Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi nahmat u huvonista in huvonista firu. Va na'udubillahi min surur ya'n husinavani sayy'ati amalina. Man yahdihillahi falah mudir lala. Va man yudlinhu falah hadiyalala. Va nashhadvalloh ilohi illallohu vahda hula sharikala. Mana shu yerda anna muhammaddan abduhuv rasulov, an mabad. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'al va barakatu.
Sirojiddin o'shining badul amoli asarini o'qiyotgan edik. Bugun o'n ikkinchi bayt alloh taoloning arshga iste'fo qilganligi haqida. Sirojiddino o'shi aytadi varobbul arshi, favqal arshi, lekin bila va svet tamakkuniy va ttisoli. Arshning robbisi arshdan yuqori, lekin makon olish va birlashish vasfisiz.
Ya'ni Alloh Taolo arshga iste'fo qildi, u o'rnashdi, makon oldi degan ma'noda emas. Nazmiy bayoni arsh robbisi arshdan yuqori, biroq joy olish, o'rnashish vasfadan yiroq. Qur'ondagi muhkam, mutashobih oyatlar haqida gaplashamiz. Juda ko'p ukalarimizni, juda ko'p birodarlarimizni ana shu Qur'ondagi oyatlarning ilmidan bexabar bo'lganligi, ularni ba'zi masalalarda chalg'ib qolishligi, ba'zi masalalarni gangib qolishligiga sabab bo'lyapti. Birodarlar, metal bor. Lilahl matalul a'la, men sizlarga soddaroq qilib aytay. Metal deyiladi a? Saniyalar metalni atlarini.
Temir, alyumin, latun, mis, qimmatini ham aytinglar. Oltin, kumush, xullas, davriy sistemani qarasangiz metallar turadi. Hammasini ati metal. Endi sizga aytdi birov. Cho'ntaginga siqqani qop chiqib ket dedi. Hamma metaldan shu turibdi, parasholda. Qaysindan solib chiqib ketasiz?
Alyumindan solib chi qib ketasizmi? Yengilroq ekanda. Yo temir solib chiqib ketasizmi, yo chugu solib chiqibketasizmi? Kumush ham solmaysiz. Oltinni solasiz, agar bilsangiz. Laton ham oltinga o'xshab turadi maydalab qo'ysa. Laton ham, mis ham oltinga o'sha turadi. Shunda ix deysiz, o'rganib qo'ymagan ekanman da shu tilla qaysiligini. Birovdan so'ra olmaysiz. Shu uchta sariq metal turibdi. Tavakkal bittasini solasiz. Chiqsangiz laton ekan. Ix deysiz. Cho'ntakka ancha sig'adi uni. Chunki oltin og'ir o'ladi da. Tushundinglarmi? Metal deganda hammasi bir xil bo'lmaganidek, oyatning hukmlari, oyatning dalolatlari ham bir xil bo'lib qolmaydi. Shunday oyatlar bor. Eshitasiz, ustida birinchi tushungan ma'nosini olasiz, shu to'g'ri bo'ladi. Yana oyatlar bor. Ehtirasiz, kallangizga birinchi kelgan ma'nodan boshqa ma'no bo'ladi. Bizni boshimizni ukalar aylantirayotgan narsa shu bo'ladi. Qur'onda manaqa oyat bor, u deydi.
Sizlar aytgan gapga teskari desa, bizni gapimizga to'g'ri bo'lgan, o'nta oyat bor, mana bu yerda. Tushundinglarmi? Tushundinglar mi? Bugun shu haqida bo'ladi darsimiz inshaalloh. Aqoyd olimlari arsh haqida aytishadiki, arsh haqidagi xabarlar uning barcha jismlarni ihota qilib turadigan nurdan bo'lgan ulkan jism ekaniga dalolat qiladi. Demak, nurdan bo'lkan ulkan jism hamma narsani ihota qilib turadi. Vosiya kursi i yu khus samavati va l art. Ya'ni alloh taoloning arshi kursisi osmonlar, yerni hammasini ihota qilib turardi. Hamma narsadan katta.
Biz arsh degani nimani tushunamiz birinchi? Sultonning o'tiradigan taxti. Ya'ni o'tiradigan narsani tushunamiz. Lekin Qur'onda nima deyilgan? Qur'oni Karimda Arsh ikki xil vasf bilan bayon qilingan. Birinchisi, ko'tarilib turilishi bilan qayd qilingan. Astag'firulloh alladina yaxmiluna arsha va man havlahu yusab behuna behamde robbihim. Arshni ko'tarib turganlar va uning atrofidagilar tasbeh aytadilar. Poklab Allohni yod etadilar. Demak, ko'tarilib turadigan narsa ekan. Ikkinchi zikri mutloq zikr qilingan. Vahua robbul arshil adin. Va u Alloh buyuk Arshning egasi, robbisi. Mana ulamolar birinchi ta'rifda ko'tarilib turiladigan narsa deyishdi, bu farishtalar ko'tarib turadigan taxt deb aytishgan. Farishtalar ko'tarib turadi, bu taxt. Ha, taxt bo'lgandan keyin, u maxluq.
Maxluq zamon va makon ichida bo'ladi. Alloh Taoloni arshga o'rnashdi deyganlar xato qilyapti. Chunki o'rnashishlik uchun jismni ustiga, o'rnashayotgan narsa ham jism bo'lishi kerak. Alloh Taolo jism emas. Mutloq zikr qilingan arsh haqida esa, undan mulk iroda qilingan bo'lishi ham mumkin deyishgan.
Endi arsh nima? Qanaqa u? Qayerda u? Bu shunaqa bir ma'lumot, shunaqa bir ilmki, uni ustiga amal qurilmaydi. Ya'ni mana shu narsani ustida bir amal turmaydi. Masalan, tahoratingizni ustida namoz turadi. Tahorat degan narsani ustida amal bor. Suv ilmini o'rganamiz. Chunki kerak, suvni bilmasak tahoratimiz to'g'ri bo'lmaydi, g'uslimiz to'g'ribo'lmaydi. Demak, suv ilmini ustida ham amal turadi. Ammo arsh haqidagi bu ilm, uni ustida bironta bir amaliy, fe'li amal yo'q. Moturidiyam ashab ulamolari Qur'oni sunnatida kelgan, lekin amaliyotga aloqasi bo'lmagan narsalarni ta'vil qilishga urinish shart emas. Balki uni sobitligiga va undan iroda qilingan narsaning haqiqati nima bo'lsa, o'shanga iymon keltirdim degan e'tiqodda bo'lishi lozim deyishgan.
Chunki arsh haqidagi ilmni ustida amal yo'q. Tushunarli bo'ldimi? Bu masalalarga kirishlik, uni ta'vil qilishlik shart emas, qanday bo'lsa shunday iymon keltirdik deyish kerak. Bizning e'tiqodimiz shunday. O'sha rahmatullohu alayh arishni robbisi degan so'zidan Alloh Taolo arshni ham yaratuvchisi, ham egasi degan ma'noni nazarda tutgan. Endi ar rohman alal arshista va oyati bor. Rahmon bo'lgan zot, Alloh arshga iste'fo qildi. Mana shu iste'fo qildik ustida juda ko'p bahslar bo'lgan. Iste'fo degan so'zni ustida juda ko'ta bahslar bo'gan. Iste'fo so'zi birodar to'qqiz xil ma'noda ishlatilinadi. Ana endi muhkam mutashaddiy oyatlarga kelamiz, inshaalloh buni tushunib olamiz.
Mana shu ma'nodagi oyatlardan birida xabar beriladiki, astabiyaillah, innou rabbakumullohullohi ila bi xoloqasi samavati va aru dofiy siddati ai amin, sunmasda va alal arsh. Albatta osmonlar yerni olti kunda yaratgan Alloh, so'ngra arshga istovo qilgan robbingiz kechani kunduzga qoplaydi. Demak, iste'fo qildi deymiz. Egalladi ham demaymiz. O'rnashdi ham demaymiz, o'tirib oldi ham demaymiz . Iste'fo qildi deymiz. Chunki biz aytayotgan iste'fo kalimasini to'qqiz xil ma'nosi bor. Masalan ot. Nima degani ot?
Yo'q, men pichanni nazarda tutdim. Pichan desa, men olovni nazarda tutdim derdim. Cho'p, masalan. Bu yil cho'p qanaqa bo'ldi desa, qirg'izistondagilar cho'p deymiz. Nimani? Pichan. Tushundingizmi? Bitta so'zni ikki xil ma'nosi olyaptimi? Men qaysinisini nazarda tutib gapiryapman? Qayerdan bilasiz? Men mana shu ishga oladigan cho'p deb nazarda tutayotgandirman masalan. Shuning uchun Alloh Taolo arshga iste'fo qildi dedimi? Mutashorbek oyatmi? Qanday bo'lsa shunday iymon keltirdim deymiz, kavlamaymiz biz.
Endi qaranglarda, kim mana shu Mutashorbek oyatini kavlashlikka kirgan bo'lsa oyatlarni, shu odam ixtilof qilyapti. Moturidik aqidasida, ustida amal bo'lmaydigan masalalarni ta'vil qilishlik shart emas, qanday bo'lsa shunday iymon keltirdim deb qo'yadi, bo'ldi, salomat bo'ladi. Tushunarlimi? Mana shu arshga iste'fo qildi oyatini mana, mufassirlarimizdan Muhammad Ali Sobuni o'zining Safvatu Tafasir asarida quyidagicha tafsir qiladi.
So'ngra arshga iste'fo qilgan. Ya'ni o'zining ulug'ligiga munosib, biror o'xshashsiz, biror timsolsiz iste'fo qilgin. Shunday tushunish oldinga o'tgan ulamolarimizning tutgan yo'lidir. Imomomolik, iste'fo ma'lum. Qandayligiga aql yetmaydi. Unga iymon keltirish vojib. U haqida so'rash bid'atdir degan.
Imom Ahmad aytgan, sifatlarning xabarlari qanday kelgan bo'lsa, shundayligicha biror narsaga o'xshatmasdan va inkor qilmasdan gapiriladi. Qanday, nima uchun deyilmaydi. Biz biror vasf qiluvchi vasf qila olmaydigan va biror ifodalochi ifoda qilib bera olmaydigan darajada, uning o'zi qanday xohlagan bo'lsa, bo'lsa, o'sha xohlaganidek Arshga iste'fo qilganiga iymon keltiramiz. Oyat va xabarni o'qiymiz, hamda ulardagi narsalarga aniq ishonamiz. Sifatlarning qanday ekanligini Alloh Taoloning ilmiga topshiramiz. Imomahmadning so'zi. Tushunarlimi? Iste'fo qildimi? Alloh o'ziga yarashgan, o'ziga munosib bo'lgan holda iste'fo qildi. Qanday, qanaqa degan savolni bermaymiz.
Agar biz Alloh Taoloni arshga iste'fo qildida to'xtamasdan, maxluqotlarga xos bo'lgan sifat bilan sifatlab o'tirdi deydigan bo'lsak, o'rnashdi deydigan bo'lsa, birodarlar, Allohga nuqsonni nisbat qilgan bo'lamiz. Allohni qayerda deb bo'lmaydi. Bu temalarda o'tganmiz a? Allohni qayerda deb bo'lmaydi, chunki qayer maxluq da.
Qachon deb bo'lmaydimi Allohni, chunki qachon ham maxluq da. Alloh bor edi, zamon bilan makon yo'q edi. Kam Alloh degan Ali ibn Abit olib. Alloh bor eda, makonlar yo'q edi, avval Alloh qanday bo'lgan bo'lsa, makonlar yo'q paytida, hozir ham shunday deymiz.
Chunki makonga Allohni joylab bo'lmaydi. Shuning uchun mutashobih oyatlarni tafviz qilishlik eng afzal yo'l hisoblanadi. Iste'fo qildi da deyildi a? Allohga loyiq suratda, Alloh Taolo o'zi bilgandaqa iste'fo qildida deymiz, shu Allohni o'zini ixtiyoriga topshirish. Biz tushuntirishga harakat qilmaymiz. Mana endi shu o'rinda muhkam oyati bilan mutasodih oyatni farqiga borib olaylik. Nimani farqiga borib olaylik?
Mis bilan tillani. Muammo nimada? Muammo ilmsizlikda. Mana shunday qilaman. Bir, ikki, uch, to'rt, sakkizta odam ko'rinyapti. Mana ko'zi yumuq. Men sakkizta odam o'tiribdi masjidda deyapman. Shu to'g'rimi, noto'g'rimi?
Nimaga? Men ko'rganimni aytyapman da. Lekin to'g'ri, ko'rganim aytayapman. Noto'g'ri, chunki ko'rmasam ham bormaydi odam. Qur'ondagi oyatlarni faqatgina sizga ko'rsatganidan xabardor bo'lsangiz, va sizga aytishmagan oyatlardan xabardor bo'lmasangiz, siz shu oyatni ushlaysiz da, Qur'onga amal qilyapman, men bilgandan boshqa hech narsa yo'q deysiz. Siz o'zingizcha haqsiz. Mana ko'zingizni mana bu yoqda ochganingizda ko'rardingiz mingga yaqin odam o'tirganligini. Shuning uchun sizga Alloh osmonda deb, Allohni arshga o'rnashgan deb aytayotgan paytda, boyagi oyatlarni hammasini o'rganmadingiz. O'shaning uchun sizning tushunchangiz noto'g'ri bo'ladi.
Tilla sariq bo'ladi, og'ir bo'ladi, yiltilab turadi desa, laton ko'tarib chiqdingiz. Tushyaptimi shu suhbatga? Mis ko'tarib chiqingiz. Sen aytgan narsani olib chiqdim deysiz. Bu emas deydi. Sen menga nima devding? Sariq devding, yiltilab turadi devding. Olib chiqdimmi? Olib chiqdim. Davay meni pulimni top. Yo'q, mis ekan deydi.
Endi nima qilaylik, mana shunaqa qilib misol tushuntiryapmiz, misol bilan, kuttiryapmiz, boshqa qilyapmiz, tushuninglar. Bizni ota bobomizni ushlab kelgan Motiruddin aqidasi hujjat dalili birodalar bor. Mana endi muhkam va mutashobiy oyatlar haqida ozgina bir tushuncha berib turishimiz kerak bo'ladi. Alloh Taolo Qur'oni marhamat qiladi astaydibillah. Huvalladiy anzala alaykal ketab. Minhu ayatu muhkamad, hunna umul kitab va axoru mutashabihat. U Alloh sizga kitob nozil qilgan zoddurki, u kitobdan shu kitobning asli mohiyati bo'lgan muhkam, aniq ravshan oyatlar ham va boshqa mutashobih oyatlar ham bor. Muhkam oyat deganda birodarlar tushunish oson bo'lgan, aniq ravshann oyatlar. Mutashobih oyat deganda, tushunish qiyin bo'lgan oyatlar ham bor. Demak, muhkam oyat, tushunish oson bo'lgan, ma'nosi bitta, ma'nosi aniq ravshan bo'lgan oyutlar muhkam oyat deyiladi. Masalan, qul hu allohu ahad. Ayting, u Alloh yagonadir. Bo'ldi, boshqa ma'nosi yo'q. Bu muhkam oyat.
Bitta eshitdingiz, birinchi kallasiga kelgan xulosa nima bo'ldi? To'g'ri bo'ldi. Muhkam oyat demak bir eshitdingiz, bitta ma'no bor, undan boshqa ma'nosi yo'q. Endi mutashobiy oyat nima? Mutashobiy shunaqa oyatki, eshitdingiz, bir qancha ma'nolarga dalolat qiladi. Bitta ma'noga jazm qilinmaydi. Masalan, sizlar deb beringlar, vahumahkum aynama kundum. U Alloh, qayerda bo'lmanglar sizlar bilan birga.
Nima ma'no keldi kallangizga hozir? O'ylanyapsizmi, ustayapsizmi? Birga deyapti. Alloh zoti bilan birgami biz bilan? Ilmi bilanmi? Kuzatib turishi bilanmi? Mana bitta ma'noga to'xta olmayapsizmi? Demak shu mutashabih beh oyati bo'ladi. Bizni birodarlar, bizni birodarilar, aqidamiz muhkam oyatlar bilan shakllanadi. Mutashabih beh oyatlar bilan shoklanmaydi.
Qaytarib aytaman. Muhkam oyatilar bilan shoklanishi kerak aqida. Mutashabihbeh oyatlar bil an emas. Endi qaranglarda, mana shu ixtiloflarga sabab bo'layotgan odamlarni qilayotgan ishini qarasanglar, ayni mutashabiy oyatlar bilan ovora bo'lyapti. Qaytarib aytaman. Mutashobiy oyatlarni o'rganish bilan, mutashobiy oyatsga kirishlik bilan ovora bo'tayotganlar mana shu ixtiloqlarga, g'alvalarga sabab bo'lyapti . Oyatni qarangda davomini. Istadi billa. Fahmalladina fiy qulubihim zayg'un, fayatda beunama tashshabah minhu bitig'o al fitnatiy va bitig'o ta'vili.
Oyatlarni o'qib fitna qo'zyapti. Oyatni aytib ixtilofga sabab bo'lyapti. Oyatda aytib ota onalarga oq bo'lyapti bolalar. Oyatda aitib ustozlarga oq bo'yapti bolalar. Endi qarab turinglar. Mana shu mutashshohbek oyatlari bilan kimlar ovora bo'ladi? Endi dillarida haq yo'ldan og'ish bo'lgan kimsalar odamlarni aldab, fitnaga solish va o'z havoyi nafslariga muvofiq, tavil, tafsir qilish uchun uning mutashobih oyatlariga ergashadilar. Mutashobihda kim kallar ekan? Qalbida haqdan og'ishlik bor bo'lgan odamlar.
Qaytarib aytaman, bizning aqidamiz muhkam oyatlar bilan shakllanadi. Ammo qalbida haqdan og'ishlik bo'lgan odamlar mutashobihlari bilan ovora bo'ladi da, shu bilan fitna qo'ziydi. Mana endi savol beringlar ukamlar o'zinglarga. O'sha ixtilof qo'zi ekan jo'rani ichida, mahallani ichida, masjidda, qavmni ichida, ixtilof qoziyotganlarni keltirayotgan oyatlarni qaranglar da, muhkam oyatlar emas bu. Mutashobih oyatlar. Ma'qulmi?
Unda nimada tushunamiz mutashobiy oyatni desa, Allohga havola qilamiz. Tafsilotini bilmaymiz. Ya uma yukshafu ansaq boldir ochiladigan kun. Va ya buqa vojhuru robbikadul jalal valikrom robbining yuzi qoladi dedi. Alloh kuladi dedi hadisda. Alloh Taolo dunyoni osmoniga Alloh keladi uchinchi qismida, tunni uchinchi qismi dedi. Nima deymiz? Allohni o'ziga xos, mos bo'lgan ravishda bo'ladi, biz tafsilotini bilmaymiz deymiz, to'xtaymiz. Arshga iste'fo qildi deganda ham xuddi shu gapni aytamiz. Tafsilotiga kirishmaymiz, o'shanday qilsak salomat bo'lamiz. Ammo mana shu hozirgi kunda musulmonlarni o'rtasida bo'layotgan asosiy g'alva, fitnalarni sababi ham xuddi shunda.
Oyat necha xil ekan? Muhkam mutasodix. Xos ong. Mutloq muqayyat akalar usulul fiqh ilmini o'qisak, shular beriladi. Endi mana shu usulul fiqhimni oxirat etib ketganlar qovun tushiryapti. Muhkam oyatlari. Bir eshitganingizda bitta ma'noga dalolat qiladi, bo'ldi. Mutashabiy oyatlar bir qancha ma'nolarga dalolat qiladi. Endi mutashabiy oyatlarni tushunishda nima qilamiz? Tafviz qilamiz. Ya'ni Alloh biladi deymiz, Allohga topshiramiz.
Endi ta'vil bilan tafvizga keldik. Muhkam mutashabiy oyat. Muhkam oyat shunday qabul qilinarkan, mutashabiy oy'atni Allohga havola qilinarkan. Endi mutashabiy oy'atlarniga ikki xil muomala o'lyapti. Ta'vil, tafviz. Tafviz nima? Allohni o'ziga havola qilish. Va ufovbekm ta'mir ila alloh. Ishimni Allohga topshiraman. Allohga havola qilaman deyiladi oyatda. Tafviz iroda qilingan ma'noni Alloh Taologa havola qilish'. Endi ta'vil nima? Ta'vil muhkam oyatlarga muvofiq qilib ma'no berish. Muhkam oyat, mutashobih oyat. Muhkam oyat bir eshitganda tushundingiz, bo'ldi, boshqa ma'nosi yo'q. Mutashobih oyati. Bir qancha ma'nolar bor. Mutashobih oyoqqa ikki xil podxod. Tavviz, tavil. Tavviz, ma'nosi Allohga havola deydi, kavlanmaydi. Tavil desa, zarurat bo'lganda, muhkam oyatga moslab ma'no berish.
Muhkam oyatlarga to'g'ri keladigan qilib ma'no berish zarurat ham. Osonroq olo bo'ladi deb qo'yish. Alloh arshga iste'fo qildi. Qanaqa qilib iste'fo qildingiz desa, nima deysiz? Olo bo'lardi. To'ppa to'g'ri. Bu tafviz deyiladi. Endi zarurat bo'lganda, ma'no berish kerak bo'lgan paytda qilinadigan muomala bu ta'vvim deyiladi. Qaysi oyatlarga mos qilinarkan? Muhkam oyatlarga.
Xulosalaymiz darsimiz, birodarlar. Alloh Taolo arshga iste'fo qildi. Sirojiddin o'sha aytadi va robbul arshi folqal arshi, lekin bila vaspet tamakkuniy va tuttisoniy. Alloh Taolo, arshning robbisi arshdan yuqori, lekin makon olish va birlashish vasfsiz. Ya'ni Alloh Taolo arh robbisi arsh dan yuqori biroq, joy olish o'rnashish vasfidan yiroq. Alloh Taolo arshga iste'fo qildi deymiz, tafsilotiga kelishmaymiz. Aquli qovli ha'da, va astag'firullohu alayhi valakum, innallohu va malakati huyu sallunu ala nabi, ya ayyu halladini amal u sollu alayhi va sallimu taslima. Assalomu alaykum va rahmat.