Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi nahmaduhu onas ta'inuhu onas tafiruh. Va na'udhu billahi min surur ya'nfusina va min sayy'at ya'malina. Man yahdihillahi falah mudillala va man yudhililgu falah hadiyalala. Va nashxadvalloh ilohi illallohu vahda hula sharikala va nashxad anna muhammadan abduhu rasuluh. Amma ba'd, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va barakatuh.
Sirojiddin o'shining badul amoli asarini o'qiyotgan edik. Davom etkazamiz. Bugun o'ninchi bayt. Sirojiddin o'shi o'zining o'ninchi baytimda shunday deydi vo fil ataha ni haqqu kavnu juz'in bila vasfi tajazi ya bina xoli. Aqllarda juz'ning bo'lmog'i sobitdir, bo'linish vasfsiz, ey tog'amning o'g'li. Nazmiy bayoni. Bo'linmas juzning mavjudligi bor, o'yla tog'am o'g'li, aql etmas inkor.
Aqidamizda siz bilan biz bilishimiz zarur bo'lgan mavzulardan emas. Lekin ana shu mavzuni tushuntirishlik zarurat bo'lgan davrlar bo'lgan, faylasoflar, mo'taziliklar va boshqa toifalar mana shu tinmasdan bo'linadigan juz bor. Bo'linib bo'linib to'xtaydigan joy yo'q degan fikrni olg'a surgan. Bu qisqagina gapirib o'tamiz buni. Toki siz bilamiz mana shu narsadan xabardor bo'lishligimiz kerak. Aqlan olib qaraganda birodarlar, oddiy ko'zi bilan ko'rib bo'lmaydigan juda ham bir kichkina juzni mavjudligi bor. Bu atom deb nomlanadimi yoki boshqa so'z bilan nomlanadimi, u shunday bir mayda narsaki, bo'linib, bo'linib, bo'minib turib, oxiri bo'linmasdan to'xtaydigan oxirgi ostanovkasi bor. Ya'ni ikkiga bo'ldingiz, to'rtga bo'ldingiz , sakkizga bo'ldingz, bo'lindingiz, bo'lindingz, atom bo'ldi. Atom bo'linadimi?
Portlaydi. Bu portlashini biladi atom. Ya'ni siz bilan biz e'tiqodimizda ana shu juz bo'linib, bilinib, oxiri to'xtaydi, bo'linmaydigan holatga keladi. Biz shunga e'tiqod qilamiz. Bo'linmasdan to'xtaydigan juz bor, ana shu juz qanchalar kichkina bo'lmasin, baribir qaysidir bir darajada joyini egallab turadi. Mana shu narsani borligi biz e'tiqod qilamiz. O'sha rahmatulloh alayh mana shu baytni aytib, shu haqiqatni inkor qiladigan faylasoflar va ba'zi mutazilalarga raddiya bergan. Ular amalga oshirish yuzasidan ham, aqlan olib ko'rish jihatdan ham, juz deb ataladigan kichik bir bo'lakni nihoyasiz darajada taqsimlab borish mumkinligini tasavvurga sig'adi deyishgan. Agar soddaroq qilib aytsak, bo'linadi, ikkiga, uchga, beshga va oxirgi biz aytayotgan bo'linmaydigan holatgacha keldi, keladi deb biz aytamiz, ular aytadi yo'q, bo'linib, bo'linib bo'linib bo'minib ketib yuboradi deydi. Buni bilishimiz nima keragi bor desa, agar tinimsiz bo'linavoradigan juzni borligi aytsa, bo'linmasdan to'xtaydigan joyi yo'q desa, bu olamda birodarlar qadim deyishga to'g'ri kelib qoladi. Bu olamni avvali yo'q va oxiri ham yo'q deyishga tog'ri kelib oladi.
Mana shuning uchun bu baytni aytyapti. Aqlga sig'adi. Nima sig'adi? Bo'linib, oxiri to'xtab, bo'linmaydigan holatga keladigan darajadagi zarra bor. Mana shu narsani borligini biz tan olamiz va shu bilan bu boyagi noto'g'ri e'tiqodni oldi yopiladi, yo'li yopiladi. Mana shu noto'g'ru qarashni ahli sunnaval jamoa, ulamolar tomonidan ham birodarlar aqliy, naqliy dalillar bilan keltirib, rad etishgan. Tuhfatul a'oli kitobida bu haqida shunday deyiladi. Adashgan toifalarning bu masaladagi xatolari asosan uch o'rinda oshkor bo'lib qoladi. Uchta o'rinda xato bo'ladi gap.
Tinmasdan bo'linib ketaveradigan zarra bor deydi ular. Biz aytamiz yo'q. Bo'linib bo'lib, o'sha zarra bir joyga borib to'xtaydi da, u yog'iga bo'linmaydi. Birinchidan, Alloh Taolo bo'linmaydigan juzni yaratishga qodir deb sifatlanadimi, yo'qmi? Alloh qodirmi shu ishga, yo'qmi. Demak Alloh Taolo bo'linmaydigan juzni yaratishga qodirmi, qodirmasmi? Adashgan toifalarga ko'ra sifatlanmaydi, chunki u zotning huzurida ikkita bir biriga zid narsani jamlanishi mumkin emas. Endi ahli sunnaval jamoani e'tiqod desa, sifatlanadi. Chunki o'sha juz mumkin bo'lgan narsa.
Ikkinchi o'rni, agar juzni bo'linishi tugab, boshqa bo'linmaydigan holatga kelmasdan, tinimsiz bo'linaveradi, bo'linaveradida desak, aqlga to'g'ri kelmaydi. Chunki bir tomchi najosatni bir hovuzga tushishligi, bir tomchi najosats katta hovuzga tushi, ozgina nopok narsa, ko'p pok narsaga aralashib ketsa, nopoklik xususiyati yo'qoladi.
Endi bular aytyaptiki, ana shu tinimsiz bo'linadigan zarra bor deyishadi. To'xtamasdan bo'linib ketaveradi, uni oxiri yo'q deyishadi. Agar bu falsafani to'g'ri deydigan bo'lsak, bir tomchi najosat, besh tonnalik katta miqdordagi suvor hovuzga tushsa, bo'linib, bo'linib bo'linib najosat, suvni har bitta qismiga tegadi, demak, suvni najosat bo'ladi deyishimizga to'g'ri keladi.
Agar juzni bo'linishi tugab qolmasdan, tinimsiz ravishda bo'linib ketaveradi deyiladigan bo'lsa, hamma narsani hisobini qilish mumkin bo'lmay qolar edi. Vaholanki Alloh Taolo Qur'onda aytgan: Astaydibillah, vo aqso kunla shay'ina adada. Jins so'rasdan Alloh Taolo aytadi va borliqdagi har bir narsani sanog'ini hisoblab qo'ygandir. Alloh bu borlig'idagi hamma narsani hisobini hisoblab qo'ygan. Hamma narsanihisobini alloh biladi. Masalan, uyingizda to'rtta daraxt bor. Nechta balki bor? Sanamagansiz, sanolmaysiz ham. Yer yuzida qancha qum zarrasi bor, qumni donasi bor.
Sahroyi kabirdagi, saharadagi qum donalar qancha bo'larkan? Ishonoveringlar birodarlar, robbimiz Subhanah va Taolo ularda hammasini sanog'ini biladi. Chunki oyatda aytyapti, hamma narsani Alloh Taolo hisob kitobini qilib qo'ygan. Demak, bo'linmasdan to'xtab qoladigan holatga keladigan juz bor. Bo'linadi, bo'linadi, bir joyga keladiki, u yog'iga bo'linmaydi. Buni aqlan va naqlan dalillarni keltirdik.
Mana endi uchinchi o'rni, bularni e'tiqodini, xatoligini. Mana shu kichkina bir bo'lakni nihoyasiz darajada taqsimlab borish mumkinligi to'g'risidagi da'volarga ko'ra, agar hozir aytganimizdek, bir tomchi suv najosat qavsga tushadigan bo'lsa, hammasini najosat deyishimizga to'g'ri kelardi. Bu o'rinda ana shu bo'linmay to'xtaydigan juzni borligini isbotlashlik nima foydasi bor degan savol tug'iladi. Maqsad nima edi shuncha gapdan? Ulamolar javob berib aytishadiki, buni isbot qilish olamni qadim deyishga va qayta tirilishni inkor qilishga olib borib qo'yadigan ko'plab noto'g'ri tushunchalarga barham beradi. Ya'ni bo'linmaydigan juzni yo'q deyish olamning nihoyasi yo'q degan tushunchaga olib boradi. Olamni nihoyasi yo'g' degan tushuncha esa olamni avvali ham, oxirgi ham yo'q deyishi ikkato'g'ri keladi. Vaholanki bu borliqni avvali ham bor, tugaydigan oxiri ham bor.
Chunki Alloh azza va jallodan boshqa hamma narsa azaliy emas, abadiy emas. Azaliy Alloh, abadiy Alloh. Agar biz bu olamni avvali yo'q desak, oxirini ham yo'q deyishimizga to'g'ri keladi. Lekin hozir aytdik, Alloh azza va jalodan boshqada hamma maxluqotni avvali ham bor, oxiri ham bor. Demak, bo'linmaydigan juz bor. Bo'linib bo'linib to'xtab, u yog'iga bo'linmay qoladigan holatda bo'ladi bu narsa. Endi buni aytishlikdan maqsad, hozirgi aytayotganimizdek, odamlarni mana shu noto'g'ri e'tiqodga, noto'g'ru tushunchaga kelib qolishlikdan himoya qilishlik uchun aytildi.
Aqlu qovli ha'da va astag'firullohu alayhi valakum. Innallohu va malakati yu sallavuna ala nabiy, ya yu halladina amoni sollallohu alayhi vasallam.