Maviza
—Qoralama9 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
8:40
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil a'lamin. Vassolatu vassalom ala shirofil mursalin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Allohumma alinama yonfa una, vamfa nabi ma'allam tanavuzi ibn a'inma. Allohumma arin al haqqa, haqqon va rizqu na tibaa va arin al ba'tiyla ba'tiyla va rizqu na jidinaba.

Vo ja'alla minmay yasta me'un al qovli fayetta biyunun ahsana. Vodixin la birohmatika fiy ibadika solihin. Ammabad, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'l va barakatuh. Sirojiddin o'shining badul amoliy asarini dars qilayotgan edik. Bu aqida darslari. To'qqizinchi bayt alloh o'zi va rasul bayon qilgandek.

Voma in javharun robbiy va jismun, vala kunlun va bag'dun, zujdi mali. Ma'no jihatdan tarjimasi, Robbim aslo javhar emas. Jism ham emas, kul ham emas, qabrab olinuvchi ba'z ham emas. Nazmiy bayoni, Robbim javhar emas, jism ham emas. Murakkab ham emas, qism ham emas. Mana endi Alloh Taoloning zoti haqidagi e'tiqodimiz.

Allohga darsimizda Alloh Taoloni shay deyish mumkinligini aytdik. Istedimilla? Lay saka mithlixi shay'un. Va hossa'mul bosit. Allohga o'xshash biror shay yo'qdir. Mana shay deyapti. Qul ayyu shay'in akbaru shahada. Ya'ni guvohlik jihatidan qaysi narsa ulug'roq deb turib, qulinglar, ayting Alloh dedi. Allohni narsa deyish mumkin, shay deyish mumkin. Faqat darrov orqasidan aytamiz, Alloh narsa, lekin boshqa narsalarga o'xshamagan narsa deymiz. Darrov shu gapni aytishimiz kerak. Endi Alloh Taoloni jism desa, javha desa bo'ladimi? Shuni bahs qilamiz.

Maxluqotlarga nisbat qilinadigan sifatni nuqson sifatlar Alloh Taologa nisbat qilinmaydi. Demak, Alloh Taoloni narsa deyish mumkin, lekin boshqa narsalarga o'xshamagan narsa deymiz. Ikkita oyatni dalil qilib keltirdik. Endi bu yerda Alloh Taologa javharlik, jismlik sifatlarini berish mumkin emasligi haqida aytilyapti. Chunki jism bilan javhar oltita tarafni orasida bo'ladi. Qaytaraman. Jism va javhar oltita tarafning o'rtasida bo'ladi. Jism va javhargga zamon kerak. Jism va javhargga makon kerak. Alloh taolo jism ham emas, javhar ham emas, araz ham emas. Demak, Alloh taolo'ga zamon ham, makon ham kerak emas.

Shuning uchun Alloh taolo'ni narsa deyish mumkin ekan, ammo jismda bo'lmaydi. Ha, Allohni boshqa narsalarga o'xshamagan narsa deyish mumkin ekan u. Unda Alloh taoloni boshqa jismlarga o'xsharmagan jism desak bo'lmaydimi? Yo'q, bo'lmaydi. Chunki aytdik, jism oltita tarafga muhtoj. Zamonga muhtoj, makonga muhtoj. Alloh taoloni, boshqa jisnlarga o'xxshamagan jism deb bo'lmaydi, Alloh taoloni bo'shqa javharlarga o'xsha. Javhar deb bo'lmaydi. Javhar nima? Javhar. Shunaqa kichkina narsaki, bo'linmaydi.

Javhar deganda judayam kichkinaligi sababli, boshqa bo'lakka bo'linmaydigan, lekin qaysidir darajada joyni egallab turadigan narsaga aytilinadi. Javhar nima ekan? Joy egallab turar ekan, qaysidir darajadan bo'linib bo'linib to'xtagan narsa, u yog'iga bo'linmaydi shu javhar deyiladi. Jism chi? Jism ikkita va undan ko'proq narsadan tarkib topib, joy egallab turadigan narsa. Demak, jism javharlardan tashkil topyapti.

Jism deganda ikkita va undan ko'prok bo'laklardan tashkil topgan va joy egallab turiladigan narsa tushuniladi. Ikkita va undon ko'p bo'lagidan tashkil topgani uchun o'sha boyagi jism yana o'shanchaga bo'linadi. Kul degani, demak, hamma barcha degan ma'nosini anglatadi. Undan ikkita va undan ko'p chegaralangan navlardan tashkil topgan narsa tushuniladi. Ba'zi esa bu ayrimlari ba'zilari degan ma'no bo'ladi da, kul mana shu ba'zidan tashkil topadi. Kul nimadan tashkil topyapti?

Ba'zilaridan. Kul degani obshiy bitta narsa, umumiy bitta narsa. O'sha kulni tashkil qiladigan narsalar ba'z deyiladi. Mana bu tarkib topgan narsa, mana bu tashkil qiluvchi narsalar. Endi mana shu tariflardan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, bu baytning ma'nosi Alloh Taolo bo'linmaydigan, lekin joy oladigan bir bo'lak ham emas, joy oladigan bo'laklardan tashkil topgan ham emas, ko'p narsalardan ham tashkil topgan emas, ko'p narsalarning ichiga kiradigan bir narsa ham emas, balki bunday sifatlarni barchasidan holi bo'lgan va ularni barchasini yo'g'idan bor qilgan Alloh. Qaytarib aytamiz, Alloh nima ekan?

Bo'linmaydigan, lekin joy egallab turadigan bo'lak emas. Joy oladigan bo'laklardan tashkil topgan emas, ko'p narsalardan tashkil topgan narsa emas. Ko'p narsalarni ichiga keladigan bir narsa ham emas, balki bu narsalarni hammasidan xoli bo'lgan zot. Alloh qayerda deyish mumkin ekanmi shu ta'rifdan? Chunki qayer u makonda, qayer u zamonda, Allohni qayerda deyotganingiz, Alloh Taoloni bir joyda deyotganiz bo'ladi. Alloh Taolo zamon va makondan behojib.

Olovuddin Buxoriy Xanafiy risolafil e'tiqod kitobida shunday deydi: olamning yaratuvchisi jism emas. Kim? Kim? Alloh jism emas. Chunki jism murakkab narsalarning ismidir. Murakkab degani tarkib topgan bir narsalardan. Mana imorat tarkib topgan. Sementdan, loydan, g'ishtdan, armon. Bu murakkab narsa. Murakkab deganda biz slojniy degan so'zni tushunmanglar. Tarkib topgan narsani tushuninglar. Chunki jism murakkab narsalarning ismidir. Bir narsalardan tarkib topgan narsa jism deyiladi. Murakkab esa, juzga muhtoj. Imoratni murakkab narsa desak, tarkib topgan. G'ishga, loyga, armaturga muhtoj. Endi Alloh Taoloda bunaqa sifat bo'lishi mumkin emas. Qanaqa sifat? Bir narsaga muhtoj bo'lishlik sifati bo'lishi mumkin emas. Xulosalaymiz. Alloh jism emas.

Chunki jism u bir narsalardan tarkib topgan narsa. Endi jism o'sha narsalardan tarkilib topdimi, o'sha narsalarga bo'linadi ham yana. Imoratni buzsangiz g'ishi, armaturasi, loyi bo'linadi. Endi Alloh Taoloni bir narsadan tarkib topgan desangiz, demak shu narsalarga muhtoj deganingiz bo'lib qoladi. Ammo Alloh Taolo bironasiga muhtoj emas deydi.

Olovuddin Buxoriy. Murakkab esa juzga muhtoj, Alloh Taolo esa ehtiyojmandlikdan pok bo'lgan zot. Kimki u zotga nisbatan jism ismini ishlatsa va bundan yahudiy va rofuziylar singari murakkabligini nazarda tutgan bo'lsa, ismda ham, ma'noda ham xato qilgan bo'ladi. Chunki jismning har bir juzi yo komil sifat bilan sifatlangan bo'ladi. Bunda har bitta juz iloh bo'lib qolishi kerak.

Bunday deyish esa mumkin emas. Yoki har bir juz komillik bilan sifatlagan bo'lmaydi, balki uning ziddi bilan hodislik belgilari bilan sifatlangan bo'ladi. Ya'ni yangi paydo bo'lgan bo'lib qoladi. Bu ham muhim hisoblanadi. Kimki jism ismini u zotga nisbatan ishlatib, bundan murakkab narsani emas, tarkib topgan narsani emas, balki karroh me'ylarni singari, mustaqil bor ekanini nazarda tutgan bo'lsa, u ham xato qilgan bo'ladi, chunki biz Alloh Taoloni ismlarida shar'iy masdallarga suyanamiz.

Aquli qovli ha, da, va astag'firulloh, li va lakum, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Keyingi darsni tinglashBoshqa (alohida ma'ruzalar)