Inna alhamdulillahi nahamdulhuv onasta inuhu onasta ofiru va na'uhu billahi min shu'ruri yonfusina va min sayyi'ati amalina, may yahdihillah hufala muvillala, omon yuzli hufala hadiyalar va nashxadu alla ilaha illallohu vahtahul shariikalar va nashxado' anna muhammadan abdug'u rasuluh, amma ba'd, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va barakatuh.
Bismillahir rohmanir rohim. Bugun birodarlar, qarz haqida dars boshlaymiz. Qarz olish, berish, qarz nima? Shariatda qarz berishlik qanday amal? Qarz shariatda qarz olishlik qanday amol? Bu mavzuni tanlashimizga sabab, juda ko'p odamlar, xususan yoshlar, qarzdan qo'rqmay qo'yayotganligi ko'zga ko'rinib qoldi.
Qarz olishning oson bo'lib ketganligi uchun, qarzdor bo'lganlar ham ko'payib ketdi. Ana shu qarzini uzolmasdan xonavayron bo'lib, borib bu dunyodan ajrab, yurtidan, uyidan, musofir yurtlarda qarz uzaman deb yurganlar ko'payib ketdik. Bu suhbatlarimiz orqalik insonni hayotida katta bir ahamiyat kasb etadigan masala haqida bahs qilmoqchimiz. Qarz masalasi haqida.
Qarz. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadis shariflarida marhamat qilib aytadilar. Abu said al hududiy roziyallohu anhudan. Qola nabiyu sollallohu alalayhi vasallam, ida xolasal mu'minunaminan nar, xubi su'bi qontoratin baynal jannati va nar. Fayataqos suvna mazolima, ka'nat baynahum fid dunya. Xatta ida nuqu va huddi bu. Udin alahum biduxulil janna. Rasululloh aytadilar, imom buxorga keltirgan hadis. Mo'minlar do'zaxdan xalos bo'lishgach, jannat bilan do'zax o'rtasidagi ko'prikda tutiladilar, to'xtatiladi. Va dunyoda o'rtalarida bo'lib o'tgan zulmlarning qasosini bir birlaridan oladilar. Nihoyat tozalanib, musofo bo'lishgach ularga jannatga kirish uchun izn beriladi.
Mazolim degani, birini ikkinchisida qolib ketgan haqqi. Kim kimni urdi, bu javob qaytara olmadi. Kim kimni haqorat qildi, javob qayta olmadi, haqqini ololmadi. Kim kimni pulini, molini oldi, yeb ketdi, qarz bo'lib, ololmadi. Mana shular to'xtab, hal qilinmagunicha, mo'minlarga jannatga kirishlikka izn berilmaydi.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam umri davomida bir marta haj qilganlar. Ana shu hajjatul vadoda yuz mingdan ortiq odam yig'ilgan joyda rasululloh sollallohu alalayhi vasallam shunday dedilar. Katta xutbasining bir qismi. Fa innadima'akum va amu'alakum va a'rodakum alaykum haromun. Ka hurmatiy ya'umikum ha'da, fiy shahrikum ha'da, fil baladikum ha'da. Ey odamlar, albatta qonlaringiz, mollaringiz va obro'laringiz sizlarga, bir biringlarga haromdir. Xuddi bugungi kuningiz, bugungi oyingiz va bu shahringiz harom bo'lgani kabi.
Qarz hamma zamonda bo'lgan. Hamma davrda, hamma makonda, hamma jamiyatda qarz oldi berdi muomalasi bor bo'lgan va bundan keyin ham bo'ladi. Ammo, bizni zamonamizga kelib, ayrim odamlarni mana shu qarzga bo'lgan munosabati avvalgi odamlarni munosabatidaqa bo'lmay qo'ydi. Ayniqsa yoshlarni. Yoshlar qarzdan qo'rqmayapti.
Qadim qadimdan odamlar bir biriga yordamlashgan, qiyinchilik bo'lganda ko'maklashgan, biror bir ehtiyojini qondirish uchun bir biriga qarz berib olgan. Ijtimoiy hamkorlik uchun qarz. Odamlar modomiki bir jamiyatda yasharkan, birini mashaqqatini yengillatishlikka ikkinchisi yordam berishlik kerak. Hamkorlik bo'lishi kerak. Biri qiynalganda ikkinchisi pul berib yordam berib turgan qarzga. Qarz olingan, iqtisodiy rivojlanishi uchun. Bir odamni tijorati yurib turibdi, kengayishlikka zarurat tug'ildi. Mahsuloti yaxshi ketyapti. Yana bir ozgina qarz olib zavodiga kirgizsa, yana bir o'nta, yigirmata odam ishlay bo'ladi. Jamiyatda ehtiyoji qondiriladi. Demak, iqtisodiy rivojlanish uchun qarz olingan odamlar tomonidan.
Zaruratni qondirish uchun qarz olinmagan. Biror uyib kuyib ketdi to'satdan. Yo bir sel keldi, yer qimilladi, to'satdan ofat keldi. Ko'chada qolmaslik uchun shu odamga qarz berilgan. Demak, qarz insonlar orasida doim bo'lgan, hozir ham bor, bundan keyin ham bo'ladi. Muhimi, qarzni ishini islomiy axloq, shariy me'yorlarga muvofiq qilishimiz kerak.
Qarz hayotimizdagi muhim ishlardan bittasi. Qur'oni karimda qarz haqida oyo tushishligini o'zi bu masalani qanchalar muhim ekanligini siz bilan bizga bayon qiladi. Boshqacha qilib aytaman. Qarz haqida oyat tushdimi? Qur'onda qarz haqida gapirildimi? Demak, bu yengil masala emas.
Qur'oni Karimdagi eng katta sura, Baqara surasi. Ana shu Baqara surasining eng uzun oyati ikki yuz sakson ikkinchi oyat. Qarz haqidan. Astayidubillah, ya ayyuhalladina, a manu ida tada yantun bidaynin ila ajali musamman faktu bu. Ey mo'minlar, agar belgilangan muddatga qarz olsanglar, uni yozib qo'yinglar. Mana qarz olasizlar bir biringlardan, yozib qo'minglar deyapti. Qarzni ustida musulmonlar nima ish qilish kerakligi shariat islomiyada aniq aniq qilib yozib qo'shilgan.
Odam bolasi borki, birodarlar, qarzdor bo'lib qolishi mumkin. Inson, issiq jon. Zarurat, to'satdan kutilmagan ishlar bo'lib qoladi, qarz bo'lib qolish mumkin. Mumkin. Hatto Muhammad alayhissalom ham qarz olganlar, birodarlar. Oishonamiz roziyallohu anhodan. Ishtara rasulullohi sollallohu alayhi vasallam min yahudiyin ta'aman, bin nasiyating va rohanadir an lahu min hadiydin.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir yahudiydan nasiyaga taom sotib oldilar. Arpa. Puli yo'q, qarzga nasiyaga oldilar. Va unga o'zlarining temir sovutlarini garovga qo'ydilar. Rasululloh vafot etganlarida, ana shu yahudiyning uyida sovuti qolib ketgan edi Rasulullohni. Qarzni lug'aviy va istiloiy ma'nosi. Qarzni lug'aviy ma'nosi arab tilidan kesish, ajratish ma'nolarini bildiradi. Sababi, qarz berayotgan odam o'zini molidan bir qismini kesib ajratib berayotgan bo'ladi. Bu lug'aviy ma'nosidir. Shar'iy ma'nosichi? Qarz biror kishiga ma'lum muddatga qaytarish sharti bilan berilgan pul yoki mol. Bir narsani berdingiz, pul yoki mol, mol paytda qaytarib berasan. Mana shu istilohiy ma'nosi bo'ladi. Birodalar islom dini, shariat, qarzga bir jiddiy yondoshadi, bu masalani jiddiy ko'radi. Bir tomondan, qarz berishlikni ulkan savobli ish ekanligini aytsa, shariatimiz, ikkinchi tomondan qarzdor ana shu mas'uliyatni his qilib, tezroq qarzini qaytarib berishlikka majburligini, javobgarligini ta'kidlaydi.
Kimdir aytishi mumkin. Domla, qarzni yaxshi narsa emasligini hamma biladi yu. Nima keragi bor bunaqa mavzuda dars qilishdi? Qarzda yaxshi narsa masligini hamma biladida, nima kerak bor bunaqa dars qilishda? Unaqa savol beradiganlarga aytamizki, bu gapimizni tez tez takrorlab tursak kerak. Biz qarzdan ehtiyot bo'lishi kerak deyotganimizda, manaqa yoshi katta, hayotiy tajribasi ko'p, boshidan issiq sovug' o'tgan oqsoqollarni nazarda tutmayapmiz. Bu darsimizdan ko'zlangan maqsad yoshlar, zamonamizga kelib mana shu qarz olish, kredit olish, nasiyaga buyum olishlik ommaviy hisob ketdi. Endi ana shu olinayotgan qarzlar, nasiya buyumlar aslida kerak bo'lmagan narsalar bo'lib qoldi.
Telefon, mashina, konditsioner, mikrovanovka, zarurat emas. Ammo yoshlarni orasida shu narsa ommaviy bo'lib ketdi. Tushunarli gap, bu darslarda biz kimni maqsad qilyapmiz? Biz yoshlarni maqsad qildik mana shu darsimizda. Chunki yoshlarda dunyoga bo'lgan rag'bat kuchli bo'ladi. Hali boshidan issiq sovuq o'tmagan bo'ladi. Dunyoga orzu havasga zebi ziynatga xaris bo'ladi. Ularni atrofidagi olam, interneti, televizori, ulfatlari mana shu dunyoni zebi ziynattiga bo'lgan hirsini kuchaytirsa kuchaytiradiki, kamaytirmaydi. Bir marta yashaymiz. Yoshlikda o'ynab qolish kerak. Ulgisan qolgan narsaga. Hamma olyapti yu. Bir gap bo'lar, olaver.
Tushunarli a bu ma'ruzalar, bu darslarimiz kimga ekan? Yoshlarga. Asl shuki, qarz yaxshi narsa emas. Agar qarz yaxshi nasa bo'lganida, yomon narsa bo'lmaganida, Nabiy sollallohu alayhi vasallam qarzdan panoh tilamagan bo'lardilar robbisidan. Aks holda Payg'ambarimiz qarzdor bo'lib qolishlikdan, Parvardigoridan panoh tilamagan bilardilar.
Osh onamiz roziyalloh anhidan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam namozda ba'zi rivoyatlarda salomdan oldin shunday duo qilardilar. Allohumma inniy audhu bika min adabil qobr va audhu bika min fitnatil masihid dajal va audhu bika men fitnatil maxya va almamat. Allohummainniy audhu bika men al ma'taniy va al mag'romiy. Ya'ni rasululloh duo qilar ekanlar, ba'zi rivoyatlarda salovatni o'qib bo'lib, salom berishdan oldin shu duoda o'qirkanlar. Parvardigor, men sendan azobi qabrdan panoh tilayman. Masixi dajjal fitnasidan panoh tilayman, hayot va mamot fitnasidan panohtilayman. Parvardigor, mening sendan gunohdan va qarzdan panoh tilayman! Sahobalar, yo rasululloh, nima uchun bunchalik qarzdan ko'p panoh tilaysiz deyishdi. Payg'ambarimiz aytdilar, innna rojo'la ida g'orima haddata fa kadaba va va'da fa axlafa. Rasululloh aytdilar, albatta kishi agar qarzdor bo'lib qolsa, gapirsa yolg'on gapira oladigan bo'lib qoladi, va'da bersa bajarmaydigan bo'lib qolaradi. Bu munofiqlik alomatlaridan ikkitasi a?
Yolg'on gapiradi, va'dasiga xilof qiladi. Yana payg'ambarimiz mana shu qarzgidor bo'lib qolishlikdan panoh tilab, robbisiga duo qilar edi. Allohumma inniy audhu beka minal hammiy val hazan, vala ajzi val kasal, val buhli val jubn va dol id dayni va g'alobati rija. Parvardigor, g'am qayg'udan, ojizlikdan, dangasalikdan, baxillikdan, qo'rqoqlikdan, qarzni bosib qolishidan, ya'ni qarzni to'lolmay qolishdan va odamlarning g'olib kelishidan sendan panoh tilayman.
Qarz haqida aytilgan so'zlar, ulug'larimizning so'zlari. Umariddin xattob roziyallohu anhoy aytadi, iyakun va dayin ham mumbin layli va madallatun bin nahar. Qarzdan ehtiyot bo'linglar. Chunki u tunda g'am, kunduzi xorlik. Ali roziyallohu anhu aytadi. At daynu la yunam u lahu bin layl va la yuhda u lahu bin nahar. Qarzni deb tunda uxlanmaydi. Kunduzi esa xotirjam bo'linmaydi.
Abdulloh ibn umar aytadi. Li an amuta, valaysa alayyi daynun, ahab bu ilayya min amuta va mayli misla uhudin. Men zimmamda qarzim bo'lmasdan o'lishim meni uhud tog'icha molim bo'lib turib o'lishimdan suyukliroq.
Hasan ibn Asra aytadi: lavkana rojulun, yamshi iloh va madyunun, lakanat rejla g'ufil quyunut. Qarzdor odam ko'chada yurgan bo'lsa ham oyog'i bilan, o'zi aslida oyoqlari bog'langan bo'ladi deyapti. Buni haqiqatini o'sha yoshlar katta pulni olib, bo'yniga qarzni ilib, pachog'i chiqqandan keyin, ideya biladi. O'zi avvalgi hayotim zo'r edi ekan. Yegani, yelim kiygani, kapam bo'lib, ko'chaga chiqa olmasdan, hayotidan osoyishtalik ketgandan keyin aytadi, o'zi hayotim zo'ri edi ekan deydi.
Sofiy ona salli aytadi: a'domun nasi hamman, al madyunun. Eng katta g'ami bor odam kim? Qarzdor odam deyapti. Ibn Qayyum zodul moti aytadi: qarz insonning dindorligini zaiflashtiradi va dunyoda xor qiladi.
Boya darsni boshida aytdim, albatta hammamizda ham atrofimizda odamlar bilan muomalamiz bor, haqqimiz bor, qarzimiz bor, insonmiz, bo'ladi hammada. Lekin eshitib qo'yinglar. Ayniqsa yoshlar. Qanchalik muhim emas, qarzingiz bormi? Shu qarzingiz ishingizni amallab, ilgarilab ketishlikdan to'sib turadigan to'siq bo'ladi.
Soddaroq qilib aytsak, qarz ishingizni orqaga tortadi. Qarz orqaga tortishligini hayotda odamlar ko'p kuzatgan. So'rab surishtirsangiz, ayrim odamlar o'sha ozmidi ko'pidi qarzini uzganidan keyin ishi tezlaganligini, rivojlanganligini ko'rishgan.
O'zi bor, berib qo'ya olasiz, bermaysiz da. Turib tursin deysiz. Biroridan besh yuz dollar qarzingiz bor. Falonchidan uch yuz dollar qarzingiz bor, falonchidan bir ming dollar qarzingiz. Yig'ishtirib ketsangiz ikki ming ga bormaydi. Pulingiz bor. Kulyapsiz a? Bor, uzib qo'ya olasiz, unga muhtojligingiz yo'q, shu qarzni to'lab qo'ysangiz ko'chada qolmaysiz. Bermaysiz. Bermayapsizmi? Ishingizni orqaga qolishini ko'ravering.
Hayotda, tajribada o'tkazilgan, sinalgan narsa, o'sha ozmidi ko'pidi qarzini uzib bo'lganidan keyin, ishlari oldiga yurgan odamlarni. Imom shohid aytadi, al qardu qoniya tun layin. Qarz tungi uyqusizlikdir. Nimaga qarz ishni orqaga tortadi? Birinchidan, ruhiy bosim.
Qarzdor odam doim stress ostida yashaydi. Fikri, hayoli faqat qarzini uzish bo'ladi. Endi bunaqa kallasi band bo'lgan bosimdagi odamda yangi tijorat fikrlari, biznes ideyalari bo'lmaydi. Ikkinchidan, moliyaviy cheklanish bor, qarzdorda. Chunki qarzini uzishga ketadi puli. Ozgina pul topsa, qarzga olib borib berish kerak. Yangi bir imkoniyatlar bo'lganda qo'lida sarmoyasi yo'q.
Uchinchidan, vaqtni quvvoti ketadi. Chunki qarzdni boshqarish kerak. Haq donlar bilan muloqot qilish kerak, ularga borib turib egilishingiz kerak, holingizni tushuntirishingiz kerak, quvvatingiz ketadi, energiyangiz ketadi. To'rtinchidan, jamiyatdagi mavqoyingiz orqaga ketadi. Qarzdor bo'lib qolganligingizni bilsa odamlar, sizga bo'lgan munosabati ijobiy tomonga o'zgarmaydi.
Beshinchidan, yangi imkoniyatlar boy beriladi. Yangi fikr chiqdi, yangi biznes taklif bo'ldi. Lekin qarzingiz bor, qo'lingizda pulingiz yo'q, u ishga kirisha olmaysiz. Umar roziyallohu anhun so'zini yana bir marta o'qib qo'yamiz. Iyaku va dayn. Hammun billayli va madallatu bin nahar. Qarzdan ehtiyot bo'linglar, chunki u tungi g'am, kunduzgi xorlikdir.
Mana endi shu qarz haqida bizni zamonimizdagi ko'zga ko'ringan g'arblik sarmoyadorlarni ba'zilarini so'zlarini o'qib beraman. Finansistlardan. U aytadi: men ko'p odamlarning spirtli ichimliklardan ko'ra qarzdan ko'proq pul yo'qotganini ko'rdim. Qarz bu muvaffaqiyatga erishishingizga to'sqinlik qiluvchi vositadir. Men qarz olib yutuqqa erishganlarni ham ko'rdim. Lekin qarz tufeli yutuqqa erishishmas, balki qarzdan holi bo'lib turib, yutuqqo erishish haqiqiy barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlaydi.
Yomon qarz, o'sha zamonamizdagi ko'zga ko'ringan iqtisodchilardan bittasini gapi. Yomon qarz bu sizni cho'ntagingizdagi pulni chiqaradigan qarz, yaxshi qarz esa, sizni cho'ntagizga pul soladigan qarz. Qarz ikki xil bo'lyapti. Yaxshi qarz, yomon qarz. Yaxshi qarz cho'ntagingizga pul soladi, yomon qarz cho'ntagingizdan pulni chiqaradi. Yaxshi qarz qanaqa qarz? Zavodingiz bor, fabrikangiz bor, ishingiz yaxshi ketyapti. Mahsulotingizga talab kuchaydi, lekin imkoniyatingiz ozlik qilyapti, bir o'nta stanok olish kerak. O'nta stanok olsangiz yana bir yigirmata odamni ishga olasiz, elda ehtiyojini qondirasiz, yana pul keladi. Demak bu yaxshi qarz. Ishingizni rivojlanishiga sabab bo'ladigan qarz. Cho'ntagingizga pul soladigan qarz ekan, yaxshi qarz, ikkinchisi, nima bu?
Yomon qarz. Sizni cho'ntagingizdan pulni chiqaradigan, ortiqcha orzu havasga sarflanadigan qarz. Bizda qaysinis ko'proq olinadi? Yana aytilinadi, qarz bu sizni kelajagingizdan bugunga pul olish. Aquli qovli ha da va astag'firulloh alayhi valakum. Innallohi va malayhi katuxush sonli uni alannabiy. Ya yu halladina amanu, sollallohu alayhi vasalli mutaslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.