Maviza
—Qoralama32 daq

Tobe'inlar hayoti

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
31:45
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilen amin. Vala oqibatu lil muttaqin. Vassalatu vassalamu ala saidina muhammad as sodiqul va adil amin. Va ala alihi va ashabihi ajma'in. Innavat, assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh. Umar Abdulazizni Urva ibn Zube'ni ilmiga bergan bahosi. Umar abdul aziz hali xalifa bo'lmasdan avvalgi payt bu. Validim Abdulmalik. Madinaga vali qilib Umar ibn Abdulazizni tayinladi. Umar ibn Abdulaziz keyinchalik xalifa bo'lgan bilasizlar.

Umar ibn al abdulaziz madinaga kelganida madina ahlini kutib oldi va muborakbod etishdi. Voli, yangi voli, yangi amir peshin namozini o'qib bo'lganidan keyin Madina faqihlaridan o'n kishini chaqirtirdi. Ularni boshida o'rvotib nusuba eradi. Ular voliyning majlisiga kelishdi. Voliyularni chiroyli kutib olib, ularga izzat ikrom ko'rsatdi. So'ngra, Umar ibn al Abdulaziz Allohga ham, Payg'ambar alayhissalomga salovat aytganidan keyin shunday dedi. Men sizlarni bir ish uchun chaqirtirdim. Albatta, sizlar uchun bu ishda ajr bor. Haq ustida menga yordamchi bo'lasizlar. Men sizlarno raylaringizni, fikrlaringizni bilmasdan turib, biron qaror qabul qilmayman. Agar birortanglar, birovni birovga zulm qilganini ko'rsa, yoki meni tayinlagan ishchilarim haddidan oshgani eshitsa, mana shu xabarni menga eshittirsin. O'rtaga Allohni nomini qo'yib so'rayman. Urvatovni Zubayr yangi volining haqiga, ruchda hidoyat tilab haqiga duoi xayr qildi. Umariddin Abdulaziz, birodarlar, bu xulofa roshdlarning beshinchisi deyiladi. U kishi haqida malohida dars qilamiz. O'zini oldiga Umar ibn Muzaxm ismli bir kishini hamroh qilib tayinladi va aytdiki, doim yonimda yur.

Agar meni birovga zulm qilayotganimni ko'rsang, yoqamdan ushlab turib qattiq siltab topginda, aytgan ki, ey Umar, Allohdaan qo'rq. Chunki ertaga sen ham o'lasan. Ertaga Allohni oldida turasan deb meni eslatib qo'y dedi. Demak, birodarlar, rahbar bo'ladimi kishi, rahbar bo'lmaydimi, oddiy bo'ladimi? Qachon u muvaffaqiyatli inson bo'ladi? Qachoniki, kamtar bo'lsa. Mana shu muvaffaqqiyatli insoni yana bitta alomati, maslahatga quloq tutadi va tanqidni qabul qiladi. Odamlar uni kamchiligini kelib, yuziga aytib, odob bilan, axloq bilan tanqid qilib aytsa, qabul qiladi . Chunki tanqidni qobil qilgan kishi muvaffaqiyaqatga erishadi. Qabul qilmagan odam qulaydi.

Kishi tanqidni qabul qilmay qo'yishi bilan karyerasi tugaydi bizni tilda. O'z ishchilikdan to'xtab qoladi. Chunki uni kamchiliklari bir kishini kamchiligi. Tashqaridan turgan odamlarga yaxshiroq ko'rinadi. Xuddi aynikka borib turib o'zingizni tashqi ko'rinishingizni ko'rgandek. Nabiy sollallohu alayhi vasallam bu masalada bizga ibrat birodarlar. Chunki siz har qancha aqllik, har qancha bir bilimlik, fikrlik, dunyoqarashingiz keng bo'lmasin, baribir bandasiz. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vahiy egasi bo'lishiga qaramasdan, sahobalardan bir jo'yali fikr maslahat berilsa, olganlar. Badr kunida rasululloh sollollohu alayhi va sallam qo'shinini mana bu joyga to'xtaymiz deb to'xtatdi. Shunda bu joyni munosibmasligini ko'rgan Habbobimni Muzir Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni oldiga kelib, hayo bilan ixlos bilan, odob bilan, muloyimlik bilan, yo Rasululloh, mana bu joy, shunga to'xtashimiz, Alloh tomonidan vahiy bo'ldimi? Yo sizni o'zingizni fikringiz va urushdagi bir hiylingizmi? Dedi. Rasululloh bu meni hiylam dedim, fikrim dedi. Habobni munzir aytdi, yo rasulullohni, unday bo'lsa bu joy to'g'ri joy emas dedi.

Sabablarni aytdi, rasululloh o'zi mana shu sahobasini fikrini oldi. Va mana shu habbobimni muzib taklif qilgan joyga qo'shinni ko'chirishlikka buyurdi. Demak, birodarlar, nasihatga quloq solishni o'rganishimiz kerak. Maslahatga quloq solashni o'rganilishimiz kerak. Chunki rasulullohdek zot, sollallohu alayhi vasallam, oddiy bir soha vastan jo'yalik fikr kelsa, qabul qilgan ekan.

Urvatun uzrberni hayotidan lavhalar. Urvoy ibn zubayr o'zida ilm bilan amalni jamladi. Kunduzlari ro'zador, tunlari namozda qoyim edi. Tili doim allohning zikrida. Allohni kitobini o'ziga do'st tugagan kishi edi. Bu kishi, bu kishi har kuni Qur'onni to'rtdan birini kitobga qarab o'qir edi. Musxafga qarab o'qir edi va tuni bilan xuddi shuncha oyatni yoddan namozda turib qiroat qilardi. Bu odam mana shu odatini biror marta o'lgunicha qoldirmagan ekan. Bir marta qolib qolgan ekan. Bir martta mana shu odatni shu ishini qila olmay qolgan ekan, inshaalloh buni alohida gaplashgan bo'lamiz. Urvatun zubayr namozda o'zini nafsini rohatini topdi, ko'zi ko'zini quvonchini topdi, yerdagi jannatni topdi. Oriflardan biri aytadiki, dunyoda jannat bor. Kim mana shu dunyodagi jannatga kirmasa, oxiratdagi jannatga kirmaydi. Dunyodagi jannat nima?

Allohni zikri, namoz, Qur'on talavoti, birodarlar. Urva ibn Zubayr, namozni puxta o'qir edi. Chiroyli o'qir ed, uzoq o'qir ed. Rivoyat qilinadi bir kishi, Urva ibn Zuberni oldida namozni yengil qilib o'qitdi da, yengil o'qib kelib o'tirdi. Haligi odam namozini tugatganidan keyin, uriba unga, ey birodar, nima, sizni robbingizda bir hojatingiz yo'qmi dedi.

Namozni shunaqa o'qiysizmi? Vallohi men namozimda deydi, har bir narsani so'rayman, hatto uyimda tuz tugab qolsa, tuzni ham namozida so'rayman duo qilib deydi. Assalomu alaykum va rahmatulloh. Assalomu alalaykum va rahmatullohni. Chiqib chiqib ketamiz a? Ya'ni zo'rg'a o'tiruvdingiz da. Zo'rg'o o'tiruvdingsiz. Esimizdan chiqmasin, masjidga kirganda musulmon qanday bo'ladi?

Suvdagi baliqdek. Munofiq odam qanaqa bo'ladi? Asarlarda keltiriladi, innalloha yuhibbul mulaqhina fid duo. Alloh taolo ilhaq bilan duo qiladigan bandasini yaxshi ko'radi. Ya'ni yalinib, yorib yuborib so'radigan bandasini ya xshi ko'radi, imom termiziy sunanlarda keltirgan hadisda payg'ambarimiz aytadilar la yas al ahadukum robbaho hajatahuu. Hatta yas alahul milh va hatta yas ala hu shisa na alixi i da inqatoa.

Sizlardan biringiz hojatlarini robbisidan so'rasin. Hatto tuzni ham undan so'rasin. Hattoki oyoq kiyimini bog'ichi uzilib kelsa, shuni ham allohdan so'rasin. Ollohdan so'rab duo qilyapsizmi? Siz so'rayotgan narsa kattami, kichikmi ahamiyati yo'q. Muhimi so'raganingiz. So'radingizmi? Demak, Allohga muhtojligingizni izhor qildingiz. So'raydingizmi? Demak ibodat qildingiz. Chunki birodarlar, duo bu ibodat.

Urvotunni Zubayr saxovatli inson edi. Birodarlar, qalbda iymon bilan saxovat jamlanadi. Iymon bilan havas jamlanadi, iymon bilan jasorat jamlanadi. Musulmon odam, birodarlar, qo'li ochiq bo'ladi. U kishini saxovati haqida shunday deyiladi, Madinadagi eng katta bog'lardan biri Urvotunni Zubeyniki edi.

Suvi serob, soya salqinlari keng, mevalari shirin. Lekin mana shu bog'ni har yili devor bilan aylantirib urib chiqaradi. O'rar edi devor bilan. Nima uchun? Kirdi chiqirdi qilgan, o'tgan ketgan odamlarni daraxtga bir aziyati bo'lmasin, yosh bolalarni bema'nigarchilik daraxtga yetmasin, deb bog'dan o'tgan ketganlarni aziyatidan, yosh bolalardan beadabligidan saqlash uchun o'rab qo'yar edi. Ammo meva pishib, ko'ngillar ishtaha qiladigan payt kelganida, shu devorlarni bir necha joydan, bog'ni atrofidan buzib qo'yar ekan. Kirib xohlagancha yeb, xohlagancha uyga olib ketaversin. Ana soha oddiy odamlar.

Bu o'rinda ana shu qalam so'rasidagi bog' egalari hissasini bir eslab qo'ysak foydadan xoli bo'lmaydi. Katta bog', solih insonni bog'i, har yili meva pishganda kambag'al miskinlarni haqqini beradi, qolganini sotadi. Ammo bu soli kishi vafot etib, noqobil farzandlariga qolgandan keyin bog', ular bermaymiz deyishdi. Nima bo'ldi? Bog', yo'q, bo'ldi.

Rabotlar keltiriladi. Bir soliha ayolni uyida limon daraxti bor edi. Limon nechta meva beradi bir yiliga, limoni borlar. Biz aytayotgan mana bu soliha ayolini yiliga to'rt yuz, besh yuz dona meva berardi limon daraxt. Uzoq yillar berar edi. Kim so'rab ketsa mahalladan berardi. Hech kimni qaytarmasdi. Xuddi bu mahallani daraxti daqa.

Keyin bu ayol vafot etdi. Bu uy bilan bu limon daraxti boshqa bir odam o'qilib o'tdi. Odatdagidek mahalla kishilari kelib limon so'raganida qaytardi bermasdan. Bir necha kun o'tdi, daraxt qurib qoldi. Ya ibna adama anfiq, unfiq alayk dedi alloh taolo hadis qudu said. Ey odam bo'lasan, info qil, men ham senga info qilaman. Ber olasan.

Odamlar berib mazza qilgan ekan Alloh yo'lida. Hozir shunday zamonlarki, odamlar faqat buni sizlar aytdinglar. Birodar, agar siz saxiy bo'lsangiz, bilingki, Robbingiz sizdan ko'ra saxiyroq. Modomiki bandalarga berayotganda faqat o'zini roziligini ko'zlab berdingizmi? Robbingizda haqqingiz qolib ketmaydi. Birni bersangiz o'nni beradi. Birni bersangiz yetti yuzni beradi. Birdi bersangiz Alloh xohlasa undan ko'proq qilib ham beradi. Yo ishonmaysizmi?

Abdurahmon ibn Op aytar ekan, ma da af al. I da kun tu un fi qum me atofi sabah, fa yutini alfan filmasa. Nima qilay der ekan? Nima qilay? Ertalab yuzni sarflasam, kechki payt mingni bersam. Nima qilay sarf qilmay yana? Tushunarlimi? Valavla idda xolta jannataka qulti masha alloh la quvvati illa billa. Sen bog'ingga kirgan paytingda Alloh xohlagan narsa bo'lgana bo'lur. Bor kuch quvvat yolg'iz Alloh bilandir desang edi.

Birodalar, agar qo'limizda moli dunyo bo'lsa, mansab bo'lsa, zavodmidi, pulmidi, bir boylik bo'ladigan bo'lsa, bu meni mulkim, bu meni mehnatimni samarasi, peshona teri qilib topganman, menga hech kim yordam bermagan deb turib, faqat o'zingizga nisbat qilsangiz, siz sabablar shirkini qildingiz. Chunki bu ishlar, bunday so'zlar sabablar shirkiy deyiladi. Nima deyishlik kerak edi? Allohni fazli meni mehnatim ozgina sabab bo'ldi. Doim Allohga qaytarishimiz kerak. Voy, gap yo'q, bugun zo'r xatmi qilib berdingiz uka desa. Emas. Nima deyishi kerak? Robbimni fazli. Shunda inson hech qachon haddidan oshmaydi. Gap yo'q, o'sha zo'r qilib otdelka qilib qo'yish, gap yo'q, bitta shu shofz topa olmayapmiz desa, kekkaymang. Chunki doimo bunaqa chiqavermaydi ishingiz. Agar bitta o'zingizga bog'liq bo'lganida, osh tayin oldira olmagan bo'lardingiz bu safar. Tushunarlimi? Bizda nima bo'lsa odamlar yaxshi ko'rib havas qilarkan. Bu Allohni fazli. So'ngra meni ozgina qilgan mehnatimni sababi.

Buni o'rniga nima deyish kerak? Mashalloh, la havla va la quvvati illa billa deyish kerak. Imtihon bosqichlari. Mo'min kishi uchun hayotda uchta bosqich bor bo'ladi. Birinchisi, odob bosqichi. Ikkinchisi, sinovlar bosqichi. Uchinchisi, izzat ikrom qilinish bosqichi.

Mana shu joyga bir alohida to'xtalishimiz kerak. Bugungi darsimiz ozgina ko'proq. Odob bosqichi. Tug'ildi, esini tanidi, hayotdan odob olishni boshladi. Hayotdan bir narsani o'rganishni boshladi, oq qorani ajratdi, yaxshi nima, yomon nima bildi, nima to'g'ri, nima noto'g'ri o'rgandi. Endi bizni tilda hayotda ponyatkalari to'g'rilandi. Qayerdan suv ichgan bo'lsa, shu yerda suviga qarab turib, dunyoqarashi shakllandi. Endi sinovlar keladi.

Sinovlardan chiroyli o'tsa, izzat ikrom bosqichi keladi. Muhimi birinchisi, eng muhimi bu yerda mana shu birinchisi. Agar bu dunyo imtihon dunyosi, bu dunyoda Allohda aytganim bilan yashashlik kerak, Allohni rozi qilsa ikki dunyoda saodatli bo'lamiz degan tushunchani to'g'ri ololmagan bo'lsa, ikkinchi bosqich, imtihonlar bosqichi kelgan paytda, bularni hammasi sinov, imtihon. Alloh meni sinayapti deydi da, chiroyli o'tadi. Kambag'alchilik bilan sinaydimi alloh, kasallik bilan sinaydimialloh, boylik bilan sinaydimi allaoh, nima bilan sinasa ham bu imtihon deb qabul qiladi da. O'lchovlari, tushunchalari to'g'ri bo'lganligi uchun imtihondan chiroyli o'tad, uchinchi bosqichga shu o'sha ko'chadi. Uchinchi bosqishga ko'chadi. Qaysi bosqich ekan bu? Izzat. Alloh tomonidan ikrom ko'radi, endi bu manda.

Esini tanidi, Allohni tanidi, dinni tanidi, o'rgandi, imtihon bosqichiga keldi. Uylandi, bola chaqa topdi, tirikchilik qildi, zo'r o'tdi imtihondan. Qariganda nima bo'ladi? Albatta izzat ikrom ko'rardi. Bu yerda ko'proq o'tirganlar nechinchi bosqichdagi odamlar? O'zini ikkinchi bosqichi deganlar qo'l ko'tarsin.

Birinchi bosqichi dekanlar. Qolganlar izzatikron bosqichida ekan, bo'ldi. Shuni bilib olaylik. Nima tushuncha bilan urg'u yesak, shu bilan yashaymiz, imtihondan ham shunga qarab o'tamiz. Agar o'tsak, izzatni ko'ramiz, o'ta olmasak, xor bo'lamiz. Odamlarni qariganda xor bo'lganligini ko'ringlarda, o'sha ikkita bosqichdan chatoq o'tgan bo'ladi. Panakkala nito bo'lgan bo'ladi, imtihondan ham nito o'tgan bo'lar. Keyin xor bo'lganni ko'rasizlar.

Chunki Alloh Taolo Qur'onda aytadi, va mana ittaba hudaya falaya vilu valayashqu. Bas, kim mening hidoyatimga ergashsa, yo'ldan oz emas va baxtsiz bo'lmas. Shart nima? Hidoyatga ergashsa, natija nima? Yo'ldan adashmaydi, baxtsiz bo'lmaydi.

Mana endi o'rvotibni, zubeyni ustiga ham sinov imtihonlar keldi. Birodarlar ko'pchilik odam boshqa kelayotgan sinovni ko'tara olmaydi. Shikoyat qilib yuboradi. Nolib yuboradi. Taqdirga rozi bo'lmaydi, lekin qazoni makruhiga rozi bo'lish ishonchning eng oliy darajasi hisoblanadi. Qaytaraman. Makruhga, taqdirning makruhiga, sizni ko'nglingizga yoqmaydigan joyi kelib qoldi taqdirni. Peshonangizga yozilgan shunaqa ish. Taqdirning makrugiga rozi bo'lishlik ishonchning eng oliy darajasi hisobslanadi. Bir kishi Ka'bani tavof qilar ekan, Robbizga duo qildi. Parvardigor, mendan rozimisan? Dedi. Bu odamni orqasida Imomi Shofiy kel ekan edi. Uni so'zini eshitib, ey birodar, siz rozi bo'lish uchun, siz ham undan rozimisiz? Dedi. Sizdan alloh rozi bo'lishi uchun, sizlar ham undan rozimisan?dedi. Voy kishi, siz Alloh rahmat qilsin. Kimsiz? Dedi. Men Imom Shofiyman, dedi. Shunda Imom Shofiy aytdi.

Idaka inna sururu ruka bin niqmating, kasuru ruka bin ne'mating, faqat rodiy ta'ninglar. Diqqat qilinglar. Haligi ko'nglimizga yoqadigan ish bo'lsa, har safar yutaversak, ko'nglimiz zo'r, nastreniyamiz zo'r turadi. Ammo har safar yutkazaversak nima bo'ladi? Alom qiladi, yoki yeta olmasang norozi bo'lamiz. Bizga yoqmagan ish sodir bo'lganda jirillashni boshlaymiz. So'zni qarang. Agar musibatga ham, ne'matga quvongandek, rozi bo'lganingdek rozi bo'lsang, demak sen Allohda rozi bo'psan. Ne'mat kelganda qanaqa rozi bo'lar eding? Musibat kelganda ham shunaqa rozimisan? Demak Allohda rozisan. Demak Alloh ham sendan rozi.

O'n olti nuzu berdi boshiga kelgan og'ir imtihon. Sa'dullayevn Abduyoqqos roziyallohu anhudan u kishi aytadi. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga aytdim. Odamlarning eng shiddatli sinoviga duchor bo'ladiganlari payg'ambarlardir dedi payg'ambarimiz. Sa'dullayyevn Abduyoqqul so'radi, qaysi odamlar shiddatli sinovarga duchor bo'ladi?

Qaysi odamlarda boshiga imtihon og'ir keladi. Og'ir imtihon keladi boshiga. Payg'ambarimiz aytdilar, hola al anbiya u, summal amsal u fal amsal. Odamlarning eng shiddatli sinovga duchor bo'ladiganlari Payg'ambarlardir. So'ngra shunga o'xshab ketaveradi. Kishi dindorligi hajmiga qarab sinaladi. Agar dinida salobat bo'lsa, unga sinov ham ziyoda bo'ladi. Agar uning dinida yengillik bo'lsa, dindorligi hajmiga qarab sinaladi. Ustida bironta ham xato qolmaydigan holat ketgunicha, bandaning boshiga balolar kelaveradi. Ibrohim alayhissalomga Alloh Taolo sakson besh ga kirganda ko'rgan bolasini tashlab kelish deydi buyrudi. Bakkaga.

Tashlab keldi. Onam ikki o'rni uchga yetgan paytda qo'ling bilan so'y dedi. So'ydi. Pichoq kesmadi. Ibrohim alayhissalomni boshiga kelgan sinov birodarlari juda bir og'ir. O'zini bir dona farzandini so'yishlikka buyurildi. Chunki ularni dinida salobat bo'lgan, ularni iymonida salobat bo'tgan, imtihon ham shunga yarasha kelgan.

Xalifa validimni Abdulmalik Damashqqa Urva ibn Zubayrni chaqirdi. Urva xalifani chaqirishga ijobat qilib, Damashqqa katta o'g'lini olib bordi. Urova xalifani huzuriga kirganida chiroyli kutib oldi, izzat ikrom ko'rsatdi. Urovat obnudzuboyevni o'g'li xalifani uchqur otlarini tomosha qilish uchun ota onaga kirdi. Otlardan bittasi bir tepib bolasini o'ldirib qo'ydi. Ana musibat.

Bu musibatdan hali hech qancha vaqt o'tmasdan musibatlangan ota o'g'lini qabriga tuproq tortib, hali qo'lini qoqmasdan, bir oyog'i qorasong kasaliga duchor bo'ldi. Boldir ishib ketdi. Shish shunday bir tezlik bilan kattalashib bordiki, xalifa nima qilib bo'lsa ham davolatishlikni xohladi. Atrofdan tabiblarni chaqirdi. Tabiblarni hammasini fikri bitta bo'ldi. Kesish kerak oyog'ini. Chunki kesmasa, cho'zilib cho'zilib, umuman halokatiga ham sabab bo'ladi. Tabiblarni so'ziga quloq solishdan boshqa chora qolmadi. Boldini kesish uchun tabiblar go'shtni kesadigan asbob va suyakni kesadigan, arralaydigan arrarni olib kelib qo'yishdi. Urvaga qarab turib tabib, oyog'ingizni kesayotganda qattiq og'rig'ini sezmasligingiz uchun sizga mast qiluvchi dori chirsayek dedi.

Uruvaytdi, sog'ayishimni umid qilib turgan narsamga harom narsadan hech qachon foydalanolmayman dedi. Sog'ayishimnimi qilib, umid qilib turib turgan narsamiga aslo haromdan foydalanmayman dedi. Jarroh, unda sizga behush qiluvchi narsani ichiraylikmi dedi. Urivaytdi, a'zolarimdan biri kesilsa yu, hech qanday og'rig'ini sezmasdan Alloh'dan sovob umid qilib turishni xohlamaymanmi dedi.

Alloh'dan sovob umid qilib turishni xohlaymanmi dedi. Jarroh Urva'ning boldini kesishlikka kirishmoqchi bo'ldi da, uch to'rtta odam kirdi yotgan joyiga. Urva ularni ko'rib, bo'ladimi, nima kirdi, devdi. Shu kesayotganimizda sizni qo'l pitingizni ushlab turgani kelishdi dedi. Urva aytdi, qaytarib yuboringlar ularni dedi. Ularga hojat yo'q. Zikr va tasbehlar bilan ularni o'rniga o'zim kifoya qilaman dedi. Aqlingizni oladimi?

Qo'lingizga zirava kirib ketganini eslang. Qo'lingizni omur bilan qisib olganingiz u, bolg'a bilan chaqib olgan paytingizni eslang. Bu kishini oyog'ini shunday o'zini hushida turib, shunday kesishlikda harakatda turibdi. So'ngra jarroh ishga kirishdi. Avval tig' bilan go'shtini kesdi. Suyakka yetib borganida, unga arrani qo'yib, arralay boshladi. U esa la ilaha illalloh, allohu akbar tili zikrda turdi. Jarrohlar arralarida, u esa tahlil, takbir aytar edi. Boldirni kesib bo'lishdi. So'ngra qonni to'xtatishlik uchun qaynab turgan yog'ni olib kelishdi va oyog'ini mana shu yoqqa botirishdi. Mana shunda o'g'ri otabniy zubey xushidan ketdi.

Uzoq muddat xushidan ketdi . Mana shu kuni har kuni o'qiydigan Qur'onini o'qiy olmay qoldi. Aytdik ku, bir marta bo'lgan shu o'qiy olmay, qolgan kuni. Mana shu ish sababli. Ha, yoshligidan vafot etgunicha bu ishini biror marta o'rtada uzmagan edi, biror marta kanda qilmagan edi. Ammo shu kuni bu ishidan uzilib qoldi. Chunki aytdik, Qur'onni to'rtdan bir qismini kitobga qarab o'qirdi ertalab, kechqurun namozda shuncha oyatlarni yoddan takrorlar edi.

Urova hushiga kelgandan keyin kesilgan oyog'ini olib kelishlikni buyurdi. Olib kelishdi. Oyog'iga qarab turibdi. Qarab turib, qorong'u kechalarda seni ustingga meni mingazib, masjid sari qatnatib qo'ygan zotga qasamki, albatta sen bilan biror marta haromga yurmaganman. Robbim buni o'zi bundan xabardor. Sen bilan biror matta haromga yurmagman, u zotni o'zi bundan ham xabardor dedi.

Validovna Abdulmalik uchun bu ish juda og'ir bo'ldi. Chunki uni hurmatli mehmoni uni huzuriga kelganda bitta bolasi o'ldi, oyog'idan ajradi. Endi urvaga ta'ziya bildirish, uni sabrga chaqirish, ko'nglini ko'tarishlik uchun yo'l qidiradi. Mana shu vaqtda Xalifani majlisiga Banu Abzddan bo'lgan bir jamoa kirib keldi. Ana shu kishilarni ichida ikkita ko'zi ko'r odam ham bor edi. Haligi odamni chaqirtirib, o'zini uni ko'rmasligini sababini so'radi. U kishi aytdi. Endi Banu Absdan bo'lgan ikkita ko'zi ko'rmaydigan kishini hikoyasi. Ey Amirul Mo'miniy, agar Umarimni Xattobga bir musibat yetsa, uch marta Alhamdulillah der edi. So'ngra bu musibat dinimda bo'lmagani uchun Alhamdulillah, bundan kattaroq musibat bo'lmagani chun Alhamdulillah der derdi.

Ko'r kishi davom ettirdi. Ya Miral Moumeniy. Banu Abz kishilarini orasida mendan ko'ra moli, oilasi, farzandlari ko'proq kishi yo'q edi. Men bir kuni oilam va molim bilan qavmimning yerlaridan bir vodiyga tushdim. Ustimizga hech umrimda ko'rmagan sel yog'di. Sel molimni ham, oilamni ham olib ketdi. Qo'limda yangi tug'ilgan bir chaqaloq bilan bir dona tuya qoldi. Tuya qaysariyada qo'limdan chiqib qochib ketdi. Uni tutishlik uchun bolani yerga qo'yib, orqasidan yugurdim. Hech qancha yugurmadim, bolani qichqirganini eshitdim. O'girilib qarasam, bolani boshi, bolani boshi bo'rini og'zida edi. Bo'ri yeyotgan edi bolani. Qutqarishga aqlim yetmasa ham, unga qarab yugurdim. Vaholanki, bola o'lib bo'lgan edi. Keyin tuyani ortidan yugurdim, unga yetib borganimda, tuyaga yaqin kelganimda, oyog'i bilan yuzimga shunday bir tepdi, ikkala ko'zim ko'rmaydigan bo'lib qoldi. Bir kunda o'zida ham bolalarimdan, ham oilamdan, ham moli dunyoyimdan, ham ikkala ko'zi bilan ajradim dedi.

Boshiga bir musibat tushgan kishi, birodarlar, boshqa bir kishini eshitsa, kattaroq musibat boshiga tushgan kishini. O'zini musibatini ko'tarish yengilroq bo'ladi. Valididdin Abdulmalik o'zini hojibini chaqirib, bu buni dedi, mehmonimizni oldiga olib bor dedi. Urvani oldiga. Unga hikoyasini aytib bersin, toki Urvo ibn Zubayr dunyoda undan ko'ra kattaroq musibat bilan balolangan kishilar bor ekanini bilsin dedi.

Nabaviy qoidaburodalar. Dunyoda saodatli yashashlik uchun hammani hayoliga har xil narsa keladi. Dunyoda saodatli yashashlik uchun dunyo ishlarida sendan pastroq bo'lgan kishiga qara, oxirat ishlarida esa sendan yuqoriroq bo'lgan qishiga qara. Shunda saodatli yashingsin.

Urvo ibn Zubayrni Madinay Munavvaraga olib kelishdi. Oila a'zolarini ko'rib turib, qo'rqib ketmanglar meni ko'rib dedi. Darhaqiqat Alloh Taolo menga to'rtta o'g'il berib, bittasini oldi, uchtasini qoldirdi. O'ziga hamd bo'lsin. Alloh taolo menga to'rtta a'zoni berdi, ikkita oyoq, ikkita qo'lni. Shundan bittasini olib, uchtasini qaytarib berdi. O'ziga hammasano bo'lsin. Allohga qasamki, Alloh mendan og'zini olgan bo'lsa, ko'pini qoldirgan. Meni bir marta musibat bilan sinagan bo'lsa, katta marta meni ofatda asragan dedi.

Madina ahli o'zlarining imomi, olimi Urg'ay ibn Zubayni kelganidan xabardor bo'lib, ta'ziya bildirishlik uchun uylarga kirib kelishdi. Ta'ziya bildiganlarni ichidagi eng chiroyli ta'ziya bildilgan Ibrohim ibn Muhammad, Ibrohim ibn Mohammad ibn Tolhani so'zi bo'ldi. Shunday dedi. Ey Abu Abdulloh, ta'ziya bildiryapti. Darhaqiqat a'zolaringizdan bir a'zo va o'g'illaringizdan biri jannatga sizdan oldin kirganini xushxabarini qabul qiling. Inshaalloh butun jasad o'zining ba'zi a'zosiga ergashadi. Alloh taolo biz muhtoj bo'lgan sizning ilmingiz, fiqingizni va fatvolaringizni saqlab qoldi. Alloh bulardan hammamizni manfaatdor qilsin. Alloh taolo sizga savob beruvchi va sizni go'zal hisob qiluvchidir. Urvotun uzubayr. Nasihatlaridan.

U kishi o'zini farzandlariga ham, musulmonlarni farzandlarini ham tarbiyasiga qattiq e'tibor qilar edi. Nasihatlaridan, ey bolalarim der edi, ilm o'rganinglar, uni haqqini ado qilinglar, agar qavmni eng kichkinasi bo'lsanglar, ilm tufayli eng ulug'iga aylanasizlar. Dunyoda johillikdan ko'ra yomonroq narsa bormi? Yana aytar edi.

Ey bolalarim, sizlar qavmingizni ulug'iga berishga uyaladigan narsani robbingizga taqdim qilmanglar. Qavmingizni uluhiga berishga uylaydigan narsani. Robbingizga ta'qdim qilmenglar, chunki robbingiz azizlarning azizrog'i, karimlarning karimrog'i. Yana aytar edi.

Agar bir kishidan yaxshi fe'lni ko'rsangiz, undan yaxshilikni kutinglar. Garchi odamlar uni yomonda o'ylasa ham. Agar axloqli, karim insonni ko'rsanglar, uning hayosi bor bo'lsa, yaxshilikni xohlayotgan bo'lsa, garchi odamlarni yomon deb o'ylasam, undan yaxshi deb umid qilinglar. Chunki, albatta, u xulqning sheriklari bor. Yana aytar edi. Agar bir kishidan yomon fe'lni ko'msanglar, undan ehtiyot bo'linglar. Garchi odamlar uni yaxshi deb o'ylasalar ham, albatta uning ham sheriklari bor. Ogoh bo'linglarki, albatta yaxshi fe'l o'ziga o'xshagan yaxshi fe'llarni borligiga dalolat qiladi. Albatta yomon fe'l ham o'ziga oxshagan yomon fe'lni borligiga dalolati qiladi. Hamma yaxshi deb o'tirayotgan odamni bir yomon fe'lini ko'rdingiz. Znachit bundan boshqa fe'l ham bor yomon. Hamma yomon deb o'tirayayotgan bitta odamni yaxshi fe'lining ko'rdingiz, demak, bundan boshqa yaxshi sifatlari ham bor.

Farzandlariga muloyimlikni, yumshoq so'zlik, ochiq yuzli bo'lishini vasiyat qilib aytardiki, ey bolalarim, hikmatda aytilganki, so'zing pokiza bo'lsin, yuzing ochiq bo'lsin. Shunda sen in'foq ehson qiladigan kishilardan ko'ra odamlarga mahbubroq bo'lasan. Axloqing zo'r bo'lsa, pul sarflayotgan odamdan ko'ra seni ko'proq yaxshi ko'radi odamlar.

O'rot ibn zubayr qancha umr ko'rdi? Uning hayotida qilgan oxirgi solih amali qaysi bo'ldi? Urva ibn zubayir rahmatulloh alayh yetmish bir yil umr ko'radi. Bu umr yaxshilik bilan, taqvo bilan to'ldi. Unga yozilgan ajal kelgan paytda u ro'zador edi. Unga yaqinlari og'zingizni ochib oling, qiynalib ketdingiz deganida bosh tortdi. Chunki u bu ro'zasini saharligini bu dunyoda qilgan bo'lsa, iftorligini xurlarning qo'lidagi ko'mish idishlarda kavsar suvi bilan bo'lishini xohlagan edi. Alloh azza va jalani huzuriga, alloh azza va jallaning huzuriga ro'zador holatda ketdi. Bu ulug' tobein shubhasiz insonlarning ulug'i edi. Alloh subhanahu va taolo ularni hayotini o'qib, o'rganib, eshitib, ularga ergashlikni hammamizga nasib etgan bo'lsin. Axu ulug' hovli hayda va astag'firullohi alayhi valakum. Assalomu alaykum.

Keyingi darsni tinglashTobe'inlar hayoti