Bismillahir rohmanir rohim. Bismillahir rohmana rohim. Alhamdulillahi robbilar amin. Va la aqibatu li il muttaqin. Vassalatu vassalamu ala sayyidina Muhammad as sodiq al va'idil amin. Va ala aliyhi va ashabiyhi ajma'in. Amma ba'd, assalomu alaykum va rahmatullohi barakatu. Alloh azza va jalla ushbu said alayhim kunini barchamizga barakot qilgan bo'lsin.
Islomda farzand tarbiyasi deb nomlangan bir katta silsilalar darslarini boshlaganmiz. Bugun qirq birinchi dars. Ijtimoiy tarbiya, ijtimoiy odoblarni yosh bolalarga o'rgatishlik. Bugun, agar vaqtimiz yetsa, ovqatlanishlik, taom odobi haqida suhbat qilib olib qilgan bo'lamiz.
Farzandlarni ijtimoiy tarbiyasi ustidagi otalarning mas'uliyati haqida birodarlar bahs qilyapmiz. Mana shu silsilab darslarimizning yangi fasliga o'tamiz. Yosh bolalarga ijtimoiy odoblarni ta'lim berish, o'rgatish. Ijtimoiy odob deganda nimani tushunamiz? Bu yeyish, ichish odobi, salomlashish, izn so'rash odobi, majlis, so'zlashlik odobi, hazil odobi, kasalni ziyorat qilishlik odobi, biror bir xursandchilik bilan birovni muborakbod qilishlik odibi, agar bir aziyat yetgan bo'lsa bir insonga, unga bir ta'ziya bildirishlik odobi. Mana shu odoblar. Kulish odobi, esnash odobi.
Sahobalar Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning go'zal xulqini odobini ko'rib, aqllari lol qolib, ma ha'dal adab. Yo Rasululloh, bu sizdagi odob qanaqa? Odob bo'ldi o'zi, deb so'rashganlarida, Payg'ambarimiz javob berdilar. Addabani robbiy faahsana ta'dibiy. Robbim menga odob berdi va odobimni go'zal qildi. Robbim menga odob berdi, odobimni go'sal qildi. Sizga, farzandingizga, odob berayotgan odam, qanchalar o'zi odobli bo'lsa, qanchalar mana shu ta'lim tarbiya yo'lida mohir bo'lsa, sizga yoki farzandingizga beradigan odobi ham shunga yarasha bo'ladi. Rasulullohga kim odob beribdi? Alloh subhanah va taolo odob beribdi. Musulmon odam mana shunday bir islomiy odoblarni o'rganishligini ikkita yo'li bor.
Shu ikki yo'l orqali islomiy odablarni o'rgatadi. Birinchisi, ta'lim yo'li. O'rgatish, ta'lim berish. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bilan bir majlisda, bir tovoqda ovqat yeyotgan yosh bolani qo'li tovoqda har joyda aylanib qoldi. Har yeridan ovqat olib qoldi. Shunda payg'ambarim ta'lim berib aytdilar, ya g'ulom, sammilla va kul biyaminik va kul minmayalik. Ey bola, bismillah da. O'ng qo'ling bilan ye, o'zingni oldingdan ye. Mana, odob o'rganishning bitta yo'li ta'lim berish. Ovqatni ustida Payg'ambarimiz ta'lim berib o'rgatyapti.
Ikkinchi yo'li, nimani ikkinchi yo'lim? Islomiy odoblarni kasb qilishlikning ikkinchi yo' li, alloh taologa haqiqiy ma'noda bog'lanishlik. Bugungi darsimiz mana shu asosiy nuqtasi shu bo'ladi. Demak, islomiy odobni o'rganishligini ikkita yo'li bor. Bittasi ta'lim berish, o'rgatish, ikkinchisi, Allohga haqiqiy ma'noda insonni qalbini bog'lanishligi. Allohga qalbi haqiqiy mavzuda bog'lansa, bu insonga islomiy odablar shunday yuqadi, unga singadi.
Masalan, ayrim odamlar bo'ladi. Bir ishni gunohligini bilmaydi, shariatda man qilganigidan xabari yo'q. Lekin tabiati bilan yaxshi ko'rmaydi shu narsani. Gunohligini birov aytmagan, oyat hadisda eshitmagan, umuman xabari yo'g' gunohligidan. Lekin tabiatni ko'tarmaydi, xohlamaydi. Mana shu shu insonni qalbiga Alloh Taolo joylab qo'ygan bir fitrat bo'ladi.
Kishi bir ishni qilmaydi, tark qiladi. Qaysi holatda tark qiladi? Birinchidan, agar shuni gunohligini bilsa, bu gunoh, bu yaxshi narsa emas deb turib bilsa, tark qiladi. Yoki gunohligini bilmasa ham, tabiati ko'tarmaganligi uchun qimmat qo'yaveradi. Masalan, hamma ichki kiyim bilan cho'milayotgan bo'lsa, bilmaydi g'avratni otishlik gunohligini, masalan sal johirroq deylik o'sha musulmonni. Tabiat ko'tarmaydi yarim yalang'och bo'lishlikni. Hamma yursa ham u yura olmaydi. Bu uni tabiatiga joylangan narsa bo'ladi. Endi musulmon odam islomiy axloq, islomiy odobni o'zida jamlashlik uchun mana shu ikkala yo'lni to'plash kerak o'zida. Birinchisi, ta'lim tarbiya yo'li orqali o'rganadi odobni. Ikkinchisi, Allohga qalbini yaxshi bog'lasa, Alloh uni tabiatiga joylab qo'yadi. Mana shu axloq islomiy axloq, mana shu axloqi komil axloq deyiladi. Bor u masalan, bir ishni gunohligini eshitganmiz, o'zi nafsimiz xohlaydi haligini. Gunohligini bilganligimiz uchun qilmaymiz.
Endi buni gunohligini bilib turib, yana qalbimiz ham xohlamasa, bu gunohdan tamomiy omondamiz. Masalan, nafs zinoni xohlaydi. A? Xohlaydi. Ko'chada bir yarim yalang'och avratini ochib ketayotgan ayolga qarashni nafs xohlaydi. Shayton rosa mazza qiladi. Biladi, aql biladi. Ta'lim orqali bilgan bu narsani gunohligini, lekin nafs xohlaydi. Demak hali, qalb tepa bilan aloqasi zo'r bo'lmabdi, qalbiga, tabiatiga joylanmabdi. U faqat o'zini ta'lim orqaligini odobli qilib yuribdi. Agar ta'lim bo'lmaganda shu ishni qilardi.
Alloh taologa haqiqiy ma'noda kishini qalbini bog'lanishi bu odobning javhari, asli o'zagi. Sunnat esa odobning tafsilotlari. Qaytarib aytib beray, aytaman. Musulmon kishini qalbi Allohga bog'ona ekanligi odobning asli. Sunnatga amal qilish esa, sunnat esa mana shu odobning tafsilotlari. Shuning uchun biz musulmon deganda faqat uni namozi ro'zasiga qarab la baho bermaymiz. Musulmonni haqiqiy musulmonligi faqat namozi ro'zasiga qarab bilinmaydi. Bor ku, ayrim namozxon, ayrim ro'zador birodarlarimizni gapirayotgan gapi, qilayotgan ishi, yurish turishiga qarab turib, musulmonga ham o'xshamaydi, masalan kiyinishimizga qarab turib ba'zida ukalar. Shuning uchun bu ukalar musulmon deganda, odobli musulmon deganda faqat namoz ro'zani tushunmaymiz. Kiyinishimiz ham, yurishimiz ham, turishimiz ham, gapirishimiz ham, ovqatlanishimiz ham bizni musulmon ekanligimizni ko'rsatishligi kerak. Nima demadingiz? Masjidga kirganda bilamiz sizni namozxonligingizni, ammo yurish turishingizga qaragan paytimizda namoz o'qishingizni bilmaymiz. Xulqingiz sizni ko'rsatsin musulmonligingizni.
Sib'g'o degan so'z bor arab tilida. Bu ustozlarda tarjimalarda bo'yoq deb berilibdi. Allohga bo'lgan bog'lanish sababli kishi o'zini kasb qilgan, ichiga joylagan narsasi sib'g'o deb deyilarkan. Qaytarib aytaman. Allohga bo'sgan bog'lanishni sababli kishining kasb qilgan narsasi sebig'o deyiladi. Xarakter deb qo'ying chi buni. Xarakter degan ma'nosi bor ekan, yo'nalish degan ma'nos bor ekan, rang, bo'yoq degan ma'nos iborat ekan.
Va loyiha bu juda ham bir muhim fasllardan. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni odobi yaqqol ko'zga tashlanib turar edi. Musulmon odamda birinchi bo'lib ko'zga tashlanishi kerak bo'lgan narsa, nimasi edi? Xulqi, odobi. Rasulullohni axloqi shunday ko'rinib turardi. Rasulullohna axloqi chi, birodarlar? Boy bo'lganda ham zo'r axloq edi. Kambag'al bo'lganda yam zo'r axloqi bo'lgan. Rasululloh quvvatli bo'lganda, ham axloqi zo'rligicha turgan, zaif bo'lganda hamm zo'rligicha surgan. Rasulullohno mag'lub bo'lganda ye ham axloqi o'zgarmagan, g'olib bo'lganda ya. Qarang, hamma narsa o'zgarishi mumkin insonni hayotida. Shart sharoitlar har xil bo'lishi mumkin, ammo xulq turish kerak joyida.
Futbol o'ynaymiz. Futbol o'ynamaymiz. Ko'ramiz a, xulqimiz qani hali yana shunda. G'azab keladi. Ruka emas desangiz, ruka deydi. Bir tepib yutib chiqarib yuboradi, o'tirasiz siqilib. Bor narsani aytay da, realniyroq narsani. Ko'chani aytay. Mashina minamiz. Bir marta qisib o'tib ketdi. Nima qilamiz?
Ustimizga tikib yurib keladi. Nima qilamiz? Eng kamida so'kinamiz. Eng, bo'lmasam tikib yuramiz ustiga. Shuning uchun musulmon odamni ko'zga ko'rinishi kerak bo'lgan birinchi narsasi bu uning axloqi bo'ladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar, addabani robbiy fa ahsanat adibi. Robbim menga odob berdi va odobimni chiroyli go'zal qildi. Kishini o'zini odobli, axloqli bo'lishi bir chiroyli narsa bo'lsa, endi shu chiroyli odob, axloqni farzandlarga o'rgatishi bundan ham go'zalroq narsa. To'g'rimi? O'zingiz odoblisiz, bu yaxshi narsa. Endi bu odobni farzandlarga o'rgata olasangiz, bu undan ham go'zal narsa. Demak, islom odoblarini o'rganishlikni ikkita yo'li bor ekan. Birinchisi, ta'lim tarbiya berish orqali. Ikkinchisi, sibog'o orqalik. Bo'yoq orqalik. Alloh tomonidan beriladigan bo'yoq or qalik. Bu bo'yoq kimga berilar ekan?
Allohga qanchalar yaqin bo'lsa qalbi insonni, Alloh mana shu rangni shu bandasini ustiga tushurar ekan. Astayu billah sib'g'at Alloh va man axsanu minallohi sib'g'a va nah nu lah va abidun. Oyatni qarang. Allohning rangilar ranginmiz. Allohning rangina ranginmiz. Ollohdan ham go'zalroq rang beruvchi bormi? Bizlar ungagina ibodat qiluvchidirmiz. Eng chiroyli rangni beradigan, eng chiroyli bo'yoqni beradigan Alloh. Allohdan ko'ra go'zalroq hech kim bo'yoq bera olmaydi bandasiga.
Birodarlar, mana Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan hadis bor. Ko'pchiligimiz bilamiz. Kullu mavludin yu uladu ala fitrating. Har bitta chaqaloq islom fitrati bilan, islom tabiati bilan dunyoga keladi. Keyin ota onasini yo yahudiy qiladi, yo majusiy qiladi, yoki nasroniy qiladi.
Hamma dunyoga kelganda mana shu fitrat bilan tug'iladi. Bu fitrat sib'g'o emas hali. Fitrat hali sib'g'o ham emas. Bunga oyatdan va sunnatdan birodarlar dalillarimiz bor. Bismillahir rohmanir rohim. Fabima rahmatim minallohi lintalahum. Valavkun tafaddun g'olid al qalb lanfathu min havlik. Fa afvo anhum mostavfirlahum va sha'avir hunfil amr. Fai'da azamta fatavakkal alalloh, innalloha yuhib bul mutavakkili. Alloh subhanah va taolo payg'ambarimizga, mana uxd g'azotidan keyin, nozil qilingan oyatda, oliy imron surasida shunday deydi. Ey muhammad, sollallohu alayhi vasallam. Alloh tomonidan bo'lgan bir marhamat sababli sahobalaringizga, ularga yumshoq so'zli bo'ldingiz. Ya'ni payg'ambarimizni uhud kunida tashlab qochib ketishdi.
Rasululloh sollallohu alalayhi vasallamni qo'ygan kamonchilari tushib ketdi. Mana shu sababli rasulullohni tishlari sindi, yuzlari tilindi, qonlari oqdi. Mana shunday payg'ambarimizga noloyiq muomala qilishganligi uchun, payg'ambarim sallallohu alayhi vasallam ularni malomat qilishligi, urushi so'kishligi mumkin edi. Ammo alloh taolo aytyapti, shunday qilishgan bo'lsa ham sizga sahobalaringiz alloh tomonidan bo'lgan rahmat tufayli muloyim bo'ldingiz. Demak, payg'ambarmizni mana shu joyda muloyim bo'lishligi, alloh tomonidan payg'ambarmizni qalbiga joylangan sibg'o, bo'yoq edi. Men sizni shunaqa qilib qo'ygan edim deyapti Alloh Taolo.
Agar qo'pol, qattiq dil bo'lganingizda edi, albatta atrofingizdan tarqalib ketgan bo'lar edilar. Bas ularni avf eting, ular uchun mag'firat so'rang Alloh'dan va ishlaringizda ularga maslahat soling. Demak, boyagi aytilinayotgan sahobalarni qilgan xatosiga ham Payg'ambarimizni kechirimli bo'lganligi, halim bo'lganligini Alloh tomonidan Payg'ambar bizga joylab qo'yilgan bo'yog'i da.
Ana shu Alloh qalbimizga joylagan rahmat tufayli, farzandimizga mehribonmiz. Bir birimizga shafqatlimiz. Allohni rahmati tufayli. Innama hosina al axloq, mahzunatun aynan Alloh. Fayza ahab ballohu abdan, mana ha hu xulqan hasanan.
Go'zal xulq egalari. Eshitinglar. Tabiatan tabiatingizda bor shu go'zal xulq. Masalan bir odam namoz o'qiganda ham, o'qimaganda ham xalim bo'lgan. Bir odam dindan bexabar bo'lganda ham muloyim bo'lgan, yana bir odam umuman shariatdan bexabar yurgan paytida ham qo'li ochiq bo'lgan, yaxshi xulqlar tabiatiga joylangan odamlar bo'ladi, bilasizlarmi? Bor u shunaqa odamlar. Masalan hozir ham namoz o'qimasligi mumkin, ro'za tutmasligi mumkin, lekin xalim. Kechirimlik, og'ir bosiq.
Nima bu? Nima bu? Hadisda aytilinyapti. Albatta, xulqlarning eng go'zallari Allohning huzurida saqlab qo'yilgandir. Agar Alloh Taolo bir bandani yaxshi ko'rsa, ana shu go'zal huquqlardan bittasi unga berib qo'yadi. Bir narsangiz bor, Allohga yoqdingiz, sizga o'sha go'zal qo'limdan bittasini berib qo'ydi. Yo halimsiz, yo og'ir bosiqsiz, yo kechirimlisiz, yoki saxovatlisiz. Kim tomondan bu? Bor u, masalan, ukalarimiz o'n yillab dars o'qiydi, nervenniy.
Yigirma yildan beri namoz o'qiydi. G'azabi tez chiqadi. Yo qo'li ochiq emas, yoki qandaydir ota onasiga qo'pol muomalada bo'ladi. Bo'lmasam, ta'lim tarbiya tomonidan xabari bor. Lekin tabiati hali tuzalgani yo'q. Biz musulmon kishini odobi haqida gapiryapmiz. Musulmon kishining odobi qanaqa? Payg'ambariga ergashadida musulmon odam, erta man ham qulf bir xil, kech payt ham bir xil. Ishga borganda ham odobli, uyga kelganda ham odobli. Boy bo'lganda ham qo'li ochiq, kambag'al bo'lganda hamm qo'li ochib. Endi, shunday odamlar bo'ladi, ma'lum bir vaqtdagina odobli bo'lishadi. Ma'lum bir holatdagina tarbiyali turishadi. Shu ham axloqqa kiradimi?
Go'zal xulq musulmonning tabiatidagi bor narsa. Uning asli shunaqa. Hech kim yo'g'ida ham ko'zini tiya oladi, hamma qarab turganda ham ko'zini teya oladi. Hech kim ko'rmaganda ham namoz o'qiydi, hamma ko'rib turganda ham namoz oqiydi. Hech kim ko'mayotganda ham issiqda rozi turgan bo'lsa ham nima qilmaydi? Bu singib ketganda sizni suyagingizga. Endi shunday odamlar bor, birodarlar, ayrim o'rinlarda axloqli bo'ladi.
Bu masalada kofirlar hammani aqlini lol qoldiradi. Misol, styuardessalarni ko'rganmisizlar, dejurniy ulubkasini? Men deydi, kompaniyamizni yuziman, men chiroyli turishim kerak dedi. U kompaniyani yuzi bo'lganligi uchun, shu ishda turib oylik olganligi uchunga odoblik. Mana shu it jivib turadi da. Uni odobi ham odob, uni ham axloqi axloq deyiladimi?
Uyingizga kelganda mehmon odobli esli bo'lib turasiz, keling akalar deysiz, ko'chaga chiqqanda boshqa maska, maska yechiladi to'g'risi. Demak musulmon odami axloqchi, odobi u klientmi u, xizmatda turgan odami bir xil bo'ladi. Ular ayrim vaqtdagina axloqlik, ayrim vaqtdagina bir xulqlik. Chunki mana shu xulq bilan tursa, uni ishi yurishadi. Mana shu xulqi bilan tursa unga nima bor?
Foyda bor. Ammo shu foyda yo'q bo'lgandan keyin ko'rasiz kimligini. Demak, ayrim holatlardagina axloqli ishni qilayotgan kishilar, agar shu xulqini kundalik hayotida agar qo'llamayotgan bo'lsa, bularda axloqi axloq deyilmaydi. Garchi bunaqa odamlarni qilayotgan ishi zohirdan chiroyli bo'lib ko'ringani bilan, bularning amallari habada bo'ladi. Alloh taolo Qur'onda aytadi: astayu billah ula ikkalla dina kafaru bi aya ti robbihim bali qoyi. Fahabitat amaluhum. Fala nuqiy mulohum yalmal qiyamati vazna. Masalan, kafirlar ham axloqliklari bor. Kafirlar ham ehson qiladi. Kafirlar ham yetim yestida boshini silaydi. Ammo bularni amallari habada, chunki bu xulqlari iymon ustida bo'lmaganligi uchun, bu xulqlar ularga hech qanday foyda keltirmaydi. Ular parvardigorlarining oyatlarini va u zotga ro'baro' bo'lishni inkor qilishib, butun ish amallari behuda ketgan kimsalardir. Bas, biz qiyomat kunida ular qilib o'tgan amallar uchun hech qanday qadr qiymat bermasmiz.
Islomiy axloqning asosi birodarlar Alloh taolodan qo'rqish ustida turadi. Musulmon odamning axloqi foyda, manfaat ko'zlash ustiga qurilmaydi. Aytyapmiz ku, foydasi bo'lsa ham, ziyoli bo'lsa ham siz bir xil axloqli turaverasiz. Masalan, birodan qarzingiz bor, tezroq uzishga harakat qilasiz. Bu chiroyli xulqmi? Yo'q, hali chiroyli xulq emas. Nimaga? Nima uchun uzishga shoshilyapsiz?
Agar vaqtingizni uzmasangiz, sizni ishingizni qoziga olib borishi mumkin. Yoki kimgadir shikoyat qilishi mumkin. Shundan qo'rqib tezroq uzishga harakat qilyapsiz. Yoki vaqtingizda pulni olib borib bermasangiz, bozorda sizni sharmanda qilishidan qo'rqyapsiz. Demak, qarzni uzishga qilayotgan bunaqa shoshilishingiz ham xulq deyilmas ekan. Ammo bir odam sizni qo'lingizga bir million pulni berdi. Ishlatib turing. Menga foyda jarayoni kerak emas. Ishlatavering, so'raganimda berasiz dedi yu, na qog'oz yozolmadi, na ikkita odamni guvoh qilmadi. Faqat ertasi kuni o'lib qoldi.
Hech kim bilmaydi, undan bir million pul olganingizni. Mana shu pulni olib borib bolalariga, shu odamni, otanglar menga pul bergan edi, ishlatib turgani ma'no, sizlarda pulinglar deb olib borsangiz, shunda sizniki xulq axloq deyiladi. Birinchisi, nima uchun shoshilib pulni uzishga harakat qilyotgan edi yu, ikkinchi odam nima uchun ishga shoshilyapti olib borib bergani. O'zimizdan so'raylik. Qo'rqmi bizniki? Yoki dejurniy uribkanmi bizniki?
Shunaqa bir usta akalarimiz bor. Biz borsak, noyatda chiroyli muomala qiladi. Halim, lekin ketganimizdan keyin shogirdlarini so'kayotgani, atrofdagilarga qilayotgan muomalasini eshitamizda, qarab turib ikkiyuzlamachilik emasmi degan savolni beramiz o'zimizga. Ko'cha ko'cha so'kinmaymiz hammamiz ham, uyimizda chi. Xulq doim bir xil bo'ladi. Shu narsa xulq bo'ladi. Agar ko'chaga chiqqanda bir boshqacha maska, uyga kirganda boshqacha masko'rayotgan bo'lsa, demak bu hali xulq bo'lib ulgurmayapti. U mana bu yerda ekan faqat, kallada. Hali qalbga tushmabdi u.
Otasiga mehribon bo'ladi bir bola. Otasiga mehribond bo'ladi bir bola. Parvona bo'ladi bir balo. Nima uchun? Meroslik menga yozib ketsin, eshikni menga vasiyat qilib ketsin deb, parvona bo'layotuvdi, keyin bilsa, kenja o'g'il yozib qo'yibdi. Agar uni xulqi bo'lsa, bu otasiga yaxshi muomala qilish, shuni bilsa ham axloqi o'zgarmaydigan holda, bob boyga otasiga muruvvatini qilaveradi.
Mana endi seb'g'o bilan fitratni o'rtasidagi farqni ko'rib chiqamiz. Seb'g'o. Komil bo'lishlik, fitrat, komil bo'lishni yaxshi ko'rishlik. Fitrat, komillikni yaxshi ko'tarishlik, seb'g'o, komil bo'lishingizni o'zi.
Aytdik, fitrat hammaga bir xil beriladi. Hamma fokizalikni yaxshi ko'radi. Musulmonmi, kafuni farqi yo'q. Hamma adolatni yaxshi ko'taradi. Hamma saxovatni yaxshi koradi. Bu masalada odamlar bir xil, chunki Alloh fitratga joylab qo'ygan. Endi sibig'ochi, ana shu fitrat yaxshi ko'radigan narsani o'zi bo'lishlik. Astayu billa, f aqiy muvojih haykalid diniy xanifa fitrat allohillatiy fatorun nasa alayha. La tabdilali xolqin la dhalika dinul qoyim va la kinnna aktarun na sila ya alamun. Mana, Alloh Taolo fitrat haqida nima deyapti?
Bas, ey Muhammad, sollallohu alayhi vasallam, o'zingizni doimo to'g'ri bo'lgan fitratda tuting. Ya'ni Islom fitratida tuting. Alloh insonlarni yaratgan, tabiiy xilqatni saqlangiz. Allohning yaratishi o'zgartirilmas, eng to'g'ri din mana shudur, lekin odamlarning ko'pi buni bilmas. Alloh Taoloning bandalariga bergan tabiiy fitrati, tabiiy xirqati. Aytyapmiz ku, musulmon ham, kofir ham adolatni yaxshi ko'radi.
Yana qaytaramiz. Fitrat. Komillikni yaxshi ko'rishlik, sibig'om komil bo'lishlik. Endi bu fitrat hammada bir xil ekan, endi sibig'om. Komil bo'lishilik. Nima orqali bo'ladi? Allohga qalbingiz qanchalar yaqin bo'lsa, qanchalar kuchli baylangan bo'lsangiz, sizni sibig'oyingiz shunchalik bir go'zal bo'ladi. Sizni bo'yog'ingiz chiroyli bo'ladi. Sibig'atulloh. Va man axsanu minallohi sib'o, va nah nullohu abidun. Allohning rangilar ranginmiz. Allohdan ham go'zalroq rang beruvchi bormi? Bizlar ungagina ibodat qilurmiz.
Mana endi, qaranglarda mana, hamma sib'oni yaxshi ko'radi. O'g'rilar, o'g'rilar o'g'irlikni qilishadi. O'g'irlik o'zi yaxshi ishmi? Zulm ham? Adolatsizlik ham? O'zlari adolatsizlikni qildi, birovni mulkini nohaq olib oldi. Endi bo'layotganda adolat bo'lishini xohlashadi.
Aytdik ku, fitrat komillikni yaxshi ko'rishlik. Sibixon komil bo'lish. O'g'irlikni qildi, zulmni qildi, adolatsizlikda qilib turib, bo'layotganday adolatli bo'lsin bo'lish deb qo'yadi. Yoki. Zinoda qilgan, zinoda hamma turini qilgan yigit, ifloslikda hammasini totib ko'rgan yigit, uylanayotganda pokiza, iffatli, xayoliy ayolni istaydi. Ko'rdinglarmi fitrat nimaligini? Insonni fitrati komillikni doim yaxshi ko'radi. Ammo sibg'or komil bo'lishlik. Sibg'oni kim beradi? Alloh beradi. Qachon beradi?
Qalbimiz Allohga bog'langan paytda. Ota o'zi dinsiz bo'lishi mumkin. Ota o'zida benomoz bo'lishi mumkin. Aroqxo'r bo'lishi mumkin, sutxo'r bo'lishi mumkin ota. Ammo farzandlarini solih odamni qo'lida tarbiya olib, salohiyatli inson bo'lishini xohlaydi. Buni sababi uning fitrati. Fitrat uni hayriyatni yaxshi ko'rishniki undaydi.
Fitrat komilligini yaxshi ko'rish, sevg'o esa komil bo'lishlik. Endi, fitrat uchun savob olmaymiz. Sevg'o uchun savob olamiz. Chunki fitrat, siz xayriyatni yaxshi ko'rashingiz sizni ishingiz emas. Alloh shunaqa qilib qo'ydi siz. Bu narsa uchun savob olmaysiz. Ammo sevg'o uchu savob olasiz. Chunki sevg'o allohni rangi berishligi uchun siz harakat qildingiz. Allohga yaqin bo'lishga intildingiz. Alloh shu narsani tabiatingizga joylab qo'ydi. Sibig'on uchun ajr bor. Ammo fitrat uchun ajr yo'q.
Shuning uchun payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar robbim menga odob berdi. Ya'ni Alloh Taolo bilan bo'lgan aloqamiz zo'rligi, Allohga yaqin bo'lganligimdan, Alloh menga odobimni chiroyli qilib berdi. Demak, odobimiz chiroyli bo'la olmayotgan bo'lsa, ukalari, akalar, sabab nima ekan? O'zimiz ekan. Allohga qancha yaqin bo'lsak, Alloh Taolo shunday bo'yab qo'yar ekan bizni xarakterimizni. Bo'yab qolar ekan bizni qalbimizni. O'zi yaxshi ko'rgan bo'yog'i bilan.
Oramizda albatta shunday bir birodarlarimiz bor. Yaxshi ko'rib muzikani eshitib, yaxshi ko'rib qo'shiqlarni eshitib yurgan. Bir muddat hayotida. Endi dindan uzoq bo'lgan paytida. Keyin bir qancha vaqt o'tdi, din ta'limotlarini eshitdi, Qur'onni tingladi, hadislarni ma'nolarini qalbiga joyladi da, qalbi ochildi. Allohga bog'landi. Alloh unga sevg'o berdi.
Endi mana shu odam yigirma o'ttiz yil avval yaxshi ko'rib eshitgan qo'shiqlarni qaytadan eshitsa, qarab turib, e, shuni eshitaman deydi. Ma'nolariga e'tibor bersa, kulgisi keladi. Shuni tushunmay eshitib yuravergan ekanmiz a, g'ishtlab deydi. O'zini avvalgi holatini fikr qilib turib uyaladi. Chunki yuksaldi da qalbi.
Avvalgi holatimizdan hozirgi holatimiz farqlanyaptimi? Agar avvalgi qilgan ishlarimizni eslab turib, kulgimiz kerak ekan bo'lsa, uyalayotgan bo'lsak, istig'for aytayotgan bo'lsa, alhamdulillah, Alloh o'zini rangi bilan ozgina bo'yapti bizni. O'zining sevg'osidan beribdi bizga. Nima uchun berildi bu?
Allohga intilganligimiz uchun, Allohga qalbimizni bariganimiz uchun. Alloh Subhanah va Taolo barchamizni o'zi yaxshi yurgan sevg'o bilan, rang bilan, bo'yoq bilan bo'yashligini so'raymiz. Aqoli qovli ha da, vo.