsa, isyon qilsa, mulkimizni qo'limizdan olib qo'yadi degan shu yerda siyosiy xato yo'l qo'ygan edi. Minglagan qullan har tomonidan olib kelindi, ulardan qo'shinlar tuzildi, davlat xalqqa emas. Mana shu mamluklarga e'tibor qilgan edi. Bora bora qo'shinni hammasi mamluklardan iborat bo'lib qoldi. Mamluklar nima? Sotib olingan, qul bozoridan sotib olingan bolalar yoki erkaklar.

Qo'shinni kichkina qo'mond boshlig'idan tortib, katta qo'mondonigacha mamluklardan bo'lib qoldik. Qo'shin ham mamlukdan, boshliqlari ham. Shu darajaga yo'talib yetdiki, mamluklar qo'l bular. Mamluk degani qo'l. Sultonni noibi ham mamluklardan bo'lib qoldi. Mana endi davlatni ishlarini boshqaradigan bo'lib qolishdi. Izzin Abdusalom Misrga kelib mana shu ahvolni ko'rdi da, hukm chiqardi. Bu mamluklar mamlakat ishini boshqarishlikka, muhim qarorlarni qabul qilishlikka, hukmni qo'lga olishlikka haqqi yo'q. Chunki ular mamluk, ular qul. Ular avval ozod bo'lsin, keyin shu ishlarni bajarsin. Endi mamluklarni martabasi, mamluklarni nufuzi katta bo'lib ketgan Misrda. Qo'mondon, hatto sultonni noibi, qasrlari bor, qo'lida katta qo'shinlari bor. Qanday qilib bu fatvoni itoat qilishadi?

Nima bo'lganda ham qo'l o'lar. Bu shariatni hukmi edi. Izzat Abdusalomni oldiga kelib, bu mamluklar bu fatvosini qaytarib olishini talab qilishdi, tahdid qilishdi, qo'rqitishdi. Shunda Ibn Abdusalom jome' masjidida butun odamlar yig'ilgan joyda shu hukmini e'lon qildi. Ularni sotib yuborish kerak. Davlat ishlarini boshqarishlikka ularda haqqi yo'q. Ular avval ozod bo'lsin. Qarang, davlatni asosiy quvvoti bo'lib turgan mamluklarda qul bularni sotish kerak deb turibdi. Bu qanaqa jur'at? Bu qanaqa quvvat yuragi? Iznun Abdusalomga bosim kuchayib ketganidan keyin, kichkina o'g'li bilan ayolini olib, Shomga qaytib ketmoqchi bo'ldi. Endi Misr ahli Iznun Abdusolomni yaxshi ko'rib qoldi. Bu taqvosi uchun, jur'ati uchun. Agar Iznun Abdasilom Misrdan chiqib ketsa, Misr ahli ham birla chiqib ketishlikka tayyor edi.

Odamlarni hamma toifasi bor. U Izzin Abdusalomni tarafida turgan. Hunarmandlar, savdogarlar, hatto ulamolar ham chiqib ketadigan bo'ldi. Misrda agar Izzin Abdusalam chiqib kelsa, faqat mamluklar qoladi. Sultonga bu xabar yetdi, Najmiddin Ayyubga. U shayxni chaqirib, Misrda qolishingni iltimos qildi. Ya'ni Sultonga bu xabar yetganidan keyin, aytildiki, agar bu shayx chiqib ketsa, Misr ahli chiqib ketadi. Butun xalqinga qanday qarshi turasan? Sulton shayxni chaqirdi, aytdi, qoling dedi. Sizni fatvoyingizni amalga oshiramiz dedi. Shunday qilamiz dedi.

Xalq qo'lladi o'zini shayxini. Sultonni eng birinchi noibi mamluklardan. Sultonni yoniga kelib nima qilmoqchisiz dedi. Sulton aytdi, shayxni so'zini eshitding. Bu shar'iy hokim. Sizlarni sotaman dedi. Tushgan molni davlat xazinasiga qaytaraman dedi. Kim ekan bu bizni ustimizdan masxara qilib, shunday ish qiladigan? Dedi da, o'zlaridan iborat bir jamoani oldi, Izzatiddin Abdusalomni uyni qasd qilib chiqdi. Borib qatl qilib keladi. Izzatiddin Avazodning o'g'li ko'chada turib, kichkina o'g'li, ularni qilichlarini ko'tarib kelayotganligini ko'rib, yugurib keldi da, otasiga joningizni saqlab qoling, qochib qoling, sizni qatl qilgani kelishyapti dedi.

Mana endi bu ulug', jalil oqsoqolni bergan javobini ko'ring. Ey bolam, men Allohni yo'lida qatl qilinish sharafi martabasiga hali yetganim yo'q dedi. Kelib eshikda qoqib qolishdi. Ularni boshlig'i qo'lida qilichini ko'tarib turibdi yalang'ochlab, Shayx chiqsa chopadi. Izzinni Abdusalom o'zi borib eshigini ochdi.

Qilichni ko'tarib turgan kishini ro'parasida saysanga kirgan Jalil oqsoqol turar edi. Oqsoqolni siri haybati bosdi da, qo'lidan qilichi tushib ketdi. Qolganlari ham hech narsa qila olmadi. Shunda boyagi Sultonni noibi, chopaman deb turgan noibi, ey Shayx, nima qilmoqchisiz bizni ustimizdan? Sizlar avval xur bo'lishinglar kerak dedi. Noyib, bizni kim sotadi unda? Dedi. Men sotaman dedi. Pulimizni nima qilasizlar sotilgan pulimizni deganida, o'zingizga olib olasizmi? Dedi. Yo'q. Sizlar xalqni puliga sotib olingansizlar, pul xalqqa qaytadi dedi. Sultonni noibi ham ko'ndi. Mana endi davlatda asosiy quvvati bo'lib turgan, qo'mondon bo'lib turgan qullar, mamluklar sotiladi. Endi, tabiiyki, mamluklar o'zlarini puli bor, ozod, tanishlariga aytib qo'ygan. Bizni sotar ekan, sotib olib ozod qilasan bizni. Shayx buni biladi. Qanday yo'l tutdi? Odamlarni oldiga hammasiga chiqib turib, ularni bitta bitta sotishni boshladi. Mana bu kishini kim sotib oladi? Buning qo'shinni qo'mondoni. Men sotib olaman. Qancha berasan? Mana muncha beraman. Yo'q, oz. Ko'tar. Mana muncha beraman. Yo'q, oz, ko'tar.

Eng qimmat narxga sotdi va hamma mamluklar sotib tugatganidan keyin molni tushgan, molni davlatni xazinasiga tashladi. Shunday qilib mamluklar ozod bo'lishdi. Izzat Abdulsalomni bitta laqabi Mujaddiduddin. Bitta laqabi Sultonul ulamo, ulamolardagi sultoni yana bitta laqabi Ba'iy ul mulk, podshohlarni sotuvchi. Mana shu mamluklar keyin birodarlar Misrning podshohlariga aylandi. Sulton Bebars, Sayfiddin Qutuz. Mana shu kishilar Mamluklar mamlakatini tuzdi va podshoh bo'ldi. Podshohlarni sotdi. Mana shu Sayfiddin Qutiuz birodarlar, bilasizlarmi?

Mana shu Mo'g'ullarda birinchi marta mag'lub qilib, shavkatini sindirgan qo'mondon Mamluklardan chiqqan va bizni yurtimizdan bo'lgan u kishi. Jaloliddin Manguberdini opasini o'g'li bo'lgan. Samarqandni, Buxoroni, Mo'g'ullar qirib, yakson qilib, kattalarni chopib, erkak bolalarini sotib qul qilganida, qul bo'lib Misrga borib qolganida, Sayfiddin Quddus.

Amirlarni oilasi tanida. Ulug' insonlarni oilasi tanada. Uni yurtiga Mo'g'ullalar kelganda nima ishlar qilganini ko'rganida. Endi Mamluklarning davlatiga podshoh bo'lgandan keyin yanchib tashladi hammasini. Bizni hamyurtimiz bo'ladi birodarlar, bilib qo'yinglar. Bilamizmi mana shunday bir buyuk insonlarni tarixini? Siz bilan bizni ajdodlarimizni. Mo'g'ulni tish o'tirganlar siz bilan bizni yurtimizdan chiqqan insonlar bo'lgan.

Izn Abdusalomning hayotida bo'lib o'tgan muhim voqealardan bittasi mana shu Mo'g'ullarning xuruji. Mo'g'ullar chiqib avval Buxoro va Samarqand, Xorazm saltanatini yakson qilishdi. Undan keyin Abbosiylar xalifaligini vayron qilishdi. Falastinni, Shomni egallashdi. Endi Misrga qarab kelish ekan edi. Ularni yo'lida to'sodga hech qanday quvvat qolmagan edi. Faqat Misr qolgan edi. Bu vaqtda Ayyubiylarning mamlakati tugagan, Salohiddin Ayyubiyning zurriyotlari davlatni yo'q qilishgan. Mana endi Mamluklarni davlati bosh ko'targan payti edi. Ularga boshliq Sayfiddin Qutuz edi. Siz bilan bizni hamyurtimiz. Bu o'rinda ham Izzat Abdusalomning ulug'ligi yana bir bor ko'zga ko'rindi. U kishi ilm egasi edi.

Va bu ilmini amalga aylantirgan inson edi. Odamlarni jihodga undadi. Mamluklar ishni avvalida mo'g'ullar bilan sulhga kelishmoqchi bo'lishgan edi. Ammo bu shayx ularda bu fikrdan qaytardi. Ularga qarshi urush kerakligini uqtirdi. Odamlarni jihodga da'vat qildi, odamlar harakatga tushdi. Iznina Abdusalom Sayfiddin Qutuzni oldiga o'zi borib, jihod qilishlikka undadi va ko'ndirdi. Bu qo'shinning, hammaning shiori va islama bo'ldi.

Iznina Abdusalom boshchiligida, Sayfiddin Qutuz boshchiligidan mashhur Ayn Jalut marakasi sodir bo'ldi, mo'g'ullarga qarshi. Va mana shu marakada Alloh Taolo Sayfiddin Qutuzga musulmonlarga ulkan g'alabani berdi. Mo'g'ullar, birodarlar balo deyiladi. Yo'q bo'lgan joydan ellik yil, o'ttiz yil ichida katta kuch paydo bo'lib, butun Islom bo'lkalarini qirib tashlaydigan quvvatga qisqa muddatda ega bo'lib qolganligi, bu fenomen deyiladi.

Bu balo bo'lgan deyiladi. Sayfiddin Qutuz ularni to'xtatdi va o'n yillar o'tdi, Mo'g'ullar, Islom yurtini egallab olgan Mo'g'ullar Islom diniga kirib ketdi. Hech qaysi bosib olgan xalq bosib olingan xalqni diniga o'tgan emas. Agar Mo'g'ullar Islom diniga kelib ketdi. Musulmonlarni aralashib ketdi. Islom yengdi ularni. Aytiladiki, mana shu jang bo'lmaganida, ayni Jalud marakasi. Yevropa ham, Afrika ham Mo'g'ullarni qo'lida yakson bo'lib tugar edi. Ammo mamluklar davlati mana shu ulug' shayxning qo'l ostida, mana shu ulug'shayxning barakoti ostida mo'g'ullarini yengishga muvaffaq bo'lishdi. Mana birodarlar, ilmni amalga aylantirgan Izzat Abdusalomning ishi.

Ilm talabida yurganlar o'rganayotgan ilmimizni amalga aylantirishimiz kerak. Faqat matnni yodlab qo'yib, hech kim bilan, hech narsa bilan ishimiz bo'lmaydigan, bir chekkada o'tiradigan odam bo'lib qolmaylik, talab ilmda yurganlarimiz. Hayotga hech qanaqa ta'sirimiz yo'q, bitta kitobni nusxasiga aylanib qolmaylik. Ilmli odamlar ko'p bo'lgan yurtda, birodarlar, obodonchilik bo'lishligi kerak, munkar tugashi kerak, odamlar mag'rufga yurishi kerak. Masjidlar faqat talabida emas, boshqa paytda ham to'ldirib olishligi kerak.

Izzatni Abdusalomni yonida turgan olimlar ham u kishiga ko'makchi bo'lishdi. Qarang, abdulazim al muziri misrning muftiysi edi shu kishi. Izzibni abdul salim kelgunga qadar mufti edi. U kishi aytadiki, izzibni abdu salim yo'qligida men fatvo aytar edim. Endi u kelganidan keyin Misrga fatvo aytish uning ishi.

Olimlar ham xolis bo'lgan, birodarlar. Qarang da. Shu ulamolar Izziddin Abdusalomni yonida turib qo'llashdi. Shuning uchun bir natija bo'ldi. Hasad qilib, muxolif bo'lib turib olmagan edi. Jamoliddin Husayriy aytadi, Misrning ulug' faxihlaridan Shomning amiri Izziddin Abdusalomdan g'azablanib, minbardan uzoqlatib qo'ygan edi. Birinchi darsimizda aytdik. Qomag'am qo'yganida. Shu narsani eshitganidan keyin Jamoliddin Huzodiy kelgan edi Misrdan. Shomga kelib, ana shu sultonni oldiga kirdi. Kirganida izzat ikrom ko'rsatib, oldiga ovqat qo'yib, oling ovqatdan deganida, seni ovqatingni yegani kelganim yo'q dedi.

Izzamni Abdusalom bilan o'tdingda nima o'tdi deganida falon falon dedi. Shunda Jamoliddin Husayriy, bu kishi Hanafi mazhabida bo'lgan. Izzamni avdusalom hanbaliy mazhabida bugan. Aytdiki amirga, vallohi agar izzibn abdusalom hindistonda bo'lsa, yoki dunyoda o narigi chekkasida bo'lsa, sen oldiga o'zing yurib borib, o'zingni huzuringga uni yetalab kelishing kerak bo'lar edi. Ummatni ichida unga o'xshagan insonda borligi hamma ummatga sharaf, senga ham sharaf degan edi.

Izzibn abdulsalomning shaxsiyatini ulug'ligi nimada edi? Siri matnlarni, kitoblarni yodlashdagina emas edi. U zotning ulug'ligi, mas'uliyatni his qilishi, avloviyatni anglashi, ummatni uyg'otishi, botil qarshisida turishi, lozimligini uqtirishi, hokimlarni ishini tuzatishi, mana shu narsa dedi u kishining ulug'ligi. Ummatni hozirgi kundagi ulamolari ham mana shu ishlarni qiladigan bo'lsa, inshaalloh ummat uyg'onadi. Avvallari bo'lgani kabi, ummatlar orasida ustozlik martabasi yetadi. Alloh azza va jalla izmni abdusalamga o'xshagan ulamolarni oramizdan chiqishligiga o'zi bir tavfiqni bergan bo'lsin. Aqul u qobli ha davosatdan firolullohu alayhi va alakum. Assalom.

Keyingi darsni tinglashTobe'inlar hayoti