Maviza
—Qoralama21 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
21:00
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil a'lamin. Vassolatu vassalom ala o'shirafil mursalim va ala alixiy va ashabiy ajma'in. Allohumma alinama yonfauna va farnafiy ma'lam tanavazi na'ilma. Allohumma arenal haqqa haqqon orzuqunatdibaa va arenal ba'tiyla ba'tiyla orzuqunatishdina va o'ja allam minman yestam ya'unul qovla fayetta biyununa husana vodixin la bi rohmatika fiya ibadika solihin. Ammabodo assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatuh. O'n birinchi bayt. Qur'oni karimga iymon keltirishlik bayoni. Sirojiddin o'sha aytadi vo mal qur'an u maxluqan ta'ala kalamu robbi an jinsil maqolii.

Qur'on yo'qdan bor qilingan emas. Robning kalomi maqol jinsidan oliy bo'lgandir. Ya'ni maqol jinsida degani, bandaning tili oshkor qilgan lafzidan. Siz bilan bizni kalomimiz bilan Alloh Taoloning kalomi o'rtasida farq bor. Mana endi Qur'oni Karimga bo'lgan e'tiqodimiz.

Qur'on degan so'z lug'aviy ma'nosi o'qimoq, jamlamoq, bir biriga qo'shmoq ma'nolarni anglatadi. Ulmul Qur'on istilohida aytilinadi, Qur'on nima? Muhammad Alayhissalomga nozil qilingan hamda tilovati ibodat sanaladigan Alloh Taoloning kalomi. Payg'ambarimizga nozil bo'ldi, u uni tilovat qilsak ibodat bo'ladi. Shu Alloh Taoloning Qur'oni kalomi deyiladi bir odam.

Ahli sunnaval jamoaning e'tiqodida qur'on maxluq emas. Maxluq degani, avval bo'lmagan, keyin paydo qilingan, keyin yo'q bo'lib ketadigan narsa. Tushunarlimi? Avval yo'q edi, paydo bo'ldi, hozir bor, keyin yo'g'ib ketadi. Shu narsa maxluq deyiladi. Imom Ahmadimni ham ballar hayotini dars qilib o'tganmiz, birodarlar. Ana shu Mo'tazilik toifasi. Qur'onni maxluq deysan deb ummatni fitnaga soldi. Abbosiy xalifalarning yoniga vazir bo'lib kirishib olib, o'zlarining mana shu noto'g'ri e'tiqodini yigirma yil davomida qilish bilan ummatga majburan o'tkazdi.

Qancha odam qatl qilindi, qancha odam azoblandi. Lekin Ahmadinda hammanning saboti tufayli Qur'on maxluq emas degan qattiq sobit turishligi bilan bular o'z o'zidan yo'q bo'lib ketdi. Ko'ringlarda, noto'g'ri e'tiqodni xalifani oldiga kirib, vazir bo'lib olib, qilich bilan majburan o'tkazgan bo'lsa ham, lekin botil bo'lganligi uchun bir muddat turdi da, keyin yo'q bo'lib ketdi bu narsa. Ahmadulla Hanbal ana shu Mutazilalarning kattalar bilan bahs qilar ekan, kitobi sunnatdan ularga dalillar keltirdi. Ular o'zlarini e'tiqodini to'g'ri ekanligini isbotlay olmadi. Ana shu bahslarni birda aytadi. Mo'tazillarni kattalari qilib, Ahmadun Nabi zuatlarga. Sizlar bilan bizni o'rtamizda janoza bor deydi.

Biz hali darsga kirishmadik. Sizlar bilan bir o'rtamizdagi janoza bor deydi. Nima degani? Sizlar ham o'lasizlar, biz ham o'lamiz. Sizlarni o'liminglarda ham janozada odamlar qatnashadi, biz vafot etganimizda ham janozamizda odam qatnashadi. Shunda ko'ramiz deydi. Janoza bir narsani belgisi ekan. Tushunyapsizlarmi? Ahmadimda hanbal o'lganida eng oz hisob kitob bo'yicha bir million ikki yuz mingdan ikki yarim milliongacha odam qatnashgan janozasida. Bir necha bo'lib o'qilgan. Bag'dodga kiradigan yo'llar yopilib ketganligidan daryo bilan kelgan odamlar, janozasiga qatnashishligi uchun. Millionlar, birodarlar u paytda bitta katta shaharda million odam bo'lishi juda ham nodir bo'lgan. Hozir u millionli shaharlarimiz ko'p. O'n ming, yigirma ming yuboring, bir yuz ming yuborsa, bitta katta shahr bo'lgan. Ahmadinda, hanbalda janozasi mana shunday bir katta bir ishga aylanib ketgan. Ammo boyagi xalifani yonida turib, vazir bo'lib, buzuq e'tiqodda bo'lganlar vafot etganida, o'sha vafot etganini yonidagi uchta odam ikkita askar bilan ko'mib qo'yishgan. Shuning uchun sizlar bilan biz o'rtamizda janoza bordekkan paytda mana shu narsani tushunishimiz kerak.

Ahli sunna va jamoaning e'tiqodiga ko'ra Qur'on maxluq emas. Qur'on Allohning kalomi. Ana shu adashgan toifalar Qur'on Karim to'g'risidagi o'zini noto'g'ri e'tiqodlarini, ya'ni o'zlarini buzuq e'tiqodga boshqalarni ham chaqirishgan va buni orqasidan fitnalar kelib chiqqan. Mana shu ma'noni siz bilan bizga tushuntirib, Sirojiddin roshi shu baytni siz bilan bizga yozib qoldirib ketgan.

Aqida kitoblarimizda, ahli sunnaning aqida kitoblarda deyarli hammasida mana shu Qur'on Allohning kalomi ekanligi haqida yetarlicha bahs yuritilgan. Jumladan Umar Nasafiy rahmatulloh alayh o'zining Aqoydu Nasafiy kitobida Qur'oni haqida shunday yozadi. Qur'on Alloh Taoloning kalomi bo'lib, u yo'qdan bor qilingan emas. Ya'ni u maxluq emas. U musxaflarimizda yozilgan, qalblarimizda yodlangandir, tillarimiz vositasida o'qilgandir, quloqlarimiz vositasida eshitilgandir. Ularga o'rnashuvchi emasdir. Ya'ni mazkur narsalarga mana shu tilimiz, qulog'imiz, ko'zimiz birortasiga bu narsa o'rnashmaydi. Masalan, olov dedik a? Olov dedik. Darrov isib ketdikmi?

Yo sovuq dedik. Sovuq uni ta'rifi xolos. Lekin sovuqni o'zi emas da, u so'zi. Olov deganimizda ham faqat biz olovni ta'riflaydigan so'zni aytyapmiz, haqiqatini nima qilib bera olmaydi, ko'rsatib bera olmaydi. Shuning uchun biz Qur'onda ekan paytimizda, Alloh Taoloning kalomini, haqiqati qanaqa ekanligini biz idrok qila olmaymiz. Alloma Taftazoniy shunday sharhlaydi: Qur'on nusxaflarga ham, qalblarga ham, tillarga ham, quloqlarga ham o'rnashuvchi emas. Balki u Alloh Taoloning zotida azaldan bor bo'lgan ma'nosidadir, unga dalolat qiladigan nazm vositasida talaffuz qilinadi, eshitiladi, xips qilinadi, lafzlar bilan yoddan aytiladi. Unga dalolat qiladigan harflarning shakllari bilan yoziladi. Tushuntirish ma'nosida aytiladiki, olov yondiruvchi modda bo'lib, lafzda zikr qilinadi, qalam bilan yoziladi, lekin bundan olovning haqiqati ovoz va harf ekanligi lozim bo'lib qolmaydi. Olov deganda tushunamiz nimaligini. Endi olov deganda bu olovni o'zi emas da bu. Uni ifoda qilayotgan harflar yig'indisi.

Qur'oni Karim. Alloh azza va jallaning eng buyuk kitobi. Qur'oni Karimga Alloh azza va jalla o'zini himoyasini qo'yib qo'ygan. Astag'firulloh. Innna nah nu na zal na zikru va innna lah u la hafi lun. Albatta biz bu zikrni, ya'ni Qur'onni nozil qildik. Albatta o'zimiz uni himoya qilib beramiz.

Murodalar, Qur'onni bironta harfi o'zgarmaydi. Iymonimiz komil. Qur'on yo'q bo'lib ketmaydi. Qur'onni ichiga o'zgartirish kirita olmaydi. Chunki Alloh Taolo o'zini zimmasiga olgan Allohni va'dasi haq birodarlar. Dunyoda Qur'on deb nomlanadigan kitobga dushmanlik qilinganidek, boshqa hech qaysi kitobga dushmani qilingan emas. Qur'on tushgandan beri dushmanlik qilinadi, hali hanuzgacha, lekin bironta haqini o'zgartirisha olmaydi. Mana shuning o'zi ham Qur'on Allohni kalomi ekanligini bitta dalili. Injil yuz tadan oshiq bo'lib ketdi. O'zgartirish kerak tushaverdi. Tavratni o'zgartirib yuborishdi. Vaholanki ukalasi ham Allohning kitobi edi. Ammo Alloh Taolo ularga saqlab beraman deb va'da bermagan edi.

Qur'oni Karimni avvalgi nozil bo'lgan ilohiy kitoblardan farqi. Siz bilan bizning Qur'onimiz avvalgi nozil qilingan kitoblardan bir qancha jihatlari bilan farqlanadi. Birinchisi, avvalgi kitoblar muayyan bir zamonga va muayyan bir qavmga yuborilgan. Ammo Qur'on hamma zamonlarga va hamma makonlarga, hamma qavmlarga, qiyomatgacha keladigan odamlarga nozil qilingan.

Yana bitta farqi. Avvalgi ilohiy kitoblarni Alloh Taolo, hozir aytdik, saqlab beraman deb va'da qilmagan. Ammo Qur'oni Alloh Taolo saqlab beraman de, va'da qildi. Avvalgi ilohiy kitoblardan keyin yana ilohiy kitoblar tushavergan. Ammo Qur'ondan keyin ilohiy kitob tushmaydi. Demak, mana shu va boshqa xususiyatlari bilan siz bilan bizning qur'onimiz avvalgi ilohiykitoblardan farqlanadi.

Mana siz bilan biz Qur'on Alloh azza va jallaning kalomi ekanligiga iymon keltiramiz. Xo'p, iymon keltirishimiz to'g'rimi? Biz iymon keltirishligimiz, shariat bizdan talab qilgandaqami? Alloh taoloning kalomiga iymon keltirishlik nimani bizdan, siz bilan bizdan talab qildi? Qur'onni Allohni kalomi ekanligiga iymon keltirtirishning ma'nosi nima?

Birinchidan, Qur'oni Karim Alloh tomonidan nozil qilingan kitoblarning eng oxirgisi, o'zidan oldingi kitoblarda keltirilgan ilohiy ta'limotlarni tasdiqlaydi va ularni ustidan nazorat qiladi deb ishonamiz. Oxirgi kitob, nozil bo'lgan avvalgi kitoblarni tasdi qilaydi va ularni nima qiladi? Tasdiqlab nazorat qilada. Dalil. Istadibillah, vo anzall na ilaykal kitabi ilhaqqi musoddiqon lima bayna yaday himina kitabi va muhayminani alih.

Sizga, ey Muhammad alayhissalom, o'zidan oldingi kitoblarni tasdiq etuvchi va u kitoblarni muvofiqlashtiruvchi sifatida kitobni, Qur'onni nozil qildik. Demak, Alloh Taoloning shu Qur'oni avvalgi kitoblar nima qiladi? Muvofiqlashdiradi, nazorat qiladi, tasdiqlaydi. O'shaning uchun Injilda, Tavratda kelgan xabarni, birodarlar, biz to'g'ri ham, noto'g'ri ham demaymiz. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar la tusoddiyqu ha va la tukadhibu ha. Tavratda manaqa deyilgan, Injilda manaqa deyilyan desa, biz uni to'g'ri ham demaymiz, noto'g'ri ham deymaymiz. Chunki to'g'ri desak, mana shu yahudlar kitoblarni o'zgartirib yuborgan, yahudlar nasoralar. Ular o'zgartirgan narsani to'g'ri deb qo'ysak xato qilgan bo'lamiz. Endi uni ichidagi hamma narsani noto'g'r desak, to'g'ri joyi ham bor da. Shuning uchun Tavrot va Injilga bo'lgan e'tiqodimiz, uni ichidagi narsani biz hammasini yolg'onga ham chiqarmaymiz. Rostdan nima qilmaymiz ham? Tasdiqlamaymiz ham. Shuning uchun bilib qo'yinglar, ukalar, qiziqib ham olib o'qimanglar Tavrotni Injilni. Mumkin emas. Qiziqib ham o'qimangilar. Chunki umariddin xattob roziyallohu anhu ana shu tavrotdan bir sahifani o'qib turganida, nabi sallallohu alayhi vasallam ko'rib, ranglari o'zgarib ketadi noroziligidan, g'azablanib.

Ey Xattobni bolasi, menda shubhaim bormi risolatimda? Allohga qasam, agar mana shu sahifani egasi bo'lgan Muso ibn Imron tirik bo'lganida, menga ergashlikdan boshqa yo'li qolmasdi deganlar. Men men imonim komil, men ikkilanmayman. Prosta dlya interes mumkin emas. Chunki sizni imoningiz umrim xattobkichalik emas. Siz sahoba massiz. Siz Umar Odil massiz. Shu zotga Rasululloh man qilyaptilar, o'qima deyaptilar. Tushundinglarmi?

Demak, Qur'on kitoblarning oxirgisi, Alloh tomonidan tushgan kitoblarni, ularni tasdiqlovchi, muvofiqlashtiruvchi va nazorat qiluvchi. Mana shu oyatni tafsirida imomiz A Maqshariy aytadi, bu kitob boshqa kitoblar ustidan nazoratchi etib nozil qilingan. Chunki bu kitob boshqi kitoblarni to'g'ri va aniqligiga guvohlik beradi.

Ikkinchidan. Qur'on Karimga insoniyat tarafidan biron o'zgartirish kiritilmagan va kiritilishi mumkin ham emas. Chunki Alloh tomonidan himoya qilinadi. Biz shunday deb e'tiqod qilamiz. Aytdik, astadiyulloh, innna nahnuna zannat zikru va innna lahular hafidun. Albatta biz bu zikrni, Qur'onni biz o'zimiz nozil qildik, biz o'zimiz saqlab beramiz dedi. Alloh Taologa hamdu sano bo'lsin. Agar bizni o'zimizni holimizga tashlab qo'yganda allaqachon o'zgarib ketgan bo'lardi tavrot bilan injilga o'xshab. Lekin Alloh o'zi saqlab beraman dedi, bu muammoni bizni yelkamizga qo'ygani yo'q. O'ziga hamdu sano bo'lsin.

Mana shu oyatni tafsirida mufassalar aytishadiki, Alloh azza va jalla ushbu ushbu Qur'onni Karimni muhofaza qilishni o'z zimmasiga olgan. Shunga ko'ra, boshqa kitoblarda bo'lgani kabi, unga biror narsani qo'shib qo'yishga, yoki undan biror narsani olib tashlashga, yoki uning biror joyini almashtirishga, yo o'zgartirishga hech kimning kuchi yetmaydi.

Butun dunyo kofirlar yig'ilib, hamma pulini qudratini bir yilga tashlab, Qur'onni o'zgartirishga harakat qilib ko'rsin, uddasidan chiqa olmaydi. Qila olmaydi. Xohimay aytamiz, chunki Allohni oyati turibdi. Allohni oyati suribdi. Uchinchidan, Qur'oni Karim aziz, ya'ni kuchli va izzatli kitobdir. Kim bu Qur'onga kufr keltiradigan bo'lsa, kuchsiz bo'ladi. Xor bo'ladi. Vo innahula ketab buni aziz. Shubhasiz, u aziz kitobdir deydi Alloh azza va jalla. Ya'ni Qur'on bilan kim baslashmoqchi bo'lsa, bellashmoqchi bo'lsa, Qur'on uni mot qilib qo'yadi. Qur'on uni matq qilib qo'ygadi. Chunki Qur'on oyatlarida aytilgan ilmiy haqiqatlar bir ming to'rt yuz yil burun. Mana yigirma yigirma birinchi asrga kelganda kashf qilib boryapti insonlar. Insonlar kashf qildik, manaqa kashfiyot topdik deb chiqsa, Qur'onda bir yarim ming yil burun aytib qo'yilgan bo'ladi. Tushunarlimi? Hech kim Qur'on bilan bellasha olmaydi. Qur'on mot qilib qo'yadi. Alloh taolo tahaddiy qiladi. Ey kofirlar, insu jin, hammanglar yig'ilib turib, ham Qur'onni bitta surachalik sura keltira olmaysizlar deydi.

Ya'ni qiyomatgacha bu vizov bor. Qo'lingdan kelsa, hammang, kompyutering bilan, hamma o'sha texnologiyang bilan, jinlarni ham qo'sh yordamga. Qur'onga o'xshagan bitta kitob emas, bitta sura keltira olmaysan deydi. Mana shu ham Qur'oni Allohning kitobi ekanligi yana bitta dalil bo'ladi, birodarlar. Qur'oni Karimga iymon keltirishlikning ma'nosini bahs qilyapmiz. Qur'onga iymon keltilganimizni to'g'ri noto'g'riligini teshib beradigan ilm deb bahs qilyapmmiz, birodarlar, deydi.

To'rtinchidan. Qur'oni Karimga botil narsalar, ya'ni uni yolg'onga chiqaradigan behuda narsalar mutlaqo yaqinlasha olmaydi. Doim musofolik holatida, musaffo holatda turadi. Astabi la la la la la la ya ti xil batilu min bayni yadayhi vala min xolfihih tanzilu min hakimin hamiydi. Unga oldidan ham, ortidan ham hech qanday botil, nohaqlik kela olmaydi. U hikmat va hamd egasi tomonidan nozil qilingandir. Mana shu Qur'oni Karimni ichidan xato topaman, musulmonlarni mot qilaman deb qancha qancha ateistlar dunyo ilmidagi professorlari kirgan va qanchalari iymonga kelib ketgan. Ya'ni Qur'on yenggan ularni. Modomiki quluflanib olmabdimi? Iymon kelishiga sabab bo'lgan.

Beshinchidan. Qur'oni karim taqvodor zotlarni ikki dunyo saodatiga eltuvchi bo'lgan bir hidoyatdir. Astag'firulloh. Zalikal kitab la ro'ybafi hudan lil muttaqin. Bu Qur'on. Unda shubha bo'lmagan kitob hamda taqvodorlar uchun hidoyat manbasidir. E'tibor beringlar, hammaga emas Qur'onning hidoyat manbasi bo'lishi, hammaga emas, taqvodorlarga taqvodorlarga haqni istadi, Parvardigor qalbimni hidoyat qilgin, to'g'ri yo'lga boshlagin deb sid qildidan duo qilib, taqvoda tursa, Qur'on unga yo'l ko'rsatadi.

Oltinchidan. Qur'oni karim namozni to'kis ado etadigan, zakotni beradigan, oxiratga aniq ishonadiganlar ixlos bilan amal qiluvchi bandalarga hidoyat va rahmatdir. Aslida bilan hudan va rahmatan lil muhsining alladina yuqimuna solata va yu'tuna zakata va hum bil'a hiroti hum yuqinun. Kimga hidoyat ekan? Solih amal qiladiganlar uchun hidoyat va rahmat manbai jihatidan, ular namozni barkamol ado etadilar, zakotni o'z joyiga beradilar va oxiratni tasdiqlaydilar. Mana shularga hidoyat bo'ladi. Yettinchidan, Qur'oni Karim, mo'minlarning barcha moddiy va ma'naviy kasallariga shifo va rahmat.

Shifo va rah mat. Moddiy kasalliklarga ham, ma'naviy kesaliklarga ham. Endi unga iymon keltirmasdan, zolim bo'lganlarga esa, ana shu ziyonda turibdi ular zolimligi uchun, shu ziyonlarni ziyoda qiladi. Istada billa. Va nuna zilu minali qur'ani man hu vashi faun va rahmat lil mu'minin va la yazidu zolimeenna illa hosara. Biz Qur'ondan mo'minlar uchun shifo va rahmat bo'lgan oyatlarni nozil qilavermiz. Akalar, Qur'on shifo.

Insonni joni, nafsi, xotirjam, qalbi sekinatda bo'lish uchun dunyo matohini o'zi yetmaydi. Nafsiz, qalbingiz taskin topish uchun ozuqa bu Qur'on. Ala bidikilillahi totuman innul qulub. Alloh Subhanah va Taoloh marhamat qilyapti. Ogoh bo'linglar. Ogoh bo'lsanglar, qalblar faqatgina Allohni zikri bilan orom oladi. Qur'on o'qiysiz, qalbingiz orom oladi. Tasbeh taqlid etasiz, qalbingiz orom oladi.

Qalbni xotirjamligi Allohni zikri bilan. Shuning uchun birodarlar, mana shu Allohni zikiri vala zikrullohi akbar deydi Alloh Taolo. Allohni zikr juda ham buyuk narsa. Tinimsiz ravishda zikrda yuraylik, jon akalar. Ubayinnikab roziyallohu anhuh payg'ambarimizga aytdilarki, yo rasululloh, sizga bo'lgan duolarni faqat soravotga aylantirib qo'yaman dedi. Allohumma solli ala sayyidina muhammadin va ala alix va sohibix va salih. Qaranglar, soravot. Parvardigor gunohimni kechir, parvardigor rizqimni uzun qil, parvardigor oilamga ismimni solib ber, qazimdan najot ber, so'raymiz u. So'raymiz a? Bu so'rashimiz ibodat. Ubaybni kab, ummatni mushtohidlaridan, sahobalarni ichidagi mushtohid kishilardan, eng peshvo olimlardan bittasi, yo rasululloh, qiladigan duolarimni solovatga aylantirib qo'yaman dedi. Payg'ambarimiz aytdilar, unda duolarning ijobat bo'lishiga, mushkulalarning hal bo'lishiga kifoya qilar ekanda shu ish deydilar. Salovatni ko'p aytinglar. Salovat rasululloh sollallohu alayhi vasallamga. Juda ko'p mushkulalarimiz, ehtimol hamma mushkulalarimizni hal bo'lishiga sabab bo'ladi. Moddiy mushkula bo'lsin, ma'naviy mushkula bo'lsin.

Sakkizinchidan, qur'on qalblarini jonlantiradigan ilohiy zikr bo'lib, ruhlarga huzur baxsh etadi. Istadvilla sood va qur'oni di zikr. Soodni zikr manbai bo'lmish qur'onga qasam. Insonni qalbini xotirjam bo'lishiga Allohnin zikri bilan bo'ladi. To'qqizinchidan, Qur'on insonni baxtli hayot kechirishi uchun lozim bo'lgan ma'naviy ruhdir. Istadvilla vokadalika avhayna ilayka ruhan min amriina. Ey Muhammad ali assalom, shunday qilib, amrimiz bilan sizga ruhni, ya'ni Qur'onni vahiy qildik, nozil qildik. Alloh Taolo bu yerda Qur'oni Karimni ruh deb nomladi. Chunki bu kitobni ichida nafsni jaholat o'limidan saqlaydigan hayot bor.

Aqul qovli ha da va astag'firulloh ili valakum. Innallohi va malakati hu yusalluni ala nabi, ya yuhalladina amanu sollallohu alayhi va sallimutaslima.

Keyingi darsni tinglashBoshqa (alohida ma'ruzalar)