Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir robbilen a'lamin. Vassalatu vassalamu ala saidina muhammadi va ala alixiy va ashabiyhi ajma'in. Ammabot. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ala va barakatuh. Asrorul uzomo, ulug'larimizning sirlari deb nomlangan darsimizni manavbatdagisi. Bugun Abdurahmon ibn Amr al Avzoyi rahmatul oliy haqida dars qilgan bo'lamiz. Bu darslarimiz orqali birodarlar islomimizni tarixini, uning ulug' shaxsiyatlarini, hayotini o'rganamiz. U shunday bir insonlarki, yuksaklikka, ulug'likka, buyuklikka yetishgan kishi. Bular nafaqat ummatul muhammad yaga, balki butun insoniyatga yangi narsani taqdim qilib ketgan insonlar. Yana ularni mana shu martabaga, maqomga yetishiga sabab bo'lgan ishlarni ham ko'rib chiqamiz. Ularni mana shu ulug'likka yetaklagan sirlar haqida ham xabardor bo'lamizki, takror, takror aytyapmiz, shoyad ummat ularni mana shu sirlardan boxabar bo'lib, ularni mana shunday qilgan ishlarini takrorlab, yana ummati muhammadiyani peshqadamlikka yetaklasa. Abdurahmon ibn amr al avzoyi, imom al avzoyi. Bu kishi Livandan bo'lgan. Livanliklar bu kishi ularning imomi ekanligi.
Ularning peshvoz ekanligi bilan faxrlanishadi. O'zi ummatul mohammadiyga faxrlanishiga arziydigan inson bo'lgan. Bu kishi dunyoda mana Livanda Baalbakda dunyoga keldi, yetim holida. Yetim bo'lgan bu kishi. Darsimizni muqaddamasida aytdik, insonlarni ulug'likka yetaklagan sabablardan bittasi otasini yo'q bo'lishligi. Chunki aytdik, yetim bola ertaroq ulug' yeyishlikka majbur bo'ladi. Ertaroq katta bo'ladi. Mas'uliyatni his qiladi.
Yetimlarni parvarish qilayotgan, yetimlarga bir xayriyat qilayotgan bir xayriya fondlarini roliklari bor. Yetimlarga yordam berilar degan ma'noda. Shuni yetimlarni ko'rsatganda, ularda bir bechora, hech kimga kerak emas, nochor, hech narsaga bir yaramaydigan odamdaqa qilib ko'rsatishadi. Yo'q birodarlar. Mana shu yetimlik, mana shu yetimilik. Hozir aytdik, ularni ertaroq mas'uliyatni his qilishlikka majbur qiladi. Ertaroq ularni shaxsiyati yetiladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni ham yetim bo'lganligi birodarlar siz bilan bizga o'zi kifoya. Ertaroq urg'oyadi. Endi bu degani otasi bor odam, albatta ulug' inson bo'lmaydi degan gap emas. Faqat ota ona shuni tushunishi kerakki, bolalarni bo'g'ib qo'ymasligi kerak. Ixtiyorni berish kerak. Ayrim ishlarga o'zi ixtiyori bo'lsin. Ayrim ishlarda qarorni o'zi qabul qilsin. Keyinchalik mas'uliyatini ham ko'tarishni o'rgansin. Dadam kelsin, dadam aytadi. Bo'pti, dadam kelsinchi so'rab aytaman sizlarga javobini. Unaqa bo'lmaydi.
Ertaroq katta bo'lishligi uchun bolalarga xuddi katta odamdek bir muomala qilish kerak. Ularga erkinligini berishlik kerak bo'ladi. Kibor ulamolarga ro'baro' bo'lishidan avval imom a'uzoiy onasini qo'lida tarbiyada bo'ldi. Ko'p safar qildi. Va mana shu safar ham u kishini shaxsiyatiga albatta ijobiy ta'sir o'tkazdi. Ibn kasir aytadi, podshohlarning, xalifalarning, vazirlarning, savdogarlarning, ulamolarning va boshqalarni imomo a'uzoiydek axloqli, odobli, aqlli, taqvoli, bilimli farzandi bo'lganmiz. Alloh taolo bergan nodir bir qobiliyat iste'dod edi. Va mana shu iste'dodini u kishi ertaroq angladi va ustozlarning yordamida undan unumli foydalandi, siz bilan biz bilib turgan mana imom al avzoyi martabasiga yetdi. U kishi hikmat egasi edi. Qanday so'zlatmasin, ham suhbatlari bu so'zlarni go'zalligidan yozib yubormay boshqa iloji qolmas edi. Imom al-Avzoyi faqatgina mana shu narsasi bilan mashhur bo'lmagan edi. Yana u kishi ilmi bilan mashhur va mana shu ilmiga amal qilganligi bilan mashhur edi. Birodarlar, ilm qachon ilm bo'ladi? Agar unga amal qilinsa.
Agar amal qilinmasa, u faqat ma'lumot bo'ladi. U kishi ilm xazinasi, hikmat bulog'i edi. O'zining zamonasining sayyidi edi. U haqida aytishar edi, u fiqh va ilmning markazi. Ibn Kasir aytadi, u o'zining yurti, ahlini va boshqa yurtlarni ham ilm bilan boshqardi. Fiqhda, hadisda, Rasulullohning g'azovotlari haqidagi ilmda. Imom Avzoyi birodarlar taba, tobeyin bo'lgan. Tobiynlardan katta bir jamoani ko'rgan. Imom Avzoyiyni shogirdlari, birodarlar mana Moligi ibn Anas, ya'ni Imomus Savriy, Imomus Zuhriy. Bu kishilar Imom Abu Hanifadek, Imomus Shofiydek ilmga bo'lgan kishilar. Shularga Imom Avzoying ustoz bo'lgan.
Ko'pchilik imomlar o'zini zamonasida u kishining imomatini, adolatini, fazlini tan olishgan. Mana Moliki masxabini boshlig'i Imom Oliy aytadi, Avzoyi unga ergashiladigan imom. Sufiyon ibn Uyayni aytadi. Avzoyi o'z zamonasining imomi edi. Kimlar baho beryapti bularga? O'zini zamonasida, islom tarixida eng ko'zga ko'ringan ulamolar.
Ibn Kasir aytadi, Imom Avzoyi haj qilganida Makkaga keldi. Makkaga kelganligini eshitgan Makka ulamolari u kishini istiqboliga chiqdi. Ana shu makkaga kelgan kishilardan sofiyonus savri va imomi molik ham bor edi. Avzoyini kelganligini eshitsa, ular ham boshqa imomlarga qo'shilib chiqdi, olimlarga qo'shib, sofiyonus savli avzoyini mingan tuyasini ipini ushlab so'raladi. Imom Moliqimni Anas Avzoyni mingan tuyasining orqasidan haydab ketdi. Qarang, kimlar hurmat ko'rsatyapti, kimlar u kishiga ta'zim bajo keltiryapti. Shu yerda bir narsani aytib o'tishimiz kerak. Kishini ulug'likka, buyuklikka yetaklaydigan ishlardan sabablardan bittasi, kamtarlik, kibr qilmaslik. Imomolik kim? Sofiyona savrilar kim? Mana shu kishilar shunday martabaga ega bo'lishiga qaramasdan, o'zlaridan ilmliroq odam kelgan paytda kibr qilmasdan oldiga borib, xizmatida qoyim bo'lib turishibdi.
Bu kitob ushayotgan, kitob o'qib yurgan ukalarimiz, ilm talabida yurgan birodarlarimiz o'rganishi kerak bo'lgan narsa. Kibr degan narsa, birodarlar, faqat Alloh Taologa xos. Kibr nima edi? Haqqa ko'nmaslik va odamlarni mensimaslik. Agar yuksalikni istasak, o'sishni istasak, kibr qilmaylik, akalar, ukalar.
Mana shu Makkahlik aytadi, avzoyi va imomolik o'tirib bahs qilishdi. Imomolik bilan imomavzoyi. Peshindan asrgacha, asrdan shomgacha. Avzoyi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mag'oziylari, g'azavotlari haqidagi ilm bilan Imom Molikni ko'mib tashladi. Imom Molik esa fiqhiy masalalar bilan, fiqh ilmlari bilan avzoyini ko'mib tashlaydi. Mana avlodalar, biri bir, ikkinchisidan kibr qilmasdan foydalanyapti, biri bilmagan narsani ikkinchisidan o'rganyapti. Ilmdan ikkita odam to'silib qoladi. Bittasi mutakabbir odam, ikkinchisi o'ta tortinchoq odam. Mutakam bir odam, shundan so'raymanmi deydi da, kibr qilib o'rganmaydi. Ikkinchisi, shuni ham so'raymanmi dedi da, oshcha tortinchoqlik bilan ilmdan to'silib qoladi. Bilasizlar, hamma yaxshi xulq ikkita yomon xulqni o'rtasida turadi. Ya'ni, hech narsadan qo'rqmaydi. Hamma yoqdan qo'rqadi. Mana ikkita narsa. Tomdan tashlasa, tashlab yuboraveradi. Arslonni qopasiga kirdasa, kelaveradi. Bu yomon, bu jinnilik bu, jasoratmas bu. Bu hamma odam qo'rqaveradi o'zini ko'lankasidan ham. Endi haqiqiy yaxshi xulq nima o'rtasi? Qo'rqish kerak bo'lgan narsadan qo'rqadi, ehtiyot oladi, qo'rqmaslik kerak bo'lkan narsadan yana qaytarib aytamiz.
Har qanday yaxshi xulq ikkita yomon xulqni o'rtasida turadi. Biz ilm o'rganishimiz uchun bizda kibr ham bo'lmasligi kerak, ochiqcha tortinchoqlik ham bo'lmaslik kerak. Imom Avzoyev o'zining ibodatida, tabatuluda sahobalar bilan bellashadigandek edi. U kishida tavozum bor edi. Mana darsimizni birinchisida aytdik, tavozum bo'lishi kerak bizda. Balans dedik. Diniy ilmlarga berilgan odam faqat diniy ilmlar bilan shug'ullanib, dunyo ilmlarini tashlab yubormasligi kerak. Tavozum bo'lishi kerak. Ruhoniyatini yuksalishiga sabab bo'ladigan tahajjud namozi, Qur'on qiroati, zikrlar bilan mashg'ul bo'lib turib, birodarlar, jasadini, tarbiyasini ham tashlab qo'ymaslik kerak. Yeyish kerak, ichish kerak, uxlash kerak, sport bilan shug'ullanishlik kerak, balans bo'lishi kerak, bizni tilda aytganda. Uni ham ushaymiz, buni ham ushaymiz. Imom Avzoyi mana shunday inson edi.
Demak, bu ulug'larimizning shaxsiyatida tavozu bo'lgan. Bizni tilda balans bo'lgan. Bir tomonda, ikkinchi tomonda o'tkazib yubormagan. Imom Avzoyi peshqadam bo'lgan nuqtasi ilm edi. Lekin boshqa sohalarda ham u kishi musulmonlarga peshvo bo'lar edi. Imom Avzooiy robbisiga bo'lgan ibodatni har turini o'zida jamladi. Ixlos, qalbining musaffoligi, musulmonlarga shafqatli bo'lganligi, ularga nasihat bo'lganligi, Alloh uchun ko'z yosh to'kishlik. Hammasidan boradi. Hammasidan borada.
Ibn Asokir aytadi, Avzoyi ibodati ko'p, namozi go'zal, taqvodor, rohib, uzoq, sukutli inson edi. Ibn Ajlan aytadi, Avzoiydan ko'ra musulmonlarga shafqatliroq, nasihatgo'ra boshqa kishini ko'rmadi. Shunday. Ilm ahillari bor, ilmlik, lekin ummatga shafqat yo'q. Shiddat, qattiqlik, qo'pollikni o'ziga yo'l qilib olgan. Birodarlar, mana alloh taoloning ar rofiq ismini o'qiganimizda, rasululloh aytdilar, ey oysha, muloyimlik, yumshoqlik qaysi ishda bor bo'lar ekan, shu ishni chiroyli qiladi. Qaysi ishda shu muloyimlik yo'q bo'lar ekan, shu ishni xunuk qiladi dedik. Dindor odam muloyim bo'ladi. Chunki robbisi a rofiy, muloyim. Musulmon odam nasihatgo'y bo'ladi, shafqatli bo'ladi. O'ziga fatvoni qattiqini oladi, lekin haloyiqqa fatvoni yengilini aytadi.
U kishi haqida yana aytilinadi, qah qaha otib kulganiga guvoh bo'linmagan deydi. Ibn Kasirdan, uning majlisida o'tirganlar uning nasihatidan, uning suhbatidan albatta yig'lashar edi. Ko'zi bilan ham yig'lar edi, ko'zi bilan yig'lamagan qalbi bilan yig'lar eda. Uni hamrohlari aytishadi, avzoyi o'zining majlislarida yig'lamaslikka xaris edi. Ixlosli edi. Alloh uchun to'kayotgan ko'z yoshini odamlarga ko'rsatishni xohlamas edi. Ammo yorug'si olsa, unga raqam qilinadigan darajada qattiq yig'ilar edi.
Jarx va ta'dil imining peshvosi bo'lgan Yahyo ibn Mayyni aytadi, ulamolar to'rtta. Ya'ni o'zini zamonasini qarab aytyapti, ulamolar to'tta. Sauriy, Abu Hanifa, Molik va Avzoyi. Vali ibn Muslimdan. Agar Avzoyi subihini o'qisa, kun chiqqunicha Allohnı zikr qilib o'tirardi. Ko'ring, ilm ham bor. Zikr ham bor, kechasi bir namozga turish ham bor, yig'ilish ham bor, amru marun nahim ukar ham bor, xalqqa, ummatga shafqat ham bor. Bir sohada turib qolmagan bu insonlar.
Bir ayol Avzoyini onasini huzuriga kirdi da, ana shu ayol Avzoyi namoz o'qiydigan yerni ho'lligini ko'rib turib, bir namoz o'qiladigan joyingni bilmasdan, bir yosh bola bavruq qilib qo'yibdi shekilli a dedi. Ya'ni shu gilommidi, nima edi, ho'l bo'lib ketgan edi. Shunda onasi aytdiki, yo'q, bu meni o'g'limni sajdida turib yig'lagandan to'kilgan ko'z yoshlarimdan hamma deb javob berdi. Gilom ho'l bo'p ketkichi yig'lar edi. Kim? Imom Avzoyi. Va buni bir oyga ko'rsatishlikni xohlamas edi.
Mana shuncha ibodatiga qo'shimcha ravishda, deydi Ibn Kasir, o'ta karimli inson edi. Yetmish ming dinor oltin meros olgan edi. Lekin buni dunyosiga sarflamagan o'zini. Infoq ehson qilgan faqir bechoralarga ilm yo'liga vafot etganda yetti dinor pul o'qigan ekan. Shu yetti dinor pulini u kishini janozasiga odamlar sarf qilishgan bo'ldi.
Taqvo vorosgo'ylikda juda xalis edi. Yolg'on gapirmas edi. Bir kuni bozorga chiqsa, piyoz sotayotgan savdogar, ya bosol ahla minal asal deb moqtayotgan ekan. Ey, bu, bu piyoz asaldan ham shirin piyoz. E reklama u. Biz bu paroy ham qilmaymiz. Imom a'zoyi buni eshitib g'azablandi da. Subhanalloh. E bu kishi yolg'onni mubohdam biladimi?
Endi bizni zamonamizda savdogarlarni, hunarmandlarni mana shu yolg'onga bo'lgan e'tiborni bir mulohaza qilib qo'yaylik. Bir mulohaza qib qo'yay lik. Imom voqidi aytadi, imom avzoyi kulmay qo'ygan ekan. Shuni sababini so'rashdi. Avzoyi kunlarni birida dedi. Shu kunlardan avval kulib o'ynar edik. Ammo bizga odamlar iqtidor qila boshlaganlardan keyin, shu ishlar bizga to'g'ri kelmasligini angladik. U narsalardan ehtiyot bo'lishligimiz lozim. Ya'ni kulib hamma qatori yurar edim, ammo odamlar menga iqtidor qilib, menga ergashishni boshlagandan keyin, bu narsalarni o'zimga loyiq deb bilmadim dedi.
U kishi munkarni yo'q qilishlikka, munkarni qaytarishlik uchun ko'tarilgan qilish edi. Payg'ambarimiz haqida, sahobalar haqida biror kishi nojoyi so'z aytsa, albatta uni o'rniga qo'yib qo'yar edi. Bilasizlar, bu davrlar Abbosinglar davri bo'lgan. Ommaviylarning xilofatini ag'darib, Abbosinglar xalifaligi barpo qilindi. Mana shu Abbosinglarning xalifalari, Abbosinglarning amirlari haddan oshib ayrimlari juda ko'p qon to'kdi. Ommaviylarni qonlarini. Ularni mol mulklarini musodara qilishdi, shomdan ularni haydab chiqarishdi. Bu qissani Ibn Kasir keltiradi. Imom Avzoyi o'zi qissa qilib beradi buni.
Avzoyi Damashqqa kirganida shaharning ana shu zolim amiri o'zini huzurga chaqirtirdi. Juda ko'p umumiy oilada qonun oqizgan zolim amir. Ammo Avzoyi chaqirg'iga labbayda bormadi. Uch kundan keyin kechikib bordi. Mana endi Avzoyi o'zi hikoya qiladi. U amirni huzuriga kirdim. U o'zini kursida o'tirar edi, qo'lida temiri bor. Yerni urib o'tiribdi. Uni atrofida esa, uni qo'llari, qo'llarida qilichlarni ushlab turishar edi. Salom berdim, salomga haligi olmadi. Mana endi amru ma'ruf nahiminkada qanday qilgan bu kishi? Amirlarga qanday jur'at bilan gapirgan? Qo'lidagi temir bilan yerni urib turib, ey avzoyi, onovi zolimlarni qo'lidan mulkni tortib olganimiz haqida nima deysan? Ommaviylarni yo'q qilib, biz ulardan xalifalarni tortib oldik. Mana shu ishimiz jihodmi?
Men, ey amirlarim, umiding. Umarim xattobdan rivoyat qilingan hadisda rasul aytadilar, innomal amal u bin niyat deb javob berdim. Ya'ni amallar niyatga bog'liq. Nima niyatda ularni qonun oqizdinglar? Nima niyatdan ular bilan urushdinglar? O'shanga yarasha ishinglar dedi. Qo'lidagi temirda qattiqroq yerga urushni boshladi. Ya'ni jahli chiqdi. Atrofidagi xizmatkorlar esa qilichni mahkamroq ushlashdi. Buyruqsangiz chopib tashlasin, chunki bu amalga bunday deb bo'lmas edi.
Amir yana so'radi. Banu Mayyoning qonlari haqida nima deysan? Qonunni ko'proq qizishgan. Nima deysan! Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ushbu hadisini aytaman. Rostdan nima degandilar? Allohning o'ziga ilohi yo'q deb, meni allohning rasul u deb iymon keltirgan kishining qoni faqat uchta o'rinda halol bo'ladi. Astayibu zani, oilali bo'lib turib zino qilsa, va nafs u bin nafs qasddan birovni o'ldirsa va dinni tark qilib murtad bo'lsa dedi. Ya'ni noto'g'ri qildinglar deganimi bu? Payg'ambarimiz aytgan uchta o'ringa tushsa, demak qilgan ishinglar to'g'ri bo'ladi degani. Amirni jahli chiqdi da, yana ham qattiqroq yerni urishni boshladi qo'ldagi temir bilan. Yana so'radi, biz ulardan tortib olgan mollar haqida nima deysan dedi.
Ummaviylarni abbosinglar o'ldirgan, xonani oqizgan, yurtdan haydagan, mollarni talon taroj qilgan. Men, agar u mollar ularning qo'lida harom bo'lgan bo'lsa, ya'ni harom yo'l bilan topishgan bo'lsa. Ularga harom bo'lagan pul sizlarga ham harom bo'ladi. Agar ularni qo'lidagi mol ular uchun halol bo'lsa, sizlar ham faqatgina shar'iy yo'l bilan olsanglar sizlarga halol bo'ladi. Dedim da, boshimni ketishini kutib turdim. Uchala javobi ham amirni xursand qiladigan javob emas edi. Uchala qilgan ishini ham noto'g'ri ekanligini bayon qildi. O'sha yerda turgan odamlar ham, agar chopilsam, meni qornim sochrab, kiyimlari, etaklari bo'yalib ketmasligi uchun etaklarni ko'tarib turishdi. Ammo birodarlar, qalblar Alloh qo'lida. Fa man yattaqillaha yajallahu mahraja. Kim Allohda taqvo qilsa, Alloh yo'l beradimi shu yerdan chiqib ketishlikka. Qatl qilmadi. Ketishlik izn berdi. Ortimdan amirning elchisi qo'lida ikki yuz tilla dinoni ko'tarib kelib qo'limga tutdi. Ikki yuz dino tilla pul berdi. Pulni oldimda shu yerdan jilmasdan turib faxr miskallarga tarqatib yubordim. Amirning elchisiyam, askarlar ham qarab turishar edi.
Bu ham birodarlar Imom Avzoyini naqadar ulug' inson ekanligiga dalolat qiladi. Hamma kuch qudrat Allohni qo'lida ekanini aniq bilgan odam hech kimdan hech narsadan qo'rqmaydi. Ibn Kasir aytadi, ulamolar Avzoyining, Allohning yo'lida murobod, mujohid holida vafot etganida ixtilof qilmaydilar. Yetmish to'qqiz yoshda vafot etdi. Imom Avzoyi faqatgina o'zida ilmni jamlagan olimgina emas edi. Ha, ilm asosiy yo'li edi, lekin hayotni boshqa jabhalarini ham uzoq beparvo tashlab qo'yganmiz. Biz ham shunaqa bo'lishimiz kerak, ukalar. Namozni o'qiymiz vaqtida, Qur'onni o'qiymimiz, ilm bilan shug'ullanamiz, sport bilan ham shug'ullanammiz, hunarni ham qilamiz. Tushunarlimi? Bizda bir tomonlama bo'lib qolganmiz bu katta xatoyimiz. Agar yana yuksak bo'lishni xohlasak, ummatlarga peshvo bo'lishni xohlasak, biz ummatu vahomadiyya. Tavozum bo'lishi, eri esingiz bilan bizni hayotimizda. Faqatgina ilmga ajralib olib, ilmni o'rgatib, hayotdan ajralib qolmagan edi bu kishi. Musulmonlar orasidagi fasodga nisbatan qattiq mavqevda turar edi. Zamonasida amri ma'ruh nahim ukar bilan mashhur edi.
Aquli qovli ha da vastavhirulloh ili valakum.