Maviza
—Qoralama35 daq

Tobe'inlar hayoti

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
34:58
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir robbilen amin. Assalomu alayhi vas salamu ala saidina muhammad va ala alixiy vas habihiy ajma'in. Ammabard, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'la va barakatu. Asrorul uzama, ulug'larning sirlari deb nomlanadigan darsimizning navbatdagisi, bugun imomutabariy rahmatulloh alayh haqida suhbat qilgan bo'lamiz. Biz bu darslarimizda ummatning ulug' kishilarini hayotini, seratlarini o'qib o'rganyapmiz. Tarixda o'zlarini izini qoldirib ketgan kishilar. Bu ulug'larimizni seratini faqat o'qib qo'yishligini, bir qator ko'zdan kechirib qo'yishingizni qasd qilmadik. Maqsadimiz bundan kattaroq. Ularni mana shu maqomga, mana shu martabaga olib chiqqan sabablar, omillar, shuni o'rganmoqchimiz. Bugungi darsimiz ummatning buyuk olimlaridan, ulug' mufassirlardan imomu abu ja'far attabariy haqida. Imomatabariy abbosiylar davrida yashagan, ikki yuz yigirma to'rt, uch yuz o'n yillarda. U kishi Xalifa Mutavakkil zamonida tug'ildi va bir qancha xalifalarga hamasr bo'ldi. Muntasir, Musta'in, Mu'tasim, Muxtadi, Mu'tamid, Muktafibillah, mana shu xalifalarga hamasir bo'ldi, Xalifa Muxtadi davrida vafot etdi. Albatta, bu davr birodarlar Islom ummatining ilmiy hayoti juda ham rivojlangan davr edi.

Ha, bu horun ar rashid davrichalik emas. Horun ar rashid dori abbosinglar mamlakatining eng rivojlangan davri edi. Lekin nima bo'lganda ham, imomutabali yashagan zamon ilm, fan, ma'rifat rivojlanib, taraqqiy topgan davr ekanligida shubha yo'q. Bu paytga kelib, ilmiy yo'nalishlar aniqlangan. Fiqh yo'nalishi, aqidiy ulanishi, siyrat, aqida, hadis, nahv ilmi, sihoh setda jamlanib bo'lgan. Boshqa sun'iy kitoblari jamlanib bo'lgan. To'rala mazhab shakllanib bo'lgan va tinchlik zamoni bo'lgan. Imomatabarida mana shunday martabaga chiqishligiga sabab bo'lgan omillardan bittasi siyosiy barqarorlik. Tinchlik. Musulmonlar yurtida tinchlik bo'lishligi faqat islom va musulmonlarning foydasiga bo'ladi. Musulmonlarni yurtida tinchlikdi yo'q bo'lib, fitna bo'lishi, urush janjallarida bo'lishligi faqat dinimizni dushmanlarini foydasiga bo'ladi. Shuni ikki qulog'imiz bilan yaxshilab eshitib olaylik.

U davrlarda birodarlar xotirjamlik bor, yo'llari xotirjam, shuning uchun tog'li ilmlar safar qilishligi ham bemalol bo'lgan. U davrlarda biror odamlar ilm asosan masjidlarda berilgan. Katta jome masjidlarida shayxlar o'tirgan, u burchakda bitta shayx taqlididan dars beradi. Bu burchakda bittasi shayx tavsiyadan dars beradi. Burchak burchakda ustunlarni oldida halqalar bo'lgan, mana shunday bir ilm tarqatilgan. U davrda Bag'dod va Damashq shahrining jome' masjidlari hozirgi universitetni o'rnidagi maskanlar edi. Maydoni keng bo'lganligi uchun juda ko'p halqalarni o'zlariga sig'dira olar edi va o'sha zamondagi kibor olimlar tolibi ilmlariga ilm tarqatar edi. Endi mana shunday shart sharoit bo'lgandan keyin, albatta, ummatda ilmiy, ma'rifiy, sahqofiy darajasi yuksaladi. Albatta, bunaqa sharoitda ulug' odamlar yetishib chiqadi. Nima uchun hozir shunday bir ilmiy taraqqiyot yo'q musulmonlar orasida? Nima uchun mana shunday bir ulug' insonlar yetishib chiqmayapti? Sabablari bor. Shulardan bittasi, odamlarni tushuncha, fikrlari, g'amlari u davrdagi odamlarnikidaqa emas.

Hozir birinchi g'am nima? Pulda. Endi puli bor endi, dalshi g'ami nima desa, yana pulda. To'g'rimi? Yoshligini pulga sarflagan. Sog'ligini pulga sarflagan. Endi kasal bo'lgandan keyin o'sha sog'lig'iga qatnashlik uchun pulni sarflaydi, balnitsaga borib oladi. Demak, birinchidan odamlarni tushunchalari, fikrlari, o'lchovlari noto'g'ri. Undan keyingi sabablardan bittasi, odamlarni ilmga bo'lgan rag'bati yo'q.

Va ilmga odamlarni rag'batlantirishlik, shijoatlantirishlik ham yo'q. Qo'y o'qim, nima olarding bolam? Bor. Qo'yla haydab. Molni haydab. Bor hunarni qilib pul top. Jon akalar, ukalar. Erkak kishi bo'ldik a, alhamdulillah. Bu bizni rizqimiz edi. Falonchi voyda bolasi bo'ldik a. Bu ham rizqimiz eda. Bunda bizni ixtiyorimiz yo'q edi. Xuddi shunga o'xshagandek, rizqimiz ham bizni ixtiyormizda emas, qancha bo'lishligi. Siz ilm bilan shug'ullansangiz ham o'sha rizqingiz yeysiz. Pulni ketidan kalla urib quvvatlasangiz ham shuni yeysiz, bir sababini qilib qo'yib ilm bilan shug'ullansangiz ham shuni yesiz. Shuni aytyapmiz ku, tushuncha noto'g'ri deb.

Imomutabariyning to'liq ismi. Muhammad ibn jariyr, ibn yazid, ibn kasir, ibn g'olib at tabariy. Kuniyasi abu ja'far. Mana shu kuniyasi bilan mashhur bo'lgan imomutabari uylanmagan birodarlar. Ehtimolki mana shu uylanmaganligi u kishini faqat ilm bilan mashg'ul bo'lishiga sabab bo'lgandir. Xuddi imom navaviyga o'xshab. Albatta uylanmaslik bu payg'ambarimizni sunnatiga xilofiy shakl, uylanishlik kerak. Ammo bu kishilar uylanmaganiga yarasha nimadir qilgan ekan.

Imomi Tabariy uylanmagan, unda qanday qilib Abu Ja'far degan kuniga ega bo'ldi. Bolasiga nisbat qilinadi, katta farzandiga Abufulan deyiladi, falonchini otasi degani. Abu Ahmad desa, Ahmadni otasi. Bu kishi Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni bir odamga kuniya berishlik, sunnat ekanligini bildi, hadisni o'qidi, o'ziga Abu Ja'far degan kuniyani qabul qildi. Chunki Payg'ambarimiz yosh bolalarga ham Abu fulan, masalan Abu Xurayra mushukchani otasi degani. Mushukni erkalatib ko'tarib yurgani uchun, mushukni otasi deb Abu Xurayrada deb qo'yganlar.

Nasabi. Imomi Tabariy forslardan edi. Fors yeridan edi. Tabristonlik. Shuning uchun Tabariy bo'lib tanildi. Qarang, bu din faqat arablar uchun kelmagan edi. Bu dinga xolis xizmat qilar ekan, kishini, millatini ahamiyati yo'q. Imom Bahoriy bizdan. Imom Navoiy arab. Imomi Tabariy fors. Abu Hanifa fors. Ya'ni islom dinida millatni hech qanday ahamiyati yo'q. Arabning ajamdan afzalligi yo'q, mag'ab taqvo bilan dedilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Fors bo'lishiga qaramasdan Imomutabariy arab tilini mukammal suratda bilgan.

Imomutabariye otasini qo'lida ulg'aydi. Alloh azza va jalla bu insonga o'tkir zehn, kuchli xotira, g'ayrioddiy qobiliyat berdi yodlashlikka. Va mana shu narsalarni otasi yoshligidan sezdi va mana shu nasaga qattiq e'tibor berdi. Shuning uchun birodarlar yetti yoshida Qur'ondiyatlar bo'ldi. Sakkiz yoshida taroveh namoziga o'tib, odamlarga imomlik qilar edi. Ovozi juda ham yoqimli, shirin edi. To'qqiz yasharidan Payg'ambarimiz hadislarni yozib, o'rganishlikni boshladi. Qarang, ota xaridor bo'lyapti da.

Bolangizni talantiga birinchi xaridor kim? Siz o'zingiz. Ey opa dadalar, qaranglar da, nevaralar ichida shunaqalari bor. Axir mana ishladinglar, oilali, uyli jon, unib o'sdinglar, bir zurriyot qoldiryapsizlar. Endi ilmiy tomonga ham bir narsa qo'shib ketinglar, opa dadalar. Ey mana shu mavuchi ikki minginchi yilda bu yoqda tug'ilgan bolada, bunday qaranglar da. O'sha yoqda talantlilar ko'p, chunki ichmasdan, chekmasdan, qimoronlamasdan, xoram kalbasa cho'chqa yemasdan, uylangan bolalarning bolalari endi ikki ming o'n ni tepasida tug'ilganlarda qaranglarda, undan ham zo'r bo'lyapti.

E, nimadir qilaylik, jon akalar, yeb ichib ketavermasdan, uy qurib ketavermasdan. Bitta bitta imomni tabarida, imomni bahorida qo'yib ketaylik. Imomu tabariy otasini rioyasida bo'ldi. Otasi u kishi farzandidagi, farzandidagi qobiliyat iqtidorini ko'rgandan keyin shuni yo'ladi. Yo'ladi.

Otasi tush ko'rdi. Tushida qarasa, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni oldida o'g'li o'tiribdi. Oldida bir xolpachasi bor, ichida to'ldirib toshlar. Tushida ko'ryapti. Payg'ambarimni oldida o'tirib olib, haligi toshladi, bunday otib o'tiribdi, aytdimmi, uyg'ondi da, juda xursand bo'ldi. Tushlarni ta'bir qiladigan, tush ilmidan xabari bor odam oldiga kelib turib, tushini aytib berganida, haligi ta'bir qiluvchi aytdiki, o'g'ling katta bo'lib, o'zining dinida nosix bo'ladi va robbisining shariatida bilimdon bo'ladi dedi. Ehtimolki mana shu ko'rgan tushi o'g'lini shunday yo'lashiga sabab bo'lgandir.

Shundan keyin otasi bolasini tamomiy ilm yo'liga burib qo'ydi. Tirishchilikda dunyo tashvishini birontasini bolasiga bildirmadi. Yeri bor edi, shu yeridan tushadigan mablag'ni falon qismini bolasiga atab qo'ydi. Safariga, yeyish, ichishiga, ilm o'rganishligiga. Nima kerak bo'lsa, ilm tomoniga burib qo'yadi. Keling, to'rtta o'g'lingiz bor. Shundan bittasi qandaydir iqtidori bor. Qolgan uchtasi ishlab, bittasini o'qitsin, otasini yo'li obuna shu darajada bo'ldi. Demak, yosh bolalarimizda mana shunday bir qobiliyati borligini ko'rsak, ularni ilm ko'chasiga turtib turishimiz kerak bo'ladi. Bunday qobiliyatli yosh bolani ilm talabida bo'lishiga yordam berishlik kerak. Katta bir ilmiy darajalarga yetishiga ko'mak ko'rsatishlik kerak. Birodalar, mana shunday yoshlarni qo'llab quvvatlashlik ba'zi bir masjidlarni qurishidan ko'ra afzalroq. Quduq kavlab suv chiqarib berishdan ko'ra afzalroq. Chunki ayrim masjidlarni ko'ramiz birodarlar. Uchta to'rtta odam namoz o'qiydi, farz namozida. Safda uchta to'rttta. Masjidlar katta katta qilib qurilyapti. Shu masjidni yurgizadigan odamlarni yo'qligidan masjidlar huvullab turibdi.

Shu masjiddin ishini yurgizishlikka yaramaydigan, shu ahli ilm bo'lmagan, shu minbarda ahli bo'lmagan odamlar o'tiryapti, qavmni uchga to'rtga bo'lyapti. Akalar, mana shunday bir ilmni yoshlarni qo'llashlik kerak, savdogar akalar, ahli davlat birodarlar, mana shunday bu yoshlarni ilmiga biz ko'makchi bo'lishimiz kerak. Imomutabariy balog'at yoshiga yetib, ilm safarini boshladi. O'zini yurtidagi katta katta shahardagi olimlarni ilmini olib bo'ldi va safarini boshlaydi. Imomutabarini ilm talabida qilgan safari nimaga o'xshatsa bo'ladi? Asalari uchib, guldan gulga qo'nib, asalini yiqqandaqa imomutabariy shaharlarni, katta katta shaharlarni kezib, shu yerdagi ulamolardan ilmlarini bitta bitta to'pladi. Xuddi asalari guldan asalni to'plaganidek. Imomutabariyni ro'yiga keldi. U yerdagi ulamolaridan ilm oldi, Bag'dodga bordi. Ana shu paytda Bag'dod ulkan ilmiy markazlardan bittasi edi. Zamonasining eng ulug' olimi Imom Ahmadimni Hanbalni shahari. U kishini qasd qilib keldi, lekin Imom Tabariy bu shaharga kelgunga qadar Imom Ahmadimning Hanbali vafot etgan edi. Ikki yuz qirq birinchi yillar.

Shunday bo'lsa ham Iroqqa keldi, shu yerda ilm o'rgandi. Salim shahriga muqim bo'ldi. Shu yerda ikki kishilardan ilm oldi, hadisni, fiqhni, fiqhning hamma mazhablarini o'rgandi da. Qaranglarda, biz o'zi bitta mazhabimizga ni bilib ololmaymiz a? Bitta o'zimizni Hanafiy mazhabimizni to'liq o'rgana olmaymiz. Toqatimiz yetmaydi, umrimiz sabr. Bu kishi to'rtala mazhabni o'rganib chiqyapti. Fenomen emasmi shu narsa? Qarang, u davr ilm qanaqa yuksalgan davrida ulamolari ham shunga yarashadi a?

Imom To'boriy asosan ikkita narsada ko'zga ko'rindi. A ikkita asosiy ilmda bu Qur'on va tarix. Qur'on ilmlarini, tafsirni, qiroatni o'rgatar edi, yana fiqhni yaxshi o'rgangan edi. Ammo Qur'oniyl ilmlarda boshqa ilmlardan ko'ra ko'proq ko'zga ko'ringan edi. Shofiy mazhabini o'rgandi, shu mazhabning kibor olimlaridan, Imom Zafaroniydan o'rgandi. Imom Tabariy Bag'dodga qaytib keldi. Va Bag'dodda odamlar orasida tanildi. Ahli ilmlar u kishini ilmini va fazilatini tan olishdi. Mana endi u kishini oldiga odamlar ilm o'rganishlikka keldi. O'ttiz to'rt yoshida akalar. Bog'doddagi jome masjidida kibor shayxlar qatorida o'tirib dars berardi. O'ttiz o'ttiz yoshida.

Bog'dodda o'tirib ilm o'rgangandan keyin, u kishi shomga ilm o'rganganib bordi. Chunki shomda ham bag'dod tegidan kam bo'lmagan ilm bor edi. U yerga bordi, Qur'on rivoyatini o'rgandi, keyin Livanga safar qildi. Bayrutga, Imom A'zoning yurtiga. Undan keyin Misrga, Laysibni Sa'dni vataniga safar qildi va mana shu yerda bu yurtlarda bo'lmagan Imomni oldi. Keyin yana Shomga qaytib keldi, ikki yuz oltmish beshinchi yilda Misrga yana safar qilib bordi. Ilm talabada bo'lgan mana shuncha safaridan keyin Imomutabariy o'zini vataniga qarab yurdi.

Tabristonga, Forsga. Yo'lda to'xtadi Bag'dodga va bir qancha kitoblarni yozdi. So yana yana o'zini yurtiga qarab chiqib ketdi. Imomutabariyy Tabristondan chiqib ketayotganda boshqa odam edi. Endi shuncha yillik ilmiy safarlardan keyin, qaytib kelgandan keyin boshqa odammidi. Tabriston ilm markazi emas edi. Shuning uchun uzoq tura olmadi bu yerda. Yana Bag'dodga qaytib keldi. Chunki aytyapmiz, ilm markazlarining kattasi Bag'dod edi. Shu yerda yashadi va qolgan umrini mana shu yerda yasha tugatdi. Kitoblar tasnif qildi, ummatga ulkan ilmiy merosni qoldirdi.

Birodarlar, ilmni bitta sohasida ko'zga ko'rinishlik ko'pchilikni qo'lidan keladi. Ammo ko'p ilmlarda hammasida birinchi bo'lishlik, peshqadam bo'lishlik faqatgina ulug' insonlarni qo'lidan keladigan ish. Imomu Tabari mana shunday ulug' kishilardan edi. U kishi Qur'onda, tafsirda, tarixda, ibodatda, o'zini shaxsiyatini tavozunida zamonasidagi eng ko'zga ko'ringan kishilardan bo'ldi. U kishini qoldirgan eng katta asari Imomi Tabariyning tafsiri, hatto hozirgi kungacha musulmonlarning eng asosiy marjiyalardan hisoblanadi. Inshaalloh Imomi Tabariy haqidagi darsni ertaga davom etkazgan bo'lamiz. Aqul u qovli ha davos ta'firullohili va lakum assalomu alaykum. Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir robbil alamin.

Assalomu alaykum assalomu alaykum alaykum va alaykum va alamiz va alaykum va aleykum va alaykum assalom va alaykum va rahmatullohi ta'allab va barakatuh. Asrorul uzama ulug'larning sirlari deb nomlangan navbatdagi darsimiz. Kecha mufassirlarning imomi, tafsil ilmining bilimdoni, Imomutabariy rahmatul ali haqida dars boshlagan edik. Bugun inshaalloh davom etkazamiz. Bu ulug' insonlarni hayotiga diqqat bilan nazar soladigan bo'lsak, nimani ko'ramiz? Ularni hammasi umrini avvalida ilm oldi, o'zlarini ilmni jamladi. Keyin mana shu bir ma'lum bir hayotidagi bir muddat kelganidan keyin shu ilmni odamlarga tarqatdi. Demak, yigirma o'ttiz yashargacha ilm talabida bo'linadi. Shundan keyin o'zida to'plagan, jamlagan ilmni ummatga berishlik kerak bo'ladi. Imomu tabarixan bundan mustasno bo'lmadi. Mana shu umrini avvaliga o'zini yurti tabristonda, fors yillarida, keyin iroqda, shomda, misrda ilm o'rgandi va mana shu ilmlarni o'zida jamlagandan keyin bag'dodga keldi, vafot etgunicha uch yuz o'ninchi hijil yilgacha odamlarga ta'lim berdi. Demak, ulug'likka tayyorlovchi sabablardan bittasi iqtidor. Qobiliyat, talant.

Undan keyingisi unga bo'lgan rioya. Undan keyin bir xos tarbiya. Ma'lum bir vaqtgacha ilm to'plashlik va oxirida mana shu to'plagan narsasini taqdim qilishlik. Imomutabariy islomiy ilmlarning ensiklopediyasiga aylangan edi. Shuning uchun u kishining ta'rifotlari, yozgan kitoblari juda ham katta bo'ldi. U kishini yana bir boshqalardan ajratib turadigan, o'ziga xos bo'lgan sifatlaridan aytmoqchi bo'lgan narsasini chiroyli tartibga keltira olar edi. Ba'zida bo'ladi, bir soat bir narsani o'qiysan, bir soat bir nasani eshitasan, hali gapni gapirgan odam yoki kitobni yozgan odam nima demoqchi bo'lganligini tushunmaysan. Albatta, aytayotgan so'zini, yozayotgan narsasini tartibga keltirib, aytmoqchi bo'lgin narsasini shunday bir chiroyli shaklga tartibga olib kelib qo'yishlik, bu mana shu kishini urug'ligiga dalolat qiladi va bunday kishidan biror bir narsani o'shani o'rganishlik ham oson bo'ladi. U kishining kitoblari. Tafsirut tabariy. Bu kitob ummat islomiyaning qur'on tafsirlarini ichidagi eng mo'tabar, eng asosiy kitoblardan hisoblanadi. Imomutabariy sakson olti yil umr ko'rdi va mana shu uzoq umr davomida birodarlar shijoati so'nmadi, g'ayrati pasaymadi.

Mana shu sakson olti ga kirguncha kitob o'qidi, o'qitdi va kitoblar yozdi. Bizda oltmish ga kirguncha ishlaymiz, keyin bo'ldi. Hech narsa bilan nimamiz yo'q. Ishimiz yo'q. Yo'q akalar, unaqa emas. Ilmni zo'rligi ham shundaki, oltmish ga kirganda ham, yetmish ga kirganda ham yarim kilolik kitobni ko'tara olasan. To'g'rimi? Aql pishgan sari, hayotiy tajriba ko'paygan sari mana shu ilmni odamlarga yetkazishlik, undan bir xulosani chiqarishlik, yoshlariga qaraganda ko'proq bo'ladi qarilarda. Qari bilganda para bilmas deydi. Endi bu qari yana ilmli qari bo'ladigan bo'lsa, tinmasdan kitob o'qiydigan bo'lsa bu qanaqa zo'r qari bo'ladi? U kishining kitoblaridan tahziy bal asor, hadis ilmiga oid, bu kitobida imomutabariy rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadisiga taalluqli bo'lgan hamma narsani jamlamoqchi bo'ldi, lekin u kishini umri yetmadi. Bu kitobini nihoyasiga yetishlikdan avval vafot etib ketdi. Demak birodarlar imomi tabariy tarix ilmida peshvo, lug'at ilmida peshvo, hadis ilmida peshvi, tafsir ilmida, xirotda musulmon ulamolarning peshvosi bo'lgan. Aytyapmiz ku, ensiklopediya bo'lgan deb. Bu yerda aytilinayotgan ilmlardan bittasi hozirgi kunda bitta odamni qo'lida bo'lsa, bu odam juda ham ulug' odam bo'ladi.

Lekin bular bitta o'zida mana shuncha bir ilmni jamlashgan. Mana shuncha ilm egasi bo'lgan, lekin ko'proq ko'zga ko'ringan ilmi bu Tafsir bilan Tarix ilmi edi. Imomutabarini harakatiga, mehnatiga va kitoblariga Alloh Taolo qabuliyatni yozgan edi. Qarang, o'tganiga qancha yuz yillar o'tgan bo'lsa ham, hali hali odamlarni qo'lida u kitoblari. Hali hali odamsni tilida u kishining ismi. Bu Alloh yaxshi ko'rgan bandasiga beradigan narsa, qabuliyat. Odamlarni qalbiga yo'l ochiladi. Kamdan kam odamlar mana shunday bir martabaga erishadi. Ya'ni mana Imomutabariy davrida Imomutabariga o'xshab kitob yozgan olimlar ham bo'lgan. Lekin nimaga ularni hammasini kitoblari qo'lma qo'l bo'lib, asrda asrga o'tib kelmadi? Hozir aytganimizdek, Alloh qabuliyatni yozgan odamlar deb oladi bunday narsa. Ibn Huzayn aytadi. Bu samo ostida Tabariydan ko'ra bilimliroq kishini bilmayman. O'zi muhaddis olimlarda Ibn Hujumya bilasizlar. Imom zahabiya aytadi abu ja'far at tabariy ulug'larning biri. Ulug' tasnifotlar egasi, ishonchli, sodiq, hofiz va tafsil ilmida bosh edi. Fiqh, ijmoda va ixtilofda imom edi.

Tarixda alloma, lug'at va qanoatda olim edi. Bu guvohlik birodarlar hozirgi o'nta diplomdan yaxshi guvohlik. Chunki bu guvohlikni berayotgan kishilar ummatni eng keyin o'ziga ko'ringan olimlari. Ularni bittasini guvohligi o'zi o'nta diplomni o'rniga o'tadi. Imomu Tabarining kitoblaridan Jomiyul Bayan Fitavili Ayyatil Qur'an. Tafsir kitobi. Bu kitob ko'proq Tafsiri Tabariy nomi bilan mashhur bo'lgan. Birodarlar bu tafsir, tafsir ilmidagi eng peshvoq kitob hisoblanadi. Tafsir ilmini o'rganganki odam bor, Imomi Tabariddinning tafsirini o'qimasdan iloji yo'q.

Sahih Buxoriga, Sahih Muslimga qanday muhtojmiz hadis ilmida? Tafsir ilmida Imomi Tabariddinovga mana shunday muhtoj bo'linadi. Juda ko'p marta bu kitob chop etilgan ilm bilan shug'ullangan odam borki, albatta uyda bu kishining, mana shu Imomi Tabariddining tafsiri turadi. U kishining yana bir kitobi Tarixul Umom Val Muluk. Bu kitobi mana Tarixut Tabariy nomi bilan mashhur bo'lgan. Ya'ni hozir aytganimizdek, tarix bilan shug'ullangan odam ham bu kitobdan o'zini behojat bilmaydi. Mana shu ikkita kitobi, Tafsiri Tabariy va Tarixut Tabariyni tafsir va tarix ilmidagi musulmonlarning eng suyangan ishongan marjalaridan, manbalardan, hatto hozirgi kunimizgacha.

Vazir Abbos ibn Hasan Imomutabariga tishib yuborib, bir iltimos qildi. Menga, men fiqhda bilishim kerak bo'lgan bir munosib kitob yozib bersangiz, muxtasar bo'lsa. Chunki birodarlar, xulosasi, muxtasari qulay bo'ladi o'rganishlik. Tom tom kitobni o'qigandan ko'ra. Shunda imomutabari shu kishiga al hafiyev nomli kitob yozib berdi. Fiqh ilmidagi katta, ulkan ma'lumotlarni kichkinagina kitobchaga qisqa muddatda jamlab berdi. Albatta bu u kishi ilmiga dalolat qiladi.

Albatta Imom Tabarida bundan boshqa ham ko'p kitoblar bor edi. Hammasini aytib o'tirsak vaqtimiz ko'p ketadi. Hozir xatib al bag'dodiyni bir so'zini keltiraman, diqqat qilib turinglar. Xatib al bag'dodiy aytadi. Muhammad ibn jalil at tabariy qirq yil mobaynida har kuni qirq varaqdan yozgan. Qirq yil mobaynida har kuni qirq varaqdan bir yozuvni ilm ma'rifatda yozgan. Necha varaq bo'ladi deb o'ylaysizlar? Salkam olti yuz ming. Salkam oltiyuz ming. Besh yuz sakson to'rt ming varaq bo'lar ekan. Men hisoblab chiqdim, agar to'rt yuz varaqlik kitob deb qaraladigan bo'lsa, bir ming to'rt yuz oltmishta kitob bo'lardi ekan.

Bir yilda. O'nta kitob o'qigan odam qo'l ko'tarib qo'ysin deyman. Yo'q. Ikki yilda o'nta kitob o'qigan odam qo'y ko'tarsin deyman. Yana yo'q. Qaranglar, biz kimlarni haqida suhbat qilyapmiz? Mana bizga ibrat bo'lgan kimsalar. Bu kishi hali o'qib o'rgangandan tashqari, o'ttiz yoshini u yog'idan yozishni boshlagan desangiz, bir ming to'rt yuz oltmishta kitob yozgan bo'lyapti. Endi ular ham xunrujal va nahnurjal, ular ham erkak kishi bo'lgan, biz ham erkak kishimiz. Ular ham ilmli bo'lgan. Biz ham ilmimizda ekan paytda mana shu narsalarda bir ko'z oldimizga keltiraylik. Ilm, ulardagi ham ilm, bizdagi ham ilm deyotgan narsamiz faqat so'zinglar o'xshayapti a, ilm degani.

Demak, qirq yil mobaynida har kuni qirq varadan yozgan ekan. Subhanalloh. Yana u kishini mana shuncha fazilatiga shogirdlarni ham qo'shib qo'ying. Qobiliyatli, iqtidorli talabalar, ular imomatabariydan uzoq yillar dars olishdi, ustozdan nimani eshitsa, o'tirib yozib o'tirishdi. Demak, ulug'likni sabablaridan bo'lgan narsalar, iqtidor, talant, zakovat, rioya, umrni taqsim qilish, talabalar, mana shularda hammasi imomatabariyni shaxsiyatida jamlagan edi. Mana laysterniy san'atni o'qidik, ulug' olim bo'lgan ekan, ulug' faqih bo'lgan ekan, Abu Hanifadaqa, lekin shogirdi bo'lmagan ekan. Shuning uchun u kishini ilmi davom etmadi. O'zini zamonasida to'xtadi. Ammo Imom Abariyda mana shu ulug'likni sabablarini hammasi bor.

Imom Abariyning zakovati. U kishi bir kechada bitta ilmni o'rganib chiqdi. O'zi haqida aytadi, ya'ni sher vaznlaridan bo'lgan aruzni, aruz vaznini. Misrga kelganimda, Misr ahlini ilmli kishilari hammasi kerak men bilan uchrashdi. Hammasi o'zi bilgan ilmni meni imtihon qilib ko'rdi.

Shularni qatorida bir kishi keldi da, aruz haqida so'radi, sherni vazni haqida. Bu narsaga e'tibor bermagan ekanman, vaqtim bo'lmagan ekan. U kishiga ertaga javob aytaman sizga dedim deydi. Bir kechada bir ilmni o'rganib yuborishni o'ylab ko'ring. Shu kecha Halil ibn Ahmadni aruz haqidagi kitobini do'stimdan so'radim, olib kelib berdi. Kechasi bilan o'qib chiqdim. Kechasi bilan uxlamadim, tunni shu kitobini o'tkazdim. Bir kechada shu ilmni o'rganib chiqdi. O'zi haqida aytadi, aruz degan narsadan xabarim yo'q edi, kechqurun tong otganda aruziy bo'lib uyg'ondim deydi. Ya'ni aruziy bo'lib odamlarga ro'baro' bo'ldim deydi. Bir kechada bitta ilmni birodarlar o'rganibchiqishlik. Albatta bu imomutabariyni g'ayrioddiy zakovati, aqli fahmi borligiga dalolat qiladi. Bir kechada.

Alloh taolo bu kishiga mana shunday bir g'ayrioddey zakovatni bergan edi. Iqtidorni bergan edi, qobiliyatni. Birodarlar, odam bolasi borki, unda qandaydir iqtidor, qobiliyati bor. Talant, bizni tilda. Faqat u iqtidorini talantini kashf qiladi kimdir, kashf qilib yaxshi tomonga burib qoladi. Kimdir u narsa bilan ish bo'lmaydi, ko'milib qolib ketadi shu. Iqtidori fosh bo'lmaydi. Bu kishilar iqtidorini bilgan va kerakli tomonga bura olgan.

Abu Ja'far at-Tabariy aytadi, o'zi haqida, mana Imom at-Tabariy aytadi, Abu Kuraybning eshigi oldida ahli hadislar bilan birga keldim. Bu Abu Kurayb ahli hadis bo'lgan olimlardan edi. Juda ham tabiati injiq, ko'p ham odam suyib yubormaydigan, hammani o'zini majlisiga kirgizib yubormaydigon, ko'p ham mana bizni tilda odam suymaydigan odam bo'ladi. Lekin u olim. Subhanalloh, tabiat ekanda. Tabiat ekan, bir olim shunaqa bo'lar ekan. Bir xilga olim, bir ochiq, odamlar bilan muomalasi oson, yengilliklar. Bir xilgisi, lekin fitrat, bu tabiat.

Ya'ni bu kishidan ilm olishlik uchun, birodarlar, talabalar ayrim o'rinda kimnidir o'rtaga qo'yishiga to'g'ri kelardi. Xohlamas edi. Shunaqa bo'ladi, olimlar bilan muomala qilish. Imomiz Abdulloh ta'limi ta'limi mutalimida aytadi, men aytaman shuni. U olim xohlamaganda savol bermaysan deydi. Charchab turgan bo'lsa, osilmaysan deydi. Etagiga osilmaysan, xullas yalinasan degani.

Yalinib turishar edi. U kishi kichkina bir derazadan qarab turib, mendan yozib olgan narsalaringlar bor. Ko'p narsani yozib olgansizlar. Yodladinglarmi? Dedi. Talabalar bir biriga qarab qolishdi. Shunda imomni tabariga qarab turib siz yozdingizmi? Deyishdi. Ha, dedim, yozdim, dedi. Yodladingizmi? Ha, yodladim. Mana odam yodlabdi, shu odamdan so'rang deyishdi. Derazadan turib, Abu Kurayf so'radi.

Nimani yodlading? Dedi. Endi uch to'rtta hadisda aytib bersa bo'ladi. Nimani yodlading degandi, falon kuni falon narsani aytdingiz yozdik, falonchi kuni falon narsa aytdingiz yozdik. U yodlagan narsasini emas, qaysi kuni nimani aytganigacha, nimani yozilganigacha aytib berdi. Yana bir qancha savollar so'radi, hammasiga javob berdi. Shunda Abu Kurayf, mana shu odam kirsin, qolganing kirishma dedi.

Yana shunday bir qaysar yoki bo'lmasam fe'li torroq olim ham Imomut Abariyni fazilatini, makonatini, qadrini bildi. Imomut Abarini mana shunday bir martaba yetishiga sabablarda yana bittasi, u kishi o'zini vaqtini tartiblab qo'ygan edi. Bizni bilasizlarmi, birodarlar? Vaqtimizda baraka yo'q. Hech narsaga ulgurmayapmiz. Hunarimizga ham ulgurmayapmiz, bozorimizga ham ulgurmayapmiz, ilm o'qigani ham ulgurmayapsiz, sog'lig'imizga diqqat qilgani ham ulgurmayapti. Bola chaqa bilan o'tirib, bola chaqaga tarbiya bergani ham oilaga ulgurmayapiz. Akalar, o'sha yigirma to'rt soat, o'sha yagirma to'rt sot. Imomu Tabariy davridagi yigirma to'tirq soat hozir ham o'sha. Faqat bizda tartib yo'q. Tartibimiz yo'q. Albatta, vaqtini tartiblab bilishlik, tolili ilmga ham muhim narsa, olimga ham.

Bu kishi o'zini kunini chiroyli suratda tartibga keltirib bo'lib qo'ygan edi. Dars beradigan vaqti, bomdoddan keyin, yozadigan vaqti. Peshindan avvalgi qaylola vaqti, peshinni o'qigandan keyin, asrgacha dars vaqti, asrni o'qiganidan keyin, shomgacha tolib ilmlarga Qur'ondan ilm beradi. Shomdan keyin xuftongacha masjidda fiqhdan dars beradi, fuqaholar bilan suhbatlashadi, xuftondan keyin uyiga ketadi, hech kimni qabul qilmaydi. Nima uchun? Bezovta qilishmasligi uchun. Nimadan? Yana kitob yozishdan. Haqiqatan bu odamlarga Alloh Taolo bir barakat ham bergan ekan, sabr toqat ham bergan ekan birodarlar.

Yana shularga qo'shimcha har kuni qiladigan zikrni duolari bor, ma'lum vert nimalari bor, Qur'onlari bor. Ibn Kamil aytadi, o'zi uchun, dini uchun va haloyiqning foydasi uchun o'zining kunini chiroyli taqsim qilgan edi. Og'ayni, Temir aka, sal bir yugursangiz bo'ldi, domla vaqt olmayapti da deydi.

Agar vaqtni bo'lishini kutsang, u vaqt chiqarish anavi senda bo'lmaydi. Avvalo qanday bo'lgan bo'lsang. Akalar, tartibga keltirsak juda ko'p narsaga ulguraymiz. Imom Tabariyning axloqi. U kishini go'zal axloqi, odamlarga u kishini mahbus qilgan edi. Olimlarga ham, tog'li ilmlarga ham. Uning shogirdlaridan biri aytadi Abu Ja'farning qalbi ham, zohir ham chiroyli edi. Hamsuhbatlariga chiroyli muomalaligi edi. Ularni hol ahvolini so'rab surishtirib turadigan inson edi. U kishi islomiy odobni o'zida jamlagan edi. Yurishida turishida, yeyishida ichishida, o'tirishida uxlashida. Hatto u kishi o'zi bilan xusumatlashib turgan kishilarga nisbatan ham chiroyli muomala qilar edi. Mana dovud ibn ali az zohiriy, zohiriylardan. Bir majlisda Imomut Tabariy bilan bahs qilib qoldi. Munozara ikki tomon, endi o'zini fikrini aytib, o'rtada bir bahs bor. Fikrlar har xil. Shunda Dovud Zohiriyning shogirdlaridan biri turdida, Imom Tabariya qo'pol gapirib yubordi. Imom Tabari indamada turib chiqib ketdi. Bordi uyga, bir necha kundan keyin kitobni oldida, qo'liga qalamni oldida, mana shu Dovud Zohiriya raddiya qilib bir kitob yozdi.

Yuz varoq narsani yozdi. Shu kitobni yozib tugatib bo'lganidan keyin, Dovud Zohiriyni vafot etganligini xabari keldi. O'tib ketdi endi haligi odam. Mo'mino raddi ham deb olib chiqib o'qitsa odamlarga yuz varoq narsani yozgan mehnat qilgan. Dovud Zohiriyda o'lganligini xabarni eshitgandan keyin haligi narsani yuz varoqni yirtib tashladi. Keyin mana shu Dovud Zohirini uyiga borib, uni farzandlarini oldida, ahlini oldida Dovud Zohirni chiroyli so'zlar bilan maqtab, ularga taskin berdi qalbiga. Hatto moliga Dovud Zohiriyning o'g'li Muhammad Umdi Dovud otasidan keyin Imomutabariyga bir ta'na malomatlarini qilmoqchi bo'lib turgan odam edi. Ammo otasiga qilgan boyagi chiroyli muomaladan keyin bu kishi ham ta'na malomatini qo'ydi. Ko'ring, xusumatchisi bilan Imomutabarini bo'la ekan xulqi muomalasini. Endi mana shunday bir go'zal axloqqa zohidlikni, omonatdonlikni, iffatni, sidqini, niyatni qo'shib qo'ying. Imomutabariy haromdan juda qattiq parhez qilardi. Shubhali o'rinlardan uzoq edi. Dunyoni xoya havasiga berilmagan edi. Tirikchiligini nima bilan edi? Otasidan qolgan yeri bor edi, shu yerdan keladigan daromad bilan tirikchiligiga o'tkazar edi. Hayotdagi ozgina narsa bilan kifoyalanardi, xoya havasiga belgilangan edi.

Podshohlardan, amirlardan, hokimlardan keladigan hadyalarni, atoyatlarni qabul qilmas edi. Imom Usudi o'zini Tabaxotul Mufassirliknida shunday deydi. Imomo abu ja'far at tabariy mufassirlarning mutloq boshlig'i. Imomlarning biri. Uning asridagi biron kishi u jamlagan ilmlarni o'zida jamlay olmadi. Allohning kitobining hofizi, ma'nolarining bilimdoni, Qur'on ahkomlarining faqih, sunnat va uning yo'llarini, sahihini sahimini, nosixini mansuhini olimi, sahobalar va tobenlar ahvolining bilimdoni, odamlarning tarixi va ularning xabarlarining olimi edi. Bironta ilm qoldimi? Islomiy ilmlardan birontasi qoldimi aytilmasdan? Islomiy bilimlarni deyarli hammasini o'qib o'rgangan olim odam edi. Fenomen bizni tilda aytgandi.

Imom Navoiy aytadi, Imomi Tabariyda hech kim tasnif qila olmaganligiga ummat ijmo qilgan. Endi butun ummati islomiya Imomi Tabariydaqa hech kim kitob yoza olmagan deb ittifoq qilgan. Mana, birodarlar, berilgan baho. Xatibul bog'dodiy aytadi, Imomi Tabariy ulamolarning peshvolardan biri edi. Uning so'zi bilan hukm qilinar, fazli va ma'rifati sababli uning rayiga qaytilar edi. Imomi Tabariy musulmon ulamolar orasida hamma uchun ibrat bo'lgan g'ayrioddiy inson edi. U kishi o'zining shaxsiyatida barcha yaxshi sifatlarni jamladi.

Alloh aziz va jalloh siz bilan bizga mana shu kishilarni hayotini o'qib eshitdik, ibrat olishlikni tavixini bersin. Duo qilaylik, bolalarimizdan, nabiralarimizdan mana shunday bir ulug' insonlar yetishib chiqsin. Albatta bu narsa bizni qo'limizdan keladi. Sababini qilamiz. Allohga duo qilib so'raymiz, inshaalloh mana shunday insonlar yetishishib chiqadi. Aquli qovli, ha'da va astag'firullohu alayhi va alakum. Assalomu

Keyingi darsni tinglashTobe'inlar hayoti