Maviza
—Qoralama30 daq

Tobe'inlar hayoti

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
30:00
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil a'lamin. Vassalatu vassalamu ala sayyijil a muhammadi va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ummat va'd, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh. Asrorul uzomo, ulug'larning sirlari deb nomlanadigan darsimizni navbatdagi saf. Bugun Laysi ibn Sa'd rahmatullohi alayhi haqida gaplashgan bo'lamiz. Bu kishi kim ekanligini tushunishligimiz uchun, Abu Hanifa noma'lumni Sobit Iroqda kim bo'lsa, Laysi ibn Sa'd Misrda shunday edi. Laysi ibn Sa'd Misrning Abu Hanifasi desak, osonroq tushunamiz.

Bu kishi ulug' olim, hofiz, Misrning olimi. U kishi Misrning janubida, mintaqasida to'qson to'rtinchi hijriyilda dunyoga kelgan edi. O'zining asridagi eng ulug' ulamolardan u kishi dars oldi. Ulardan Ato ibn Abiraboh. Ato ibn Abhiraboh Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhun shogirdi bo'lgan edi. Ato ibn Abboh qora qul bo'lgan edi. Uni sotib olgan hojasi, ya'ni ayol kishi bo'ladi, hojib akasi, bu boladagi ilmiga bo'lgan rag'batni ko'rdi da, Allohni yo'lida ozod qildi. Va tobeinlarning eng ulug' olimiga aylandi bu kishi Ato ibn Abiraboh. Ato ibn Abiroboh qora qulidi.

Ko'rinishi xunigidi, sochlari mayizdagidi, lekin Alloh Taolo Qur'onda aytgandek, yarfaillahi'lla dina amanu minkum va la dina utul ilma darajat. Mana shu oyat shu kishini usta haq bo'lgan edi. Alloh sizlardan ilm ato etilgan kishilarni, iymon berilgan kishilarning, ilm ato etilsin kishilarni martabasini ko'taraver. Ilm bilan birodarlar qullar podshohlar darajasiga ko'tarilgan. Shuning uchun Ummaviylarning eng qudratli xalifalaridan bo'lgan Sulaymon ibn Abdulmalik haj qilgani kelgan edi o'zini o'g'illari bilan. Mana shu qora qulni oldida tiz cho'kib odob bilan o'tirgan edi. U qoraqul bu xalifaga unaqa xalifaga qilinadigan muomalani qilmaganini ko'rib, xalifaning ikkita o'g'lini achchig'i keladi. Kim bu Qoraqul, sizni kuttirdi, yana sizga oddiy odamga muomala qilgandek muomala qildi deganda, bolalarim jim bo'linglar. Bilasizlarmi bu kishi kim? Bu kishi Ato ibn Abiraboh, Abdulloh ibn Abbosning shogirdi, Makkani muftiysi degan edi. Qoraqul podshohlardan yuqori martabaga ko'tarildi. Laysi ibn Sa'd rahmatulloh alay, mana shu Atoy ibn Abirobohning shogirdi edi. U kishi o'zini ilm talabida qilgan safarini hikoya qilib aytadiki, Makkada Imom Zuhri haqida eshitdim.

U kishi ilm, ya'ni hadis ilmida ummatning eng katta hofizlaridan edi. Yuz o'n uchinchi hijriy yilda Makkaga safar qildim. Va uni qo'lida ilm olishni boshladim. Shunda yoshim yigirma ga kirgan edi. Ya'ni ilm talabida safar qilgan edi. Bizda yigirma ga kirmaganda bo'ldi, uje ilm yo'llari nima bo'ladi? Bo'ldi endi katta bo'lib qoldi, nima qilish kerak?

Hofiz Abunayim aytadi, Lais ibn Sa'd Misrning faqih, muhaddisi va raisi edi. Bunday olimni bir iqlimda bo'lishligi shu iqlim uchun katta sharaf. Agar bunday olim iqlimi sizni yashab turgan iqlimingizdan chiqsa, sharaf faxr. Muhammad ibn Ismoil Buxoriy. Buxoroda atini kim ko'tardi? Muhammad ibnismoil. Samarqandiy, Termiziy, Imom Nasafiy. Qaranglarda. Mana shu yurtda yashagan ulamolar shu yurtni nomini butun dunyoga tarqatar ekan. Demak qaytaramiz. Ilm bilan Alloh Taolo qullarni podderjoklar martabasiga ko'taradi.

Ibn San'at aytadi, Layis ibn San'at o'zining zamonida mustaqil fatvo aytish martabasiga yetgan edi. Bu kishi mana shu Abu Hanifalati darajasidagi ilmli faqihlardan edi. O'zini mustaqil mazhabi bor edi. Lekin bu kishini shogirdlari u kishini mana shu mazhab yo'lini davom etkazmadi, o'zi bilan to'xtadi. Birodalar mana shu siz bilan biz bilgan ahli sunnaval jamoaning fiqhiy yo'nalishini to'rtta mazhabi bo'lsa, shu to'rtala mazhab boshilarini shogirdlari bo'lgan, ishlarni davom etkazdi. Shuning uchun ularni nomi qoldi. Mazhab bo'lib. Ammo ularni davrida shular bilan ilmiga teng bo'lgan ilmli odamlar bor edi. Ammo shogirdlar bo'lmadi. Shuning uchuni aytdik.

Ulug'likni sabablaridan bittasi ilm o'rganish bo'lsa, yana bitta sababi, odamlarga berish bo'lsa, yana bitta sababi shogirdlar. Shogirdlar. Demak, Layseidni Sa'd o'zini zamonida mustaqil fatvo aytish martabasiga yetgan edi. Shuning uchun, ana shu abbosinglarning xalifalaridan bo'lgan abu ja'fir al mansur o'zini vaqtida layseidni sa'adga misrni ishini qo'lingizga oling, misrni boshlig'isiz bo'ling degan edi. Lekin bu kishi ilm yo'lini tutgan, mansabni xohlamadi, qabul qilmagan edi. Abdulmalik ibn Shuayb o'zini otasidan rivoyat qiladi. Laysga aytildi.

Sizdan kitoblaringizda yo'q bo'lgan hadislarni ham eshitamiz. Ya'ni, bu kishi kitob ham yozgan edi, kitoblarida bo'lmagan hadislarni yoddan aytib bergan edi, o'quvchilari shunday so'rar edi. Kitoblaringiz da yo'q u bu hadislar. Nimaga hamma bilgan hadisingizni kitobga yoza olmagansiz deganda javob berib aytadiki, agar o'zim bilgan hamma narsani yozsam, uni mana bu otari va ko'tara olmay qoladigan darajaga keladi dedi. Shuning uchun birodarlar, ulamolarning ichida shuni kuzatamizki, har qancha kitobda ko'p yozgan bo'lmasin, lekin kallasida ana shu yozgan kitobidan ko'ra ko'proq ma'lumot bor. Shuning uchunga ulamolarga yaqin yurish kerakki, kitobini o'qimagan narsasini o'zidan eshitasan. Kitobiga yozmagan narsasini undan o'rganasan. Ulamolarga yaqin yurishlik kerak. Bu faqat siz bilan biz uchun foyda bo'ladigan narsa.

Abdulloh ibn ahmad rivoyat qiladi, ahmadimda hanbalning o'g'li. Mana ahmadimda han bal aytarkanki, lay sevni sa'd hadis ilmida ishonchli bo'lgan kishi. Ahmadimda hanval bilasizlar, hanbali mazhabining imomi hadis ilmini eng kuchli ustozlaridan. Shu kishi aytyapti, lay sevni sa'addan hadis oson bo'laveradi. Hadis aytishlikda ishonchli kishi bo'lganidan.

Ibn bukayr aytadi, laysi ibn sa'd jismonan sog'lom, badani quvvatli, kuchli, arabiy til egasi qur'on tilovatini chiroyli qiladigan nahur ilmining bilimdoni, she'rning olimi va muzokarasi chiroyli inson edi. Zo'r a? Jismonan zo'r deyapti. Aql hushi zo'r deyapti. Tili shirin deyapti. She'rni biladi, Qur'on tilovat qiladi, nahuni biladi, muomalasi zo'r deyapdi. Bunaqa odamni oldidan ketging keladimi?

Bunaqa odamdan oldiga ket. Mana ko'ringlar birodarlar, zamondoshlar qanaqa ma'no bir kishiga baho bergan. Shu'roq binni jamila aytadi. Xalifa Hishon bin Abdulmalik davridagi odamlarni bilar edim. U vaqtda Layis ibn Sa'd hali yosh bola edi. Hishomiddin Abdulmalik, Ummaviylarda xalifalarda. Misrda zamonasining ulug' olimlaridan bo'lgan kishilar, Ubaydulloh ibn Ja'far, Xoris ibn Yazid, Yazid ibn Abihabiblar hammasi Layis ibn Sa'dni taqvosini, fazilatini aytishar edi deydi. Yosh bola bo'lib turgan paytda ulamolarda ko'ziga tushgan. Axloqi bilan, taqvosi bilan, ilmi bilan. Ibn Buxar aytadi, Layis ibn Sa'ad kabi boshqa bir kishini ko'rgan emasman. Abdulmalik ibn Giyoh otasidan rivoyat qiladi. Laisdan ko'ra komilroq boshqa insonni ko'rmaganman.

Misr ahli Usmon ibn Avfon roziyallohu anhuni malomat qilishar edi. Mana bilasizlar, sahobalarni o'rtasida kechgan fitnalik kunlar bo'lgan. Usmon ibn Avfondi zinniroin, Rasulullohning ikkita qiziga uylangan, sakson dan o'tgan oqsoqolda fitnachilar qatl qilishdi. Keyin Ali ibn Abit tog'lu va Muobiyot ibn Abdusayev o'rtasida shunday bir mushkulalar bo'ldi. Misrliklar shu paytda Usmonim naffonni tanqid qilib, malomat qilib, ko'p gapirishadigan odati bor edi.

To Laisi ibn Sa'd ulg'aygunicha. Ulg'ayib, Usmonim nafronni fazilatlarini gapiraverdi, gapiraverdi, oxiri Misr ahli Usmonim nafror haqida gapirmay jim bo'ldi. Bizda ham shu narsa bor. Bular endi sahobalar haqida bedadli qilib gapirgan bo'lsa, bizda zamonamiz uromalari haqida bedadlablik qiladigan yoshlarimiz ko'payib ketgan. Jon akalar, jon ukalar, har safar aytyapmiz, u u domlalar o'zlari javob beradiroq bizni oldida. Shu ilm uchun hurmat qilib qo'yaveramiz biz.

Ibn Muborakda gapini aytdik ku, kim olimga bepisand bo'lsa, oxirati ketib qoladi. Kim sultonlarga bepisand bo'sa, dunyosi ketib qoladi! Kim do'stlariga bepisand bo'lsa, muruvvati ketib qoladi. Abdullohning Muborak birodarlar tobeinlarning ulug'laridan. Bu hasakam odamlarning gapi emas bu. Biz ham tilimizni tiyaylik, ulamolar haqida yaxshi gapiraylik.

Har biridan rivoyat qilinadi, lay sibni sa'd o'ta badavlat inson edi. Mana endi olim odamni boy bo'lganda nima ish qilishini ko'rib qo'yaylik. Uning katta tijorati bor edi. Topgan pulini sarf qilishi o'zgacha edi. Ko'p savdogar, baravlat birodarlarimiz, birodarlar masjidlarga sarf qilyapti, yaxshi. Yetim besedlarga sarflayapti, yaxshiy. Savobli o'rinlarga ifo qilyapti, juda ham yaxshi. Bularda hammasi yaxshi. Ammo bundan ko'ra muhimroq bo'lgan, ehtimol ummatga kattaroq foydasi tegadigan o'rni bor. Bu toliba ilmlarga va ulamolarga molini sarflashlik.

Tushuninglar birodarlar. Har qanday xalqni dunyo maydonida ham yuksaltiradigan narsa ilm ma'rifat. Yaponiya nimasi bilan dunyoga? Tabiiy boyligi bilan emas. Sportda erishgan natijalari bilan emas, somovarlarning ko'pligi bilan emas, aptekalarni ko'pligi bil an emas, banitsalarni ko'prligi bilan em as, texnologiyasi bilan, ilm fani bilan.

Tolibi ilmlarga, ahli ilmlarga in'fo qilamiz, yurtni yuksalishiga juda katta hissa qo'shgan bo'lamiz birodarlar. Ehtimol boyagi olimni zo'r zo'r fikrlari bor. Zo'r zo'l rejalari bor, amalga oshirgani quvvat yetmaydi, puli yo'q. Laysirniy san'at o'zini molini ulamolarga sarf qilardi. Mana shu ulamolarni tirikchilik tashvishini ko'tarib qo'ygan edi. Nima uchun? Odamlarga o'xshab yashasin, bu domla ham emas.

Butun umri ilmga, ta'lim berishga, kitob yozishlikka sarf bo'lsin, tirikchilik bilan ovora bo'lmasin. Birodarlar, maktablarga pul sarflash kerak. Ikki yuz so'm qishga pechkaga so'rasa, nima deymiz? G'udiraymizmi? Remontga so'rasa, nimani deymiz? G'diraymizmi. Qudraymizda. Kimni bolasi uchun beryapmiz?

Masalan sizga ikki yuz dollar hech narsa emas. U sinf uchun bilasizmi qanaqa katta pul u? Biz qachon ummat sifatida, mamlakat sifatida ilmga, maktabga, madrasalarga pul sarflashni boshlaymiz? Muallimlar, ustozlar, o'qituvchilarni ko'nglini ko'tarib ularni bir rag'batlantirishlikka kirishamiz, shunda o'samiz.

Ungacha futbol ko'ramiz, osh yeymiz, yarimimiz bozorda, yarimimiz balnitsada, qolganlarimiz stadionda. Shunaqa bo'lib qoldik. Biz iste'molchi jamiyat bo'lib qoldi. Laysterniy san'at qarang. Pulini qayerga sarflashni bilgan. Madinani imomi imomi molikka har yili yuz dinar oltinni yuborib turardi, har yili.

Endi imo molik tirishli tashvishidan qutulgandan keyin nima qoladi ishi? Faqat ilm o'qish va o'qitish. O'shaning uchun Imom Moliq bo'lganda u kishi. O'shaning usti Moliqiy masxabani imomi bo'lgan. Ajr kimga ketyapti? O'zi faqih, o'zi olim, Imom Moliq darajasida. Ya'ni Imom Moliqni qilayotgan ishlariga ham o'zini molini sarflaganligi uchun savobga ega bo'lyapti.

Imom Moliq Laysterni Sa'dga maktub yozdi bir kuni. Men qizimni uzatmoqchiman. Kelinga kerak bo'ladigan usfirdan menga jo'natsangiz, dedi. Ana shu zafarondan qilinadigan bir narsaki, kelinlarga beriladi. Laysterni Sa'at ana shu usfurdan katta bir tuyaga yuk bo'ladiganchasini yuklab jo'natdi. Imom Moliq o'sha usfurni oldi, o'zini qiziga kerak bo'lganini ishlabdi da, qolganini besh yuz dinarga sotdi.

Imomni Molikdek inson mana shu tirikchilik tashvishidan qutulib, faqat ilmga ajrasa, tirikchilik bilan ovora bo'lmasa, ummatga qancha foydasi tayadi, o'ylab ko'ringlar da, birodarlar. Laysevni sanashni shuni tushungan, o'shaning uchun bu kishining in'fog'ini shunday bir katta qilgan. Shuning uchun badavlat birodarlarimiz ham mana shu narsani tushunsa yaxshi bo'lar edi. Albatta bu yerda maqsad bitta odamni shaxsiy hayotini zo'r qilib qo'yish, maishatini bir o'rniga keltirib qo'yish emas. Maqsad mana shu odam tirikchilik g'amidan qutulib qolsa, o'n marta yuksaltiradigan insonlarda tarbiya qilishiga vaqti bo'ladi.

Haqiqatdan ummatga foydasi tekkan odam haqida gap ketyapti. Imom u Molik haqida. Demak, maqsad ummatni yuksalishiga hissasini qo'sha oladigan olimlar, olim ilmlarni qo'llashki, ularni tirishchilik tashvishi nima qilib qo'ymasin, ilm bilan chalg'itib qo'ymassin. Qutayba aytadi, Laysi ibn Sa'dning yillik daromadi yigirma ming dinor oltin edi.

Shuncha puli bo'lib turib, yiliga yigirma ming dinor oltin daromadi bo'lib turib, bir marta zakat bermagan bu kishi. Nima uchun? Bir yiliga yetmasam bu pulni tarqatib tugatib yuborar ekan. Demak, bu kishi shuncha pul topar ekanda, zakat beradigan kunga kelguncha tugatib yubora ekan. I nega kambag'al bo'lib qolmagan ekan qaranglar.

Keyinchalik imom ummonlikka birodarlar ming dinor beradigan bo'ldi yiliga. Ibn luhay'aga ming dinor. Oddiy la'z nasihat qiladigan mansurga ming dinor yiliga maosh berib turar edi. Bu kishilarni laysimni sa'd ummatga foyda keltirishlari uchun rizq tashvishidan ozod qilib qo'ygan edi.

Laysimni sa'tdagi ulkan ilmni ko'ring. Yana u kishidagi uzog'ini ko'ra bilishni ko'ring. Endi bizni zamonimizda birodarlar oshxona quryapti. Odamlar. Balnitsa quryapti, odamlar. Apteka quryapti,odamlar. Sport kompleks quryapti, adamlar. Stadion quryapti, adamlar. Hammom quryapti, damlar. Bari mana shu jasadimizni tarbiyasi.

Qorin va jasad. Ruhoniyatgachi? Ilm ma'rifatgachi? Yurtni yuksalishiga sabab bo'ladigan texnologiya ilm fanni ko'tarishgachi? Yo'q. Imom Buxoriyda bilasizlarmi Imom Buxorim qilgan narsa nima? Otasidan juda katta miqdorda pul qolgan. Yetim qolgan. Lekin onasi shu pulni bolani tarbiyasiga sarflagan, ilmiga sarflagan. Enay Muhammad Ali Ismoil Al Buxoriy bo'ldi.

Laysi ibn Sa'd, u kishining ulug'ligini sizlardan biri vaqtini to'g'ri taqsim qilgan edi. Vaqtini bekor o'tkazmasligi. Yoshligida ilm oldi, to'pladi, endi to'plagan narsasini taqsim qilishlik davri keldi. Aql qovli. Ha davo astag'firullohu alayhi va alakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim. Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillohi robbilal a'lamin. Vassalotu vassalomu ala saidina Muhammad va ala alixiy va ashabihiy ajma'in. Mabodo assalomu alaykum va rahmatullohu ta'lim va barakatuh. Asrorul uzlama, ulug'larning sirlari deb nomlanadigan darsimizni, mana navbatdagi sir. Lay sivni sa'd, rahmatullo ali haqida dars boshlaganidek, davom etkazamiz.

Lay sivni say'd. Bu kishini ulug'ligini sirlaridan yana bittasi, bu zot o'zini vaqtini to'g'ri taqsim qila olgan edi. Hozirchi, biz ham vaqtimizni to'g'ri taxmin qila olamizmi? Vaqtni barakasi ko'tarilganga o'xshaydi zamonimizda. Bizni o'sha yigirma to'rt soat, o'sha yigirmata o'rt soat akalar. O'sha yigirdma to'rt soatcha yer bir krug aylanyapti. O'sha tezlik, o'sha tezilik.

Bu kishi mana ashxabiddin abdulazizdan aytar edim. Laysevni sa'd bir kunini to'rtta majlisga bo'lar edi. To'rtta majhlis. Birinchisi, hokimning majlisi. Ya'ni hokimni ishlariga ko'mak berish. Savollarga javob berish, hukm chiqarish, biror bir yangi bir masala chiqadigan bo'lsa, bunga javob berish. Qo'yingki, birinchi majlisi, ertalabki majlisi hokimiyatni ishida qo'ying, ummatni ishida qoying. Demak, birinchi majluisda davlat ishlariga hokim yordam berar edi. Yana laysenniy sat mana shu qozilarni va hokimlarni qilayotgan ishida bir xato ish bo'lsa va bu xato doimiy suratda. Bu xatolar takrorlanishi ko'payib ketsa, xalifaga maktub yozar edi. Xalifa lay'sirni sardni gapiga qarab turib, qozini yoki bo'lmasam hokimni almashtirar edi.

Ikkinchi majlisi hadis egalari bilan bo'lgan majlisi. O'zini xos shogirdlari. Ilm uchun ajragan xos shogirdilar. Endi bu majlisga hadisni biz ham o'rganaylik deb keladigan odamlar bo'lar edi, savdogarlar, hunarmandlar, bozorchilar. Ular ham hadis o'rganamiz deb xos shogirdlarni majlisiga kelar edi, lekin Lay'sirni Sa'd buni ko'p ham xush ko'rmas edi. Chunki ilm o'qiyman degani yaxshi yu, baribir bozorchi odam darsga kelganda hayoli qayerda turadi? Bozorchi odami hayoli baribir bozorda turadi derdi da. Bu xos majlisiga ularni kelishini yoqtirmas edi. Uchinchi majlisi, bu ilm majlisi bu ham. Endi bu omma uchun ochilgan ilm majlisi. Bu savol javoblar majlisi deb qo'ying. Endi bozorchimi, hunarmandmi, kim bo'lsa kelaverardi. U kishi mana shu savollarga javob berardi da, umumiy dars berar edi. Qarang, dars xonasi ikki xil bo'lyapti. Xos shogirdlarga bo'lgan alohida dars va umumiy hammaga beriladigan dars. To'rtinchi majlisi majlisi o'zini ahli oilasi bilan o'tiradigan majlisi edi.

Laysi ibn Sa'd rahmatullohu alayh odamlarning qalbidan joyigan edi. Odamlar u kishini yaxshi ko'rar edi. Chunki birodalar go'zal xulq egasi edi. Muloyim edi muomilasi. Axloqi go'zal edi. Dinni yarmi go'zal xull. Dinning yarmi go'zali xulq. Laysi ibn Sa'd aytadi, sakson yoshga kirdim, biror marta ham birov bilan mujodala qilib tortishmaganman. Bid'atchi, xurofotchilar bilan tortishmaganman.

Hofiz Abu Nayim aytadi, Laysi ibn Sa'd, Imomah Uzoiy, Imomul Moliklar davrida bid'atchilarni ishi ko'tarilmagan edi. Bor edi, lekin unaqa kuchlanib ketmagan edi. Sunnat zohir edi, sunnat aziz g'olib edi. Ammo undan keyingi davrda mana imomahammadiddin ahambal davrida fitnachilarni ishi o'tkazilib ketdi. Mana Mutazilalar xalifalarni o'zlariga og'dirib olib, mana yigirma yil mobaynida mana shu Mo'tazilalarni fitnasi bo'ldi. Shunga o'xshagan fitnalar chiqqandan keyin ulamolar ular bilan bahslashdi, tortishdi, xatolarni bayon qilishdi xalqqa va ularning o'zlariga ham. Bu yerda shu narsani bir xulosa olamizki, Layth ibn Sa'd davrida bid'atchilar zohir bo'lmaganligi uchun Layth ibn Sa'd ular bilan olishmagan. Bizni oladigan xulosamiz ulamolarni o'rtasida bo'lgan ixtilofli masalalarni avom xalqni orasiga olib tushmasligimiz kerak, agar biz ilm talabida yurganlar bo'lsak. Tushunarlimi? Ulamolarni o'rnatsa qandaydir qarama qarshiliklar, ixtiloflar bo'lishi tabiiy hol. Ammo shu ixtilohlarni tushunmaydigan, bularni farqiga bormaydigan avom xalq orasiga olib turishuvdi, qaravskiy bo'linish boshlandi. Bu ulamolarni o'rtasida bo'ladigan bahs edi, o'sha yerda qolishi kerak edi o'n etajda.

Tushunarli e, birodarlar? Biz ixtiroli masalalarni ko'tarmaymiz. Ixtiroli masalani ko'tarmaymimiz. Demak, Laysevni sababni zamonida bunday bir fitnali masalalar ko'tarilgan emas. Shuning uchun bu kishi ular bilan olishmagan ham. Bakiriddin Muzor aytadi, Misrning vorisiga Marvon Umid Muhammadning maktubi keldi. Marvonunni Muhammad bu Ummaviylarning xalifalaridan, oxirgi xalifalaridan. Maktubda shunday deyilardi men sizlarga fasohat egasi bo'lgan bir badaviy arobiyni yubordim. Arobiy, sahroi, fasohatlik til egasi, orangizda mantiq va qazo ishlarida unga ta'lim beradigan kishini tanlaylar, unga Misr ahlining ilmi o'rgatilsin. Ya'ni Misrliklarga xalifa odam jo'natdi, o'zinglardagi ilmni o'rgatinglar, ichinglardan bitta odamni tanlanglar. Shunda mana shu arobiyga, Misrliklarni ilmini o'rgatishlik kerak bo'lgan odam Laysebni Sa'd ekanligiga hamma Misr ahli, Misr ulamolari ittifoq bo'lishdi. Vaholanki bu paytda Laysebni Sa''dga ustozlik qilgan ulug' olimlar bor edi. Lekin shular ham tan olyapti, Laysebni Sa't o'rgatsin deyapti.

Qarang mana Laysonni Sa'dni martabasini nima ko'tardi birodarlar? Odamlarni ayrimlari yodlab qo'ysanglar olim bo'lib qolasan deydi, bu noto'g'ri. Yodlab qo'sh deydi o'zi bilan inson ilmli bo'lib qolmaydi. Insonda iroda bo'lishi kerak, xohish bo'lishi keraks, o'tkir aql zakovat bo'lishligi kerak, fahm farosat bo'lishi keraki. Chunki shariat maqsadini tushunishlik kerak, ilm o'qiyotgan odam. Shariatni maqsadi nima? Bilasanmi? Beshta maqsadi bor shariatda. Aqlni saqlash, nafsni saqlashni, molni saqlash , oborotni saqlash. Shu shariat maqsadlarga to'g'ri kelyaptimi seni qilayotgan ishing? Odamda ozgina fahm ham kerak bo'ladi.

Ahmadiddin solih aytadi. Horun ar rashid, mana abbosinglarni eng qudratli xalifalaridan. Bir masalani arz qildi. O'zini atrofidagi olimlarga. O'zini bir mushkulasini arz qildi. Ular yechim topib berisha olmadi. Mushkulasi nima edi? Horun Rashidni xizmatkorlardan bo'lgan Abulhasan aytadi, Horun Rashid Laysimni Sa'dga dedi. Mana endi mushkulasi.

Men qasam ichib qo'ydim, shu qasamimdan gunohkor bo'lmasdan chiqmoqchiman dedi. Laysimni Sa'at, nima deb qasam ichdingiz? Horun Arashid aytdi, men meni ikkita jannatim bor, Allohga qasam, deb qasam ichib qo'ydim dedi. Va Allohga meni ikkita janatim bor dedi. Endi o'zini atrofidagi ulamolarga aytuvdi, ular aytishdiki, sizni ikkita jannatingiz yo'q. Endi ro'za tushingiz kerak, kafforat, xullas, yechim yo'q bundan boshqa. Mana endi Laysimni Sa'dga aytyapti. Nima qilaman, qanday qilsam qutulaman qasamimdan degandi. Laysimni Sa'at aytdi. Allohdan qo'rqaman deb qasam iching dedi. Dedi, a bu gapni bu masalaga ham aloqasi bor dedi. Allohdan qo'ryapman deb qasam ichin dedi. Allohdan qurqaman, Allohdan qasam dedi. Yana qasam iching dedim. Allohga qasami Allohdan qo'shaman dedi. Uch marta qaytarib turdi.

So'ngra siz hasamingizdan qutuldingiz dedi. Qanday qilib? Ar rahman surasida alloh taolo astaydu billah, valiman xafa maqom ma robbixi jannatan degan. Parvardigori huzurida turishdan qo'rqqan kishi uchun ikkita jannat bor. Mana endi siz ikkita jannatingiz bor, dedi. Chunki nima deb qasamishdi? Allohga qasam, Allohda qo'r qaman, degandi. Endi Allohda qo'shganga nima va'da bor? Ikkita jannati. Horun al shid xursand bo'lib ketdi mushkurasini hal qilib berganiga. Mana akalar bu laysibn sa'dni fahmiga, farosatiga, tezfikit qilishiga bitta dalil oladi. Mana shu chiqarib bergan fatvosi uchun, shu mushkuladan chiqargani uchun Misrdagi juda bir katta bir xayriyatlardan o'shishiga ato qildi, sovg'a qildi.

Xalifa Mahdiyning vaziri Yoqub ibn Dovud rivoyat qiladi. Laysibn sa'd iroqqa kelganida, xalifa mahdi menga mana bu shayxni o'zinga lozim tut. Rasulullohdan qolgan ilmni ko'targanlarning orasida mana shu kishidan ko'ra ilmiroq kishini yo'qligini aniq bilaman, dedi. Xalifa Mahdi mana shu Abbosidlardan, xalifalaridan. Rasulullohda qolgan ilmda o'rganganlarning ichidagi eng bilimligi mana shu odamni men aniq bilaman dedi da. Haqiqatdan Laysovni Sa'd ulkan ilm egasi edi. Imom Shofiy rahmatullohu alayhi. Imom Shofiy bilasizlar, Madinani, Imom Darul Hijraning imomi, Imom Moliyni qo'lida ta'lim olgan. Imom Molikning shogirdi, Imom Shofiy. Endi Imom Shofiy aytyapti.

Layssirni Sa'd Imom Molikdan ko'ra faqihroq va bilimliroq edi. Lekin uning shogirdlari uning ishini davom ettirishmadi. Imom Molikni mazhabi bor, Moliki mazhabi. Musulmonlarning ko'p qismi mana shu mazhabni ushaydi. Endi Laysterni san'atda ilmi Imomni Molikdan baland ekan u, lekin u kishini mazhabi davom etmadi. Nima uchun? Chunki shogirdlari ko'p emas edi, shogirdlari u kishini ishini davom etkazmadi. Shuning uchun birodarlar, ulug' insonlarni amallarda yana bittasi shogird qoldirishlik. Faqat kitob yozishni o'zi kifoya qilmaydi. Shogird qoldirtirishlik kerakki, siz boshlagan ishni nihoyasiga kamoliga yetkazadiganlar shogirdlar bo'ladi. Demak, Laysi ibn San'atni ichida mana shu narsa ozroq bo'lganligi uchun u kishini ilmi, u kishini mazhabi davom etmadi.

Laysi ibn Sin'at rahmatullohu alayhi sakson bir yoshida vafot etdi. U kishiga janoza o'qilganida, hali Misrda bunaqa katta janoza bo'lmagan edi. Misr ahlini hammasi u kishini janozasida qatnashdi. Misrning faqihasi, Misrning imomi, Misrning raisi, Laysidni Sa'dning hayoti mana shunday bo'ldi. Ummati Muhammadiyaning bulug' ichishsi, uni hayotini o'qidik, endi nimani xulosa qilib olamiz? Bu kishining ulug'ligining siri nima deydi?

Ummat ul-Muhammadiyaning bu urug'chisi o'tkir zehnini, mustahkam irodasi, jiddiyligi va mehnatga sabrli bo'lishi bilan mana shunday yuksalikka yetishdi. Xalifalardan biri Misrni ishini qo'lingizga oling, Misrga siz hokim bo'ling deganda, men bu ishga zaiflik qilaman, deb unamagan edi. Undan tashqari men mavlolardanman degan edi. Mavlolardan, ya'ni sayyidlardan qomuni urug'larini oilasidan emas, laysirni sardni ulug' qilgan narsa urug'i bo'lmadi. Nasr nasabli xonadondan chiqqanligi bo'lmada. Balki nima bo'ldi? O'tkir zehni, mustahkam irodasi, jiddiyligi, mehnatga sabrliligi. Mana shu narsalarni u kishini olib chiqdi.

Alloh Taolo unga bergan ulkan boylik u kishini ilmdan to'sib qo'ymadi. Balki ana shu pulini din yo'lida dinga xizmat qilishlikka, dinga sarf qildi birodarlar. Ko'ring, bu katta boylik u kishini qalbiga joylashmagan edi. Qo'liga joylashgan edi. Pul boylik ikkita joyda turadi. Yo qalbda, yo qo'lda. Shu dunyosi qalbiga kirib qolgan insonlarni shu dunyosi boshqaradi. Shu puli boshqaradi, shu puli ko'payish uchun hamma narsaga tayyor, shu pulini yo'qotib qo'ymasligi uchun har qanday ishga tayyor. Ammo Layyi ibn Sa'd shunaqa boy odam bo'lganligi bilan ilmli odam edi, dunyosi qo'lida turgan edi. Shu sababli Layyi ibn Sa'd uni o'zini o'rniga sarfladi. Ilmga, ilm ahliga. Va mana shu bilan ana shu kishilarni qilgan ishlaridan ham o'ziga ulush nasiba oldi. Alloh Subhanahu va Taolo mana shu ulug' insonlarni hayotini qilib o'rganib, ularda sizlardan boxabar bo'lib, o'zimizni va farzandlarimizni tarbiyalashlikda qo'llashlikka imkon bergan bo'lsin.

Aqlu qovli ha'da va astag'firulloh ili valakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Keyingi darsni tinglashTobe'inlar hayoti