Bismillahir rohmanir rohim. Bismillahir rohmani rohim. Alhamdulillahi robbila alamin. Vala aqibatu lil muttaqin. Vassalatu vassalamu ala sayyidina muhammad as sodiqil va adil amin. Va ala alihi va ashabihi ajma'in. Amma ba'd, assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh.
Islomda farzand tarbiyasi deb nomlanadigan darslarimizni bugun yigirma oltinchisi. O'tgan darsimizda bolalarni psixologik tarbiyasi haqida so'z yuritdik va xususan hasad haqida bahs qilgan bo'ldik. Hasadning turlari. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadis sharifdan marhamat qiladilar. Bu hadis Abu Dovuddan, Abu Hurayro roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi.
Iya quval hasad. Fa indal hasadah, ya aqulul hasanat, kamat taakulun naru xotam. Hasaddan ehtiyot bo'linglar, deydirali rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Albatta o'tinni olov yegani kabi, hasad hasanotlarni yeydi. Kishi mehnat mashaqqat bilan qilgan savob amallarini, mol mulkini sarflashni yo'li bilan topgan savoblarini hasad qilishlik bilan o'zi yo'qqa chiqaradi. Rasululloh aytyaptilar, olov, o'tinni qanday yeb tugatsa, hasad savob amallarni mana shunday yeb tugatadi. Hasadning ham bir qancha turlari bor.
Eng yomoni hasadni. Bu shunday hasadki, shu hasad sizni, siz hasad qilayotgan odamga nisbatan yomonlik qilishlikka undaydi. Yomonlik qilishlikka sizni undaydigan hasad, hasadning eng yomon yo'li. Masalan, qo'shningiznikiga suv sizni yuzidan o'tadi, kirantdan, vodoprovoddan. Vintlda shunday bekitib qo'yasiz da, bilmayman nima yo'q bo'lib qoldi ekan suv deb turaverasiz. Unga bo'lgan hasadingiz sizni gunoh qilishlikka majbur qilyapti. Shu hasadning eng yomoni hisoblanadi.
Ikkinchisi, birovadagi ne'matni ko'rasiz, hasadingiz keladi. Unda yo'q bo'lsin, sizda bo'lmasa ham mayli. Faqat unda bo'lmasa bo'ldi. Sizda ham yo'q bo'lmasin, unda ham yo'q bo'masin. Uchinchi turi, birodaringizdagi yoki bir kishidagi ne'matni unda yo'q bilib, sizga o'tib qolishingni xohlashligingiz. Mana shu hasadni uch turi bo'ladi. Eng yomoni birinchisi. Hasadi sizni gunoh ish qilishlikka undashligi.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan bir qancha hadislar bor. Bu hadislar laysa minna deb boshlanadi. Ya'ni, bunday odam bizdan emas deb boshlanadi, laysa minna. Payg'ambaringiz sollallohu alalayhi vasallam Imom Muslim Termiziydan keltirilgan hadis. Aytadilar, laysa minna man g'oshshar.
Aldagan kimsa bizdan emas. Yolg'onchi odam aldagan kimsa bizdan emas. Alg'ish bu yolg'onchilik. Yolg'onchilikni bilasizlar, gunohi kabirlardan hisoblanadi. Laysa minna deb Payg'ambarimiz bir narsani aytdimi? Demak, shu ishni qilgan odamdan payg'ambariz bezorligi, payg'ambar biz bunday odamdan pokligini e'lon qilayotganligi bo'ladi.
Imom Termiziydan keltirilgan hadis Ikrima roziyallohu anhudan. Rasululloh aytadilar: laysa minna man lam yarham sag'iyrona va yuvoqir kabiyrona va ya amur bil ma'ruf va yanha an il mumkar. Bizdan emas. Kim bizdan emas? Kichiklarimizga rahm qilmasa, kattalarimizni ulug'lamasa, yaxshilikka buyurmasa, yomonlikdan qaytarmasa. Mana shu odam ham bizdan emas. Kichkinalarga rahm shafqati yo'q. Kattalarni kattadek ko'rib ulug'lamaydi, yaxshilikka buyurmaydi, yomonlikdan qaytarmaydi, hech kim bilan ishi yo'q. Bu odam ham bizdan mas deyapti payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam. Keyingi hadis, muttafakkur alayhi bo'lgan hadis, rasululloh aytadilar laysa minna man latamal hududi va shaqqol juyudi. Va da abida avval jahiliy yeting.
Rasululloh aytadilar, musibat yetganda, ya'ni moliga musibat yetdimi, talofat yetdimi, yo bir yaqinlari o'ldimi? Xullas, musibat yetganida, yuziga urgan, kiyimlarni yirtgan va johiliyat davridagidek ish tutgan kishi bizdan emas. Sen o'rniga men o'lsam bo'lmasmidi? Kimga tashlab keting, kiyimlarni yirtgan, sochlarni yulgan, boshidan tuporoq sochgan, bu johiliy arablarning fe'li edi. Rasululloh aytdilar, kim mana shunday johiliyat davridagidaqa ish tutsa, bas bu kishi ham bizdan emas.
Keyingi hadis Abu Dovuddan, Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan. La iso minnaman xobbaba imrotan ala zavjiha. Av abdan ala sayyidihi. Rasululloh aytadilar, kim bir ayolni bu ayolni eriga qarshi qilsa, qayrasa, yoki qulni uning saidiga qarshi qilsa, bas, bunday kishi ham bizdan emas. Gijgijlaydigan odamlar bo'ladi yu, qayraydigan odamlar bor. Eringiz nima berdi sizga hayitga deydi.
Desa manaqa narsa olib berdi. He? Hech narsa olib bermabdi yu. Dadang nima berdi senga hayitga? Manaqa, ha, hech narsa olmabdi. Xullas, haligi odam ayolni eriga qayriyapti. Qulni xo'jayiniga qarshi qayriyapt. Mana shu gij gijlaydigan odam ham bizdan emas deyaptilar, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam. Shunaqa odamlar albatta bor. Albatta bor oramizda. Ehtimol bizda ham shunaqa bir sifat bordir. Qarab qo'yaylik.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, Imom Termiziydan keltirilgan hadis. Innna rojula la yatakallamu kalimatan la yalqolaha balan min sohatilla yahviy behavhiy jahannama sabayna xorifa. Mana hozir aytdik ku, bilmagan holda birovni birovga gijgijlab qo'yishlik bor. Bilmagan holda. Rasululloh aytyaptilar, albatta bir kishi o'zi e'tibor bermasdan turib Alloh norozi bo'ladigan so'zdan bittasini gapirib qo'yadi. Parvo qilmaydi, lekin Allohni g'azablantiradigan so'zidir. Mana shu bilan yetmish yilga do'zaxga ravona bo'ladi.
Shuning uchun og'zimizdan chiqadigan gapga e'tibor beraylik. Gapirayotgan gapimiz ikkita odamni o'rtasini tuzatishmi yoki buzishmi? Bir odam ikkinchi odamga havas qilishlikka undashmi yoki hasad qilishiga sabab bo'lib qoladimi bu so'zimiz? O'ylabroq gapiraylik. Chunki e'tibor bermasdan jahannamga yetmish yilga ravona bo'lib ketadi. Rasulullohning Jome'us Sahih'dan hadisi: Lay saminning zdu hasading. Hasadgo'y kishi mendan emas deyapti Rasululloh. Hasadgo'yi kim edi? Boshqa birodar bir yaxshilikni ko'radi da, shu ne'matni unda yo'q bo'lishingni xohlaydi. O'ziga kelishini xohlasa ham, o'ziga kelishingni xohlamasa ham. Unda bo'lmasa bo'ldi.
Aslida musulmon odam boshqa musulmon birodarlarini qo'lga kiritgan yutuqlarini o'zini yutug'idek qabul qilish kerak. Boshqa muslimon birodarini qo'liga kirgan bir dunyo bir xayriyatlarini xuddi o'zini qo'liga kelgan xayriyatdek qabul qilib xursand bo'lishligi kerak. Ammo bir birodaringizga yaxshilik keldi, sizda yo'q. Uni ko'ra olmayotgan bo'lsangiz, hasadingiz kelayotgan bo'lsa, bu nifog'ini bir belgisi.
Bu nifoqni belgisi. Endi u mashina olsa, uyli bo'lgan bo'lsa yoki qandaydir bir sizda yo'q narsaga ega bo'lganda, quvonayotgan bo'lsaysiz, iymonni belgisi. Hasadgo'y faqat o'zini qiynaydi. Hasadgo'yni faqat o'zi qiynaydi o'zi. Alloh taolo vata a'va nu alal birri va taqvo, va la ta'va nu alal ismi va udvan. Yaxshilik va taqvo yo'lida hamkorlik qilingiz, gunoh va haddan oshish yo'lida ham korlik qilmangiz, deb siz bilan bizga buyurgan.
Payg'ambarimiz lay saminniy du hasading, dedilar. Hasadgo'y odam mendanmas. Hasad iymonni fasodga uchratadi. Xuddi vaqt sutni fasodga uchatgandaqa. Turishi bilan achiydimi? Achiydi. Demak, insonni qalbida hasad turgan sari, uni iymoniga putur yetkazadi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislari imomi tabaroniydan rasululloh aytadilar, la yazalun nasubi xoyr ma'lam yata hasadu hadis qarang. Mug'domiki insonlar bir birlariga hasad qilishmas ekan, ular xayriyatda davomiy bo'lishadi. Shunga o'xshagan mazmunda hadislar bor. Bir musulmon ikkinchi musulmonda qonun oqizmabdimi? Demak, xayriyat da, ishlari yaxshi buni degan. Xuddi shunga o'xshagandek, insonlar bir birlariga hasad qilmayaptimi hozir, qalbi tozami? Demak, odamlar xayriyatda turibdi.
Mana, hasadga taalluqli bo'lgan qismi darsimizning nihoyasiga yetdi. Bugun endi darsimizning davomi yosh bolalarni ushlaydigan yana bir salbiy sifat, g'azab haqida suhbat qilamiz. G'azab. Zamonaviy tilda nima deyiladi? A. Hech ikkilanmay aytyapsizlar u, nervniy. Hamma nervniy hozir.
G'azal. Sabablari, yechimlari. Yosh bolani ko'rasiz, endik. Sal narsaga portlab ketadi. Sal narsaga nervi chiqib ketadi. G'azablanib ketadi. Bu o'ta xatarli ruhiy ko'rinish. Xatarli, psixologik kasal. Ha, g'azablanishlik o'zi yaxshi narsami, yomon narsami? Kerak narsami, kerak emas narsami? Shuni hal qilib olaylik. G'azab insonni tabiatida bor bo'lgan bir sifat.
Va bir kishini g'azablantiradigan ish bo'lganda ham, g'azablanmayotganligi ham nenormal holat. Tushunarlimi? Normalniy odamda g'azab bo'ladi. Faqat bu normalniy odam qayerda g'azab qilish kerak, qayerda go'zab qilmaslik kerak, farqini bilish kerak. Musulmon odamda g'ozab bo'ladimi? Bo'ladi. Allohning hududi buzilganda g'azabi keladi. O'zini shaxsiyatiga nisbatan odamlar tajovuz qilsa, o'zi uchun g'azablanadigan o'rinda odamlarda avf qiladi, kechiradi.
Mo'min kishi Alloh uchun g'azab qiladi. O'zini shaxsiyati uchun emas. O'zi uchun g'ozablanadigan o'rinda mo'min odam odamlarni avf qiladi, kechiradi. Siz bilan bizga har bitta ishda ibrat namuna bo'lgan zot, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, u zot g'azab qilarmidilar? Ha, g'azab qilibdilar. Qachon g'azab qilyardi?
Sahihangda keltiriladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni oldiga o'g'rilik qilgan ayolni qo'lini kesmasligi uchun shafoatchilik qilib bir kishi keldi. Bu Mahzun urug'idan, Banu Mahzun urug'dan bo'lgan hurmatli ayol edi, hurmatli xonadonning ayoli edi. O'g'irligi isbotlandi, qo'li kesilishi kerak. Allohning haddi jazosi qo'llanishligi kerak. Shunda o'rtaga tushgan odam, shu Allohni hududini qilmaylik deb kelganida, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qattiq g'azab qildilar. Chunki bu kishi Allohni hududi ni, Allohni jazosini qo'llamaslikni talab qilib kelgan edi. Rasulullohning g'azabi shunday yuzlaridan ko'rindi. Aytdilar, innama ahlaka bani isroila annahum kanoida saraxa fihim ash sharif tarakuhu.
Mana Usroilni halok degan narsa nima edi? Ichida sharif hurmatli odam o'g'irlik qilsa, jazolamay qo'yib yuborishar edi. Zaif, noto'mon odam o'g'llik qilsa, jalolashar edi. Ollohga qasam, la anna Fotimata bint Muhammad saraqot laqoti atu yadaha. Ollohga qasmki, agar Fotima bint Muhammad o'g'irlig' qilsa, qo'lini albatta kesgan bo'lardim. Mana Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam g'azabi keldi. Nima uchun? Allohning hududi buzilganligi uchun.
Imomutabaroniydan, anasibni molik roziyallohu anhudan rivoyat qilingan. Men ro'yid to rasulullohi sollallohu alalayhi vasallam va in taqomal in afzehin. Hadisni rovisa aytadi, Rasululloh hech qachon o'zini shaxsiyati uchun birovdan imtihon olganini ko'rmadim. Faqatgina Allohning hududi buzilganida imtihon olar edi. Agar Allohning hududi buzilsa, qattiq g'azablanar edi. Bizga ibrat bo'lgan Rasululloh Allohning huduti buzilganda g'azablangan.
Bu hadisdan qanday xulosa olamiz? Mana bir qancha hadislar o'qidik, xulosa. Rasulullohni sunnatiga ergashgan kishida g'azab bo'lishi kerak ekanmi? Kerak ekan. Albatta bo'lishi keraksiz. Faqat uni g'azabi Alloh uchun bo'ladi. Biz, birodarlar, o'zimiz uchun g'azablanishimizni cheki yo'q. Doim o'zimiz uchu g'azablanamiz. Ammo Allohning hududi buzilgan paytda parvo qilmay o'tib ketib qolamiz ko'proq o'rinda. Misol, mahallada qizlar avratlarini ochib yurgan bo'lsa, indamay o'tib ketaveramiz.
Hech bo'lmasa tiling bilan qaytar degan Payg'ambarimiz munkorni ko'rganda, ey, bunaqa qilib yurmagin, uyat bo'ladi, devon qo'ymaymiz. Bu so'z bilan nasihat qilishlik hech kim men qilmaydi. Bunday qilmagin deb qo'ysa, hech narsa otasi o'lib qolmaydi. Lekin indamay o'tilib ketyapsizmi? Xo'p, gapira olmaysiz. Eng kamida qalbingiz bilan yomon ko'rayotgan bo'lsangiz, shu iymonni eng bir kichkina ko'rinishi. Ammo gunoh emas, yetti aylakani ko'rib turib indamay ketayotganligingiz, Alloh saqlasin.
Endi bizning g'azabimiz nimaga bo'ladi? Bir narsa yetolmay qolsak, g'azabimiz keladi. Shahvatimizni qondira olmay qolsak, g'amimiz keladi. Bir narsa tegmay qolsa, g'amimiz keladi. Bu yomon g'azab. Bu yomon g'am. O'zi o'zini asabiylashmanglar. Chunki nerv kletkalari qayta tiklanmaydi deydi doktorlar.
Shuning uchun ko'p psixovat qilgan odam, nervniy odam tezroq tugaydi. Mana tabiblarda so'zlaridan, g'azablanmaydigan kishi, g'azablamaydigan kishi o'zini ko'p kasalliklardan saqlaydi. Asabni, yurakni, davleniyani, hazm qilishni buzilishi, oshqozon kasalliklari, hatto yazvaga ham ta'siri bor ekan. Nervniy bo'lishlikda.
Sahobalardan birini molini o'g'irlab ketganligini aytishdi. Haligi sahobi aytdiki, xotirjam turib, Parvardigor, molini olgan kishi agar muhtoj bo'lganidan olgan bo'lsa, mayli. Alloh barakali qilgin unga. Mayli, roziman, barakali qilgan unga. Ya'ni kechirdim. Agar haddidan oshib olgan bo'lisa, kerak bo'lmasdan turib o'g'irlikni kasb qilgan bo'lsa bas, bu uning oxirgi gunohi bo'lsin.
Zo'r a? Agar to'yonga ketayotgan bo'lsa, oxirgisi shu bo'lsin, qaytib qila olmay qolsin shu o'g'riligini. Ammo muhtoj bo'la olgan bo'lsa. Bo'yni uzilib kelsin. Qo'li o'ligingga buyurasin. O'sha chiqarib olsak mazzada. Chiqarib mazza qilishlik bitta mazza bo'lsa, Alloh uchun yutib turib, ajrdi Allohdan umid qilishlik, bu boshqacha mazza. Buni hamma ham totib ko'rgan emas.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan bir kishi so'radi. Bu hadis Abu Dovuddan. Ma yubaiduni min g'odabillahi azza va jalla. Savol, yo Rasululloh, meni Allohning g'azabidan nima uzoqlashtiradi? Faqol alayhissalotu vassalam la tog'dob. Innama yubaiduka min g'odabillarahi azza va jallal allah taqdob. G'azablama. Seni Allohning g'azabidan uzoqlashtiradigan narsa, g'azablanmasliging dedilar.
Mana shu hadis, g'azabimiz kelgan paytda yodimizga tushsa zo'r bo'ladi. Allohni g'azabidan qo'rqamizmi? Qo'rqamiz. Uzoq bo'lishni xohlaymizmi? Xohlaymiz. Nima qilaylik ekan? G'azablangan kishi g'azabi kelgan paytda ahvolini bilasiz. Ko'zlari shunday chaqnab ketgan, tomirlar ishgan, yuzlari qizargan, nimada ekanligini ham bilmaydi. Oilani vayron qiladigan so'zni ham ayni g'azablangan holda aytadi. Gapirib gapirib oladi, keyin shinagini topadi. Keyin orqaga qaytara olmasdan oilasini, boshini toshlarga uradi. Shuning uchun g'azab kishini zaifligiga dalolat qiladigan sifatlardan. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, Abu Dovuddan keltirilgan hadis. Yuqoridagi hadisimiz imomahmaddan edi. Imomah roziyallohu anhudan edi. Keyingi hadisimiz Abu Dovuddan. Man kadama g'oydon, vohu va yastati anun yunaf fiddahu, da'ahullohu yomal qiyamati ala ro'ysul haloyiq, xatta yuhayiruhu fii ai al huri sha fal yahudha.
Kimki, bajarishga qodir bo'la turib g'azabini yutsa, g'azabini charchashlikka quvvati bor. Imkoniyati bor. Uni g'azablantirgan yo bolasi, yo ayoli, yo qo'lidagi ishchisi. Bemalol zahrida charchab tashlasangiz bo'ladi. Shunaqa, g'azibini sotishga imkon bo'lib turib, g'azabni tiysa, mukofoti nima? Qiyomat kunida Alloh Taolo butun haloyiqni boshiga chaqirib uni qorako'zli xurlardan xohlaganini olishga ixtiyor beradi. Nima uchun?
G'azabini yutgani uchun. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam so'radilar: ma tauduna sur'ata fikum, pahlavonlik deb nimani sanaysizlar, dedi. Sizlarni oralaringda quvvatli, kuchli, haligi qahramon odam kim? Sahobalar javob berishdi. Alladiy la tasrohurijal. U shunday odamki, hech kim yenga olmaydi uni.
Jismonan baquvvat odamni atashyapti. Shu odam pahlavon. Faqol alayhissalotu vassalom: valakinna sur'ata fikum alladiy yamliku nafsaho indal g'odobiy. Bu hadis imom buxoriy va muslimdan. Ibn mas'ud roziyallohu anhu narg'oyat qilingan. Sizlar pahlavonlikni nima deb hisoblaysizlar? Odamlar odamlarga yengilmaslikni deb javob berdilar. Rasululloh aytdilar, haqiqiy pahlavonlik g'azabi kelgan vaqtida o'zini tutib turishlikdir.
Hammamizda bor jahl. Burnimizni ustida turadi. Bu kamol mana shu asablarimizni tarang bo'lib ketganligi, qalblarimizni qatib ketganligi, o'zimizni nazorat qilishlikni esdan chiqarib qo'yganligimizni bir belgisi. Chiroyli axloq Alloh Taoloning nazdida manzilatimizni ko'taradi, odamlarni oldida hurmatimizni ziyoda qiladi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. U zot faqatgina mohir xatib emas edilar. Xatiblarning ustozi edilar. Xatiblarning sayyidi edilar. Rasululloh faqatgina olim emas edilar. Olimlarning sayyidi edilar! U zot, mushtohid, muftiy, qozi, siyosatchi, qo'mondon edi.
Inson bolasi yetishi mumkin bo'lgan hamma cho'qqilarga yetgan zot edi. Har tomonlama mukammal zot bo'lganlar. Ammo Alloh azza va jalla Payg'ambarimizni maqtaganida, qo'mondonligini, siyosatchiligini, yoki bo'lmasam xayriya ehsonini aytib turmoqdamadi. Rasulullohni axloqini, xulqini aytib turib maqtadi. Va innakal ala xulqin adin. Qalam so'rasin. Albatta siz, ey Muhammad, sallallohu alayhi vasallam, ulug' xulq ustidadirsiz. Sizni zo'r dindorligingiz axloqingizdan bilinadi. Qiyomat kunida tarozini, savob tarozini pallasini, savob pallasini eng og'ir bosadigan amal al husnul xulq, go'zal xulq degandir.
G'azablanmaslik ham go'zal xullq da. Maddiy deb so'rashgan Payg'ambarimizdan. Din nima? Go'zal xuld deb javob bergan payg'ambarmiz sollallohu alayhi vasallam. So'zimizni muloyimligi, yuzimizni ochiqligi, bag'ri kengligimiz, axloqimizni go'zal bo'lishi, albatta, Allohni nazdida ham, odamlarni nazarida ham qadrimizni yuksaltiradi. Alloh taolo aytadi fabima rahmatin minallohi lintalahum va la vqunta fazdon g'olidal qalb lanfordu minhavlik.
Ey Muhammad, sollallohu alayhi vasallam. Alloh tomonidan bo'lgan bir marhamat sababli ularga, sahobalaringizga yumshoq so'zli bo'ldingiz. U xud g'azotida Rasululloh jilmayilar deb tayyorlagan ellikta kamonchisi musulmonlar jangda avvalida g'animalarni yig'ayotganda g'olib bo'lib, payg'ambarimizni buyrug'iga xilof qilib tushib ketishdi. Va mana shu xilof ish qilganligi musulmonlarning g'alabasini mag'lubiyatiga aylanishiga sabab bo'ldi. Musulmonlardan yetmish sahoba shahid bo'ldi. Mana shundan keyin ham payg'ambarimiz boyagi tushib ketgan kamonchilarni malomat qilib urishib so'kmagan. Vaholanki haqqi bor edi.
Shuning uchun aytyapti, Alloh tomonidan bo'lgan bir marhamat sababli sahobalaringizga yumshoq so'zli bo'ldingiz. Haqqi bor edi urushlikka, haqqi bor edi g'azablanishlikka, ammo Alloh uchun avf qilib qo'ydi. Agar qo'pol, qattiq dil bo'lganingizda edi, albatta atrofingizdan tarqalib ketgan bo'lar edilar. Shuning uchun, atrofimizda odamlarni jamlanishini xohlasak, qo'pol bo'lmaylik, dag'al bo'lmaylik. Qattiq qo'l bo'lmaylik!
Atrofida odamlar yig'ilishligini xohlagan inson, mana shu sifatlarning o'zidan yo'q qiladi. Qarang, shuncha fazilatlar bo'lishiga qaramasdan Payg'ambarimizni, Nabiy, Rasul, Qur'on egasi, vahiy egasi, shuncha bir axloqi bo'lib turib, Payg'ambarim esa mana shu rahmdil, shafqatli bo'lganligini Alloh Taolo maqtadi. Endi musulmonlarga shafqatli bolishlik, musulmonlarga g'azab qilmaslik, hammasini bir xil yaxshi ko'rishlik, albatta yaxshi narsa. Ammo, shunday muammo albatta bor oramizda.
Bundan keyin ham bo'lsa kerak, musulmonlar orasidagi ayrim tor doiralarga mansub bo'lib olib bir musulmon kishi, shu doira kishilargagina xos muomala qilishadi. Ularni boshqalardan afzal bilishadi, guruhbozlikka yo'l qo'yishadi. Bu o'zimizni birodar deb qo'yadi.
Onovchi? Onovchi? U seni birodaring emasmi? Yo'q. Nimaga? Seni bayrog'ingni tagida emas da. Sen bu bayroqni tagidagi birodarlikni gapiryapsan. Musulmonlarda bo'lishlikdan boshqa narsa emas bu. Shuning uchun guruhbozlik qilmaylik, birodarlar. U faqat musulmonlarda bo'sib ketgan bo'lmaylik biz u dunyodan chiqib ketayotganimizda. Bir qilib bo'lishiga sabab bo'laylik, bo'lmaylik.
Voh fidjana hakaliman itta ba akaminan mu'mining. Alloh taolo qur'onda shu aro surasida aytadi ey muhammad sollallohu alayhi vasallam. O'zingizga ergashgan mo'min bo'lgan kishilar uchun qanotingizni past tuting. Mo'minni ularni oldida qonotingizni past tutavering. Shafqatli bo'lavering. Mo'min bo'lsin bo'ldi. Mo'min bo'sin bo'ldi! Bir mo'minki, u mustaqil. Robbisini manhajidan xabardor.
Dinini biladi. Oilasida, ishida islomni tatbiq qilishga harakat qiladi. Aqidasi to'g'ri, axloqi chiroyli. Bu musulmonni siz bilan biz yaxshi ko'rishligimiz shart. Chunki payg'ambarimizga alloh taolo mo'minlarga qon otingizni pasti turing degan. Buni o'rniga tor bir doiraga kirib olib, boshqalardan ajralib olib, faqat shu kishilargagina xos muomala qilishlik, musulmonlarni emas, shaytonni xursand qiladi.
Aqlli odam hayotda farovon saodatli yashashlik uchun g'azab sabablarini, hammasini muolaja qiladi. Yosh bolada g'azab sabablardan birinchisi, qorni ochligi. Ovqat vaqtida bo'lmasa, endi sabr yo'q. Jahli chiqib ketadi. Demak, birinchi sabab, qorni ochligi. Shu masalani hal qilib qo'ying, ovqatni vaqtida tayyor qilib qo'yay, qorni to'g'ri bo'lsin, g'azablanmaydi.
Kasallik. Tishni og'rigan bo'ladi, qonni og'riyotgan bo'ladi, dada, doktorga olib borib keling, tishim og'riyapti desa, vaqti yo'q. G'azabiga sabab bo'ladi. Doktorga olib olib borib qo'ying. Qattiqqo'llik. Xorlash. Bolani doim shiddat bilan ushlash, bolaga doim qo'pol muomalada bo'lishlik, uni g'azabli bo'lishiga sabab bo'ladi. Yana otani o'zini ham doim nerriniy bo'lib yurishi, bolaga ham albatta yuqadi. Shoir aytadi, ida aka narobbul bayti bit tobli doriman, fashi matu ahli il bayti kunli himur roqis.
Childirma chetish otaning fe'li bo'lsa, farzandlarning fe'li albatta raqsdir. Ota doirachaytiradigan bo'lsa, bolalari raqqosa oladi. Ya'ni ota doim nervenniy, doim asabiy bo'lib yuradigan bo'lmasa, qush inida ko'rganini qiladi. Alladina yunufiqunof is saroy va zarroy val kaadimeen al g'oyit vala afina anin nas va allohu yuhayt bul muhsining deb marhamat qiladi alloh taolo. U taqvodor zotlar, kimlar ular? Yaxshi yomon kunlarida info ehson qiladigan, g'azablarning ichlariga yutadigan, odamlarning xato kamchiliklarini avf etadigan kishilardir. Alloh bunday yaxshilik qiluvchilarni yaxshi ko'radi. G'azabini yutadigan, adamlarni kechiradigan. G'azabingizni yutdingiz, kechirdingiz.
Bo'pti deb qo'ydingiz. Bo'ptiy deb qo'y dedingiz. G'azabni yengishlik yo'llari. G'azabning yengishlik yo'llari. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu masalada aniq to'rtta ko'rsatmani berganlar. G'azab keldi. Nima qilish kerak? Birinchisi, g'azablanib turgan holatingizni o'zgartirishingiz kerak. Tikka turganingizda g'azabingiz kelayotgan bo'lsa, o'tirib oling. Ida g'odiba ahadukum voh voh qoyim fal yashidist dedilar Payg'ambarimiz. Agar sizlardan biringiz tik turgan holida g'azablanayotgan bo'lisa, bas, o'tirib olsin. Agar undan g'azab ketmasa, bas, yotib olsin.
Shap o'tirib oldingiz. O'qib ketadi ro'parada, nima bo'ldi ekan? Yo shap yotib oldingiz. Biz tajribada qo'llamaymiz. Bu baqirvoramiz, dodvoramiz, lekin ichib ketaveramiz. Shap o'tirvorang da. Bo'lmasa yotib oling. Ikkinchi ko'rsatma. Tahorat qilish. Rasululloh aytadilar, Abu Dovuddan bu hadis. Innal g'azoba minash shayton. Albatta, g'azab shaytondan. Albatta shayton olovdan. Olov suv bilan o'chiriladi. Agar sizlardan biringiz g'azablansa, bas tahorat qilsin.
Qanaqa qilib chidaysiz da shart chiqib ketib tahorat qilgani? Bir ikki marta tahorat qiling da. Ko'rasiz. Rasululloh aytdimi, demak dori bo'ladi bu. Uchinchidan, sukut qilish. Ida g'odiba ahadukum falyas kut. Imom ahmaddan. Agar sizlardan biringiz g'azablansa, bas, sukut qilsin.
Qiyin. O'shaning uchun aytdi da Payg'ambarimiz, pahlavon kim? Pahlavon g'azabi kelganda o'zini tiygan odam. Chunki jahl ustida aytilinadi eng yomon gaplar. Har bitta aytgan gapingiz zahardek, bombadek portlab chiqadi tilingizdan. Shuning uchun aytish kerak, ey, xotin, meni jahlim chiqqanda indamay turgin.
Xo'p, endi indamay, hm, o'chirmayapti. To'rtinchi ko'rsatma, agar shunaqa bo'laversa, uydan chiqib ketishlik. Bir yo'l emas, kostyumni olib. Shu g'azab holatida shap tashqariga chiqib ketishligi. Chunki o'tirsangiz ham bo'lmayapti, yotsangiz ham bo'lyapti, tog'oratsangiz ham, jim tursangiz ham bo'lolmayapti. Yo'li nima ekan?
To'rtinchi ko'rsatma nima ekan? Ko'chaga chiqib ketishlik. Toki g'azabdan tushing. Ogoh bo'ling dedi Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam. Albatta g'azab odam bolasi qalbida turgan cho'g'dir. O'sha g'azabi kelganida ko'zi qizarib, jon tomirlari shishganiga qaramaysizlarmi? Kim ana shundan biror narsani o'zida his qilsa, dedi Rasululloh, albatta yerni lavozim tutsin dedi. Ya'ni o'tirib olsin, harakatga kemasin dedi.
Birodarlar, otalarning zimmasidagi eng muhim narsa bu farzandlarning tarbiyasi. Yuqorida aytib o'tilganlarda ma'lum bo'ldiki, farzandlarda o'zini nuqsonli his qilish bo'ladimi? Hasad bo'ladimi, g'azab bo'ladimi, qizg'anchilik, baxillik bo'ladimi, sababi kattalar. Yo ota onasi, yo unga tarbiya berayotganlar.
Shuning uchun tarbiya bilan shug'ullanayotgan odam, tarbiya ilmidan xabardor bo'lishi kerak. Bilimli bo'lishligi kerak. Birodar, albatta bu uzoq mehnatni talab qiladi, farzand tarbiyasini. Mashaqqatni talab qilar, lekin ishonovering. Mana shu mehnat mashaqqatga sabr qilsangiz, islom talab qilgandek bolangizni tarbiya qilsangiz, bu mehnatlaringizga o'zingiz rozi bo'lib ketasiz. Necha yil yashaysiz? O'ttiz yil qolgandir, ellik yil qolgadir, oltmish yil qolganda. Lekin ana shu mehnat, mashaqqatni qilib, farzandingizni fahmli, bilimli, taqvoli, halim, go'zal xulq egasi ekanligini ko'rganingizda, har qaraganingizda ko'zingiz quvnaydi. Har qariganida ko'zingiz quvnaydi. Odamlardan faqat rahmat olib beradi sizga va dunyodan chiqib ketayotganingizda orqangizdan savob jo'natadigan odam qolayotganligi, sizni qalbingizga huzur bag'ishlaydi. Bekorga yashamaganligingizni o'zingiz guvoh bo'lasiz. Kimda agar shunday bir farzand bor bo'lsa, bu odam juda ham boy ekan. Katta xazinasi bor ekan. Bu farzand sizni abadul abad rohatga yetishingizga sabab bo'ladi.
Shunaqa bolangiz bor bo'lsa, boysiz. Endi bunaqa bolani o'zimiz tarbiya qilmasak, birov tarbiya qilib bermaydi bizga. Shuning uchun har qancha qiyin bo'lmasin, har qancha uzoq vaqt talab qilmasin, sabr qilaylik, mehnat qilaylik, Alloh Taolo shu farzand sababli ikki dunyoyimizni saodatli qiladi. Bu darslarimizda yosh bolalarda uchraydigan psixologik kasalliklar, o'zini nuqsonli his qilish, hasad, g'azab, bularning sabablari yechimlari haqida suhbat qilgan bo'ldik. Inshaalloh, keyingi darsimiz bolalarni ijtimoiy tarbiyasi haqida bo'ladi. Aqoli qovli