Maviza
—Qoralama14 daq

Tobe'inlar hayoti

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
13:50
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil a'lamin. Vala aqibatu lil muttaqin. Vassalatu vassalamu ala sayyidina Muhammad as sodiqul va'idil amin va ala alihi va sabihiy ajma'in. Inna bayt. Assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh. Bismillahir rohmana rohim. Kechagi darsimizda birodarlar, tobenlarning ulug'laridan Urva ibn Zubayr rahmatullohalining hayotini boshlagan bo'ldik. Urva ibn Zubayr kim edi? Nasl nasabi qanday edi? Islomni nasl nasabga bo'lgan qarashi qanday bo'ladi? Urva ibn zubeyrahmatullohalih xalifa umarul foruq xalifaligining oxirgi yilida dunyoga keldi.

Bu ulug' tobinni nasabini kimligini bir aytib o'tishligimiz kerak. Qarang, agar birodarlar nasl nasab masalasida da, agar inson kofir bo'lsa, ma'siyatga botgan bo'lsa, nasl nasabi kim bo'lishidan qat'iy nazar bu odamni qadri yo'q islomda. Qaytarib o'tamiz. Falonchi eshonni bolasi bo'lmaysizmi? Falonchi muftiyni nevarasi bo'lmysizmi? Agar siz ma'siyatda bo'lsangiz, gunolarga botgan bo'lsangiz, siz hech kim massiz. Chunki Abu Lahab ham Payg'ambarimizning amakisi bo'lgan.

Astaydu billah tabbatiyada abiy lahobin va tabb ma''una anhu ma'luhu va ma'kasab. Abu Lahabning qo'llari qurigay, halok bo'lgay. Aniqki u qurdi, halok bo'ldi. Ya'ni Abu Lahab Payg'ambarimizni o'zini amakisi. Abdulmutto'li ibn bolasi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tug'ilganida, mana shu Abulahab, o'zini ismi Abduluzzoq bo'lgan.

Kenja ukasi Abdullohdan bitta o'g'il farzand yodgorlik bo'lib qolganiga xursand bo'lib, ana shu o'g'il tug'ildi deb xabar olib kelgan cho'rini ozodsan deydi, xursandchiligiga, so'yinchisiga. Payg'ambarimiz tug'ilganda shunaqa xursand bo'lgan, shunaqa quvongan, lekin iymonni Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hidoyatni olib kelganda qabul qilmadi, Abdulmutto'lipni bolasi bo'lganligi. Rasulullohni amakisi bo'lganligini hech qanday qadr qiymat olmadi. Shuning uchun otasini, bobosini, kimligini aytib faxrlanadigan akalar, agar shularni izidan ketayotgan bo'lsangiz, nur ustiga nur, toj ustiga toj bu. Ham iymondasiz, ham e'tiqoddasiz, ham nasl nasabingiz zo'r. Nur ustiga nur.

Ammo faqatgina ularda nomi bilan faxrlanishlik bo'lsa, dindan uzoq bo'lgan holda. Bu odamni Islom qadrlamaydi. Agar iymon bor bo'lsa, nasl nasab, toj ustiga toj bo'ladi. Mo'min kishi, albatta, iymoni bor, e'tiqodi joyida, taqvoda, ibodatda qoyim. Yana nasl nasabligi ham bo'ladigan bo'lsa, musulmonlar doirasida bu kishining e'tibori, hurmati ziyoda bo'ladi. Qiymati ortadi.

Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam abu hurayra roziyallohu anhun rohi bo'vat qilingan hadis aytadilar, mana alloh taolo payg'ambarizga va'an dir ashirot akal aq robin yaqin qarindoshlaringizni ogohlantiring allohni azobidan degan oyatini tushirganida, o'zini urug'ini yig'di hammasini. Yig'ib turib, ya bani Abdumanaf, ishtar u anfu sakku minalloh. Ya bani Abdulmuttolep, ishtar u amfu sakku minallohnoh. Ey, Abdumanofni farzandlari, o'zinglarni nafslaringizni Allohdan sotib olinglar. Ey Abdulmutolibni bolalari, o'zinglarni nafslaringlarni Allohdan sotib olinglar. Ya umma Zubayrim dil avvam. Ya Fotiba binti Muhammad. Ishtariya an fursa ko'mamin Allohdan. Ey Zubayrni onasi. Ey Muhammadni qizi Fotima. Allohdan o'zinglarnni nafsinglarni sotib oling lar. La amliqula ko'mamin allohi shay'a. Salani minmali mana shu ituman. Allohni oldiga borganda men sizlarga hech narsa qilib bera olmayman. Meni molimdan har qancha bo'lsa so'raveringlar. Ammo Allohni oldiga borganimda meni foydam tegmaydi sizlarga.

Muhammad alayhissalomni qizi bo'lgan chog'ida, Fotima zaharo bo'lsa ham taqvoda, ibodatda bo'lishligi shart qilinyapti. Shuning uchun otamizni, otani aytsak, albatta faxrlanamiz, yaxshi odam bo'lgan bo'lsa, nur ustiga nur, ammo ularni izida ketayotgan bo'laylik. Chunki Nuh alayhissalomni o'g'li ham birodalar, Nuh alayhissaomni o'g'lida. Ammo kofir bo'ldi. Alloh rozi va jala Nuh alayhussalomga seni zurriyotingni men o'zim saqlab beraman deb va'da bergan edi. Ammo bir o'g'li kofir bo'ladi, suv tagida qolib ketdi. Shuni Nuh alayhisson duo qildi. Astaydubillah, va naadaa nuhum robbahu qori robbi innabini min ahli. Va inna va'da kal haq va antarhamul haqimin. Nuh parvardigoriga nido qilib dedi. Parvardigorim, albatta o'g'lim ham mening oilamdandir. O'g'lim meni zurriyotimdan, meni ahlimdan.

Seni ahli oilamga najot berishing xususidagi va'dang haq va'dadir. Sen eng adolatli hukm qiluvchisan. A parvardigor saqlab beraman deding u zurriyotingni. O'g'lim meni zo'r yotimidi, qolib ketdi yu deganimda, innina xulaysa meni ahlik dedi alloh. U seni ahlingdan emas dedi. Garchi seni pushti kamaringdan bo'lsa ham, seni tutgan iymon, e'tiqodiyoning tutmagan bo'lsa, u seni bolang emas dedi.

Demak, nasl nasab bilan faxrlanishlik qachon to'g'ri bo'lar ekan? Urva ibn Zubayr. U kishining otasi. Urvaning otasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning havoreysi, islomda birinchi bo'lib qilich ko'targan asharay mubashsharani biri Zubayriddin al Avom roziyallohu anhu edi. Bu kishilarni tarixini, hayotini o'qisangiz, qanaqa erkaklar bo'lganda bularchi? Zubayriddin al Avom roziyyallohu anhu islomdagi eng ko'zga ko'ringan lashkarboshilardan, eng kuchli jangchilardan bo'lgan.

Mana shunday insonda bolasi bo'lgan. Katta bo'lsam, dadamdaqa bolaman deydi bizga keladi. Chunki dadasini qanday ko'rsa, dadasi, har bitta o'g'il bolaga yoshligidan ko'mir birinchi odam dadasi bo'ladi. To'g'rimi? Dadasi nima qilsa, shuni takrorlaydi. Jannat ovoziga kelsa, jannat ovozi kelib turib oladi. Bunday qilib qilayotgan bo'lsa, bunday qiladi.

To'grimi? Bilasizmi, hatto siz televizor ko'rib yotgan paytingizdagi haligi pozangizni ham kopirovat qiladi. Qanday oyog'ingizni chalmashtirib, qanday malaka qilib yozib, xuddi shunday ko'radi. Chunki otasida ko'rganda bu narsani. Bu kishini otasi Zubayriddinul Avvom roziyallohu anhu bo'lgan. Likulli nabiyni havoriy va havoriy Zubayriddino al Avvom degan Payg'ambarimiz. Har bir nabiyning havoriysi bo'ladi, eng ishongan odami. Meni havoriym Zubayriddina al Avvom deydi.

O'rvaning onasi kim edi? Zotun nitoqayn Asmo binti Abu Bakr. Abu Bakrning qizi Asmo. Onasini otasi kim bo'lyapti? Abu Bakr Siddiq. Va allohi ma'da sal arda badal ambiya xoyrun min abiy bakr degan Payg'ambarimiz. Allohga qasam, Payg'ambarlardan keyin yerni bosgan eng afzal inson Abu Bakr degan.

Alloh Taolo Abu Bakr Siddiqni Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning do'st ekanligini Qur'on deb bayon qildi. Id yaqul ili sohibihi la taqzam. Vaqtiki Payg'ambar ana shu g'orda o'tirganida o'zining hamrohi, o'zini do'stiga mahzun bo'lmang. Zera Alloh biz bilan dedi. Ma zonnuka ya Abu Bakr bi isnayn allohu salihuhima. Hadisni qarang. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Abu Bakr bilan g'orda o'tirib, mushriylar g'orda og'ziga kelib, gaplashib turganini eshitib, Abu Bakr yig'ladi. Chunki ko'rib qolishsa Payg'ambarimizga ozod etishi mumkin. Xotirjam bo'ling dedi Payg'ambar emas.

Ey Abu Bakr, uchinchi sherigi Alloh bo'lgan ikkita odam haqida nima deysiz deyapti. Muhammad alayhissalomni yonida kim? Ikkinchi odam Abu Bakr. Payg'ambarni sherigi bo'lgan bu o'rinda. Urvaning otasini onasi Sofiya bint Abdulmutto'lip. Abdulmutto'liqning qizi Sofiya, Payg'ambarimizni ammasi bo'ladi. Oysha onamiz Um mul mo'miniyning, Urvaning xolasi bo'ladi. Qarang birodarlar, otasi Zubayrubning avom. Onasi Asmo bint Abubakr. Bobosi Abubakr Siddiq. Ota tarafidan buvisi Sofiya bint Abdulmuttoleyp, xolasi Oisha roziyallohu anhoh. Qanaqa narsalar?

Oisha onamiz vafot qilganida, dafn marosimida mana Urva ham qatnashgan va Oisha onamizni qabriga tushib, qo'li bilan lahadini tekislab, dafn qilishlik qatnashgan. Urva ibn Zubayr ilm tarafidan. Urva ibn Zubayrni ana shu yoshligida qilgan orzusini xabarini topdik. Ollohga duo qilgan edi, o'zini ibodati eng sevimli narsa bo'lishini, undan bo'lgan qo'rquv eng qo'rqinchli narsa bo'lishingini Ollohdan ilm talab qilgan edi.

Urva ibn Zubayr tirik davrida, bor paytida, o'zini davrida sahobalardan nechtasi tirik qolgan bo'lsa, ularni hammasini umrini, vaqtini g'animat bildi. Ularni uyga borib ziyorat qilar edi. Ularni orqasidan namoz o'qir edi. Ularniy majlislarida guvoh bo'lardi, qoldirmas edi. Kimlardan ilm oldi? Kimlarni ko'rishlikka nasib qildi Olloh? Ali ibn Abit Olib, Abdurahmon ibn Avf, Zaydimni Sobit. Abu Ayyub Ansoriy, Usomat ibn Zayd, Said ibn Zayd, Abu Hurayra, Abdulloh ibn Abbos, No'mon ibn Bashir, mana shu sahobalardan ko'p rivoyatlarni qildi. Qarang qanaqa baxtli odamlar va kimlarni ko'ryapti? Kimlarni ko'taryapti?

Yana katta bir ilmni o'zini xolasidan oldi. Umul mo'miniy, Oisha roziyallohu anhoda. Shunday qilib, o'rvotibni Zubayr odamlar o'zlarini bir savollari bilan murojaat qiladigan Madinaning yetti faqihidan bittasiga aylandi. Ko'zga ko'ringan yettita faqih bo'lsa Madinada, bittasi o'rvotibdi Zubayr edi. Birodarlar, ilm shunaqa narsaki, borlig'imizni bersak, ilm bizga bir qismini beradi. Ilmga borlig'ingizni bersangiz, u faqat bir qismini beradadi. Agar bir qismingizni bersangz, hech narsani berib bermaydi. Bu nima degani? Yoshlikda ilm o'qib qolishlik kerak degani.

Xotin yo'q, bola chaqa yo'q, ro'zg'or tashvishi yo'q, faqat o'zingizni joningiz bor. Yoshligida ilmga e'tibor berishlik kerak. Kishi ilm talabida yurar ekan, ilm o'rganishidan to'xtab qolmas ekan, u odam olim. U odam ilmli. Ammo, men ilmli bo'ldim degan kuni, men bildim, olim bo'ldim degin kuni, bu odam to'xtadi. Tushunarlimi? Shuning uchun men olimman deyilmaydi, men talaba ilmman deyiladi. Men ilm talabada yurgan odamman deyiladi, har qancha boshingiz osmonga yetsa ham. Shaharda eng birinchi qori bo'lib ketsangiz ham, eng birinchi mulla bo'lib ketsa ham, kimsiz? Tolibiy ilm. Ilm talabada turgan odam.

Ayrim jomiyalarda shu jomiyani muallimlarini ilmini, saviyasini, ilm darajasini tekshirishlikni ajib bir yo'lini qo'llashar ekan. Nima qilar ekan? Talabalarni yig'ib turib, boshqa bir jomiyadan ilm darajasi baland peshqadam bo'lgan boshqa muallim olib kelinadi va mana shu domla dars o'tadigan fan bo'yicha o'quvchilarga leksiya o'qiydi.

Haligi domla ham kirib o'tiradi. Boyagi peshqadam, muqaddam degan muallim bolalarga leksiya o'qir ekan, o'qituvchilar, o'qituvlini qilayotgan darsidan o'quvchilar eshitib, o'zini o'qituvchi taqqoslari ekan. Va boyagi muallim o'zi ham kibr qilmasdan kirib o'tirsa, daftar qalamini olib yozib o'tirsa.

Bu o'quvchi o'qituvchiga nisbatan hurmat ziyoda bo'lar ekan o'quvchi. Chunki bilmagan narsasini yozishingdan kibr qilmayapti. Tushunarlimi? Ilm talabida yurgan, Qur'on o'qigan, diniy bilim o'rgangan birodarlar, biz bilmagan narsamizni birodar so'rab o'rgangani kibr qilmasligimiz kerak. Chunki ilmni ikkita narsa to'sib qo'yadi. Nima edi?

Ikkita odam ilmli bo'la olmaydi. Kibrli odam va uyalchang odam. Uyalchang odam so'ragani uyalib, ilmsiz qolib ketadi. Kibrli odam shuni ham so'raymanmi deydi da, ilmsiz qolib ketadi. Demak, inson birodarlar doimiy suratda ilm talabida bo'lishligi kerak. Aqulu qovli ha'da va astag'firulloh alayhi valakum, assalomu alaykum.

Keyingi darsni tinglashTobe'inlar hayoti