Maviza
—Qoralama26 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
26:16
O'zgarishlar tarixi

Allohu rahmat, rohiym. Alhamdulillah, robbilar a'lamin. Vassalomu alayhi vas salamu alash rohiyul musamin va ala alixiyu ashabiyhi ajma'in. Allohumma alin na ma'yam fauna va na bima'l la mutanoza ibn al ilma. Allohumma arenal haqqa haqqon va rizqu natiba va arenal ba'tila ba'tilan va rizqu natijatina va hoji alloh min mag'astami on al qovlu fayetta bi ona husana, vodixin la bi rohamatika fiya ibadika solihain. Ammavot assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh.

Sirojiddin o'shining badul amoli asarini davom etkazyapmiz. Endi yettinchi matn. Yettinchi baytimiz Allohu azza va jalloni shay deyish mumkinligi haqida. Shay degani arab tilida narsa. Nusam milla ha shay an la kal ashiai va zatan an jihati siddi xoli.

Allohni boshqa shaylar kabi bo'lmagan shay deb ataymiz va olti tarafdan xoli bo'lgan zot deymiz. Shay, narsa. Alloh boshqa narsalarga o'xshamagan narsa va oltita tarafdan xoli zot. Nazmiy bayoni. Allohni betimsol shay deb atash bor, ham zot deymiz, ammo emas tarafdor.

Allohni betimsolshay deb atash bor. Ham zot deymimiz, ammo emas tarafda. Zot deymiz lekin bir tarafdagi zot demaymiz. Allohni osmonda desangiz, bir tarafga joyladingiz Allohni. U yerda emas degani. Bahodir o'shda degani, Bahodir Bishkekda emas degan. Agar bir narsani bir joyda desangiz, demak boshqa joyda emas deganingiz bo'ladi. Allohni osmonda deydigan bo'lsa zoti bilan, unda yerda chi? Alloh Taolo zamon va makondan behojat. Bizni aqidamiz shunaqa. Alloh zamon va makondan behojat. Agar Allohni osmondada desangiz, oddiy savol. Osmon yaralmay turib qayerda edi?

Biz ahli sunna va jamoa, Alloh Taoloni zod jihatidan ham, sifat jihatidan ham boshqa biror bir narsaga mutlaqo o'xshamay deb e'tiqod qilamiz. Mana qaranglar. Biz qo'l ko'tarib, Parvardigor deb turib, ko'zimiz yumilib qoladi ba'zida. O'tirib dardimizni aytamiz, iltijoyimizni qilamiz, ko'zimiz yuvib. Shu holatda ko'z oldinglarga qanaqa surat, qanaqa shakl namoyon bo'ladi? O'ylab ko'rganmisizlar?

O'ylab ko'rganmisizlar? Hech narsa kelmaydi ko'zingizni oldiga. Demak Allohga duo qilyapsiz siz. Demak biz Allohga duo qilayapmiz. Chunki biz Allohni qanaqa ekanligini tasavvur qila olmaymiz da. Vala ajzu andar kel idroki idrokun, val baqsu an sirri dhati robbi ishorkun. Idrok qilishlikdan ojizlik idrok qilishligidir. Ollohning zoti haqida bahs qilishni shir keltirishdir.

Ollohning zotini idrok qila olmasligingni idrok qilishing Ollohning zotinni idrok qilishindir. Ollohning z otini qanday ekanligini. Idrok qila olmaslikngni idrok qilishi Ollohni zotini idrok bilishingdir. Ollohni qanaqa zot ekanligini meni aqlim olmas ekan, men tasavvurimga sig'dira olmayman ekan dedingmi? Demak Allohda tanibsan sen birodar. Chunki oltita tarafni ichida bo'lish bu maxluqlarga xos bo'lgan sifat. Alloh taolo oltita tarafni ishida bo'lmaydi. Va datan an jihati siddi xoli.

Alloh taologa nisbatan shay so'zini, narsa so'zini qo'llash to'g'risida esa bu so'zni boshqalarga qaraganda allohga nisbatan ishlatishimiz, qo'llashimiz a'lo roq. Chunki bor narsani narsa deymiz. Bor narsani narsani deymiz, yo'q narsani narsa demaymiz. Bor narsalarnigina shay deb nomlash, narsada nomlash mumkinligi e'tiborga olganda, alloh taoloni bor ekanligi boshqa narsalar kabi o'zidan boshqaga muhtoj emas, balki borligi boshqaning ta'siri qilishiga bog'liq bo'lmagan zotdir. Shuning uchun alloh taoloni narsa deymiz, lekin orqasidan darhol boshqa narsa, boshqa nimalarga o'xshamagan narsa deymiz.

Mana shu so'zini ta'kidlab keltirilishi, e'tiqod masalasida qattiq adashgan jahmiya firqasining noto'g'ri aqidasidan ogohlantirish uchun keltirildi, yozildi. O'sha rahmatulloh alayhining she'riy uslubda qisqa va lunda qilib turli e'tiqod masalalarini bitta bitta bayon qilishini ham, ehtimol o'sha paytdagi eng dolzarb mavzu bo'lib turgan masalalar haqida ahli sunna val jamoaning qarashini ommaga taqdim etish bo'lgan. Nima muammo chiqsa, ulamolar chiqib javobini berishgan.

Bu zotdan ikki yuz yilcha oldin yashagan imomu motirudi rahmatullo alixam o'zini tavhid asarida alloh taoloni shay, ya'ni narsa deb atash mumkinligiga naqliy va aqliy asoslar bor ekanligini bayon qilgan. Aytadiki, imom motirudi Alloh Taoloni sha'y deb atash mumkinligiga ikkita asos mavjud. Bittasi naqliy asos, ikkinchisi aqliy asosi. Naqliy dalil bor. Aqliy dalil bor.

Aqliy dalil, naqliy dalil deydi. Naqliy dalili degani oyat, hadis. Bu yerda aql ishlatib o'tirilmaydi. Naql qilinyapti, ya'ni bizga olib kelinyapti. Allohdan payg'ambarga, payg'ambardan sahobaga shunday ko'chib kelayotgan dalil naqliy dalil deyiladi. Oyat va hadis naqliy dalil. Shunday olinadi. Endi aqliy dalili degani, inson eshitib turib, aqli qanoatlanadigan dalillar. Masalan, Alloh Taoloning borligiga aqliy dalil nima desa, yerda turgan iz, mashinani balonni izida turibdi. Qara, mana shu iz nimani borligiga dalolat qiladi desa, balon yurgan deydi. Demak, iz ana shu pokrishkani borligiga dalil bo'lar ekan, demak bu koinot turibdimi, o'z o'zidan boyagi pokrishkani o'zi paydo bo'lib qolmagandek, bu koinot ham o'z o'zi paydo qolib qolmagan, uni kimdir yaratgan bo'lishi kerak desa, ha deysiz. Mana shu aqliy dalil bo'ladi.

Alloh Taoloni shay deb atash mumkinligiga ikkita asos mavjud. Bittasi aqliy, bittasi naqliy. Birinchisi Qur'ondan dalil. Naqliy dalil. Alloh Taolo aytadi lay saka mithlihi shay'un va huvas samiyul bosir. Uning mislidek biror shay yo'q. Allohga o'xshagan biror narsa yo'q. U o'ta eshituvchi va o'ta ko'ruvchidir.

Qur'ondan delilimiz bor, Allohni shay narsa deyishlikka. Lekin orqasidan darrov nima deymiz ekan? Alloh narsa, lekin boshqalarga o'xshamagan narsa. Agar Alloh Taoloni shay, narsa deb atash mumkin bo'lmaganida, o'zidan o'xshashni uning mislidek biror shay yo'qdir deya shay ismi bilan rad qilmagan bo'ladi. Chunki mavjud bo'lmagan, borliqda yo'q bo'lgan narsaga shay, narsa degan so'z ishlatib bo'lmaydi.

Bir narsa olib keldim deydi. Senga bir narsa olib keldim deganda, demak u narsa bor. Narsa degan so'z bor narsaga ishlatilinadi. Modomiki bor narsani narsa deyish mumkin bo'lsa, Alloh Taoloning borligi hamma narsalardan ko'ra borroq. Shuning uchun Alloh Taoloni shay deb aytamiz. Allohni shay narsa deyishi mumkinligiga ikkinchi oyat. Naqli dalil. Astaydubillah, qul ayyu shay in akbaru shahadatan qulinglar. Ayting ey Muhammad alayhissalom. Guvohlik bo'yicha qaysi narsa kattaroq? Qaysi narsa guvohlik jihatdan kattaroq? Ayting yana ey Muhammad alayhissalom o'zingiz, Alloh deb. Demak Alloh Taolo o'zini narsa deyapti bu yerda. Demak Alloh azza va jallaga shay yoki narsa degan so'zni ishlatishligimiz to'g'ri bo'ladi. Endi aqliy dalil. Ikkinchi asos, aqliy asos bo'lib, shay, narsa deyish urfda bir narsani borligini tasdiqlash uchun ishlatiladigan ism. Endi bir odam hech narsa emas degan bo'lsa, bu gapidan arzimagan narsa degan ma'noni maqsad qilmagan bo'lsa, hech narsa degani bir narsani borligini inkor qilish bo'ladi.

Shunga ko'ra Alloh Taoloni shay deyish uning borligini tasdiqlash va sifatlarini e'tirof qilish bo'ladi, deydi Imomu Moturidiy. Qur'onda hadisda alloh taologa nisbatan bitta so'z ishlatilgan bo'lsa, o'sha so'z boshqa mavjudotlarga ham ishlatilganbo'lsa, masalan, shay dedi alloh taolo. Narsa dedi. Narsa degan so'z Allohga ham ishlayapti, maxluqqa ham. Lekin Alloh Taoloni narsa degan paytimizda, darrov orqasidan boshqa narsalarga o'xshamagan narsa deb qo'yishimiz kerak.

Har bitta narsa oltita tarafning ichida turadi. Har bitta narsaning oldi bor, orqasi bor. O'ngi bor, so'li bor, usti bor, osti bor. Har bitta narsa oltita tarafning ichida turadi. Va zatan an jihati siddi xoli. Va olti tarafdan xoli bo'lgan zot deymiz.

Mana shu o'rinda Alloh Taolo makondan xoli ekanligi haqida ham bahs qilishimiz kerak bo'ladi. Qaytarib aytaman. Mana shu o'sha o'rinda Allohni biron bir tarafdan taraf degan tushunchadan xoli ekanligini aytishimiz kerak. Qaytarib ayting. Sizlar meni oldimda turibsizlar. Masjidni imorati, yangi qurilayotgan imorati meni orqamda turibdi. U siletilishimiz mendan chop tomonda turibdi, temir yashigimiz o'ng tomonda turibdi. Demak, men narsaman, men oltita tarafni ichidaman. Yerni ustidaman, osmonning ostidaman. Va zatan an jihati siddi xoli. Allohni oltita tarafdan xoli deb aytamiz. Bizni ahli sunna va jamoa e'tiqodida Alloh Taoloni zamon va makondan behojat deb e'tiqod qilamiz. Qaytarib olamiz. Alloh zamon va makondan behojat. Boshqacha qilib aytganda, Allohga zamoni ham keragi yo'q, makoni ham keragi yo'.

Agar tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak, birodarlar, sahobalar davrida Alloh Taoloning sifatlari Kitob, Sunnatda qanday kelgan bo'lsa, shunday iymon keltirishgan, bahs qilishmagan. Birinchi uch asrda yashagan bironta ko'zga ko'ringan olim, sahoba tobein Allohni osmonda degan emas.

Shuni yaxshilab tushunib olinglar. Allohni osmonda deyish, Alloh Taologa joy nisbat qilishlik o'n sakkizinchi asrda yashagan odamlarni tilidan chiqdi. Qur'ondagi oyatlarni zohirga qarasangiz osmondaga o'xshayapti. Osmondagi zot sizlarni yerga yuttirib yuborishdan omondamisizlar desa, mana osmonda deyapti deb turib, oyatni zohirga qarab osmonda deyapdi. Birodalar, bu e'tiqodni ikki og'iz gap bilan noto'g'riligini isbotlashi mumkin. Alloh osmondami? Osmonda. Ikkinchi savol. Osmon maxluqmi? Maxluq. Ya'ni avval bo'lmagan, keyin yaratilgan. Osmonni yaratmay turib Alloh bormidi? Bor edi. Qayerda edi unda?

Bo'ldi, tugadi. Bo'ldi, tugadi. O'shaning uchun birinchi uch asrda yashagan odamlarning birontasi Allohni osmonda demagan. Oyatda qanday kelgan bo'lsa, shunda deb e'tiqod qilgan, Alloh Taoloning zoti, sifati haqida tafsilotiga kirishmagan. Ammo keyinchalik paydo bo'lgan Karromiya, Mushabbaha, Najoriya degan firqalar Alloh Taoloning sifatlari haqida buzuq, turli da'volarni ko'tarib chiqishgan. Ularni buzuq da'volardan bittasi nima edi? Alloh Taologa makonni nisbat berishlik bo'lgan. Alloh taologamakonni nisbat qilishlik, allohni bir joyda deb bilishlik, ularning da'volardan bitta bo'lgan.

Yigitlar, mana oyat turibdi, hadis turibdi a? Payg'ambarimiz davri, sahobalar davri, tobinlar davri. Uchta asr. Rasululloh mana shu uchta asrni maqtaganlar. Binobarin, oyat va hadisni mana shu uchala asrning filtridan o'tkazib turib, keyin o'rganamiz. Men sodda qilib gapirib beryapman sizlarga. Sizlar o'n beshinchi asrda yashayotgan odamlar yoki o'n uchinchi asrda yoshagan odamlar o'zidan oldingi o'n uch asrni oqlab o'tib turib, oyatni, hadisni pryamoy o'zi o'qib, o'rganib, xulosa chiqarishga haqqi yo'q. Oyat va hadisni mana bu uchalasi asrda yashagan olimlarning elagidan o'tkazib inakim xulosa qilamiz. Kim oqlab o'tib ketayotgan bo'lsa, Allohni osmonda deyapti. Tushundingizmi? Kim oqlab o'dib ketgan bo'lsa namoz o'qimagandan do'k kofir deyapti. Biz Qur'on va hadisni mana shu uch asrda yashayotgan olimlar qanday tushungan bo'lsa, shunday tushunamiz, inak salomat bo'lamiz. Agar oqlab o'tib ketib, pryamoy hadisdan, pryamoy oyatdan olaveraman deydigan bo'lsanglar, aniq adashamiz.

Lekin payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni hadisini eng yaxshi tushungan kim bo'lgan? Sahoba bo'lgan. Undan keyin tobin bo'lgan, undan keyin taba tobin. Siz payg'ambarda hadisini yaxshi tushingan sahobani, tobinni, taba tobinni oqlab o'tilib ketayotganingizda, men ulardan ko'ra yaxshiroq tushunaman deyotgan bo'lib qolmayapsizmi? Aqldanmi shu?

Ey, Abu Hanifa sahobalardan yettita yoki o'n tasini ko'rgan deyiladi. Tobein Imom Abu Hanifa. Shuning uchun biz Abu Hanifani gapirayotganimizda, payg'ambarimizdan olib gapirayotgan bo'lamiz. Ko'p aytdik sizlarga, oyatlarni, hadislarni, tarjimasini o'qib olib turib, sizni kallangizga kelgan xulosa bilan yechim qiladigan bo'lsangiz, qoqilasiz. Xohlasiz.

Demak, Alloh Taoloning sifatlari haqida buzuq e'tiqodlarini odamlarga tarqatishni boshlaganida, ulamolar Alloh Taoloni makondan pok ekani haqida chuqur bahs qilishga ehtiyoj tug'ildi. Mana shu firqalarni davoyi fitnalariga ahli sunnaval jamoa ulamolari Qur'onga va hadisga asoslanib, keskin raddiyalarni berishgan.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, xotirjam bo'linglar ukalar. Bizni yurtimizda musulmonlar ushlab amal qilib kelgan aqida bilan mazhab yuz foiz to'g'ri. Chunki Payg'ambarimiz aytganlar, innoummati la tajjitamiyo ala vola ala. Meni ummatim zalolat ustida jamlanmaydi deganlar. Ya'ni bir ish xato bo'lsa, ummat hammasi bir bo'la olmaydi uni ustida, ixtilof bo'ladi uni ustida. Ming yildan ortiq bizni aqidamizga, mazhabimizga, ming yildan ortdiq muddat, ummat shu ikkita yo'lni ushlab kelyaptimi? Demak, to'g'riligini dalili, vaqt degan elakdan o'tdi. Ammo bunaqa kelib ketadigan narsalar bir chiqadi, ixtilof qiladi, musulmonni bo'ladi, keyin yo'q bo'lib ketadi. Qul ja al haqqu va zahaqul ba'til inn al ba'til akani zahhuqu. Ayting, ey Muhammad alayhissalom, haq keldi, botil ketdi, yo'q bo'ldi. Zero botil yo'q bo'ladigan narsa bo'ladi. Mana Karomiya, Mushabbaha, Najoriya, Muattala, Jabariya, Mo'tasillat degan firqa ratchiqa bir odamlarda boshini aylantirdi. Endi qani ular? Yo'q bo'lib ketdi? Ahli Sunnani e'tiqodi turibdimi?

Ushbu masala bo'yicha Ahli Sunna va Jamoaning va adashgan firqalarni orasidagi farqlari quyidagicha bo'lgan. Karomiya va Mushabaha firqalari aytishganki, Alloh maxsus makonda, ya'ni Arshda deyishgan. Najoriya firqasi Alloh barcha makonda deyishgan. Endi Ahli Sunna va Al Jamoa Alloh Taolo biror makonda o'rin olishdan holi deyishgan.

Birinchi toifa Alloh Taoloni Arshda deyapti. Ikkinchi toifa firqa hamma yerda deyapti? Boyagi savolni qaytaramiz. Arsh maxluqmi? Maxluq. Ovol yo'q edi, keyin paydo bo'ldi. Alloh arshni yaratmay turib, qayerda edi? Agar Allohni arshda desangiz, arsh yaratmay turib qa dedi? Javob yo'q bunga. Javob yo'q. Agar aqlingizni quluplab olmagan bo'lsangiz, mana shu savol sizni narigi aqidani noto'g'ri ekanligini tushunishingizga yetarli dalil.

Shuning uchun qatib olmaganlarga foydasi bor bu darslarni. Qatib quluplab olgan bo'lsa foydasi yo'q. Bir toifa aytdi Allohni arshda dedi. Bir toifa aynitdi Alloh hamma yerda dedi. Ahli sunna aytdi, Alloh makonga muhtoj emas. Chunki hamma yer ham maxluq yaralgan narsa, Arsh ham maxluq yaraldigan narsa. Hamma yer ham, Arsh ham yo'q paytida ham Alloh bor edi. Unda qayerda edi?

Mashhur vatandoshimiz Umar Nasafiy rahmatulloh alayh o'zini Aqidatu Nasafiyasida shunday deydi, u zot biror bir makonda o'rin olmaydi. Ya'ni, nima degani? Bir makondan o'rin olish, boshqa makondan uzoq bo'lish degani. Ya'ni Ahmad O'shda, demak Bishkekdan uzoq u. Endi mahmud, bishkekda, demak o'shdan uzoq u, bir makondan joy olish degani, boshqamakondan uzoq olish degani. Shundaymi? Endi, bir joyga yaqin bo'lish, bir joyga uzoq bo'lish, bu jismlarda bo'ladigan xususiyat.

Alloh Taolo jism emas. Alloh Taolo ja'vhar emas. Alloh teolo araz emas. Mana shu jism, ja'vhar, araz degan narsa, bir narsaga yaqin bo'ladi, bir narsadan uzoq bo'ladi. Bir joyga yaqin bo'ladimi, bir joydan uzoq bo'ladimi. Masofani va makonni Allohga nisbat qilishlik mumkin emas. Binobarni Alloh Taologa zamon ham kerak emas, makon ham kerak emass.

Darsimizni boshida aytdik, har qanday narsa oltita tarafni ichida turadi. Har qanday narsani oltita tarafi bor. Usti bor, osti bor. O'ngi bor, chapi bor. Oldisi bor, orqasi bor. Hamma narsa borliqda shu oltita tarafning ichida turadi. Endi Alloh Taolo oltita tarafni ham o'zi paydo qilgan. Demak, u oltita tarafni ichiga Alloh Taoloni kiritib bo'lmaydi.

Bir narsani ichida, oltita tarafni ishida bo'lishlik maxluqotlarning sifatli. Alloh Taolo bunaqa nuqsondan pok. Allohga yaqin bandada bu deb qo'yadi. Allohdan uzoq bandada bu deb qoyadi. Shunda nimani tushunasizlar? Masofani tushunasizlarmi? Yaqin uzoq deganda? Yoki yoki taqvo bilan fisq fujrni tushunasizilarmi?

Masofa masalan, mana shu eng baland imorat, Burju Xalifa, Dubaydagi, sakkiz yuz metr. O'shani o'n tepadagi restoranda arag'ichga o'tirib zino qilyapti bir odam. Osmonga yaqin. O'sha imoratni podvalida bir odam namoz o'qiyapti, o'sha xizmatchi. Qaysinisi Allohga yaqin shularda?

Masofa emas ekan a? Masofa emaskimi Allohga yaqini bo'lishlik? Bu yerdagi Allohga yaqiningizga yaqin bo'lishlik taqvo masalasida. Taqvo yuzasidan yaqin bo'ladi. Gunoh, ma'siyat yuzasidan nima bo'ladi? Uzoq bo'ladi. Qanaqa dalil? Aqlimi, naqlimi shu hozirgi? Aqlimi? Naqlimi? Aqlga to'g'ri kelyapti, demak Alloh Taologa yaqin deganda masofani tushunmaymiz.

Demak ahli sunnaval jamoani va biz aytgan mana shu adashgan firqalarni orasidagi asosiy farq, biz aytamiz, alloh taolo makondan holiy. Shunga ko'ra, agar mazkur firqalarning gaplari ta'vil qilish imkoni bo'lmaydigan darajada ochiq oydin aydilsa, masalan, Alloh Arshga joylashgan desa, o'rnashgan desa, Alloh osmonga joylashgan desak, bu odam Alloh Taologa nuqsonni nisbat qilgan bo'ladi. Allohga nuqsonni nusbat qilgan odam, birodarlar, ulamolarni nazdida kofir bo'ladi. Qaytarib aytamiz. Agar so'zlarini ta'vil qilish darajasida bo'lmasdan, alloh osmonga joylashgan desa, alloh arshga o'rnashgan desa,alloh taologa makonni nisbat qilgan bo'ladi. Allohga makonni nisbit qilishlik, Allohga kamchiligini nisbat qilishlik bo'ladi. Endi kim Allohga nuqsonni, kamchiligini nasbat qilsa, ulamolar kofir bo'ladi deydi. Shuning uchun Allohni osmonda Arshada ekan birodalarimizdan osmonga joylashgan, Arshga o'rnashganmi desangiz, qo'rqadi shu gapni gapirib yuborgani.

Biz maqsadimiz birovni kofir qilishmas. Biz odamlarni e'tiqodida adashgan joyini tuzatib qo'yishlik. Keyinchalik birodaralar anorrog'i o'n sakkizinchi asrdan keyin o'zlarini ahli sunnavali jamoa hisoblab, moturidiy aqidasini ham, ash'ariy aqidasini ham inkor qiladiganlar paydo bo'ldi. Imomi Moturidiy va Imomi Ash'ariy uchinchi va to'rtinchi asrning vakillari. Payg'ambarimiz maqtagan uchinchi asrga ular ilashadi. Mana shu ikkala aqida maktab, Moturidiy va Ash'ariy aqida maktabi ahli sunnaning ustozlari hisoblanadi aqida ilmidan.

Endi ming yil o'tgandan keyin paydo bo'lgan toifalar o'zlarini ahli sunna deydi, lekin ikkala aqidam maktabini tutgan yo'lini xato deydi. Endi aytaylarchi, birinchi uch asrga ilashgan, uchinchi asrda, to'rtinchi asrda yashagan olimlarning gapini olishligimiz to'g'riroqmi? Yoki ming yildan keyin yashagan odamni gapini olishimiz to'g'riroq maqida masalasida.

Hamma narsani yangisi yaxshi. Faqat nimani eskisi yaxshi? Do'stni eskisi yaxsh va kitobni ham eskisi yaxsi. Ilmni eskisini lozim tutinglar o'zinglarga. Ana shu toifaning turli iddaolariga ulamolarimiz har bitta insofli kishini qanoatlantiradigan javoblarni berishgan.

Ana shu toifaning ushbu masala to'g'risidagi iddaolari va ularga ahli sunna va jamoa ulamolari tomonidan berilgan javoblarnini xulosalaydigan bo'lsak, ular quyidagicha bo'ladi. Alloh osmonda deydiganlar aytishadi. Qur'on, sunnat va sahobalarning so'zlari Alloh Taoloning buyukligiga mos ravishda osmonda ekaniga hujjatdir. Bu ular aytadi. Ahli sunna va jamoa ulamolari aytadiki, zohiran, ya'ni oyatda eshitsangiz, zohiridagi ma'no. Zohiran yuqoriga dalolat qiladigan oyat va hadislar mutashobixdir. Mutashobiy xabarlarni Alloh Taoloning osmonda ekaniga dalil qilib bo'lmaydi. Balki ulardan nima iroda qilinganini Alloh va Rasuliga havola qilinadi.

Mana shu o'rinda muhkam va mutashobiy oyatlar haqida qisqacha bir tushuncha berishimiz kerak bo'ladi. Muhkam oyat qanaqa bo'ladi? Mutashobiy oyati qanaqa bo'lladi? Muhkam oyat ochiq oydin aniq ravshan, ma'nosi aniq va bundan boshqa ma'no tushunilmaydigan oyatlar. Masalan, tabbat yada abiy lahabin va tabbi. Abu Lahabning ikki qo'li qursin va qurdi. Bo'ldi, boshqa ma'so yo'q.

Qul hu Allohu Ahad. Ayting, u Alloh yagonadir. Boshqa ma'dosi yo'q. Bitta ma'nosi bor. Ma'nosi ravshan aniq. Ikki xil fikr yo'q. Bu muhkam oyat deyiladi. Endi mutashobiy holat qanaqa bo'ladi? Mutashobiy holati o'xshash va noaniq, bir necha ma'noga dalolat qiladi, bitta ma'noga qat'iy jazm qilinmaydi.

Mana endi biz aytayotgan Allohni osmonda ekanligiga, ana shu toifalar, dalilda ekan oyatlar mutashobiy, bir qancha ma'nosi bor. Aniq emas ma'nosi. Bir nechta ma'noga dalola qiladi. Masalan, or rahman alal arshi istova. Alloh arshga iste'fo qildi a? Iste'fo qildida so'zini to'qqiz xil ma'nosi bor. Arab tilida iste'fo degan so'zni to'qqizxil ma'nosi bo'ladi. Demak, to'qqizma'noga dalolat qiladi. Muhkam oyat bor, mutashobih oyat bor.

Mutashobih oyatlarni olib turib, Allohni osmoda ekanligi dalil dey ekan boyagi toifalar xato qilayotganligida shubha yo'q. Aquli qovli hali, astag'firullohu alayhi va lakum.

Keyingi darsni tinglashBoshqa (alohida ma'ruzalar)