Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillah robbilar alamin. Vassolatu vassolama ala saidina muhammadi va ala alixi vosxabih ajma'in. Allohum ala ilmalana illa ma'lam tana innaka antana alimul hakim. Allohum alaykum allamna ma'yam faruna va farnafima allam tana vazirna ilma. Allohum arin al haqqi, haqqon orzu hunati ba'i va arin al botida, botida orzu hunajdi inaba. Hoji allam min mayyasida, miya un al qovla fayad tabiiy, un al husana va adh ila bi rahmatika fii ibodika solihai. Mabodo assalomu alaykum va rahmatullohi ta'l va barakatuh. Ramazon ichi asrorul uzomo ulug'larning sirlari degan bir sirsila darslarimizni o'qidik. Bu darslarimizda birodarlar, ummatni eng ulug' kishilari bo'lgan, sahobalar va tobeinlardan keyingi davr kishilari haqida gapirdik. Kimlar haqida dars qildik? Ja'fara sodiq, imom a'uzoiy, ibn muborak, imom buxoriy, ibn sino, imomi tabariy, fuzayl ibn iyoz, abdulqodir jiloniy, nuriddin zanki, imomi navaviy, laysi ibn sa'd. Mana shu ulug'lar ummatni yuksayilikka chiqishiga xizmat qilgan, o'zlarini ismini islom tarixida katta bir harflar bilan yozib ketgan kishilar edi.
Ana shu til tilamizni bugungi tayinlangan oxirgisi Abu Homid G'azzoli, rahmatulloh alik. Abu Homid G'azzoli. Bu kishilarni ismini bilamiz. Ha, ilmli odam bo'lgan, shu muvofiq asrda yashagan. Umumiy ma'lumotni bilamiz, lekin ularni hayoti haqidagi bir tafsilotlardan xabarimiz yo'q. Bu insonlarni hayotini nimaga o'rganyapmiz? Tarix bir qator shunaqa bo'lgan ekan deb eslab qo'yish uchun emas. Bu darslarimizdan ko'zlagan maqsadimiz, birodarlar, takror takror aytdik. Ular oddiy odamlar bo'lgan. Sahoba tobein bo'lsa tushunarli. Payg'ambarni ko'rgan odam endi boshqacha bo'ladi. Payg'ambarning ko'rgan odami qo'lidagi odam boshqacha bo'shadi, tushunarli, lekin bular keyingi asrlarda yashagan odamlar, uchinchi, to'rtinchi, beshinchi, oltinchi asrlarda. Oddiy odamlar mana shunday bir ummatni yulduzlariga aylanishdi. Ularni mana shu maqomga olib chiqqan sabablar bor. Omillar bor. Shu omillar, sabablarni ular qilishdi, yuksaylikka chiqdi. Ummatni peshqadamlikka olib chiqishdi. Shu sabablarni biz ham o'rganaylik va o'zimizda tadbiq qilishga harakat qilaylik, bizda bo'lmasa bolalarimizdan chiqib qolar. Bolalarimizdan bo'lmasa nabiralarimizdan chiqilib qolar. Muhimi shu yuksaklikka birinchi qadamda biz tashlab beraylik.
Abu hamid g'azzoli, mujaddiduddin, hujjatil islam. Yahyoyevni sharof an navaviy, imom navaviy aytadi. Albatta Alloh Taolo har yuz yilning boshida bu ummat uchun uning dinini yangilovchi bir kishini yuboradi. Mujaddiduddin dinni yangilaydi. Buzib boshqadan qiladi emas. Odamlarga shu dinni ularda aqli yarasha qilib gapirib beradi. Odamlarni dinga qaytadan muhabbatni uyg'onishiga sabab bo'ladi. Mujaddiy duddiyn. Har yuz yilda bitta mujaddik chiqadi. Imom Navoiy aytadi, beshinchi hijriy asrni mujaddiy duddiyini Abu Homid G'azzoli.
Imom G'azzoli haqida birodarlar, qisqa gapirsak ham juda ham katta foydalarga ega olamiz. U kishi o'zini shaxsiyatida juda ko'p yaxshi sifatlarni jamladi. U kishini hayotini o'g'irib o'rganar ekanmiz, u zotni mana shu martabaga olib chiqqan sabablarni ko'ramiz, birodarlar. Bu kishi odamlarga dinni yetkazishlikdagi ajib uslubini, ajib mahoratini ko'ramiz.
Bu ummatni tarixida Imom G'azzoliga o'xshagan odamlar, birodarlar juda ham nodir bo'lgan. Abu Hamod G'azzoli, Islom ustunlaridan ulug' imom, yaxshiliklarni, yangiliklarni kashf qiluvchi ulug' inson. Imomni Sobiri aytadi, G'azzoli ikkinchi Shofii edi. Ya'ni ikkinchi asrning mujaddidud dini Imomiy Shofii deyiladi. Din yangilovchisi. Endi beshinchi asrda mujaddidani mana Imomni Shofii aytyapti, bu kishi ikkinchi Shofiy edi. Bilasizlarmi Imom Shofiy haqida dars o'tganimizda Payg'ambarimizni hadisini aytganmiz.
Ya'ni mana shu Abdulmuttohlik urug'idan, manu Hoshim urug'idan bir olim chiqadi, yer yuzini ilmga to'ldiradi degan edi. Mana shu Imom Shofiy bo'ladi. Payg'ambarimni sollallohu alayhi vasallamning urug'idan bo'lgan. Imom G'azolning to'liq ismi. Muhammad ibn Muhammad ibn Ahmad Tusiy Abaxonmit G'azzoli. U kishi hozirgi Mashhad, Erondagi Mashhadning Tabaronida to'rt yuz ellik hijriyilda dunyoga kelgan. Melo deylik bo'yicha bir ming ellik sakkiz yilga to'g'ri keladi.
U kishini ulg'ayishida, mana shunday bir maqom martabaga yetishligida bir ajib hissa bor, birodarlar. Imom G'azzoli o'zini zamonasini eng yetuk olimi bo'ldi. Birodarlar, Alloh Taolo mana shu yetuklikni kimga yozadi, uni faqat o'zi biladi. Alloh kim ixtiyor qilgan bo'lsa, shu bandasi oliy bo'ladi. Kimni bolasi bo'lishidan qat'iy nazar. Qarang, oddiy forslik odam bo'lgan bu kishi. Imomutabariydi fors dedik. A? Mana ulug' insonlarda qaradik, fors bo'lyapti. Bu yerda islomda millatni hech qanday ahamiyati yo'qligi shunda ko'rinadi. Agar iymon keltirgan bo'lsa, xolis Alloh uchun ibodat qilayotgan bo'lsa. Demak, hammasi dinni xizmatini qilgan. Imom Izzakhabi aytadi: Shayx G'azzoli imom, bilimlar ummoni, islom hujjati, o'z zamonasining mo'jizasi va islom ziynati edi.
Qaranglar, kimlar baho beryapti bu kishiga? Lekin shu Imom G'azzolida ham adashgan. Ma'no joyda adashgan bu. Ma'no gapi noto'g'ri deydigan hozir ham bor ekan shunaqalar. Vaholanki Imom G'azzoliiga taqqoslab bo'lmaydi, ularga baho ber ekan hozirgilarda. Faraz qilinglar, oltmish yil umr ko'rgan bo'lsa, necha kun bo'ladi? Bir yil uch yuz oltmish besh kun. Oltmish ga ko'paytirib taxminan bilaylik da. Bir yigirma ming bo'lyaptimi? Imomo G'ozolini yozib qoldirib ketgan ilmini agar umriga bo'lsa bo'lsa, har kuniga bitta obshchetrat to'lar ekan.
Har kuni bitta katta obshchetratni yozib ilm bilan qoldirib ketkan ekan. Biz har kuni, emas, bir oyda bir bitta obshchetrachalik kitob o'qiymizmi? Yo'q. Lekin hozir ham bor ekan shunaqalar. Ha bu o'zi menda adashgan. U kishini mana shunaqa bir orada ayblovroq degan odamlar haqida aytgan hikmatli so'zlari bor ekan. Yoqangizni ushlab shtoba qildim deysiz. Xuddi hozirgilari bor bo'lgan ekanda o'sha paytda ham.
Forsning tus deb nomlanadigan yeri. Bir kichkina do'kon, u yerda bir ummiy savodsiz, ammo solih, taqvoliy kishi jun yigirishlik bilan mashg'ul bo'lib o'tiribdi. U kishi o'qishni ham, yozishni ham bilmagan. Ammo ilmga muhabbati qattiq edi. Tushunib turganingizdek, bu kishi Imom G'azzoliyni otasi. Muhammad. Ishini tugatardi da, masjidga borardi. Ilm halqasiga qo'shilardi, faqihlarni so'ziga quloq tutar edi. O'zini ilmsizligidan afsuslanib yig'lar edi va Alloh Taolodan ilm ato qilishligini duo qilib so'rar edi. Ammo yoshi o'tib qolgan. Endi o'zim ilmli bo'lolmadim, hech bo'lmasa Alloh menga mana shunday bir olim bo'ladigan farzand bersin deb tinmasdan duo qilar edi. Alloh Taolo duosini ijobat qildi. Murodalar, duo mo'minni quroli. Duo mo'minni qiroli. Qayoqdan bilasiz qaysi duosi ijobat bo'lib qoladi, qaysi vaqtda? Shuning uchun mo'min odam duo qilishidan to'xtamasligi kerak.
Eng yaqin odamingiz bilan bir bellashsangiz sport musobaqasida, yutkazib qo'ysangiz alam qiladi. Eng yaqin odamingizga yutkazib qo'ysangiz ham alam qiladi. Ammo farzandingizga yutkizib qo'ysa, mazza qilasiz. Insonda shu tabiati shunaqa ekan, farzandi undan o'zib ketishini xohlar ekan. Mana o'zi ilmli bo'la olmadimi? Endi bolam ilmli bo'lsin deb duo qildi. Ixlos bilan duo qildi, Alloh duosini inobat qildi. U kishi faqihning majlisiga borsa, Parvardigor faqih farzand ber deb duo qila oladi. Voizni suhbatida o'tirsa, Parvardigor va'z nasihat qiladigan voiz farzand ber deb duo qilar edi. Alloh duosini ijobat qildi. Alloh u kishiga ham voiz, ham faqih bo'lgan farzand ato qildi. Imom G'azzoli tug'ildi. Bu jun yig'ib o'tiradigan oddiy odamni Alloh Taolo ikkinchi o'g'il bilan rizqlantirdi. U kishi ikkinchi o'g'lining ismi Ahmat edi. Bu ham o'zini zamonasidagi ko'zga ko'ringan olimlardan bo'lib yetishdi.
Mana endi ota duo qildi, Alloh shunday farzandni berdi. Hali bolalar balog'atga yetmasdan turib, hali Abu Hamid G'azzoli yosh bola ekan, Alloh Taolo uni otasiga ajalni bitib qo'ygan edi. Taqdirida yo'q edi. Endi o'limini sezib, bu ota qattiq afsuslandi. Chunki niyatlari bor edi. Bolalarim katta bo'lsa, yetarli olib borib ustozni qo'liga o'zimni topshirsam, ilm o'qiganni ko'rsam, ko'zim quvonsa. Lekin Alloh Taolo buni taqdir qilmagan edi. Vafot etishdan avval o'zini bir so'fiy do'stiga olib borib, ikkala o'g'lini topshirdi. Topgan tutganini berdi, mana shularni o'qishiga, ta'limiga sarflagin deb. Vafot etdi.
Endi Imom G'azzolida mana shu martabaga yetishiga birinchi sabab otasi. Duo qilib so'rayapti, bolam olim bo'lsin deb. Va sababini qilyapti. To'plagan ozgina bir soatidagi narsani do'stiga berdi. Bu do'sti ikkala o'g'liga sarfladi. To shu pul tugagunicha. Ammo pul tugaganidan keyin, ikkovi bolaga aytdiki, sizlarni otanglar qoldirgan sizlarni molinglarni o'zinglarga sarfladim. Endi men o'zim ham faqir odamman. Shu o'rgangan ozgina ilminglar bilan kifoya qilinglar. Endi otanglarga o'xshab borib juniga kirib tirikchilikka o'tkazinglar. Yoki menga o'xshab sofi bo'lib ibodat bilan shug'ullaninglar yoki falon madrasaga boringlar. Shu madrasa shu tolibi ilmlariga o'zi in'fo qiladi. Demak, ikkinchi omil boyagi so'fiy, imom. Imom G'azoliydi mana shuni martabaga yetishiga. Uchinchi omil birodarlar boyagi madrasa. Haqiqatan madrasani o'zini shu talabalariga, muhtoj bo'lgan talabalarga sarflaydigan mablag'i bor edi.
Bu madrasa birodarlar hozirda mavjud. Damashqdagi Umariya madrasasi va Murodiya madrasasi hozir ham bor. Birinchisi otasi, ikkinchisi uni vasiyatini bajargan do'sti, uchinchisi madrasa, to'rtinchi omil birodarlar ilm yo'lida qilgan safarlari. Imom a g'azzoli ana shu safarlarni birida ajib bir darsni oldi. Ajib bir darsini oldi. Kimdan oldi deng? Qaroqchidan oldi. Qaroqchidan. Faqihdan olmadi, muhaddisdan olmadi, qaroqchidan dars oldi.
Imom G'azzoli yoshligida ona yurtida fiqhni ta'limi oldi. So'ngra Jurjonga safar qildi. U yerdagi olimlarni qo'lida ta'lim oldi. O'rgangan narsasini hammasini daftarlarga yozdi. Ana shu safaridan qaytib kelyapti uyga, karvon bilan bular kelar ekan, karvonga qaroqchilar hujum qildi. Qaroqchilar karvonda yuradi, hammasini borib burunini tortib olishdi. Endi o'sha yonidagi xolchasiga, qopigami, so'mkasigami, nima deymiz? Yonidagi xoltasiga daftarlarni solib olgan. Qaroqchillar tortib olib oldi, ichida bir narsa bor deb o'ylab. Shunda yosh Imom G'azzoli daftarlarni so'rab yalinishni boshladi. Qaroqchilarni boshlig'iga borib turib, hech narsamni so'ramayman, shu xol tamoy bersanglar bo'ldi. Unda meni ilmim bor dedi. Shunda qaroqchilorni boshliq aytdiki, e, bu daftarlar senda yo'q bo'lsa, ilmsiz bo'lib qolar ekansan dedi.
Imom G'azzol aytadi, uni so'zini eshitib, menga to'g'ri yo'lni ko'rsatish uchun Alloh azza va jalla bu kishiga shu so'zni gapirtirdi, dedim da, ortimga qaytib ketdim. Qaytib ketib, uch yilgacha mana shu yozgan narsasini hammasini yodladi qaytadan o'qib. Mana endi Imom G'azzoli ilmi o'zi bilan. Yonib ketadimi daftarlar, kuyib ketadimi, endi hech kim bundan tortib ololmaydi.
Imomi G'azzoliyni mana shunday bir martabaga yetishiga sabab bo'lardilaridan bittasi, bu Imomi Juvayniyga shogird bo'lganligi. Imomi Juvaynniy o'zini zamonidagi eng peshqadamli olimlardan edi, ikki haramning imomi edi. Mana shu ustozidan to'g'ridan to'g'ri dars oldi. Imom G'azzoliydek shogirdi borligidan Imom Juvaynni fahrlanar edi. U kishini darsida birodarlar uch yuz ga yaqin talaba dars olar edi. Mana shularni ichida Imom G'azzolini boshqacha ko'rar edi. O'quvchilarga qarab turib, oranglardagi eng ulug'iylar G'azzoli deb qo'yar edi. Ustoz yo'q paytida mana shu G'azzoli shogirdlarga dars o'tar edi. Maktab aytardiki, bu ilm dengizi deb qo'y ar edi. Ustozini nazari tushgan edi. Mana birodarlar, Imom G'azzoli o'tganiga sakkiz yildan ko'proq vaqt o'tibdi. Sakkiz yuz yildan ko'proq vaqt o''tibdi. U kishini kitoblarini hali ham o'qib foydalanyaptimi musulmonlar? Demak, bu kitoblar asl kitoblar. Chunki sakkiz yuz yilda soxta narsa qolmas edi.
Demak, Imom G'azzoli Nishofirga keldi. Unda Nizomiya madrasasiga qo'shildi. U davrlarda birodarlar, mana shu ikkita eng katta madrasa, bu Nishofirdagi Nizomiya madrasasi va Bag'doddagi Nizomiya madrasasi bor edi. Nishofirdagi madrasaga kelib, bu yerda Imom G'azzoliy usulul fiqh, ilmul kalom, aqoid ilmlarini kibor ustozlarini o'rgandi. Imom G'azzoliy fiqhda, usulda, usulud dinda, mantiq va falsafa ilmlarida peshqadam bo'lib, o'zini zamonidagi ahli ilmlar orasida ko'zga ko'rindi.
Imom G'azzoliy mana shu Nishofir madrasasida ustozi Juvainiy vafot etgunicha turdi. Mana shu joyda uylandi, farzandli bo'ldi. So'ngra birodarlar Nizomul mulkining muaskariga bordi. Bu Nizomul mulki vazirida u kishi o'zi ilmli odam edi, ilmli kishilarni hurmat qilar edi. Mana shu Nizomul mulkini oldida bo'lgan kibor ulamolar bilan bahs qilib, munozara qilib, ilmini ko'rsatganidan keyin, Nizomul mulkni Imom G'azzoliyni hurmati el orasida yoyilib ketdi. Yosh Imom G'azzolikdagi buncha katta ilmni ko'rganidan keyin, vazir mana shu Nizomiya madrasasiga u kishini muallim bo'lib qilib tayinlab qo'ydi. O'ttiz to'rt ga kirganida, o'ttiz to'ttiz ga kirganida, uzun o'z zamonasidagi eng peshqadam jomiyada, madrasada o'ttiz to'dtiz ga kirgan bola muallim bo'lib ishlaydigan bo'ldi. Yana shuhratiga shuhrat qo'shildi.
Nizomiya mad rasasida dars berar ekan, imomni shuhratiga suhrat qo'shiqdi. Imom G'azoliyga faqatgina ahli ilmlar emas, davlat ahllari ham, hukm egalari ham bo'ynaydi. Imom G'azoliyni majlislaridan birida birodarlar besh yuz ga yaqin bir olim odam o'tirib dars olar edi. Besh yuz. Har bittasini ilmi agar bitta shaharga tarqatilsa, shaharda savodsiz odam qolmaydi. Shu darajada ilmi katta. Shunda bir ajib hissanat beraman hozir. O'tirganlardan bittasi turib aytdiki, ey Imom, hozir shom namozida o'qidik. Namozda o'qigan oyatingiz. Astaydubilla? Kulla yomin huva fii ishan. U Alloh har kuni bir ish, bir amalda. Hozir Alloh nima bilan band dedi?
Kulla yominhuva fii ishan, ar rohman surasi. Ish amalda. Hozi nima bilan ovora dedi? Mana shunday ilm egasi bo'lgan Abu Hamod G'azzoli o'ylanib qoldi. Qarang a, o'ylanibdi. Bizda bilasizlarmi, o'ylanish bo'lmaydi. Bizdan so'ralsa, u darrov javob beramiz. U mexanikami u, fizikami u, ximiya ham farqi yo'q. Iqtisodmi, siyosatmi, dinmi farqi yo'q, samolyotsozlikmi, mashinasozlikmi farqi yo'p. Bizda doim javobimiz nima?
Alloh rahmat qilsin Abu Hamad G'azoliydi. O'ylanib, xo'p, qarang. O'ylab ko'ringlar shu narsani. Bilmayman deyish yarim yil. O'ylanib turdi da, ertaga javob aytaman dedi. Ertasi kuni javob kelmadi. Haligi odam nima bo'ldi kechagi savolim? Ertaga aytaman, ertaga aytadi. Uch to'rt kun o'tib ketdi. Xullas javob kelmayapti. Mana shuncha ilm egasiga. Shunda robbisiga duo qildi namozda. Ikkal aka namoz o'qidi, peshonasini sajdaga qo'ydi, robbisiga duo qilib so'radi. Shunda tushida Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni ko'rdi.
Payg'ambarimiz unga qarab, so'rovchiga ayt, albatta, Alloh ishlarni zohir qiladi. Yangi paydo qilmaydi. Bir qavmni ko'taradi, boshqasini tushiradi dedi. Uyg'onib xursand bo'ldi da, keyingi kun darsga borib turib, javobi tayyorda. Qani hali savol so'ragandir. Turdi. Nimani so'radingiz? Alloh Taolo Qur'onda kulla yomin huva fishan. U zot har kuni ish amaldadur. Bugun Robbim nima bilan qaysi ishda dedi? Qaysi amalda dedi? Aytdi boyagi Payg'ambarimizdan eshitgan gapni. Albatta ishlarni zohir qiladi. Yangi paydo qilmaydi, bir qavmni ko'taradi, boshqasini tushiradi dedi. Deganda haligi kishi qarab turib, ey Abu Homid, tushingizda shu narsani sizga o'rgatgan zotga ko'proq salovat ayting dedi.
Qarang, qaysi darajada? Bular Allohga duo qilib iltijo qilsa, Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallam kelib o'zi javobni beryapti. Nuriddin Zan kiydak hayotini o'qiydigan mana oxirgi kunlarda. Payg'ambarimiz u kishini tushiga kelib, meni mana bu ikkita sariq odamdan qutqargin deb uch marta tushiga kirdi a? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ishga beryapti. Bu tollab olinganman dedilar birodarlar.
Shunday qilib, Imom G'azzoli birodarlar shunday bir hurmat e'tiboriga ega bo'ldi. Xalifalar u kishi bilan yaqin bo'lishiga urinardi. Abbosiy xalifalardan Muqtadiy Billa u kishidan ayrim ishlarni iltimos qilib turar edi. Undan keyingi xalifa, Xalifa Mustazhir Billah Imom G'azzoliyni o'ziga do'st tutar edi. Va mana shu xalifani talabiga ko'ra, ana shu botinilarga qarshi yozgan raddiya kitobi Mustazhir deganini yozgan edi.
Imom G'azzoliy hurmat e'tiborini cho'qqisiga chiqdi, birodarlar. Bu dunyoda intilish mumkin bo'lgan hamma narsaga erishdi. Ya'ni bizni zamonda til bilan aytganda, qo'lini qayoqqa cho'zsa yetdi. Ilm, ma'rifat, hurmat, e'tibor, shon shuhrat, hamma narsa u kishini qo'lida bo'ldi. Lekin u kishini qalbi bari g'ash edi. Nimaga? U kishida hali ilmul yaqin yo'q edi. Ilmul yaqini yo'q edi! Ichida nafsoniy kurash boshlandi. Hamma haqiqatni anglab yetishlikka harakat qilar edi. Shuning uchun barcha shon shuhrattdan o'zini olib qochadigan bo'ldi, chuqur atrofiylicha ilmiy bahslar, izlanishlar olib borishlik uchun odamlardan ajralishlikni niyat qildi. Birodarlar, imomu Abu Hamid G'azzoli insonni nafsi, insonni qalbi haqida gapirgandaqa boshqa bironta olim gapirgan emas.
O'n yil odamlardan ajrab, uzlatda yashab, o'zini nafsini tarbiyasi bilan shug'ullangan. O'n yillik o'zini nafsi tarbiyasi bilani shug'ullangan, va Alloh Taolo mana shunday qilganligi uchun boshqalarga bildirmagan hikmatni, boshqalarga ochmagan hikmatni ochgan. Bu maqsadiga erishish uchun imom Bag'dodni tarqalib, to'liq saodatni izlab, ilmiy safarga chiqdi.
Imom G'azzoli o'sha vaqtda odamlar qaysi ilmlar bilan mashg'ul bo'lyapti? Qarab chuqur o'rganib chiqdi. U davrda asosan to'rtta toifa boradi, odamlarni ichida ko'zga ko'ringan. Birinchisi faylasoflar. Filosoflar. Falsafa shunaqa ilmki, boshi bor, oxiri yo'q dengiz u. U shunday bir dengizki, bir marta tushsangiz, qaytib chiqa olmaysiz undan. Agar iymon e'tiqod bo'lmasa, Qur'oni hadisi bo'lmasa. Ikkinchi toifa mutakallimlar. Uchinchisi botininglar, to'rtinchisi mutasavviflar. Mana shu to'rala toifa bir biri bilan doim bahs qilardi. Biz haqmiz, haq ilm bizda, ammo Imomi G'azzoli mana shularni qaysinisi haq, qaysinisi botir ekanligini aniqlashlikka kirishdi va juda ham katta mehnatga qo'l urdi.
Mana shu qilmoqchi bo'lgan ishidan maqsadi, birodarlar, ahli sunnani muhofaza qilish aqidasini, bid'atdan, zalolatdan qurishligida. Imom G'azzoli mana shu haqiqatni izlashiga kirishar ekan, xulosasida qalbida bir shubha shak paydo bo'ldi. Madrasada dars berishlikka qiziqishi ham, ishtiyoqi ham qolmadi. G'ami haqiqatni topishlik. Mana shu shubhalanishlik, ikkilanishlik holatida olti oy qolib ketdi. Olti oy. So'ngra Bag'dodni tark qilib chiqib ketdi. Oilasiga kerakli narsani tayyorlab berganidan keyin, Shomga borib, ikki yil shu yerda turdi. E'tikof o'tirdi, zikrda bo'ldi, uzlatda bo'ldi. O'zini nafsini tarbiyalash, ruhini chiniqtirish, qalbini musaffo qilish bilan, axloqini tuzatishlik bilan mashg'ul bo'ldi. Ikki yil birodarlar, ikki yil.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, o'zini tarbiya qildi. Shogirdiyat Alloh shunday qilsa, qalbini Allohga bo'shatsa, boshqalarga bildirmagan bir haqiqatni, ilmni bersa. Keyin Shomga Quddusga qarab ketdi. Sahro masjidida o'zini berkitib, bu yerda ham e'tikof o'tirdi. Mana shu vaqtda o'zining eng mashhur asari Ihyoyi ulumi din, din ilmlarini tiriltirishlik deb nomlanadigan kitobini yozdi. Mana shu kitobi eng ulug' kitobi hisoblanadi.
Ko'p vaqt o'tmasdan, yana Damashqqa qaytdi. U yerga borib umumiy uylarning jomiyasida yana e'tikof o'tirdi. O'sha yili haj qilishni niyat qilib, to'rt yuz sakson to'qqizinchi yilda haj qilgani Makka Mukarramaga bordi. Qaytishda Madinaga kirdi. Keyin Damashqqa, Damashqqa kelganda ham hech kimga dars bermadi. Faqat ibodat, ruhoniyat bilan Allohni qudrati to'g'risida chuqur o'ylanish bilan mashg'ul bo'ldi. Keyin Bag'dodga keldi, ammo dars bermadi. Keyin Xurosonga ketdi. Shunday qilib o'n yil o'zini nafsi bilan ovora bo'ldi.
Ibn Kasir aytadi Imom G'azzoli ko'p ilmlarda puxta edi. Turli fanlar bo'yicha uni ko'p ta'lifotlari musulmonlar orasida keng tarqalgan. U o'ta bilimli va aytayotgan narsasining olimi edi. U kishini o'zi aytgan gapi hikmatida ekan hammasi. Juda ko'p hikmatli so'zlari bor ekan. Men bir uchtasini tanlab keldim. Yoshlar, diqqat qilib turinglar.
Abu Hamid G'azzolining hikmatlaridan. Fisk va masiyatni davomiy suratda ko'rib turishlik, qalbingda ularga bo'lgan karohiyatni ketkazib yuboradi. Va ular sen uchun oddiy narsaga aylanib qoladi. Bir gunohni doim ko'rasan, doim shu gunohni ishlatasan, sen qilmasang ham boshqalarnikini ko'rasan gunohini. Shu ko'ra olishliging shu gunohda seni qalbingga karix qilmaydi. Ko'nki qilib olasan. Qaytarib aytamiz. Fizx va ma'ziyatni davomiy suratda ko'rib turishlik qalbingda ularga bo'lgan karoqiyatni ketkazib yuboradi va ular sen uchun oddiy narsaga aylanib qoladi.
Shuning uchun g'iybat qalblar uchun yengil bo'lib qoldi. Agar odamlar bir faqihning qo'lida tilla o'zingni ko'rsa, buni darrov inkor qilishadi, ammo g'iybatga parvo qilishmaydi. Vaholanki, g'iybat og'irroq gunoh edi. To'g'rimi?
Bilasizlarmi g'iybatni Alloh Taolo vala aytab ba'dukum ba'dod. Bir yillar, ikkinchilarda g'iybat qilmanglar deb Qur'onda aytgan. Qur'on bilan harom bu. Tilla uzuk taqishlik Payg'ambarimizni so'zi bilan harom. Qaysinisini gunohi og'irroq. A sizlar o'lgan akanglarni go'shtini yeyishlikni xohlaysizlarmi deyapti Alloh. Ana, yomon ko'rdinglarmi deyaptilar. G'iybat shunaqa katta gunoh, lekin doimiy bizni ishimizda bo'lib turganligi uchun gunohligi nima bo'lmay qoldi bizga?
Imom G'azzoli aytadi saodat nima saodat? Saodat kishi o'zining nafsiga ega bo'lishidir. Kishi o'zini nafsiga ega olsa, nafsini jilovlagan bo'lsa, shu odam saodatli. Shaqovat kishiga uning nafsiga ega bo'lishi. Nafs unga ega bo'lgan kishi baxtsiz odam. Bu iqtisodiy ahvoli, sog'liq ahvoli qanday bo'lishidan qat'iy nazar. Keyingi hikmati.
Moyim so'z toshdan qattiq dillarni yumshatadi. Dag'al so'z ipekdan muloyim qalblarni toshdek qatiradi. Demak, muloyim so'z toshdek qattiq dillarni yumshatadi. Dag'al so'z,ipekdek muloyim qalblarini toshdek qaltiradi. Yaxshi gap bilan ilonidan chiqadi, yomon gap bilan qilichqinidan chiqadi, pichoqqinidan chiqad.
Keyingisi, alohida e'tibor berasizlar birodarlar. Bu bizga tegishli, bu bizning xalqimizda. Qanaqa hikmat ekan? Qarang, bu odam inson zotini qalbini ko'rib, o'rganib chiqqan inson. Alloh Taolo bu kishiga ochgan, mana shu qalbiy ilmlarni boshqa birodarga ochmagan. U kishi aytadi, bilimsiz kishilar sukut qilishganida, xaloyiq orasida ixtiloflar kamayar edi.
Biz bilmaydiganlar gapiramiz, shuning uchun ixtiro tugamayapti hayotimizda, birodarlar. A bu noto'g'ri bu deydi. Bu domla deydi fosiq deydi. A bu deydi munofiq, buni topgan xonam deydi. Sen qayerdan bilasan sening ilming bormi fatvo aytgani? Bilimsiz kishilar jim turishlikda bilishganida odamlarni orasida ixtiloflar kamaygan bo'lar edi.
Kelinglar birodarlar, bizni mutaxassisligimiz bo'lmagan, bizni sohamiz bo'lmagan ishga nima qilmaylik? To'rtta hadis. Ulamolar aytadi, mana shu to'rtta hadis Islomiy xulqlarni o'zida jamlagan. To'rt dona hadis. Kim mana shu to'rtta hadisga amal qilsa, Islomiy xulq egasiman desa adashmaydi. Bittasi.
La yu minohadukum xatta yuhib baliahiyhi ma yuhib bulinafsiyhi. O'ziga yaxshi ko'rgan narsani birodariga ravo ko'rmagunicha kishi iymonli bo'lmaydi. Demak, xalqqa tegishlik. La taqdo bolakal jannat. G'azablanma, jannat seniki bo'ladi. Man kana yu minu billahi va liyon mir ahir, falyaqul xoyran avul yasmut. Kim Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirgan bo'lsa, foydali gapirsin yoki jim tursin. Nechta oldi?
Min hosni islamil marq tarkuhu ma'la ya'nihi. Kishi unga daxli bo'lmagan ishlarga aralashmayotganligi, unga aloqasi bo'lmagan gaplarni gapirmayotganligi islomining go'zalligidandir. Demak, mana shu to'rtta hadisni kim o'zini hayotida tadbiq qila olsa, islomiy xulq egasiman deyversin. Kerak emas gapni gapirmaydi. Unga daxlibo'lmagan isga aralasha olmaydi. Nerisht qila olmaydi va musulmonlarga nisbatan qalbi sof. A zo'r a bunaqa odam bo'lsa? Demak, bilimsiz kishilar sukut qilishni bilishganida odamlarni orasidagi xilof kamaygan bo'lar edi.
Keyingisi ham bizni zamonamizga juda ham mos yigitlar. Qarang, o'sha paytda ham bo'lgan ekan. Agar bir faqihning qo'lidagi bor narsasi faqatgina fiqh bo'lsa, hamda odamlarni zalolatda va kufrda ayblashga kirishib ketgan bo'lsa, bas undan yuz og'ir. Qalbingni va tilingni u bilan ovora qilma.
Agar bir faqihning qo'lidagi bor narsasi faqatgina fi qh bo'lsa hamda odamlorni zalolatda, va kufrda oblashga kirishib kelgan bo'lsa bas undan yuz agar qalbingni va tilingni u bilan ovora qilma. Bormi hozir ukalar shu narsa? Bor. Faqat fosiq, munofiq, kofir, bular ibodat to'g'ri emas, anaqa manaqa.
Bunaqa odamlarni esdan chiqar, qalbing bilan tilingni ular bilan ovora qima deb aytyapti. Kim? Abu Hamid G'azzoli. Bu kishi bunaqalarni ko'pini ko'rgan ekan, ming yil buni ko'rib qo'ygan ekan bunaqalarni. Ehtimol Imom G'azzoliyni o'zgarishiga sabab, mana shunday bir holatga tushib qolishiga sabab, ko'p ilmlarni o'rganganligi, chuqur ilmlarni o'tganligi, dars olib, dars bergani sabab bo'lgandir. Keling, mana shu o'n yil, o'n yil faqat o'zini nafsini tarbiyasi bilan ovora bo'lish uchun chiqib ketishligini o'zidan eshitamiz. Nima sababdan chiqib ketganligini.
Imom G'azzoli aytadi men so'fiy olimlardan bo'lgan Abu Tolib Makkiyning qotul qulub va xolis al muxasibiyning va junaydning ruhoniyat haqidagi kitoblarni o'qirganman. Ularning so'z egalari emas, balki holat va vaziyat olimlari ekanini bildim. Ulardan falsafa, ilmi kalom, aqoyib, botiniya, sofiya darslarini o'rgandim. Natijada ularning barchasini mushkullarini topdim. Ichimdagi bir tuyg'u bilan ularning so'z egalari emasligini bildim. Shunda o'ylanib qoldim. Ilm talab qilish yo'li, o'qish, eshitish bilan hosil qilinadigan narsaga erishdim. O'qib, eshitib, o'rganadigan narsani o'rganib bo'ldim. Endi inson eshitishi, va o'qishi bilan erisha olmaydigan, balki suluvkiyati bilan topiladigan ilm qolganini his qildim. Maqsad oxirat saodati. Menga oxiratning saodatiga erishish faqatgina taqvo, hoy havasni tiyish bilan bo'lishi ma'lum bo'ldi. Mana shu narsaga harakat qildim.
Taqvoni hosil qilishdagi birinchi ish, qalbning dunyo bilan bo'lgan aloqasini uzishlik. Va bu yolg'on dunyodan chetlanib, abadiylik hovlisiga yuz tushlik ekanini bildim. Shunday qildim. Ammo buni o'zi ham oz ekan. Maqsadga yetish bu bilan ham to'liq bo'lmas ekan. Yana shon shuhrat, obro' e'tibor, mol u dunyodan ham yuz o'girish lozim ekan. Oxirat savdoti yetish yo'lidagi harakatimda davom etdim. Men mol u davlat, shon shuhrattga sho'ng'igan ekanman. Endi nima qilaman? Qarang, shu darajaga yetgan olim o'zini dunyoga berilib ketgan manda baho beryapti. Qachon? Ana shu nafs tarbiyasini ulamolari bilan gaplashganidan keyin, qalbini tarbiyasi bilan shug'ullanishni boshlaganidan keyin. Endi agar bu kishini qalbi dunyo bilan og'rib ketgan bo'lsa, bizni qalblarimiz nima bo'ldi ekan?
Nima bilan shug'ulaning? Vaqtini nimaga sarf qilaman? Amallarni kuzatdim. Dars berishligim eng yaxshi yo'l ekanini angladim va shunday qildim. Keyin qaysi ilmlardan dars berayotganimga ham qaradim. Nima uchun aqidadan, usuldan dars beryapman? Niyatimga qaradim. O'zimni diqqat bilan kuzatdim. Subhanalloh. Bu ulamolarni, insonlarni hayotini o'qisangiz, bunaqa qissani topmaysiz. Aytyapmiz ku, insonni nafsi, qalbini tarbiyasi bo'yicha Abu Hamad G'azzolikdaqa olim bo'lgan emas.
Faqat Allohning roziligini deb emas, balki shon shuhrat, obro'ni deb dars berayotganligimni tushundim. Shunda xorlik, jarligi yoqasiga kelib qolganini angladim. Yo'q, xorlik emas, jahannam jarligiga kelib qolibman. Agar bu yomon holatini tuzatmasam, do'zax chuquriga qulashimda shubha yo'q edi. O'ylandim. Qanday yo'l tutish kerak? Oxiratga yuzlanishlik kerak. Ammo men dunyoga iqbol qilgan insonlardan edim. Bag'dodni va undagi hamma narsani tashlab chiqib ketishni o'ylardim, ammo yana ikkilanardim. Bir qadamni oldinga bossam, ikkinchisini orqaga bosar edim. Ertalab chiqib ketishga shafqim uyg'onsa, kech kirganimda u shafqdan asar ham qolmas edi. Dunyo meni o'ziga tortar edi. Bag'dodda qolishim uchun o'zining bor oobro'yi, ziynati, shahvati va hashama bilan meni o'zga mahliyo qilar edi. Qalbimdagi iymonim menga safar qil deb nido qilar edi. Safar qil. Umring ozgina qoldi. Oldingdagi safar esa juda ham uzoq.
Imom G'azolini iymoni shunday deb nido qilyapti. Seni ilming, amaling barchasi riyo, barchasi bekor. Hozir oxiratingga tayyorgarlik ko'rmasang, qachon tayyorgarlik koirasan? Seni oxiratdan to'sayotgan to'siqlarni hozir olib tashlamasang, qachon olib tashlaysan? Imom G'azoliy davom etadi. Yana dunyodan voz kechishga, uning shahvatlaridan qochishga niyat qilgan vaqtimda shayton kelib vas vas saqlar edi. Seni qiynayotgan bu holat, bu o'tguncha, ko'z ochib yurguncha o'tib ketadi, uni o'zingni holiga qo'y. Qilmoqchi bo'lgan ishingni qara. Dunyodan vozkechmoqchimisiz? Shuncha obro' e'tibordan a? Shuncha shogirdlar shon shuhratdan a? Ha, ruhoniyatingga ozgina e'tibor qilsang, buni zarari yo'q. Ammo dunyodan voz kechma. Bu din ishidan emas.
Haqiqatdan tarki dunyochilar yo'q, birodarlar, islomda. Musulmon odam, birodarlar, o'lmaydigandaqa dunyoda tijoratini, mehnatini qiladi. O'lmaydigandaqa. Lekin hozir o'lib oladigandaqa ibodatni ham qiladi. Birini ikkinchisidan o'tkazib yubormaydi. Shunday deb vasvasa qilaverdi. Men nafsimni dunyoga chaqirishi va iymonimni oxiratga chaqirishni orasida olti oy qolib ketdim. Olti oy qoldi. Va Alloh taologa, uni madadiga muhtoj bo'lib, o'ziga duo qildim. Alloh duoyimni ijobat qildi. Men moli dunyodan, bola chaqadan, yor u do'stlardan ajralishimni oson qildi. Qarorni ixtiyor emas, majbur qilib qo'ydi. Tilim aylanmay qoldi. Duosi ijobat qilganimi shu? Dars aytishga imkon yo'q. Talabalarimni ko'ngli uchun bo'lsa ham ozgina xursand qilib qo'yay deb dars aytib yuborsam, bitta so'zni ham aytishiga qodir olmay qoldim. Ojiz bo'ldim. Robbimga, robbimga oldida hech qanday chorasi yo'q. Mustor kishini duosini qildim, Alloh duoyimni ijobat qildi.
Shunday qilib, birodarlar, Imom G'azzoli dunyoni zebu ziynatidan, hashamidan voz kechib, safar qilishlikka qaror qildi. O'zi iloma G'azzolida u aytgan martabasi, birodarlar, milliardlagan odamlardan bitta ikkitasiga nasib qiladi. Lekin mana shu martabaga yetib turib ham to'xtab qolmadi. O'sishlikka intildi, Alloh Taolo boshqalarga yopiq bo'lgan ishlarni ochib qo'ydi.
Aytib o'tganimizdek, shomga Baytul Maqtisga safar qildi. Makkaga, Madinaga bordi. U yerda ham dars bermadi. Damashqqa keldi, u yerda ham dast bermadi. O'n yil faqat o'zini nafsini, qalbini tarbiyasi bilan mashg'ul bo'ldi. Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil a'lamin. Vassalatu vassalomu alayhi ashrafil mursalin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Amma ba'd. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatu. O'tgan darsimizda birodarlar Abu Hamid G'azzoliyni hayotini o'qishni boshlagan edik. Bugungi kun inshaalloh davom etkazgan bo'lamiz. Biz Imom G'azzoliyning ilm olishdagi sa'y harakati, martabasi haqida, mashhur vazir Nizomul Mulk asos solgan eng katta madrasa, Nizomul Mulki madrasasida ustozlik qilganini, topgan shon shuhratini aytib o'tdik. Imom G'azzali mana shularning hammasidan voz kechib, oxiratga yuz tutganini, insonlardan chetlanib o'n yil yurganini aytib o'tdik. Keyin Imom o'zining yurtiga qaytib keldi. Unda bir necha yil uzlatda yashadi. Mana shu narsa u kishining holatini o'zgartirdi. Insonning botini, qalbi haqida Imom G'azzoli gapirganidek hech bir olim gapirmagan deb aytdik.
Chunki Imom G'azzoliy o'zini nafsini tarbiyasi bilan o'n yildan ortiqroq muddat shug'ullandi. Uning bu uzlati Vazir Nizomul Mulkning o'g'li Faxrul Mulk Ali Nishofirda otasini o'rniga o'tirgunicha davom etdi. Faxrul Mulk otasini ishini davom ettirmoqchi bo'ldi. Yana Nizomiya madrasasini rivojlantirishlikni xohladi. Imom G'azzolikdan shu madrasada dars berishini so'ralib qattiq turib oldi, Imom uni talabiga ko'ndi. Ammo Imomning bu yerda ishlashdagi bor yo'g'i ikki yilgina davom etdi. Ikki yilgiga talabalarga dars berdi. Sababi botiniylar tarafidan Faxrul Mulk Ali vahshiylarcha qatl qilingan edi. Shundan keyin Imom G'azzoli tusga ketdi. U yerda bir bino qurdi va unda sofiylarga dars berib, to vafot etgunicha shu yerda yashadi.
Biz yuqorida aytganlarimiz Imom G'azzolik haqida aytiladigan umumiy so'zlar edi. Endi Imom G'azzoliyning ummatga va bashariyatga bo'lgan ta'sirini, asarini ko'rib chiqamiz. Imom G'azzoli manhajiy da'vat egasi edi. U o'zining yoshlik chog'ida risolat egasi ekanligini his qildi. Bir muddat bir biriga qarama qarshi bo'lgan diniy firqalar aynigan har xil fikrlar orasidagi chang to'zonli doiralar orasida ham bo'ldi. U davrlardagi fikriy qarashlar hozirgi davrdagidan bir necha barobar qattiqroq edi. Yana u firqalarni bir biriga qarshiligi ham kuchliroq edi. Ya'ni u firqalar hozirgi zamonimizdagi firqalardan ko'ra o'n barobar ko'proq ham edi. Va ularni har bittasi o'zini haqdaman deb bilar edi.
Firqalar doirasidagi mana shu narsa diqqat e'tibor qaratilishi zarur bo'lgan muammolardan edi. Ehtimol mana shu narsa Imom G'azolini o'sha toifa, firqalarni o'rganishga, kitoblar yozishga, ular bilan bahs munozar qilishga undagandir. Imom G'azoli shunday muhitda ulg'ayishi, aqlini yetuk va puxta bo'lishi, vijdonini pok va barqaror bo'lishiga sabab bo'ldi.
Imom G'azoli ummatning muammolaridan yuzaga emas, balki unga yechim qidirar va ularni hal qilar edi. Demak, birodarlar Imom G'azzoli yashagan o'rta asrlarda g'aybiyot olami haqida falsafiy tortishuvlar juda ham ajoyib ketgan edi. Bu tortishuvlarda hamma, jumladan musulmonlar ham ishtirok etar edi. Ammo ayni musulmonlar ichidan mazkur tortishuvlardan odamlarga hech qanday naf yo'qligini anglab yetganlar ham chiqdi. O'shalarning eng ulug'i Hujjatul Islom. Abu Homid G'azzoli rahmatullohu alayhi edilar. Imom G'azzoli falsafani chuqur o'rgangan edilar.
Imom falsafaning eng katta atolaridan biri G'ayb olami, metafizika haqidagi tortishuvlar ekanini ochiq oydin aytdilar. Misol uchun, olamning azaliyligi yoki keyin paydo bo'lganligi haqidagi masala. Qadimdan falasoflar bu masalada ikkiga bo'linib olib, tortishib kelishgan. Ba'zilari olam azaliy, qadimiy desa, boshqalari olam hodis, ya'ni keyin paydo bo'lgan deyishar edi. Ikki taraf ham o'zini gapini to'g'riligi aqliy dalil olib kelar edi. Imom G'azzoli aytadi, mana shu masalada, bu tortishuv bundan keyin qiyomatgacha ham davom etaveradi. Ya'ni olamni qadim yoki hodisligi haqidagi tortishuv. Ammo undan odamlarga zarracha foyda bo'lmaydi. O'zlari ichida turgan olamning asli haqida tortishuvni ularga kim qo'yibdi? Biror narsaga baho berish uchun, baho beruvchilar uning tashqarisida bo'lishlari kerak. Shu olamni ichida turgan odam uning azaliy yoki yangi paydo bo'lganini qayerdan ham bilsin? Uni o'rniga inson qo'l ostida turgan narsalarni o'rganishga harakat qilish kerak, der edi Abu Hamid G'azoliy.
Inson aql doirasidan tashqarida ming tortishsa ham foyda bermaydigan g'aybiy olam, metafizikaga oid ma'lumotlarni esa tayyor, ishonchli manbadan, ya'ni Alloh Taoloning o'zi dinlar orqali bergan xabarlaridan olishni taklif qilardi. Imomo G'azzoli o'zining shaxsiyatida kamdan kam inson jamlashga qodir bo'ladigan narsalarni jamlay oldi. Tasavvufning ruhoniyatini ibodat sofligi bilan jamladi. Pokiza qalb, vijdon va mustahkam iymonni dunyodan zohidlik bilan birga jamladi. Yana fikriy hurriyatni, itoatni va raydagi shijoatni ham birlashtira oldi. Imomo G'azzoli nazarida falsafa va aqlga bo'lgan diqqat, e'tibor shariat hukmi doirasida bo'lishlik kerak. Yana qaytaramiz. Imomo G'azzoli nazarida falsafa va a'qilga bo'lgan dinqat, e'tiroz, shariat hukmi davrasida bo'lishi kerak edi. Imomo G'ozoli uchun sog'lom aqidani himoya qilish va bu ishda xolis bo'lish asosiy maqsad edi. Shu davrda ummat orasida ikki ulkan davlat orasida nizo paydo bo'lgan edi.
Bularni biri Saljuqiylar davlati. Ular ahli sunna bo'lgan turkiylar edi. Ular sunnatni mahkam ushlagan kishilar bo'lishgan. Ikkinchisi esa Fotimiylar davlati, haqdan adashgan, zalolatga botgan Botiniy Ismoiliylar davlati ikki davlat o'rtasidagi bu holat xatarli tus olgan edi. Nizomul Mulk va uning o'g'li ummatni haqdan ozgan narigi davlatdan himoya qilish haqida qayg'urib, bu ishni uddalay oladigan ahli sunnaning kibor ulamolarini izlashar edi.
Bu ikki davlat o'rtasidagi bir biriga qoliqish avval fikriy jabhada, so'ngra siyosiy jabhada bo'ldi. Mana shunday qiyin davrda Imom G'azzoliyning shaxsiyatini ulug'ligi ko'zga ko'rindi. Imom Botiniylarga qarshi turishda ulamolarning eng peshqadamlaridan edi. Imomning peshqadamligi uning zalolatdan qutqaruvchi, Botiniylikning sharmandaliklari, falsafaning kuchsizlanishi nomli kitoblarda yaqqol ko'rindi. Botiniylarning fikrini asosi falsafa edi. Imom g'azzoli o'zining al munqiz minat dalal nomli kitobida botiniylar haqida jumladan quyidagilarni aytadilar.
Ularda fikrlar zulmatidan najot beruvchi, shifodan hech vaho yo'q. Ularga murosa uchun muomala qilib, ta'limga va ma'sum imomga ehtiyoj borligini tasdiqlab, tayin qilgan imomlarini so'rasak, dalil keltirishdan ojiz qoldilar. So'ngra ulardan o'sha ma'sumdan olgan ilmlari haqida so'radik. Va ba'zi ishkallarni arz qilganimizda javob berish u yoqda tursin, masalani o'zini ham tushuna olmadilar. Ojiz qolganlardan keyin masalani g'oyib imomga oshirdilar. Va uning oldiga safar qilish zarur dedilar. Ajablanarlisi, ular umrlarini yo'q muallimni axtarish ila zoyi qilganlar. Va biron narsani o'rganmaganlar. Xuddi najosatga botib qolib, tozalanish uchun suv izlab, uni topganda ishlatmay ifloslikni ichida qolaverganlarga o'xshaydilar.
Imom G'azzoli beshinchi hijri asrning mujaddidi bo'lib yetishdi. Uning bu maqomga yetgani boshqa kitoblarga o'xsamagan durdona kitobi ihiyo i ulumi din kitobida ochiq va ravshan ko'rinadi. Imom G'azoli aytib o'tganimizdek, nodir, o'zgacha inson edi. O'z asrining eng aqlli, shijoatli, jur'atli, zukkov faylasofa edi. Imom G'azoli o'sha zamonda keng tarqalib ketgan, ko'p firqalarga qarshi bo'lgan, tanqidiy fikrlarni xolis islom uchun quvvat va hujjat bilan ochiq aytdi. Bundan maqsadi faqatgina Allohning rizosi, sog'lom aqidani saqlash edi. Imom G'azzoli o'zining bor kuchini Fotimiylar davlatidagi adashgan Botiniy Ismoiliylarga qarshi sarf qildi. Xalifa Mustazxir Imom G'azzoliga to'rt yuz sakson yettinchi yilda bularga qarshi bir raddiya kitob yozing deb buyurgan edi. Shunda Imom G'azzoli o'zining Botinilikning sharmandaliklari nomli asarini yozdi va mana shu kitobi Botinilarga qattiq zarba bo'ldi.
Bu o'rinda Imom G'azzolining shijoati e'tiborga molik. Botiniylarning ishi yuksalgan, ularning kishilari har tarafga tarqalgan, haloyiqni qo'rqitgan, ularni tinchligiga tajovuz qilgan vaqt edi. Forsda turib ular o'zlariga qasrlar va qal'alar qurib olishgan. Ularga kim qarshi bo'lsa, u qarshi bo'gan odam qanaqa inson bo'lishidan qat'iy nazar, qatl qilishni uddalayotgan edilar. Ulardan to'xtatishga qilingan harakatlar esa fashalga yuz tutayotgan edi. Va hozir Nizomul Mulkni va uning o'g'lini qatl qilganlar ham ayni mana shu botiniklar edi. Mana shuncha katta xatarni borligiga qaramasdan, Imom G'azzoli ularga qattiq raddiyalar berib, ularga qarshi ishlarni ochiq olib bordilar, qo'rqmadilar. Ha, bu o'rinda davlat boshlig'i imomdan shu ishni talab qilgan edi. Lekin bundan avval ham imom o'zi botiniylarga qarshi qilayotgan ishlari bor edi. Sultonning qudrati va muxlis ulamolarning harakati bir bo'lib, Islomning maqsadlarini amalga oshirayotgani, albatta yaxshi narsa edi. Imom G'azzoli o'zining falsafasida ilmni mahkam tutib, haqiqatni qidirish lozimligini uqtirar edi.
Imom G'azzolining hamma kitoblari o'ta ahamiyatli hisoblanadi. Ammo ularning ichida Ihyoyi Ulumi Din kitobi alohida e'tibor qozongan kitob. Bu kitobni hamma olimlar va toliviy ilmlar o'qigan va o'qimoqdalar. Abulqosim ibn Asokir aytadi men Imom Abulhasan Ali ibn Muslim, ibn Muhammad, ibn Ali Al Fath, ibn Ali As Salamning Damashqda kursisida o'tirib shunday deganini eshitganman.
Abu Al Kamadan bo'lgan bu so'zni zikr qilib dedi. Birinchi asrning mujaddidi Umariddin Abdulaziz edi. Ikkinchi asrning mujaddiydi ash shofiyey edi. Uchinchi asrning muj addidi ashariy edi. To'rtinchi asrning mujaddidi ibn al baqilloni edi. Beshinchi asrning muj addiydi amirul mo'min al mustarshidu billa. Ibn Asokir davom etib aytadi, mening nazarimda beshinchi asrning mujaddidi Abu Homid G'azzoli edi. U o'zining Xuroson, Suriya va Iroqdagi zamondoshlaridan o'zib ketgan edi.
Shofiy mazhabining ulug' shayxi qoziyul quzod tojiddin as subiki aytadi, o'z asrining saidi, zamonining barakoti bo'lgan orif abulhasan ash shazoli rasulullohni o'zining tushida ko'rdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, Ma'ruf Sovaiyso alayhissalomlarga maqtanib, sizlarning ummatingiz orasida mana shunday olim bormi? Dedi. U ikkisi ham yo'q deb javob berishdi.
Imom G'azoliyning ilm bobidagi eng zaif yeri hadis ilmi ekanini hamma zikr qiladi. U kishining o'zlari ham bu nuqsonni anglab, umrini oxiriga kelganda mana shu hadis ilmini egallashga qattiq harakat qilgan. Hadis olimlaridan Imom Buxoriy va Muslimlarning sahihalarini o'qib bo'lgandan keyin vafot etgan. Imom G'azzoli besh yuz beshinchi hijriy sananing o'n to'rtinchi jumadir oxirida Tabaronda vafot etdi.
Alloh subhanahu va taolo Abu Hamud G'azzoli rahmatullohu alayhni o'zini Firdavsul avlod jannatlari bilan mukofotlasin. Siz bilan bizga bu ulug' imomni hayotini o'qib o'rganib, u kishidan qolgan ulkan ilmiy merosni o'qib, undan foydalanib, o'zimizga bir foyda, ibrat namuna olishlikni barchaligimizga nasib etgan bo'lsin. Aqulu qobli ha da va astag'firulloh alayhi va alakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatu.