Maviza
—Qoralama34 daq

Tobe'inlar hayoti

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
34:09
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim, alhamdulillahi robbil a'lamin vala aqiba to'lin muttaqin. Vassalatu vassalamu ala saidina muhammad as sodiqul va'adil amin. Va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ummat. Assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh. Tobeinlar haqidagi o'qiyotgan darsimizni bugun navbatdagisi, bugungi darsimiz hozir shu ro'yx haqida. U kishidan so'rashgan. Buncha ilmga nima sabablar yetdingiz? Nima sababli buncha ilmga ega bo'ldingiz? Javob berdi. Ulamolar ila muzokara qilish bilan ulardan oldin ularga berdim. Mana shu narsa tufayli kuchi mana shunday ilm egasi bo'ldi. Birodarlar, dinimiz adolat dini. Adolat dini! Musulmon kishi o'zini birodarlari bilan birga o'tirib, ilm muzokarasini qilish unaqadar go'zal narsa. Ilm majlisi, birodarlar bilan yuz ko'rishlik, muzokara majlisi. Ilmga quloq tutish, uni bahs qilish musulmon kishiga juda ham yarasha oladigan sifatlardan. Astayu billah, qod aflahal mo'minun alladinahum fiz solatihim hoshiun va alladinahum anillahum ve muridun.

Alloh aziz va jallam najot topgan mo'minlarni sifatlar shunday deydi. Darhaqiqat, mo'minlar najot topdilar. Qaysi mo'minlar? Ular namozlarida qo'rquv va umid bilan bo'yin eguvchi kishilardir. Ular behuda, foydasi, so'z va amallardan yuz o'girg'uvchi kishilardi. Bu koinotdagi sunnat shuki, robbingizdan sizni uzoqlashtiradigan har bitta narsa lag'u bo'ladi, bekorchi narsa bo'ladi, botil bo'ladi. Va aksincha, sizni robbingizga yaqinlashtiradigan bir narsa bu haq bo'ladi. Siz bilan bizni Allohga yaqin qiladigan eng asosiy narsa ilm majlisi.

Bugungi darsimiz qozi shu ro'y haqida. Asarlarda keltiriladi. Abdulla yomin vahid afzal minib ibodatis siddiyni sana. Bir yil adolatni qoyim qilish oltmish yil ibodat qilishlikdan ko'ra afzal turadi. Eslaylar, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam Allohning arshini soyasida turadigan yetti toifani sifatlaganda, birinchi kim zikr qilgan? Imomun adil, odil boshliq degan. Qaranglar, yetti toifa Allohni arshini soyasida turadi, jannatiy bu. Shulardan birinchisi odil podshoh degan. Bir yil adolatni qoyim qilishlik oltmish yil ibodat qilishingdan ko'ra afzal turadi. Abu naim lafzida keladi addulla hukmi sa'a xoyrun min ibodati sabaini sana.

Bir soat adolatli hukm qilish yetmish yil ibodat qilishingdan afzal turadi! Albatta bu nafl ibodatdan. Birodalar, adolat juda ham muhim narsa. Qaysi yurtda adolat bo'lsa, shu yurt yuksaladi. Garchi kofir yurt bo'lsa ham. Qaysi yurtda adolat yo'q bo'lsa, bu yurt vayron bo'ladi. Garchi musulmonlarning mamlakati bo'lsa ham, bu koinotning qonuni, Alloh Taoloning sunnati. Adolat har bir xalqni yuksaltiradi, har bir kishini yuksaltiradi. Boshqa hech qaysi narsa bir xalqni unchalik ko'tara olmaydi.

Kimdir, endi adolat qilish bu qozilarning ishi, sotslarning ishi, a biz qozi emasmiz deyishi mumkin. Yo'q. Har bittamiz qozimiz, oilamizda, farzandlarimiz bilan qilayotgan muomalamizda, ularning o'rtasida bir hukm chiqarayotganda, qo'l ostimizda ishlaydigan ishchilar yoki shogirdlarga muomala qilayotgan paytimizda har bittamiz qozimiz. Adolatni qo'yim qilishligimiz kerak bo'ladi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning huzuriga bir kishi kelib o'tirdi.

Haligi odamni orqasidan kichkina o'g'li ertib kelib o'tirdi, olib, o'ng tizzasiga o'tkazib, peshonasini urib qo'ydi. Orqasidan shu kishini kichkina qizchasi kirib keldi. Haligi qizchani oldi, chop oyog'iga o'tkazdi, lekin o'pib qo'ymadi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam buni ko'rib, ikkalasiga ham bir xil muomala qilsang bo'lmaydimi dedi. Shu o'rinda ham payg'ambarlarimiz nimani talab qilyapti? Adolatni. Bitta o'pib qoyishda farq bo'lyapti.

Bu kishi odil bo'ladi. Dunyodagi u uchun eng muhim narsa bu adolat. Umariddin xattob roziyallohu anhu bu shuroyh ismli kishini kofaga qozi qilib tayinladi. Buni tarixi quyidagicha bo'ldi. Bir kuni amirul mo'miniy, Umar ibn Xattob roziyallohu anhu bir arobiydan ot sotib oldi.

Baholashdi, pulini naqd berdi, otni oldi, menda ozgina yuruvdi, otni belidan nuqson bor edi. Unaqa chopishlikka yo'l bermas edi bu nuqson. Aybi bor edi. Shart otdan tushdi da, orqasiga qaytib borib, ey, aro biy, bu yoqqa qaradi. Haligi kishini chaqirdi. Keluvdi, otingni qaytarib ol dedi. Aybi bor ekan otingni dedi. Aro biy aytdi, ya mirovomu olmayding, qaytarib olmayman dedi. Men uni sizga berganimda soppa sog' edi dedi.

Oramizda bir hukm qilish uchun bir odamni tanlab olmasam dedi. Aro biya aytdi, oramizda Shiroh ibn ul Xoris al Kindiy, hakam, qozi bo'ladi dedi. Umariddin Xattop roziman dedi. Umariddino Xattop kim? Xalifami? Bozorda yurib, ot olyapti. Bir arobek qaytarib olmayman deyapti. Umar odil, birodarlar. Umar odil. Bizni aqllarimiz qabul qilmaydigan bo'lib ketgan bu narsalarni. Men har safar aytyapman, bizga ibrat bo'ladigan odamlar mana shular.

Ikkalasi Shuroyxni oldiga borishdi. Qozi bo'lsin o'rtamizda Shuroyx dedi arobe. Umariddin Xattob roziman dedi. Shuroyx Umariddin Xattiobni so'zini eshitib, otni sotib olganingizda sog'lommidi dedi. Xalifa ha dedi. Shuroyq aytdi, unday bo'lsa, uni o'zingizda olib qoling. Yo qanday olgan bo'lsangiz, shundayligicha qaytarib bering dedi. Shart hukm chiqarib qo'ydi. Qisqa, sodda, lo'nda. Eshitdi ikki tomondan, shart hukmni chiqardi. Xalifaga shunaqa dedi. Umariddin Xattob qarab hayron bo'lib qoldi.

Shumi hukm dedi. Ha dedi Umariddin Xattiob, hukm shunday bo'ladi. Hukm shundaya bo'ladi. Eshitdi ikki tomonni, xulosani chiqardi, hukmni aytdi. Garchi xalifani ziyoniga bo'lsa ham. Agar biron bir davlat boshlig'iga shunday muomala qilingan bo'lsa, qozi ana shu boshliqqa zarar bo'ladigan hukmni aytsa, bu qozi nima bo'ladi?

Darrov ishdan ketadi. Eng yengil variant bo'lsa, ishdan ketadi, bo'lmasam undan kattaroq ham bo'ladi. Umarimni xattop chirog'iga qarab hayron bo'lib, qozilik qilishlik shunday bo'ladi. Qozilik shunday bo'lad. Kofaga bor. Kofada qozilik qolasan dedi. Qirq yetti yoshida birodarlar qozilik mansabiga o'tiradi.

Chunki bu chiroy xalifani ziyoniga bo'lsa ham adolatli hukm qilgan edi. Xalifa uni jur'atidan, to'g'riligidan, fahmidan, halolligidan rozi bo'ldi da, hech kim bilan maslahatlashmadi, kofaga qozi bo'lasan dedi. Umariddin xatto shuroyiqni qozi qilib tayyorlagan paytda, hech kim uni tanimaydigan odam emas edi Madinada. Mabinada hurmati bor edi, fazilat egasi edi, ahli ilmlar, fikrli odamlar o'rtasida o'zini o'rni, martabasi bor edi. Odamlar uni ilmini, fahmini, hayotiy tajribasini qadrlashar edi. Mana endi u qirq yetti yoshida Kofaga qozi bo'lib tayinlandi.

U asli Yamanligida, kindadan, hayotini bir qismida johiliyatdan qozlik qilgan edi. Hidoyat nuri arab jazirasi bo'lib tarqadi. Islom Yamanga ham yetib keldi. Birinchilardan borib Islomni qabul qildi, shu royiha. Lekin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan ko'rishlik nasib etmadi. Taqdir. Peshonasiga yozilmagan edi. Rasululloh vafot qilganidan keyin Madinaga ko'chib keldi.

Necha yil qozilik qildi? Bu mansabdan qachon ketdi? Va necha yil umr ko'rdi? Hozir shuroyiq musulmonlar orasida oltmish yildan ko'proq qozilik qildi. Oltmish yil. Oltmish xil qozi bo'ladi. Yuz sakkiz ga kirganda vafot etadi. Oltmish yetti soatda ishlagan odam eshitganmisizlar?

O'zi bitta zavodda oltmish yillik direktor bo'lib ishlashi mumkinmi biroq? Ha u oltmish yilda aqli aynib, qarib, tugab bo'ladi. Lekin bu kishilarni qaranglar, oltmish yel qozilik mansabida ishlagan. Alloh taoloni buyrug'ini amalga oshirishga bo'lgan hirsa, adolatni qoyil qilishga bo'lkan harakati, xudo joyiga sababli, bu kishini islom hukm osmonida, birodarlar, adolat degan so'z bilan sinonim bo'lib qoldi bu odamati.

Shu'raxdek adolatli degan so'z bor arablarda. Ya'ni shu'rax degan so'zbilan adolat deganso'z egizek so'zlar bo'lib qoldir. Bu kishini qozilik kursiga, qozilik mansabiga umarimni xatob o'tkazdi. Undan keyingi kelgan xalifalarni hammasi bu kishi mana shu mansabga loyi ekanligini ko'rishdi va o'rnida qoldirishdi. Usmonovni affon xalifa bo'ldi, shu royx o'zini o'rnida. Ali ibn abit olib xalifa bo'ladi, shu royqni jildirmadi. Maviyotimni abu sofiyon ham bu kishini mana shu mansabga loyi ekanligini tan oldi. Qaranglar, podshohlar almashyapti, hukumatlar almashyaptida, bu kishi o'rnida turibdi. Necha yil?

Shunday bir muxlis insonlar bo'ladi o'zini ishida. Har qancha hukumat almashmasin, har qancha podshohlar almoshmasin, ularni hech kim o'rnidan jindirmaydi. Chunki bular o'zlarini mansabini ilm bilan, ixlos samara bilan to'ldirgan bo'ladi. Hammani muhabbatini qozongan bo'ladi. Bunday kishilar hayotda bo'layotgan o'zgarishlar bularga ta'sir qilmaydi.

Shu loyihani qozilikka Umar tayinladi. Usmon roziyalloh hanxo xalifa bo'lgandan keyin o'rnida qoldirdi. Ali ibn Abit olib xalifa bo'lib, uni o'rnidan jildirmadi. Muoviyatunni Abu Sofiyoni ham shu yo'lni tutdi. Hatto muoviyadan keyingi xalifalar ham bu kishini jildirmadi. Faqatgina Hajjojinni Yusuf va Saqafiyni voliylik davrida bo'layotgan noto'g'ri ishlarni ko'rib turib, hozir o'zi iste'foga chiqdi. Yuz yetti ga kirganida.

Yuz yettiga kirganda iste'foga chi qdi. Yuz sakkiz ga kirgandan keyin vafot etdi. Ey, yuz yettiga kirgan odamni, odamlarni o'rtasida bo'layotgan muammolarni hal qilib, to'g'ri hukm chiqarishligini bir fikr qilib ko'ringlarda. Yuzga kirgan odam o'zi patinkasini eplab kiyishi katta ish. O'zi hojatiga borib kelishdagi yuzga kirgan olamni katta ish.

Yoshligimizda bu a'zolarni saqlaganmiz deyapti, hakimlardan biri. Qariganimizda Alloh saqlab berdi, Alloh Taolo bu a'zolarimizni. Xoram xarishdan toza bo'lganmiz yoshligimizda. Qariganimizdan alloh saqlabberdi bu a'zolarimni degan. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan bir a'robiy so'radi, yo Rasululloh, man xayrunnas. Yo Rasululloh. Odamlarni yaxshisi, kim dedi? Qolaman, tola umru hu va hassan amal hu.

Umri uzoq va amali chiroyli bo'lganlari deb qo'ydi. Uzoq umr ko'rishlik bitta yaxshilikni alomati. Amallari yaxshi bo'lishligi ikkinchi alomati. Shuning uchun ko'p yashashlikni o'zinglar zo'rmas ekan. Yaxshi amal bilan ham yashashlik kerak ekan. Orqangizga qarang da, yetmish yillik, sakson yillik umringiz bo'lsa, xijolat bo'ladigan narsalaringiz yo'qmi? Yaxshi o'tkazganmisiz? Alhamdulillah siz odamlarni yaxshisisiz. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bashorat.

Hozir shu royxning adolatli hukmlari haqida islom tarixida juda ko'p misollar bor. Umariddin xattobni boyagi a'robiy bilan bo'lgan muomalasida chiqargan hukmini hozir aytib o'tdik. Shu ro'yxatga aytgan edi, unday bo'lsa, o'zingizni olib qoling, o'zingiz olibdi. Yoki qanday sotib olgan bo'lsa, shunday qaytarib bering dedi. Bir kuni Ali ibn Abib olib, Karimullahu vajahux xalifa bo'lib turgan paytida, o'zini qimmatbaho qalqonini yo'qotib qo'ydi. Ya'ni bir oyda sovut ham deyiladi. Xalifa. Endi qoziga qiyin. Amirlar bilan bo'ladigan muomalada hukm chiqarish. Amirlar bilan bo'ladigan muomalada hukm chiqarishlik qog'ozlarga qiyin. Shu xalqonini Ali ibn Abib olib Kufa bozorida bir zimmini qo'lida ko'rib qoldi. Sotyotuvdi.

Xalifa borib boyagi zimmiga, bu meni xalqonim. Falon kecha falon joyda tushirib qo'yganman dedi. Zimmi aytdi, yo'g'e amirul mo'minning. U meni xonamda turibdi. Bu meniki, dedi. Ali roziyallohu anhu, bu meni xalqonim. Hech kimga sotganim yo'qki, yo birovga bir hadya qilib bermadimki, seni qo'lingga kelib qolgan bo'lsin, dedi. Ali bilan abitovalov haqqini talashyapti. Bo'pti, endi xo'p deb qo'y deymiz u. Bo'pti, qo'y endi. Xo'p deb. Ayrim odamlar, musulmon odam xo'p deb ko'raveradi, haqqidan kechib qolaverish kerak deb o'ylaydi. Bu birodarlar soddalik. Bu noto'g'ri bu. O'zingizni haqqingizni qanday berib qo'yasiz shunday deb? Alloh taolo aytadi, valladina ida asoba humul bay hum mian tasirun. Alloh o'zini bandalarini maqtab, sifatlab aytadiki, ular o'zlariga zulm yetganda, unga qarshi kurashib, g'olib bo'ladigan zotlardir. Haqqingizni talab qilishingiz kerak.

Haqqingizni talab qilishingiz kerak. Xo'p deb qo'yishni yo'q. O'ng yuzingga ursa, chap yuzingni tutib ber. Qabilada ish tutilmaydi bir odamdan. Musulmon unday odam bo'lmaydi. Bir odam haqqini yemaydi, lekin o'zinikini oldirib ham qo'ymaydi bir oyga. Va jazo sa'yi'atin sayyatu mitluha, fa meni afa va aslaha fa ajruh alalloh, innahula yuhibbu zolimiy. Har qanday yomonlikning deydi alloh taolo, jazosi xuddi o'ziga o'xshagan, xuddi o'zi o'ziga oxshagan yomonlikdir. Endi kim avf qilib tuzatsa, bas uning ajra allohning zimmasidadir, albatta u zulm qiluvchilarni sevmas.

Endi to'g'ri, ba'zi bir o'rinda haqqimizdan kechib qo'yishimiz ham kerak. Ba'zi bir o'rimda avf qilib qo'yishim ham kerak. Bitta sharti bor. Agar avf qilsak, kechirsak, shu odam tuzalsa, avf qilamiz. Alloh tomonga yurishiga aqlimizni yetsa, avf qilamiz. Yo'q, agar avf qilib kechirib qo'ysak, bo'pti deb haqqimizdan o'tib qo'ysang, yana tug'uyonga ketadigan bo'lsa, bunday odamda avf qilib bo'lmaydi. Toki uni joyiga qo'yib qo'yibsizlik kerak bo'ladi.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hayotiga qarasak, ibrat, namuna bor, andoza bor. Musulmonlar bilan mushriklar o'rtasida bo'lgan janglarda bir mushrik Payg'ambarimizni qo'liga asl bo'lib tushdi. Kelib, kichkina qizlari borligini aytib, agar men o'lib ketsam yo qul bo'lib sotilib ketsam, zoya bo'lib ketadi deb qizlarini pesh qilib, Rasulullohni qo'yib yuborishligini so'radi. Payg'ambarimiz qo'yib yubordi, faqat sharti bilan. Qaytib musulmonlarga qarshi qilich ko'tarmaysan. Rozi bo'lib ketdi. Ammo keyin bu so'zida turmasdan yana bir jangda musulmonlarga qarshi qilichni ko'tardi. Yana asr tushib qoldi. Yana Payg'ambarimizni oldiga kelib, yana kechirim so'radi. Payg'ambarimiz aytdilar, men seni avf qilmayman dedi. La avfuda anka. La afo anka li alla taqula hadatu muhammadan marotayin. Muhammadni ikki marta adadim deb yurmasliging uchun kechinmayman seni dedi. Tushunarli mirodalar? Avf qiladigan o'rni bor, haqqingizni undiradigan o'rning bor.

Dunyo ahillari musulmon kishiga siz musulmonsiz ku siz, siz xuddi qo'yavering. Bo'pti deb qo'yavering. Musulmonlar o'zi kechirmay bo'ladi yu deb turib bir hiyla narang ishlashlikka bir urinadi. Biz nima ish qilishimizni bilamiz. Kechirib qo'yishnikil loyiha bo'lsa, bosh ustiga. Illo falak. Valladina idha asobahub ul bag'in hum yonta sirun.

Imtihon olish degan narsa bor ku, hassos olish degani. Bu ham nozik narsa. Imtihon nima? Qasos olish, imtihon nima? Zolimni tiyib qo'yish. Haddidan oshib ketishidan to'xtatib qo'yishi kerak. Mana shu imtihon bo'lar ekan. Yo'q qilib tashlashmas ekan imtihon degani. Zimniy qalqoni meniki dedi.

Oramizda musulmonlarni qozisi hukm chiqarsin dedi. Ali ibn Abitur to'g'ri aytding, yurini oldiga dedi. Ikkalasi qozi Sho'rayxni oldiga kelishdi. Ali ibn abit olibga qarab turib, ya amir al mo'miniy, nima deysiz dedi. Ali roziyalloh ham aytdi, men qalqonimni mana bu kishini qo'lidaligini ko'rdim. Taqiq uni falon kecha falon joyda tushirib qo'ygan edim. Endi uni qo'liga kelib qolibdi. U sotib ham olgani yo'q, unga hadya ham qilingani yo'q dedi. Chiroyli zimmiga qarab sen nima deysan?

Zinmi aytdi, bu meni qalqonim, bu meni qo'limda turibdi dedi. Meni qo'limda turibdim, demak meniki. Men Amirul mo'mininni yolg'onchilikda ayblamayman, lekin qalqon meniki dedi. So'ngra Shuroyx xalifaga qarab turib, ey Amirul mo'minin, sizni rozgo'yligingizda meni shu vaham yo'q dedi. Ali ibn Abit olim ulug' sahobiy, Rasulullohning amakivachchasi, ilm shaharining bir eshigi, Rasulullohining kuyovi, yolg'on gapirishi mumkin emas. Shu ro'yxatniki, so'zingizni rost ekanligiga shubha qilmayman. Ammo ikkita guvoh keltirmasangiz bo'lmaydi dedi.

Ali ibn Abit olim, ha, mavloim Qambar va o'g'lim Hasan. Ular guvohlikka o'tishadi dedi. Yana bir oyati ikkala o'g'lim deydi. Shu ro'yaxatda lekin Amirul mo'miniy otani foydasiga bolaning bergan guvohniga o'tmaydi dedi. Xo'p, Qambarnikini qabul qilamiz, o'g'lingiz Hasannikini qabul qimaydi, chunki o'g'lingizi u.

Hukm shu, adolat shu. Subhanalloh dedi Ali roziyallohu anh. Jannat ahlidan bo'lgan kishini guvohligi o'tmaydimi? Axir sen rasulullohni al hasan va al husayn, saida shababi ahli janna deganini eshitmaganmisan? Hasan va Husayn jannat yigitlarning sayyidi degan Payg'ambarimiz. Jannatiy yigitni so'zini qabul qilmaysanmi dedi. Shu ro'yxatda, ha, eshitganman, lekin men farzandni o'zini otasiga bergan guvohligini joiz deb bilmayman dedi.

Xalifa, podshoh, davlat boshlig'i qoziga tili o'tmayapti. Shunda alimni obet olib, zimmiga qarab ol dedi. Senga dedi. Chunki bu ikkovidan boshqa guvohim yo'q meni. Oldi, ketdi. Ozgina yurgandan keyin zimmiga qaytib kelib, lekin meni Amirul Mu'mining qalqonsizlik ekanligiga guvohlik beraman dedi. So'ngra qo'shib qo'ydi. Amirul mu'minning bo'lib turib, men bilan o'zini qozisini oldida hujjatlashdi. Uni qozisi, uni ziyoniga hukm chiqardi. Shu narsaga buyurgan din haq ekanligiga guvohlik beraman. Ashxaduala iloh illalloh va ashxadi anna muhammadur rasululloh musulmon bo'ldi. Islomni qabul qildi.

Adolatni ko'rib turib. Birodarlar, islom faqat aytilinadigan so'z emas. Islom ko'rsatilinadigan amal. Odamlar amalda ko'rsa islomni buni ta'siri boshqacha bo'ladi. Zimniy shu mamlakatni birinchisi bilan qozini oldida teng haq talashyapti. Qozi xalifani ziyoniga hukm chiqarib beryapti. Buni samarasini ko'ring.

Ali ibn Ali tolib uni islomni qabul qilganligini ko'rib xursand bo'ldi da. Islomni qilibsami, senga hadya. Mana otam senga deb turib otni ham hadya qildi. Xursandchilikga. Biror bir kishi zalolotda yurib, keyin hidoyatga kelsa, siz musulmon sifatida xursand bo'lmaysizmi? Qalbingizga xursandchilik kirmaydimi? Uni islomga kirganligini muborakbod qilib, biror bir hadya bermaysizmi? Iymonim bor degan odam. Dinsiz yurgan odamni dinga kirganini ko'rganda, qalbi quvonmasa, iymonida nuqson bor buni. Yig'laymiz a, biroq, namoz yig'ilib qolibdi desa, kalima keltirdi desa, haligi ko'ramiz ku videolarda. G'ayriddin kalima keltirsa, ko'zimizga yosh keladi. Shu iymonni belgisi.

Bir kishini musulmon bo'lishiga bizni qalbimizga quvonch olib kelishligi kerak. Mana shu zimni hech qancha vaqt o'tmasdan ali ibn abit olibning bayrog'i ostida havo xorijlarga qarshi bo'lgan jangda qatnashdi va mana shu yerda alloh taolonga shahidlikni ato etdi. Shuroyxning chiqargan adolatli hukmlaridan namunalar.

Qozini o'g'li, Qozi Shuroyxni o'g'li birolari bilan tolashib qoladi da, o'rtasida bir muammo bo'lib qoladi. Kelib otasiga aytadi, ota, men falonchilar bilan bir muammoga kirib qoldim. Eshiting, ayting, agar men haq bo'lsam, ularda qozixonaga tortaman. Yo'q, agar haq ularda bo'lsa, kelishib qo'yaman deydi. Deydi da, otasiga aytib beradi.

Otasi eshitib turib, chaqiriver qozixonaga deydi. Haligi, xususiyatga joylashgan kishilar kelishdi. Qozi ikkala tomonini eshitib turib bolasini zarariga hokim chiqarib berdi. Bu holatdan hayron bo'lgan o'g'il otasiga, ey ota, meni sharmanda qildingiz u. Agar nohaqligimni aytganingizda ular bilan shunday kelishuvlar qo'yaverardim. Meni ziyonimga hukm chiqardingiz u, dedi. Hozir javob berib aytdiki, o'g'lim, sen menga bu xusumatchilardan ming tasidan ko'ra suyukliroqsan. Ammo men seni nohaq ekaningni avvaldan aytsam, sen o'zingni ranging suyanib ular bilan kelishib qo'yar eding. Nohaq bo'lib turib kelishib qo'tar eding. Oqibatda ularni haqlari senda qolib ketgan bo'lar edi. Endi bunday bo'lishini men xohlamadim dedi.

Qarang, hammaga bir xil muomilada. Xalifalardan Umarga ham, Ali ham, hatto o'zini bolasiga ham. Yana bir kuni qozi o'g'lini qomatib qo'ydi o'zi. Nima uchun? Bir odamni qarzi bor edi bir odam. Qarzini to'lolmayotgan edi. Qozining o'g'li uni o'zini kafilligiga oldi. Men kafilman unga dedi. To'lashiga. Kafilligini oldi, boyagi qarzdor qochib ketdi. Kim javob beradi? Kafil. O'g'lini o'tkazib qo'yib qamoqqa, o'zi kunda ovqat tashidi.

Qozi shu oy biror bir ishda hukm chiqarayotgan bo'lsa, guvohlikka o'tayotgan odamlarga aytar edi. Diqqat qilinglar. Ikkita odam kelisholmay turibdi, bittasini haq ekanligiga guvohlikka o'tayotgan odam. Shu guvohlikka o'dayotgan odamga aytardi. Menga quloq tutinglar, hadakumulloh. Mana bu kishining ustida aslida sizlar hukm chiqarasizlar. Men jahannamdan, sizlardan ko'ra ko'proq qo'rqaman. Sizlar bergan guvohliklaringiz haqida mas'ul bo'lasizlar. Sizlar ham jahannamdan taqvo qilishga haqlisizlar. Hozir sizlar guvohlik bermay ketib qolishga imkoniyatingiz bor. Sizlar hukm chiqarasizlar, men emas. Mana bu nohaq deysizlar, sizlarda gapinglar bilan, sizlarni guvohligingizni orqada hukm chiqaraman. Aslida sizlar hukmni chiqarasizlar. Allohdan qo'rqinglar. Chunki qiyomatda javob berasizlar bu guvohligingizga. Hozir ketib qolishni iloji bor.

So'ngra uni foydasiga hukm chiqara berayotgan odamga qarab aytar edi. Ey falonchi, e aqlli odam bo'lgan, farosatli odam bo'lganku, bu ishda seni zolim ekanligini ko'rib turibman. Sezyapman sen zolimsan. Lekin seni foydanga guvohlikka o'tishyapti. Men gumonim bilan hukm chiqara olmayman, haqqim yo'q. Guvohni guvohligi bilan hukm qilaman.

Hukm shunaqa. Garchi hozir ro'parasida turgan odamni nohaqligini bilsa ham, ko'rib turgan bo'lsa ham, ammo guvohlar uni foydasiga guvohlik berayotgan bo'lsa, guvohlik bilan hukm qilishlik kerak, o'zini gumoni bilan emas. Islomiy hukmning sharti shu. Vaholanki seni zolim ekanligingni gumon qilib turibman, ammo men gumon bilan hukm chiqara olmayman. Guvohlarning guvohligi bilan hukm quraman. Shunday bo'lsa ham, meni hukmim senga harom bo'lgan narsani halol qilib qo'ymaydi. To'g'ri, hozir hukm chiqarib beradi sizga, seni haqing ekan, olib ketasiz. Ammo sen nohaq bo'lib olib ketdingmi? Men hukm qilib bergan bo'lsam ham, senga halol emas bu dedi.

Agar Nabiy sollallohu alayhi vasallam oldiga bir odam kelsa, talashib birov bilan, hujjatini chiroyli keltirsa, chiroyli gapirib bersa va Payg'ambarimiz uni hujjatiga ishonib turib, buni ziyoniga, buni foydasiga hukm qilib bersa, buni haqqini bunga hukm qilib bersa, guvohlikka qarab, halol bo'lib qoladimi shu narsa? Halol bo'lmaydi. Fiqhiy qoida. Qozining hukmi haqni botil qilib qo'ymaydi. Qozining hukmi botilni haq qilib qo'ymaydi. Qozining huquqi hech narsani o'zgartirmaydi. Agar seni qo'lingda qozining hukumi bor bo'lsa, bu hukm seni qiyomat kunida so'roqdan, azobdan qutqarib qololmaydi. Qoziga pul berib, birovni haqqini o'zinikini qilib olayotganlar.

O'zingizniki bo'lmagan narsani qoziga pul ber yurib, pora berib yurib, o'zingiznikini qilib, birovnikini harom yo'li bilan tortib olayotganlar, ha dunyoda sizga o'tkazib beradi o'sha narsani qozi, lekin sizga halol bo'lmaydi u. Agar kimdir shu yo'l bilan kimnidir haqqini yeb qo'ygan bo'lsa, esini yig'sin. Vaqtida qaytarib bersin. Chunki qiyomatda javob berasiz bu narsa uchun. Necha yil yashaysiz shu yerning ustida?

O'sha olti sotik yerning ustida necha yil yoshaysiz? A boring o'ttiz yil yashang. Allohni oldiga bormaysizmi? Hozir aytadi da, o'sha bir noto'g'ri guvohlikka o'tayotganlar bo'lsa, ertaga qiyomat kunida zolim inson haqiqiy ziyonkor kim ekanligini ko'radi. Zolim jazoni kutib yashaydi. Mazlum insof bo'lishligini kutib yashlaydi. Qaytaraman. Birovda haqqini yegan odam jzosini kelishligini kutip yashaydi. Ammo zulm ko'rgan odam bir kun haqqim baribir o'rnatib turib umid bilan yashaydi.

Bir kuni bir kishi boshqa bir kishiga shikoyat qilyotgan edi hayotidan. Shu ro'yx uni eshitib qolib, ey birodar, Allohda boshqaga shikoyat qilmang. Allohda boshga shikoyat qiling. Siz shikoyat qila olayotgan odam yo do'stingiz yo dushmaningiz. Yo do'stingiz, yo dushmaningizingiz. Agar do'stingiz bo'lsa, yuragini siqib qo'yasiz. G'amga kirgizib qo'yasangiz. Agar dushmaningiz bo'lib qolsa u odam, sizni sharmandingizni chiqaradi.

So'ngra aytdiki, mana ko'zimni ko'ryapsizmi dedi. O'n besh yildan beri hech narsani ko'rmaydi. Hech kimga aytganman shu kungacha. Hozir aytyapman sizga dedi. Bitta ko'zi ko'rmagan ekan. Va birovga aytmagan ekan ham. Mana ko'zimni ko'ryapsiz mi? O'n beshildan beri na bir odamni, na bir yo'lni ko'rmayman. Lekin hech kimga aynitgan emasman. Faqat hozir sizga aytyapman dedi.

Axir siz eshitmaganmisiz, solih banda Yoqub alayhissalom nima degan? Qola innama ashqu bathiy va huzni ila alloh va alamu minallohi ma'lata'lamun. U aytdi, men g'am u tashvishlarimdan yolg'iz Allohga shikoyat qilib yig'lamoqdaman va men Allohnı mehribon, rahmli ekanligi haqida sizlar bilmaydigan narsalarni bilaman.

Demak kishi, iymoni yuksalgan sari odamlarga shikoyat qilmay qo'yadi. Iymoni yuksalagan sari dardini odamlarga aytmay qo'yad. Iymoni yusalgan sari faqat Robbisiga shikoyat qildi. Odamlar borib qayerga borsang, shikoyat qilaveradi. Bolasidan shikoyat qilingan, xotinidan shikoyat, nahnavodan shikoyat qilyan. Xullas, zerikib ketasan o'tirginayotgan million xodimlar bilan.

Shu ro'yxning nasihatlaridan. Bir kishi boshqa bir kishidan bir narsani yalinib yolvorib so'rayotgan edi. Yalinib yolvorab so'rayotgan. Shu ro'yxonga qarab, ey birodar, kim bir insondan hojatini so'rasa, o'zini qullikka ro'baro' qilib qo'ygan bo'ladi, dedi. Hikmatda aytiladi. Bir kishiga muhtoj bo'lsang, uning asiriga aylanasan.

Undan behojat bo'lsang, uning tengiga aylanasan. Agar unga yaxshilik qilsang, uning amiriga aylanasan, bir kishiga muhtoj bo'lsang, uni quliga aylanasan. Undan behojat bo'lsang, tengiga aylanasam, unga yaxshilik qilib qo'yadigan bo'lsang, uning boshlig'i amiriga aylana. Xos kishilarga qilgan nasihatlaridan kofaga vabo keldi. Vabo tarqab ketdi shaharda. Shuroyxni bir do'sti kofadan najafga qarab chiqib ketdi, vabodan qutilish uchun. Shuroyx do'stiga yozib shunday dedi. Ammobod, sen tashlab ketgan yer seni o'limingni yaqinlashtirib qo'ymaydi. Kunlaringni ozaytirib qo'ymayd. Qochib borgan yering esa seni istab talab qiluvchi xaridoringdan uzoq qilmaydi. Kimdan? Azroildan. Sen bilan men yagona podashoh qo'lidamiz. Najaf ham uning qo'l ostida. Payg'ambarimizni sunnati, bir shaharga vabo kelsa, shu shahardan Payg'ambarlarimiz chiqmanglar degan, tashqariga. Chunki tarqatib ketishi mumkin. Endi vabosi bor shaharga kelib qolgan bo'lsanglar, kirmanglar degan. Bu kishi Allohni qazoyi qadrdon qochib chiqib ketganligini malomat qilib, Shuroyiq do'stiga shunday bir xat yozdik.

Xulosa. Bular Islomiy hukmning oltin tarixidan bir tomchi xolos edi. Qozi shu ro'y qozilik mansabida oltmish yil turdi. O'zini mana shu davrini adolat, insof, hikmat va faxriga to'ldirdi. Qarang, bu tobein, sahobalar tirik turgan davrida Qozi bo'lyapti. Sahobalarni mushkulalarini o'tirib tobein hal qilyapti. Nafaqat sahobalarni, balki xalifa bo'lgan kishilarni ishlarini hal qilyapti, biz birodarlar Qozi bo'lmasak ham, hayotimizda, yashashimizda Shuroyh rohimahullohga ixtido qilishimiz kerak. Chunki har bittamiz qozimiz. Farzandlarimizni ustida, shogirdlarimizni ustida. Ishchilarimizni ustida. Musulmon kishi adolatni xoyim qilish kerak.

Islom adolatining ramzi va faxri bo'lgan Qozi Shuroyh yuz sakkiz yil umr ko'rdi. Umarimni hatto buni qirq yetti yoshida qozlik mansabiga tayinlangan bo'lsa, yuz yetti yoshgacha, uzluksiz oltmish yil mana shu vazifani vado etdi. O'limidan bir yil avval iste'foga chiqdi. Alloh Taoloni mana shu kishilarga rahmat uyg'ongan bo'lsin. Va siz bilan bizga, ularga iqtidor qilib, hayotimizni har bir katta kichik ishida adolatni qoyim qilishligiga tavfiq berishini so'raymiz. Aqoli qovli ha

Keyingi darsni tinglashTobe'inlar hayoti