Maviza
—Qoralama1 soat 33 daq

Tobe'inlar hayoti

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
93:17
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillah robbilar ilmin. Vassalatu vassalamu ala saidina muhammad va ala alihi voshabihi ajma'in. Va mabodo assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh. Asrorul uzama, ulug'larning sirlari deb nomlanadigan darsimizning navbatdagisi, hadis ilmining sultoni, Qur'oni Karimdan keyingi o'rinda turadigan, odam bolasini qo'li bilan yozilgan eng to'g'ri kitobning sohibi, Imomu Buxoriy haqida dars boshlagan bo'lamiz. Bu darslarimiz ulug' insonlarning shaxsiyatlarini, ularning hayotini o'rgatishlik orqali bizga islomiy tariximizni o'rgatadi. Mana shu ulug' insonalar siz bilan bizga islomik hazoratimizni barpo qilib berishgan.

Odamlarni orasida bor yo'g'i ikki foizi mana shunday bir ulug' insonlar bo'ladi. Mana shu ikki foiz insonlar odamlarni boshqaradi, tarixni shakllantiradi. Qolgan odamlar mana shu ikki faiz odamlardan foydalanadi va ularga ergashadi, tobe bo'ladi. Ana shu tariximizda o'tgan ulug' insonlarni ko'pchiligini tanimaymiz. Agar tanisak ham faqat ismini bilamiz. Masalan, muhammad ibn ismoil al buxoriy haqida nima bilasan desa, o'rtacha odam aytadi, muhaddis bo'lgan, sahih buxorini yozgan deydi. Yana nima bilasan desa, boshqa ma'lumot yo'q. Buni ham qayerdan biladi desangiz, shu muhaddis bo'lgani, Sahih Buxoriy yozganligini qaytib, qaytib, quvvatib eshitaverganligi uchun kallasiga kirib qolgan. O'zi bir kitobni ochib o'qib, mana shu buyuk ajdodini kim ekanligi bilan qiziqmagan. Siz bilan bizni birodarlar, hamyurtimiz, vatandoshimiz mana shu Mavronnahrardan chiqqan. Imom Buxoriy.

Ana shu ulug'larimizni yoshlarimizga tanishtirib, ular kimlarga taqlid qilishligi kerak, kimlarga iqtidor qilishligi keldi, shuni ko'rsatishimiz kerak. Aks holda, boshqalarni o'zlariga ibrat namuna qilib olyapti yoshlar. Taassuf, hammani qo'lida bor telefon, hammani uyida bor televizor, erta mandan kechgacha mana shu musulmon odamga yot bo'lgan, begona bo'lgan madaniyatni musulmonni tabiatiga, fitratiga to'g'ri kelmaydigan ishlarni qilayotgan odamlarni ibrat namuna. Bizni tilda kumir qilib ko'rsatyapti. Taassur.

Albatta, bu ulug' insonlarni mana shu yuksaklikka, ulug'likka olib chiqqan shart sharoitlar bor, sabablar bor, omillar bor. Bu ulug'lar hayotini o'qishlik mobaynida ana shu sirlardan siz bilan biz ham boxabar bo'lamiz, inshaalloh. Bugungi darsimiz hadis ilmida amirul mo'mining bo'lgan. Alloh azza va jallaning kalomi, Qur'ondan keyingi o'rinda turadigan eng to'g'ri kitob, Sahih Buxoriyning sohibi, Muhammad umid ismoil ibn ibrohim al Buxoriy rahmatullohu alayhi vaqtida dars qilgan bo'lamiz.

Imom Buxoriy o'zini mana shu Sahih Buxoriy, jome'i sahih. O'zi jome'i sahiy, yana bittasimi, Sahih Buxori. Shu kitobi haqida aytadi, bu kitobni o'n olti yil davomida yozdim. Va mana shu kitobni o'zim bilan Allohnin o'rtasida hujjat bo'lishligini xohladim. Ya'ni bironta noto'g'ri xabar, bironta bir noto'g'ru so'z yo'q.

Islom tarixi birodarlar Imom Buxoriyga o'xshagan boshqa bir odamni ko'rgan emas. O'zini yodlash qobiliyatida, rivoyatdagi puxtaligida, hadislarni izlashdagi sabr bobida Buxoriydek inson yer yuzida yashagan emas. Bu ulug' inson hadis ilmida shu hadis ilmini talabalaridan ham o'zib ketdi, shu hadis ilmini ustozlaridan o'zib ketdim.

Ulamolardan biri Imom Buxoriy haqida aytadi, unga o'xshagan boshqa bir insonni ko'rgan emasman. Go'yoki u faqat hadis ilmi uchun yaralgandek edi. Ya'ni bu kishida boshqa ilmlar ham bo'lgan, lekin hadis ilmidada bo'lgan u kishini peshqadamligi haqiqatdan boshqa hech kimda ko'rilgan emas. U kishining to'liq ismi Abu Abdulloh. Muhammad ibn ismoil, ibn ibrohim, al buxoriy.

U kishining katta bobosi Mog'ira asli majusiy bo'lgan. Buxoroga ko'chib kelib, Buxoroning amiri yomonni qo'lida kalima keltirib musulmon bo'lgan. Endi Imom Buxoriyning otasi Ismoil ibn Ibrohim birodarlar ahli ilm bo'lgan. U kibor ulamolarni suhbatida bo'lgan. O'zi ilmli odam bo'lgan. Imom Buxoriy o'zini otasi haqida aytadi meni otam Molik ibn Anasdan hadis eshitgan.

Molikiy mazhabini imomi, Dorul Hijraning imomi Molik ibn Anasi. Undan hadis eshitgan, hamma odin Nabi Zaydni ko'rgan va Abdulloh ibn Muborak bilan ikki qo'llab ko'rishgan. Mana abdulloh i bin muborakni kimligini o'tdik. Imom Moliyada qanaqa inson bo'lganligini mana o'tgan ramazonda o'tdik. Mana shu kishilarni suhbatida bo'lgan ekan, Imom Buxoriyning otasi Ismoil ibni Ibrohim. Demak, oilada ilm bo'lishligi, oilada taqvo bo'lishligi. Albatta bu farzandlarga ta'sir qilmay qolmaydi birodarlar. Imom Buxorini otasi, Imom Buxori yosh bola paytida o'lib ketadi, yetim qoladi. Ulug'likni sirlaridan deb turib, birinchi darsimizda aytganmiz, yetimlik deganmiz.

Otasi yoshligida o'lib ketgan, yosh bola, o'g'il bola xususan, tezroq katta bo'lishga majbur bo'ladi. Tezroq esini yig'ishlik kerak, aqlini yig'ishligi kerak. Chunki otasi yo'q ustida. Endi albatta, otasi bor odam ulug' inson bo'la olmaydi degan gap yo'q bu yerda. Ammo otasi yo'qlarni imkoniyati kattaroq bo'lgan. Chunki otasi bor odam muammolarni otasi hal qilib beradi, yosh bolalar hal qilib yuraveradi.

Nimani o'qish kerak? Otasi tanlab beradi. Yuraveradi. Mol odamlarga bor, bunday qil, bunday qil. Shuning uchun o'zini mustaqil bir hal qilishlikka bir ishlarda yo'li yo'q, imkoniyati yo'q. Shuning uchungi uni ulug' yeyishi otasi yo'q bolani ulug' yeyishidan ko'ra sekinroq kechadi. Imom Buxoriyning otasi aytdik mana yoshligida, Imom Buxorini yoshligida o'lib ketgan dedik. Bu kishi ilmli odam bilan ham tijorat bilan shug'ullanar edi. Vafot etar ekan, aytgan edi umrini oxirida. Boru molu dunyoyimda na harom yo'l bilan, na shubhali, nopok yo'l bilan topilgan bir dirhamni borligini bilmayman.

Ana birodarlar, Imom Buxoriyda, Imom Buxoriya qilgan ishlaridan bittasi. Imom Buxoriyda mana shunday bir martaba yetishiga sabab bo'lgan omillardan bittasi, halol luqma. Halol luqma top kelayotgan pulimizga yigitlar, juda qattiq e'tibor beraylik. Mayli, zo'r yegizmaylik, zo'r kiyintira olmagan bo'laylik, muhimi halol yegizaylik, inshaalloh kam bo'lmaymiz.

Shuning uchun ko'p olib kelmang uyga. Katta olib kelmang, mayli, muhimi halolda olib keling. Farzandlarimizdan ilmli odamdan chiqishini omillarda yana bittasi, Imomiddin Zarnojiy ta'limul mutalimda yozadi. Olimlarni hurmat qil. Izzat ikrom qil, ahli ilmlarni. Xizmatini qil, hadyalar ber, shunda bolalaringdan ilmli odam chiqadi deydi. Agar bolalaringdan chiqmasa, nabiralaringdan chiqadi deydi'. Otalar, bolalarimizni ilmli bo'lishiga biz bir yo'l yaratib beraylik.

Halol olib kelaylik, halol yegizaylik va ahli ilmlarnini hurmat qilaylik. Inshaalloh kam bo'lmaydi bolalarimiz. Siz bilan bizdan bo'lmasa, bolalarimizdan bo'lmas a, nabiralarimizdan chiqadi. Demak Imom Buxoriyning otasi Luqmaga qattiq e'tibor bergan. Horon, shubha, gumon, nopoy yo'l bilan uyiga pul olib kirmagan.

Imom buxor i otasidan yosh qoldi. Uch yoshga kirganda, muorrixlar aytadi, ko'zi ko'rmay qoldi. Bitta onasini qo'lida qoldi. Otasidan bir muncha dunyo oqagan. Va mana shu dunyosini bu taqvodor soliha ona bolasini ta'limiga sarfladi. Solih hayolida. Bolasini ko'zi ko'rmay qolganida yig'lab, Allohga duo iltijodi ko'paytiradi, bir kun uxlab qoladi, tush ko'radi. Tushida Ibrohim alayhissalomni ko'radi.

Ibrohim alayhi assalom aytadiki, ko'p duo qilib yig'laganingdan Alloh tabaraka va taolo o'g'lingni ko'zini qaytardi dedi. Ona ertalab turib qarasa, o'g'lini ikkala ko'zi bob boyagida ko'ryapti. Uch yosharada ko'zi ko'rmay, keyin Alloh taolo ko'zini qayd qilib bergan edi. Birodarlar, Imom Buxoriy. Har qancha aytib faxrlansak, arziydigan inson.

Buyuk shoir va mutafakkir Abdurahmon Jomiy Imom Buxoriy haqida aytadi. Makka va Madinada yasalgan tanganing Buxoroda sayqali kamolga yetdi. Makka va Madinada yozilgan tanganing pardozi Buxoroda tamomiga yetdi deydi. Bu degani, hadis ilmini, Payg'ambarimiz so'zlarini o'rganishi ilmi, agar shu Makka Madinada boshlangan bo'lsa, hadislarda aytilishi, o'rganilishi, tamomiga yetishdagi Buxoroda bo'ldi deydi. Haqiqatan bir nozik, ajib ta'rif.

Imom Buxoriyga Alloh azza va jalla iqtidor berdi, qobiliyat berdi. Bizni tilda talant berdi. Birodarlar, Alloh Taolo har bitta odamga qandaydir iqtidor, qobiliyati beradi. Odam bolasi borki, qandaydir talanti bor. Faqat u talantni o'zida borligini biladi yo bilmaydi. Kashf qiladi yoki baxtli qolib ketadi. Agar kashf qilsa, to'g'ri yo'lga ishlatib foydalansa foydalandi, bo'lmasam ko'milib yo'q bo'lib ketadi. Endi taassuf ayrim odamlar o'zidagi mana shu iqtidorni noloyiq yo'llarga sarflaydi. Masalan, eshitgan ishchilasini bir marta eshitib yodlab qoladi. O'n yildan keyin aytib bera oladi. Futbolchini tarixi, komandani tarixi, biladi. Mana shu sizga berilgan shu iqtidorni noloyiq joyga sarflagan bo'lasiz. Qiyomatda javob berasiz shu narsaga. Shuning uchun Alloh Taolo sizga o'g'il bergan, qiz bergan, diqqat bilan kuzating da. Qandaydir bir qobiliyati bor. Qandaydir yuraklik, hech narsadan qo'rqmaydi. Yo bo'lmasam jismonan baquvvat, yoki juda ham tez, yoki biror narsani eslab qolishligi zo'r. A? Masalan, til o'rganishlikka qobiliyat. Men bir ukamiz bor, bilaman, sakkiz xil til biladi.

Aytardiki, menda shu til o'rganishiga qandaydir qobiliyat bor derdi. Boshqalar bir yilda o'rgangan narsani bir oyda o'rganaman derdi. Ana, shuni topibdi o'zida borligini, sakkiz xil tilda o'rganibdi. Imom Buxoriy, Alloh Taolo ulkan aql va kuchli xotirani berdi va mana shu narsani u kishi hadis ilmiga sarf qildi. Imom Buxoriy o'zi haqida aytadi. Yosh bola ekanman, Marvdagi huquq aholini, muhaddislarini ziyorat qilardim. Ya'ni o'nga kirmagan bola, katta katta shayxlarni oldiga kelib o'tiradi. Kirib ularga salom bergani uyalardim deydi. Ular bilan birga o'tirib hadis yozar edim. Ya'ni bir shayx dars aytadi, hadis qolganlari yozadi. O'nga kirmagani bola, o'tirib yozadi. Shunda shu majlisda o'tirganlardan bittasi erkalatib, to'qqiz sakkiz yashar bola, nechta hadis yozdingiz desa, ikkitadir dedi.

Ikkita ona desa, kulishar edi. Shunda shayx aytar edi, kulmanglar. Shu boladagi iqtidor, qobiliyatni ko'rgan, bir kun keladi, hammanglarni ustinglardan kuladi mana shu bola. O'n yoshga yetmagan bola, katta kishilarni ichiga kirib, ilm o'rganaman deb, qog'ozini, qalamini olib o'tirishligini bir fikr qilib ko'ring da. Haqiqatdan bu Alloh Taolo tollab olgan mandalar edi.

Ulamolar mana shu yosh Muhammad ibn Ismoilni ilmga bo'lgan rag'batini ko'rishdi va mana shu narsaga e'tibor qilishdi. Shuning uchun birodarlar, yosh bolani kichkinaligida, kichikligida bir diqqat, e'tibor bilan bir qarasangiz, bir iqtidorini ko'rasiz. Agar avvalo shu iqtidorni bergan bo'lsa, shuni yo'lang, inshaalloh bir ulug' inson bo'lib yetishadi. Varroq aytadi, Imom Buxoriyning sinfdoshlaridan ikkitasi. Hashid ibn Ismoil, yana bir kishi. Mana shu ikkala sinfdosh aytyapti. Abu Abdulloh Buxoriy biz bilan birga Basraning shayxlarini ziyorat qilar edi. Ya'ni Basradagi shayxlarda o'tirib dars o'rganardik. O'n olti yashar bola. Hammamiz shayxdan eshitgan narsani yozar edik, u esa hech narsani yozmas edi. Bu holat bir necha kun davom etdi. Biz unga, biz bilan birga o'tirasiz u, hech narsaniyozmaysiz. O'n olti kundan beri biz bilan eshitilib yuribsiz, biz yozyapmiz, eshityapsiz. Vaqtingizni bekor sarf qilib yuribsiz, deb malomat qilishdi.

Imom Buxoriy indamadi. O'n olti yashar bola. Hadep shu gapni gapirishni o'rganidan keyin oxiri Imom Buxoriy ikkovinglar so'raverib zeriktirib yubordinglar. Qani yozgan narsanglarni olinglarchi? Menga ask qilinglarchi? U ikkalasi yozgan daftarini olib ochishdi. Mana shu o'n besh, o'n olti kunni ichida minglagan hadislarni yozishgan edi. O'n besh mingta hadis yozishgan deyiladi. Imom Buxoriy hamma hadisni yoddan aytib berdi deydi.

O'n oltinchi kun eshitgan hadislarni hammasini bir marta eshitib yodlagan, hatto Buxoriy aytganda, biz yozgan narsalarimizni uni aytganiga qarab turib to'lab oldik deydi. Aytyapmiz, Alloh Taolo g'ayrioddiy iqtidor bergan va bu kishi o'rniga sarflay bilgan. Nima dedi Imom Buxoriy? Men sizlar bilan vaqtni bekorga o'tkazib yuribman ekanmi endi? Shunda aytishadi, bu ilmda birov Buxoriydan o'tib ketmasligiga shunda ishonmaydi deydi. Imom Buxoriy o'zi haqida aytadi: sahih hadislardan yuz ming tasini yoddan bilaman. Sahih bo'lmaganlaridan ikki yuz ming tasi yoddan bilaman. Bu buncha hadisni yoddan bilish hayotini avvalida o'zini Jome' Sahihini yozganida olti yuz ming, yetti yuz ming hadisni ichidan yodlagan, yoddan bilgan. To'rt mingta sahifani chiqarib olgan edi.

Mana shu olti yuz, yetti yuz, ming hadisni hammasini yoddan bilgan va ularni sanadini ham bilgan. Ya'ni yodlashni yo'lini. Muhammad Umid Ismoil haqida ulamolardan biri aytadi: Muhammadiddin Ismoil kabi boshqa insonni ko'rgan emasman. U ulamolardan bir kitobni olardi da, bir marta o'qib chiqib yodlab olar edi. Bir marta o'qirdi, yodlab olar edi.

Imom Buxoriy o'zini shahridagi ilm bilan kifoyalanmadi. Balki ilm talabida safar qildi. O'n olti yashar bola basraga safar qildi . O'n oltinchi yashar bola Basraga safar qildi, endi qarang, bu yerda onani ham bir rolini, onani ham bir vazifasini. Undan katta o'g'li bo'lgan. O'n olti yashar bolasini boshqa yurtga jo'natib olishlikka quvvat etgan ekan.

Mana shu safarlarida hadisga qattiq e'tibor qildi. Imom Buxoriy o'zida mana shu yodlab qolishlik degan qobiliyatda borligini ko'rdi, shuni hadisga burdi. Ha, u kishi yana hadisdan boshqa ilmlardan ham o'ziga nasiba ulush olgan, boshqa ilmlardan ham o'rgangan u, lekin ko'proq e'tibori hadis ilmiga edi. Imom Buxoriy o'zi haqida aytadi men faqat hadis egalari bo'lgan kishilardan bir ming sakson tasidan eshitib hadis yodlaganman. Muhaddis deb tanilgan odamlardan bir ming sakson tasidan hadis eshitganman deydi.

Imom Buxoriy umrini ilm talabida Rasulullohni hadislarni o'rganishlik yo'lida o'tkazdi. Imom Buxoriy avval Buxorodan ilm oldi. Keyin Balxga safar qildi. Keyin Nishofurga, keyin Rayiga, u yerdagi ulamolarning hamma hadislarni yod oldi. Lekin baribir hadis ilmini markazi Arab yerlari edi. Xususan Iroq. Ikki yuz o'n hijri yilning oxirlarida Iroqqa safar qildi, o'n olti yasharida. Mana shu yerdagi mashoyixlarni suhbatlarida o'tirib, ulardan hadis o'rgandi. Imom Bahoriy aytadi o'zi, Bag'dodga sakkiz marta kirdim. Ana shu safarlarimda, har kirganimda Imom Ahmadimni Hanbalni suhbatida o'tirdim. Imom Ahmadimda Hanbal, ulug' muhaddis olim, Imom Bahoriyning ustozi bo'ladi. Hanbaliy mazhabining imomi. U kishidagi ilmni oladiganni olib bo'lib, ketmoqchi bo'lib, xayrlashgani borganimda, Imom Ahmad menga ilmni va uni odamlarni tark qilib, Xurosonga ketasizmi dedi. Ya'ni ilmingizni o'qib ko'paytira olmaysizmi, rivojlantira olmaysizmi? Cho'qqiga chiqmaysizmi?

Akalar, biz qanaqa ilmda aytyapmiz? Bu bir mansab beradigan, bir kursga o'tkazib qo'yadigan ilmda emas. Ummatni cho'qqiga qarab, sudrab olib chiqib ketishga sabab bo'ladigan ilmda aytyapsiz. Imom Buxoriy iroq bilan kifoyalanmadi. Keyin Makkaga bordi. U yerdagi ahli ilmlarni hadislarini o'rgandi. Madinaga bordi. U yerdagilarni ham oldi, hadisini. O'tirib eshitar edi, bilmagan hadisini eshitsa, yodlab olar edi, bilganini eshitsa, qaysi yo'l bilan, qaysi san'at bilan ekanligini yodlab oladi. Baribir foyda olar edi. Misrga keldi. Misr ahlida borib o'rgan hadislarni ham yod oldi. Keyin shomga bordi. U yerni o'rgandi deyarli birodarlar ummatu muhammadiyada bor bo'lgan sahih hadislarni deyarli hammasini yodlab bo'lgan edi. Ana shu o'rgangan hadislarni hammasini o'zining eng ulug' kitobi jome'us sahih, ya'ni sahih buxoriy shu kitob. Mana shu jome'us sahhiga jamladi. Alloh taoloning kitobi Qur'ondan keyingi o'rinda turadigan, eng to'g'ri kitob. Odam bolasini qo'li bilan yozilgan kitoblarning eng to'g'risi jome'us sahhi. Yoki sahihiy buxoriy, imom buxoriyning ta'rifotlaridan.

Birodarlar, mana sixoh siddda deymiz hadis kitoblarini, eng to'g'ri oltita kitob. Bular buxoriy, muslim, termiziy, nasoiy, abu dovud, ibn moja. Yana ayrim kishilar mana shu kitoblarni orasiga imom momolikni muvattosini qo'shishadi, imom ahmadning musnadini ham qo'shishishadi.

Imom Buxoriy o'zining mana shu kitobini Jome' Sahihni ta'lif qilish haqida aytadiki, o'n olti yashar bola, diqqat qilib turinglar, o'n o'n olt yashar bolalar. Yigirma olti yashari bolalar ham, o'ttiz olti yashali kishilar ham, qirq olti yashadi opa dadalar ham eshitib turinglar. O'n oltiga kirgan bolani himmatini qarang. Isoq ibn Rahoyani huzurida edim, ilm majlisida. Shu yerda o'tirganlardan biri dedi, hadis ilmini o'rganayotgan olimlarga qarab turib, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislarini, sunnatlarini o'zida jamlagan kichkina bir muxtasar bir kitob qilsanglar. Ya'ni Payg'ambarim sollallohu alalayhi vasallamning sunnatlari haqida bitta bir muxtasar kitobni ta'lif qilsanglar. Hammasi sahih bo'lsin, muxtasar bo'lsin, o'rganishga oson bo'lsin. Imom Buxor aytadi ana shu gapni eshitganimda, shu ish qalbimga o'rnashib qoldi. Shu kitobni jamlashga kirishdim. O'n olti yashar paytida. Imom Buxoriy aytadi, Jome' Sahihni dedi Imom Buxoriye, olti yuz ming hadis ichidan chiqarib oldim. To'rt mingta, uch mingta hadis. Yana aytadi, Jomiy Sahihdagi har bir hadisni yozishdan avval g'usl qildim va ikki rakat namoz o'qidim.

Unga faqatgina sahih bo'lgan hadislarni kiritdim. Yana cho'zilib ketmasin deb, katta bo'lib ketmasin deb, ayrim sahih hadislar unga yozmadim. Shu kitobni boshlagan paytimda yoshim o'n olti da edi. Himmatni qarang. Ana kim bizga kumir, ana kim bizga ibrat. Qur'ondan keyingi eng afzal kitobning muallifi shu kitobni bag'ishlaganda yoshi o'n oltida. Ana oliy himmat birodarlar. Imom Baholi haqidagi so'z birodarlar siz bilan bizni hech qachon moliyalantirmaydi.

Inshaalloh, bu ulug' imom mahiyati haqidagi darsni ertaga davom etkazgan bo'lamiz. Aquvli qovli hayr avaz ta'firullohi li va la bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil alamin. Vassalatu vassalomu alayhi sa'yiddinam Muhammad va alayhi vasihabiyhi ajma'in. Ammabodo assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatuh. Asrorul zamo, ulug'larning sirlari deb nomlanadigan darsimizni navbatdagisiga xush kelibsiz. Biz bu darslarimiz orqali ulug' ajdodlarimizni siyratlarini va ularni mana shu o'g'rilikka olib chiqqan sabablar, omillar, sirlarini bahs qilmoqchimiz. Bu ulug' ajdhodlarimiz o'zlarining siyratlari bilan bizga nima ish qilsak, qanday yo'l tushsak, yuksaklikka yetishimizni ta'lim berishdi. Bir narsaga e'tibor beraylik. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni zamonidan keyin, zamoni saodatdan keyingi avvalgi asrlarda mana shu ulug' insonlarni adadi juda ham katta bo'ldi. Ammo keyingi davrlarga kelganda, mana oxirgi to'rt yuz yilni oladigan bo'lsak, bu ummatni ichida mana shunday bir ulug' insonlarning chiqishi ozayib ketdi. Agar bo'lsa ham, barmoq bilan sanaladigan darajada oz bo'ldi.

Bir paytlar ummatun muhammadiya insoniyatni ichida peshvo ummatlardan edi. Ummatlarga, xalqlarga boshliqlik qilar edi. Lekin ta'suf oxirgi asrlarda biz insoniyat karvonini orqasida qolib ketdik. Ammo endi birodarlar, biz dinimizga qaytish kerakligini, yuksaylik va oliylikni faqatgina Allohni manhashini ushlasakkina shu narsaga erishishligimizni angladik. O'zimizga ulug' ajdodlarimizni ibrat namuna qilib olishimiz lozimligini bilib boryapmiz. Bu darslarimiz ana shu ulug' ajdodingizning hayotlarini va ularni yuksaklikka olib chiqqan sirlar va sabablarni o'rganishimizga yordam beradi.

O'tgan darsimizda hadis ilmining sultoni, Imom Buxoriy rahmatulloh ali haqida dars boshlagan edik. Bugun davom etkazgan bo'lamiz. Alloh azza va jallaning kitobidan keyin, bandalarni qo'li bilan yozilgan eng afzal kitob bu Jome'us Sahih, Sahih Buxoriy, Imom Buxoriyning eng ulug' kitobi. Biz ulug'likka olib boradigan sabablarni zikr qilganimizda, umrini avvalida inson o'ziga ilmni jamlashligi, mana shu ulug'likka oboradigan sabablarno o'zida jamlashligi kerakligini aytib o'tdik. Undan keyin esa, ana shu ulug'likni keyingi siri, shu o'zi olgan narsasini xalqqa, ummatga tarqatishligi kerak.

Ayrim holatlarda ko'ramiz, ayrim tolib ilmlar yillar davomida o'qiydi da, o'qib bo'lganidan keyin shu olgan narsasinini, to'plagan narsasini ummatga, xalqqa bermayotganligini. Balki faqat o'zi bilan la ovora bo'lib qolayotganligiga guvoh bo'lamiz. Ayrim holatlardan. Albatta, bu achinarli hol, birodarlar. Albatta bu ahli ilm uchun bu komil bo'lmagan surat. Birodarlar, o'rgandikmi? Endi xalqqa berishligimiz kerak. Agar biz yillab o'qiganimiz bozorga olib borish, uyga to'xtatgan bo'lsa, o'qimasdan turib bozorga borib ishlasa ham bo'laverardi. Bir hunar tirikchilik bilan olib borib ketgan bo'lsak, ha, bu tirikchilik bilani o'qimasdan mashg'ul bo'lib ketsa ham bo'laversa.

Demak, ulug'likni sirlaridan bittasi, kishi hayotini avvalida o'ziga ilmni jamlashligi, va jamlab o'tgandan keyin bir o'ttiz yoshni ustini oling, u yog'i endi berishlik kerak. Berishlik kerak! Imom Buxoriy o'zining Jome'us Sahihini birodarlar olti yuz mingta hadisni ichidan tanlab oldi. To'rt ming ga yaqin hadis. Endi mana shu Jome'us Sahixni, Sahih Buxoriyni kitob qilib shakllantirishida Imom Buxoriye qanchalar diqqat e'tibor qilganligini. Va qanchalar o'ziga talabchan bo'lganligini bir ko'rib qo'ying. Imom Buxoriy o'zini mana shu kitobini jamlashida roviylarning rostgo'yligi, ishonchli ekanligiga qattiq e'tibor bergan.

Ana shu mana shu roviylarni qattiq tekshirishligiga bitta misol, imom buxoray falon joyda bir odam hadis rivoyat qilganligini eshitdi da, shu hadisini eshitishligi uchun haligi odamni oldiga bordi. Bir qishloqda yashaydigan odam ekan, bordi. Borsa, haligi hadis rivoyat qildi degan kishi ulovi qochib ketib, uvoloni quvolab yurgan paytda boradi. Qarab tursa haligi odam ulovini o'ziga chaqirishlik uchun etagiga xuddi bir yem solganday qilib, etagini ko'tarib, hayvoniga ko'rsatib, chaqirayotganini ko'radi. Etagida hech narsa yo'q. Endi hayvonni oldiapti. Ulovini oldiapti. Shunda Imom Buxoriy ko'rib turib, hayvoniga yolg'on ishlatgan kishi, Rasulullohga ham yolg'on ishlatmaydi deb ishonmayman dedi, hadisdan oldinga ketdi.

Ya'ni Imom Buxoriy shu darajada hadislarni ro'o'ziga talabni qattiq qo'ygan. Imom Buxoriy sharti. Mana shu hadis jamlash deydi, Imom Buxoriydi sharti boshqa muhaddislarning shartidan farq qilar edi. U kishini shartiga ko'ra, bir odam ikkinchi odamdan hadis eshitib rivoyat qilgan bo'lsa, shu ikkala odam bir biri bilan ko'rishligi kerak. Bu Buxoriyda shart faqat. Boshqa muhaddislar bir birini ko'rmagan bo'lsa ham falonchi aytibdi deb turib, bir odam eshitsa ham aytavergan. Lekin imom buxoriy ikkalasi bir biri bilan ko'tarishgan bo'lishlik kerak degan shartni qo'ygan va qaytarib aytamiz, bu shart faqat imom buxoridi edi.

Mana shunday og'ir shartlar bilan, qiyin shartlar bilan yiqqan hadislarini ham o'zini Jome'z Sahihiga, Sahih Bahodirga kirib tekkan da, yuz ellik tadan bittasini olyapti. Yana har bitta hadisni shu kitobga kirgizishdan avval g'usl qilyapti, ikki rakat namoz o'qib turib, keyin kirgizyapti. Bu qanaqa mehnat, birodarlar? Ikki rakatdan o'qisa, sakkiz ming rakat namoz oqagan bo'ladimi?

Shuning uchun bu kishilar haqida gapirayotganda, hurmat bajo keltiraylik, akalar. Demak, Imom Buxoriy o'n olti yoshida, Sahih Buxoriy Jome' Sahihni yozishga kirishdi. Aytadi, o'zi haqida. O'n oltinchi yoshimdan boshlab, boshqa kitoblarni ham yozishga kirganman. Ulardan Qozaya Sahaba va Tabiiy in va Quva ul hum. Yana rasulullohning masjidida, masjidi nabaviyda, rasulullohning qabrini oldida o'tirib, at tarix kitobini yozganman deydi. Yana aytadi, tarixda ism zikr qilingan odam borki, shu kishining orqasida bir qissa bor. Ya'ni men keltirgan hadislarda kimlar rivoyatida qatnashgan bo'lsa, mana shu roviylarning har bittasining hayotidan bir qissani bilaman deydi. Lekin u qissalarni kirgizib o'tirmadim, kitob cho'zilib ketmasligi uchun.

Demak, har bitta roviy haqida bir qissani, hikoyani bilaman deydi, lekin buni aytgan emasman deydi. Muhammadiddin Abiy Xotim Buxoriyga aytdi. Siz kitoblaringizga kiritgan hamma hadisni yodlaganmisiz, yoddan bilasizmi? Buxoriy rahmatullohu alayhi, uni ichidagi hammasi yodimda. Nimani yozgan bo'lsam esimda? Har bitta kitobimni uch martadan yozib chiqqanman. Ya'ni elga taqdim qilishdan oldin uch marta yozib, keyin elga chiqarganman.

Olti yuz ming hadisdan to'rt ming tani tanlab olishlik. Albatta mashaqqatli ish edi. Yuz ellik tadan bittasini tanlashlik kerak. Qaysi narsaga e'tibor berish kerak, nimalardir g'oyasini qilishlik kerak, shoshilish kerak bo'lmagan. Agar o'n olti yil, o'n oltinchi yasharda boshlagan bo'lsa, o'n o'n oltiy yil yozgan bu kitobini, bitta kitobini. Shuning uchun biz bu ulug'lik, bu yuksalik, bu martaba o'z o'zidan bo'lib qoladi deb ayta olmaymiz.

Ana shu ulamolar aytadi, muvaffaqiyatni bir foizi ilhom, Alloh tomonidan beriladigan. Qolgan to'qson to'qqiz foizi bandani qattiq qilgan mehnati. Jiddu jahti, sabr toqati, qanoati, matonati. Tushunarlimi? Bir foiz ilhom, to'qson toqqiz foiz bandani mehnati. Shuning uchun birodarlar xotirasi kuchligida yotladi, yotladi, bo'ldi, olim bo'ldimi? Yo'q akalar. Imom Buxoriy o'zini ustida qattiq ishlagan. Imom Buxoriyning hamrohlaridan biri aytadi, bir marta u kishi bilan bir xonada tunashga to'g'ri keldi. Kechasi bilan turib, shu kitobiga yozar edi. Bir narsalarni yozar edi kechasi bilan, turib, turardi da, chiroqni yoqib, qo'yib, yozib yotar edi. Yana ozgina turib turib, yoqib, yozib, o'n sakkiz marta turdi bir kechada, deydi. Ana mehnat. Ana mashaqqat, ana matonat.

Muhammadiddin xotim aytadi, bir kechada o'n besh martadan yigirma martagacha o'rnidan turib, chirog'i yoqqaniga men guvohman deydi. Imom Buxoriy o'zini hadislarni jamlash haqida shunday deydi. Men boshqalarga o'xshab hadis yozmaganman. Agar bir kishidan hadis yozgan bo'lsam, imkon bo'lsa, shu kishini ismini, kuniyasini, nisbatini, hadisni tushunishini, bu hadisni kimdan o'rganganligini so'raganman. Agar u kishi hadisni o'zi aytayotgan kishini o'zidan to'g'ridan to'g'ri eshitmagan bo'lsa, uni hadisini olgan emasman. Aytdik ku, ikkalasi bir biri bilan ko'rishib, bir biri bilan gaplashgan bo'lishligi kerak. Va bu shart faqat Buxoriyda. Ammo boshqalar esa bunday tafsilotlarni menga o'xshab surishtirmay, roviy, roviydan to'g'ridon to'g'ri o'zi eshitmagan bo'sa ham olishavergan. Abbos Abduriy aytadi.

Muhammadimni Ismoil kabi hadisni diqqat bilan talab qiladigan boshqa ishini ko'rmaganman. Uning aslini ham, farini ham so'rab aniqlar edi. Xuddi bir tosh tagini kavlagandek titkilab, ikir chikirigacha so'rab, keyin yozar edi. Shuning uchun, birodarlar, Imom Buxoriy yosh bo'lib turib, o'n minglagan hadislarni yoddan adashmasdan bilganligini xabari atrofga aylangandan keyin, u kishini shon shuhrati atrofi, ovoqi yoyildi.

Imom Buxoriy Basiraga hadis o'rgangani keldi. O'n olti o'n yetti yashar bola. Buxoriyda kelibdi deb turib, odamlar to'planib, qarang, Basiradan ilm o'rganaman deb kelgan odamga Basira ahli yig'ilib kelar edi. Falon matishga kelibdi desa, odamlar yig'ilib guvohlab borishar edi. Minglagan otam o'tirib, Imom Buxorodan hadis eshitishar edi. Bu narsani xohlamasa ham o'rab olib, o'tkazishib olib, bizga hadsat bering derdi.

Demak, u zamonda odamlari ilmga shunday bir chanqoq bo'lgan, ilmga berilgan bo'lgan. Xuddi biz hozir internetga berilgan bo'magandaqa. To'g'rimi? To'ppa to'g'ri. Ular nimaga berilgan? Kumirlari ham o'shanga yarasha bo'lgan. Biz nimaga berilyapmiz? Bizni kumirlarimiz ham o'shanga aralashadi. Minglagan adaddagi odamlar bu paytda hali yomon baho yosh yigitcha, shunday bo'lsa ham odamlar u kishini quvolab yurib, hadis aytib berishligini talab qilishar edi. Yusufimni moso aytadi Basraning jomiyasi dedim. Bir kishi, ey qavm, Muhammadimni Ismoil kelibdi dedi. Hamma o'tirgan joy qarab bordi. Borsak, bir yosh yigitchcha ustimda oldida turib namoz o'qiy ekan ekan. Qarab turdik, namozini o'qib bo'lganidan keyin odamlar uni atrofini o'rab olishdi. Bizga hadis aytib bering deb atrofida to'planishdi. Ertasi kuni yana minglagan kishilar atrofida o'tiribdi. Imom Buxoriy hadis aytib beradi, endi odamlar ko'p, minglagan odam. Orqadagilar eshitmaydi. Xuddi mana namozdagi takbirni aytgandaqa, Imom Buxoriyev aytsa, o'ndan orqada turgan yana bitta qaytaradi. Undan keyin yana qaytaradi, shunday qilib eshitishar edi. Imom Buxoriyev Basriy ahliga qarab, ey Basriy ahli, sizlar hadis aytib berishimni so'radinglar.

Men sizlarga sizlarni hamshaharlaringlardan bo'lgan kishilarni hadisini aytib beraman. Ya'ni rovinglari sizlarni shaharlardan bo'lgan koshlarni hadisini aynitib beraman derdi. Hali yosh bola bo'lib turib mana shunday bir ilmga, manzilatga, hurmatga ega bo'ldi. Endi ulg'ayganda qanday bo'ldi bu manzilat? Mashhurlik u kishini quvonlab yuribdi. Abu Ahmad Abdullohimni Adiy aytadi, bu xabarni bir necha mashoyixlardan eshitganman. Imom Buxoriy Bag'dodga keldi.

Bag'dodlik muhaddislar Imom Buxorini ilmini, xotirasini sinamoqchi bo'lishdi. Nima qilishdi? Ular yuzta sahih hadisni olishdi, o'nta odamga bo'lib berishdi. Va shunday bir yo'l qilishdiki, Buxorida sinashlik uchun, yuzta sahihhadis o'n tadan bo'lib berishdi. Haligi o'nta hadisda aytadigan odam bitta hadisni rivoyatini ikkinchi hadisni rivoyati bilan almashtirib aytadigan bo'ldi. Birodarlar, hadis deganda ikkita narsani tushunamiz. Hadisni matni va uni sanadi. Masalan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan falonchi, falonchi, falonsha rivoyat qildi da, shu falonchilarni yo'li sanadi deyiladi. Hadis atirchilik yo'li. Endi matni deganda Payg'ambarimizni tilidan chiqqani. Tushunarli ekan? Demak hadisni rivoyat qilgan yo'lini aralashtirib aytish olgan bo'ldi o'nta odam, yuzta hadisni.

Imom Buxoriy kelgandan keyin odamlar yig'ilishdi. Tayyorlangan kishilardan birinchisi turib, siz Rasulullohning falonchi, falonchi, falochidan rivoyat qiladigan hadis haqida nima deysiz dedi. Deb boshqa hadisni rivoyati sanadini keltirdi. Imom Buxoriy qarab turib, bilib turibdi bu hadisni aralashtirayotganini. Bilmayman dedi.

Haligi kishi qolgan, tayyorlab kelgan to'qqizta hadisini ham san'atini boshqa hadislardek qo'yib, aralashtirib aytdi. Imom Buxoriy, qolgan to'qqizinchi savolga ham bilmayman deb javob berdi. Shunda shu majlisda o'tirgan muhandislar bir biriga qarab, boshini qimirlatib qolishdi. Bu yerda nima bo'layotganligini tushunmagan odamlar, a Buxoriy, Buxoriy deyishadi. O'nta sahih hadisni bilmayman deyapti. Bu qanaqa Buxoriy deydi ishda. Keyin ikkinchi odam turdi. O'sha san'ati bilan matni aralashtirgan hadisda o'n tasini so'radi. Ularga ham bilmayman, bilmayman deyotdi. Keyin uchinchi odam turdi . U ham shunaqa qilib o'nta hadis so'radi. To'rtinchi, beshinchi, o'ninchi odam, xullas, o'nta odam yuzta hadisni matnini san'atiga almashtirib, birini ikkinchisiga adashtirib aytdi.

Oxirgisi savolini berib bo'lganidan keyin, Imom Buxoriy birinchi bo'lib hadis aytgan kishiga qarab aytdiki, siz aytgan birinchi hadisni Buxoriy yangi san'at va yangi matn bilan rivoyat qildi. Siz aytgan san'at, siz aytgan matnga tushmaydi. U san'at boshqa falonchi matnga tushadi. Dedi da, bu o'rinda birinchi kishi aytgan birinji hadisning matni uchinchi bo'lib turayotgan kishining hadisini to'rtinchi matniga tushishini aytib berdi.

Ikkinchi odam turib aytgan hadisni to'qqizinchi sini matni beshinchi turib aytgan odamni to'rtinchi martiga tushishini aytsa berdi. Tushunarlimi? Shunday qilib mana shu yuzta hadisni hammasini matnini san'atiga to'g'rilab qo'ydi. Yana nechanchi odam qaysi hadis aytganligini ham aniq anaqa to'g'rilaba qildi. Shunda majlisda bo'lgan odamlardan biri aytadi, biz u kishini sahih hadisni eslab qolishiga emas, bir marta eshitib, kim qaysi hadisni aytdi va qaysi san'atni qaysi matnga aralashtirdi, qaysi san'ant qaysi matnga tushishini eslab qolgandan dahshatga tush deydi.

Shu majlisga guvohi bo'lgan Ibn Soid bu voqeani eslasa, bu insonni oldiga birov tusha olmaydi. Akalar, bular Alloh Taolo taolo bo'lgan bandalar. Ulamolardan biri aytgan edi yu, Imomi Bahoriyni Alloh faqat hadis ilmi uchun yaratgandek edi, degan edi. Bizni ajdodlarimiz mana shunday bir ulug', buyuk insonlar bo'lgan. Biz mana shularda bir zo'riyotlarimiz. Biz faqat ularni atini aytib faxrlanishlikka yaramiz. Hech bo'lmaganda bizni ibrat, namuna, bizni ko'mirlarimiz mana shu insonlar bo'lishligi kerak. Shoyad bizdan chiqmasa, bolalarimizdan chiqar. Bolalarimizdan chi qmasa, nabiralarimizdan chiqqar. Alloh subhanahu va taolo mana shu buyuk ajdodlarimizga iqtidor qilib, ularni qilgan ishlarini davom ettirib, yana ummatni yuksalikka olib chiqadigan insonlardan qilishini so'raymiz. Naquli qovli ha'da. Va astag'firullohu alayhi va alayhi valakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir robbil alamin. Vassalatu vassalamu ala saidina muhammad va ala alixi vosiha bihi ajma'in. Ummablahd, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ala va barakatuh. Asrorul uzoma, ulug'larning sirlari deb nomlanadigan darsimizning navbatdagisi. Mana ikki darsdan beri hadis ilmini, amirul mu'miniyni, muhaddislarning sultoni, siz bilan bizning yurtimizning faxri, umuman inson zotini faxri bo'lgan muhammad ibn ismoil al buxoriy rahmatulloh haqida dars qilayotgan edik. Kechagi darsimiz oxirida Bag'dod ahli u kishini ilmini sinashlik uchun yuzta hadisni matnini sanadini birini ikkinchisiga aralashtirib, almashtirib, o'nta odam so'raganligini aytdik. Va Imom Buxoriy bularda hammasini eshitib turib, bilmayman, bilmayman deb to'plab turib, yuzta hadisda aytib bo'lganidan keyin, o'rnini o'rniga qo'yib berdi. Bu Imom Bahoriyning qanchalar Alloh Taolo bir ulkan aql bilan, ulkan bir xotira bilan taqdirlaganligini guvohillik bo'lamiz bundan. Xuddi shunga o'xshagan ish, birodarlar, Samarqandda ham bo'lgan.

Abdulazizxardan rivoyat qilinadi. Samarqandda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadisini talab qiladigan ahli hadis bo'lgan ilmli kishilardan to'rt yuz tasi yetti kun mobaynida Imom Buxoriyni sinab adashtirmoqchi bo'lishdi. To'rt yuz tasi. Bir hafta. Isnodi sanadi shomliklardan bo'lgan hadislarni tanlashdi. Ularni iroqliklarning sanadiga aralashtirishdi. Yamanliklarning sanadigan ikki haram ahlining sanadini aralashtirishi. Hammasi sahihadiz, lekin sanadlari bir biriga aralashib yuborildi. Imom Buxoriy ularni birontasini adashmasdan, hammasini to'g'rilab, aniq aniq qilib aytib berdi. To'rt yuzta olim yetti kun mobaynida u kishini sinayapti, adashtirmoqchi bo'lyapti, lekin buni iloji bo'lmayapti. Albatta, bu Alloh Taoloni u kishiga bergan ulkan in'om edi. Buxoroning valisi ibna Bijafar aytadi, Muhammad ibn Ismoil aytdi. Bir hadis borki, uni Basirida eshitib, Shomda yozganman. Yana bir hadiski, uni Shomda eshitib, Misrda yozganman'. Men, e Abu Abdulloh, to'lqinlikchami? Hammasini yoddan bilasizmi? Dedim.

Imom sukut qilib qo'ydi. Qanaqa savol deganida bu? Imom Buxoriy hikmat sohibi edi, nur egasi edi. U kishini ilm haqida aytgan, so'ziga quloq solamiz. Muhtoj bo'linadigan narsa borki, bas u kitob va sunnatda bor. Ya'ni odam zoti ilmda nimaga muhtoj bo'lsa, Qur'onda bor, sunnatda bor. O'zi haqida aytadi sahihni saqindan ajratmagunimcha, ya'ni sahih hadisni saqim, kasal hadisdan ajratmagunim cha, fiqh, ray va mantiq kitoblarini o'qimagunimcha, ko'rmagunimcha, hadis aytgani o'tirmadim. Yana aytadi, dunyo zikridan bo'lgan so'zlarni ham Allohga hamd aytish bilan boshlayman.

Yoqub alayhissalom haqida mana Yusuf surasida o'qisak, tafsilida keladi. Yoqub alaysalom biz tomondan berilgan ilm egasi edi deydi Alloh Taolo. Nima ilm edi u desa, bironta jumlasini, bironta gapini Alloh degan so'zdan xoli qilib gapirmas ekan. Bir o'ylab ko'ringlarda, necha marta Alloh deymiz biz.

Yoqub alayhissalom bironta bir jumlasini, bironta gapini alloh degan so'zdan xoli qilib gapirmagandek, imom u buxoriy nima gapini gapirsa, albatta allohni ismi bilan boshlab, bismillah bilan boshlagan edi. Bakir ibn Munir aytadi, Abu Abdulloh Buxoriyning shunday deganini eshitganman. Imom Buxoriy aytardi, Allohga yo'liqqanimda meni g'iybat qilganim uchun hisob qilmaydi deb umid qilaman. Ya'ni qiyomatda Alloh meni g'iybati uchun hisob kitob qilmaydi, deb umid qilman. Albatta bu gapini birodarlar asli bor. Bu gapini tagi bor, sababi bor. Imom Buxoriy birovni g'iybat qilmagan edi. Birodarlar mana hadis ilmida mana jarh ta'dil degan ilm bor. Bu mana shu hadisni rivoyat qilgan kishilarni ishonchlisini ishonchsizdan ajratishligi. Tushunarlimi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarini odamlar rivoyat qilishgan. Sahobalar sodiq, siqo odamlar bo'lgan, rostgo'y bo'lgan. Ammo ulardan keyingi davrdagi odamlarni holini bir qarashlik kerak bo'lgan. A bunisi zaif, bunisi esonroq, bunisi ancha muncha yolg'on gapiradi. Mana shu rovilarni kimisi ishonchli, kimisi unchalik emas, ajrata oladigan ilm jarx va ta'dil deyiladi.

Imom Buxoriy Alloh meni g'iybat uchun hisob kitob qilmaydi deb umid qilaman degan gapiga sabab bor. Mana Bakriddin umr aytadi, Imom Buxorini jarx va ta'dildagi so'zlarga qaradim va uni taqvosini bilib oldim. Ana shu hadisni rivoyat qilgan odamlarni ichidan bittasi yolg'onchi bo'lsa, mana bu odam yolg'onchi deyish kerak. Endi yolg'onchi desangiz bu g'iybat.

Siz aytayotgan sifat, o'sha siz aytayotganga odamda bor bo'lsa va uni eshitsa siz aytganingizni, xafa bo'lsa g'iybat bo'ladi. U qora dedingiz. U oq dedingiz. U semiz, u oriq dedingiz. Ya'ni bor shunda. Siz uni aytdingiz, eshitsa xafa bo'ladimi? G'iybat bo'ladi. Imom Buxoriy shu yerda boyagi ishonchsiz bo'lgan yoki bo'lmasam yolg'onchi bo'lgan odamni yolg'onchi desa, ilm shuni taqozo qilyapti. Ammo Imom Buxoriye mana shu joyda ham, hatto yozayotganda ham g'iybat qilmas edi. Shuning uchun Bakir ibn Mundir aytyaptiki, mana shu jarxa va ta'dilda odamlarga berayotgan bahosidagi so'zlarini qarab turib, qanchalar taqvol ekanligini tushundim deydi. Masalan Imom Buxoriy bir odamdan hadis olish mumkin emasligini aytmoqchi bo'lsa, kazzob, yolg'onchi demas ekan. Aytar ekanki, u munkarul hadis, ya'ni so'z inkor qilingan deb qo'yar ekan. Yoki maskutun anhu, u kishi haqida sukut qilingan deb qoyar ekan, yoki bo'lmasam fi herro, bu odam haqida mulohaza bor deb qo'yarkan. Biz ham o'rgansak bo'ladi shuni.

O'zini shogirdlariga ham xuddi shu narsani ta'lim berib aytardiki, men agar bir kishi haqida, bu kishi haqida mulohaza bor desam, bilingki, u kishi muttaham vohin ekan deydi. G'irt yolg'onchi ekan. Omin. Shu g'irt yolg'. Degan gapni hadisni tuzatishlik uchun aytish kerak. Lekin shu yerda ham nima deyapti? Bu odam haqida ozgina mulohaza bor deb qo'yar ekan.

Shuning uchun Imom Buxoriy qiyomat kunida Alloh meni g'iybat uchun hisob kitob qilmaydi deb umid qilaman der ekan. Subhanalloh. Bu albatta u kishining taqvosiga dalolat qiladigan bir holat edi. Hatto yozganida ham nima qilmas ekan? G'iybat qilmas ekan. Muhammaddin abiy xotim imom buxoriyga ko'p ham suhbat bo'lgan inson edi. U aytadi, Abu Abdulloh bilan bir xonada tunab qolsak, ko'p bo'lar edi. Saharga yaqin turib namozga turar edi. Lekin bizni o'g'otib bezovta qilmas edi. Shunda nimaga meni ham o'g'otmaysiz namozga? Siz bizni yoshingiz katta bo'lsa, biz yoshroq bo'lsak desa, ha, siz yoshsiz, sizlarni yuklarni bezovta qilib xohlamayman der edi. Axloq muomala.

Biz faqat birodarlar ilmli bo'lgangina odam haqida gapirmayapmiz. Xulq. Biz o'qiyotgan ilmimiz. O'rganayotgan ilmimiz, bizni xulqimizni muomalamizni yaxshi qilmayotgan bo'lsa, bu ilm ilm emas ekan. Yoki bizga bu ilm yuqmabdi. Imom Buxoriy aytadi, Nishopurga kelib, Jomiyada o'tirganimda, Amr ibn Zarora va Is'hoq ibn Rohoyalar Nishopurning amiriga meni kelganimni xabarini yetkazishdi. Ya'ni meni kimligimni, hadis ilmidagi bilimimni yetkazishdi da, borib shu odamdan ilm olmaysizmi, deyishdi. Ya'ni Shofirga bir begona odam keldi, amiriga borib ilm o'rganmaysizmi shundan deyildi. O'zir aytdi. Aytdiki, men to'g'ri kelgan begona odamdan ilm olaveramanmi dedi. Har qanday zamonda hasadgo'ylar bo'lgan.

Shunda ana shu Imom Buxoriyni boyagi martabasi, odamlarni orasidagi hurmatini ko'rib, qalbida ozgina bir g'araz bor odamlardan bittasi aytdiki, bizga xabar keldiki, Buxoriy o'zi namozni to'g'ri o'qiy olmasmish. Imom Buxoriyga shu so'z yetkazishuvdi, eshitib turib kuldi. Kulib turib aytdiki, agar men haqimda shunday deyilgan bo'lsa, xohlasam, hozir shu o'rnimdan turib ketmasdan avval o'n mingta, faqat namoz haqida bo'lgan hadislar beraman dedi.

Namoz haqida aytilgan o'n ming ta hadislar beraman shu majlisdan turmasdan, agar xohlasan dedi. Imom Buxoriy va Abu Bakr al-Buxoriy o'rtasida sufiyonning hadislari haqida munozara ketib qoldi. Abubakir buxoriy ham muhaddislardan, imom buxorim muhammadin ismoil ham muhaddislardan. Abu Bakr Buxoriy sofiyonning hadislarini hammasini bilaman der edi. Lekin imom buxoriy bilan, muhammad umid ismoil bilan bahs qilganida, muhammad umiddin ismoil al buxoriy, abu bakr buxoriyni, u bilmagan, sofiyonning hadislardan ikki yuz tasini aytib berdi.

Shunda Abu Bakr dedi, ilmda peshqadam, basir bo'lgan, bu kishiga o'xshagan insonni ko'rmaganman. Muhammadiddin abiy xotim aytadi, Imomi Buxoriyni shunday deganini eshitganman. Balxga keldim. Bas u yerlik ahli hadislar mendan nechta kishidan hadis rivoyat qilgan bo'lsam, ularning har biridan bittadan hadis aytib berishimni talab qilishdi. Ya'ni nechta rovidan hadis eshitgan bo'lsangiz, hammasidan bittada aytib bering degandi. Mingta rovidan mingta hadisda aytib berdim dedi. Bir o'tirganda akalar mingta roviyda mingta adasat beryapti. Biz eshitib qo'yib qulog'imiz o'rganib qoldi ikki kundan beri bunaqa narsalar, fenomenalniy narsalarda eshitib. O'ylab ko'ringlar, bir o'tirganda ellikta adasat berolaymizmi?

Bu fenomen bizni zamon til bilan aytganda. Abu Ja'far aytadi men Muhammadimni salamning oldida edim. U menga aytdiki, ozgina ertaroq kelganingda yetmish mingta hadisni yoddan bilgan yosh bolani ko'rsatardim dedi. Yetmish mingta dedi. Ha, yetmish ming ta dedi. Bas qidirib uni topdim. Imom Buxoriyda yosh bolaligida topdi. Unga qarab turib, siz yetmish ming taxadisni yodlaganmisiz dedi. Imom Buxoriyev ha, bundan ham ko'proq yodlaganman dedi.

Qaysi sahoba yoki tobeindan hadisni rivoyat qilib sizga aytsam, ana shu kishini, sahobaniki tobeindan, qachon tug'ilganini, qachon vafot etganini, qayerda yashaganini aytib beraman. Qaysi sahoba yoki tobeindan hadis aytgan bo'lsam, shu hadisimni quvvatlaydigan Qur'ondan bitta oyat bilaman yoki shu hadisni quvvatlaydi yana bitta hadisni bilaman dedi.

Ibn al axrom aytadi, asxoblarimiz ularning oldiga buxoriy kelganida shunday deyishganini eshitganman. Nishopirga Imom Buxoriy kelganida, uni kutgani tuya, eshik mingan, tuyada yurgan odamlardan tashqari ot minib chiqqanlarni o'zi to'rt yuzta edi. Yosh yigitni shaharga kelayotganini eshitganda, shu shaharni ahli kutgani chiqyapti. Xuddi podshohni kutgani chiqingandek.

Ehtimol odamlar Buxoriyni, Imom Buxoriyni taqvodor bo'lganligi uchun shunchalar yaxshi ko'rgan bo'lsa kerak. Taqvodor bo'lgani uchun. Alloh Taolo bir bandani yaxshi ko'rsa, Jabroil alayhissalomga aytadi, hadisni ma'nosi. Ey Jabroil, men falon bandani yaxshi ko'rdim. Sen ham yaxshi ko'r. Jabroil samo ahliga aytadi. Ey samo ahli, maloikalar! Alloh falon bandani yaxshi ko'rdi. Men yaxshi ko'rdim, sizlar ham yaxshi ko'ringlar. Samo ahli hammasi yaxshi ko'radi shu odamni. Samo ahli yer ahliga aytadi, ey, yer ahli, Alloh, Jibroil va biz falon bandani yaxshi ko'rdik. Sizlar ham yaxshi ko'ringlar deydi.

Siz bilmaysiz nimaga yaxshi ko'r ekanligingizni. Lekin shu odamga nisbatan qalbingizda ilig'lik bo'ladi. Dadangiz emas, domlangiz emas, shepingiz emas, akangiz emas, ukangiz emas. Lekin nima degadir qalbingizda o'sha odamga nisvatan ilig'lik bo'lladi. Bu Alloh yaxshi ko'raganligini belgisi. Taqvodorligiga bir misol. Muhammadiddin abiy xotimda rivoyat qilinadi. Bir kuni Imom Buxoriy o'zini hamrohlari bilan kamondan o'q otib mashq qilgani tashqariga chiqishdi. Bir ko'prikni shu ustuniga yog'ochiga kamondan o' qotishayotgan edi. Buxoriyda otgani o'qib kelib sayldi da, yorib qo'ydi hali yog'ochni. Imom Buxoriyev yugurib kelib sug'urdi da, xafa bo'lib, noqulay ahvolga tushib qoldi. Yonidagi sherigiga qarab turib, siz sizga ozgina xizmatim bor dedi. Nima xizmatingiz bor? Abu Ja'farni yoniga boring, mana bu ko'prikni egasini topib, aytsin, Buxoriy ko'prigingizni bir yog'ochini yorib qo'ydi. Uni boshqa yog'ochga almashtirishga ruxsat bersin yoki pulini to'lashlikka ruxsat bershin.

Abu Ja'far bu ko'prik egasini topdi. Bu kishi hamidimni qontor ustunlik kishi edi. Imom Buxoriyda elchisi kelib, Buxoriyda talabini aytganida Ibn Qontor, borib Abu Abdullohga salom ayting. Keyin bu mushkuladan ozod ekanligini ayting. Keyin yana ayting. Meni moli dunyoyimni hammasi u uchun fido dedi.

Imom Buxoriyga bu xabar kelganida, xursand bo'lganidan yuzlari yorishib ketdi da, uch yuz dirham pulni sadaqa qilib yubordi. Imom Buxoriyni shaxsiyati. Imom Buxoriy bilan, deydi u kishini do'stlaridan biri, bir bog'ga ziyofatga bordik. Bog'ni egasi o'zini bog'ida qattiq mehnat qilgan, juda ham chiroyli ko'rinishga keltirgan, o'tiradigan joylar tayyorlagan, suvlar oqizib qo'ygan. Buxoriy kelganidan keyin, haligi bog'ni egasi faxrlanib, ey Abu Abdulloh, bog'im haqida nima deysiz? Dedi. Imom Buxoriy, bu shu dunyo hayotini ziynati, deb qo'ydi. Ammo Allohni huzuridagi narsa yaxshiroq va boqiyroq dedi. Imom Buxoriyning mana shunday martaba yetishiga sabab bo'lgan inson otasi. Ilmli odam edi. Ilmlilarni hurmat qilar edi. Ilmlarni duosini olgan edi. Ulug' zamonasidagi ulug' insonlarni suhbatida bo'lgan edi va halol luqma yegizgan edi. Imom Buxoriyni otasi, mana o'tgan darsda aytdik, vafot qilishidan oldin aytgan edi. Bori moli dunyoyimdan na harom yo'l bilan, na shubhali, nopok yo'l bilan topilgan bir darhamna ham bilmayman. Ya'ni harom shubha yo'q degan edi.

Shu gapini Imom Buxoriyga yetkazishdi. Otangiz vafotidan avval manaqa dedi? Imom Buxoriy eshitib turib, kishi o'limi oldida rost gapiruvchi bo'ladi dedi. Husaynimni Muhammad Samarqandiy aytadi. Imom Buxoriyda ko'p yaxshi hislatlar bor edi, yana ularga yana uchta qo'shimchasi bor edi. Birinchisi, oz gapirar edi. Ikkinchisi, odamlarni qo'lidagi narsadan ta'ma qilmas edi. Uchinchisi, odamlar bilan ovora bo'lmas edi. Ishi yo'q odamlar bilan.

Imom Buxoriyning tirikchiligi nima bilan edi? Inshaalloh buni ertaga Alloh nasib qilsa gaplashgan bo'lamiz. Aqulu qovli ha da v astag'firulloh ili va la kuf. Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil a'lamin. Vassalatu vassalamu ala saidina muhammad va ala alihi vosifavihi ajma'in. Umma baxt, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh. Asrorul uzomo, ulug'larning sirlari deb nomlanadigan darsimizning navbatdagisi. Mana bir necha darsdan beri Imom Buxoriy rahmatulloh alikni hayotini o'qib bo'layotgandek, bugun davom etkazgan bo'lamiz. Imom Buxorimning tirikchiligi nima bilan edi? Imom Buxoriy tijorat bilan shug'ullanar edi. U kishini tijorati, albatta, halollik, pokizalik ustiga qurilgan edi. Savdosida halol inson bo'lgan edi. Kunlarni birida u kishiga o'zining o'g'lidan bir mol keldi. Savdogarlar ana shu molni sotib olishlik uchun besh ming dirham foyda taklif qilishdi. Ya'ni shu molga besh ming dirhem foyda beramiz. Albatta bularni bu bergan foydasi oz edi. Imom, ertaga kelinglar, bir o'ylanib ko'rarman, dedilar. Ertasi kuni birinchi kuni kelgan savdogarlar kelmay, kechagi kelgan savdogaralar kelmasdan, boshqalari keldi da, o'n ming dirham foyda beramiz deyishdi.

Imom buxoriy men bu molni kecha kelgan savdogarilarga besh ming dirhamga sotaman deb niyat qilib qo'ygandim, dedi. Va sotmadi. G'alaba bergani yo'q. Ittifoq qilgani yo'q, baraka qilib qo'l qoqqani yo'q. Faqat niyat qilib qo'ydi. Endi bizni zamonimizdagi savdogarlardan ayrimlarga bir taqqoslab ko'ringlarki, ayrimlariga baraka qilib qolib qolganingdan keyin, agar ozgina qimmatroq bir klient chiqib qolsa nima qiladi? Dadam unamay qo'ydi.

Qo'y dedi uydagilar. Qarang, bu kishi aytgani yo'q, hech kimga qo'l qolgani yo'q? Nima qilyapti? Niyat qilib qo'yganiga belgisi kelmay qoldi. O'rganaylik birodarlar, o'rganay lik. Bugungi darsimiz asosan Imom Buxoriy haqida, u kishining zamondoshlari, u kishini bilgan kishilar, qanday baho bergan u kishiga. Asosan darsimiz mana shu haqida bo'ladi. Abu Is'hoq Sarmoriy aytadi. Kim haqiqiy faqihni ko'rmoqchi bo'lsa, Muhammad ibn Ismoilga qarasin. Yahyo ibn Javfar aytadi, agar Muhammad ibn Ismoilning umrini o'zimni umrimni hisobidan uzaytirishlikni iloji bo'lganida, albatta uzaytira olardim. Chunki meni o'limim bitta odamni o'limi bo'ladi. Ammo Imom ibn Buxoriyning o'limi esa ilmni ketishi bo'ladi, degan edi. Ya'ni shu darajada qadrlarni, shu darajada yaxshi ko'rardi. Ahli ilmlarning mana muxlislari o'zini umridan berib bo'lsa ham uzaytirmoqchi. Lekin birodarlar umr uzaymaydi, qisqarmaydi. Alloh taolo taqdir qilgan umrni ko'ramiz, faqat u barakali bo'ladi yoki bebaraka bo'ladi.

Naimimni hammaot aytadi. Muhammadimni ismoilmi? U ummatning faqihasi. Mus'ab az zuhriy aytadi. Muhammad umid ismoil oramizda faqih va hadisdagi eng bilimdonimiz edi. Isxoq ibn rohoya, bu yigitdan hadisni yozib olinglar. Agar u hasan i basriy zamonida bo'lganda ham, odamlar unga muhtoj bo'lishgan bo'lar edi. Hadisni bilimdoni bo'lganligi uchun birodarlar. Bu hasan i basri kim? Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning uyida tarbiya topgan, tavabiyinlarning eng ulug'laridan bo'lgan kishi zamoni bo'lganida ham, imom buxorodagi hadislarga odamlar baribir muhtoj bo'lgan bo'lar edi.

Ali ibn hajar aytadi, xuroson o'zini yeridan uch kishini chiqardi. Ya'ni bir mashhur uchta odami bor xurosonni. Abu zura, muhammad ibn ismoil al buxoriy va abdurahmon doriimiy. Men uchun muhammad ibn ismoil ularning bilimlirog'i va faqihrog'i. Ibrohim ibn xolid al ma'ruza aytadi. Abu ammor al husayn bahoriyning maqtab, unga o'xshagan insonni ko'rgan emasman. U faqatgina rasulullohni hadisi uchun yaralganday edi. Aytdik ku avvalgi darslarimizda. Alloh taolo u kishini faqat shu ilm uchun yaratganday edi.

Abu toyyib xotibimni mansur aytadi. Muhammad umid ismoil o'zining ilmida, o'zining basseyligida allohning oyatlaridan bir oyat, ya'ni mo'jiza. Muhammad Umiddin Ismoil Allohni mo'jizasi deb aytyapti. Aytyapmiz ku, yuz minglarga hadisni yod bilgan, olti yuz ming hadisni yodbilgan. To'rt yuzta olim Samarqandda yetti kun u kishini adashtirishligi uchun hadislarni sanadini matniga aralashtirib aytdi, bittasini adashgani yo'q. Yuzta hadisni Bag'dod ahli sanadini matnini aralashtirilib, buzib aytishdi, Imom Buxoriy hammasini aniq aniq qilib aytib berdi. Haqiqatdan u kishi Alloh Taoloning mo'jizasi edi, birodarlar.

Hotimiddin Molik aytadi, Makka ulamolar aytishar edi. Muhammad ibn Ismoil, u bizning imomimiz, faqihimiz va Xurosonning faqihasi. Bu Makka olimlardan aytayotgan gapi. Keyingi so'zga bir alohida e'tibor beramiz. Sulaym ibn Mujohid aytadi, agar Vakia ibn Uyayna va Ibn Muboraklar tirik bo'lishganida, bular kimlar? Tavbiyalarni eng, eng ulug' olimlari. Vakia bu Imom Shofiyning ustozi. Ibn Umayna ana shu zamondagi eng ulug' olimlardan. Abdulloh ibn Muboriqda hayotini mana o'qidik, eshitdinglar birodarlar.

Agar Vakil ibn Umayna va Ibn Muboriqlar tirik bo'lishganida, ular Muhammad ibn Ismoilga muhtoj bo'lishgan bo'lar edi. Ya'ni Imom Buxoriyda to'plangan hadislar bularda yo'q edi. Ya'ni bular, bular ham olim bo'lgan, hadis ilmidan xabardor bo'lgan, lekin Imomi Buxoriychalik katta hadislarni to'plamiga, katta ilmga ega bo'lishgan emas, hadis bobida.

Quto ibn Said aytadi, agar Muhammad ibn Ismoil sahobalarni orasida yashaganida ham, shularni orasida ham mo'jiza bo'lgan bo'lar edi. Chunki birodarlar sahobalar ham hattoki Imom Buxoriychalak hadisni ko'p bilishgan emas. Ha, albatta ular Rasulullohga yaqinligi bilan, uzoq o'tgan zamondosh bo'lgani bilan, hamsuhbat bo'lganibilan, birga jihodlarga chiqqanligi bilan hamma insonlardan afzal, shubhasiz. Lekin ular ham hadisni Imom Buxoriy bilganchalik ko'p bilishgan emas. Demak, sahobalarni ichida bo'lganida ham Imom Buxoriy mo'jiza bo'lgan bo'lar edi.

Guvohliklarning eng ulug'i, birodarlar, u kishini maqomiga, martabasiga berilgan eng ulug' baho bu imomahmadulla hanbalning guvohligi. Hanbaliy mazhabining imomi, imomahmad. U kishi aytadi, Xurosondan Muhammadimni Ismoilga o'xshagan boshqa inson kelganmas.

Hadis ilmining olimlaridan bo'lgan abu abdulloh hokimi aytadi, muhammadimni isnoyil al buxoriy hadis ahlining imomi. Bu guvohlik berayotgan odamlarda hammasi olim o'zini zamonasiga ko'zga ko'ringan ahli ilm bo'lgan odamlar. Ibn Hujayma aytadi, mana bu ulug' muhaddislardan bu kishi ham. Bu samo ostida Muhammad ibn Ismoil dan ko'ra, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadisini bilimdonrog'i va hofizrog'i bo'lgan boshqa kishini ko'rgan emasman.

Sihoq sidda. Oltita sahih kitob. Payg'ambarimizni hadislarini jamlagan sahih oltita kitob. Sanaymiz. Buxoriy, Muslim, Termiziy, Nasoiy, Abu Dovud, Ibn Moja. Xo'p, mana shu Sihoq siddani birinchi o'rinda Imom Buxoriyning Jome'i Sahihasi, Sahih Buxorisi turadi. Ikkinchi o'rinda Ismoil Muslimniki turadi. Shu Imom Muslim, Imom Buxoriyda ko'rganda nima degan?

Sexoh siddatning ikkinchisi bo'lgan Sahih Muslimning sohibi Imom Muslim, Imom Buxoriyning yoniga kelganida, diqqat qilinglar. Ey ustozlarning ustozi, muhaddislarning sayyidi, hadislarning tabibi, oyog'laringizni o'pishga ruxsat bering, deganlar. Oyog'ingizni o'pishimga ruxsat beray deyapti. Sexoh siddatning uchun Sahih Muslimning, sohib Imom Muslim.

Qarang da, qanaqa xolis bo'lgan va qanaqa kibr bo'lmagan va o'zidan ilmli bo'lgan odamni qadrlashga ular uyalmagan. Qadrlashlikni sharaf deb bilgan. Bu bizdan ilmli odam deb qo'ysa o'zi katta gap. Nima deyapti? Oyog'ingizni o'pishimga ruxsat bering deyapti. Mana shular haqiqiy ilm egalari. Chunki, akalar, haqiqiy ilim haqiqiy ilm, sof ilm bo'lsa, u ixlos bilan o'rganilgan bo'lsa, xolis o'rganiladigan bo'lsa, insonni kibrini sindiradi. Bir va haqiqiy ilm ixlos bilan Alloh uchun o'qilgan bo'lmasa, biror bir siyosiy maqsadlarni ko'zlab o'qilmagan bo'lsa, musulmonlarni boshini birlashtiradi, bo'lmaydi.

Ilm o'qib turib biz ajralayotgan bo'lsak, musulmonlardan, ilm o'qilib turib ularga nisbatan kibrli bo'lib ketayotgan bo'lsa. Ilm o'qib turib, avvalgi qadrdonlarimizni bir pulga olmaydigan bo'lib ketayotgan bo'lsak, bilingki, bizga o'rgatilayotgan ilm, bu ilm emas. Agar ilm o'rgatilaotgan bo'lsa, o'rgatayotgan odam ixlosni o'rgatmayapti ekan bizga. Biz nima deyapmiz ukalar sizlarga? Lyuboy domlani hurmat qilinglar deyapmiz. To'g'rimi? Qiroati chiroylimi, ovozi xunimi, yaxshi bilmaydimi? Domlami? Domlami? Namozga o'tib beryapti, nikoh janozaga eriyaptimi? Hurmatini qilib qo'yaveraylik. Tushuninglar jon akalar. Ha, u mi? U fosiq. U mi? Ha, u kofir. Qo'rqmaydi ya. Qo'rqumaydi ya.

Tilimizga hushyora olaylik. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadisi bor. Agar bir musulmon ikkinchi musulmon birodariga ey kofir desa, va bi ha duhima. Shulardan bittasi bilan ketadi kofirlik degan sifat. Agar shu odam kofir bo'lsa, kofirlikka bo'ldi yopishdi shu so'z. Lekin kofir bo'lmasa u, uni kofir degancha o'zing kofir bo'lasan. Senga kerakmi shu narsa?

Oyog'ingizni o'pishligimga ruxsat bering. Ey ustozlarning ustozi, hadislarning tabibi, Imom Muslimning Imom Buxoriy yotgan so'zi ekan bu. Agar kibrimizni sindirmayotgan bo'lsa, agar bizni boshqalarga nisbatan ulfat qilib, bizni ham boshqalarga ulfat qilmayotgan bo'lsa bu ilm, bu ilm emas ekan. Yoki ilm bo'lsa bizda ixlos yo'q ekan hali.

Saididdinni Jamfar aytadi basiralik ulamolar salohiyatda va ilmda Muhammadiddinni Ismoilga o'xshagan bir kishini ko'rmaganmiz deyotganini eshitdim. Mana Imom Buxoriy o'zini zamondoshlari tobiying va tabatobiyinglar zamonida yashayotgan odamlar shunday ulug' baho berishgan. Imom Buxoriyning fiqhiy mazhablari haqida ahli ilm turlicha gaplarni aytgan. Tojiddin Subiki o'zining Tabaqotu Shofiya kitobida, Siddiq Hasanxon o'zining Abjodul Ulum kitobida, Ibn Hajar o'zining Fathul Iboriy kitobida Imom Buxorini Shofiya mazhabida bo'lganlarini aytganlar. Bu ishonchli manbalar.

Ibn Hayyun Javziy o'zining E'lo Mul Muvoqqiyin kitobida, Ibn Abu Ya'lo o'zining Tabaqatul Hanabila kitobida Imom Buxoriyning Hanbali mazhabida bo'lgan deyishgan. Yo Shofiy, yo Hanbali deyilyapti. Shayx Tahir Jazoiriy, Shayx Muhammad Zakariyo Kandehlaviy va boshqalar esa Imom Buxoriy o'zlari mushtohid faqih bo'lganlar, deydilar. Ya'ni u kishiga masxab kerak bo'lmagan, chunki o'zi mushtohid bo'lgan. Ha, masxab ushlash farz emas. Kimga?

Mushtohid bo'lmagan faqihga. Biz mushtohidmizmi, faqihmizmi? Mana shu gapni imom buxor o'zi mushthohid faqih bo'magan, degan gapni ko'pchilik ulamolar qo'llab quvvatlagan. Bizga tegishli joyi yo Shofiy bo'lgan, yo Hambali bo'lgan, yoki o'zi mushtohid bo'lgani uchun mazhab ushamagan.

Endi Imom Buxoriydagi ilm bizda bo'lmasa, mazhab uni ushamasak, unda nima bo'ladi holimiz? Mana shuncha ilm, mana shuncha martabaga yana u kishini saxovatini va bag'rik kengligini qo'shib qo'ying. Imom Buxoriyning sohibi Abu Xotim aytadi, Imom Buxoriyning ijaraga bergan yeri bor edi. Yiliga yetti yuz dirham ijara berar edi, olgan odam. Ana shu ijaraga ishlatgan dehqon ishlatib bir yil hosilini yig'ib bo'lib, ijara haqqini ko'tarib olib kelardi da, Imom Buxoriyni qo'liga berar edi. Yetti yuz dirhami. Va o'zi bilan shu ekin ekinidan bitta ikkita bir badring ko'tarib kelar ekan. Imom Buxoriy badring yaxshi ko'rgan ekan. Imom Bahoriyga ikki dona shu badringni hadya qilganligiga Imom yuz dirhamini qaytarib berar edi.

Endi qolgan olti yuz dirhamini nima qilar edi? Yuz dirhamini oilasiga sarflar edi, besh yuz dirhamini tolibi ilmlarga sarflar edi. Kitoblar sotib olar edi, ulamolarga va faqir toliblarga info qilar edi. Agar bundan tashqari o'zida bir ortiqcha pul to'planib qoladigan bo'lsa, tolibi ilmlarga sarf qilar edi, xususan kambag'al bo'lgan hadis o'rganayotgan toliblarga, hatto info qilayotganida ham hadisga sarf qilar ekan pulini ko'ring.

Hatto sadaqasida ham u kishi tolib ilmlarni g'amini qilar edi. Abu Xotim aytadi, u kishini hamrohi ilmga pulini sarf qiladigan kishi bilan ilmdan pul yig'ib oladigan kishini orasida naqadar katta farq bor. Ilmga pulini sarflaydigan kishi bilan, ilmdan pul yiyib oladigan odamni orasida naqada katta farq bor? Shu gapimni Imom Bahorga aytsam, u menga Allohni huzuridagi narsa yaxshiroq va boqiyroq deb qo'yar edi. Bu kishi ilmini ham tarqatyapti. Va pulini shu ilmga sarflayapti.

Abdulloh imno muhammad as sorif aytadi, Abu Abdulloh Buxoriyning uyida edim. Buxorining oldidan bir joriya o'tib qoldi. Imomni qo'lida siyohdon bor. O'tib ketyapti, haligi joriya Imomga tegib ketdi. Qo'lidagi siyohdon tushib, sinib ketdi. Shunda Imom g'azablanib, ha yurgani boshqa yer yo'qmi? Dedi. Haligi jori ham gap qaytarib, boshqa yo'l yo'q bo'lsa nima qilay dedi. Shunda imom g'azablarni shunday qo'lini ko'tardi yu, bu cho'risi edi. Qo'lini tushirdi. Achchig'ini yengdi, o'zini tutib qoldi, keyin ozodsan ketaver dedi.

Shunda imonga qarab, sizni g'azablantirib turgan bo'lsa, ozod qilib yuborasizmi dedi. Imom aytdi, agar u meni g'azablantirgan bo'lsa, men uni ozod qilib, o'zimni rozi qilib oldim dedi. Agar kishini g'azabi mana shunday bir xayrli ishga olib boradigan bo'lsa, bu zo'r g'azab ekan a?

Inshaalloh, keyingi darsimiz imom buxoriy rahmatullohi aytgan aziyatlar, u kishiga hasadgo'ylar, tuhmatchilar qanday hiylalar qilgan, va u kishining vafoti qanday bo'lgan? Mana shu haqida suhbat qilib yakun yasagan bo'lamiz. Aqlu qovli hayda va astag'firulloh ili valakum. Assalomu alaykum. Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilan ilamin. Vassalotu vassalamu ala saidina muhammad va ala alixiy vashabiyhi ajma'in. Va mabodo assalomu alaykum va rahmatullohi ta'la va barakatuh. Asrorul uzamo deb nomlanadigan darsimizni bugun navbatdagisi. Imom Bahoriy rahmatullo alayh hay'atini o'qiyotgan edik, bugun yakuniy darsimiz. Imom Bahorir rahmatullo aliyhga har qanday ne'mat egasiga hasad qilinganidek, hasad qilingan. Ne'mat egasi borki, unga hasad qilinadi. Ilmi bormi, dunyosi bormi, quvvati bormi, nimasi bor. Ne'mat bormi, unga albatta hasadgo'ylar bo'ladi. Imom Buxoriy rahmatullohu alayhi ham bundan mustasno bo'lmadi.

Imom Buxoriyning obro'yiga, olimlar va umuman odamlar orasidagi shuhratiga ayrim ahli ilm kishilar hasad qilishdi. Shuning uchun hasad qilganligidan u kishini sha'niga to'g'ri kelmaydigan har xil shubhalarni tarqatishdi. Go'yoki u kishini aqidasi ahli sunnani aqidasiga xilof emish. Bu davrlar birodarlar, xalqda Qur'on fitnasi tarqagan davrlar edi. Abu Ahmad ibn Adiy aytadi, menga mashoyiqlardan bir jamoa aytib berdi. Imom Buxoriy Nishofurga kelganida, uning atrofida juda ko'p odamlar jamlandi. Uni bu holatini ko'rib ayrim kishilar hasad qilishdi. Subhanalloh, ilm ahli bo'lib turib, diniy bilimlar egasi bo'lib turib. Boshqa bir ahli ilmga hasad qilishlik, shu hasad qilayotgan kishini qalbida Allohga bo'lgan muhabbat birinchi o'rinda emas, balki dunyo muhabbati birinchi o'ringa chiqib qolganligi belgi bo'ladi. Ya'ni bir ilmli odamni atrofida odam ko'paysa, shogirdlari ko'paysa va hurmati ziyoda bo'ladigan bo'lsa, buni ko'rib turib, o'zini orqada holi ekandek his qiladi da, hasad qiladi.

Ana shu hasadgo'y kishilar Imom Buxoriyni so'zlarini diqqat bilan kuzatishni boshlashdi. Ya'ni birorta bir adashsa, birorta qoqilsa, shu gapidan u kishiga bir ayb topisha oladigan bo'lsa. Ya'ni, ana shu gaplardan bittasini ushlashib olib, to'g'ri gapini noto'g'ri talqin qilib, noto'g'ru tafsir qilib, odamlarni orasida tarqatisha oladigan bo'. Imom Buxoriyev ana shu majlislardan birida aytgan edi, bizning Qur'onni talaffuz qilishimiz, bizning fe'limiz, so'zlarimiz maxluq deganida.

Bu ahli sunnaval jamoani aqidasi. Imom ahmad ham shunday degan, imom aboxoniy ham shunday dekan. Qur'on Allohning kalomi. Lekin biz maxluqlar, odamlar qur'onnitalaffuz qilganimizda, demak, maxluq bo'lgan til, tish, lab bilan, havo bilan gapiryapmiz. Yozganimizda maxluq bo'lgan siyoh, qog'oz, qalam bilan yozyapmiz. Bizni aralashgan joyimiz maxluq. Yozishimiz maxluq, talaffuz qilishimiz maxluq, lekin Qur'on Allohning kalomi. Ammo boyagi fitnachilar, Buxoriy Qur'oni maxluq dedi, degan gapni tarqatishdi. Imom Buxoriyning majlislaridan birida bir kishi o'rnidan turib: Ey Abu Abdulloh, Qur'oni talaffuz qilayotgan paytimda, meni tilimdan chiqqan so'z maxluqmi yoki maxluqmasmi? dedi. Imom Buxoriy javob bermadi. Bu odamning gapiga parvo qilmadi. U odam yana takrorladi. Qur'oni biz talaffuz qilishimiz maxluqmi yoki maxluqmasmi? Imom buxor i bunaqa masalalarga kirishlikni yoqtirmas edi. Shuning uchun yana indamay qo'yaverdi. Haligi odam uchinchi marta takrorlab gapini turib olganida, Imom Buxoriyatda Qur'on Allohning kalomi, maxluq emas, ammo bandalarning fe'llari, ishlari maxluq.

Odamlarni mana shunga o'xshagan savol bilan imtihon qilishlik esa bid'at deb javob berdi. Deganda boyagi kishilarni qaranglar, qaranglar, Qur'onni maxluq deyapti deb ovozini ko'tardi. Imom bunday degani yo'q. Odamlardor orasida g'alovog'i ko'payib ketdi. Ayrim odamlar tushunmaganlar kelib, ey Imom, bu so'zingizdan qayting deyishdi. Imom qaytmayman dedi. Menga dalil keltiringlar bu gapimni noto'g'riligiga dedi. Ya'ni inja akun fasihun binaba in fataba inu Alloh Taolo hujra surasida aytadi, bir fosiq xabar olib kelsa, tekshiringlar. Haligi odamlar eshitib eshitmasdan bu mag'lubdadir desa, kelib bu gapingizdan qayting deyapti. Shunaqa dedingizmi, nima dedingiz bir eshitaylik degan gap yo'q. Biz ham shunaqa bo'lib qolganmiz, birodarlar. Falonchi manaqa debdi desa, bo'ldi, haqiqatga olaveramiz. Agar biz bizga xabar olib kelgan odamning xabarini borib, o'sha odamdan, boyagi ismi aytilmayotgan odamdan so'rasak, o'rtada gap tashlayotgan odamni kimligi fosh bo'lib qoladi. Ha, shunaqa bo'libdimi, qara. Endi uni xuddi biz o'zimiz eshitgandek, bitta ikkinchi odamga yetkazamiz. Ey, falonchi mana dedi. Debdi ham emas. Nima deymiz biz? Falonchi manaqa dedi deymiz. Eshitdingmi sen? Yo'q.

Xullas, bu masalada Imom Buxoriy o'ta bir daqiqada, bizni fe'llarimiz, harakatlarimiz maxluq degan edi. Chunki Alloh Taolo va Allohu Xola Hokim va ma ta'gmalun. Alloh Taolo sizlarni ham, sizlarni qilayotgan narsalaringlarni, sizlarni, qilayotgan ishinglarni ham yaratuvchisi degan edi. Alloh yaratadi bizni fe'limizni ham, o'zimizni ham.

Rubai Huzaifa roziyallohu anhu rivoyat qiladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar, Alloh har bir yasovchini va uning yasaydigan narsasini yaratadi. Imom Azam o'zini Fixul Akbarida aytadi, uni Qur'onni o'qishimiz maxluq, yozishimiz maxluq. Qur'on o'zi maxluq emas. Demak, Imom Buxoriy aytgan gapi, ahli sunna ulamolarining hammasini aytgan gap bilan bir xil bo'ldi. Ammo o'rtadagi fitna chiqarmoqchi bo'lganlar, o'zlari xohlaganday qilib ta'vil qilishni tavsiya qilishdi, Imom Buxoriy yetuk hurmat qilishdi.

Imom buxor i aytdi, qur'on allohni kalomi. U maxluq emas. Kim Qur'oni maxluq desa, kofir bo'ladi, dedi. Ahmadiddin Salim aytadi. Imom Buxoriyning yoniga kirib dedim. Ey Abu Abdulloh, Xurosondan bir kishi bu yerga kelib, nishon qurgan. Odamlar orasida ma'qul bo'lib olib, odam orasiga kelib olib, siz haqingizda noma'qul gaplarni ko'paytirib yuribdi. Nima qilamiz, dedi.

Ya'ni bu kishini sha'niga shu tuhmatni qilayotgan, fitnani qo'zayotganlar atay shu yerga kelgan. Atay kelgan fitna qo'zigani. Niyati shunaqa bo'lgan. Imom buxoriy soqolini ushlab, uyga to'lib qoldi da, keyin aytdi. Va ufov vidh amri ila alloh, innallohu vasirun bila'ibat. Qoramdagi oyat. Men o'z ishimni Allohga topshirdim, zero Alloh bandalarini ko'rib turguvchidir. Keyin aytdi. Parvardigorim, men nishofirda qolishni istamasligimni bilasan. Na obro'ni deb, va na shuhratni deb. Vatanimga qaytishga ko'nglim bo'lmayapti. Mening atrofimda tarqalgan xilof sababli. Alloh boshqalarga emas, menga bergan narsaga hasad qilib, ona odam bilan shunday gap tarqatib yurishibdi dedi. Ilmiga hasad qilyapti. Obro'yiga hasad qilyapdi.

Keyin dedi, ey Ahmad, menida tarqalgan gap so'zlardan qutilishinglar uchun ertaga men bu shahardan chiqib ketaman dedi. Haq o'zi. Lekin shu yerda tursam fitna bo'lyapti deb, shu shahardan chiqib ketishlik o'ziga ma'qul keldi. Ertasi kuni shahardan chiqib ketdi. Shahar tashqarisida uch kun turdi. Ishlarini bitirib, oldi berdilarini tugatganidan keyin, nesho opurni tashlab chiqib ketdi. Keyin, bu fitna malomat birodarlar, u fitnachilar tomonidan, hasadgo'ylar tomonidan to'xtatilgani yo'q. Chunki aytdik, ne'mat egasi borki, unga hasad qilinadi. Sizdan zo'rroq, ilmliroq odam kelib qolgandan keyin tabiiy pastga tushishingiz. Tabiiy. Endi bir inson agar xolis Alloh uchun ilm o'qib, xolis Alloh diniga xizmat qilayotgan bo'lsa, sendan zo'rrog'i keldi. Berib qo'y, o'sh qilsin. Xursand bo'l shu ummatdan sendan ko'ra ilmliroq dom chiqqaniga. Modomiki maqsading jannatga kirish bo'lsa, nima farqi bor, rolda kim o'tiribdi? Muhimi sen o'tirgan shu aravat jannatga kirib qolsa bo'ldimi? Rolladamisan, orqadamisan, muhimi kelib qolsa ham bo'ldimi? Lekin ayrim kasal, maraz, qalb egalari bo'lar ekan, boshqalardagi ne'matni yo'q bo'lib, o'ziga o'tib qolishini xohlar ekan.

Muhammad ibn Abay xotin kelib dedi, ey Abu Abdulloh, falonchi sizni kofirga chiqaryapti. Nima deysiz? Imom Buxoriy aytdi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar. Agar bir kishi o'zining birodariga ey kofir desa, ulardan biriga shu narsa yetadi. Biz ko'p aytamiz a, falonchi posiq, falonchi kopir deb shap shap hukm chiqarib yubormanglar, juda yetyap olinglar. Chunki Payg'ambarimiz aytyaptilar, kofir desang uni, agar unda kofirlik sifati bo'lmasa, iymonli odam bo'lsa, uni kofir degancha o'zing kofir bo'lasan. Senga kerakmi shu? Qiyomatda sendan o'shani kofir dedingmi, demadingmi deb Alloh so'raydimi? Menga kerakmi shu narsa? Shu savolni beringlar.

Imom Buxoriyning do'stlari aytishar edi, falonchi sizni so'kdi, haqorat qildi. Imom Buxoriy eshityapti turib, innaka aytash shaytoni kana toifa. Shubhasiz, shaytonning makiri zaif bo'lguchidir deb qo'yar edi. Yana bir oyatni o'qir edi. Vala yahyi qulmak ro'zsa, ye u illa bi ahli. Yomon makir hiyla esa faqat o'z egalarini o'rab halok qilur.

Makir qilayotgan, fitna qilayotganlarning makri faqat o'ziniki halok qiladi. Robbimiz shunday deyapti. Subhanalloh, bu ulug' olim, ulug' inson siz bilan bizga xusumatchilar bilan qanday muomala qilish kerakligini o'rgatyapti. Ya'ni bizga tuhmat qilsa, ustimizdan bo'xtonlarni yog'diradigan bo'lsa, fitnalarni uyushtirayotgan bo'lsa, bunaqa qalbi maraz odamlar bilan qanday muomalada bo'lishligi kerakligini Imom Buxoriydan o'rganishimiz kerak. Ularni Allohga tashlab qo'ydi.

Ularga ham Alloh bor, Imom Buxoriy ham Alloh bor. Mana akalar, u kishi o'tganiga qancha yuz yillar o'tib ketdi. Ularni birontasi ismi bormi tarixda? Agar mabodo yozilib qolgan bo'lsa ham, Allohni la'nati bo'lsin senga deb turib, keyingi davdanglar qarg'iydi. Ammo Imom Buxoriychi. Aytyapmiz ku, bir ma'lum bir vaqt boshini aylantirib, yolg'on ma'lumotlarni berib, tuhmatlarni qilib, narigini qora qilib ko'rsatarsiz. Atrofingizga besh o'nta odam to'plarsiz. Lekin vaqt zo'r, hakam. Besh yil o'tadi, o'n yil o'tadi. Rezultat ko'rsatib qo'yaveradi.

Ungacha bir toifa odamlarni shu qalbi maraz odamlar buzib jamiyatdan ajratib, hatto aka ukasiga ham qarshi qilib qo'yadi. Aytyatvolaylik birodarlar, mana kimga hasad qilinyapti? Imom Buxoriy yer yuzida odam bolasini qo'li bilan yozilgan kitobning eng to'g'risini yozgan. Buxoriyga ham shunday bir tuhmatlar qilishgan ekan. Abdulmajiddin ibrohim imom buxorini yoniga kelib, sizga zulm qilayotgan, sizga bo'hton qilayotganlarni nimaga duoibad qilib yubormaysiz a dedi.

Mana mana shu o'rinda imom buxoriyga zulm qilinyapti. Bu kishi mazlum. Bu mazlum bo'lib ham to'g'ri mazlum emas. Ummatni eng bilimdon muhaddisi, hadis ilmini sultoni. Agar mazlum kofir bo'lib turib duo qilsa, unga zulm qilganlarga, Alloh ijobat qiladi. Hatto kofirnikini, agar mazlun bo'lsa. Imom buxoriy nima dedi? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar. Hovuz oldida, kavsar hovuz oldida. Menga yo'l o'qiningizga qadar sabr qilinglar. Men sabr qilaman dedi. Yana aytardilar, Imom Buxoriy, Payg'ambar biz aytganlar, kim unga zulm qilganini duoibad qilsa, albatta g'olib bo'ladi. Ya'ni mazlum duo qilsa, Alloh albatta narigini xor qiladi. Bu g'olib bo'ladi. Ammo sabr qilmagani uchun, qiyomatda shu sabrga oladigan ajrdan mahrum bo'ladi.

Biz qo'limiz shoshilib ketib qoladi yu, bo'yning uzunsin, bo'yning tagida qolsin, o'ligingda o'tirgin, bunaqa bo'lgin, o'ligingga yurib yurishsin darrov. O'sha sizga zulm qilgan paytda sabr qila olsangiz, qiyomatga qo'yib qo'ysangiz, uni ajri innama yuvaffos sob'iruni ajrahum beg'oyri hisob. Zero, albatta Alloh sobirlarning ajrini behisob qilib berur qiyomat kunida.

Imomi Ahmadunda ham baland ekan. Men sobaraman da ala volimiy. Zolimini duoyibbat qilgan odam sobir bo'la olmabdi. Unga zulm qilgan kishigini duoyibbat qurgan odam qarg'agan, demak sabr qila olmabdi. Ahmad ibn Mansur Sheroziy rivoyat qiladi. Ba'zi asxoblarimizning shunday deganini eshitganman. Bizning shahrimizga Imom Buxoriy kelganida, Buxoroga. Uni kutgani faqatgina olimlar emas, butun shahar ahli chiqdi. U zotni kelishini muborakbod etib, odamlar uning ustiga dinor va dirhamlarni sotishdi. Shirinliklarni sotibdi.

Imom Buxoriyda kelganiga shunaqa xursand bo'lib, xalq ta'li dinodir ham sochgan, shirinlar sochgan, shunday bir hurmat bilan kutib olishdi. Buxoroda bir necha kun turdi Imom Buxoriy, o'zini shahrida. Buxoroning amiri Xoridimda Ahmad Imom Buxorini yomon ko'rar edi. Qavmni, Buxoro ahlini, bu Imom Buxorodan ehtiyot bo'linglar, Muhammadim Ismoildan ehtiyot bolinglar. Chunki uni aqidasi sunnatga muxolif dedi. Ammo xalq amirni hokimni gapini qabul qilmadi. Aksincha, himoya qilishdi. Yo'q, bu odam eng ulug' olimlardan. Nima uchun yomon ko'rardi Buxoroning amiri, Imom Bahoriyini?

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarini o'rganishlikka bu amirda ham qiziqish bor edi. Bir kuni Imom Buxoriy saroyiga kelib, unga va mana shu amirning o'g'illariga Sahih Buxoriyni va Attariyx kitobini alohida dars berishini talab qildi. Imom Buxoriy amirdan kelgan elchiga qarab turib, men ilmni xor qilib, uni hukmdorlar deyishiga olib bormayman dedi. Imom Aliy aytgan edi, shu Abbosinglarni xalifasiga. Ilm ziyorat qilinadi. Ilm ziyorat qolmaydi.

Shuni bilib olaylik. Ilm ziyorati qilinadi. Imtihon ziyorat qilmaydi. Domlani oldiga biz boramiz. Domla bizni oldimizga kelmaydi. Tushunarlimi? Ta'limul muta'lim degan kitobda imomiz Zarnojiy ulamolar bilan qanaqa muomala qilish kerakligini yozib qo'ygan. Mololanib turganda savol bermaysan. Gapni qisqa qilish kerak bo'lganda, gapni cho'zmaysan. Etagidan ushamaysan. Atini aytib chaqirmaysan, qisqa turib olmaysan.

Chunki sendan unga hech narsa kerak emas. Sendan unga hechnasi kerak emas, ammo undan senga nimadir kerak. Agar ulamolarni mana shunday hurmat e'tiborini joyiga qo'ya olsak, ularni duosini olib, ko'nglini ola olsak, baraka topamiz, ukalar. Demak, Imom Buxoriy amirni saroyiga borib, unga dars berishingni xohlamaganligi uchun, sen kelasan ilm o'rgangani deganligi uchun amir yomon ko'rib qolgan edi.

Amir agar Buxoriy saroyiga kelib dars berishingni xohlamasa, unda meni bolalarimga alohida dars bersin. Bir vaqt ajratsin, uyda faqatgina meni bolalarim o'tirsin, boshqa hech kimni kirgizmasin dedi. Lekin Imom Buxoriy buni ham qabul qilmadi. Shuning uchun ilm olishlik Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan qolgan meroslardan bittasi. Unga har qanday inson xos, u avom teng huquqga ega.

Agar amirda dars olishlik ehtiyoji bo'ladigan bo'lsa mendan, uyimga kelsin yoki masjidga kelsin. Agar shu taklifimga ko'nmasa, u hokim meni darslarimni to'xtatib qo'ysin dedi. Shunda odamlardan ilmni berkitgan bo'lmayman. Allohni oldiga borganda, menda hujjat bo'ladi dedi. Shu gapidan keyin, shu muomalasidan keyin, mana shu dada javobidan keyin Amir g'azablandi va allomani shahardan chiqarib yuborishni yo'lini istay boshladi.

Bir guruh nopoy kimsalarni topib, Imom Buxoriyning ustidan yolg'on yashil tuxumat bo'xtonlarini tarqatishlikni buyurdi. Shunday qilib, Buxoroda kerak emas, tuxumat bo'ton gaplari ko'paydi. Imomni shunda Amir Buxoroni tashlab chiqib ketishini talab qildi. Imom Buxoroga qarshilik qilib turishi mumkin edi, lekin unday qilmadi. Meni deb xalqni o'rtasida ixtilof bo'lishini xohlamayman degan edi.

Kelganida qanaqa bir shon shuhrat bilan kutib olishgan edi. Mana endi shahardan adashyapti. Ibrohimiddin ma'qul nisbiy aytadi, men Imom bilan birga chiqdim. Uni yoniga kelib, kelgan kuningizdagi muomalani qarang u, endi ketayotganingizdagi muammalani qarang. Bu qanaqa qaramaxrishilik bo'ldi deb xafa bo'ldi. Imom Buxoriy bunga parvo qilmayman dedi. Agar dinim salomat bo'ladigan bo'lsa, odamlarni ishiga parvo qilmay man. Imom Buxori Buxorodan chiqib ketdi, Pokandga keldi. Endi Buxoroda to'qilgan boyagi fitna, tuhmatlar u kishi Pokandga yetib kelishidan avval ham yetib kelgan edi bu yerga. Uyiga keldi. Poykent ahli ham ikkiga bo'linib qoldi. Bir toifasi fitnachilar gapini qo'lladi, bir toifasi esa Imom Buxoriyni himoya qildi. Ularda bu ahvolini ko'rib turib, Poykentda qolishligini ham iloji yo'qligini tushundi. Kim sig'mayapti shaharlarga?

Ayni vaqtda Samarqand ahli Buxoriyni Poykentga kelganligini, va u yerda ham fitna bo'layotganligini va Buxoriy bu yerda ham qolishni xohlamayotganligini tushundida, Samarqandga taklif qilishdi. Muqim bo'lib istiqomat qiling bizni ishimizda, mudarrislik qiling deb so'rashdi. Bunga rozilik bildirdi, Imom Buxoriy Poykanddan chiqib, Samarqandni yaqinidagi Xartang deb ataladigan qishloqqa keldi. U yerda o'zini qarindoshi bor edi. Abu Mansur G'olib ibn Jibriy. Mana shu kishinikida turdi va mana shu joyda vafot etdi. Imom Buxoriy Samarqandga keldim. Samarqandda ham shu fitna bolligini ko'rgandan keyin robbisiga duo qildi. Oltmish uch ga yetib qolgan oqsoqol. Yer yuzini eng ulug' muhaddisi o'zini yurtiga sig'mayapti endi.

Duo qildi. Parvardigorim, qanchalar keng bo'lgani bilan dunyo menga torlik qilib qoldi. Endi meni o'z rahmatingga qabul et. Shundan keyin kasal bo'lib qoldi. Shundan keyin kasol bo'ldi. Muhammad umno abiy xotim aytadi, abu mansur g'olib ibn jibrilning so'zi qarindoshiniki, shu qarindoshinikida turibdi, imom buxoriy. Imom buxoroy bizning uyimizda bir necha kun turdi, keyin qattiq kasal bo'lib oldi. Uy ahliga qaytishga tayyorlandi. Mahsusini kiydi, sallasini o'radi, tashqariga chiqdim. Ulovini minishlik uchun yurib borarkan, bir qo'lidan men, ikkinchi qo'ldan boshqa bir odam ushlab, yigirma qadamcha qadam bosgandan keyin quvvat ketib qoldi. Shu paytda meni qo'yib yuboringlar dedi. O'tirib oldi, duo qilishni boshladi. Ozgina duo qilib o'tirdi, keyin chalqancha yotib oldi. Yana duo qildi. Duo qildi, duo qildi, mana shu duo qilgan holatda Alloh Taologa omonatini topshirdi.

O'zini yurtiga sig'may qoldi. Kim? Imom Bahoriy. Bu fitnachilar, hasadchilar, qalbi maraz insonlar, mana shunday bir ulug' insonda qadri yetishmadi. O'lib ketganidan keyin, qabrga ko'milganidan keyin, bu gaplarda fitnaligi, tuhmatligi, bo'xtonligi oshkor bo'lgandan keyin shu gapni tarqatib yurganlar bir istig'for aytishdi, qilgan ishlardan afsus nadomat chekishdi. Lekin Imom Bahoriy ketib bo'lgan edi.

Qaranglar kimlarni hayoti, kimlarni qadr qiymati yo'q bo'lyapti? Tekshirilmagan xabar, noto'g'ri xabarni eshitib ko'tarib yurishlik. Ikki yuz ellik oltinchi hijriy yilning idul fitr kechasi robbisiga duo qilgan holatda Imom Buxoriy vafot etdi. Oltmish ikki yoki oltmish uch yoshda edi. Imom Buxoriy mana shunday hayot kechirdi. Faqatgina ilmiy hayot emas edi. Bu taqvo, xul, saxovatga to'la hayotida. Bu kishiga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ushbu hadisi haq bo'ldi. Shu sharaf u kishiga yetadi.

Payg'ambarimiz aytganlar, agar odam bolasi vafot etsa, uni hamma amallari to'xtaydi. Faqat uchtasi davom etib turadi. Ilmun yuntafav bihi. Foydalanib turilgan ilm. Sadaqatun joriya. Yurib turgan sadaqasi. Avvaladun solihun yada o'laho. Uni haqiga duo qilib turadigan solih farzand. U kishidan nima qoldi? Ilm qoldi. Qanaqa ilm qoldi a, birodarlar? Imomu buxoriy qoldirgan ilmdan ko'ra kattaroq ilm bormi? Alloh azza va jalaning kitobi Qur'ondan keyingi o'rinda turadigan eng birinchi kitob, Sahih Buxoriy. Bu kishini mana shu qoldirib ketgan ilmi. Birodarlar? Bu kitob ahli sunnaval jamoa e'tiqodidagi kishilarning, musulmonlarning marjiga hisoblanadi. Ummati muhammadiyaning eng ulug' olimlaridan, hadis ilmining sultoni, o'z zamonasining mo'jizasi muhammad ibn ismoil ibn ibrohim al buxoriy vafot etdi. Alloh azza va jala uzodni o'z rahmatiga olsin. Hamda u kishi bilan bizni Sayyidimiz va Habibimiz Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallamning suhbatlarida Jannatul Firdavsda jamlagan bo'lsin. Omin.

Mana birodarlar, Imom Buxoriyda hayoti. Alloh qodir qilganicha sizlarga bildirdik. Nimani xulosa olamiz? Yoshligida Alloh Taolo u kishiga bergan iqtidorni ko'rdi, e'tibor bo'ldi, ustozlardan diqqat bo'ldi, bu kishi safar qildi, o'zini iqtidorini to'g'ri yo'lga sarf qildi. Siz bilan bizni bolalarimizda ham mana shu iqtidor bor qaysidir bir darajada. Faqat buni bilishlik kerak, ko'rish kerak, aniqlash kerak va e'tibor berishlik kerak.

Aquli hovli haqida va astag'firullohu alayhi va salamu alayhi va sallam.

Keyingi darsni tinglashTobe'inlar hayoti